Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi  ( 681283 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #345 : 31 Avgust 2006, 07:53:17 »


43. Biron millat-avlod o‘z ajalidan o‘zib ham keta olmas, (uni) ketga ham sura bilmas.

44. So‘ngra paydar-pay payg‘ambarlar yubordik. Har qachon biron millatga o‘z payg‘ambarlari kelsa, uni yolg‘onchi qildilar. Bas, Biz ularni (ya’ni u iymonsiz millatlarni) birin-ketin (halok qildik) va ularni (kishilar o‘rtasida ko‘chib yuradigan) gapga aylantirib qo‘ydik. Bas iymon keltirmaydigan qavmga halokat bo‘lgay.

45-46. So‘ngra Biz Muso va uning birodari Horunni O’z oyat-mo‘‘jizalarimiz va ochiq hujjat bilan Fir’avn va uning odamlariga payg‘ambar qilib yuborganimizda, ular kibr-havo qildilar. Ular mutakabbir qavm edilar.

47. Ular aytdilar: «Xuddi o‘zimizga o‘xshagan ikki kishiga iymon qeltirurmizmi?! Holbuki ularning qavmi (ya’ni Bani Isroil) bizlarga qullik qilguvchidirlar».

48. Bas ikkisini yolg‘onchi qilishib, halok qilinguvchilardan bo‘ldilar.

49. Darhaqiqat, Biz Musoga (Bani Isroil qavmi) hidoyat topishi uchun Kitob –Tavrotni ato etdik.

50. (Keyin) Maryamning o‘g‘li (Iysoni) va uning onasi Maryamni (Bizning qudratimizga dalolat qiladigan) oyat-alomat qildik va ikkisini bir oqar suvli baland-ko‘rkam qarorgohga joyladik.

51. (Yuborgan barcha payg‘ambarlarimizga shunday dedik); «Ey payg‘ambarlar, halol-pok taomlardan yenglar va yaxshi amallar qilinglar! Albatta Men qilayotgan amallaringizni bilguvchidirman.

52. Shak-shubhasiz (barchangizni) millatingiz ya’ni diningiz) bir millat (ya’ni Islomdir). Men esa sizlarning Parvardigoringizdirman, bas, Mendangina qo‘rqingiz!»

53. So‘ng (odamlar) ishlarini (ya’ni dinlarini) bo‘laklarga bo‘lib yubordilar. Har bir guruh o‘z oldilaridagi narsa (din) bilan xursanddirlar.

54. Bas (ey Muhammad), siz (ma’lum) vaqtgacha ularni (ya’ni Makka mushriklarini) o‘z g‘aflatlarida qoldiring!

55-56. Ular Biz ularga berayotgan mol-davlat va bolalari uchun yaxshiliklarni tezlatishimiz deb o‘ylaydilarmi? Yo‘q, ular (buni g‘aflatlari yanada ziyoda bo‘lishi uchun qilinayotganini) sezmaydilar.

57. Albatta, Parvardigorlaridan qo‘rqib xavfda turguvchi kishilar,

58. Parvardigorlarining oyatlariga iymon keltiradigan kishilar,

59. Parvardigorlariga shirk keltirmaydigan kishilar,
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #346 : 31 Avgust 2006, 07:53:51 »


60. (Kambag‘al-bechoralarga) bergan sadaqalarini (qiyomat kunida hisob-kitob uchun) Parvardigorga qaytguvchi ekanliklaridan dillari qo‘rqib turgan xolda beradigan kishilar –

61. Ana o‘shalargina (barchadan) o‘zguvchi bo‘lgan hollarida yaxshiliklar qilishga shoshurlar.

62. Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmasmiz. Bizning dargohimizda faqat haqni so‘zlaydigan kitob (ya’ni har bir bandaning nomayi a’moli) bordir. Ularga (qiyomat kunida yaxshiliklarini yashirish yo yomonliklarini oshirish bilan) zulm kilinmas.

63. Yo‘q, (kofirlarning) dillari bundan (ya’ni yuqorida mazkur bo‘lgan mo‘minlarning fazilatlaridan) g‘aflatdadir. Ular uchun o‘zlari qiluvchi bo‘lgan bundan boshqa (dinsizlik, riyokorlik, shirk va dilozorlik kabi) amallar bordir.

64. To qachon Biz ularning boyonlarini azobga giriftor qilganimizda (ya’ni mol-davlatlarini ketkazib, och-yalang‘och qilib qo‘yganimizda) banogoh ular faryod qilurlar.

65. (Shunda Biz dermiz): «Bugun endi faryod qilmangiz! Aniqki sizlarga Biz tomonimizdan (hech qanday) yordam bo‘lmas.

66. (Chunki) sizlarga Mening oyatlarim tilovat qilinganida, sizlar ketingizga tislangan edingiz.

67. («Baytulloh bizlarniki», deb), u bilan mutakabbirlik qilgan hollaringizda tungi suhbatlaringizda (Qur’on xususida) behuda so‘zlar aytar edingizlar».

68. Axir ular bu So‘zni — Qur’onni tadabbur-tafakkur qilib ko‘rmadilarmi yoki ularga avval o‘tgan ota-bobolariga kelmagan narsa keldimi (ya’ni ularga ham Alloh tarafidan payg‘ambarlar kitoblar bilan kelgan edi-ku)?!

69. Yoki o‘z payg‘ambarlarining (ya’ni Muhammad alayhis-salomning ishonchli, rostgo‘y va xushxulq inson ekanini) tanimay, uni inkor qilguvchi bo‘ldilarmi?!

70. Yoxud: «Unda (Muhammadda) jinnilik bor», dedilarmi?! Yo‘q! (Muhammad) ularga Haqiqatni keltirdi. Ularning ko‘plari esa Haqiqatni yomon ko‘rguvchilardir.

71. Agar Haqiqat — Qur’on ularning havoi nafslariga ergashsa edi (ya’ni unda: «Allohning sheriklari bor», degan gap kelsa edi, albatta osmonlar, yer va ulardagi bor jonzot buzilib-halok bo‘lgan bo‘lur edi. Yo‘q, Biz ular uchun eslatma keltirdik, Ular esa o‘zlariga (kelgan) eslatmadan yuz o‘girguvchidirlar.

72. (Ey Muhammad,) yoki siz ulardan xarj (ya’ni Qur’on oyatlarini keltirganingiz evaziga haq) so‘ramoqdamisiz? (Yo‘q, siz hargiz ulardan xarj so‘ramassiz, chunki) Parvardigoringizning xarji – beradigan ajri yaxshiroqdir. U eng yaxshi rizq berguvchidir.

73-74. Shak-shubhasiz siz ularni faqat to‘g‘ri yo‘lga da’vat qilursiz. Albatta oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalar bu yo‘ldan ozguvchidirlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #347 : 31 Avgust 2006, 07:54:20 »


75. Agar Biz ularga rahm-shafqat qilsak va ular bilan bo‘lgan narsani (qahatchilikni) aritsak, shak-shubhasiz ular yana o‘z tug‘yonlarida adashib-uloqib yurishga kayturlar.

76. Mana Biz ularni azob-ocharchilik bilan ushladik. Ular esa na Parvardigorga bo‘yin egdilar va na tavba-tazarru’ qildilar.

77. To qachon Biz ularga qattiq azob-qahatchilik darvozasini ochib qo‘yganimizda, esa banogoh ular noumid bo‘lguvchidirlar.


I z o h . Rivoyat qilinishicha, Makka mushriklari payg‘ambar alayhis-salomning qarg‘ishlariga uchrab, ocharchilikka giriftor bo‘lishib ham iymon keltirmaganlaridan keyin ularga «azob darvozasi ochilib», bu qahatchilik yetti yilga cho‘zilgan ekan. Shunda Quraysh kattalari butunlay umidsizlikka tushib, payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelishganida, Alloh taolo u zotga agar bu kofirlarga yana mo‘l-ko‘lchilik berilsa, ular o‘zlarining kibru tug‘yonlariga qaytishlari haqida xabar beradi. Yuqorida mazkur bo‘lgan uch oyati karima shu haqdadir.

78. (Alloh) sizlar uchun quloq(lar)ni, ko‘zlarni va dillarni paydo qilgan zotdir. Sizlar esa kamdan-kam shukr qilursizlar.

79. U sizlarni yer yuzida yaratib - (taratgan) zotdir. Va sizlar (qiyomat kunida) Uning huzuriga to‘planursizlar.

80. U hayot va o‘lim beradigan zotdir. Kecha va kunduzning o‘zgarib turishi ham Uning (izmidadir). Axir aql yurgizmaysizlarmi?!

81. Yo‘q, ular ham xuddi avvalgilar aytgan so‘zlarni aytdilar.

82. Ular dedilar: «Bizlar o‘lib tuproq va suyaklarga aylangan vaqtimizda yana qayta tirilguvchimizmi?!

83. Darvoqe’ bizlarga ham, ilgari ota-bobolarimizga ham mana shu va’da qilingan. Bu faqat avvalgilarning afsonalaridir».

84. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «Agar bilguvchi bo‘lsanglar (aytinglar-chi), bu yer va undagi bor jonzot kimniki?»

85. Ular: «Allohnikidir», derlar. Ayting: «Bas (shundan) ibrat-eslatma olmaysizlarmi?! »

86. Ayting: «Yetti osmonning hojasi va ulug‘ arshning sohibi kimdir?»

87. Ular: «(Bularning barchasi) Allohnikidir», derlar. Ayting: «Axir qo‘rqmaysizlarmi?!»

88. Ayting: «Agar bilsanglar (aytinglar-chi), "Barcha narsaning podshohligi qo‘lida bo‘lgan, O’zi (barchaga) Homiylik qiladigan, Unga qarshi birov homiylik qila olmaydigan zot kimdir?»

89. Ular: «Bunday podshohlik va homiylik yolg‘iz Allohnikidir», derlar. Ayting: «Bas qanday aldanmoqdadirsizlar?!»
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #348 : 31 Avgust 2006, 07:54:49 »


90. Yo‘q! Biz ularga (qayta tirilishlari haqidagi) Haqiqatni keltirdik. Ular esa shak-shubhasiz yolg‘onchidirlar.

91. Allohning bolasi yo‘qdir va U zot bilan birga biron iloh bo‘lgan emasdir. Aks holda albatta har bir iloh o‘zi yaratgan narsa bilan ketib, bir-birlaridan ustun bo‘lib olur edilar, (ya’ni har bir «iloh» o‘z hukmini o‘tkazmoqni istab, natijada yeru osmon buzilib ketgan bo‘lur edi). Alloh ular aytayotgan sheriklardan pokdir.

92. U g‘aybu-shahodatni (ya’ni yo‘qu-borni) bilguvchidir. Bas u (mushriklarning) shirklaridan yuksakdir.

93. Ayting: «Parvardigorim, agar Sen menga (kofirlarga) va’da qilinayotgan (azob)ni (ularning ustiga tushganini) ko‘rguzadigan bo‘lsang,

94. Parvardigorim, (o‘sha soatda) meni u zolim qavm bilan birga qilmagin».

95. Albatta, Biz sizga ularga va’da qilayotgan (azobimizni) ko‘rgizishga qodirdirmiz.

96. Siz (ular qilayotgan) yomonlikni eng go‘zal so‘zlar bilan daf’ qiling! Biz ular (sizni masxaralab) aytayotgan gaplarni juda yaxshi bilguvchidirmiz.

97. Va ayting: «Parvardigorim, men Sendan shaytonlarning vasvasalaridan panoh berishingni so‘rayman.

98. Yana men Sendan (yo) Parvardigorim, ular mening huzurimga kelishlaridan panoh berishingni so‘rayman».

99. Toki qachon ulardan (ya’ni mushriklardan) biriga o‘lim kelganida: «Parvardigor, meni (yana hayotga) qaytaringlar.

100. Shoyad, men qolgan umrimda yaxshi amal qilsam», deb qolur. Yo‘q! (U aslo hayotga qaytarilmas). Darhaqiqat bu (har bir jon berayotgan kofir) aytadigan so‘zdir. Ularning ortida to qayta tiriladigan kunlarigacha (dunyoga qaytishlaridan to‘sib turadigan) bir to‘siq bo‘lur.


I z o h. Naql qilishlaricha, umrini kufru-tug‘yon bilan sovurgan kimsaga o‘lim soati kelganida, shu qadar nadomat va azobga duchor qilinadiki, bu azob oldida dunyodagi barcha uqubatlar rohat bo‘lib qoladi. Endi u jahannamda shunday azoblarga giriftor bo‘ladiki, buning oldida o‘layotgan soatida ko‘rgan azobi rohatga aylanib qoladi.

101. Bas qachon sur chalinganida (ya’ni qiyomat qoyim bo‘lganida) ana u kunda ularning o‘rtalarida hech qanday nasl nasab qolmas va ular bir-birlari bilan savol-javob ham qila olmaslar.

102. Endi kimning (yaxshilik) mezonlari (yomonlik-gunohlaridan) og‘ir kelsa bas, ana o‘shalar najot topguvchidirlar.

103. Kimning mezonlari yengil bo‘lsa (ya’ni yomonliklari yaxshi amallarini bosib ketsa), bas ana o‘shalar o‘zlariga ziyon qilibdilar. Ular jahannamda mangu qolguvchidirlar.

104. Ularning yuzlarini o‘t kuydirib badbashara bo‘lib qolguvchidirlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #349 : 31 Avgust 2006, 07:55:15 »


105. (Ularga): «Sizlarga mening oyatlarim tilovat qilingan emasmidi, sizlar ularni yolg‘on degan emasmidingizlar?!» (deyilganida),

106. Ular dedilar: «Parvardigoro, badbaxtligimiz bizlardan g‘olib kelib, adashgan qavm bo‘lib qolgan ekanmiz.

107. Parvardigoro, bizlarni (jahannamdan hayoti dunyoga) chiqargin. Bas agar yana (tug‘yonga) qaytsak, u holda shak-shubhasiz (o‘z jonimizga) jabr qilguvchidirmiz».

108. (Alloh) aytdi: «(Jahannamda) xor bo‘lingiz va Menga so‘z qotmangiz!

109. Aniqki, Mening bandalarimdan bir guruh bor edi. Ular: «Parvardigoro, (O’zingga) iymon keltirdik. Bas sen Bizlarni mag‘firat qilgin va bizlarga rahm ayla: Sen O’zing rahm qilguvchilarning yaxshirog‘idirsan», der edilar.

110. Bas sizlar ularni masxara qildingiz, hatto ular(ning ustidan kulish) sizlarga Meni eslashni unutdirdi. Sizlar ulardan kulgan edingiz.

111. Men bugun ularni (sizlarning ozor-aziyatlaringizga) sabr-toqat qilganlari sababli mukofotladim — ular haqiqiy (baxt-saodatga) erishguvchidirlar».

112. «Yerda qancha yil turdinglar?» dedi (Alloh).

113. Ular aytdilar: «Bir kun yo yarim kun. Sanab turguvchi (farishtalardan) so‘ragin».

114. (Alloh) dedi: «Agar sizlar biladigan bo‘lsangizlar (dunyoda) juda oz turdingizlar (ya’ni-sizlar abadiy deb o‘ylagan dunyo aslida juda oz muddatdir).

115. Yoki sizlarning gumoningizcha, Biz sizlarni behuda (ya’ni dunyoda sizlarga biron vazifa bermaydigan, oxiratda hisob-kitob qilmaydigan holda) yaratdigu, sizlar Bizning huzurimizga qaytarilmaysizlarmi?!» (Undoq emas)!

116. Zotan Haq Podshoh - Alloh (biron ishni behuda qilishdan) yuksakdir. Hech qanday iloh yo‘q, magar U - ulug‘ arsh sohibi bordir.

117. Kim o‘zi uchun hech qanday hujjat bo‘lmagan holda Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilsa, bas uning hisob-kitobi Parvardigorining huzurida bo‘lur. Albatta kofir bo‘lgan kimsalar najot topmaslar.

118. (Ey Muhammad), ayting: «Parvardigorim, O’zing (gunohlarimizni) mag‘firat hqilgin va (holimizga) rahm ayla. Sen O’zing rahm qilguvchilarning yaxshirog‘idirsan».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #350 : 01 Sentyabr 2006, 06:03:23 »


NUR SURASI

Bu sura Madinada nozil bo‘lgan. U oltmish to‘rt oyatdir.

Suraning asosiy mavzusi Islomiy jamiyatdagi axloq-odob qonun-qoidalaridir. Unda musulmonlarning bir-birlari bilan o‘rnatishlari lozim bo‘lgan munosabatlaridan tortib, islomiy oilalarning ichida barpo qilinishi zarur bo‘lgan toza iqlim va pokiza muhit yo‘l-yo‘riqlarigacha batafsil bayon qilinadi.

Yana bu surada jamiyatni fisqu-fasoddan toza tutish, nasl-nasablarni aralashib ketishidan saqlash va insonlarni axloqiy tubanlikdan asrash uchun Alloh taolo farz qilib qo‘ygan ayrim jazo choralari, jumladan zinokorlikka qarshi, tuhmatchilikka qarshi Islomiy jazo choralari ham zikr qilinadi. Va bu bilan Islom nazarida kishi uchun birovning molini nohaq olish qanday harom sanalsa, birovning or-nomusiga tegish yoki nohaq obro‘sini to‘kish ham shunday harom ekanligi uqtiriladi.

Suraning «Nur» deb nomlanishining sababi, birinchidan, undan Alloh yeru-osmonlarning nuri - asl ijodkori ekanligi xususidagi go‘zal oyati karimalar o‘rin olgani bo‘lsa, ikkinchidan, bu surada insonlar baxtli, saodatli hayot kechirishlari uchun nur kabi zarur bo‘lgan ilohiy ahkomlar mavjudligidir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ushbu) Biz nozil qilgan va (undagi hukmlarni musulmonlar zimmasiga) farz qilgan bir suradir. Sizlar eslatma-ibrat olishingiz uchun Biz unda ochiq-ravshan oyatlarni nozil qildik.

2. Zinokor ayol va zinokor erkak — ulardan har (zirini yuz darradan uringlar. Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirguvchi bo‘lsangizlar Allohning (bu) hukmida (ya’ni zinokorlarni darralashda) sizlarni ularga nisbatan rahm-shafqat (tuyg‘ulari) tutmasin! Ularning azoblanishiga bir toifa mo‘minlar guvoh bo‘lsinlar!


I z o h. Bu hukm bo‘ydoq yoki tul va beva (ya’ni oilasiz) zinokorlarning jazosidir. Agar oilali erkak va xotinlar zinokorlik qilsalar, ularning jazolari toshbo‘ron qilib o‘ldirilmoqdir.

3. Zinokor erkak faqat zinokor ayolga yoki mushrikaga uylanur. Zinokor ayolga faqat zinokor ekak yoki mushrik uylanur. Va bu (ya’ni zinokor ayollarga uylanish) mo‘minlarga harom qilingandir.

4. Pokiza ayollarni (zinokor) deb badnom qilib, so‘ngra (bu da’volariga) to‘rtta guvoh keltira olmagan kimsalar(ni) ularni sakson darra uringlar va hech qachon ularning guvohliklarini qabul qilmanglar! Ular fosiq-itoatsiz kimsalardir.


I z o h . Ma’lumki jamiyat intizomini izdan chiqaradigan narsalardan biri turli mish-mishlar tarqatishdir. Shuning uchun, Islom dinida birovlar ortidan mish-mish tarqatish, birovni buzuqlikda ayblab, tosh otish fosiqlik deb atalib, qattiq qoralanadi va bunday kimsalarga mazkur oyatdagi jazo beriladi hamda ularni guvohliklari o‘tmaydigan yolg‘onchilar deb e’lon qilinadi. Shu o‘rinda bir savol tug‘ilishi tabiiy: Bir odam yolg‘iz o‘zi yoki to‘rtta emas, masalan uchta guvoh bilan birga birovning zino qilayotgani ustidan chiqib qolsa va bu voqea — jinoyatdan o‘zgalarni ogoh qilib qo‘ysa, buning nimasi yomon, nega u jazolanishi kerak? Mufassirlar bu savolga shunday javob beradilar: Birinchidan, u o‘zi guvoh bo‘lgan nopok manzarani ko‘tarib kelib bir toza majlisni ham iflos qilmasligi yaxshiroqdir. Ikkinchidan, agar o‘sha zinokor erkak yo ayol jinoyatlarini ochilmay qolgani sababli bandalar beradigan jazodan qutulib qolsalar ham, hech shak-shubha yo‘qki, ular har yerda hoziru nozir bo‘lgan Yaratgan beradigan jazodan hech qayoqqa qochib qutula olmaydilar.

5. Magar shu (qilmishlaridan) so‘ng tavba qilib, (o‘zlarini) tuzatgan kishilargina (fosiq emasdirlar). Zero Alloh mag‘firatli, mehribondir.

6. O’zlaridan boshqa guvohlari bo‘lmagan holida o‘z xotinlarini (buzuq deb) badnom qiladigan kimsalar — ularning har biri o‘zini shak-shubhasiz rostgo‘ylardan deb, Alloh nomiga to‘rt marta guvohlik berishi (vojibdir).

7. (U erning) beshinchi (guvoxligi esa) agar yolg‘onchilardan bo‘lsa, ustiga Allohning la’nati (tushishini so‘ramoqligidir).


I z o h. Bironta guvohsiz o‘z xotinini buzuqqa chiqargan er bu da’vosining rost ekanligiga Alloh nomiga to‘rt marta qasam ichishi go‘yo uning uchun to‘rtta guvohning o‘rniga o‘tadi va beshinchisida, agar xotiniga tuhmat qilgan bo‘lsa, Allohning la’natiga duchor bo‘lishni aytadi. Mana shu qasamlari bilan u sakson darradan qutuladi va navbat badnom qilingan xotinga keladi. Endi u zino jazosiga duchor bo‘lmasligi uchun quyidagi ikki oyatda qilingan qasamni ichishi lozim, aks holda zinokor deb topilib jazolanadi.

8. U (ayoldan) azob-jazoni «U (ya’ni eri) shak-shubhasiz yolg‘onchilardan», deb Alloh nomiga to‘rt marta guvohlik berishi daf’ qilur.

9. (U ayolning) beshinchi (guvohligi esa agar eri) rostgo‘ylardan bo‘lsa, o‘zining ustiga Allohning g‘azabi tushishini so‘ramoqligidir.

10. Agar sizlarga Allohning fazlu-marxamat bo‘lmasa va Alloh tavbalarni qabul qilguvchi, hikmat sohibi bo‘lmasa edi (albatta yo er, yo xotin sharmanda qilingan bo‘lur edi).
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #351 : 01 Sentyabr 2006, 06:04:00 »


11. Shak-shubhasiz bu bo‘htonni (vujudga) keltirgan kimsalar o‘zlaringizdan bo‘lgan bir to‘dadir. Uni sizlar o‘zlaringiz uchun yomonlik deb o‘ylamanglar, balki u sizlar uchun yaxshilikdir Ulardan (ya’ni bo‘htonchilardan) har bir kishi uchun o‘zi kasb qilgan gunoh(ga yarasha jazo) bordir. Ularning orasidagi (gunohning) kattasini ko‘targan kimsa uchun ulug‘ azob bordir.

I z o h . Ushbu oyatda mazkur bo‘lgan «bo‘hton»ning tarixi bundaydir: Payg‘ambar alayhis-salom sahobalari bilan birga bir g‘azotdan qaytar ekanlar, Madinaga yaqinlashib qolganlarida qorong‘u kechada askarlarga bir oz orom olish uchun ruxsat beradilar. Shunda payg‘ambar alayhis-salom bilan birga g‘azotga chiqqan jufti halollari Oisha - (Alloh undan rozi bo‘lsin) hojat uchun chiqib, askarlardan ancha uzoqqa ketib qoladi va qaytib kelganida karvon jilib ketganini ko‘radi. Shu payt odatda karvon ortidan qolgan narsalarni yig‘ib yurish uchun tayinlangan bir sahoba kelib qolib, Oishani ko‘rib taniydi va uni tuyaga mindirib, o‘zi yayov holda karvonning ortidan yetkazib boradi. Buni ko‘rgan ayrim munofiq kimsalar Oishani badnom qilishib turli mish-mishlar tarqatadilar. Bu mish-mishlarni eshitgan payg‘ambar alayhis-salom ham, Oisha ham, Abu Bakr Siddiq ham va boshqa musulmonlar ham nihoyatda iztirobda qoladilar. Oradan to‘la bir oy vaqt o‘tgandan so‘nggina payg‘ambar alayhis-salomga yuqorida mazkur bo‘lgan va quyida zikr qilinadigan oyatlar nozil bo‘lib, Oishaning pokligi aniqlanadi va bu mish-mish bo‘hton ekanligi oshkor bo‘ladi hamda bo‘htonchilarning har biri uchun qilgan gunohiga yarasha jazo berilishi, ularning kattasi bo‘lgan munofiq uchun esa oxiratda ulug‘ azob borligi haqida xabar beriladi. Alloh taolo bu mojaroni mo‘minlar uchun yomonlik emas, balki yaxshilik, Oishaning Kalomulloh guvohligida oqlanishi deb ataydi.

12. (Ey mo‘minlar), sizlar (bu bo‘htonni) eshitgan paytingizda, mo‘min va mo‘minalar bir-birlari haqida yaxshilikni o‘ylab:  «Bu ochiq bo‘hton-ku!» desalar bo‘lmasmidi?!

13. Ular (ya’ni Oishani bandom qilmoqchi bo‘lganlar o‘z da’volariga) to‘rtta guvoh keltirsalar bo‘lmasmidi?! Endi agar guvoh keltira olmasalar, u holda Alloh nazdida ular yolg‘onchidirlar.

14. Agar sizlarga dunyo va oxiratda Allohning fazlu-marhamati bo‘lmasa edi, albatta sizlarni tinmay so‘zlagan narsa — bo‘htonlaringiz sababli ulug‘ azob ushlagan bo‘lur edi.

15. O’shanda sizlar uni tildan tilga olib, og‘izlaringiz bilan o‘zlaringiz aniq bilmagan narsani so‘ylar va buni yengil ish deb uylar edingizlar. Holbuki u Alloh nazdida ulug‘ (gunohdir).

16. Uni eshitgan paytingizda: «Bu (mish-mishni) so‘zlash biz uchun joiz emasdir. Ey pok Parvardigor, bu ulug‘ bo‘hton-ku!» desangizlar bo‘lmasmidi?!

17. Agar mo‘min bo‘lsangizlar, hargiz unga o‘xshagan narsalarga qaytmasliklaringizni Alloh sizlarga pand-nasihat qilur.

18. Va Alloh sizlarga O’z oyatlarini bayon qilur. Alloh ilm va hikmat sohibidir.

19. Albatta iymon keltirgan kishilar o‘rtasida buzuqliklar yoyilishini istaydigan kimsalar uchun dunyoda ham, oxiratda ham alamli azob bordir. Alloh bilur, sizlar bilmassiz.

20. Agar sizlarga Allohning fazlu-marhamati va Allohning mehribon va rahmli ekani bo‘lmasa edi (albatta sizlarga bu qilmishlaringiz uchun azobni naqd qilgan bo‘lur edi).
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #352 : 01 Sentyabr 2006, 06:04:32 »


21. Ey mo‘minlar, shaytonning izidan ergashmanglar! Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta (shayton) buzug‘lik va yomonlikka buyurur. Agar sizlarga Allohning fazlu-marhamati bo‘lmasa edi, sizlardan biron kishi (biron gunohdan) pok bo‘lmas edi. Lekin Alloh (fazlu-marhamati bilan) O’zi xoxlagan kishini poklar. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.

22. Sizlardan fazl va keng-katta mol-davlat egalari qarindoshlarga, miskinlarga va muhojirlarga Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaslikka qasam ichmasin, balki ularni afv qilib, kechirsinlar! Alloh sizlarni mag‘firat qilishini istamaysizlarmi?! Alloh mag‘firatli, mehribondir.


I z o h. Bu oyat Abu Bakr Siddiq (Alloh undan rozi bo‘lsin) haqidadir. U kishi qizi Oisha haqida mish-mish tarqatganlar orasida bo‘lgani uchun o‘zining qarindoshlaridan biriga yordam bermaslikka qasam ichgan edi. Yuqoridagi oyat nozil bo‘lganidan so‘ng darhol qasamini buzib unga infoq-ehson qilgan ekan hamda qasamni buzganlik kafforat-to‘lovini ham to‘lagan ekan.

23. Albatta (buzuq niyatlardan) bexabar, pokiza, mo‘mina ayollarni badnom qiladigan kimsalar dunyoda ham, oxiratda ham la’natga duchor bo‘ldilar. Ular uchun ulug‘ azob bordir.

24. U kunda qiyomatda qilib o‘tgan (bo‘htonlari) sababli ularning tillari ham, qo‘l va oyoqlari ham o‘zlarining ziyonlariga guvoxlik berur.

25. O’sha kunda Alloh ularning haqiqiy jazolarini komil qilib berur va ular Allohning aniq-haq ekanini bilurlar.

26. Nopok ayollar nopok erlar uchundir (ya’ni loyiqdir), nopok erlar nopok ayollar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erlar uchundir, pokiza erlar pokiza ayollar uchundir. Ana o‘sha (pokiza erlar va pokiza ayollar) ularning (ya’ni nopok erlar va nopok ayollarning) aytayotgan bo‘htonlaridan pokdirlar. Ular uchun mag‘firat va ulug‘ rizq (ya’ni jannat ne’matlari) bordir.

27. Ey mo‘minlar, o‘z uylaringizdan boshqa uylarga to izn so‘ramaguningizcha va egalariga salom bermaguningizgacha kirmangiz. Mana shu sizlar uchun yaxshiroqdir. Shoyad eslatma-ibrat olsangizlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #353 : 01 Sentyabr 2006, 06:04:53 »


28. Endi agar u (uylarda) hech kimni topmasangizlar, u holda to sizlarga izn berilmaguncha, ularga kirmangiz! Agar sizlarga «qaytinglar», deyilsa (ya’ni kirishga izn berilmasa) qaytib ketinglar! Shu sizlar uchun eng toza (yo‘ldir). Alloh qilayotgan amallaringizni bilguvchidir.

29. (Birov uchun) maskan bo‘lmagan (mehmonxona, karvonsaroy kabi) sizlar foydalanadigan uylarga (izn so‘ramasdan) kirishlaringizda sizlarga gunoh yo‘qdir. Alloh oshkor qilayotgan narsangizni ham, yashirayotgan narsangizni ham bilur.

30. (Ey Muhammad), mo‘minlarga ayting, ko‘zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Mana shu ular uchun eng toza (yo‘ldir). Albatta Alloh ular qilayotgan hunarlardan xabardordir.

31. Mo‘minalarga ham ayting, ko‘zlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) to‘ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Hamda ko‘rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (ya’ni ustlaridagi liboslaridan boshqa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) ko‘rsatmasinlar va ko‘kraklarini ro‘mollari bilan to‘ssinlar! Ular zeb-ziynatlarini ko‘rsatmasinlar, magar erlariga yo otalariga yo erlarining otalariga yo o‘g‘illariga yo erlarining o‘g‘illariga yo o‘zlarining og‘a-inilariga yo og‘a-inilarining o‘g‘illariga yo opa-singillarining o‘g‘illariga yo o‘zlari (kabi) ayollarga yo qo‘l ostilaridagi cho‘rilarga yo (ayollardan) behojat bo‘lgan (ya’ni juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkor-qullarga yo ayollarning avratlaridan xabardor bo‘lmagan go‘daklargagina (ko‘rsatishlari joizdir). Yana yashirgan zeb-ziynatlar bilinsin uchun oyoqlarini (erga) urmasinlar! Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey mo‘minlar! Shoyadki (shunda) najot topsangizlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #354 : 01 Sentyabr 2006, 06:05:57 »


32. O’z oralaringizdagi tul-bevalarni hamda qul va cho‘rilaringizni yaxshilarini uylantiringlar. Agar ular kambag‘al bo‘lsalar, Alloh ularni O’z fazlu-karami bilan boy-behojat qilur. Alloh (fazlu-karami) keng, bilguvchidir.

33. Nikoh (uchun lozim bo‘lgan mol-davlatni) topa olmagan kishilar to Alloh ularni O’z fazlu-karami bilan boy-badavlat qilgunicha o‘zlarini (haromdan, zinokorlikdan) pok tutsinlar!! (Ey mo‘minlar) qo‘l ostingizdagi qullardan bitim tuzishni istaydigan kishilar bo‘lsa, u holda agar sizlar ularda yaxshilikni (ya’ni diyonat, iymonni) bilsangizlar, ular bilan bitim tuzinglar va ularga Allohning sizlarga ato etgan molidan ato etinglar!


I z o h . Ma’lumki, Islom dini kelgan vaqtida quldorlik davri edi. Binobarin musulmonlar orasida ham hojalar va qul cho‘rilar bo‘lishi tabiiy hol edi. Lekin Islom musulmonlarni ozod qilishning bir qancha yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatgan. Shulardan biri mukobata — bitim tuzishdir. Unda ozod bo‘lishni istagan qul o‘z hojasi bilan muayyan miqdordagi pulni topib berib, ozod bo‘lish haqida bitim tuzadi. Mana shu bitim tuzilgan soatidan boshlab u qulning bo‘yni qullikda bo‘lsa-da, ozod bo‘ladi, ya’ni kelishilgan miqdordagi pulni topish uchun hojasining uyidan tashqariga chiqib ishlab yuraverishi joiz bo‘ladi. Qolaversa, yuqorida zikr qilinganidek, Alloh taolo hojalarga O’zi ularga ato etgan mol-dunyodan berib, bitim tuzgan qullarining ozod bo‘lishlariga yordam qilishni buyuradi...

Poklikni istagan cho‘rilaringizni hayoti dunyo narsalarini istab zinokorlik qilishga majburlamanglar. Endi kim ularni majbur etsa, bas, albatta Alloh majburlaganlaridan so‘ng (u cho‘rilarni) mag‘firat qilguvchi va (ularga) rahm-shafqat qilguvchidir.

I z o h . Bu oyatning ikkinchi qismi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul degan munofiq haqida nozil bo‘lgandir. U pul-mol topish uchun o‘zining ikki cho‘risini zinokorlik qilishga majburlaydi. Ular payg‘ambar alayhis-salom huzurlariga u munofiqning ustidan shikoyat qilib kelganlarida Alloh taolo O’z payg‘ambariga yuqoridagi oyatlarni nozil qiladi.

34. (Ey mo‘minlar), darhaqiqat, Biz sizlarga ochiq-ravshan oyatlarni, sizlardan ilgari o‘tgan zotlar to‘g‘risidagi misollarni va taqvodor kishilar uchun pand-nisahatni nozil qildik.

35. Alloh osmonlar va yerning nuridir (ya’ni ularning barchasini yoritib, ko‘zga ko‘rsatib — yo‘qdan bor qilib turguvchidir). U zot nurining (mo‘min banda qalbidagi) misoli xuddi bir tokcha, uning ustida bir chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go‘yo bir dur yulduzga o‘xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g‘arbiy bo‘lmagan (balki zaminning qoq markazidagi) muborak zaytun daraxtining (moyidan) yoqilur. Uning moyi (tiniq, musaffoligidan) garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudek. (Olov tekkach esa) nur ustiga nur (bo‘lur). Alloh O’zining (bu nuriga) O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) misollar keltirur. Alloh barcha narsani bilguvchidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #355 : 01 Sentyabr 2006, 06:06:16 »


36-37. (U chiroq) bir uylarda (ya’ni masjidlarda yoqilurki), Alloh ularni baland ko‘tarib (bino) qilinishiga va ularda O’zining nomi zikr qilinishiga izn bergan (ya’ni amr qilgan) edi. U (masjidlarda) ertayu kech U zotni poklaydigan kishilar bordirki, ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) ato etishdan mashg‘ul qila olmas. Ular dillar va ko‘zlar iztirobga tushib qoladigan (qiyomat) kunidan qo‘rqurlar.

38. Ular Alloh o‘zlarini qilgan amallarining eng go‘zallari sababli mukofotlashi va yana ularga O’z fazlu-karami bilan ziyoda (savoblar ato) qilishi uchun (ertayu kech Allohni poklab ibodat qilurlar). Alloh O’zi xohlagan kishilarga behisob rizq berur.

39. Kofir bo‘lgan kimsalarning qilgan amallari esa sahrodagi sarobga o‘xshaydi. Tashna odam uni suv deb o‘ylar, toki qachon uning (ya’ni, qilgan amalining) oldida topur. Bas U zot uning hisob-kitobini komil qilur. Alloh juda tez hisob-kitob qilguvchidir.

40. Yoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust to‘lqin va uning ham ustida (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga o‘xshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir. U o‘z qo‘lini chiqarib (qarasa) ko‘rishga yaqin bo‘lmas. Kimga Alloh nuri (iymon) bermasa, bas uning (uchun) hech qanday nur bo‘lmas.

41. (Ey Muhammad), Allohga osmonlar va yerdagi bor jonzot ham, (samoda) saf tortgan qushlar ham tasbeh aytib — poklashini ko‘rmadingizmi? Aniqki, (Alloh) barchaning duoyu tasbehini bilib turur. Alloh ularning qilayotgan (barcha) ishlarini bilguvchidir.

42. Osmonlar va yerning podshohligi Allohnikidir. Yolg‘iz Allohga qaytish bordir.

43. Alloh bulutlarni haydashni, so‘ngra ularni birlashtirishni, so‘ngra ularni ustma-ust qilishini ko‘rmadingizmi? So‘ng (bulut) orasidan yomg‘ir chiqayotganini ko‘rursiz. (Alloh) osmondan — undagi (bulutlar) tog‘idan do‘l yog‘dirib, uning (ziyonini) O’zi xohlagan kishilarga yetkazur va O’zi xohlagan kishilardan nari ketkazur. Uning chaqmog‘ining yorug‘ligi (qaragan) ko‘zlarni ketkazgudek bo‘lur.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #356 : 01 Sentyabr 2006, 06:06:32 »


44. Alloh kecha va kunduzni aylantirib turur. Albatta bunda dil egalari uchun ibrat bordir.

45. Alloh barcha jonivorni suvdan yaratdi. Ulardan qorni bilan (sudralib) yuradiganlari ham bor, ikki oyoqda yuradiganlari ham bor, to‘rt (oyokda) yuradiganlari ham bordir. Alloh O’zi xohlagan narsani yaratur. Albatta Alloh barcha narsaga qodirdir.

46. Darhaqiqat Biz ochiq-ravshan oyatlarni nozil qildik. Alloh O’zi xohlagan kishilarni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur.

47. Ular (ya’ni munofiqlar): «Allohga va payg‘ambarga iymon keltirdik va bo‘yinsundik», deydilaru, shundan keyin ulardan bo‘lgan bir guruh yuz o‘girib ketur. Ular mo‘min emasdirlar.

48. Qachon ular Alloh va Uning payg‘ambariga o‘rtalarida hukm chiqarish uchun chorlansalar, banogoh ulardan bir guruhi (payg‘ambar huzuriga kelishdan) yuz o‘girguvchidir.

49. Agar haqiqat ular (taraf)da bo‘lsa, (payg‘ambar oldilariga) bo‘yin egib kelurlar.

50. Ularning dillarida maraz bormi yoki Muhammadning haq payg‘ambar ekanligidan shubhalandilarmi yoxud Alloh va Uning payg‘ambari o‘zlariga zulm qilishidan qo‘rqarlarmi?! Yo‘q! Ularning o‘zlari zolimlardir.

51. Alloh va Uning payg‘ambariga o‘rtalarida hukm chiqarish uchun chorlangan vaqtlarida, mo‘minlarning so‘zi «eshitdik bo‘yinsundik», (demoqdir). Ana o‘shalargina najot topguvchilardir.

52. Kim Alloh va Uning payg‘ambariga bo‘yinsunsa va Allohdan qo‘rqib, taqvo qilsa, bas ana o‘shalargina (baxt-saodatga) erishguvchilardir.

53. (Munofiqlar) agar siz amr etsangiz, albatta (jihodga) chiqishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichdilar. Ayting: «Qasam ichmanglar! (Jihod) ma’lum ibodatdir (ya’ni bu haqda qasam ichishga hojat yo‘qdir). Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #357 : 01 Sentyabr 2006, 06:06:49 »


54. Ayting: «Allohga bo‘yinsuningiz va payg‘ambarga bo‘yinsuningiz! Endi agar yuz o‘girsangizlar bas, (payg‘ambar) zimmasida o‘ziga yuklangan narsa (ya’ni odamlarga Allohning dinini yetkazish) bordir, sizlarning zimmangizda esa o‘zlaringizga yuklangan narsa (payg‘ambarga bo‘yinsunish) bordir. Agar unga bo‘yinsunsangiz, hidoyat topursizlar. Payg‘ambar zimmasida (sizlarni zo‘rlab dinga kirgizish emas, balki) faqat (sizlarga Haq dinni) yetkazish bordir.

55. Alloh sizlardan iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o‘tgan (iymon-e’tiqodli) zotlarni (er yuziga) xalifa-hukmron qilganidek, ularni ham yer yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo‘lgan (Islom) dinini g‘olib-mustahkam qilishni hamda ularning (ahvolini Makkada ko‘rgan) xavfu-xatarlaridan so‘ng (Madinada) tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo‘yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qilurlar va Menga biron narsani sherik qilmaslar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir.

56. (Ey mo‘minlar), namozni to‘kis ado etinglar, zakotni ato etinglar va payg‘ambarga bo‘yinsuninglar. Shoyad rahmatga erishsangizlar.

57. (Ey Muhammad), siz hargiz kofir bo‘lgan kimsalarni yer yuzida (biron joyga) qochib qutulguvchi deb o‘ylamang! Ularning borar joylari do‘zaxdir. Naqadar yomon oqibatdir u!

58. Ey mo‘minlar, qo‘l ostingizdagi (qul va cho‘rilaringiz) hamda o‘zlaringizning balog‘atga yetmagan (bolalaringiz) uch vaqtda (huzuringizga kirish uchun) sizlardan izn so‘rasinlar — bomdod namozidan ilgari, peshin vaqtida (issiqdan) kiyimlaringizni tashlagan paytingizda va xufton namozidan keyin. (Bu uch vaqt) sizlarning avratlaringiz (ochiq bo‘lishi mumkin bo‘lgan vaqtlardir). Ular o‘sha (vaqtlardan) so‘ng (izn so‘ramay kirishlarida) sizlarga ham, ularga ham gunoh yo‘qdir. (Chunki) ular sizlarga, biringiz biringizga kelib-ketib turguvchidirsizlar. Alloh oyatlarni sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #358 : 01 Sentyabr 2006, 06:07:12 »


59. Qachon go‘daklaringiz balog‘atga yetsalar, bas ular ham xuddi ulardan ilgari (balog‘atga yetganlar) kabi izn so‘rasinlar! Alloh O’z oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur. Alloh bilim va hikmat sohibidir.

60. Xotinlardan (o‘tirib) keksayib qolgan, erga tegishni o‘ylamaydiganlari biron zeb-ziynat bilan yasanmagan hollarida kiyimlarini (ya’ni ro‘mol, yopinchiqlarini) olib qo‘yishlarida ularga gunoh yo‘qdir. O’zlarini pok (ya’ni, ro‘mol, yopinchiqda) tutishlari o‘zlari uchun yaxshiroqdir. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.

61. (Jihodga chiqmay qolishlarida) ko‘zi ojiz kishiga xaraj-tanglik yo‘qdir, cho‘loqqa xaraj yo‘qdir, xastaga xaraj yo‘qdir (ya’ni ular jihodga chiqmaganlari uchun ayblanmas). (Ey mo‘minlar), sizlar o‘z uylaringizdan yo otalaringizning uylaridan yo onalaringizning uylaridan yo og‘a-inilaringizning uylaridan yo opa-singillaringizning yo amakilaringizning uylaridan yo ammalaringizning uylaridan yo tog‘alaringizning uylaridan yo xolalaringizning uylaridan yo sizlar kalitlariga ega bo‘lgan uylardan yo do‘stingizning uyidan (izn so‘ramasdan) taomlanishingizda sizlarga (gunoh yo‘qdir). To‘plangan yo bo‘lingan hollaringizda taomlanishingizda sizlarga gunoh yo‘qdir. Bas qachon uylarga kirsangizlar, bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni «Assalomu alaykum», denglar). Sizlar aql yurgizishlaringiz uchun Alloh O’z oyatlarini sizlarga mana shunday bayon qilur.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #359 : 01 Sentyabr 2006, 06:07:29 »


62. Albatta mo‘minlar faqat Allohga va Uning payg‘ambariga iymon keltirgan zotlardir. Ular (payg‘ambar) bilan biron muhim ish ustida bo‘lgan vaqtlarida, to undan izn so‘ramagunlaricha ketmaslar. Faqat sizdan izn so‘raydigan zotlar – ana o‘shalargina – Alloh va Uning payg‘ambariga iymon keltiradigan zotlardir. Endi qachon ular sizdan ba’zi bir ishlari uchun izn so‘rasalar, bas, ulardan o‘zingiz xohlagan kishilarga izn bering va Allohdan ularni mag‘firat qilishini so‘rang. Albatta Alloh mag‘firatli, mehribondir.

63. (Ey mo‘minlar), payg‘ambarni chaqirishni o‘rtalaringizda bir-birlaringizni chaqirish kabi qilmangizlar (ya’ni u zotni hurmat-ehtirom bilan «Ey Allohning payg‘ambari», deb chaqiringlar). Sizlardan berkingan hollarda (payg‘ambar huzuridan) sug‘urilib chiqib ketadigan kimsalarni Alloh yaxshi bilur. (Payg‘ambarning) amriga xilof ish qiladigan kimsalar o‘zlariga biron fitna-kulfat yetib qolishdan yoki alamli azob yetib qolishidan hazir bo‘lsinlar!

64. Ogoh bo‘lingizkim, osmonlar va yerdagi bor narsalar shak-shubhasiz Allohnikidir. U zot sizlar ustida turgan narsani (ya’ni mo‘min yo munofiqligingizni) ham, (barcha bandalar) O’ziga qaytariladigan (qiyomat) kunini ham yaxshi bilur, bas ularga (o‘sha kunda) qilib o‘tgan amallarining xabarini berur. Alloh barcha narsani bilguvchidir.



FURQON SURASI

Makkada nozil qilingan bu sura yetmish yetti oyatdan iboratdir.

Sura ushbu Furqonni — haq bilan botilni ajratib berguvchi Kitobni Muhammad alayhis-salomga Buyuk Tangri nozil qilganini ta’kidlash bilan boshlanadi.

So‘ngra: «Nega payg‘ambar farishta emas, balki oddiy odamlarga o‘xshab taom yeb, bozorlarda yuradigan insondan bo‘lar ekan», deydigan sarkash mushriklarning da’volari qat’iy hujjatlar bilan rad etiladi.

Yana bu surada dohiy «do‘st»larning vasvasalariga uchib, o‘z iymon-e’tiqod va dinu-diyonatlaridan voz kechgan kimsalar oxiratda bu qilmishlaridan afsus-nadomat chekib, barmoqlarini tishlab qolishlari haqida ogohlantirib o‘tiladi.

Sura nihoyasida esa Rahmon bandalari — haqiqiy mo‘min-musulmonlarning sifatlari va ularni jannat ne’matlariga erishishlariga sabab bo‘ladigan xulq-atvorlari tasvirlanadi.

Qur’oni Karimda, Alloh taolo tomonidan nozil qilingan barcha ilohiy kitoblar Furqon — haq bilan nohaqni ajratib berguvchi Kitob, deb atalaveradi. Bu suraga nom bo‘lgan Furqondan murod esa Qur’ondir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Barcha olamlarni (oxirat azobidan) qo‘rqitguvchi bo‘lsin deb O’z bandasi (Muhammad)ga Furqon — Qur’on nozil qilgan zot — Alloh barakotli - Buyukdir.

2. U — osmonlar va yerning podshohligi O’ziniki bo‘lgan, bola-chaqa qilmagan, podshohlikda biron sherigi bo‘lmagan va barcha narsani yaratib (aniq) o‘lchov bilan o‘lchab qo‘ygan zotdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

 

Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 621
Ko'rilgan: 509469
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:43
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 31710
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 30601
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 18819
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 5161
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin