Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi  ( 559304 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 5 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #435 : 01 Sentyabr 2006, 06:50:25 »


4. (Ey Muhammad), agar (mushriklar) sizni yolg‘onchi qilsalar, bas (bilingki), sizdan avvalgi payg‘ambarlar ham yolg‘onchi qilingandirlar. (Barcha) ishlar yolg‘iz Allohga qaytarilur.

5. Ey insonlar, albatta Allohning (qayta tiriltirish va bu dunyoda qilib o‘tilgan yaxshi-yomon amallarning mukofot jazosini berish to‘g‘risidagi) va’dasi haq (va’dadir). Bas, hargiz sizlarni hayoti dunyo aldab qo‘ymasin! Va hargiz sizlarni Alloh (barcha gunoxlarni kechib yuboraveradi, deb) aldaguvchi (shayton) aldab qo‘ymasin!

6. Aniqki, shayton sizlarga dushmandir, bas uni dushman tutinglar! Shak-shubhasiz u, o‘z firqasini (ya’ni o‘ziga ergashgan kimsalarni) do‘zax egalari bo‘lishlari uchun da’vat qilur.

7. Kofir bo‘lgan kimsalar uchun qattiq azob bordir. Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar uchun esa mag‘firat va ulug‘ mukofot bordir.

8. Axir (qilgan) yomon amali o‘ziga chiroyli ko‘rinib, uni go‘zal (amal) deb o‘ylagan kimsa (Alloh haq yo‘lga hidoyat qilgan zot kabi bo‘lurmi)?! Zotan Alloh O’zi xohlagan kimsalarni yo‘ldan ozdirur va O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Bas (Ey Muhammad), joningiz ularning (iymon keltirmaganlari) ustida hasrat-nadomatlar chekib ketmasin. Albatta Alloh ularning qilayotgan hunarlarini bilguvchidir.

9. Allohning O’zi shamollarni yubordi. Bas ular bulutni qo‘zg‘atgach, Biz uni o‘lik shaharga haydab, uning yordamida o‘lgan yerni tiriltirdik. (Qiyomat qoyim bo‘lgan kuni) qayta tirilish ham shuning o‘zidir.

10. Kim kuch-qudratni istaydigan bo‘lsa, bas barcha kuch-qudrat Allohnikidir. (Har bir) xush so‘z Unga yuksalur va yaxshi amalni ham (Alloh O’z dargohiga) ko‘tarur. Yomon makr-hiylalar qiladigan kimsalar uchun esa qattiq azob bordir va ularning makrlari ham halok bo‘lur (ya’ni behuda ketur).

11. Alloh sizlarni (avval) tuproqdan, so‘ngra nutfadan yaratib, keyin sizlarni juft-juft (ya’ni erkak-ayol) qilib qo‘ydi. Har bir ayolning homilador bo‘lishi ham, ko‘zi yorishi ham shak-shubhasiz Uning bilishi – ogohligi bilan bo‘lur. Har bir umr ko‘rguvchining umri uzun qilinmas va (yo) umridan kamaytirilmas, magar (bularning barchasi) Kitobda (ya’ni Lavhul-Mahfuzda bitilgan bo‘lur). Albatta bu Allohga osondir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #436 : 01 Sentyabr 2006, 06:50:43 »


12. Daryo-dengiz teng bo‘lmas — bunisi shirin-totli va ichilishi oson, bunisi esa sho‘r-taxirdir. Sizlar (ularning) har biridan yangi go‘sht (ya’ni baliq tutib) yeysizlar va taqadigan zeb-ziynat chiqarib olursizlar. Va sizlar (Allohning) fazlu-marhamatidan (ya’ni rizqu-ro‘zidan) istashlaringiz uchun (dengiz va daryolarda suvni) yorib ketayotgan kemalarni ko‘rursizlar. Shoyad shukr qilsangizlar.

13. (Alloh) kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur, U quyosh va oyni ham (sizlarning manfaatingiz uchun) bo‘yinsundirib qo‘ygandir – har biri muayyan muddatgacha (ya’ni qiyomat kunigacha o‘z fazosida) joriy bo‘lur. Ana shu Alloh sizlarning Parvardigoringizdirki, (barcha olamlarga) podshohlik yolg‘iz Unikidir. (Ey mushriklar), sizlar U zotni qo‘yib iltijo qilayotgan butlaringiz esa po‘stloqcha narsaga ham ega emasdirlar.

14. Agar sizlar ularni chorlasangizlar, duolaringizni eshitmaslar. Agar eshitsalar-da, sizlarga javob qila olmaslar va qiyomat kunida ularni (Allohga) sherik qilib olganlaringizni inkor qilurlar. (Ey Muhammad, dunyo-yu, oxirat haqida hech kim) sizga xabardor zot (ya’ni Alloh) kabi xabar bera olmas.

15. Ey insonlar, sizlar Allohga muhtojdirsizlar. Allohning O’zigina (barcha odamlardan) behojat va (barcha) maqtovga loyiq zotdir.

16. Agar U xoxlasa sizlarni (er yuzidan) ketkazib, (o‘rningizga) yangi bir xalqni keltirur.

17. Va bu (ish) Allohga qiyin emasdir.

18. (Qiyomat kunida) hech bir ko‘targuvchi (ya’ni gunohkor jon) o‘zga jonning yukini (ya’ni gunohini) ko‘tarmas, Agar og‘ir gunoh egasi bo‘lgan jon (birovni) o‘z yuki-gunohiga (ya’ni gunohining bir qismini ko‘tarishga) chorlasa, (garchi chorlanguvchi) yaqin qarindoshi bo‘lsa-da, u (gunohdan) biron narsa ko‘tarilmas (ya’ni u kunda har kim o‘z amali bilan mashg‘ul bo‘lib, ota bolaga, aka ukaga qarashga imkon topmas). (Ey Muhammad), siz faqat g‘aybdagi (ya’ni ko‘zlariga ko‘rinmaydigan) Parvardigordan qo‘rqadigan va namozni to‘kis ado etgan zotlarnigina ogohlantira olursiz. Kim pokdoman bo‘lsa, u faqat o‘z (foydasi) uchun pokdoman bo‘lur. Yolg‘iz Allohgagina qaytilur.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #437 : 01 Sentyabr 2006, 06:51:01 »


19-20-21. Ko‘r kimsa (kofir) bilan ko‘rguvchi zot (mo‘min), zulmatlar (kufr) bilan nur (iymon), soya (jannat) bilan jazirama (do‘zax) barobar emasdir.

22. Tiriklar (mo‘minlar) bilan — o‘liklar (kofirlar) ham barobar emasdir. Albatta Alloh O’zi xohlagan kishilarga (xaq da’vatni) eshittirur. (Ey Muhammad), siz qabrlardagi kimsalarga (ya’ni o‘lik dillariga) eshittira olguvchi emasdirsiz.

23. Siz faqat ogoxlantirguvchidirsiz.

24. Albatta Biz sizni haq (din) bilan, xushxabar eltguvchi va ogohlantirguvchi qilib yubordik. (Sizning ummatingizdan avvalgi) har bir ummat ichida ham albatta bir ogoxlantirguvchi — payg‘ambar o‘tgandir.

25. Agar (mushriklar) sizni yolg‘onchi qilsalar, bas (bilingki), ulardan avvalgi kimsalar ham (o‘zlariga kelgan payg‘ambarlarni) yolg‘onchi qilgandilar. Holbuki payg‘ambarlari ularga aniq-ravshan mo‘‘jizalar, (ilohiy) sahifalar va (Tavrot, Injil kabi) nurli Kitob keltirgan edilar.

26. So‘ngra kofir bo‘lgan kimsalarni (kufrlari sababli) ushladim – jazoladim. Bas Mening inkorim – azobim qandoq bo‘ddi?!

27. Alloh osmondan suv (yomg‘ir-qor) yog‘dirib, uning yordamida rangu ro‘ylari turli-tuman bo‘lgan mevalarni chiqarganimizni ko‘rmadingizmi?! Yana tog‘lardan ham oq, qizil — rango-rang yo‘l(li tog‘lar) ham, tim qora (tog‘lar) ham bordir.

28. Shuningdek odamlar, jonivorlar va chorva hayvonlari orasida ham rang-baranglari bordir. Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlargina qo‘rqur. Shak-shubhasiz Alloh qudratli, mag‘firatlidir.


I z o h . Bu ikki oyatda olamdagi barcha mavjudotning yaratguvchisi yolg‘iz Alloh taolo ekanligi ta’kidlanmoqda. Darhaqiqat ilm-ma’rifat egasi bo‘lgan har bir inson osmondan yog‘ilgan bir xil rangdagi suv sababli qora yerdan unib chiqadigan rangu ro‘yi turli-tuman bo‘lgan nabotot olamiga, usti ko‘rinishi ham, ostida yashirgan xazina-dafinalari ham rango rang tog‘u-toshlarga – jamodot olamiga va zaminning ostu-ustida tarqalib, o‘zlariga yuklangan vazifalarni bosh tortmasdan bajarib yurgan hayvonot olamining rang-barangligiga va nihoyat mana shu barcha mavjudotdan foydalanib, ularni boshqarishni o‘z zimmasiga olgan insonlarning rangu ro‘ylari ham, fe’li atvor va udum an’analari ham necha turfa ekanligiga tafakkur va ibrat nazari bilan boqsa, Yaratganning qudratu-xunarmandchiligiga tasanno aytmasdan qolmas. Shuning uchun ham mazkur oyatda Allohdan faqat haqiqiy ilm-ma’rifat egalari qo‘rqishlari uqtirib o‘tildi.

29-30. Albatta Allohning Kitobini tilovat qiladigan, namozni to‘kis ado etadigan va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq-ehson qiladigan zotlar hargiz kasod bo‘lmaydigan oldi-sotdidan (ya’ni ulardan yaxshi amal va infoq-ehson Allohdan ajru-mukofot bo‘lishidan) umidvordirlar, zero (Alloh) ularning ajrlarini komil qilib berur va O’z fazlu-karamidan ularga yana ziyoda (mukofotlar) ham berur. Albatta U mag‘firatli va o‘ta shukr qilguvchidir (ya’ni ozgina yaxshi amal uchun ko‘p mukofot ato qilguvchidir).
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #438 : 01 Sentyabr 2006, 06:51:22 »


31. (Ey Muhammad), Biz sizga vahiy qilgan Kitob – Qur’on o‘zidan avvalgi ilohiy kitoblarni tasdiqlaguvchi bo‘lgan Haq (Kitobdir). Albatta Alloh O’z bandalaridan ogoh va (ularning barcha ishlarini) ko‘rib turguvchidir.

32. So‘ngra Biz bu Kitobga bandalarimizdan O’zimiz tanlagan zotlarni (ya’ni sizning ummatingizni) voris qildik. Bas ularning orasida (Qur’onni o‘qisa-da, unga amal qilmaydigan) o‘z joniga jabr qilguvchi ham bor, ularning orasida o‘rtacha amal qilguvchi ham bor va ularning orasida Allohning iznu irodasi bilan mudom yaxshiliklarga shoshilguvchi ham bordir. Ana o‘sha (ya’ni Qur’onga voris bo‘lish Allohning) katta marhamatidir.

33. Ular oltindan bo‘lgan bilakuzuklar va marvarid-marjonlar bilan bezangan hollarida mangu (turadigan) jannatlarga kirurlar. U joyda ularning liboslari harir-ipak bo‘lur.

34. Va ular (jannatga kirgan chog‘larida) dedilar: «Bizlardan g‘am-qayguni ketkazgan zot — Allohga hamdu-sano bo‘lsin. Darhaqiqat Parvardigorimiz mag‘firatli va o‘ta shukr qilguvchidir.

35. U O’z fazlu-marhamati bilan bizlarni mangu turadigan bir diyorga tushirdiki, bu joyda bizlarga na mashaqqat yetar va na charchoq yetar».

36. Kofir bo‘lgan kimsalar uchun esa jahannam o‘ti bordirki, na ularga (ikkinchi bor o‘lish) hukm qilinib, o‘la olurlar va na ulardan (jahannam) azobi yengillatilur. Biz har bir kofirni mana shunday jazolarmiz.

37. Ular u joyda: «Parvardigoro, bizlarni (bu azobdan) chiqargin, bizlar qilib o‘tgan amallarimizdan boshqa yaxshi (amallarni) qilurmiz», deb dod-voy qilurlar. Axir Biz sizlarga eslatma oladigan kishi eslatma olgudek uzun umr bermaganmidik?! Sizlarga ogohlantirgurchi (payg‘ambar) ham kelgan edi-ku! Bas endi azoblaringizni totaveringlar! Endi zolim kimsalar uchun biron yordamchi bo‘lmas!

38. Albatta Alloh osmonlar va yerning g‘aybini (sirru asrorini) bilguvchidir. Albatta U dillardagi sirlarni ham aniq bilguvchidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #439 : 01 Sentyabr 2006, 06:51:33 »


39. U sizlarni yer yuzida xalifa qilib qo‘ygan zotdir. Bas kim kofir bo‘lsa, uning kufri faqat o‘zining ziyoniga bo‘lur. Kofir bo‘lgan kimsalarga kufrlari Parvardigor huzurida faqat g‘azabnigina ziyoda qilur. Kofir bo‘lgan kimsalarga kufrlari faqat isyonkorliknigina ziyoda qilur.

40. (Ey Muhammad, mushrmilarga) ayting: «Xabar beringiz-chi, sizlar Allohni qo‘yib iltijo qilayotgan butlaringiz (nimaning sharofati bilan iltijo-ibodat qilinishga sazovor bo‘ldilar?) Sizlar menga ko‘rsatma beringiz-chi, ular yerdagi biron narsani yaratganmilar, yoki ularning osmonlarni (yaratishda Allohga) sherikliklari bormi, yoxud Biz ularga biron kitob ato etdikmi-ki, ular o‘sha (kitobdan o‘zlarining Bizga sherik ekanliklari haqida) biron hujjat ustida bo‘lsalar?! Yo‘q, u zolim kimsalar bir-birlariga («Butlarimiz bizlarni shafoat qiladilar», deb) faqat aldovni va’da qilurlar.

41. Albatta Alloh osmonlar va yerni qulab tushishdan ushlab-asrab turur. Aniqki agar ular qulasalar, U zotdan so‘ng (ya’ni Allohdan o‘zga) biron kimsa ularni tutib tura olmas. Darhaqiqat U halim va mag‘firatli bo‘lgan zotdir.

42. (Makka kofirlari) agar ularga biron ogohlantirguvchi (payg‘ambar) kelsa, albatta har qanday ummatlardan ham hidoyat topguvchiroq bo‘lishlari haqida jon-jahdlari bilan qasam ichgandilar. Bas qachonki ularga ogohlantirguvchi (Muhammad alayhis-salom) kelgach, (bu) ularni yanada (hidoyatdan) uzoqlashtirdi xolos.

43. Ular yerda mutakabbirlik qilgan va (payg‘ambarga qarshi) yomon makr-hiyla qilgan hollarida (hidoyatdan uzoqlashdilar). Yomon makr-hiyla esa faqat o‘z egalarini o‘rab halok qilur. Bas ular faqat avvalgilarning sunnatlariga (ya’ni ko‘rguliklariga) ko‘z tutmoqdalar, xolos (ya’ni ularning ham boshlariga avvalgi dinsizlarning kuni tushar). Bas siz hargiz Alloh sunnati-qonunining o‘zgarganini ko‘rmassiz va hargiz Alloh sunnatining aylanganini (ya’ni azobga mustahiq bo‘lgan kimsalar qolib, o‘zgalar azoblanganini) ko‘rmassiz.

44. Axir ular yer yuzida sayr qilib o‘zlaridan avvalgi (dinsiz kimsalarning) oqibatiqanday bo‘lganini ko‘rmaydilarmi?! Holbuki (avvalgilar) bulardan ko‘ra kuchli-quvvatliroq edilar. Na osmonlardagi va na yerdagi biron narsa Allohdan qochib qutulguvchi emasdir. Zotan U bilim va qudrat egasi bo‘lgan zotdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #440 : 01 Sentyabr 2006, 06:51:49 »


45. Agar Alloh odamlarni ular qilgan gunohlari bilan jazolasa edi, (er) ustida biron jonivorni qo‘ymagan bo‘lur edi. Lekin U zot ularni (jazolashni) belgilagan muddatgacha (ya’ni qiyomat kunigacha) qoldirur. Bas qachon o‘sha muddat kelgach (ularning har biriga qilib o‘tgan barcha yaxshi-yomon amallarining mukofot-jazolarini berur). Zero Alloh bandalarini ko‘rib turguvchi bo‘lgan zotdir.
 

YOSIN SURASI

Sakson uch oyatdan tashkil topgan bu sura ham Makkada nozil bo‘lgandir.

U Qur’oni Karimga qasam-la Muhammad alayhis-salomning haq payg‘ambar ekanliklarini tasdiqlash bilan boshlanib, so‘ngra u Zotni yolg‘onchi qilgan Quraysh kofirlari va ularning topajak oqibatlari haqida xabar beradi.

Bu surada Alloh taoloning Antokiya shahriga yuborgan elchilari va shahar ahli ularni yolg‘onchi qilganlari sababli halokatga duchor bo‘lganlari to‘g‘risida hamda o‘sha yerdagi iymon keltirganligi sharofatidan Allohning marhamatiga sazovor bo‘lgan Habib an-Najjor ismli bir solih banda haqida hikoya qilinadi.

Yana bu surada o‘quvchi e’tibori kecha bilan kunduzning almashib turishidagi; oy va quyoshdek buyuk sayyoralarning biron soniya tinim bilmasdan o‘z fazolarida o‘ta nozik intizom bilan aylanib turishlaridagi Yaratganning qudratiga dalolat qiladigan jihatlarga qaratiladi.

Bu surada iymon va taqvo ahli uchun hozirlab qo‘yilgan jannat manzaralari nihoyatda jonli lavhalarda chizib beriladi va kofirlarning tillar soqov bo‘lib, qo‘llar tilga kiradigan, oyoqlar guvohlik beradigan qiyomat kunidagi ahvollari butun dahshati bilan bayon qilinadi.

Sura o‘zining ilk oyati «Yosin» nomi bilan atalgan bo‘lib, uning Qur’oni Karimda tutgan o‘rni — martabasi haqida payg‘ambar alayhis-salomdan mana shunday hadisi sharif rivoyat qilingandir. U zot: «Albatta har bir narsaning qalbi bordir. Qur’onning qalbi «Yosin»dir. Men bu surani ummatimdan har kishining qalbida bo‘lishini istar edim» degan ekanlar.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Yo, Sin.

2-3-4. (Ey Muhammad, ushbu) hikmatli Qur’onga qasamki, hech shak-shubhasiz siz To‘g‘ri yo‘l (ya’ni haq din) ustidagi payg‘ambarlardandirsiz.

5-6. (Bu Qur’on) ota-bobolari (biron payg‘ambar orqali oxirat azobidan) ogohlantirilmasdan, g‘ofil bo‘lib qolgan bir qavmni ogohlantirishingiz uchun qudratli va mehribon zot tomonidan nozil qilingandir.

7. Aniqki ularning ko‘plariga So‘z (ya’ni azob haqidagi hukm) haq bo‘lgandir. Bas ular iymon keltirmaslar.

8. Darhaqiqat Biz ularning bo‘yinlariga to iyaklarigacha (etadigan) kishanlarni urib qo‘ydik, bas ular g‘o‘dayib qoldilar (ya’ni ular Haqqa egilmaslar).

9. Va Biz ularning oldilaridan bir to‘siq – parda qilib, ularni o‘rab qo‘ydik. Bas ular ko‘ra olmaslar.

10. (Ey Muhammad), siz ularni ogohlantirdingizmi yoki ogohlantirmadingizmi ularga barobardir — iymon keltirmaslar.

11. Siz faqat ergashgan va g‘oyibda (ya’ni, ko‘rmay) turib, Rahmondan qo‘rqqan kishilarnigina ogohlantira olursiz. Bas o‘sha (kishilarga) mag‘firat va ulug‘ ajr (jannat) xushxabarini bering!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #441 : 01 Sentyabr 2006, 06:52:07 »


12. Albatta Biz O’zimizgina o‘liklarni tiriltirurmiz va ularning qilgan amallarini hamda (qoldirgan) izlarini yozib qo‘yurmiz. Barcha narsani Biz ochiq Kitobda (ya’ni Lavh-ul-Mahfuzda) belgilab qo‘ygandirmiz.

13. (Ey Muhammad), siz ularga (Antokiya) qishlog‘ining ahlini — u joyga elchilar kelgan paytini misol keltiring!


I z o h . Ushbu va quyidagi oyatlarda so‘z Haq yo‘liga da’vat qilish uchun Iyso alayhis-salom tomonidan Rum mamlakatidagi Antokiya shahri aholisiga yuborilgan elchilar va ularni yolg‘onchi qilganlari oqibatida halokatga duchor bo‘lgan Antokiya axli haqida boradi. Bu qissa orqali Qur’on Makka mushriklarini Muhammad payg‘ambar alayhis-salomga iymon keltirmaslikning mudhish oqibatlaridan ogohlantiradi.

14. O’shanda Biz ularga ikki (elchini) yuborganimizda, u ikkisini yolg‘onchi qilishgach, uchinchi (elchi) bilan quvvatlantirdik. Bas (uchchala elchi Antokiya ahliga): “Darhaqiqat biz sizlarga (yuborilgan) elchilarmiz”, degan edilar.

15 Ular: «Sizlar ham xuddi o‘zimizga o‘xshagan odamlarsiz. Raxmon (ya’ni Alloh) biron narsa – vahiy nozil qilgani yo‘q. Sizlar faqat yolg‘on so‘zlamoqdasizlar», dedilar.

16. (Elchilar) aytdilar: “Parvardigorimiz bilurki, bizlar shak-shubhasiz sizlarga (yuborilgan) elchilardirmiz.

17. Va bizlarning zimmamizda (Allohning vahiysini sizlarga) ochiq-ravshan yetkazish bordir”.

18. Ular dedilar: «Haqiqatan bizlar sizlar haqingizda badgumondamiz. Qasamki, agar (bu so‘zlaringizni) to‘xtatmasangizlar albatta sizlarni toshbo‘ron kilurmiz va sizlarga biz tomondan bir alamli azob yetar».

19. (Elchilar) aytdilar: «Badgumoningiz o‘zlaringiz bilandir (ya’ni bizlardan emas, balki o‘zlaringizning kufrlaringizdan badgumon qilinglar). Sizlarga va’z-nasihat qilinsa (qabul qilish o‘rniga badgumonda bo‘lib do‘q-po‘pisa qilurmisiz)?! Yo‘q, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!»

20. (Shu payt) bir kishi shaharning bir chekkasidan shoshgancha kelib, dedi: «Ey qavmim, bu elchilarga ergashinglar!

21. O’zlari hidoyatda bo‘lgan va sizlardan biron ajr-mukofot so‘ramaydigan zotlarga ergashinglar!»


I z o h. Rivoyat qilinishicha, bu kishi shahar chetida istiqomat qiluvchi xudojo‘y va sahovatli — bir odam bo‘lib, ismi Habib an-Najjor edi. U hamshaharlari o‘zlarini haq yo‘liga da’vat qilish uchun kelgan elchilarni yolg‘onchi qilishib, o‘ldirishmoqchi bo‘lib turganlaridan xabar topgach, shoshgancha ularning oldiga kelib, mazkur oyatlardagi so‘zlarni aytadi. Bu so‘zlarni eshitgan qavmi: «Hali sen ham shularning dinidamisan?!» deganlarida,

22. U aytdi: «Nega men o‘zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? Sizlar ham (dunyodan o‘tgach) yolg‘iz Ungagina qaytarilursizlar.

23. Men U zotni qo‘yib (jonsiz butlarni) xudo qilib olaymi?! (Hargiz unday qilmasman, chunki) agar Rahmon menga biron ziyon yetkazishni istasa, u (but)larning oqlovlari meni biron narsadan behojat qila olmas va ular meni (Allohning azobidan) qutqara olmaslar. 
24. U holda men shak-shubhasiz ochiq zalolatda bo‘lurman.

25. Haqiqatan men (jonsiz butlarga emas, balki barchalaringizni yaratgan) Parvardigoringizga iymon keltirganman. Bas meni tinglangiz!»

26-27. (Lekin joxil qavm Habib an-Najjorning so‘zlariga quloq solmasdan uni qatl qilishgach, unga) «Jannatga kir», deyildi. (Allohning amri bilan jannatga kiritilib, u joydagi noz-ne’mat va izzat-ikromni ko‘rgach), u aytdi: «Qani edi qavmim ham meni Parvardigorim mag‘firat qilganini va meni izzat-ikromli kishilardan qilganini bilsalar edi».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #442 : 01 Sentyabr 2006, 06:52:39 »
YIGIRMA UCHINCHI JUZ’
*************************



28. Biz (Habib an-Najjorni o‘ldirganlaridan) keyin uning ustiga (ularni halok qilish uchun) osmondan biron qo‘shin (ya’ni azob farishtalarini) tushirmadik, Biz (hech narsa) tushirguvchi bo‘lmadik.

29. Faqat birgina dahshatli qichqiriq bo‘ldi-yu, banogoh ular «o‘chib» qoldilar.

30. (Allohning elchilarini yolg‘onchi qilib, ularga ozor-aziyat yetkazadigan barcha) bandalarga hasrat-nadomat bo‘lgay! Ularga biron payg‘ambar kelmas, magar ular uning ustidan masxara qilib kulguvchi bo‘lurlar.

31. Axir ular o‘zlaridan ilgari ham qancha asrlarni (avlodlarni) halok qilganimizni — o‘shalar ularning oldiga (ya’ni bu dunyoga) qaytib kelmasliklarini ko‘rmadilarmi?!

32. Hech shak-shubhasiz (ularning barchalari (qiyomat kunida) to‘planguvchi, Bizning dargohimizda hozir qilinguvchidirlar.

33. O’lik-quruq yer ular uchun (qayta tirilish haq ekaniga) bir oyat-alomatdir – Biz uni (suv bilan) tiriltirdik va undan (turli) don-dunni undirib chiqardik. Bas ular o‘sha (don) dan yerlar.

34. Yana Biz u (er)da xurmozor va uzumzor bog‘larni (paydo) qildik va unda buloqlarni oqizib qo‘ydik.

35. Toki (odamlar o‘sha bog‘larning) mevasidan yesinlar uchun (shunday qildik). Holbuki u (mevalar)ni ular (qo‘llari bilan) qilmagan — yasab olmagan edilar. Axir shukr qilmaydilarmi?!

36. Yer undirib-o‘stiradigan narsalardan, (odamlarning) o‘zlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat barcha juftlarni yaratgan (Alloh har qanday aybu-nuqsondan) pok zotdir.


I z o h . Mazkur oyatda Alloh taolo koinotdagi barcha narsani juft qilib yaratgani uqtirildi. Endi quyidagi oyatlarda ana o‘sha juftlardan kecha va kunduz hamda quyosh va oy haqida so‘z yuritilib, ulardan har biri Buyuk Ilohiy qudratga dalolat qiladigan oyat-alomatlardan ekani ta’kidlanadi.

37. Kecha ham ular uchun (bizning qudratimizni ko‘rsatib turadigan) bir oyatdir: Biz undan kunduzni yechib olishimiz bilan banogoh ular zulmatda qolurlar.

38. Quyosh (biron soniya to‘xtamay) o‘z qarorgohi sari joriy bo‘lur. Bu qudratli va bilguvchi zotning taqdiri — o‘lchovidir.


I z o h . Yerdan ming-ming marta katta hajmga ega bo‘lgan quyosh to «kun va oy birlashib ketadigan» qiyomat kuni kelgunicha bir nafas ham tinmasdan fazoda aylanaveradi, Faqat qudratli va dono zot — Alloh taoloning O’zigina uni shunday tartib-o‘lchovga bo‘ysundirib qo‘ya olur.

39. Biz oyni ham toki u eski (xurmo) butog‘i kabi bo‘lib (egilib hilol holiga kelib) qolgunicha bir necha manzilga belgilab-tayinlab qo‘gandirmiz.

I z o h . Darhaqiqat oy bir oy davomida yigirma sakkiz manzil — joyda turli suratda ko‘ringani sababli ko‘zga yigirma sakkizta bo‘lib tuyuladi. So‘ngra bir yoki ikki kecha ko‘rinmasdan turadi-da, keyin yana o‘sha tartibda takrorlanadi, Agar quyosh kunduzlari olamni nur va haroratga to‘ldirsa, oy kechalarga yorug‘lik baxsh etishi bilan birga barcha kishilar uchun vaqt o‘lchovi bo‘lib ham xizmat qiladi.

40. Na quyosh uchun oyga yetish mumkin bo‘lur va na kecha kunduzdan o‘zguvchidir. (Quyosh, oy va yulduzlarning) barchalari falakda suzib yurur.

I z o h . Ya’ni to qiyomat qoyim bo‘lgunicha quyosh oyga yeta olmas va kecha kunduzning o‘rnini egallab ola bilmas. Ushbu oyati karimada yana koinotdagi barcha katta-kichik sayyoralar fazoda muallaq holda suzib yurishlari bayon qilingandir. Ilm-fanga yigirmanchi asrning boshlariga kelibgina ma’lum bo‘lgan bu haqiqatlar haqida Qur’oni Karim bundan o‘n to‘rt asr ilgari xabar bergan edi. Bunda aql egalari uchun ibrat bordir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #443 : 01 Sentyabr 2006, 06:52:57 »


41. Biz ularning avlod-zurriyotlarini (Nuh payg‘ambar bilan birga odamlar va turli jonivorlarga) to‘la kemada ko‘targanimiz (va to‘fon balosidan najot berganimiz) ular uchun (Bizning qudratimizni ko‘rsatadigan) yana bir oyatdir.

42. Yana Biz ular uchun xuddi O’sha (kemaga) o‘xshash (boshqa) minadigan narsalarini (ya’ni katta-kichik kemalarni) ham yaratdik.

43. Agar Biz xoxlasak ularni g‘arq qilurmiz-da, so‘ng ular uchun biron yordamchi bo‘lmas va ular (halokatdan) qutqazilmaslar.

44. Magar Biz tomondan bo‘lgan marhamat sababli va (ma’lum) bir vaqtgacha (ya’ni ajallari yetguncha hayot ne’matlaridan) bahramand bo‘lishlari uchun (ularga balo-qazolardan najot berilur).

45. Qachon (mushriklar)ga: «rahmatga erishishlaringiz uchun oldilaringizdagi (dunyo fitnalaridan) va ortingizdagi (oxirat azobidan) qo‘rqinglar», (ya’ni iymonga kelinglar) deyilsa (ular quloq solmaslar).

46. Ularga Parvardigorning oyatlaridan biron oyat kelmas, magar ular (o‘sha oyatlnrdan) yuz o‘girguvchi bo‘lurlar.

47. Qachon ularga: «Alloh sizlarga rizq qilib bergan narsalardan infoq-ehson qilinglar», deyilsa, kofir bo‘lgan kimsalar iymon keltirgan zotlarga (istehzo bilan): «Agar Alloh xohlasa O’zi taomlantirib oladigan kishilarga bizlar taom berurmizmi? Sizlar hech shak-shubhasiz ochiq zalolatdadirsizlar», derlar.

48. Ular: «Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar (aytinglar-chi), mana shu va’da (qilingan azob) qachon bo‘ladi?» — derlar.

49. Ular faqat birgina dahshatli qichqiriqni kutmoqdalar xolos. U ularni (o‘limdan mutlaqo bexabar hollarida ko‘cha-ko‘y va bozorlarda bir-birlari bilan) janjallashib turganlarida olib ketar (ya’ni halok etar).

50. Bas ular na biron vasiyat qilishga va na uylariga qaytishga qodir bo‘lurlar.

51. (Qiyomat soati kelib farishta Isrofilning) suri chalinishi bilan banogoh ular qabrlaridan Parvardigorlari huzuriga (hisob-kitob uchun) sug‘urilib chiqurlar.

52. Ular: «Ey bizlarga o‘lim bo‘lsin! Kim bizlarni yotgan joyimizdan (qabrlarimizdan) turg‘azdi?» deganlarida, (ularga aytilur): «Mana shu Rahmon va’da qilgan va payg‘ambarlar rost so‘zlagan narsa Qiyomatdir».

53. Faqatgina bir dahshatli qichqiriq bo‘lar-u, banogoh ularning barchalari Bizning dargohimizda hozir qilinguvchidirlar.

54. Mana bu Kunda hech bir jonga biron zulm qilinmas va sizlar faqat o‘zlaringiz qilib o‘tgan amallaringiz sababli jazolanursiz.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #444 : 01 Sentyabr 2006, 06:53:26 »


55. Shak-shubhasiz jannat egalari bu Kunda o‘zlari istagan (orzu qilgan) ish(lari) bilan shod-xurram bo‘lguvchidirlar.

56. Ular o‘z juftlari bilan birga barcha soya-salqin joylardagi so‘rilarda yastanib o‘tirurlar.

57. Ular uchun u joyda (har turli) meva-cheva mavjuddir va ular uchun chorlagan – istagan narsalari hozirdir.

58. (Ularga) Mehribon Parvardigori tomonidan salom aytilur.


I z o h . Hadisi sharifda vorid bo‘lishicha «Jannat egalari o‘zlariga va’da qilingan noz-ne’matlar ichida rohat-farog‘atda ekanlar, banogoh ustlarida bir nur paydo bo‘lur. Boshlarini ko‘tarib... «Assalomu alaykum, ey ahli jannat», deb turgan Parvardigori olamni ko‘rurlar». Jannat egalari yetajak saodati abadiyya zikr qilingach, endi do‘zaxilarning topajak azob uqubatlari haqida xabar beriladi.

59. Ey jinoyatchi kimsalar, mana bu Kunda (mo‘minlardan) ajralinglar!

60-61. Men sizlarga «Ey Odam bolalari, shaytonga ibodat qilmangiz, chunki u sizlarga ochiq dushmandir. Mengagina ibodat qilinglar! Mana shu To‘g‘ri yo‘ldir», deb buyurmaganmidim?!

62. Aniqki (shayton) sizlarning ichingizdan ko‘p avlodni yo‘ldan ozdirdi. Axir aql yuritguvchi bo‘lmadingizlarmi?!

63. Sizlarga va’da qilingan jahannam mana shudir!

64. Sizlar (hayoti dunyoda) kofir bo‘lib o‘tganlaringiz sababli mana bu Kunda (jahannamga) kiringiz!

65. Bu kun Biz ularning og‘izlarini muhrlab qo‘yurmiz. Va Bizga ularning qilib o‘tgan ishlari haqida — ularning qo‘llari so‘zlar va oyoqlari guvohlik berur.

66. Agar Biz xohlasak, ularning ko‘zlarini yo‘q qilgan bo‘lur edik. Ana u holda ular yo‘llariga shoshardilar-u, (lekin) qayoqdan ko‘ra olsinlar.

67. Agar Biz xohlasak, ularni turgan joylarida (maymun, to‘ng‘iz yoki tosh kabi) boshqa narsalarga aylantirib qo‘ygan bo‘lur edik. So‘ng ular (oldinga) yurishga ham qodir emaslar, (ortlariga ham) qayta olmaslar.


I z o h. Ushbu ikki oyatni shunday tushunmoq lozim: Alloh taolo hayotlarini kufru isyon bilan o‘tkazgan kimsalar haqida «Agar biz istasak ularning ko‘zlarini ko‘r qilib, yo‘llarini topa olmaydigan qilib ko‘yishimiz yoki ularni insonlikdan chiqarib butunlay boshqa narsalarga aylantirib qo‘yishimiz mumkin edi. Ammo Biz ularni To‘g‘ri yo‘lga yursinlar va tavba-tazarru’ qilsinlar deb insonliklarida qoldirgan edik. Lekin ular o‘z dinsizliklaridan qaytmadilar va oqibat-natijada jahannam egalari bo‘lib qoldilar», deydi va bu bilan hali-hanuz hayoti dunyoda bo‘lgan kishilarni ogohlantiradi.

68. Biz kimga (uzun) umr bersak uning xilqatini (jismu-jonini) tuban — nochor qilib qo‘yurmiz. Axir aql yurgizmaydilarmi (ya’ni bir kishining surat va siyratida yosh-yalangligi bilan qari-qartangligi o‘rtasida naqadar katta farq borligini ko‘rib ibrat olmaydilarmi)?!

69-70. (Muhammadga) she’r o‘rgatmadik va (shoirlik) uning uchun durust emasdir.


I z o h. Zotan Muhammad alayhis-salom modomiki Alloh taolo tomonidan yuborilgan payg‘ambar ekanlar, demak faqat rost so‘zlamoqlari lozim. She’riyat esa o‘z ko‘tarinkiligi, mubolag‘alari bilan (ya’ni o‘z tabiati bilan to‘la ma’nodagi) rostgo‘ylikni ko‘tara olmaydi. Bil’aks shoirlarning e’tiroflaricha ham, she’rning eng shirini eng yolg‘onidir. Binobarin, o‘z ummatlariga bir umr amal qilib o‘tishadigan din arkonlarini o‘rgatadigan va g‘ayb olami, oxirat diyori haqida xabar beradigan payg‘ambar shoir bo‘lishi durust emasdir.

(Muhammad tilovat qilayotgan narsa) faqat u tirik bo‘lgan kishilarni ogohlantirishi uchun va kofirlar ustiga So‘z — azob haq bo‘lishi uchun (nozil qilingan) bir eslatma va ochiq-ravshan Qur’ondir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #445 : 01 Sentyabr 2006, 06:53:50 »


71. Axir ular, Biz uchun O’z (qudrat) qo‘limiz bilan qilgan narsalarni — chorva hayvonlarini yaratib qo‘yganimizni — ko‘rmadilarmi?! Mana ular o‘sha (hayvon)larga egadirlar.

72. Biz o‘sha (hayvon)larni ularga bo‘ysundirib qo‘yganmiz. Ana ularning minadigan narsalari ham o‘sha (hayvon)lardandir, yeydigan (taom)lari ham o‘shalardandir.

73. Yana ular uchun o‘sha (hayvon)larda (turli) foydalar va ichimlik (sut-qaymoq)lar bordir. Axir shukr qilmaslarmi?!

74. (Yo‘q, ular shukr qilmadilar, balki) Allohni qo‘yib yordam olish umidida (o‘zga) «xudo»larni tutdilar.

75. Ular o‘sha («xudo»lari) uchun hozirlangan qo‘shinlari bo‘lgan hollarida xam u («xudo»lar) ularga yordam berishga qodir bo‘lmaslar.

76. Bas (ey Muhammad), sizni ularning so‘zlari g‘amgin qilmasin! Zotan Biz ularning yashiradigan narsalarini ham, oshkor qiladigan narsalarini ham bilurmiz.

77. Inson Biz uni nutfadan, bir tomchi suvdan yaratganimizni, endi esa banogoh u (O’zimizga) ochiq qarshilik qilguvchi bo‘lib qolganini ko‘rmadimi?!

78. U Bizga «Chirib bitgan suyaklarni kim ham tiriltira olur?» deb, misol keltirdi-yu, (ammo) o‘zining (bir tomchi suvdan) yaralganini unutib qo‘ydi.

79. (Ey Muhammad), ayting: «U (chirigan suyak)larni dastlab (bir tomchi suv)dan paydo qilgan zotning O’zi qayta tiriltirur. U (O’zi yaratgan) barcha xalqni bilguvchidir».

80. U sizlar uchun yam-yashil daraxtdan olov paydo qilgan zotdir. Bas, sizlar o‘shandan o‘t yoqursizlar.

81. Osmonlar va yerni yaratgan zot yana ularning o‘xshashini yaratishga qodir emasmi?! Yo‘q, (albatta qodirdir), Uning O’zigina yaratguvchi va bilguvchidir.

82. Biron narsani (yaratishni) iroda qilgan vaqtida Uning ishi faqatgina «Bo‘l», demoqligidir. Bas u (narsa) bo‘lur — vujudga kelur.

83. Bas barcha narsaning egaligi O’z qo‘lida bo‘lgan (Alloh har qanday aybu-nuqsondan) pok zotdir. Yolg‘iz Ungagina qaytarilursizlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #446 : 01 Sentyabr 2006, 06:54:02 »


SOFFAT SURASI

Makkada nozil bo‘lgan bu sura bir yuz sakson ikki oyatdir.

Iymon-e’tiqod va undan yetadigan foydalar, kufru-isyon va uning ziyonlari haqida so‘zlovchi bu sura Alloh taoloning amru-farmoniga mudom muntazir bo‘lib turadigan zotlar haqida zikr qilinishi bilan boshlanadi.

So‘ngra jinlar to‘g‘risida so‘z yuritilib, ayrim nodon kimsalarning «Jinlarning Allohga yaqinligi bor», degan afsonalari keskin rad etiladi.

Bu surada oxirat hayoti — jannat ahli musharraf bo‘lgan baxt-saodat, do‘zaxilar duchor etilgan azob-uqubat haqidagi juda jonli lavhalar mazkurdir.

Shuningdek, bu surada ham Tangri taoloning bir necha payg‘ambarlarining qissalari bayon qilinadi va ularning barchalari «chiroyli amal qilguvchi» bandalar bo‘lganliklari uqtiriladi. Xususan Ibrohim alayhis-salom Alloh taolo tomonidan o‘z o‘g‘illari Ismoilni qurbon qilishga buyurilishlari va ularning har ikkisi Yaratganning amriga quloq qoqmay itoat etgach chog‘larida Tangri taolo jannatdan bir qo‘chqor tushirib, Ismoil alayhis-salomning o‘rnilariga o‘shani so‘yishga buyurgani xususidagi xabar bilan iymon va imtihon haqida ibratli misol keltiriladi.

Qur’oni Karimdagi bir necha suralarni Alloh O’zi yaratgan ayrim mahluqoti nomiga qasam bilan boshlaydi. Bu sura ham Yaratganning barcha buyruqlarini darhol ijro etish uchun saf tortib turadigan haqiqiy iymon-e’tiqod egalari nomiga qasam ichish bilan boshlangani sababli u «Va-s-Soffat — Saf tortib turguvchilarga qasam», deb atalgandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2-3-4. (Alloh yo‘lida) saf tortib turadigan, (Allohning bandalarini gunoh yo‘llaridan) mudom to‘sadigan, (Allohning kalomini) doimo tilovat qiladigan (insonlar va farishtalardan iborat barcha) zotlarga qasamki, shak-shubhasiz sizlarning ilohingiz yagonadir.

5. (U zot) osmonlar, yer va ularning o‘rtasidagi bor narsalarning Parvardigoridir. (U zot) bor kunchiqar joylarning (va bor kunbotar joylarning) Parvardigoridir.

6. Darhaqiqat Biz eng yaqin osmonni yulduzlar bilan ziynatladik.

7. Va (uni) har bir itoatsiz shaytondan — jindan saqladik.

8-9. U (jin)lar eng yuksak mavjudotlarni (ya’ni farishtalarning so‘zlarini) hargiz eshita olmaslar va (ularni) haydash uchun ularga har tomondan (yulduzlar) otilur. Ular uchun (oxiratda) doimiy azob bordir.

10. Magar biron marta (biron so‘zni) ilib olgan kimsa (ya’ni jin) bo‘lsa, uni ham uchar yulduz quvib yetar (va halok etar)

11. Bas (ey Muhammad, Makka kofirlaridan) so‘rang-chi, ular(ni) yaratish qiyinroqmikan yoki Biz yaratgan zotlarnimi?! (ya’ni, farishtalar va yeru osmondagi barcha mavjudotni yaratish odamzotni yaratishdan og‘irroq emasmi?!) Zotan Biz (insonlarning asli-avvali bo‘lmish Odam alayhis-salomni) yopishqoq bir loydan yaratgandirmiz.

12. Balki siz (ularning qayta tirilishini inkor qilayotganlaridan) taajjubdadirsiz, (ammo) ular (sizning oxirat hayoti haqidagi so‘zlaringizni) masxara qilurlar.

13. Ularga (Qur’on bilan) pand-nasihat qilinsa, pand-nasihatni olmaslar.

14. (Sizning haq payg‘ambar ekanligingizga dalolat qiladigan) biron oyat-mo‘‘jizani ko‘rsalar, (darhol iymon keltirish o‘rniga) yanada ziyodaroq masxara qilurlar.

15. Va derlar: «Bu faqat ochiq-ravshan sehrdir.

16. Bizlar o‘lib tuproq va suyaklarga aylanib ketgan chog‘imizda rostdan ham yana qayta tirilguvchi ekanmizmi?!

17. Avval o‘tib ketgan ota-bobolarimiz ham-a?! »

18. (Ey Muhammad, siz ularga) ayting: «Ha! Sizlar xor-zor bo‘lgan holingizda (albatta qayta tirilursizlar)».

19. U (ya’ni qayta tirilish) faqatgina farishta Isrofilning suri bilan chalingan bir qichqiriqdir xolos, bas banogoh ular (qayta tirilib, «kunlarini») ko‘rurlar.

20. Va «Ey, o‘lim bo‘lsin bizlarga! Bu jazo-qiyomat kuni-ku!» deb qolurlar.

21. Mana shu sizlar yolg‘on deb o‘tgan (haq bilan botil) ajratiladigan Kundir.

22-23. (Ey farishtalar, sizlar) zolim-kofir bo‘lgan kimsalar va ularning hamtovoqlarini hamda ular Allohni qo‘yib ibodat qilib o‘tgan narsalarini to‘plab, do‘zax yo‘liga boshlanglar.

24. (Ammo to Mening farmonim bo‘lmaguncha) ularni to‘xtatib (do‘zaxga tashlamay) turinglar! Chunki ular (avval hayoti dunyoda qilib o‘tgan kufru isyonlari to‘g‘risida) so‘ralguvchidirlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #447 : 01 Sentyabr 2006, 06:54:25 »


25. (U Kunda kofirlarga deyilar): «Nega bir-birlaringizga yordam bermayapsizlar?!»

26. Yo‘q, ular bu Kunda (hech narsa qila olmaslar, (balki faqat Bizning hukmimizga) bo‘yinsunguvchidirlar.

27. Ularning birovlari birovlariga qarab savol-javob qilurlar:

28. (Ergashuvchilar o‘zlarini yo‘ldan urgan peshvolariga): «Haqiqatan sizlar bizlarga o‘ng tomondan (ya’ni bizlar ishonib yaxshilik kutadigan tomondan) kelar edinglar», deganlarida.

29. (Peshvolar) ayturlar: «Yo‘q, sizlar o‘zlaringiz mo‘min bo‘lmagan edinglar.

30. Axir bizlar uchun sizlarning ustingizda biron saltanat – hukmronlik – yo‘q edi-ku! Yo‘q, sizlar o‘zlaringiz haddan oshguvchi qavm edinglar.

31. Bas endi (bizlarga ham, sizlarga ham) Parvardigorimizning So‘zi — azobi haq bo‘ldi. Shak-shubhasiz, bizlar (uni) totguvchidirmiz.

32. Chunki bizlar yo‘ldan ozguvchi bo‘lganimiz sababli sizlarni ham yo‘ldan urdik».

33. Bas albatta ular (ya’ni Alloh yo‘lidan ozgan kimsalar va ularni yo‘ldan urgan peshvolari) o‘sha Kunda azobda sherik bo‘lguvchidirlar.

34. Darhaqiqat Biz jinoyatchi kimsalarni (mana shunday) azobga duchor qilurmiz.

35. Chunki ular o‘zlaricha: «Hech qanday iloh yo‘q, magar yolg‘iz Allohgina bordir», deyilgan vaqtda kibr-havo qilgan edilar.

36. Va ular «Hali bizlar bir majnun shoirni deb xudolarimizni tark qilar ekanmizmi?» der edilar.

37. Yo‘q, (Muhammad alayhis-salom aslo shoiri majnun emasdir, balki) u Haq (din)ni olib keldi va (o‘zidan avval o‘tgan) barcha payg‘ambarlarni tasdiq etdi.

38. (Ey jinoyatchi kimsalar), sizlar shak-shubhasiz alamli azobni totguvchidirsizlar.

39. Sizlar faqat qilib o‘tgan jinoyatlaringiz sababli jazolanursizlar.

40. Magar Allohning pokiza bandalari bordirki;

41. Ana o‘shalar uchun ma’lum rizq;

42-43-44.— (har turli) mevalar bo‘lur. Va ular noz-ne’mat bog‘larida so‘rilar ustida bir-birlariga ro‘baro‘ o‘tirgan hollarida hurmat-izzat ko‘rguvchidirlar.

45-46. Ularga oqar chashmadan ichguvchilar uchun lazzat bo‘lgan oppoq (sharob) kosalari aylantirib turilurki,

47. U (sharob)da mast qilguvchi – aqldan ozdirguvchi narsa bo‘lmas va ular undan mast bo‘lmaslar.

48-49. Yana ularning oldilarida ko‘zlarini (begonalarga qarashdan) tiyguvchi, go‘yo yashirib qo‘yilgan (oppoq) tuxumdek (zahalanmagan) ohu ko‘zlar bo‘lur.

50. Bas ular (ya’ni ahli jannat) bir-birlariga qarab savol-javob qilurlar.

51. (Shunday suhbatlarning birida) ulardan biri dsdi: «Mening bir do‘stim bor edi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #448 : 01 Sentyabr 2006, 06:54:45 »


52-53. U (menga) «Rostdan ham sen (o‘lganimizdan so‘ng yana qayta tirilishimizni) tasdiq etguvchilardanmisan? Bizlar o‘lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketgan vaqtimizda haqiqatan ham (qayta tiriltirilib) jazolanguchimizmi?» der edi.

54. (So‘zlaguvchi hayoti dunyoda oxiratni inkor qilgan do‘sti haqidagi hikoyani tugatgach, jannatdagi birodarlariga): Sizlar (ham men bilan birga o‘sha do‘stimning do‘zaxdagi holi nima bo‘lganiga) qaraguvchimisizlar?» dedi.

55. So‘ng o‘zi qarab uni do‘zaxning o‘rtasida ko‘rgach;

56. Dedi: «Alloh nomiga qasamki, darhaqiqat sen meni ham halok qilayozgan eding.

57. Agar Parvardigorimning ne’mati (ya’ni hidoyati) bo‘lmasa edi, albatta men (sen bilan birga do‘zaxga) hozir qilinguvchilardan bo‘lur edim.

58-59. (Qani menga aytgin-chi) bizlar faqat birinchi o‘limimizdan boshqa o‘lguvchi emas ekanmizmi?! (Bir marta o‘lganimizdan so‘ng tirilib) azoblanguvchi emas ekanmizmi?

60. Albatta mana shu (ahli jannat yetadigan ne’matlar) ulug‘ baxtning o‘zidir.

61. Bas, amal qilguvchilar mana shunday (mangu baxt saodat) uchun amal qilsinlar!

62. Mana shu yaxshiroq ziyofatmi yoki zaqqum daraxtimi?

63. Haqiqatan Biz uni (ya’ni Zaqqum daraxtini) zolim kimsalar uchun fitna-aldov qilib qo‘ydik.


I z o h. Do‘zaxda Zaqqum daraxti bo‘lishi haqida so‘zlanganida kofirlar «Do‘zaxda qanday qilib daraxt o‘ssin, axir do‘zaxning o‘ti uni kuydirib yubormaydimi?» deganlar. Shuning uchun yuqoridagi oyatda kofirlar Alloh taoloning qudratiga shak keltirganlari uchun u daraxt to‘g‘risida zikr qilinganida, aqllari bovar qilmay fitna-aldovga duchor bo‘lishlari uqtirildi.

64. Darhaqiqat u do‘zax qa’rida o‘sadigan bir daraxtdir.

65. Uning butoqlari(dagi mevalari xunuklikda) xuddi shaytonlarning boshlariga o‘xshar.

66. Bas ular (ya’ni do‘zaxilar) albatta undan yeb, qorinlarini to‘ldirguvchidirlar.

67. So‘ngra albatta ular uchun uning (Zaqqum mevalarining) ustiga qaynoq suvdan aralashtirilur (ya’ni ularga majburan qaynayotgan suv ichirilur).

68. So‘ngra ularning qaytadigan joylari yana albatta do‘zaxda bo‘lur (ya’ni qaynoq suv ularning butun ichki a’zolarini kuydirib bitganidan so‘ng, endi do‘zax o‘ti ularning badanlarini kuydirur).

69. Albatta ular (ya’ni Makka mushriklari) o‘zlarining ota-bobolarini yo‘ldan ozgan holda topdilar.

70. Endi o‘zlari ham ularning izlaridan chopmoqdalar.

71. Aniqki, ulardan avval o‘tganlarning ko‘plari ham yo‘ldan ozgan edilar.

72. Holbuki Biz ularning (ya’ni avval o‘tganlarning) orasiga ogoxlantirguvchi (payg‘ambar)larni yuborgan edik.

73. Bas (ey Muhammad), ogohlantirilgan kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lganini ko‘ring!

74. Magar Allohning pokiza bandalarigina (halokatga duchor bo‘lmadilar).


I z o h . Mazkur oyatlarda Makka mushriklarining iymon-islomga kelmaganidan benihoyat g‘amgin bo‘lib kelgan Muhammad alayhis-salomga taskin-tasalli bo‘lsin uchun ulardan ilgari ham o‘zlariga yuborilgan payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilib halokatga duchor bo‘lgan qavmlar o‘tgani haqida xabar berildi. Quyidagi oyatlarda esa Alloh taolo O’zining so‘nggi payg‘ambariga avvalgi payg‘ambarlardan yetti kishining qissalarini mo‘jaz (qisqacha) bayon qiladi.

75-76. Qasamki, Nuh (qavmi uni yolg‘onchi qilgan vaqtda) Bizga iltijo qildi. Bas (Biz) naqadar yaxshi ijobat qilguvchidirmiz – Biz  unga va uning ahli-tobe’lariga ulug‘ g‘amdan (ya’ni g‘arq bo‘lishdan) najot berdik.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #449 : 01 Sentyabr 2006, 06:55:04 »


77. Va uning zurriyotini (to qiyomat) boqiy qolguvchi kishilar qilib qo‘ydik.

78. Va keyingi (avlod)lar orasida (Nuh) haqida (go‘zal maqtovlar-olqishlar) qoldirdik.

79. Barcha olamlarda Nuhga salom bo‘lgay.

80. Albatta Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

81. Darhaqiqat u Bizning mo‘min bandalarimizdandir.

82. So‘ngra boshqalarni (ya’ni Nuhni yolg‘onchi qilgan kimsalarni) g‘arq qilib yubordik.

83. Shak-shubhasiz Ibrohim ham (Nuh)ning guruhidandir.

84. Eslang, u Parvardigoriga toza dil bilan keldi.

85. O’shanda u otasi va qavmiga degan edi: «Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?!

86. Allohni qo‘yib, soxta «xudolar»ga (sig‘inishni) istaysizlarmi?!

87. U holda barcha olamlarning Parvardigori haqida (ya’ni U zot sizlarning mushrikligingiz uchun beradigan jazosi haqida) ne gumoningiz bor?!»

88-89. So‘ng u yulduzlarga tikilib turib: «Albatta men (vabo) kasaliga yo‘liquvchidirman», dedi.


I z o h . Naql qilinishicha, o‘sha davrda kishilar o‘rtasida yulduzlarga qarab fol ochish – munajjimlik juda keng yoyilgan ekan. Shuning uchun Ibrohim alayhis-salom mushriklarning bayramini nishonlash uchun hayitgohga chiqib ketayotgan qavmidan ajralib qolish maqsadida Ibrohim alayhis-salom go‘yo yulduzlarga qarab bilib olgandek, ularga «Men vaboga yo‘liqar ekanman» dedilar. Bu so‘zni eshitgach vabo yuqishidan qo‘rqqan qavm:

90. Darhol undan yuz o‘girgan hollarida ketdilar.

91-92. Bas (Ibrohim) asta ularning butlari oldiga kelib: «(Oldilaringizdagi) taomlarni yemaysizlarmi? Nega so‘zlamayapsizlar?!» dedi.

93. So‘ng ularga yaqin kelib, o‘ng qo‘li(dagi bolta) bilan urdi.

94-95-96. Bas (qavmi) uning oldiga shosha-pisha kelishgach, dedi: «O’zlaringiz yo‘nib-yasab olgan narsalarga ibodat qilurmisizlar?! Holbuki sizlarni ham, qilib olgan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!»

97. Ular (bir-birlariga) dedilar: Ibrohim uchun (olov yoqiladigan) binolar qurib uni o‘sha olovga tashlanglar».

98. Bas ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo‘lgan edilar. Biz ularni tuban-mag‘lub qildik.

99. (U o‘t ichidan eson-omon chiqdi) va dedi: «Albatta men Parvardigorim (buyurgan taraf)ga ketguvchidirman. Uning O’zi meni (To‘g‘ri yo‘lga) hidoyat qilur.

100. (Parvardigorim,) O’zing menga solih (farzand)lardan hadya etgin».

101. Bas Biz unga bir halim o‘g‘ilning hushxabarini berdik.

102. Endi qachonki u (bola Ibrohim) bilan birga yuradigan bo‘lgach, (Ibrohim): «Ey o‘g‘ilcham, men (hadeb) tushimda seni (qurbonlik uchun) so‘yayotganimni ko‘rmoqdaman. Endi sen o‘zing nima ra’y-fikr qilishingni bir o‘ylab ko‘rgin», degan edi. U aytdi: «Ey otajon, senga (tushingda Parvardigor tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. Insho Alloh meni sabr qilguvchilardan topursan».


I z o h. Sahobalardan Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytishlaricha,  Alloh taoloning barcha payg‘ambarlarining tushlari vahiydir. Shuning uchun ham Ibrohim alayhis-salom tushlarida berilgan farmonning o‘zi bilanoq o‘g‘illari Ismoil alayhis-salomni qurbon qilishga chog‘landilar va o‘g‘illari ham (o‘shanda u kishi endigina o‘n uch yoshga qadam qo‘ygan ekanlar) to‘la rozilik bilan Allohning amriga bo‘yinsundilar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

 

Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 621
Ko'rilgan: 427805
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:43
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 26311
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 26890
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 16317
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4159
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin