Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi  ( 559907 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 6 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #210 : 11 Avgust 2006, 08:25:39 »


15. Qachon ularga (ularning oldida) Bizning ochiq ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, Bizga ro‘baro‘ bo‘lishni umid qilmaydigan kimsalar: «Bu Qur’ondan boshqa bir Qur’on keltirgin yoki buni o‘zgartirgin», dedilar. Ayting: «Men uchun uni o‘z tomonimdan o‘zgartirish durust emasdir. Men faqat o‘zimga vahiy qilingan oyatlargagina ergashurman. Chunki men agar Parvardigorimga isyon qilsam, ulug‘ Kunning (qiyomatning) azobidan qo‘rqurman».

16. Ayting: «Agar Alloh xoxlaganida, men uni (Qur’onni) tilovat qilmagan bo‘lur edim va (men orqali Alloh) uni sizlarga bildirmagan bo‘lur edi. Axir undan (Qur’on nozil bo‘lishidan) ilgari ham bir umr sizlarning orangizda yashab turdim-ku! Axir, aql yurgizmaysizlarmi?


I z o h . Darhaqiqat, Muhammad alayhis-salomning payg‘ambar bo‘lishlaridan avvalgi qirq yillik umrlari makkalik arablar ko‘z o‘ngida o‘tgan bo‘lib, bu davr mobaynida, u zot na bir ustoz ko‘rgan edilar va na bir kitob mutolaa qilgan edilar. Bu hol u kishini tanigan-bilgan hamma zamondosh va vatandoshlariga ayon edi. Shuning uchun ham qirq yoshga to‘lganlaridan keyin ilohiy oyatlarni tilovat qilib, odamlarni islom diniga da’vat eta boshlaganlarida, bu oyatlarning tengsiz go‘zal nazmi, tubsiz teran mag‘zidan lol bo‘lgan ko‘p kishilar bu basharning so‘zi emasligiga iymon keltirdilar. Lekin Makka mushriklaridan ayrim kimsalar bu ilohiy mo‘‘jizaning qadru qimmatini bilmaydilar va hatto payg‘ambar alayhis-salomning ustlaridan istehzo qilib kulishga ham borib yetdilarki, mazkur va quyidagi oyatlar ana shunday kimsalar haqida nozil bo‘lgandir.

17. Axir Alloh sha’niga bo‘hton qilgan yoki Uning oyatlarini yolg‘on degan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Albatta (bunday) jinoyatchi kimsalar najot topmaslar.

18. Ular Allohni qo‘yib, o‘zlariga ziyon ham, foyda ham yetkaza olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar va: «Ana shu narsalar Alloh huzurida bizlarning oqlovchilarimiz», deydilar. Ayting: «Allohga osmonlar va yerdagi U zot bilmaydigan narsalarni (sheriklarni) bildirib qo‘ymoqchimisizlar?!» Alloh ularning (mushriklarning) shirklaridan pok va yuksak bo‘lgan zotdir.

19. (Avvalda) odamlar faqat bir millat (ya’ni, bir dinda) bo‘lgan edilar. So‘ngra bo‘linib ketdilar. Agar Parvardigoringiz tomonidan (yaxshi-yomon amallarning mukofot-jazolari faqat qiyomatda bo‘lishi xususida) So‘z bo‘lmaganida edi, talashib-tortishayotgan narsalari haqida ularning o‘rtalarida hukm qilingan bo‘lur edi (ya’ni, dindan chiqqan kimsalar shu dunyodayoq jazolangan bo‘lur edilar).

20. Ular: «Unga (ya’ni, Muhammad alayhis-salomga) Parvardigori tomonidan oyat-mo‘‘jiza tushsa edi», deydilar. Bas, (ey Muhammad), ayting: «G’ayb (ya’ni, kelajak va inson idrokidan maxfiy bo‘lgan barcha narsalar bilimi) faqat Allohnikidir. Bas, kutaveringlar. Men ham sizlar bilan birga ko‘z tutguvchilardanman»
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #211 : 11 Avgust 2006, 08:28:08 »


21. Qachon bu odamlarga yetgan balo (qahatchilik)dan keyin rahmat (to‘kinlik)ni totdirsak, banogoh ular Bizning oyatlarimiz haqida makr (ishlatib, masxara) qilurlar. Ayting: «Allohning makri» (azobi) juda tezdir. Albatta, Bizning elchilarimiz (maloikalarimiz) qilayotgan makrlaringizni yozib qo‘yurlar.

22. U (Alloh) shunday zotki, sizlarni quruqlik va dengizda yurgizur. To sizlar kemalarda bo‘lgan vaqtlaringizda va u (kemalar) xush yel bilan ularni (ya’ni, sizlarni) olib ketayotganida va ular bu bilan shod-xurram bo‘lganlarida, bir qattiq shamol kelur hamda ularning ustiga har tarafdan to‘lqin kelib, o‘zlarining girdobda qolganlarini bilganlarida: «Qasamki, agar mana shu (balo)dan bizga najot bersang, albatta shukr qilguvchilardan bo‘lurmiz», deb chin ixlos bilan Allohga iltijo qilurlar.

23. Endi qachonki Alloh ularga najot bergach, banogoh ular yer yuzida nohaq zulmu tajovuzkorlik qilurlar. Ey odamlar, bu tajovuzingiz faqat o‘zingizning ziyoningizgadir. (Sizlar bu arzimas va qisqa) hayoti dunyo matosi(dan foydalanmoqdasiz). So‘ngra Bizga qaytishingiz bordir. Bas, Biz sizlarga qilib o‘tgan amallaringizni bildirurmiz.

24. Darhaqiqat, bu hayoti dunyoning misoli xuddi Biz osmondan yog‘dirgan bir suvga o‘xshaydi, bas, odamzod va hayvonot yeydigan narsalardan iborat bo‘lgan yer nabototi u bilan aralashib, hatto yer chiroy olib, yasan-tusan qilganida va yerning ahli uning ustida kuchli-qudratlimiz, deb o‘ylay boshlaganida, yerga kechasi yo kunduzi Bizning farmonimiz kelib, Biz uni go‘yo kuni-kecha obod bo‘lmagandek, vayronaga aylantirib qo‘yurmiz. Tafakkur qila oladigan qavm uchun oyatlarni mana shunday mufassal bayon qilurmiz.

25. Alloh tinchlik diyori —jannatga da’vat qilur va O’zi xohlagan zotlarni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #212 : 11 Avgust 2006, 08:29:20 »


26. Chiroyli amal qilgan zotlar uchun go‘zal oqibat va ziyoda ne’matlar bordir. Ularning yuzlarini na qarolik va na xorlik qoplar. Ana o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda abadiy qolurlar.

27. Yomon amallar qilgan kimsalar uchun esa o‘sha yomonliklari barobarida yomon jazo bo‘lur va ularni xorlik o‘rab olur — ular uchun Alloh tarafidan biron-bir (jazodan) saqlovchi bo‘lmas. Ularning yuzlari go‘yo qorong‘u kechadan bir bo‘lagi qoplagandek. Ana o‘shalar do‘zax egalari bo‘lib, u joyda abadiy qolurlar.

28-29. U kunda (qiyomatda) Biz ularning (ya’ni, insonlarning) hammalarini to‘playmiz, so‘ngra mushrik bo‘lgan kimsalarga: «Sizlar ham, Allohga sherik qilib olgan butlaringiz ham o‘z joyingizdan jilmangiz», deb ularning o‘rtalarini ajraturmiz (ya’ni, mushriklar dunyoda doim birga bo‘lib, sig‘inib yurgan butlaridan ajralib qolurlar) va butlari (ularga): «Sizlar bizga ibodat qilganingiz yo‘q (ya’ni, biz, butlar jonsiz narsalar bo‘lganimiz uchun bizga sig‘inganlaringizni bilganimiz yo‘q). Bas, Allohning O’zi biz bilan sizning o‘rtamizda guvoh bo‘lish uchun kifoyadir. Albatta, biz sizlarning ibodatingizdan bexabarmiz», deydilar.

30. O’sha yerda har bir jon qilib o‘tgan ishidan xabardor bo‘lur va (hammalari) haqiqiy hojalari — Allohga qaytarilurlar hamda o‘zlari o‘ylab to‘qib chiqargan butlari ulardan g‘oyib bo‘lur.

31. (Ey Muhammad) ayting: «Kim sizlarga osmon va zamindan rizq berur yoki kim quloq-ko‘zlaringizga egalik qilur?! Kim o‘likdan tirikni chiqarur va tirikdan o‘likni chiqarur hamda kim barcha ishlarni tadbir qilib turur?!» Ular albatta: «Alloh», deydilar. Bas, siz ayting: «Axir O’sha zotdan qo‘rqmaysizlarmi?!»

32. Bas, mana shu Alloh — haqiqiy Pavardigoringizdir. Haqiqatdan keyin esa faqatgina yo‘ldan ozish bor, xolos (ya’ni, haqiqiy Parvardigoringiz bo‘lmish Allohdan o‘zgaga sig‘inar ekansiz, albatta yo‘ldan ozgan bo‘lursiz). Bas, qay tarafga burilib ketmoqdasizlar?!

33. Mana shunday qilib, iymon keltirmaganlari sababli itoatsiz kimsalar ustiga Parvardigoringizning («Albatta jahannamni kofirlar bilan to‘ldirurman», degan) So‘zi haq bo‘ldi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #213 : 11 Avgust 2006, 08:29:46 »


34. (Ey Muhammad), ayting (so‘rang): «Butlaringiz orasida avval-boshda o‘zi yaratib, so‘ngra yana qayta yarata oladigan birov bormi?!» Ayting: «Alloh avval-boshda O’zi yaratib, so‘ngra O’zi yana qayta yaratur. Bas, qay tarafga burilib ketmoqdasizlar?!»

35. Ayting (so‘rang): «Butlaringiz orasida haq yo‘lga hidoyat qila oladigan birov bormi?!» Ayting: «Alloh haq yo‘lga hidoyat qilur. Endi haq yo‘lga hidoyat qiladigan zot itoat etilishga haqliroqmi yoki (hech kimni) hidoyat qila olmaydigan, balki o‘zi hidoyatga muhtoj bo‘lgan kimsami?! (Ey mushriklar), sizlarga ne bo‘ldi — qanday hukm chiqarmoqdasiz?!»

36. Ularning ko‘plari jonli-jonsiz butlarga sig‘inishlarida faqat gumonga ergashadilar, xolos. Gumon esa biron narsada haqiqatning o‘rnini bosolmaydi. Albatta, Alloh ularning qilayotgan ishlarini bilguvchidir.

37. Ushbu Qur’on Allohdan o‘zga birov tomonidan to‘qilgan bo‘lishi mumkin emas. Balki, U butun olamlar Parvardigori tomonidan kelgan va (haq ekanligiga) shak-shubha bo‘lmagan O’zidan avvalgi (Tavrot, Injil xabi) narsalarni tasdiqlovchi va (shariat hukmlaridan (iborat) mufassil Kitobdir.

38. Yoki: «Uni (Muhammad) to‘qib chiqargan», deydilarmi?! Ayting (Ey Muhammad): «U holda agar rostgo‘y bo‘lsangizlar, Allohdan o‘zga kuchingiz yetgan barcha butlarni (yordamga) chorlab shu (Qur’on)ga o‘xshash birgina sura keltiringizlar!»

39. Yo‘q! Ular Qur’on ilmini egallamasdan va ularga uning ta’vil — mohiyati ayon bo‘lmasdan turib «yolg‘on» dedilar. Ulardan avvalgilar ham (o‘z payg‘ambarlarining so‘zlarini) mana shunday «yolg‘on» degan edilar. Mana endi unday zolim kimsalarning oqibati qanday bo‘lganini ko‘ring.

40. Ularning (ya’ni, mushriklarning) orasida unga (Qur’onga) ishonadiganlari ham bor. Ularning orasida unga ishonmaydiganlari ham bordir. Parvardigoringiz buzg‘unchi kimsalarni juda yaxshi bilguvchidir.

41. (Ey Muhammad), agar ular sizni yolg‘onchi qilsalar, u holda ayting: «Mening qilgan amalim o‘zim uchun, sizlarning amalingiz o‘zingiz uchundir. Sizlar mening amalimdan poksizlar, men esa sizlar qilayotgan amallaringizdan pokdirman».

42. Ularning orasida sizga quloq tutadiganlari ham bor (ammo garang odamdek, hech narsa anglamaydilar). Axir siz, agar o‘zlari aql yurgizmasalar, kar kimsalarga eshittira olurmisiz?!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #214 : 11 Avgust 2006, 08:30:55 »


43. Ularning orasida sizga qarab turadiganlari ham bor (ammo ko‘r odamdek, sizdagi payg‘ambarlik belgilarini ko‘rmaydilar). Axir, siz, agar o‘zlari ko‘rmasalar, ko‘r kimsalarni hidoyat qila olurmisiz?!

44. Shubhasiz, Alloh insonlarga biron zulm-adolatsizlik qilmas. Balki, insonlar (Yaratganga iymon keltirmasliklari bilan) o‘zlariga o‘zlari zulm qilurlar.

45. (Alloh) ularni (ya’ni, mushriklarni hisob-kitob uchun) to‘playdigan kunda ular (bu dunyoda) go‘yoki kunduz kuni bir soatgina turgandek (yashagandek) bir-birlarini tanirlar. Allohga ro‘baro‘ bo‘lishni yolg‘on degan kimsalar muhaqqaq ziyon qildilar va haq yo‘lga yurguvchi bo‘lmadilar.

46. Agar ularga va’da qilayotganimiz azobni sizga ko‘rsatsak ham (ya’ni, hayot paytingizda ularning kofir bo‘lganlari oqibatida tortadigan azoblarini ko‘rsangiz ham), yoki (ularni azobga duchor qilishimizdan ilgariroq) sizni vafot qildirsak ham, harholda o‘zimizga qaytishlari bordir. Qolaversa, Alloh ular qilayotgan barcha ishlarga guvohdir.

47. Har bir millat uchun payg‘ambar bo‘lur. Bas, qachon payg‘ambarlari kelganida, o‘sha (millat)larga zulm qilinmagan holda, ularning o‘rtalarida adolat bilan hukm qilinur.


I z o h. Islom ta’limotiga ko‘ra, bu olam imtihon olami bo‘lib, har bir kishi mana shu imtihonda o‘ta olgan-olmaganiga qarab oxiratda mukofot yoki jazoga mustahiq bo‘ladi. Bandalar o‘zlarining zimmalaridagi burchlarini va haq-huquqlarini tanib, haq yo‘lni topib, imtihondan muvaffaqiyat bilan o‘tishlari uchun ularga Alloh taolo payg‘ambarlari orqali O’z ko‘rsatmalarini yuboradi. Bu payg‘ambarlarning avvalgisi Odam alayhis-salom bo‘lsa, so‘nggisi Muhammad alayhis-salomdirlar. Bu ikkalalarining o‘rtasida yuz minglab payg‘ambarlar o‘tganlar. Binobarin, dunyoda biron-bir millat yo‘qki, u millatga Alloh payg‘ambarlarining da’vati yetmagan bo‘lsa. Yuqoridagi oyatda uqtirilishicha, Alloh taolo o‘zi yaratgan har bir millatga payg‘ambar yuborib, o‘z diniga da’vat qiladi. Qachonki, u millat o‘sha payg‘ambarni yolg‘onchi qilib, u keltirgan dindan yuz o‘girsa, qiyomat kunida u millatga o‘sha payg‘ambar guvohligida adolat bilan jazo beriladi. Bu oyat: «To payg‘ambar yubormaguncha hech kimni jazolaguvchi emasmiz», degan mazmundagi Isro surasining 14-oyatiga hamohangdir.

48. Ular: «Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar (aytinglar-chi), mana shu va’da (qilingan azob) qachon bo‘ladi?!» deydilar.

49. Ayting (ey Muhammad): «Men agar Alloh xohlamasa (o‘zgalar u yoqda tursin), o‘zimga ham biron ziyon yo foyda yetkazishga qodir emasman. (Binobarin, kelajak, g‘ayb ilmlaridan ham xabardor emasman, lekin) har bir millat-avlod uchun bir ajal bordir. Qachon ajallari yetsa, uni biron soat ketga ham sura olmaydilar, ilgari ham qila olmaydilar.

50. Ayting: «Xabar beringiz-chi, agar U zotning azobi sizlarga kechasi yo kunduzi kelsa (bundan sizlarga ne foyda?) Bu jinoyatchi kimsalar (ya’ni, mushriklar) u azobning nimasini shoshtirmoqdalar-a?!

51. O’shanda (Allohning azobi boshingizga) tushganida (sizlarga): «Unga iymon keltirurmiz? Endi-ya?! Axir (azob tushishiga ishonmay) uni shoshtirayotgan edingizlar-ku?!» (deyilur).

52. So‘ngra o‘zlariga zulm qilgan bu kimsalarga aytilur: «Mangulik azobini totingiz! Sizlar faqat o‘zlaringiz kasb qilgan gunoxlaringiz sababli jazolanmoqdasiz».

53. (Ey Muhammad), sizdan: «U (va’da qilingan azob) haqmi?» — deb so‘raydilar. Ayting: «Ha, Parvardigorimga qasamki, albatta u haqdir. Sizlar (undan) qochib qutulguvchi emassizlar».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #215 : 11 Avgust 2006, 08:31:06 »


54. Ular azobni ko‘rgan vaqtlarida agar o‘ziga jabr qilgan (ya’ni, kofir bo‘lib o‘tgan) har bir jon uchun yerdagi bor narsa bo‘lsa, u (o‘sha azobdan qutulish uchun) albatta uni (bor narsasini) fido qilgan va (iymon keltirmagani uchun) afsus-nadomatlar chekkan bo‘lur edi. (U kunda) ularga zulm qilinmagan holda o‘rtalarida adolat bilan hukm qilinur. (Ya’ni bu dunyodagi qilmishlariga yarasha jazolanurlar).

55. Ogoh bo‘lingizkim, osmonlar va yerdagi narsalar, shubhasiz, Allohnikidir. Ogoh bo‘lingizkim, albatta Allohning va’dasi haqqi-rost va’dadir. Lekin ularning ko‘plari bilmaydilar.

56. U tiriltirur va o‘ldirur. Va Ungagina qaytarilursizlar.

57. Ey insonlar, sizlarga Parvardigoringiz tomonidan pand-nasihat, dillaringizdagi buzuq e’tiqodlardan iborat narsalarga shifo va iymon keltirgan zotlarga hidoyat va rahmat (ya’ni, Qur’on) keldi.

58. (Ey Muhammad), ayting: «Allohning fazlu marhamati (ya’ni, islom) va rahmat-mehribonligi (ya’ni, Qur’on) bilan — mana shu (ne’mat) bilan shod-xurram bo‘lsinlar. (Zero), bu ular to‘playdigan mol-dunyolaridan yaxshiroqdir».

59. Ayting: «Xabar beringiz-chi (ey mushriklar), Alloh sizlar uchun nozil qilgan rizqu ro‘zning (ayrimlarini) harom, ayrimlarini) halol qilib oldingiz». Ayting: «Xabar beringiz-chi, (bunday qilish uchun) sizlarga Alloh izn berdimi yoki Alloh sha’niga bo‘hton qilmoqdamisizlar?!»

60. Alloh sha’niga yolg‘on to‘qiydigan kimsalar qiyomat kuni haqida qanday gumon qilar ekanlar-a? Hech shak-shubhasiz Alloh odamlarga fazlu marhamat sohibidir, lekin ularning ko‘plari shukr qilmaydilar.

61. (Ey Muhammad), siz qanday ish (bilan) mashg‘ul bo‘lmang va u (ish) haqida Qur’ondan biron oyat o‘qimang, (ey insonlar), sizlar qanday amalni qilmanglar, o‘sha ishlarga kirishgan paytingizda, albatta Biz Sizlarning ustingizda guvoh bo‘lurmiz. Yeru osmondagi bir zarra misolichalik, undan ham kichikroq (yoki) kattaroq biron narsa Parvardigoringizdan maxfiy bo‘lmas — albatta ochiq Kitobda (ya’ni, Allohning azaliy yozmishida) mavjud bo‘lur.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #216 : 11 Avgust 2006, 08:31:18 »


62. Ogoh bo‘lingizkim, albatta Allohning do‘stlariga (oxiratda) biron xavf-xatar yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaydilar.

63-64. Iymon keltirgan va (Allohdan) qo‘rquvchi bo‘lgan zotlar uchun hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xushxabar bordir. Allohning so‘zlari (oyatlari) o‘zgartirilmas. Mana shu (mazkur ne’matlarga erishish) ulug‘ baxtdir.

65. Ularning (kofirlarning «Sen payg‘ambar emassan», degan) so‘zlari sizni g‘amgin qilmasin. Butun kuch-qudrat Allohnikidir. U eshitguvchi, bilguvchidir.

66. Ogoh bo‘lingizkim, albatta osmonlardagi va yerdagi barcha jonzot va maxluqot Allohnikidir. Allohni qo‘yib, butlarga iltijo qiladigan kimsalar faqat gumonga ergashadilar, xolos. Ular faqat taxmin qiladilar, xolos.


I z o h. Ya’ni, ko‘pdan-ko‘p odamlar tangri deb sig‘inadigan osmonlardagi va zamindagi narsalarning yaratuvchisi ham, egasi ham yagona Allohdir. Ular faqat o‘z gumon va taxminlaricha, u maxluqotlarni tangri deb iltijo qiladilar.

67. U sizlar orom olishingiz uchun kechani va (kasbu kor, sayru sayohat qilishingiz uchun) ochiq-yorug‘ bo‘lgan kunduzni yaratib qo‘ygan zotdir. Albatta, bunda qulok tutib anglovchi qavm uchuch oyat-alomatlar bordir.

68. «Allohning bolasi bor», dedilar. U zot (bularning bad gumonidan) mutlaqo pokdir. U behojatdir. Osmonlar va yerdagi bor narsalar Unikidir. Sizlarning huzuringizda bu to‘g‘rida (ya’ni, Allohning bolasi bor, degan) hech qanday hujjat yo‘q-ku! Alloh sha’niga bilmaydigan narsangizni aytaverasizlarmi?

69. Ayting (ey Muhammad): «Shubhasiz, Alloh sha’niga yolg‘on to‘qiydigan kimsalar najot topmaslar».

70. (Unday kimsalar uchun) bu dunyoda ozgina foydalanish bor. So‘ngra Bizga qaytishadi. Ana undan keyin kofir bo‘lib o‘tganlari uchun ularga qattiq azob torttirurmiz.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #217 : 11 Avgust 2006, 08:33:35 »


71. (Ey Muhammad), ularga Nuh haqidagi xabarni tilovat kiling u qavmiga (bunday) degan edi: «Ey qavmim, agar sizlarga (orangizda uzoq yillar yashab) turganligim va Alloh oyatlarini eslatishim og‘irlik qilgan bo‘lsa, bas, men Allohning O’ziga suyandim — tavakkul qildim. Endi butlaringiz bilan birga bilgan ishlaringizni qilaveringlar. Keyin qilayottan ishlaringiz o‘zlaringizga maxfiy bo‘lib qolmasin (ya’ni, bemalol, oshkor ish tutaveringlar, men parvo qilmayman), So‘ngra menga nisbatan (xohlagan) hukmingizni ijro etaveringlar va menga muhlat ham bermanglar.

72. Bas, agar (mening kilgan pand-nasihatimdan) yuz o‘girar ekansizlar, men sizlardan (uning uchun) biror ajr-haq so‘raganim yo‘q (ya’ni, menga haq berishni istamaganlikdan emas, balki badbaxtliklaring tufayli yuz o‘girmoqdasizlar). Men ajr — savobni faqat Allohdan (so‘rayman). Va men Unga bo‘yinsunuvchi-musulmonlardan bo‘lishga ma’murman (amr etilganman)».

73. So‘ngra uni (Nuhni) yolg‘onchi qilishgach, Biz unga va u bilan kemada birga bo‘lgan kishilarga najot berdik va ularni (g‘arq bo‘lib ketganlarning o‘rniga yerda) xalifa kildik. Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan kimsalarni esa g‘arq qildik. (Ey Muhammad), mana (kofirliklari uchun do‘zax azobi bilan) qo‘rqitilgan kimsalarning ohibati qanday bo‘lganini ko‘ring!

74. So‘ngra (Nuhdan) keyin ham (ko‘p) payg‘ambarlarni o‘z qavmlariga yubordik. Bas, u payg‘ambarlar ularga ochiq hujjat-mo‘‘jizalar keltirganlarida, ular ilgari yolg‘on degan narsalariga (payg‘ambarlarning mo‘‘jizalarini ko‘rganlaridan keyin ham) iymon keltiruvchi bo‘lmadilar. Tajovuzkor kimsalarning dillarini mana shunday muhrlab qo‘yurmiz.

75. So‘ngra ularning ortidan Muso bilan Horunni O’z oyat-mo‘‘jizalarimiz bilan Fir’avn va uning odamlariga yuborganimizda, ular kibru havo qildilar va jinoyatchi-gunohkor qavm bo‘ldilar.

76. Bas, qachonki ularga Bizning huzurimizdan Haqiqat kelganida, ular: «Bu ochiq sehr», dedilar.

77. Muso dedi: «Sizlarga haqiqat kelgan vaqtida («Bu sehr»), deysizlarmi? Sehrmi shu? Axir sehrgarlar muvaffaqiyat qozonolmaydilar-ku?!»

78. Ular dedilar: «Sen bizlarni ota-bobolarimizni amal qilgan xolda topgan dinimizdan burish uchun va ikkovingiz yerimizga ega bo‘lib olish uchun keldingmi?! Biz sizlarga iymon keltirguvchi emasmiz!»
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #218 : 11 Avgust 2006, 08:33:46 »


79. Fir’avn o‘z odamlariga: «Barcha bilimdon sehrgarlarni keltiringiz!» dedi.

80. Bas, sehrgarlar kelganlarida, Muso ularga: «Tashlamoqchi bo‘lgan narsalaringizni (ya’ni, aso va arqonlaringizni) tashlanglar», dedi.

81. Qachonki ular (qo‘llaridagi narsalarini) tashlaganlarida (va u arqon, asolar ilonlarga aylanib qolganida) Muso dedi: «(Mana shu) sizlar qilgan ish sehrdir. Albatta, Alloh uni botil qilur. Zero, Alloh buzg‘unchi kimsalarning ishini o‘nglamaydi.

82. Va garchi jinoyatchi kimsalar istamasalar-da, Alloh o‘z so‘zlari (ya’ni amru farmonlari) bilan haqiqatni ro‘yobga chiqarur».

83. Shunda Muso qavmidan faqat bir toifa odam Fir’avn va uning odamlarining fitna-fasodlaridan qo‘rqqan holda iymon keltirdilar. Chunki Fir’avn u yerda g‘olib (edi) va u, shubhasiz, haddan oshuvchi kimsalardandir.

84. Muso u (iymon keltirgan kishilarga) dedi: «Ey qavmim, agar Allohga iymon keltirar ekansizlar, demak, musulmon bo‘lsangizlar, Uning o‘zigagina suyaninglar — tavakkul qilinglar!»

85. Bas, ular aytdilar: «Allohning o‘ziga tavakkul qildik. Parvardigoro, bizlarni bu zolim qavmga maftun — aldanuvchi qilib qo‘yma.

86. Va O’zing rahm aylab bizlarni bu kofir qavmdan qutqar».

87. Biz Muso va uning birodariga: «Qavmlaringiz uchun Misrda uylar tayyorlanglar va bu uylaringizni qibla-namozgoh qilib (u uylarda) namozni to‘kis ado qilinglar. (Ey Muso), iymon keltirgan zotlarga (tez orada g‘alaba qilishlari haqida) xushxabar bering», deb vahiy yubordik.


I z o h . Fir’avn va uning odamlari Bani Isroil qavmini qo‘rqitib, ularning ibodatxonalarini vayron qilib yuborganida, Tangri taolo O’z payg‘ambarlari Muso va Horunga yuqorida mazkur bo‘lgan farmonni vahiy qilib yuborgan va ularga yaqin orada Fir’avn zulmidan xalos bo‘lib g‘alaba qozonishlari haqida xushxabar bergan.

88. Muso dedi: «Parvardigoro, darhaqiqat, Sen Fir’avn va uning odamlariga hayoti dunyoda zeb-ziynat va mol-dunyo ato etding. Parvardigoro, ular (mana shu mol-davlatlari bilan odamlarni) Sening yo‘lingdan ozdirishlari uchun shunday qilding. Parvardigoro, ularning mol-dunyolarini yo‘q qilgin, ko‘ngillarini qattiq qilgin, toki alamli azobni ko‘rmagunlaricha, iymon keltirmasinlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #219 : 11 Avgust 2006, 08:34:18 »


89. (Alloh) dedi; «Duolaringiz ijobat bo‘ldi. Endi to‘g‘ri yo‘lda sobit bo‘linglar va hatto hargiz bilmaydigan kimsalarning yo‘liga ergashmanglar!»

90. Biz Bani Isroilni dengizdan o‘tkazganimizdan keyin ularga zulmu zo‘ravonlik qilish uchun Fir’avn va uning lashkari quvib yetdi. Endi unga (Fir’avnga dengizda) g‘arq bo‘lish (payti) yetganida esa, u deli: «Hech qanday iloh yo‘q, magar Bani Isroil iymon keltirgan zot — Allohgina borligiga iymon keltirdim. Men musulmonlardandirman — Allohga bo‘yinsunuvchilardandirman».


I z o h . Rivoyat qilishlaricha, Muso payg‘ambar Bani Isroil qavmi bilan birga Fir’avnning zulmidan qutulish uchun Misrdan chiqib ketayotganlarida, yo‘llarini to‘sib turgan dengiz Allohning qudrati bilan ikkiga bo‘linib, undan hammalari sog‘-omon o‘tib oladilar. Ularning ortidan quvib kelayotgan Fir’avn va uning lashkari esa, dengizning o‘rtasiga yetganlarida ikkiga bo‘lingan dengiz birlashib, barchalari g‘arq bo‘lib ketadilar. Shunda bostirib kelayotgan dengiz to‘lqinlarini ko‘rib, o‘limi ko‘ziga ko‘rinib qolgan Fir’avn o‘zining hech qanday xudo emas (holbuki, shu paytgacha u o‘zini xudo deb da’vo qilib kelardi), balki hamma singari oddiy odam ekanligini bo‘yniga olib, yagona Allohdan o‘zga biron iloh yo‘qligiga iymon keltiradi va «men musulmonlardan, ya’ni Allohga so‘zsiz itoat qilguvchilardanman», deydi. Lekin quyidagi oyatlardan ma’lum bo‘lishicha, Alloh uning iymonini qabul qilmaydi, balki boshqa odamlar ko‘rib, ibrat olsinlar, deb uning jasadi dengiz sohiliga chiqarib tashlanadi. Bu oyati karimalar islom ta’limotidagi «butun hayotini kofirlik-dahriylik bilan o‘tkazib, nihoyat joni chiqar paytida Allohga iymon keltirgan kimsalarning iymoni maqbul emas», degan aqidaning asosidir.

91. Endi-ya! Axir sen ilgari (ya’ni shu paytgacha) itoatsizlik qilgan va buzg‘unchi kimsalardan bo‘lgan eding-ku!

92. Mana bugun o‘zingdan keyingi kishilarga oyat — ibrat bo‘lishing uchun sening jasadingni qutqarurmiz. Darhaqiqat, ko‘p odamlar Bizning oyatlarimizdan g‘ofildirlar (ya’ni ulardan ibrat olmaydilar).

93. Shubhasiz, Biz Bani Isroilni go‘zal manzilga joylashtirdik va ularga halol-pok narsalardan rizqu ro‘z berdik. So‘ng ular to bilim (ya’ni Tavrot) kelgunicha ixtilof qilmadilar. Albatta, Parvardigoringiz qiyomat kunida talashib-tortishgan narsalari haqida ularning o‘rtasida O’zi hakamlik qilur.


I z o h . Bani Isroil qavmi Muso alayhis-salomga iymon keltirgan avvalgi davrlarida hammalari ittifoq bo‘lib yashadilar. Qachonki, Musoga Tavrot nozil bo‘lgach, ularning oralarida ixtilof paydo bo‘ldi. Yuqoridagi oyatda ularning ishlarini Parvardigorning o‘ziga topshirish buyuriladi.

94. (Ey Muhammad), agar Biz sizga nozil etgan narsadan (ya’ni ilgari o‘tgan qavmlar haqida nozil qilgan oyatlarimizdan) shubhada bo‘lsangiz, u holda o‘zingizdan avvalgi Kitob (ya’ni Tavrot yoki Injilni) o‘qiydigan kishilardan so‘rang! Aniqki, sizga Parvardigoringiz tomonidan Haq — Qur’on keldi. Bas, hargiz shubha qilguvchilardan bo‘lmang!

95. Va hargiz Allohning oyatlarimni yolg‘on deydiganlardan bo‘lmangki, u holda ziyonkorlardan bo‘lib qolursiz.

96—97. Albatta, zimmalariga Parvardigoringizning So‘zi (ya’ni azobi) vojib bo‘lgan kimsalar, garchi ularga barcha oyat-mo‘‘jizalar kelsa-da, to alamli azobni ko‘rmagunlaricha iymon keltirmaydilar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #220 : 11 Avgust 2006, 08:34:49 »


98. Qani endi (biz halok qilgan qishloqlar ichida) biron qishloq (ahli o‘z payg‘ambarlari aytgan azobni sezgan vaqtlarida) iymon keltirsalar edi, albatta iymonlari foyda qilgan (ya’ni, halok bo‘lmagan) bo‘lar edi. Faqat Yunus qavmigina (shunday qildi). Iymon keltirishgach, ulardan hayoti dunyodagi rasvolik azobini ketkazdik va ularni ma’lum bir vaqtgacha (ya’ni o‘z ajallari bilan vafot etgunlaricha) foydalantirdik.

I z o h . Yunus payg‘ambar o‘z qavmini iymon keltirib, Allohning diniga kirishga da’vat qilganlarida iymon keltirishmagach, ularni boshlariga tushajak azob bilan qo‘rqitib, o‘zlari ular orasidan chiqib ketadilar. Payg‘ambarlari ketganidan keyin Allohning azobi yaqinlashib qolganini sezgan qavm tavba-tazarru qila boshlaydi. Shunda Alloh taolo sidqidildan qilgan tavbalarini qabul qilib, ularni azobdan xalos etadi.

99. Agar Parvardigoringiz xohlasa edi, butun Yer yuzidagi barcha kishilar iymon keltirgan bo‘lur edilar. Axir siz odamlarni mo‘min bo‘lishga majbur qilurmisiz? (Ya’ni bunday qilish durust emasdir. Chunki kishi o‘z ixtiyori bilan keltirgan iymongina haqiqiy maqbul iymondir).

100. Allohning iznu irodasisiz hech bir jon mo‘min bo‘la olmas. U (Alloh) aql yurgizmaydigan kimsalarni azobga duchor qilur.

101. (Ey Muhammad, Makka mushriklariga) ayting: «Osmonlar va yerdagi narsalarni (ya’ni, hamma narsaning yagona yaratuvchisi bor ekanligiga dalolat qiluvchi belgilarni) kuzatinglar. (Chunki) iymon keltirmaydigan qavm uchun (xech qanday) oyat-mo‘‘jizalar va qo‘rqituvlar foyda bermas.

102. Ular faqat o‘zlaridan ilgari o‘tgan (kofir) kimsalarning kuniga o‘xshash (bir kunni, ya’ni qiyomatni, Allohning azobi)ni kutmoqdalar, xolos. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «Kutaveringlar. Men ham sizlar bilan birga kutguvchilardanman».

103. So‘ngra (ya’ni qiyomat kelib, azob nozil bo‘lgach), payg‘ambarlarimiz va iymon keltirgan zotlarga najot berurmiz. Shunday qilib, (oxir-oqibatda) iymon keltirgan zotlarga najot berish Bizning zimmamizdagi burch bo‘ldi.

104. Ayting: «Ey insonlar, agar sizlar mening dinimdan shak-shubhada bo‘lsangiz, bas (bilingizki), men sizlar Allohni qo‘yib sig‘inadigan butlaringizga ibodat qilmayman, balki sizlarning joningizni oladigan zot — Allohga ibodat qilurman. Va men mo‘minlardan bo‘lishga ma’murman (amr etilganman).

105-106. Va (menga buyurilganki), o‘zingizni doimo to‘g‘ri bo‘lgan dinda (islomda) tuting, hargiz mushriklardan bo‘lmang va Allohni kuyib, sizga foydya ham, ziyon ham yetkaza olmaydigan narsaga iltijo qilmang! Bas, agar shunday qilsangiz u holda albatta zolimlardandirsiz!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #221 : 11 Avgust 2006, 08:35:09 »


107. Agar Alloh sizga biron ziyon yetkazsa, uni faqat O’zigina ketkaza olur. Agar sizga biron yaxshilik (etkazishni) iroda qilsa, Uning fazlu marhamatini qaytara olguvchi yo‘qdir. U O’zi xohlagan bandalariga yaxshilik yetkazur. U mag‘firatli, mehribondir.

108. Ayting: «Ey insonlar, sizlarga Parvardigoringizdan Haq Qur’on keldi. Bas, kim hidoyat yo‘liga yursa, faqat o‘z foydasiga yurgan bo‘lur. Kim (u hidoyat yo‘lidan) ozsa, faqat o‘zining ziyoniga adashgan bo‘lur. Men sizlarning ustingizda qo‘riqchi emasman».

109. (Ey Muhammad), o‘zingizga vahiy qilib yuborilayotgan narsaga (ya’ni amru farmonlarga) ergashing va to Alloh O’z hukmini tushirgunicha, (da’vat yo‘lidagi mashaqqatlarga va kofirlar tomonidan yetadigan ozorlarga) sabr qiling. U zot hukm qilguvchilarning eng yaxshisidir.



HUD SURASI

Bir yuz yigirma uch oyatdan tashkil topgan bu sura Makkada nozil bo‘lgan. Bu surada ham yolg‘iz Allohga, u zot yuborgan payg‘ambarlarga va ular keltirgan dinlarning haq ekaniga iymon keltirish, qiyomat kunida qayta tirilib, bu dunyoda qilib o‘tgan barcha yaxshi-yomon amallariga yarasha mukofot-jazo olishga ishonish islomiy aqidaning mohiyat-haqiqati ekani borasida so‘zlanadi. Bu surada Nuh, Hud, Solih, Lut, Shu’ayb, Muso va boshqa payg‘ambarlarning qissalari ancha mufassal hikoya qilinadiki, bundan murod birinchidan, barcha mo‘minlarga ilgari o‘tgan payg‘ambarlar va ularni yolg‘onchi qilishlari sababli halokatga uchragan qavmlar haqida ma’lumot berish bo‘lsa, ikkinchidan, yaqinda ikki aziz kishisidan — amakisi — Abu Tolib hamda jufti haloli Hadichadan ajralib qolgan va mudom Makka mushriklari tomonidan ozor-aziyatlarga ro‘baro‘ bo‘layotgan Muhammad alayhissalomga o‘tmishdoshlarining hayotlari va ularning Haqqa da’vat qilish yo‘lida chekkan mashaqqatlarini bayon qilish bilan taskin-tasalli berishdir.

Bu sura Qur’oni Karimning aybu nuqsonlardan pok va nazmu mag‘ziga hech qachon, hech kim tomonidan xalal yetmaydigan ilohiy Kitob ekanini ta’riflash bilan boshlanib, Alloh taoloning bandalariga payg‘ambarlar yuborishdan ko‘zlagan hikmatini bayon etish bilan tugallanadi. Bu sura Alloh taolo tomonidan Od Qavmiga yuborilgan Hud payg‘ambar nomi bilan atalgandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2. Alif, Lom, Ro. (Ushbu Kitob) sizlar faqat Allohgagina ibodat qilishingiz uchun, hikmat sohibi va (hamma narsadan) xabardor zot — Alloh tomonidan oyatlari buzilmaydigan mustahkam va mufassal qilingan bir Kitobdir. Men esa sizlarga U zot tarafidan yuborilgan (kofirlarni do‘zax azobidan) ogoxlantirguvchi va (mo‘minlarga jannat) xushxabarini eltguvchidirman.

3. (Alloh sizlarga amr qilurki), Parvardigoringizdan mag‘firat so‘ranglar, so‘ngra Uning O’ziga tavba qilinglar, shunda (U) sizlarni ma’lum muddatgacha (ajallaringiz yetgunicha) chiroyli mato (rizq) bilan bahramand qilur va har bir yaxshilik sohibiga yaxshilik (ya’ni ajr-muxofot) berur. Agar yuz o‘girsangizlar, u holda Men sizlarga Ulug‘ kun (ya’ni, qiyomat kuni) azobi yetishidan qo‘rqaman.

4. Allohning O’ziga qaytishlaringiz bor. U esa hamma narsaga qodirdir.

5. Ogoh bo‘lingizkim, albatta ular (kofirlar) Undan sir tutish uchun dillaridagi (adovatlari)ni yashiradilar. Ogoh bo‘lsinlarkim, ular kiyimlariga o‘ranib olgan chog‘larida ham (Alloh) ularning yashirgan va oshkor qilgan narsalarini bilur. Darhaqiqat, U zot dillarni egallagan sirlarni bilguvchidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #222 : 11 Avgust 2006, 08:36:24 »
O’N IKKINCHI JUZ’
*************************



6. O’rmalagan narsa borki, barchasining rizqi Allohning zimmasidadir. U zot ularning turar joylarini xam, borar joylarini ham bilur. Hamma narsa ochiq-ravshan Kitobda bordir.

I z o h . Bu oyatdagi ochiq-ravshan Kitobdan murod Lavhul-Mahfuzdir. Lavhul-Mahfuz koinotdagi o‘tgan, hozir mavjud va kelajakda bo‘ladigan barcha voqea, hodisa va narsalar bitilgan o‘chmas Lavh, ya’ni Alloh taoloning bilimidir.

7. U (Alloh) sizlarning qaysilaringiz yaxshiroq ish – amal qilib yashashingizni sinash uchun olti kunda osmonlar va yerni yaratgan zotdir. Ilgari U zotning arshi suv ustida (ya’ni, u arsh ostida suvdan bo‘lak hech narsa yaratilmagan edi).

I z o h . Ushbu oyati karimadan ma’lum bo‘lishicha, Alloh taolo, osmonu zaminni yakshanbadan jumagacha — olti kunda yaratgandir. Istagan narsasini birgina: «Bo‘l», degan farmoni bilan yo‘qdan bor qilguvchi zotning yeru ko‘kni yaratishda bu qadar shoshmaganining boisi – koinotdagi eng kichik zarradan tortib eng katta mavjudotgacha hamma narsa shunchalar chevarlik bilan yaratilib o‘z o‘rniga qo‘yilganki, bu tartib-intizomga chetdan biron kuch sun’iy yo‘l bilan daxl qilsa — aralashsa, butun olam muvozanatiga futur yetadi. Bu oyati karima bilan Tangri bizlarni har qanday muhim ishlarni qilishda xususan o‘zgalarning hayot-mamotlariga aloqador ishlarni amalga oshirishda shoshmasdan, mulohazakorlik bilan qadam qo‘yishga da’vat etadi.

(Ey Muhammad), qasamki, agar siz: «Shak-shubhasiz, o‘lganingizdan keyin qayta tirilursizlar», desangiz, albatta kofir bo‘lgan kimsalar: «Bu ochiq sehr-jodudan o‘zga narsa emas, deydilar.

8. Qasamki, agar ularni azoblashni ma’lum muddatgacha kechiktirsak, albatta ular: «Uni (azobni) nima to‘smoqda?» — deb istehzo qiladilar. Ogoh bo‘lsinlarkim, u (azob) kelar kunida ulardan qaytib ketuvchi bo‘lmas va kulib-istehzo qilib yurgan narsalari ularni o‘rab olur.

9. Qasamki, agar Biz inson zotiga raxmat-marhamatimizni totdirib, so‘ngra O’zimiz uni tortib olsak, u albatta noumid va noshukrlik qilishi shubhasizdir.

10. Qasamki, agar unga biron ziyon-zahmat yetganidan keyin Biz noz-ne’matlarni totdirib qo‘ysak, albatta u: «Barcha yomonliklar mendan nari ketdi», (endi hech qachon qaytib kelmaydi) deydi. Darhaqiqat, u mag‘rur va maqtanchoqdir.

11. Magar (baloli kunlarda) sabr qilib, (safoli kunlarda) yaxshi amallar qiladigan zotlar borki, ana o‘shalar uchun mag‘firat va katta ajr-mukofot bo‘lur.

12. (Ey Muhammad), ehtimol, siz (mushriklar): «Unga osmondan xazina — boylik tushirilsa yoki u bilan birga (uning payg‘ambar ekanligini tasdiqlaydigan) biron farishta kelsa bo‘lmasmidi?» deganlari sababli o‘zingizga vahiy qilinayotgan oyatlarning ayrimlarini (ularga yetkazishni) tark qilarsiz va shu sababli, dilingiz siqilar? (Yo‘q, siz o‘zingizga nozil qilingan oyatlarni to‘la-to‘kis holida kishilarga yetkazavering, chunki) faqatgina siz (kofirlarni do‘zax azobidan) ogoxlantirguvchisiz, xolos, Alloh, hamma narsaning ustida vakil — boshqarib turguvchidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #223 : 11 Avgust 2006, 08:37:04 »


13. Yoki: «Uni (ya’ni, Qur’onni Muhammad) to‘qib chiqargan», deydilarmi? Ayting: «U holda, agar rostgo‘y bo‘lsangizlar, Allohdan o‘zga kuchingiz yetgan barcha butlarni (yordamga) chorlab shunga o‘xshash o‘ntagina «to‘qilgan» sura keltiringiz!»

14. Bas, agar ular (ya’ni, Allohni qo‘yib, sig‘inadigan butlaringiz) sizlarga javob qilmasalar, u holda, bilingizki, albatta (bu Quron) Allohning ilmi azaliysi bilan nozil qilingandir va Undan o‘zga biron iloh yo‘qdir. Endi musulmon bo‘larsizlar?!

15. Kim (faqat) shu hayoti dunyoni va uning zebu ziynatlarini istaydigan bo‘lsa, ularga qilgan amallarini(ng ajr-mukofotini) shu dunyoda komil qilib berurmiz va ular bu dunyoda ziyon ko‘rmaydilar.

16. Unday kimsalar uchun oxiratda do‘zax o‘tidan o‘zga hech qanday nasiba yo‘qdir. Ularning bu dunyoda qilgan barcha yaxshiliklari behuda ketur va qilib o‘tgan amallari befoydadir.

17. Ana endi Parvardigori tomonidan aniq hujjatga (ya’ni, Qur’onga) ega bo‘lgan kishi (faqat hayoti dunyo manfaatlarini ko‘zlovchi kimsalar bilan barobarmi?!) Holbuki, Alloh tomonidan bo‘lgan shohid (ya’ni, Jabroil farishta) uning (Muhammad alayhis-salomning) hamrohidir va undan (ya’ni, aniq hujjat bo‘lgan Qur’ondan) ilgari (Bani Isroil uchun kelgan) peshvo va (Allohning) marhamati bo‘lgan Musoning Kitobi (Tavrot) bordir. Ana o‘sha zotlar (ya’ni, aniq hujjat egalari) unga (Qur’onga) iymon keltirurlar. Barcha guruhlar orasidan kim u Qur’onga kofir bo‘lsa, unga va’da qilingan joy – do‘zaxdir. Bas (ey Muhammad, siz u haqda shak-shubhaga tushmang! Albatta, u Parvardigoringiz tomonidan kelgan Haqiqatdir. Lekin odamlarning ko‘plari iymon keltirmaydilar.

18. Alloh sha’niga yolg‘on to‘qigan kimsadan ham zolimroq kim bor?! Unday kimsalar (qiyomat kunida) Parvardigorlariga ro‘baro‘ qilinurlar va barcha guvoh: “Mana shular Parvardigor sha’niga yolg‘on so‘zlarini so‘zlaganlar” deydilar. Ogoh bo‘lingizkim, bunday zolimlarga Allohning la’nati bo‘lur.

19. U zolim kimsalar (odamlarni) Allohning yo‘lidan to‘sib, uni (Allohning yo‘lini) buzmoqchi bo‘ladilar. Ular oxiratni butunlay inkor etadilar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #224 : 11 Avgust 2006, 08:38:15 »


20. Unday kimsalar yer yuzida (hech qaerga) qochib qutulolmas va ular uchun Allohdan o‘zga do‘stlar-yordamchilar ham bo‘lmas. Ularga azob bir necha barobar qilinur. (Garchi ularga Haqni eshitib, ko‘rishlari uchun quloq, ko‘z berilgan bo‘lsa-da), eshitguvchi ham, ko‘rguvchi ham bo‘lmadilar.

21. Ular o‘zlariga ziyon qilgan kimsalardir. O’zlari to‘qib olgan butlari esa (biron foyda bermay) ulardan g‘oyib bo‘ldi.

 22. Shak-shubha yo‘qki, ular oxiratda yanada kattaroq ziyon ko‘rguvchilardir.

23. Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan va Parvardigorlariga itoat qilib bo‘yinsungan zotlar — ana o‘shalar, jannat egalari bo‘lib, o‘sha joyda abadiy qolurlar.

24. Bu ikki guruhning (ya’ni, kofirlar bilan mo‘minlar guruhining) misoli, xuddi ko‘ru kar bilan ko‘rguvchi va eshitguvchining misolidir. Shu ikkalasi bir-biriga barobar bo‘lurmi?! Ibrat olmaysizlarmi?!

25-26. Darhaqiqat, Biz Nuhni o‘z qavmiga (payg‘ambar qilib) yubordik. (U dedi): «Albatta, men sizlar faqat Allohgagina ibodat qilishingiz uchun (kelgan) xolis ogoxlantirguvchiman. (Agar yolg‘iz Allohdan o‘zga birovga sig‘insangizlar), sizlarning ustingizga alamli azob kuni (tushishi)dan qo‘rqaman».

27. Shunda uning qavmi orasidagi kofir bo‘lgan kimsalar: «Bizlar seni xuddi o‘zimizga o‘xshagan odam, deb bilamiz va senga faqat ichimizdagi pastkash (yalangoyoq) kimsalar o‘ylamasdan ergashganini ko‘rmoqdamiz. Bizningcha, sizlarning bizdan biron ortiqchalik joyingiz yo‘q, balki biz sizlarni yolg‘onchi deb o‘ylamoqdamiz», dedilar.

28. U dedi: «Ey qavmim, xabar beringiz-chi, agar men Parvardigorim tomonidan aniq hujjatga ega bo‘lsam va U zot menga O’z dargohidan rahmat — payg‘ambarlikni ato etgan bo‘lsa-yu, ammo bu sizlarga maxfiy bo‘lsa, biz sizlarni o‘zingiz istamagan holda (iymon keltirishga) majbur qilamizmi?!» (Yo‘q, unday qilmaymiz, chunki faqat o‘z ixtiyorlaringiz bilan keltirgan iymonlaringizgina maqbuldir).
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

 

Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 621
Ko'rilgan: 428247
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:43
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 26362
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 26903
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 16335
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4166
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin