Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi  ( 562063 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 10 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #180 : 11 Avgust 2006, 08:10:21 »


26. Va sizlar yerda (ya’ni, Makkada) ozchilik va nochor bo‘lgan holingizda, odamlar (ya’ni, Makka mushriklari) talab ketishlaridan qo‘rqib turgan paytingizda sizlarga joy berib (ya’ni, Madinaga ko‘chirib) O’z yordami bilan qo‘llab-quvvatlaganini va shukr qilishingiz uchun pokiza rizqlar bilan bahramand qilganini eslangiz!

27. Ey mo‘minlar, Alloh va Uning payg‘ambariga xiyonat qilmangiz va bilgan holingizda sizlarga ishonib berilan narsalarga (ya’ni, dinga va boshqa har qanday omonatlarga) xiyonat qilmangiz!

28. Bilingizki, albatta mol-dunyolaringiz va bola-chaqangiz faqat bir fitna-aldovdir, xolos. Yolg‘iz Allohning huzuridagina (ya’ni uning amru farmoniga itoat etishdagina) ulug‘ ajr-savob bordir.

29. Ey mo‘minlar, agar Allohdan qo‘rqsangizlar, sizlar uchun haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat ato qilur va yomonlik-gunoxlaringizni o‘chirib, sizlarni mag‘firat qilur. Alloh ulug‘ fazlu marhamat sohibidir.

30. (Ey Muhammad), kofirlar sizni hibs qilish yo o‘ldirish, yoki (Makkadan) chiqarib yuborish uchun sizga makr qilgan paytlarini eslang! Ular makr qilurlar, Alloh ham «makr» qilur. Alloh «makkor»roqdir.

31. Qachon ularga (kofirlarga) Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Eshitganmiz, agar xoxlasak, bunga o‘xshagan gapni o‘zimiz aytgan bo‘lur edik. Bu faqat avvalgilardan qolgan afsonalar, xolos», deydilar.

32. Ularning: «Ey Xudo, agar mana shu (Qur’on) Sening dargohingdan kelgan haqiqat bo‘lsa, ustimizga samodan tosh yog‘dirgin yoki bizlarga alamli azob keltirgin», deganlarini eslang!


I z o h. Ya’ni: «Agar mana shu Qur’on haqiqatan Sening huzuringdan kelgan bo‘lsa, bizlarni Ham uning yo‘liga hidoyat qilgin», demasdan: «Shu haq bo‘ladigan bo‘lsa, ustimizdan tosh yog‘dirgin», deyishlaridan ularning kim ekanliklari ma’lumdir.

33. Modomiki, siz ularning oralarida ekansiz, Alloh ularni hargiz azoblamas va ular mag‘firat so‘rab turgan hollarida ham Alloh ularni azoblaguvchi emasdir!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #181 : 11 Avgust 2006, 08:12:15 »


34. (Lekin agar) ular (iymonga kelmasdan kishilarni) Masjid-al-Haromdan to‘sar ekanlar, Alloh ularni nega azoblamasin?! (Ya’ni, Siz va mo‘minlar Makkadan chiqib ketganingizdan so‘ng ularni albatta azobga giriftor qilur). Ular uning (Masjid-al-Haromning) egalari emaslar. Uning egalari faqat Allohdan qo‘rquvchi zotlardir. Lekin ularning ko‘plari bilmaydilar.

35. Ularning Baytulloh oldida qilgan «ibodat»lari faqat hushtak va chapak chalish bo‘ldi. Bas, (ey mushriklar, bugun — Badrda) kofir bo‘lganinglar sababli azobimizni totib ko‘ringlar.


I z o h . Makka mushriklari Baytullohni yalang‘och hollarida chapak chalib, hushtak chalib tavof qilar edilar. Musulmonlar namoz o‘qiyotgan paytlarda ham hushtak, chapak chalib ularni adashtirmoqchi bo‘lar edilar.

36-37. Albatta, kofir bo‘lgan kimsalar mol-dunyolarini Allohning yo‘lidan to‘sish uchun ishlaturlar. Bas, uni sarflaydilar-u, so‘ngra o‘sha (mollari) o‘zlariga hasrat bo‘lur, so‘ngra mag‘lub bo‘lurlar. Kofir bo‘lgan kimsalar Alloh nopokni pokdan (kofirni mo‘mindan) ajratishi va nopok kimsalarning hammalarini ustma-ust taxlab, jahannamga solishi uchun to‘planurlar. Ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchilardir.

38. (Ey Muhammad), kofir bo‘lgan kimsalarga aytingki, agar (kofirliklaridan) to‘xtasalar, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinur. Agar yana (kofirlikka) qaytsalar, u holda avvalgilarining sunnatlari (ya’ni, ko‘rguliklari) o‘tgan-ku, (ya’ni ularning ham boshlariga avvalgi kofirlarning kuni tushar).

39. To (dunyoda) biron fitna-aldov qolmay, butun din faqat Alloh uchun bo‘lgunga qadar ular bilan jang qilinglar! Endi agar (kofirlikdan) to‘xtasalar, bas, albatta Alloh qilayotgan amallarini ko‘rguvchidir.

40. Agar (kofirlar iymondan) yuz o‘girsalar, bas, (ey mo‘minlar), bilingizki, shubhasiz, Alloh hojangizdir. U zot naqadar yaxshi hoja va naqadar yaxshi yordamchidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #182 : 11 Avgust 2006, 08:12:38 »
O'NINCHI JUZ’
*************************



41. Agar Allohga va (haq bilan nohaqning) ajralish-kunida — ikki jamoa to‘qnashgan kunda, bandamiz (Muhammadga) nozil qilganimiz (oyatlar va farishtalardan iborat) narsaga iymon keltirguvchi bo‘lsangizlar, bilingizki, o‘lja qilib olgan narsangizning beshdan biri Alloh uchun, payg‘ambar uchun va u zotning qarindosh-urug‘i, yetimlar, miskinlar va musofirlar uchundir. Alloh hamma narsaga qodirdir.

I z o h. Shariat hukmiga ko‘ra, urushda qo‘lga kiritilgan o‘ljaning beshdan to‘rt qismi jangchining haqqi bo‘lib, beshdan biri yukoridagi oyatda mazkur bo‘lgan jihatlarga sarflanadi.

42. O’shanda sizlar (Madinaga) yaqinroq tarafda, ular (ya’ni, mushriklarning qo‘shinlari) yiroqroq tarafda, otliqlar (ya’ni, sizlar o‘lja qilib olmoqchi bo‘lgan karvon) esa sizlardan quyiroqda (dengiz sohili bo‘ylab ketmoqda) edilar. Agar mushriklar bilan jang qilish uchun (avvaldan) va’dalashganlaringizda, biron muayyan vaqtga kelisha olmagan bo‘lur edingiz. Lekin Alloh halok bo‘lguvchilar (ya’ni, kofirlik yo‘lini tutguvchilar) ochiq hujjat bilan (ya’ni, Allohning mo‘‘jizasiga guvoh bo‘lgan hollarida) halok bo‘lsinlar, tirik qolguvchilar (ya’ni, iymoniga keluvchilar) ham ochiq hujjat bilan tirik qolsinlar, deb qilinuvchi bo‘lgan ishni (ya’ni, musulmonlarning g‘alaba qozonishlari, kofirlarning mag‘lub bo‘lishlarini) amalga oshirish uchun (Sizlarni to‘qnashtirib qo‘ydi). Shak-shubhasiz, Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.

43. (Ey Muhammad), sizga tushingizda Alloh ularni oz ko‘rsatganini eslang! Agar sizga ularni ko‘p ko‘rsatganda edi, albatta sizlar sustlashib qolgan va bu ish (ya’ni kofirlarga qarshi jangga chiqish) xususida tortishib qolgan bo‘lur edingizlar. Lekin Alloh sizlarni bundan saqladi. Albatta, u dillarni egallab olgan sirlarni bilguvchidir.

44. (Ey mo‘minlar), Alloh qilinadigan ishni amalga oshirish uchun to‘qnashgan paytingizda sizlarning ko‘zingizga ularni kam qilib ko‘rsatganini, ularning ko‘zlariga esa sizlarni oz qilib qo‘yganini eslangiz! Barcha ishlar Allohga qaytarilur.

45. Ey mo‘minlar, (kofir) jamoatga ro‘baro‘ bo‘lganingizda, sabotli bo‘lingiz va doimo Allohni yod etingiz, shoyad najot topursizlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #183 : 11 Avgust 2006, 08:12:51 »


46. Va Alloh hamda Uning payg‘ambariga itoat qilingiz va (o‘zaro) talashib-tortishmangizki, u holda sustlashib, kuch-quvvatingiz ketur. Sabr-toqat qilingiz! Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir.

47. O’z diyorlaridan (ya’ni, Makkadan) kibru havo bilan o‘zlarini odamlarga ko‘z-ko‘zlab chiqqan va Allohning yo‘lidan to‘sadigan kimsalar kabi bo‘lmangizlar! Alloh ularning qilayotgan ishlarini ihota qilguvchidir (o‘rab olguvchidir).


I z o h . Mushriklar Makkadan dabdabayu as’asa bilan: «O’sha Badrda g‘alaba bazmi va sharobxo‘rlik qilmagunimizcha qaytmaymiz» deb qasam ichishib chiqqan edilar.

48. O’shanda, shayton ularga qilayotgan ishlarini chiroyli ko‘rsatib: «Bu kun sizlardan g‘olib bo‘ladigan biron odam yo‘q, o‘zim sizlarning homiyingizman», dedi. Endi qachonki ikki jamoat uchrashganida esa, ketiga qaytib ketdi va: «Albatta, men sizlardan bezorman. Men (musulmonlar orasida) sizdar ko‘rmayotgani (ya’ni, farishtalar borligini) ko‘rmoqdaman. Men Allohdan qo‘rqaman. Allohning azobi qattiqdir»,— dedi.

49. O’shanda munofiqlar va dillarida maraz bo‘lgan kimsalar: «Ularni (ya’ni, musulmonlarni) dinlari mag‘rur qilib yubordi (ya’ni, ozgina odam bilan shunday katta qo‘shinga qarshi jang qilmoqchi bo‘lyaptilar»), deyishar edi. (Munofiqlarning bu so‘zlari noto‘g‘ridir) kim Allohga suyansa, bas, albatta Alloh g‘olib va hikmatlidir.

50-51. Agar farishtalar kofir kimsalarning yuz va ketlariga urib, jonlarini olayotgan va: «Do‘zax azobini totingiz! Bunga sabab o‘zlaringiz qilgan amallaringizdir, zero Alloh hargiz bandalariga zulm qilguvchi emasdir»,— deyayotgan paytini ko‘rsangiz edi.

52. (Ularning qilmishlari) xuddi Fir’avn odamlarining va ulardan oldingi kimsalarning qilmishlariga o‘xshaydi: ular Alloh oyatlariga kofir bo‘lishgach, Alloh ularni gunoxlari sababli (azob bilan) ushlagan edi. Albatta, Alloh quvvat egasi va azobi qattiqdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #184 : 11 Avgust 2006, 08:13:22 »


53. Bunga (ya’ni, ularning azobga giriftor bo‘lishlariga) sabab — Alloh bir qavmga in’om qilgan ne’matini to ular o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha o‘zgartiruvchi emasligi va Alloh eshitguvchi, bilguvchi ekanligidir.

I z o h . Bu oyatda Makka mushriklari o‘zlariga in’om qilingan ne’mat — payg‘ambar alayhis-salomning qadriga yetmasdan, u zotga qarshilik qilganlari sababli, shunday azobga giriftor bo‘ldilar, deyilmoqchi.

54. (Ularning qilmishlari) xuddi Fir’avn odamlari va ulardan oldingi kimsalarning qilmishlariga o‘xshaydi. Ular (Fir’avn odamlari) Parvardigorlarining oyatlarini yolg‘on deyishgach, Biz ularning gunoxlari sababli halok qildik va (dengizga) g‘arq etdik. (Chunki) hammalari zolim kimsalar edilar.

55. Allohning nazdida eng yomon jonzotlar kofir bo‘lgan kimsalardir. Chunki, ular iymonsizdirlar.

56. Ularning orasida siz bilan ahdlashib, so‘ngra (Allohdan) qo‘rqmasdan har safar o‘z ahd-paymonlarini buzaveradigan kimsalar bordir.

57. Bas, agar ularni jangda topsangiz, ularni halok qilish bilan ortlaridagi kimsalarni qo‘rqitib qo‘ying! Shoyad eslatma olsalar.

58. Agar (o‘rtalaringizda ahd-paymon bo‘lgan) biron qavm tarafidan xiyonatni sezsangiz, ularga (qilgan ahd-paymonlarini) bab-barobar qilib tashlang (ya’ni, o‘rtalaringizdagi ahd-paymon tugaganini har ikki taraf ham bilsin). Albatta, Alloh xiyonatkor kimsalarni sevmas.

59. Kofir bo‘lgan kimsalar ustun keldik, deb hisoblamasinlar, ular Allohni ojiz qila olmaydilar. (Albatta, ular Allohdan qilmishlariga yarasha jazo olurlar).

60. (Ey mo‘minlar), ular uchun imkoningiz boricha kuch va egarlangan otlarni tayyorlab qo‘yingizki, bu bilan Allohning va o‘zlaringizning dushmanlaringizni hamda ulardan tashqari sizlar bilmaydigan — Alloh biladigan boshqa birovlarni ham qo‘rquvga solursizlar. Alloh yo‘lida nimani sarf qilsangiz, sizlarga zulm qilinmagan holda komil qilib qaytarilur.

61. Agar ular sulhga mayl qilsalar, siz ham unga moyil bo‘ling va Allohga tavakkul qiling! Albatta, Uning O’zi eshitguvchi, bilguvchidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #185 : 11 Avgust 2006, 08:13:34 »


62-63. Agar ular sizni aldamoqchi bo‘lsalar, bas, albatta sizga Allohning o‘zi kifoyadir. U sizni O’z yordami va mo‘minlar bilan quvvatlantirgan va ularning (mo‘minlarning) dillarini birlashtirgan zotdir. Agar (siz) yerdagi bor narsani sarflasangiz ham, ularning dillarini birlashtira olmagan bo‘lur edingiz. Lekin Alloh ularni birlashtirdi. Albatta, U qudratli, hikmatlidir.

64. Ey payg‘ambar, sizga va sizga ergashgan mo‘minlarga Allohning O’zi kifoyadir.

65. Ey payg‘ambar, mo‘minlarni jangga chorlang! Agar sizlardan yigirmata sabr-toqatli kishi bo‘lsa, ikki yuzta (dushmanni) yengar! Agar sizlardan yuz kishi bo‘lsa, kofirlardan mingini yengar! Bunga sabab, ularning ongsiz qavm ekanligidir.

66. Endi Alloh sizlarning (yukingizni) yengil qildi, sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, sizlardan yuzta sabr-toqatli kishi bo‘lsa, ikki yuzta (kofirni) yengar. Agar sizlardan ming kishi bo‘lsa, Allohning izni bilan ikki ming (kofir)ni yengar. Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir.

67. Biron payg‘ambar uchun to yerda g‘olib bo‘lmagunicha, asir olish joiz emas edi. (Ey mo‘minlar), sizlar dunyo narsalarini istamoqdasiz. Alloh esa oxirat (ne’matlari sizlarniki bo‘lishi)ni istaydi. Alloh qudratli, hikmatlidir.


I z o h . Bu oyat payg‘ambar alayhis-salom va sahobalarga berilgan tanbehdir. Ular mushriklarning yetmish askarini asir olib, so‘ng ma’lum tovon-to‘lov evaziga bo‘shatib yuborganlarida mana shu oyat nozil bo‘ldi.

68. Agar Allohning hukmi azaliysida (bilmasdan qilgan xatoni kechirishligi) yozib qo‘yilmaganida edi, albatta sizlarga tovon olganinglar sababli ulug‘ azob yetgan bo‘lur edi.

69. Endi o‘lja qilib olgan narsalaringizni halol-pok holda yeyaveringlar va Allohdan qo‘rqinglar! Albatta, Alloh mag‘firatli, mehribondir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #186 : 11 Avgust 2006, 08:13:56 »


70. Ey payg‘ambar, sizlarning qo‘lingizda asir bo‘lgan kishilarga ayting: «Agar Alloh dillaringizda yaxshilik (ya’ni iymon, ixlos) borligini bilsa, sizlarga o‘zingizdan olingan narsadan (ya’ni to‘lagan tovoningizdan) yaxshiroq narsa berur va sizlarni mag‘firat qilur». Alloh mag‘firatli, mehribondir.

71. Agar ular sizga xiyonat qilmoqchi bo‘lsalar — bas, (bilingizki) ular ilgari Allohga ham xiyonat qilgan edilar. Shunda Alloh (sizni) ularga g‘olib qildi. Alloh bilim, hikmat sohibidir.

72. Albatta, iymon keltirgan, hijrat qilgan va molu jonlari bilan Alloh yo‘lida kurashgan zotlar va (Makkadan hijrat qilib kelgan muhojirlarga) uy-joy berib, yordam qilgan zotlar — ana o‘shalar, bir-birlariga do‘stdirlar. (Ya’ni, tiriklari bir-biriga xamkor, o‘rtalarida o‘lim bo‘lsa, bir-birlariga merosxo‘rdirlar). Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmagan (ya’ni hali-hanuz Makkada yashab turgan) kishilar esa to hijrat qilmagunlaricha sizlar ularga do‘stlik qila olmaysizlar (ya’ni, bir-birlaringizga hamkor, merosxo‘r bo‘la olmaysizlar). Agar ular din yo‘lida sizlardan yordam so‘rasalar, yordam qilish zimmangizdadir. Magar ularga, o‘rtalaringizda (urushmaslik haqida) ahd-paymon bo‘lgan qavmga zarar yetkazish bilan yordam qilmaysizlar. Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rguvchidir.

73. Kofir bo‘lgan kimsalar bir-birlariga hamkordirlar. (Bas, ey mo‘minlar, sizlar ularni o‘zlaringizga dushman tutingiz). Agar shunday qilmasanglar (ya’ni mo‘minga do‘st, kofirga dushman bo‘lmasanglar), yerda fitna va katta fasod bo‘lur.

74. Iymon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo‘lida kurashgan zotlar va (muxojirlarga) uy-joy berib, yordam qilgan zotlar — ana o‘shalar xaqiqiy mo‘minlar bo‘lib, ular uchun mag‘firat va ulug‘ rizq bordir.

75. (Sizlardan) keyin iymon keltirib hijrat qilgan va sizlar bilan birga kurashgan zotlar – ana o‘shalar sizlardandir. Allohning Kitobida qon-qarindoshlar bir-birlariga (merosxo‘r bo‘lishga) haqdorroqdirlar. Albatta, Alloh hamma narsani bilguvchidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #187 : 11 Avgust 2006, 08:14:06 »


TAVBA SURASI

Madinada nozil qilingan bu sura bir yuz yigirma to‘qqiz oyatdan iboratdir. U payg‘ambar alayhis-salom sahobalar bilan «Tabuk» jangidan qaytayotganlarida nozil bo‘la boshlagan. (Tabuk — Madina bilan Damashq orasidagi haj yo‘li ustida joylashgan vohadir. Hijriy to‘qqizinchi yilda u yerda musulmonlar bilan mushriklar o‘rtasida jang bo‘lgan edi). Bu surada shariati islomiyyaning ko‘pgina qonun-qoidalarini bayon qilish bilan birga, asosan, ikki maqsad ko‘zda tutiladi: ulardan birinchisi: Islomning mushriklar va ahli kitoblar bilan qanday munosabatda bo‘lish lozimligi xususidagi qat’iy hukmini bildirish bo‘lsa, ikkinchisi: Payg‘ambar alayhis-salom g‘azotga chiqishga chaqirgan paytlarida kishilar ruhiyatidagi holatlarni ko‘rsatishdir.

   Bu suraning ayricha xususiyatlaridan biri shuki, Qur’ondagi mavjud bir yuz o‘n to‘rt suraning ichida yolg‘iz mana shu sura avvalida «Bismilloh» aytilmasdan boshlanadi. Bu holni ayrim sahobalar «Tavba» mazmun-mohiyati jihatidan o‘zidan avvalgi «Anfol» surasining davomi bo‘lgani uchun ikkisining o‘rtasini ajratish zarurati bo‘lmagan, deb sharhlasalar, boshqa bir guruh sahobalar: «Bismilloh Allohning rahmatidir. Bu surada esa, asosan, jangu jadallar va Allohning la’natiga giriftor bo‘lgan munofiqlarning xilma-xil toifalari haqida so‘z yuritiladi. Shu boisdan, uning avvalidagi “Bismilloh” aytilmasligi lozim bo‘lgan», deganlar. Bu suraning bir necha nomi bo‘lib, ulardan eng mashhuri «Tavba»dir. So‘ra nihoyasida Alloh mo‘minlarning tavbalarini qabul etishi e’lon qilingani uchun ham bu sura «Tavba» nomi bilan atalgandir.

1. (Ey mo‘minlar, ushbu) Alloh va Uning payg‘ambari tomonidan sizlar (o‘zaro urushmaslik haqida) ahd-paymon qilgan mushrik kimsalarga ora ochiqlik (e’lonidir). 

2. (Ey mushriklar, urush harom qilingan) to‘rt oy ichida yerda sayru sayohat qilib yuraveringlar va bilinglarki, sizlar Allohni ojiz qiluvchi emassizlar — albatta Alloh kofirlarni rasvo qilguvchidir.


I z o h . Yuqoridagi oyatlarda payg‘ambar alayhis-salom va sahobalarning mushriklar bilan tuzgan har qanday shartnomalari o‘sha mushriklarning xiyonatkorligi sababli bekor qilingani e’lon etildi va bu qaror oradan to‘rt oy o‘tgach, kuchga kirishi bildirildi.

3. Va (ushbu) Alloh va Uning payg‘ambari tomonidan odamlarga katta haj kunida (ya’ni qurbon hayiti kunida) Alloh va uning payg‘ambari mushriklardan bezor ekanligini bildirishdir.  Bas (ey mushriklar), agar tavba qilsangizlar, bu o‘zingiz uchun yaxshiroqdir.  Agar yuz o‘girsangizlar,  u holda bilingizki,  sizlar Allohni ojiz qiluvchi emassiz.  (Ey Muhammad), kofir bo‘lgan kimsalarga alamli azob «xushxabar»ini yetkazing!

4. Magar (Ey mo‘minlar),  sizlar ahd-paymon  qilgan mushrik  kimsalar keyin (ahdlaridan) biron narsani buzmasalar va sizlarning ziyoningizga birov bilan hamkorlik qilmasalar, u holda ularning ahdlarini belgilangan muddatgacha to‘la-to‘kis yetkazinglar! Albatta, Alloh taqvo qilguvchi zotlarni sevar.

5. Bas, qachon urush harom qilingan oylar  chiqsa,  mushriklarni topgan  joyingizda  o‘ldiringiz, (asir) olingiz, qamal qilingiz va barcha yo‘llarda ularni kuzatib turingiz! Endi agar tavba qilsalar va namozni to‘kis ado qilishib,   zakotni  bersalar,   ularning  yo‘llarini  to‘smangiz!   (Ya’ni ular bilan urushishni bas qilingiz). Albatta, Alloh mag‘firatli, mehribondir.

6.  (Ey Muhammad), agar mushriklardan birontasi sizdan himoya so‘rasa, bas, uni himoya qiling, toki u Allohning kalomini eshitsin. So‘ng uni o‘zi uchun tinch bo‘lgan joyga yetkazib qo‘ying. Bu (hukm) ularning bilmaydigan qavm bo‘lganlari uchundir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #188 : 11 Avgust 2006, 08:14:16 »


7. Alloh nazdida va uning payg‘ambari nazdida mushriklar uchun qanday ahd-paymon bo‘lsin?! (Ya’ni, hech qanday ahd bo‘lishi mumkin emas, chunki ular Allohga ham, Uning payg‘ambariga ham iymon  keltirmaydilar,  demak,  bergan  va’dalarini  buzaveradilar),   magar  sizlar  Masjid-al-Harom  oldida   (ya’ni,   Makkada) ahdlashgan kimsalar borki, ular modomiki ahdlarida barqaror turar ekanlar, sizlar ham ahdlaringizda turingiz! Albatta, Alloh taqvo qilguvchi zotlarni sevar.

8. (Ular uchun) qanday (ahd-paymon) bo‘lsin? Holbuki, ular agar ustingizda g‘olib bo‘lsalar, sizlarning   xususingizda   na   ahdga   va   na   burchga   boqadilar. Og‘izlarida sizlarni rozi qilishadi-yu, ko‘ngillari (ahdga vafo qilishga) ibo-or qiladi. Ularning ko‘plari itoatsizdir.

9. Ular Allohning oyatlarini ozgina qiymatga almashtirib, (insonlarni) Uning yo‘lidan  (ya’ni dinidan) to‘sdilar. Darhaqiqat, ular eng yomon ishni qilguvchi bo‘ldilar. 

10. Ular biron mo‘min xususida na ahdga va na burchga boqadilar. Ular tajovuzkor kimsalardir.

11. Endi agar tavba qilsalar va namozni to‘kis ado etishib, zakotni (haqdorlarga) ato qilsalar, u holda diniy birodaringizdirlar. Biz oyatlarimizni biladigan qavm uchun mufassal bayon qilurmiz.

12. Agar ahdlashganlaridan keyin qasamlarini buzsalar va sizlarning diningizga tosh otsalar, u holda (bu kirdikorlaridan) to‘xtashlari uchun kufr yetakchilariga qarshi jang qilingiz! Zero, ular uchun hech qanday qasam yo‘qdir. (Ya’ni, ular mudom o‘zlari ichgan qasamlarni buzaveradilar).

13. (Ey mo‘minlar), qasamlarini buzgan va payg‘ambarni (Makkadan) chiqarib yuborishga qasd qilgan hamda o‘zlari avval-boshda sizlarga qarshi (jang qilishni) boshlagan kimsalar bilan jang qilmaysizlarmi?! Ulardan qo‘rqasizlarmi?! Agar (haqiqiy) mo‘min bo‘lsangizlar, qo‘rqishingizga loyiqroq zot Alloh-ku, axir?!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #189 : 11 Avgust 2006, 08:14:28 »


14-15. Ular bilan jang qilinglar, (shunda) Alloh ularni sizlarning qo‘lingiz bilan azoblaydi, rasvo qiladi va sizlarni ularning ustiga g‘olib qiladi hamda mo‘min qavm dillarini qondirib, ko‘ngillaridagi g‘am-anduhni ketkazadi. Alloh O’zi xohlagan kishilarning tavbalarini qabul qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir.

16. (Ey mo‘minlar), balki sizlarning orangizda (haq yo‘lda) kurashgan va Allohdan, Uning payg‘ambaridan va mo‘minlardan o‘zga biron kimsani do‘st tutmagan zotlarni, Alloh bilmasdan (ya’ni, imtihon qilmasdan o‘z holiga) qo‘yib qo‘yishini o‘ylagandirsizlar?! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

17. Mushriklar o‘zlarining kofir ekanliklariga guvoh bo‘lgan hollarida Allohning masjidlarini obod qilishlari joiz emas. Ularning qilgan amallari behuda ketar, o‘zlari esa do‘zaxda abadiy qolguvchidirlar.


I z o h. Mushriklar Ka’ba atrofiga xilma-xil butlarini qo‘yib olishib, har safar Ka’bani tavof etganlaridan keyin haligi butlarga sajda qilar edilar, Yuqoridagi oyat, mushriklar modomiki o‘zlari yasab olgan butlarni yagona Allohga sherik deb bilar ekanlar, ularning qilgan ibodat-tavoflari bexuda, deb ta’kidlaydi.

18. Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan, namozni to‘kis ado etgan, zakotni (haqdorlarga) ato qilgan va yolg‘iz Allohdangina qo‘rqadigan zotlargina obod qilurlar. Ana o‘shalar hidoyat topguvchi zotlar bo‘lsalar, ajabmas. 

19. (Ey mushriklar), sizlar hojilarga suv berishni va Masjid-al-Haromni obod qilishni — Allohga va Oxirat kuniga iymon keltirgan hamda Alloh yo‘lida kurashgan zotlar (ning amallariga) teng, deb bildingizmi?! Ular (ya’ni, mo‘minlar bilan mushriklar) Alloh nazdida teng emaslar, Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas.


I z o h . Mushriklar musulmonlarga qarab: «Sizlar Allohga musulmonchilik bilan bandalik qilayotgan bo‘lsangizlar, biz ham hajga borganlarning xizmatlarini bajarib va Ka’bani obod qilib,  Allohga bandalik etmoqdamiz»,  deb da’vo qilganlarida mazkur oyat nozil bo‘ldi.

20. Iymon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo‘lida molu jonlari bilan kurashgan zotlarning Alloh nazdidagi darajalari juda ulug‘dir va o‘shalar (baxt-saodatga) erishuvchidirlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #190 : 11 Avgust 2006, 08:14:40 »


21. Parvardigorlari ularga O’z tarafidan rahmat va rizolik hamda ular uchun bo‘ladigan jannatlar xushxabarini berurki, u jannatlarda doimiy ne’matlar  bordir.   

22.   Ular  o‘sha   joylarda  abadiy   qolurlar. Darhaqiqat, faqat Allohning huzuridagina ulug‘ ajr bordir.

23. Ey mo‘minlar, agar iymondan kufrni afzal bilsalar, ota-onalaringiz va aka-ukalaringizni (ham) do‘st tutmangiz! Sizlarning ichingizda kimda-kim ularni do‘st tutsa, (ya’ni, ularni deb iymondan kufrga qaytsa) bas, ular zolimlardir.

24. (Ey Muxammad), ayting: «Agar ota-onalaringiz,  bolalaringiz,  aka-ukalaringiz,  juftlaringiz, qarindosh-urug‘laringiz va kasb qilib topgan mol-dunyolaringiz, kasod bo‘lib qolishidan qo‘rqadigan tijoratlaringiz hamda yaxshi ko‘radigan uy-joylaringiz sizlarga Allohdan, Uning payg‘ambaridan va Uning yo‘lida   jihod qilishdan suyukliroq bo‘lsa, u holda to Alloh o‘z amrini (ya’ni, azobini) keltirganicha kutib turaveringlar. Alloh itoatsiz qavmni hidoyat qilmas.

25. Alloh sizlarni ko‘p o‘rinlarda g‘olib qildi. Hunayn (Makka bilan Toif o‘rtasidagi bir vodiy) kunini (eslanglar)! O’shanda sizlarni ko‘p ekanligingiz mag‘rur qilib qo‘ygan edi, ammo u (ya’ni, sanog‘ingizning ko‘pligi) sizlarni hech narsadan behojat qila olmadi (qutqarib olmadi) va sizlarga keng yer torlik qilib qoldi, so‘ng yuz o‘girgan holingizda chekindingiz!

26, Keyin Alloh payg‘ambariga va mo‘minlarga O’z tomonidan xotirjamlik nozil qildi hamda sizlar ko‘rmagan bir lashkarni (ya’ni, farishtalarni) tushirdi va kofir bo‘lgan kimsalarni azobga duchor hildi. Kofirlarning jazosi shudir.


I z o h . Bu oyatlarda Qur’on jangda g‘alabaga erishishning sababi lashkar sanog‘ining ko‘pligi emas, balki Allohning madadi ekanligini ta’kidlaydi. O’sha Hunayn jangida (hijriy sakkizinchi yil) musulmonlarning lashkari o‘n ikki ming bo‘lib, kofirlar faqat to‘rt ming kishi edilar. Shuning uchun ayrim musulmonlar: «Shu bir hovuch odamdan yengilamizmi?» deb g‘ururlandilar va g‘alaba Alloh tomonidan bo‘lishini unutib qo‘ydilar. Natijada kofirlar ulardan ustun kelib, ular chekina boshladilar. Faqat payg‘ambar alayhis-salom Tangriga iltijo qilib duo qilganlaridan keyin mo‘minlarning dillariga bir xotirjamlik inib, jangga qaytdilar va Allohning madadi bilan kofirlardan g‘olib keldilar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #191 : 11 Avgust 2006, 08:14:52 »


27. Keyin — o‘sha (jangdan) so‘ng Alloh O’zi xoxlagan kishilarning tavbalarini qabul qilur. Alloh mag‘firatli, mehribondir.

I z o h .    Darhaqiqat,  Hunaynda musulmonlarga qarshi jang qilgan Havozin qabilasidan juda ko‘p kishilar o‘sha jangdan keyin Allohga tavba-tazarru qilib, islomga kirdilar.

28. Ey mo‘minlar, hech shak-shubhasiz, mushriklar nopok kimsalardir, bas, (ular) bu yildan so‘ng Masjid-al-Haromga yaqin kelmasinlar! Agar sizlar (mushriklar haj mavsumida Makkaga keltiradigan oziq-ovqatlar va boshqa narsalar to‘xtab qolishi sababli) kambag‘allikdan qo‘rqsangizlar, (bilingki) yaqinda (Alloh) xohlasa, O’z fazlu karami bilan sizlarni boy-badavlat qilajak. Albatta, Alloh bilim va hikmat sohibidir.

29. Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan, Alloh va Uning payg‘ambari harom degan narsani harom deb bilmaydigan, Haq (ya’ni islom) diniga e’tiqod qilmaydigan axli kitoblardan iborat bo‘lgan kimsalarga qarshi to ular xorlangan (mag‘lub) hollarida o‘z qo‘llari bilan (zimmalaridagi) soliqni to‘lamagunlaricha, jang qilingiz!

30. Yahudiylar: «Uzayr Allohning o‘g‘li», dedilar. Nasroniylar: «(Iyso) Masih Allohning o‘g‘li», dedilar. Bu ularning og‘izlaridagi (hujjat-dalilsiz) gaplaridir. Ularning bu gaplari xuddi avvalgi kofir bo‘lgan kimsalarning gapiga o‘xshaydi. Ularni Alloh la’natlagay! Qanday adashmoqdalar-a!

31. Ular Allohni qo‘yib o‘zlarining donishmandlarini va rohiblarini hamda Masih binni Maryamni Parvardigor deb bildilar. Holbuki, faqat yagona Allohga bandalik kilishga ma’mur (buyurilgan) edilar. Hech iloh yo‘q, faqat Uning O’zi bordir. U zot ularning shirklaridan pokdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #192 : 11 Avgust 2006, 08:15:05 »


32. Ular Allohning nurini (ya’ni, islomni) og‘izlari (ya’ni, behuda gaplari) bilan o‘chirmoqchi bo‘ladilar. Alloh esa, garchi (kofirlar) xoxlamaslar-da, faqat O’z nurini to‘la (ya’ni, har tarafga) yoyishni istaydi.

33. U (Alloh) O’z payg‘ambarini hidoyat va haq din bilan — garchi mushriklar xoxlamasalar-da — barcha dinlarga g‘olib qilish uchun yuborgan zotdir.

34. Ey mo‘minlar, o‘sha donishmandlar, rohiblardan ko‘pchiligi odamlarning mollarini nohaq (yo‘l) bilan yeydilar va Allohning yo‘lidan to‘sadilar. Oltin-kumushni bosib, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli azob «xushxabarini» yetkazing!


I z o h . Bu oyatlarda odamlarning pul-mollarini talon-toroj qiladigan yahudiy donishmandlari va nasroniy rohiblari bilan birgalikda musulmonlarning orasidagi ayrim boylikka mukkasidan ketgan va to‘plagan mol-dunyolarining zakotini bermaydigan kimsalar ham ashaddiy azobga duchor bo‘lishlari bayon qilingandir.

35. U kunda (qiyomatda) o‘sha (oltin-kumushni) jahannam o‘tida qizitilib, o‘sha bilan ularning peshonalari, yonlari va ketlariga tamg‘a bosilib: «Mana bu o‘zlaringiz uchun to‘plagan narsalaringizdir.   Endi  to‘plab-bosgan  narsalaringizning  mazasini  totib ko‘ringlar» (deyilur).

36. Albatta, Allohning nazdida, oylarning sanog‘i Alloh osmonlar va yerni yaratgan kunida belgilab qo‘yganidek, o‘n ikki oydir. Ulardan to‘rti urush harom qilingan (oylar)dir. Mana shu haq dindir (ya’ni, haq hukmdir). Bas, u oylarda (urushni halol deb jangga kirib) o‘zlaringizga zulm qilmangiz! Barcha mushriklar (bu hukmga qaramay) sizlarga qarshi jang qilgani kabi (birinchi bo‘lib jang boshlasalar), sizlar ham barchangiz ularga qarshi jang qilingiz! Va bilingizki, Alloh taqvodorlar bilan birgadir.


I z o h. Urush harom qilingan oylar: Zul-qa’da, Zul-hijja, Muharram va Rajab oylaridir. Ulardan avvalgi uchtasi ketma-ket kelsa, Rajab oyi oradan besh oy o‘tgandan keyin chiqadi. Bu tartib Hazrati Ibrohim payg‘ambar zamonlaridan beri amal qilib kelinayotgan haq hukm edi. Lekin keyinchalik ayrim arablar bu qonunni buzib, o‘zlari jang qilib turgan paytlarida mazkur oylar kelib qolsa, ularda urush qilishni halol qilib olishar va keyin o‘zlari uchun qulay bo‘lgan boshqa oylarni harom oy deb e’lon qilar edilar. Navbatdagi oyatda mana shu odat haqida so‘z yuritilib, uning diyonatsizlik ekani ta’kidlanadi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #193 : 11 Avgust 2006, 08:15:19 »


37. Shak-shubhasiz (harom oylarni) ketga surish ortiq darajadagi kofirlikdirki, u sababli kofirlar butunlay yo‘ldan toyilurlar. Ular Alloh harom qilgan oylarning sanog‘ini (to‘rt oyga) to‘g‘rilab, Alloh harom qilgan narsani halol qilib olish uchun uni (ya’ni, urush harom qilingan oylarni) bir yil halol desalar, yana bir yil harom deydilar. Ularga bu xunuk ishlari chiroyli (ma’qul) ko‘rindi. (Chunki) Alloh kofir qavmni hidoyat qilmas.

38. Ey mo‘minlar, sizlarga nima bo‘ldiki, Alloh yo‘lida (jihodga) chiqinglar, deyilsa, o‘z yeringizga (ya’ni, yurtingizga) yopishib oldingiz?! Oxirat (ne’matlari)dan yuz o‘girib, hayoti dunyo (lazzatlari)ga rozi bo‘lurmisiz?! Oxirat oldida bu dunyo matosi juda oz narsa-ku?!

39. Agar (jihodga) chiqmasangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob bilan azoblar va o‘rningizga boshqa bir qavmni keltirur. Sizlar esa U zotga biron ziyon yetkaza olmaysiz. Alloh hamma narsaga qodirdir.

40. Agar sizlar unga (ya’ni, payg‘ambarga) yordam qilmasangiz (Allohning O’zi unga yordam qilur). Uni kofirlar ikki kishining biri bo‘lgan holida (ya’ni, bir hamrohi bilan Makkadan) haydab chiqarganlarida, unga Alloh yordam berdi-ku. O’shanda ikkovlon g‘orda bo‘lgan paytlarida hamrohiga: «G’amgin bo‘lma, shubhasiz, Alloh biz bilan birgadir», der ekan, Alloh uning ustiga xotirjamlik tushirdi va uni sizlar ko‘rmagan lashkarlar (ya’ni, farishtalar) bilan qo‘llab-quvvatladi hamda kofir bo‘lgan kimsalarning so‘zlarini tuban qilib qo‘ydi, Allohning so‘zigina yuksak so‘zdir. Alloh qudratli, hikmatlidir.


I z o h . Ushbu oyat payg‘ambar alayhis-salomning Makkadan Madinaga hijrat qilishlari haqidadir. Makka mushriklari musulmonlarga nisbatan qilgan zulmu zo‘ravonliklari bilan ularni islomdan qaytarishga ko‘zlari yetmay qolgach, payg‘ambarning jonlariga suiqasd qilish payiga tushadilar. Shunda u zotga Tangri taolo tarafidan Madinaga hijrat qilish — ko‘chish amr etiladi va bir qorong‘u kechada Tangrining yordami bilan o‘ldirmoqchi bo‘lib tayyorlanib turgan kofirlarning yonlaridan sog‘-salomat chiqib ketib hamrohlari Abu Bakr Siddiq bilan birga Makka yaqinidagi bir g‘or ichiga yashirinadilar. Ertalab «ovlari» qo‘ldan ketganini anglagan mushriklar bir izquvar bilan ularning ortidan tushishadi. Lekin haligi g‘orga yetib kelishgach, iz yo‘qoladi va ular... g‘orning og‘zi o‘rgimchak to‘rlari bilan to‘silganini, u to‘rga bir kaptar tuxum ham qo‘yganini ko‘radilar va hafsalalari pir bo‘lib ketadilar.

Shunday qilib g‘orda ular uch kun berkinib yotishgach, bir yo‘l boshlovchi yetagida Madinaga yetib oladilar. Garchi bu oyat payg‘ambar alayhis-salom va u zotning hamrohlari xususida bo‘lsa-da, qissadan hissa shuki, kimda-kim Alloh yo‘lida, Uning O’zidan madad tilab ezgulikka qadam qo‘ysa, Allohning O’zi uni har qanday ta’qibchi va ayg‘oqchilardan asrab, ko‘zlagan maqsadiga yetkazadi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #194 : 11 Avgust 2006, 08:15:30 »


41. (Ey mo‘minlar), xoh yengil, xoh og‘ir holingizda (ya’ni, istasangiz, istamasangiz jihodga) chiqingiz va molu jonlaringiz bilan Alloh yo‘lida kurashingiz! Agar bilsangizlar, mana shu o‘zlaringiz uchun yaxshiroqdir.

42. (Ey Muhammad), agar (siz da’vat qilayotgan jihod) oson foyda va yaqin safar bo‘lgaiida, ular (ya’ni, munofiqlar) albatta sizga ergashgan bo‘lur edilar. Lekin ularga masofa uzoq bo‘lib ko‘rindi (shuning uchun chiqmadilar). Hali ular (yolg‘on qasam bilan) o‘zlarini halok qilib: «Agar qodir bo‘lganimizda sizlar bilan birga chiqqan bo‘lur edik», deb qasam ham ichadilar. Alloh esa ularning hech shak-shubhasiz yolg‘onchi ekanliklarini bilur.

43. (Ey Muhammad), Alloh sizni afv qildi. (Lekin) nima uchun to sizga rostgo‘y kishilar aniq bo‘lib, yolg‘onchilarni ham aniq bilguningizcha, (ya’ni, ularning yolg‘on qasamlariga ishonib) ularga (jihodga chiqmaslik uchun) izn berdingiz?!

44. Allohga va oxirat kuniga ishongan zotlar sizdan molu jonlari bilan jihod qilishdan (qolish uchun) izn so‘ramaydilar. Alloh taqvodorlarni bilguvchidir.

45. Balki faqat Allohga va oxirat kuniga ishonmaydigan va ko‘ngillarida shak-shubha bo‘lgan kimsalargina sizdan (qolish uchun) izn so‘raydilar. Chunki ular o‘z shubhalarida ikkilanib yuradilar.

46. Agar ular (jihodga) chiqishni istaganlarida uning uchun tayyorgarlik ko‘rib qo‘ygan bo‘lur edilar. Lekin Alloh chiqishlarini istamay, ularni dangasa qilib ko‘ydi va ularga  (o‘zlaridan bo‘lgan kimsalar tarafidan): «Qolganlar (ya’ni, ayollar, yosh bolalar va ojiz-notavon kishilar) bilan birga o‘tiraveringlar», deyildi. 

47. Agar ular sizlarning orangizdan chiqqanlarida ham, sizlarga faqat ortiqcha ziyon bo‘lgan va o‘rtalaringizda sizlarni fitnaga solish uchun yugurib-elib yurgan bo‘lur edilar hamda oralaringizda ularga quloq soluvchilar ham (topilgan) bo‘lur edi. Alloh zolim kimsalarni bilguvchidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

 

Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 621
Ko'rilgan: 430374
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:43
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 26513
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 26986
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 16389
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4181
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin