Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi  ( 515411 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 5 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #315 : 31 Avgust 2006, 07:36:09 »


52. (Muso) aytdi: «Ular haqidagi bilim Parvardigorim huzuridagi Kitobda — Lavhul-Mahfuzdadir. Parvardigorim adashmas va unutmas».

53. U zot yerni sizlar uchun beshik — qarorgoh qilib qo‘ydi va unda yo‘llar paydo qildi hamda osmondan suv (yomg‘ir-qor) yog‘dirdi. Bas, Biz u (suv) yordamida turli nabotot navlarini undirib chikardik.

54. Sizlar (ulardan) yenglar, chorvalaringni boqinglar. Albatta bunda aql egalari uchun oyat-ibratlar bordir.

55. Biz sizlarni (erdan) yaratdik, yana unga kaytarurmiz va (qiyomat kunida) sizlarni yana bir bor undan chiqarurmiz.

56. Darhaqiqat Biz unga (ya’ni Fir’avnga) bor oyat-mo‘‘jizalarimizni ko‘rsatdik. Bas, u (ularni) yolg‘on deb, yuz o‘girdi.

57. U dedi: «Sen o‘z sehring bilan bizlarni yerimizdan chiqarish uchun keldingmi, ey Muso!

58. U holda bizlar ham senga xuddi o‘shanday sehr keltirurmiz. Bas, sen o‘zing bilan bizlarning o‘rtamizda bir va’dagoh tanlaginki, u sen ham, bizlar ham qarshilik qilmaydigan o‘rta bir joy bo‘lsin».

59. (Muso) aytdi: «Va’da bayram kuni (to‘planadigan joy)dir. Odamlar choshgohda to‘planurlar».

60. Bas Fir’avn borib, o‘zining makr-nayrangini (ya’ni sehrgarlarini) yig‘di. So‘ngra (va’da qilingan joyga) keldi.

61. Muso ularga (ya’ni sehrgarlarga) dedi: «Holinglarga voy! Sizlar Alloh sha’niga yolg‘on to‘qimanglar (ya’ni ochiq mo‘‘jizani sehr demanglar), u holda (Alloh) sizlarni azob bilan halok qilur! Yolg‘on to‘qigan kimsalar noumid bo‘lishlari aniqdir».

62. Bas, ular (qiladigan) ishlarini talashib-tortishib asta shivirlasha boshladilar.

63. (So‘ng bir-birlariga) aytdilar: «Albatta bu ikkovi (ya’ni Muso va Horun) o‘z sehrlari bilan sizlarni yeringizdan chiqarmoqni va yuksak yo‘lingizni (ya’ni diningizni) yo‘qotmoqni istaydigan sehrgarlardir.

64. Bas, makr-hiylangizni yig‘ingiz, so‘ng bir saf bo‘lib kelingiz. Bugun ustun bo‘lgan kishilar najot topurlar».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #316 : 31 Avgust 2006, 07:36:37 »


65. (Maslahatlari bitgach), dedilar: «Ey Muso, sen (qo‘lingdagi asoingni avval) tashlaysanmi yoki bizlar birinchi tashlovchi bo‘laylikmi?»

66. (Muso) aytdi: «Yo‘q, sizlar tashlanglar». (Ular qo‘llaridagi aso va iplarini tashlagan edilar) banogoh iplari va asolari sehr qilganlari sababli (Musoga) yurib ketayotgandek tuyuldi.

67. Bas, Muso ichida bir qo‘rquvni his qilgan edi.

68. Biz aytdik: «Qo‘rqmagin. Albatta sen o‘zing g‘olib bo‘lguvchisan.

69. Qo‘lingdagi narsani (ya’ni asoingni) tashlagin, ular yasagan narsalarni yutib yuborur. Ularning yasagan narsalari faqat bir sehrgarning makri-hiylasi xolos. Sehrgar esa qaerda bo‘lmasin zafar topmas».

70. (Muso asoini tashlagach, sehrgarlarning bor yasagan narsalarini yutib yubordi). Bas sehrgarlar sajda qilgan hollarida (erga) tashlanib: «Horun va Musoning Parvardigoriga iymon keltirdik», dedilar.

71. (Fir’avn) aytdi: «Unga men izn bermay turib iymon keltirdingizmi? Shak-shubhasiz u sizlarga sehr o‘rgatgan kattangizdir. Bas, endi albatta oyoq-qo‘llaringizni qarama-qarshisiga (ya’ni o‘ng qo‘l, oyog‘ingizni yoki aksincha) kesurman va sizlarni xurmo shoxlariga osurman, (ana o‘shanda) qaysimizning (ya’ni, meningmi yo Musoning xudosi) azobi qattiqroq va uzunroq ekanini bilib olursizlar».

72. Ular dedilar: «Bizlar hargiz o‘zimizga kelgan aniq hujjat-mo‘‘jizani va bizlarni yaratgan Zotni qo‘yib, seni tanlamaymiz. Bas, qiladigan hukmingni qilaver. Sen faqat mana shu dunyodagina hukm qilursan.

73. Bizlar esa xatolarimizni va sen bizlarni majbur qilgan sehrgarlikdan iborat (gunohimizni) mag‘rifat qilishi uchun Parvardigorimizga iymon keltirdik. Alloh(ning savobi) yaxshiroq va (azobi) uzunroqdir».

74. Hech shubha yo‘qki, kimda-kim Parvardigorining (huzuriga) jinoyatchi-kofir bo‘lgan holda kelsa, u holda albatta uning uchun jahannam bor bo‘lib, u (kofir) u joyda na o‘la olur va na yashay olur.

75. Kim u zotga yaxshi amallar qilgan mo‘min holida kelsa, bas, ana o‘sha (kishilar) uchun yuksak darajalar —

76. Ostidan daryolar oqadigan, ular abadiy qoladigan jannatlar bo‘lur. Bu (shirku-kufrdan) pok bo‘lgan kishilarning mukofotidir! 
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #317 : 31 Avgust 2006, 07:37:13 »


77. Darhahiqat Biz Musoga: «Sen bandalarimni (ya’ni Bani Isroilni) tunda olib ketib, ular uchun (suvi) qurigan dengizni yo‘l qil - (ortlaringdan Fir’avn) yetib olishidan xavf qilma va (dengizga g‘arq bo‘lishdan ham) qo‘rqma», deb vahiy yuborganmiz.

78. Bas, Fir’avn ularning ortidan o‘z lashkarlari bilan quvgan edi, ularni dengiz o‘ragancha-o‘rab, barchalari (unga g‘arq bo‘ldilar).

79. Fir’avn qavmini To‘g‘ri yo‘lga boshlamadi, (balki) To‘g‘ri yo‘ldan ozdirdi.

80-81. Ey Bani Isroil, Biz sizlarga dushmaningizdan najot berdik va sizlarga (ya’ni Musoga) Tavrot nozil qilish uchun Tur (tog‘ining) o‘ng tomonini va’dalashdik va sizlarga shirinlik, bedanalar yog‘dirib, (dedik): “Sizlarni bahramand qilgan pok rizqlarimizdan yenglar va ularga (shukr qilmaslik bilan) haddan oshmanglarki, u holda ustingizga Mening g‘azabim tushar. Mening g‘azabim kimning ustiga tushar ekan, u muhaqqaq halok bo‘lur.

82. Va men tavba qilgan, hamda iymon keltirib yaxshi amallar qilgan, so‘ngra To‘g‘ri yo‘lga yurgan kishilarni mag‘firat qilguvchidirman”.

83. (Bani Isroil qavmidan yetmish nafarini o‘zi bilan birga olib, Tur tog‘i tomonga ketayotgan Muso yo‘lda ulardan ilgarilab ketadi. Shunda Alloh dedi): «Qavmingdan munchalar ilgarilab ketding, ey Muso!»

84. U aytdi: «Ular ana – izimdan kelurlar. Men esa Sen rozi bo‘lishing uchun shoshdim, Parvardigorim!»

85. (Alloh) dedi: «Haqiqatan Biz sening ortingdan qavmingni fitnaga soldik — imtihon qildik. — Somiriy ularni yo‘ldan ozdirdi».

86. Bas, Muso qavmiga g‘azablangan va g‘amga botgan holda qaytib kelib, dedi: «Ey qavmim, Parvardigoringiz sizlarga (Tavrot nozil etish haqida) chiroyli va’da qilmaganmidi?! Sizlarga (o‘tgan) vaqt uzun (ko‘rinib) ketdimi yoki ustingizga Parvardigoringiz tomonidan g‘azab tushishini istab menga bergan va’dani buzdinglarmi?!


I z o h . Muso Tur tog‘iga ketarkan, Bani Isroil qavmi unga Allohdan o‘zga hech kimga sig‘inmaslikka so‘z bergan edilar. Keyin esa, Somiriy yasagan buzoqqa sig‘inish bilan va’dalarini buzadilar.

87. Ular aytdilar: «Bizlar senga bergan va’dani o‘z inon-ixtiyorimiz bilan buzganimiz yo‘q. Lekin bizlar (Misrdan chiqib kelayotganimizda Fir’avn) qavmining zeb-ziynatlaridan iborat narsalarni ko‘tarib chiqqan edik, bas (Somiriyning amri bilan) ularni (olovga) tashladik. So‘ng Somiriy ham (o‘zi ko‘tarib chiqqan narsalarni olovga) tashladi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #318 : 31 Avgust 2006, 07:38:01 »


88. So‘ng (Somiriy o‘sha zeb-ziynatlarni olovda eritib, xuddi tirik buzoq kabi) ovozi bor haykal-buzoq (yasab) chiqarib berdi, so‘ng (Somiriy va uning sheriklari); «Sizlarning ham, Musoning ham ilohi shu edi, (Muso) unutib, (uni boshqa yerdan izlagani ketibdi»), dedilar.

89. Axir uning o‘zlariga biron so‘z qaytara olmayotganini va biron ziyon ham, foyda ham yetkazishga qodir emasligini ko‘rmaydilarmi?!

90. Holbuki (buzoqqa sig‘inishlaridan) ilgari Horun ularga: «Ey qavmim, sizlar bu bilan faqat imtihon qilindinglar xolos, (bas, u buzoqqa sig‘inmanglar!) Shak-shubha yo‘qki, sizlarning Parvardigoringiz yolg‘iz Rahmon — Marhamatli Allohdir. Bas, menga ergashinglar va amrimga itoat qilinglar!» — deganida.

91. Ular: «To bizlarga Muso qaytmagunicha, unga (shu butga) ibodat qilib — sig‘inishdan hargiz ajralmaymiz», degan edilar.

92-93. (Muso qaytib kelgach) dedi: « Ey Horun, sen ularning yo‘ldan ozganlarini ko‘rgan paytingda mening ortimdan borishingdan (va menga bu haqda xabar berishingdan) seni nima to‘sdi?! Mening amrimga itoatsizlik qildingmi?!»

94. «Ey onamning o‘g‘li, sen mening soch-soqolimdan tortmagin. Men (agar buzoqqa sig‘inayotganlarni qo‘yib, yo‘ldan ozmagan kishilar bilan sening ortingdan borsam) «Mening so‘zimni kutmay, Bani Isroilni bo‘lib yuboribsan», deyishingdan qo‘rqdim».

95. (So‘ngra Muso Somiriyga qarab): «Bu nima qilganing, ey Somiriy?» dedi.

96. U aytdi: «Men ular (ya’ni Bani Isroil) ko‘rmagan narsani ko‘rdim. (Ya’ni Jabroil sening oldingga kelganida hayot otiga minib kelgan edi. Uning tuyog‘i tekkan tuproq qanday jonsiz narsaga tegsa, darhol unga jon kirardi, men shuni ko‘rib qolgan edim), bas, elchi – Jabroilning bosgan izidan bir siqim olib, uni (buzoqning haykaliga) sochgan edim (undan tirik buzoq kabi ovoz chiqdi. Buni ko‘rgan Bani Isroil qavmidan bo‘lgan odamlar o‘sha buzoqqa sig‘ina boshladilar). Menga nafsim ana shunday qilishni chiroyli ko‘rsatdi».

97. (Muso) dedi: «Bas, yo‘qol! Endi sen hayotda «Menga tegmanglar», deyishgina bordir (ya’ni umringning oxirigacha yakka moxov bo‘lib qolursan. Oxiratda esa) sen uchun hargiz xilof qilinmaydigan bir va’da – azob bordir. Sen ustidan jilmay ibodat qilgan «ilohingning» (holini) ko‘rib qo‘y! Biz albatta uni yondirib, so‘ngra (kulini) dengizga sochib yuborurmiz».

98. (Ey insonlar), ilohingiz yakkayu yolg‘iz Allohdir! Hech qanday iloh yo‘q, magar Uning O’zi bordir. U barcha narsani O’z ilmi bilan qamrab olgandir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #319 : 31 Avgust 2006, 07:38:26 »


99. (Ey Muhammad), Biz sizga o‘tib ketgan (avlodlarning) xabarlarini mana shunday so‘ylab berurmiz. Darhaqiqat Biz sizga O’z dargohimizdan eslatma — Qur’on ato etdik.

100. Kim undan yuz o‘girsa, bas albatta u qiyomat kunida (gunohning eng og‘ir) yukini ko‘tarib turar.

101. Ular u yuk ostida abadiy qolurlar. U (yuk) qiyomat kunida ular uchun juda og‘ir yuk bo‘lur.

102. U sur chalinadigan kundir. U kunda Biz jinoyatchi-kofir kimsalarni ko‘zlari ko‘k (ya’ni nursiz, yuzlari qaro) bo‘lgan hollarida yig‘urmiz.

103. Ular o‘zaro shivirlashib: «(Dunyoda) o‘n kungina turdinglar», (deydilar).

104. Biz ularning aytadigan so‘zlarini juda yaxshi bilurmiz. O’sh ularning eng to‘g‘ri yo‘l tutgan — donolari: «Bir kungina turdinglar», deydi(lar).

105. (Ey Muhammad), ular sizdan tog‘lar (qiyomat kunida qanday holda bo‘lishi) haqida so‘raydilar. Bas, ayting: «Parvardigorim ularni (qum kabi) sochib yuborur.

106. So‘ng (erni) tep-tekis qilib qo‘yurki,

107. Unda na chuqurni va na do‘nglikni ko‘rursiz».

108. U kunda (odamlar mahshargohga) chorlovchi (farishtaga) egilmay-burilmay ergashurlar — itoat qilurlar. Ovozlar ham Rahmonga ta’zim qilur, bas faqat pichirlashnigina eshitursiz.

109. U kunda oqlov foyda bermas, magar Rahmon izn bergan va so‘zidan U zot rozi bo‘lgan kishigagina (foyda berur).

110. U zot ularning oldilaridagi (ya’ni oxiratdagi) va ortlaridagi (ya’ni dunyodagi) bor narsani bilur. Ular esa U zotni bila olmaslar.

111. Yuzlar xam Tirik va abadiy Turguvchi (U) zotga ta’zim qilur. Kim zulmni (shirkni) ko‘tarib kelgan bo‘lsa noumid bo‘lishi aniqdir.

112. Kim mo‘min bo‘lgan holda yaxshi amallar qilsa, bas u zulmdan ham (ya’ni unga zulm qilinib, o‘zi qilmagan gunohlarga mas’ul bo‘lishdan ham), kamayishdan ham (ya’ni qilgan yaxshi amallarining savob-mukofoti to‘la berilmay qolishidan ham) xavf qilmas.

113. Shuningdek, Biz uni arabiy Qur’on qilib tushirdik va unda ko‘rqinchli va’dalarni (takror-takror) bayon qildik. Shoyad ular (shirk va kufrdan) saqlansalar yo (bu va’dalar) ular uchun eslatma-ibratlar paydo qilsa.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #320 : 31 Avgust 2006, 07:38:57 »


114. Haq Podshoh — Alloh yuksakdir. (Ey Muhammad), sizga (Qur’on) vahiysi bitishidan ilgari qiroat qilishga shoshmang (balki farishta Jabroil Alloh tomonidan keltirgan oyatni to‘la o‘qib bo‘lganidan keyingina qiroat qiling) va ayting: «Parvardigorim, ilmimni yanada ziyoda qilgin».

115. Darhaqiqat Biz ilgari Odam bilan (Jannatdagi bir daraxtga yaqinlashmasligi haqida) ahdlashgan edik U (ahdni) unutdi va Biz uning qasd-subutini ko‘rmadik.

116. Eslang, Biz farishtalar: «Odamga sajda qilinglar», deyishimiz bilan sajdaga egildilar, faqat iblis bosh tortdi.

117. Bas, Biz aytdik: «Ey Odam, albatta bu (iblis) senga ham, xotiningga ham dushmandir. Bas, u ikkovingizni jannatdan chiqarib, baxtsiz bo‘lib qolmagin.

118. Shubhasiz sen u joyda (ya’ni jannatda) och-yalang‘och qolmaysan.

119. Va u joyda tashna ham bo‘lmaysan, issiqda ham qolmaysan».

120. So‘ng shayton unga vasvasa qilib: «Ey Odam, men senga abadiyat daraxtini va yo‘q bo‘lmas mulku davlatni ko‘rsataymi?» dedi.

121. Bas, (Odam bilan Havvo) undan yeyishlari bilan avratlari ochilib qoldi va o‘zlarini jannat yaproqlari bilan to‘sa boshladilar. Odam Parvardigoriga osiy bo‘lib, yo‘ldan ozdi.

122. So‘ngra Parvardigori uni saylab – O’ziga yaqin qilib, tavbasini qabul etdi va To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qildi.

123. (Alloh) aytdi: (Undan (ya’ni jannatdan) har ikkingiz tushingiz. Ayrim (zurriyotlaringiz) ayrimlariga dushmandir. Bas, sizlarga Men tarafdan hidoyat kelganida kim Mening hidoyatimga ergashsa, yo‘ldan ozmas va baxtsiz bo‘lmas.

124. Kim Mening eslatmamdan yuz o‘girsa, bas, albatta uning uchun tang – baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holda tiriltirurmiz».

125. U: «Parvardigorim, nega meni ko‘r qilib tiriltirding, axir ko‘rar edim-ku», degan edi,
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #321 : 31 Avgust 2006, 07:39:27 »


126. (Alloh) aytdi: «Shunday. Senga Bizning oyat-mo‘‘jizalarimiz kelganida ularni unutding. Bugun sen ham ana shunday «unutilursan».

127. Haddan oshgan va Parvardigorining oyatlariga iymon keltirmagan kimsalarni mana shunday jazolarmiz. Oxirat azobi esa shak-shubxasiz qattiqroq va uzunroqdir.

128. Biz ulardan ilgari ham ularning maskanlarida (yashab), yurgan qancha avlodlarni (kufrlari sababli) halok qilganimiz ularga ma’lum emasmi?! Albatta bunda aql egalari uchun oyat-ibratlar bordir.

129. Agar Parvardigoringiz tomonidan (barcha yaxshi-yomon amallarning mukofot-jazolari qiyomatda bo‘lishi xususida) So‘z va belgilangan muddat bo‘lmaganida edi, albatta (ular darhol azobga giriftor bo‘lishlari) lozim edi.

130. Bas (ey Muxammad), ular aytayotgan so‘zlarga sabr-toqat qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni poklang – namoz o‘qing! Kecha(ning avvalgi va oxirgi) vaqtlarida hamda kunduz(ning avvalgi va oxirgi taraflarida ham tasbeh ayting – namoz o‘qing, shoyad xursand bo‘lursiz.

131. Siz ko‘zlaringiz (kofirlardan ayrim) toifalarni fitnaga solish uchun bahramand qilgan — hayoti dunyo go‘zalliklaridan iborat narsalarga tikmang! Parvardigoringizning rizqi yaxshiroq va boqiyroqdir.

132. Ahli-ummatingizni namoz o‘qishga buyuring va o‘zingiz ham (namoz o‘qishda) chidamli bo‘ling! Biz sizdan rizq so‘ramaymiz, (bil’aks) O’zimiz sizga rizq berurmiz. Oqibat-jannat ahli taqvonikidir.

133. (Mushriklar: «Parvardigori tomonidan bizlarga biron oyat-mo‘‘jiza keltirsa edi» dedilar. Axir ularga ilgarigi sahifalardagi (ya’ni avvalgi ilohiy kitoblardagi) narsalarning bayoni (ya’ni Qur’on) kelmadimi?!

134. Agar Biz ularni (Muhammad kelishidan va Qur’on nozil bo‘lishidan) ilgari biron azob bilan halok qilganimizda, ular albatta: «Parvardigoro, bizlarga biron payg‘ambar yuborganingda edi, bizlar xor-zor va sharmanda bo‘lmay, Sening oyatlaringga ergashar – itoat etar edik», degan bo‘lur edilar.

135. (Ey Muhammad), ayting: «Barcha(miz) kutguvchidir(miz). (Ya’ni sizlar ham, bizlar ham oxir-oqibatda kim haq, kim nohaq bo‘lib chiqishini kutmoqdamiz). Bas, kutaveringlar! Yaqinda kim To‘g‘ri yo‘l egalari va kimlar hidoyat topgan kishilar ekanini bilursizlar».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #322 : 31 Avgust 2006, 07:40:55 »
O’N YETTINCHI JUZ’
*************************



ANBIYO SURASI

Bu sura Makkada nozil bo‘lgan. U bir yuz o‘n ikki oyatdir.

Sura qiyomat soati yaqinlashib qolgani, odamlar esa u Kundagi hisob-kitobga hozirlanib, yaxshi amallar qilish o‘rniga g‘aflat uyqusiga g‘arq ekanliklari haqida xabar berish bilan boshlanadi. So‘ng o‘quvchi e’tibori koinotdagi har bir mavjudotning o‘ta nozik va aniq o‘lchov bilan yaratilib, yakkayu yolg‘iz Yaratgan tomonidan boshqarib turilishiga qaratiladi va yeru osmonda Allohdan o‘zga yana biron iloh bo‘lsa, u o‘lchov va tartibga futur yetib, borliq buzilib ketishi aniq ekanligi ta’kidlanadi.

Bu surada Ibrohim payg‘ambar va u zot bilan butparastlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mojarolar xususida batafsil hikoya qilinib, o‘zini o‘zi himoya qilishga ojiz bo‘lgan jonsiz but-sanamlar birovga yordam qilishi yoki ziyon yetkazishi amrimahol ekanligi uqtiriladi.

Yana bu surada Alloh taoloning payg‘ambarlaridan Ishoq, Ya’qub, Lut, Nuh, Dovud, Sulaymon, Ayyub, Ismoil, Idris, Zul-kifl, Zunnun, Zakariyo va Iyso alayhis-salomlar to‘g‘risida ham xabarlar vorid bo‘lganki, suraning «Anbiyo — Payg‘ambarlar» deb nomlanishiga ham bois shudir.

Suraning nihoyasida Alloh taoloning so‘nggi payg‘ambari hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamning barcha olamga Allohning rahmat-marhamati bo‘lib kelganlari zikr qilinadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Odamlarga hisob-kitoblari (ya’ni qiyomat qoyim bo‘lishi) yaqinlashib qoldi. Ular esa g‘aflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuz o‘girguvchidirlar.

2—3. Ularga Parvardigorlari tomonidan biron yangi eslatma — oyat kelar ekan, albatta uni masxara qilib, dillari g‘ofil bo‘lgan hollarida tingladilar va zolim-kofir kimsalar: «Bu (ya’ni Muhammad) o‘zlaringizga o‘xshagan bir odam xolos-ku! Ko‘rib turgan holingizda sehr-joduga (aldanish uchun) kelaverasizlarmi?!» (deb) o‘zaro shivirlashdilar.

4. (Shunda Muhammad) aytdi: «Parvardigorim osmonu-zamindagi har bir so‘zni bilur. U eshitguvchi, bilguvchidir».

5. «Balki, —dedilar ular — (Muhammad vahiy deb da’vo qilayotgan so‘zlar) – aloq-chaloq tushlardir, balki (bu so‘zlarni) u o‘zi to‘qib olgandir, balki u bir shoirdir. Bas, u ham ilgari yuborilgan payg‘ambarlar (keltirganlari) kabi biron oyat-mo‘‘jiza keltirsin!»

6. Ulardan oldin, Biz halok qilgan biron qishloq-shahar (aholisi) iymon keltirgan emas, bas, ular iymon keltirarmidilar?!

7. (Ey Muhammad), Biz sizdan ilgari ham faqat kishilarni (ya’ni insonlarni) O’zimiz vahiy yuborgan holda payg‘ambar qilgandirmiz. Bas (ey Makka ahli), agar o‘zlaringiz bilmaydigan bo‘lsangizlar (Tavrot, Injilni biladigan) ahli ilmlardan so‘ranglar!

8. Biz u (payg‘ambar)larni taom yemaydigan bir jasad qilgan emasmiz va ular mangu hayot kechirguvchi ham emas edilar.

9. So‘ngra Biz (bergan) va’damizga vafo qilib, u (payg‘ambar)larga O’zimiz xohlagan (iymonli) kishilar bilan birga najot berganmiz, haddan oshuvchi kimsalarni — kofirlarni esa halok qilganmiz.

10. Darhaqiqat Biz sizlarga bir Kitob — Qur’on nozil qildikki, unda sizlar uchun zikr (ya’ni sha’nu sharaf) bordir. (Chunki u sizlarning tilingizda nozil qilindi). Aql yurgizmaysizlarmi?!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #323 : 31 Avgust 2006, 07:41:15 »


11. Qancha zolim-kofir bo‘lgan qishloq-shaharlarning (ahlini) halok qildik va ularning ortidan (butunlay) boshqa qavm-avlodni vujudga keltirdik.

12. Bas, qachonki ular (ya’ni halok qilingan kimsalar halokatlari oldida) Bizning azobimiz (tushishini) sezib qolishgach, banogoh u joydan qochib qolurlar.

13. (Shu payt farishtalar): «Qochmanglar, maishatga botgan joylaringizga, o‘z maskanlaringizga qaytinglar, ehtimol javob berarsizlar», (deganlarida),

14. (Ular bir-birlariga): «Ey holimizga voy! Darhaqiqat, bizlar (o‘zimizga) zolim bo‘ldik», dedilar.

15. Bas, to Biz ularni (o‘t-o‘lan kabi) o‘rilgan, (o‘tin kabi) o‘chgan holga solgunimizcha ularning ana o‘sha dod-voylari davom etdi.

16. Biz osmon va yerni hamda ularning orasidagi narsalarni o‘ynab-behuda yaratganimiz yo‘q. (Balki O’z qudratimizni namoyish qilish uchun va bandalarimiz foydalanishlari uchun yaratdik.)

17. Agar Biz vaqtichog‘lik qilishni (ya’ni xotin, bola-chaqa orttirishni) istasak, agar (shunday) qilguvchi bo‘lgan chog‘imizda ham uni (ya’ni xotin, bola-chaqani) O’z dargohimizdan (ya’ni maloikalardan yoki jannat hurlaridan) qilgan bo‘lur edik.

18. Yo‘q, (Biz unday aybu nuqsondan pokdirmiz), Biz Haq Qur’onni botil-jaholatning ustiga oturmiz, bas (haqiqat botilni) ezib-yanchib, banogoh (botil) yo‘q bo‘lur. Sizlar uchun esa (mushriklar, Allohni «xotin, bolasi bor», deb noloyiq sifatlar bilan) sifatlaganlaringiz sababli halokat bo‘lur.

19. Osmonlar va yerdagi bor jonzot Unikidir. Uning huzuridagi zotlar (ya’ni farishtalar) Unga ibodat qilishdan orlanib-zorlanmaydilar.

20. Ular tunu kun sustkashlik qilmasdan (Allohni) poklaydilar.

21. Yoki ular (ya’ni mushriklar) yerning o‘zidan (ya’ni, tosh, yog‘ochlardan), (o‘liklarni) tiriltira oladigan «xudolarni» topib oldilarmi?!

22. Agar (osmonu zaminda) Allohdan o‘zga xudolar bulganida, har ikkisi buzilib ketar edi, Bas, arsh egasi bo‘lmish Alloh ular sifatlayotgan (sheriklardan) pokdir.

23, U O’zi qiladigan biron narsa haqida mas’ul bo‘lmas, ular (ya’ni bandalar esa qiladigan har bir ish-amallari xususida) mas’ul bo‘lurlar.

24. Yoki Uni qo‘yib (boshqa) «xudolarni» topib oldilarmi?! (Ey Muhammad), ayting: («Ey mushriklar, mana shu shirklaringiz haq ekanligiga) hujjat-dalillaringizni ko‘rsatingiz! Mana men bilan birga bo‘lgan (mo‘minlarning) eslatmasi (ya’ni Qur’on) va mendan avvalgilarning eslatmalari (ya’ni Tavrot, Injil, Mana shu kitoblarning qaysi birida Allohdan o‘zga ham xudolar mavjud ekanligiga hujjat-dalil bor?!)» Yo‘q, ularning aksariyati Haqikatni bilmay turib, (Undan) yuz o‘giruvchilardir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #324 : 31 Avgust 2006, 07:41:34 »


25. (Ey Muhammad), Biz sizdan ilgari yuborgan har bir payg‘ambarga ham: «Hech qanday iloh yo‘q, magar Mengina bordirman, bas Mengagina ibodat qilinglar», deb vahiy yuborgandirmiz.

26. Ular (ya’ni mushriklar): «Rahmonning (farishtalardan) bolasi bor», dedilar. U zot (mushriklarning badgumonlaridan) mutlaqo pokdir. Yo‘q, (farishtalar aslo Allohning bolalari emas, balki) ulug‘ bandalardir.

27. (Farishtalar) U zotdan ilgari biron so‘z aytmaydilar (ya’ni Alloh buyurmagan biron ishni qilmaydilar), Ular (Allohning) amri farmoni bilangina amal qilurlar.

28. U zot ularning oldilaridagi (qiladigan) va orqalaridagi (qilib o‘tgan) barcha ish-amallarini bilur. Ular (qiyomat qoyim bo‘lgan kunda) faqat (Alloh) rozi bo‘lgan kishilarnigina shafoat qilurlar – oqlay olurlar. Ularning (o‘zlari Allohdan) qo‘rqib xavfu xatarda tururlar.

29. Ulardan biron kimsa: «Men ham (Allohdan) o‘zga bur ilohman», desa, bas, Biz o‘shani jahannam bilan jazolarmiz. Biz barcha zolim-mushriklarni ham ana shunday jazolaymiz.

30. Kofir bo‘lgan kimsalar osmonlar ham, yer ham (avvalda) to‘siq (ya’ni osmonlardan yog‘in yog‘mas, yerdan esa biron giyoh unmas) bo‘lganini, bas, Biz ularni ochib yuborganimizni (ya’ni osmondan yog‘in yog‘dirib, yerdan giyoh undirganimizni) va barcha jonli mavjudotni suvdan (paydo) qilganimizni ko‘rmadilarmi?! Endi ham iymon keltirmaydilarmi?!

31. Biz yer (odamlarni) tebratmasin uchun unda tog‘larni (paydo) qildik va adashmasliklari uchun unda keng dara-yo‘llar qildik.

32. Biz osmonni qulab tushmaydigan tom qilib qo‘ydik. Ular (mushriklar) esa (osmondagi oy, quyosh, yulduz kabi Allohning qudratini ko‘rsatib turgan) alomatlardan yuz o‘giruvchidirlar.

33. (Alloh) kecha va kunduzni, quyosh va oyni yaratgan zotdir. (Bularning) barchasi o‘z falak-fazosida suzurlar!

34. (Ey Muhammad), Biz sizdan avval ham biron odamzodga abadiy hayot bergan emasmiz. Bas, agar siz o‘lsangiz, ular abadiy qolurlarmi?! (Yo‘q, ular ham mangu qolmaslar).

35. Har jon o‘limni totib ko‘rguvchidir. Biz sizlarni (sabr-toqatlaringizni sinash uchun) yomonlik bilan ham, (shukr qilishingizni bilish uchun) yaxshilik bilan ham «aldab» imtihon qilurmiz. (Keyin) faqat Bizgagina qaytarilursizlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #325 : 31 Avgust 2006, 07:41:53 »


36. (Ey Muhammad), qachon kofir bo‘lgan kimsalar sizni ko‘rsalar, faqat (bir-birlariga sizni ko‘rsatishib): «Sizlarning ilohlaringizni ayblaydigan kimsa mana shumi?» (deyishib) masxara qiladilar xolos. Holbuki ularning o‘zlari Parvardigorning eslatmasi Qur’ondan yuz o‘giruvchilardir.

37. (Haqiqatan) inson shoshqaloq holda yaralgandir. Yaqinda Men sizlarga O’z oyat-alomatlarimni ko‘rgazurman (ya’ni Menga osiy bo‘lgan kimsalarni qanday azoblashimni ko‘rursizlar) . Bas, Meni shoshtirmangiz.

38. Ular (ya’ni dinsiz kimsalar): «Agar rostgo‘y bo‘lsangiz (aytinglar-chi) mana shu va’da qachon bo‘ladi?» derlar.

39. Agar kofir bo‘lgan kimsalar na oldilaridan va na ortlaridan (do‘zax) o‘tini to‘sa olmay qoladigan, ularga yordam berilmaydigan vaqtni (qiyomat kunidagi dahshatlarni) bilsalar edi, (bu so‘zlarni aytmagan bo‘lur edilar).

40. Yo‘q, (qiyomat) to‘satdan kelib, ularni hayronu xasta qilib qo‘yur, bas uni qaytarishga ham kuchlari yetmas, ularga (tavba-tazarru’ uchun) muhlat ham berilmas.

41. (Ey Muhammad), aniqki, sizdan avvalgi payg‘ambarlar ham masxara qilingan. Bas ularning ustidan kulgan kimsalarga o‘zlari (ishonmay) masxara qilgan narsalari (Allohning azobi) tushgandir.

42. Ayting: «Kechasiyu kunduzi sizlarni Rahmon (azobidan) kim saqlay olur?!» Yo‘q, ular Parvardigorni eslashdan yuz o‘girguvchilardir.

43. Yoki ularning Bizdan o‘zga himoya qiladigan «xudolari» bormikan?! U («xudolar») o‘zlariga yordam qilishga ham qodir emaslar va ular Bizning tomonimizdan himoya ham qilinmaslar.

44. Yo‘q, Biz ularni (kofirlarni) va ota-bobolarini (dunyo matolaridan shunday) foydalantirdikki, hatto ularga umr-hayot uzun-abadiy (ko‘rinib, bir kun kelib bu hayot tugashiga ishonmay qo‘ydilar va Allohning azobini ham inkor qildilar). Axir ular Biz yerni atrofidan kamaytirib kelayotganimizni (tobora ko‘proq kishilar Islom kirib, kufr dunyosi qisqarib borayotganini) ko‘rmaydilarmi?! O’shalar g‘olib bo‘lurlarmi?! (Yo‘q, ular mag‘lubdirlar, Allohning diniga iymon keltirgan zotlar g‘olibdirlar).
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #326 : 31 Avgust 2006, 07:42:11 »


45. Ayting: Men sizlarni faqat vahiy bilan qo‘rqitib-ogohlantirurman. (Leki gunglar (ya’ni dinsizlar o‘zlari uchun oxiratda azob haqidagi vahiy bilan) qo‘rqitilayotgan vaqtlarida da’vatni eshitmaydilar.

46. Qasamki, agar ularga Parvardigoringizning azobidan andak yetsa, albatta ular: «Holimizga voy! Darhaqiqat bizlar (o‘z jonimizga) jabr qilguvchilar bo‘ldik», deb qolurlar.

47. Biz qiyomat kuni uchun adolatli mezon-tarozilar qo‘yurmiz, bas, biron jonga zarracha zulm qilinmas. Agar xardal (o‘simligining) urug‘idek (yaxshi yoki yomon amal qilingan) bo‘lsa, o‘shani-da keltirurmiz! Biz O’zimiz yetarli hisob-kitob qilguvchidirmiz.

48. Darhaqiqat, Biz Muso va Horunga (haq bilan botilni) ajratguvchi, ziyo va taqvodor kishilar uchun eslatma bo‘lgan (Tavrotni) ato etdik.

49. Ular Parvardigorlaridan ko‘rmay turib, qo‘rqurlar. Ular (qiyomat qoyim bo‘ladigan) soatdan xavfda turguvchilardir.

50. Bu (Qur’on) Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Hali sizlar uni inkor qilguvchimisizlar?!


I z o h. Ushbu oyatdagi xitob Makka arablariga qaratilgan bo‘lib, uni shunday tushunmoq lozim: Boshqa til, boshqa millat egalari Qur’on tilini bilmaganlari bois, Uning qadri-qimmatini to‘la anglay olmasliklari mumkin. Ammo sizlar o‘z tilingizda nozil qilingan, teran ma’no-mohiyatidan tashqari balog‘at va fasohatga to‘liq bo‘lgan nazmining o‘zidan ilohiy mo‘jiza ekani ko‘rinib turgan Kitobni qanday inkor qila olasizlar?!

51. Darhaqiqat Biz (Musodan) ilgari Ibrohimga Haq yo‘lini ato etdik. Biz uning (Haq yo‘lga loyiq ekanini) bilgan edik.

52. O’shanda (Ibrohim) otasi va qavmiga: «Sizlar doimo cho‘qinadigan bu haykallar nimadir (ya’ni nega jonsiz haykallarga sig‘inyapsizlar?!)» deganida:

53. Ular aytdilar: «Bizlar ota-bobolarimizni ham ularga sig‘ingan holda topganmiz».

54. U dedi: «Darhaqiqat sizlar ham, ota-bobolaringiz ham ochiq zalolatda ekansizlar».

55. Ular aytdilar: «Keltirgan aytgan (bu so‘zlaring) rostmi yoki sen hazil qilguvchilardanmisan?»

56. U dedi: «Yo‘q! Sizlarning Parvardigoringiz (mana bu hech kimga foyda ham, ziyon ham yetkaza olmaydigan butlar emas, balki) osmonlar va yerning Parvardigoridirki, U zot ularni O’zi yaratgandir. Men bunga guvohlik berguvchilardandirman.

57. Alloh nomiga qasamki, sizlar (hayitgohlaringizga) ketganlaringizdan keyin butlaringizni bir balo qilurman».


I z o h. Tangri taoloning hidoyati bilan go‘daklik chog‘idayoq xonsiz haykal-butlarga sig‘inishdan bosh tortgan Ibrohim alayhis-salomni otasi: «Zora xudolarimiz haqidagi xato fikrlari o‘zgarsa», deb o‘zlarining yilda bir bo‘ladigan diniy bayramlariga olib bormoqchi bo‘ladi. Lekin u oyog‘i og‘riyotganini bahona qilib, bayramga bormaydi va ichida ular ketgach butxonadagi haykallarni sindirishga qasam ichadi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #327 : 31 Avgust 2006, 07:42:31 »


58. Bas, u (butlarni) parcha-parcha qildi. Faqat, «shoyad (mushriklar u butlarning) kattasiga qaytsalar» deb, o‘shanigina (qoldirdi va uning bo‘yniga bir boltani ilib qo‘ydi).

59. Ular (qaytib kelganlaridan so‘ng): «Bizning xudolarimizni kim bunday qildi? Shubhasiz u zolim kimsalardandir», dedilar.

60. Ular(ning ayrimlari) aytishdi: «(Xudolarimizni) ayblab yuradigan Ibrohim degan bir yigitni eshitgandik»

61. (Shunda ularning kattalari): «Uni odamlar qoshiga keltiringiz! Ular guvoh bo‘lsinlar», deyishdi.

62. (Uni keltirishgach): «Xudolarimizni sen shu (holga) soldingmi, ey Ibrohim?» deb (so‘rashdi).

63. (Ibrohim) aytdi: «Yo‘q, bu ishni ularning kattasi mana bu «haykal» qildi. Bas, (butlaringizdan) so‘ranglar, agar gapira oladigan bo‘lsalar (aytib bersinlar)».

64. Bas, (mushriklar) o‘zlariga kelib, (bir-birlariga): «Sizlar o‘zingiz zolimlarsiz» dedilar.

65. So‘ngra esa yana boshlari aylanib: «Sen ularning gapirmasliklarini yaxshi bilarding-ku?!» deyishdi.

66. (Ibrohim) aytdi: «Axir Allohni qo‘yib, sizlarga biron foyda xam, ziyon ham yetkaza olmaydigan narsalarga sig‘inasizlarmi?!

67. Sizlarga ham, Allohni qo‘yib sig‘inayotgan butlaringizga ham suf-e! Axir aql yurgizmaysizlarmi?!»

68. (Ibrohimning haq ta’na va dashnomlariga biron javob topa olmay qolgan Namrud boshchiligidagi mushriklar dedilar: «Uni yoqib yuboringlar! Agar uddalay olsanglar (mana shu ish bilan) o‘z xudolaringizga yordam qilinglar».


I z o h. Shundan keyin mushriklar ulkan o‘tin g‘arami hozirlashib, uning hamma tomoniga o‘t qo‘ydilar va Ibrohimni qo‘l-oyog‘ini bog‘lab bir manjaniqqa (qadimiy tosh otish quroli) solishib olovga otdilar. Shunda...

69. Biz aytdik: «Ey olov, sen Ibrohim uchun salqin va omonlik bo‘l!»

I z o h . Mufassirlar aytishlaricha, Ibrohim alayhis-salom manjaniqdan otilgan lahzada uning yoniga farishta Jabroil kelib: «Menga biron hojat-tilaging bormi?» — deb so‘ragan ekanlar, Ibrohim: «Senga (ya’ni yolg‘iz Allohdan o‘zga biron kimsaga) ehtiyojim yo‘q», deb javob beribdilar. «Parvardigorga-chi?» - so‘rabdi Jabroil, «Parvardigorim o‘zi ahvolimdan ogohdir», debdilar Ibrohim. Shunda Tangri taolo olovga yuqorida zikr qilingan farmonini yuborib, uning yorug‘i qolib, issig‘i yo‘qolibdi. Ibrohim alayhis-salomning esa bog‘langan arqoni yonib bitibdi-yu, u kishining o‘ziga ozor yetmabdi.

Qissadan hissa shuki, kimda kim Ibrohim payg‘ambar kabi yolg‘iz Alloh taologa bandalik qilib, U zotdan o‘zga biron kimsadan madad-yordam tilamasa Alloh uni o‘tda kuydirmas, suvda cho‘ktirmas.


70. Ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo‘ldilar (ya’ni uni yondirib yubormoqchi bo‘ldilar). Biz esa ularning o‘zlarini ko‘proq ziyon ko‘rguvchi qilib qo‘ydik.

71. Va unga hamda Lutga najot berib, (ularni) Biz barcha olamlar uchun muborak qilgan (Shom) zaminiga (yubordik).

72. Biz (Ibrohimga Bizdan bir farzand so‘raganida) Ishoqni hadya etdik va Ya’qubni ham ziyoda qildik hamda (ularning) barchalarini solih kishilar qildik.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #328 : 31 Avgust 2006, 07:42:50 »


73. Yana ularni Bizning amrimiz bilan (kishilarni Haq yo‘lga) hidoyat etadigan peshvolar kildik va ularga yaxshi amallar qilishni, namozni to‘kis ado etishni va zakotni (mustahiq kishilarga) ato etishni vahiy qildik. Ular yolg‘iz Bizgagina ibodat qilguvchi bo‘ldilar.

74. Lutga esa hikmat va ilm ato etdik va uni nopokliklar qiluvchi bo‘lgan qishloq (ahli)dan kutqardik. Darhaqiqat ular yomon buzuq qavm edilar.

75. Va uni O’z rahmat-jannatimizga dohil qildik. Shak-shubhasiz u solihlardandir.

76. Nuhni (eslang): O’shanda - (mazkur payg‘ambarlarning davridan) ilgari nido qilganida Biz uning (nidosini) mustajob qilib, o‘zini va axli-tobe’larini ulug‘ g‘amdan qutqardik.

77. Va unga Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan qavmdan madad-najot berdik. Darhaqiqat ular yomon qavm edilar. Bas, Biz ularning barchasini g‘arq qilib yubordik.

78. Dovud va Sulaymonning ekinzor xususida hukm qilayotgan paytlarini (eslang). O’shanda unga qavmning qo‘ylari bo‘shalib kirib (uni payhon qilib yuborgan) edi. Biz ular (chiqargan) hukmga shohid edik.

79. Bas, Biz uni Sulaymonga anglatdik.


I z o h . Rivoyat qilishlaricha, Dovud va Sulaymon payg‘ambarlarning oldilariga ikki kishi bir mojaro xususida hukm so‘rab keladi. Ulardan birining qo‘ylari ikkinchisining ekinzoriga kirib ketib biron narsani sog‘ qoldirmay payhon qilib chiqib ketgan edi, Dovud alayhis-salom qo‘ylar ekinzor egasiga berilsin, deb hukm chiqaradilar. Buni eshitgan o‘g‘illari Sulaymon alayhis-salom esa «erni qo‘ylarning egasiga, qo‘ylarni esa ekinzor sohibiga berilsa-yu, qo‘ylarning egasi yerni o‘nglab, ekin ekib avvalgi holiga qaytargach, qo‘ylarini qaytib olsa. Shu muddat ichida ekinzor sohibi u qo‘ylarning yungi, sutidan foydalanib, shu davrda tug‘ilgan qo‘zilarini ham o‘ziga olib qolsa», deydilar. Shunda Dovud Sulaymonga qarab: «O’g‘ilcham, sening hukming to‘g‘riroqdir», deb o‘z chiqargan hukmlarini bekor qiladi...

Biz har ikkisiga hikmat-payg‘ambarlik va ilm ato etdik. Tog‘lar va qushlarni Dovud bilan birga tasbeh aytadigan qilib bo‘ysundirib qo‘ydik. Biz shunday qila olguvchidirmiz.

I z o h. Aytishlaricha, Dovud alayhis-salom benazir xush ovoz sohibi bo‘lib, Zaburni tilovat qilganlarida samoda uchib ketayotgan qush muallaq qotib, atrofdagi tog‘lar ham birga qiroat qilar ekan.

80. Yana (Dovudga) sizlarga ziyon yetishidan saqlaydigan sovut ilmini ta’lim berdik. Bas sizlar shukr qilurmisiz?!

81. Sulaymonga esa bo‘ronli shamolni (bo‘ysundirib), uning amri bilan Biz muborak qilgan zaminga (Shomga) esadigan qilib qo‘ydik. Biz barcha narsani bilguvchidirmiz.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #329 : 31 Avgust 2006, 07:43:10 »


82. Yana shayton-jinlardan (Sulaymon uchun) g‘avvoslik qiladigan va bundan boshqa ishlarni ham ado etadigan kimsalarni (yaratdik). Va biz ularni (Sulaymonning amridan chiqib ketmasliklari uchun) qo‘riqlab turguvchi bo‘ldik.

83. Ayyubning Parvardigoriga nido qilib: «(Parvardigorim), meni balo ushladi. O’zing rahm-shafqat qilguvchilarning rahmlirog‘idirsan», deb iltijo qilgan paytini (eslang).

84. Bas Biz uning (duosini) mustajob qilib, undagi ziyon-zahmatni ketkazdik hamda O’z huzurimizdan mehribonlik ko‘rsatib, barcha ibodat qilguvchilarga eslatma-ibrat bo‘lsin, deb (Ayyubga) ahli-oilasini va ular bilan qo‘shib yana o‘shalarning mislicha bola-chaqa ato etdik.


I z o h. Ayyub payg‘ambar asli Rum mamlakatidan bo‘lib, ser-farzand va boy-badavlat kishi edilar. So‘ngra boshlariga og‘ir kunlar tushib mol-dunyolaridan ajradilar, lekin qanoat qildilar; bolalari birin-ketin halok bo‘lishib, ulardan ham judo bo‘ldilar, sabr qildilar; salomatliklaridan ajrab, eng og‘ir xastaliklarga duchor bo‘ldilar, shikoyat qilmadilar. Qachonki ayrim kimsalar: «Bu eng yomon gunoh-jinoyatlarni qilganki, Xudo unga shunday balolarni yuborgan», deganlarini eshitgandan keyingina sabr kosasi to‘lib, Alloh taologa iltijo qilib, o‘z holidan shikoyat qilgan va Tangri taolo u zotning duolarini ijobat qilib, salomatliklarini ham, mol-davlatlarini ham qaytarib bergan. Halok bo‘lgan yetti o‘g‘il, yetti qizlariga hayot ato etib, yana yetti o‘g‘il va yetti qiz ko‘rganlar,

Mazkur oyatdagi «barcha ibodat qilguvchilarga eslatma-ibrat bo‘lsin, deb» degan so‘zlarning ma’nosi shuki, boshlariga biron balo tushgan kishilar Ayyub alayhis-salom kabi sabr-qanoat qilsalar, albatta Alloh taolo ularning balolarini ketkazib, avvalgidan ham ziyoda ne’matlar ato etur.


85. Ismoilni, Idrisni va Zul-kiflni (eslang). Barchalari sabr qilguvchi zotlardandirlar.

86. Biz ularni O’z rahmat-jannatimizga doxil qildik. Darhaqiqat ular solih zotlardandirlar.

87. Zunnun — Yunusning (qavmidan) g‘azablangan holda (o‘z qishlog‘idan chiqib) ketib, Bizni uning ziyoniga hukm qilmaydi, deb o‘ylagan paytini, so‘ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong‘u zulmatlarda turib: «Hech iloh yo‘q, magar O’zing bordirsan, ey pok Parvardigor, darhaqiqat men (o‘z jonimga) jabr qilguvchilardan bo‘lib qoldim», deb nido qilgan (paytini eslang).

88. Bas, Biz uning (duosini) mustajob qildik va uni g‘am-g‘ussadan qutqardik. Biz mo‘minlarga mana shunday najot berurmiz.

89. Zakariyoning: «Parvardigorim, meni yolg‘iz holda tashlab qo‘yma (ya’ni menga O’z dargohingdan bir merosxo‘r farzand ato et), O’zing vorislarning yaxshirog‘idirsan (ya’ni hammaning ortida qolguvchidirsan) deb nido qilgan paytini (eslang).

90. Bas Biz uning (duosini) mustajob qildik va unga Yahyoni hadya etdik hamda juftini o‘nglab (tug‘maydigan kampirni bola ko‘rishga qodir qilib) qo‘ydik. Darhaqiqat ular (ya’ni mazkur payg‘ambarlar) yaxshi ishlarni qilishga shoshar va Bizga rag‘bat va qurquv bilan duo-iltijo qilar edilar. Ular Bizga ta’zim-itoat qilguvchi edilar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

 

Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 621
Ko'rilgan: 396163
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:43
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 23961
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 25212
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 15438
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 3870
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin