Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi  ( 559276 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 8 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #450 : 01 Sentyabr 2006, 06:57:03 »


103. Bas, qachonki ikkisi ham (Allohning vahiysiga) bo‘yinsunib, (endi Ibrohim o‘z o‘g‘li Ismoilni qurbon qilish uchun) peshonasi bilan (erga) yotqizgan ediki,

104—105. Biz unga nido qildik: «Ey Ibrohim, darhaqiqat sen (ko‘rgan) tushingni rost-bajo qilding». Albatta Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

106. Albatta bu (ya’ni Ibrohimning o‘z o‘g‘lini qurbon qilishga buyurilishi) ochiq-ravshan imtihondir xolos.

107. Biz (Ismoilning) o‘rniga (Ibrohimga) katta bir (ko‘chqor) so‘yishni — qurbonliqni evaz qilib berdik (ya’ni katta bir qo‘chqorni jannatdan tushirdik).

108. Va keyingi (avlod)lar orasida (Ibrohim) haqida (go‘zal maqtovlar-olqishlar) qoldirdik.

109. Ibrohimga salom bo‘lgay.

110. Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

111. Darhaqiqat, u Bizning mo‘min bandalarimizdandir.

112. Yana Biz unga payg‘ambar (va) yaxshilardan (bo‘lg‘usi) Ishoqning xushxabarini berdik.

113. Va (Ibrohimga) ham, Ishoqqa ham (dinu-dunyolarida) barakot berdik. Ularning zurriyotidan chiroyli amal qilguvchi ham, o‘z joniga ochiq jabr qilguvchi ham bo‘lur.

114. Qasamki Biz Muso va Horunga (payg‘ambarlik) in’om qildik.

115. Biz ikkisiga va ularning qavmiga ulug‘ g‘amdan najot berdik.

116. Va ularni O’zimiz qo‘lladik, bas ular (Fir’avn va uning odamlari ustidan) g‘olib bo‘ldilar.

117. Biz ularga ravshan Kitob — Tavrot ato etdik.

118. Hamda ularni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qildik.

119. Va keyingi (avlod)lar orasida (Muso va Horun) haqida (go‘zal maqtovlar –olqishlar) qoldirdik.

120. Muso va Horunga salom bo‘lgay.

121. Albatta Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

122. Darhaqiqat ikkisi ham Bizning mo‘min bandalarimizdandir.

123. Ilyos ham shak-shubhasiz payg‘ambarlardandir.

124. Eslang, u o‘z qavmiga degan edi: «(Allohdan) qo‘rqmaysizlarmi?!»

125-126. Sizlar Ba’l (nomli oltindan yasalgan but)ga sig‘inib, sizlarning ham, avvalgi ota bobolaringizning ham Parvardigorini — eng go‘zal-afzal Yaratguvchi Allohni tark qilurmisizlar?!»
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #451 : 01 Sentyabr 2006, 06:57:21 »


127. Bas (qavmi Ilyosni) yolg‘onchi qildilar. Endi albatta ular (do‘zax azobiga) hozir qilinguvchidirlar.

128. Magar  Allohning pokiza bandalarigina (azobga duchor bo‘lmaslar).

129. Biz keyingi (avlod)lar orasida (Ilyos) haqida (go‘zal maqtovlar-olqishlar) qoldirdik.

130. Ilyosga salom bo‘lgay.

131. Albatta, chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.

132. Albatta, u Bizning mo‘min bandalarimizdandir.

133. Lut ham, shak-shubhasiz, payg‘ambarlardandir.

134. Eslang, Biz unga v uning barcha ahli-tobe’lariga najot bergan edik.

135. Faqat (azobda) qolguvchilardan bo‘lgan bir kampirga (ya’ni Lutning xotiniga najot bermadik).

136. So‘ngra boshqalarni (ya’ni Lutni yolg‘onchi qilganlarni) halok qildik.

137-138. (Ey Makka axli,) aniqki, sizlar ertayu kech ularning ustidan o‘tib turursizlar. Axir aql yurgizmaysizlarmi (ya’ni Lutning qavmi boshiga tushgan halokat sizlarning ham boshingizga tushib qolishidan qo‘rqmaysizlarmi)?!

139. Yunus ham, shak-shubhasiz, payg‘ambarlardandir.

140. Eslang, u (o‘z qavmidan g‘azablanib, Parvardigorining iznisiz qishlog‘idan chiqib, (odamlar bilan) to‘la bo‘lgan kemaga qarab qochgan edi.

141. Bas (kemadagilar bilan) qur’a tashlashib mag‘lub bo‘lgach, (uni dengizga uloqtirdilar).


I z o h. Rivoyat qilinishicha, Yunus alayhis-salom o‘zlarini yolg‘onchi qilgan qavmlaridan g‘azablanib, ularning ustiga yaqin-orada qattiq balo tushishi haqida ogohlantiradilar va o‘zlari Alloh taoloning izni-farmonisiz o‘z qishloqlaridan chiqib ketib, bir dengiz sohiliga borib qoladilar va o‘sha vaqtda jo‘nashga shay turgan, odamlar bilan to‘la bir kemaga minib yo‘lga tushadilar. Ammo u kema dengizning o‘rtasida to‘xtab qoladi. Shunda kemadagilar «Oramizda o‘z hojasidan qochib kelayotgan bir qul bor, agar uni kemadan tushirib yubormasak, hammamiz g‘arq bo‘lishimiz tayin», deyishib o‘rtalarida qur’a tashlaganlarida, qur’a Yunus alayhis-salomga chiqadi va kemadagilar uni dengizga uloqtiradilar.

142. Bas uni (Parvardigorining iznisiz o‘z qavmini tashlab chiqib ketgani sababli) malomatga loyiq bo‘lgan holida bir nahang baliq yutib yubordi.

143-144. Endi agar u (Allohga doimo) tasbeh aytguvchilardan bo‘lmasa edi, albatta u (baliq) qornida to qayta tiriladigan kunlarigacha (ya’ni qiyomatgacha) qolib ketgan (ya’ni halok bo‘lgan) bo‘lur edi.

145. Bas Biz uni xasta holida quruqlikka otdik.

146. Va uning ustida (soya tashlab turishi uchun) qovoq daraxtini o‘stirib qo‘ydik.

147. Biz uni yuz ming, balki undan-da ko‘proq (odamga) payg‘ambar qildik.

148. Bas ular (Yunusga) iymon keltirdilar. So‘ng Biz ularni (ma’lum) bir muddatgacha (ya’ni ajallari bitguncha hayot ne’matidan) bahramand etdik.

149. Endi (ey Muhammad, Makka kofirlaridan) so‘rang-chi, qizlar (ya’ni, ularning gumonicha, farishtalar Allohning qizlari emish) Parvardigoringizniki-yu, o‘g‘illar ularnikimikan.

150. Yoki Biz farishtalarni ular guvoh bo‘lgan hollarida qiz qilib yaratdikmikan?!

151-152. Ogoh bo‘lingizkim, ular yolg‘onchiliklari tufayli «Allohning bolasi (ya’ni qizlari) bor» derlar. Ular shak-shubhasiz yolg‘onchidirlar.

153. (Alloh) o‘g‘illarni qo‘yib, qizlarni tanlab olgan emishmi?!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #452 : 01 Sentyabr 2006, 06:57:38 »


154. (Ey Makka ahli), sizlarga nima bo‘ldi?! Qanday (nohaq-noravo) hukm chiqarmoqdasizlar-a?!

155. Axir es-hushingizni yig‘maysizlarmi?!

156. Yoki sizlar uchun (Alloh bola ko‘rgani haqida) biron ochiq-ravshan hujjat bormi?!

157. Bas agar rostgo‘y bo‘lsangizlar (mana shu da’volaringizni quvvatlovchi) kitobingizni keltiringlar-chi?!

158. (Mushriklar, Alloh) bilan jinlar (ya’ni farishtalar) o‘rtasida nasab (ya’ni ota-bolalik bor, deb gumon) qildilar. Holbuki jinlar-farishtalar esa, (mushriklarning Alloh azobiga) hozir qilinguvchi ekanliklarini aniq bildilar.

159. Alloh ularning («Allohning bolasi bor», deb) sifatlashlaridan pokdir.

160. Magar Allohning pokiza bandalarigina (mudom Allohni U zotga noloyiq bo‘lgan sifatlardan pok tutarlar).

161-162. (Ey Makka ahli), shak-shubha yo‘qki, sizlar ham, sig‘inayotgan butlaringiz ham (barchalari biron kishini, Alloh)ga qarshi fitnaga solguvchi — alday olguvchi emasdirsizlar.

163. Magar (Allohning taqdiri azaliysida) do‘zaxga kirguvchi bo‘lgan kimsalarnigina (alday olursizlar).

164. (Farishtalar dedilar): «Bizlarning har birimiz uchun (osmonlarda) aniq ma’lum bir o‘rin bordir(ki, bizlar ana o‘sha o‘rnimizda Allohning amrini ado eturmiz).

165. Darhaqiqat bizlar (Allohning yo‘lida) saf tortib turguvchilardirmiz.

166. Darhaqiqat bizlar (Allohni har qanday aybu nuqsondan poklab) — tasbeh aytguvchilardirmiz».

167-168-169. Darvoqe’ (Makka ahli Qur’on nozil bo‘lishidan ilgari): «Agar bizning oldimizda ham avvalgilar(ning kitoblari)dan biron eslatma — Kitob bo‘lsa edi, albatta bizlar ham Allohning pokiza bandalari bo‘lur edik», der zdilar.

170. Endi (Qur’on nozil bo‘lgach), esa unga kofir bo‘ldilar. Bas yaqinda (bu kufrlarining oqibati nima bo‘lishini) bilib olurlar.

171-172-173. Aniqki, Bizning payg‘ambar bo‘lgan bandalarimiz haqida: «Shak-shubhasiz ular qo‘llab-quvvatlanguvchilardir va shak-shubhasiz Bizning qo‘shinimiz (ya’ni payg‘ambarlar va ularga iymon keltirgan kishilar) g‘olib bo‘lguvchidirlar», degan So‘zimiz o‘tgan — sobit bo‘lgandir.

174. Bas (ey Muhammad), siz ulardan (ya’ni Makka kofirlaridan ma’lum) bir vaqtgacha yuz o‘giring!

175. Va ularni (yaqinda mag‘lub bo‘lganlarida) ko‘ring! Bas yaqinda ular (kufrlarining oqibatini) ko‘rajaklar!

176. Hali ular Bizning azobimizni shoshirmoqdamilar?!

177. Bas qachon (Bizning azobimiz) ularning hovlilariga (ya’ni ustlariga) tushganida, o‘sha ogohlantirilgan kimsalarning kunlari juda yomon bo‘lur.

178. Siz ulardan (ma’lum) bir vaqtgacha yuz o‘giring!

179. Va ularni (yaqinda mag‘lub bo‘lganlarida) ko‘ring! Bas yaqinda ular (kufrlarining oqibatini) ko‘rajaklar!

180. Qudrat egasi bo‘lmish Parvardigoringiz ularning sifatlaridan (ya’ni har qanday aybu nuqsondan) pokdir.

181. (Barcha) payg‘ambarlarga Alloh tomonidan salom bo‘lgay!

182. Hamdu sano barcha olamlarning Parvardigori — Alloh uchundir!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #453 : 01 Sentyabr 2006, 06:57:55 »


SOD SURASI

Sakson sakkiz oyatdan tashkil topgan bu sura ham Makkada nozil bo‘lgan.

Sura avvalida Qur’oni Karim sha’niga — uning Haq Kitob ekaniga qasam ichiladi.

So‘ngra mushriklarning Muhammad alayhis-salom da’vatlariga nisbatan ko‘rsatgan inod-qaysarliklari to‘g‘risida xabar beriladi va u zotga taksin-tasalli bo‘lsin uchun o‘z salaflari — o‘tgan ayrim payg‘ambarlarning hayotlaridan va ularning kofirlar tomonidan ko‘rgan ozor-aziyatlaridan lavhalar keltiriladi.

Bu surada ham Alloh taolo mo‘minlar uchun hozirlab qo‘ygan go‘zal oqibat-jannat va hayoti dunyodan dinsizlik bilan o‘tadigan kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zax haqidagi bir necha oyatlar mavjuddir.

Shuningdek, bu surada ahli iymonni kibru-havo illatidan yiroq bo‘lishga da’vat etilib, Iblisning jannatdan quvilishiga sabab bo‘lgan narsa – Tangri taoloning amriga itoat etishdan bosh tortib mutakabbirlik qilgani ekanligi ayricha ta’kidlab o‘tiladi. Sura vaqt-zamon o‘tishi bilan Qur’on xabarlarining haqiqat ekanligi ma’lum bo‘lib boraverishini uqtirish bilan nihoyalanadi.

Bu sura o‘zi boshlangan «Sod» harfi bilan nomlangandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Sod. Sha’nu-sharaf sohibi bo‘lgan Qur’onga qasamki, (albatta Qur’on ilohiy mo‘‘jizadir va albatta siz, ey Muhammad, Allohning haq payg‘ambaridirsiz).

2. Balki kofir bo‘lgan kimsalar (bu haqiqatni qabul qilishdan) kibru-havoda va (Alloh va payg‘ambarga) muxoliflikda sobitdirlar.

3. Biz ulardan ilgari ham qancha asr avlodni (iymonsizliklari sababli) halok qilganimizda, ular (boshlariga azob tushganida yordam so‘rab) nido-iltijo qilganlar, (ammo bu vaqt azobdan) qochib qutulish vaqti emas edi.

4. (Makka mushriklari) ularga o‘zlaridan (ya’ni bashar avlodidan bo‘lgan bir ogoxlantirguvchi – payg‘ambar kelganidan ajablandilar va u kofirlar dedilar: «Bu bir yolg‘onchi sehrgardir.

5. (Shuncha) xudolarni bitta xudo qilib olibdimi?! Haqiqatan bu juda qiziq narsa!»

I z o h. Makka mushriklari payg‘ambar alayhis-salomning amakilari Abu Tolibning oldiga kelib «Muhammadga aytgin, bizlarning dinimizni ayblashni va xudolarimizni haqorat qilishni bas qilsin», deyishganida, ularning talablaridan xabardor bo‘lgan hazrat: «U holda mening birgina so‘zimni qabul qilinglarki, sizlar u so‘z sharofatidan arabu ajamga podshoh bo‘lursizlar», deydilar. Shunda mushriklar shodlanishib: «U qanday so‘z ekan-a? Agar aytganlaring rost bo‘lsa, bir emas o‘n so‘zingni ham qabul qilamiz», deyishganida payg‘ambar alayhis-salom aytadilar: «U so‘z — la iloha illallohdir - ya’ni Hech qanday iloh yo‘q, magar yolg‘iz Allohgina bordir», Ular bu so‘zni eshitishgach, dahshatga tushadilar va yuqoridagi oyati karimada mazkur bo‘lgan so‘zlarni aytadilar va payg‘ambar alayhis-salomning oldilaridan chiqib ketisharkan:

6. Ulardan kattalari (bir-birlariga shunday deya tarqalib) ketdilar: «Yuringlar va o‘z xudolaringizga (sig‘inishda) qanoat qilinglar (ya’ni ustivor bo‘linglar)! Albatta bu (ya’ni «La ilaha illalloh» deyish bizlardan) istaladigan (talab qilinadigan juda katta) narsadir.

7. Bizlar bu haqda (ya’ni Allohning yakkayu yagona ekanligi haqida) so‘nggi millat — dinda(gi odamlardan ham, ya’ni Islomdan avvalgi so‘nggi din bo‘lmish Nasroniy dinidagi odamlardan ham) eshitgan emasmiz. Bu faqat bir uydirmadir xolos.

8. Bizlarning oramizda (shuncha boy-zodagonlar turib) o‘sha (Muhammad)ga eslatma-Qur’on nozil qilingan emishmi?!» (Ularning bu so‘zlarni aytishlariga sabab o‘ta bilimdonliklari emas), balki ular Mening eslatmam Qur’ondan shak-shubhadadirlar, balki ular hali Mening azobimni totib ko‘rganlari yo‘q (bas shuning uchun Qur’on va payg‘ambar sha’niga mana shunday noloyiq so‘zlarni aytmoqdalar).

9. Yoki qudratli va saxovatli Parvardigoringizning rahmat xazinalari ularning oldilaridamikin-a?!

10. Yoki osmonlar va yerning hamda ularning o‘rtasidagi bor narsalarning podshohligi ularnikimikin-a?! U holda (ularni osmonlarga eltadigan) narvonlariga chiqaversinlar (va o‘sha joydan o‘zlari istagan odamlariga vahiy nozil qilaversinlar).

11. (Ey Muhammad), Makka mushriklari o‘sha yerning O’zida yengilib-bitguvchi firqalardan bir to‘dadir xolos, (bas siz ular aytayotgan behuda so‘zlarga parvo ham qilmang!)

12. Ulardan ilgari ham Nuh qavmi (Nuhni), Od (qabilasi Hudni) va qoziqlar (ya’ni yerga qoziqdek qoqilgan baland ehromlar va qasrlar) egasi bo‘lgan Fir’avn (va uning odamlari Musoni yolg‘onchi qilgandirlar.

13. Shuningdek Samud (qabilasi Solihni), Lut qavmi (Lutni) va daraxtzor egalari (Shu’aybni yolg‘onchi qilgandirlar). Ana o‘shalar (ham o‘zlariga yuborilgan payg‘ambarlarga qarshi chiqqan) firqalardir.

14. Barchalariga faqat payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilganlari sababli Mening azobim haq bo‘lgandir. (Bas Makka mushriklariga ham Muhammad alayhis-salomni yolg‘onchi qilganlari uchun shak-shubhasiz azob-uqubat bo‘lur).

15. Ana o‘shalar(ning barchalari) faqat hech to‘xtamasdan keladigan birgina dahshatli qichqiriqni kutmoqdalar xolos. (Bas o‘sha qichqiriq bo‘lishi bilan barcha jonzot qayta tirilur va kufr yo‘lini tutgan kimsalar do‘zax azobiga duchor bo‘lurlar).

16. Ular (ya’ni Makka mushriklari masxara qilishib) «Parvardigoro, bizlarga (va’da qilingan azobdan iborat) nasibamizni hisob-kitob Kunidan ilgariyoq (ya’ni shu hayoti dunyodayoq) tezroq keltira qolgin», dedilar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #454 : 01 Sentyabr 2006, 06:58:13 »


17. (Ey Muhammad), siz ular aytayotgan so‘zlarga sabr qiling va Bizning bandamiz (toat-ibodatda) quvvat sohibi bo‘lgan Dovudni eslang! Darhaqiqat u (Alloh rozi bo‘ladigan yo‘lga) butunlay qaytguvchidir.

18. Albatta Biz tog‘larni kechki payt va ertalab (ya’ni mudom) u bilan birga tasbeh aytadigan qilib bo‘yinsundirib qo‘ydik.

19. Va (har tarafdan) to‘planguvchi bo‘lgan qushlarni ham. (Dovud bilan birga tasbeh aytadigan qilib bo‘ynsundirib qo‘ydik. Tog‘lar va qushlarning) barchalari Dovudga itoat etishga butunlay qaytguvchidir.

20. Yana Biz uning mulku-davlatini kuchli-quvvatli qildik va unga hikmat hamda aniq-ravshan xitob (ya’ni zaboni go‘yo) ato etdik.

21-22. (Ey Muhammad), sizga (bir-birlari bilan) da’volashguvchi (ikki jamoat) xabari keldimi? O’shanda ular (Dovud payg‘ambar ibodat qilayotgan) mehrobga chiqishib, Dovudning oldiga kirishgan edi, u ulardan qo‘rqib ketdi. Ular dedilar: «Qo‘rqmagin. (Bizlar) birimiz birimizga zulm qilgan ikki da’volashguvchi (jamoat)dirmiz. Bas sen bizlarning o‘rtamizda haq (hukm) bilan hukm qilgin va (bizlardan biron tarafga) jabr qilmagin hamda bizlarni tekis-to‘g‘ri yo‘lga boshlagin».

23. (Da’vogarlarning biri dedi): «Darvoqe’ mana bu mening birodarim bo‘lib, uning to‘qson to‘qqiz sovliq qo‘yi bor, mening esa birgana sovlig‘im bordir. Bas u (shu birgina sovliqqa ham ko‘z olaytirib): «O’shani menga topshirgin», dedi va meni bu so‘zda — janjalda yengib qo‘ydi».

24. (Dovud ikkinchi da’vogarning so‘zini tinglamasdanoq) dedi: «Darhaqiqat u sening sovlig‘ingni so‘rab (va) o‘z sovliqlariga (qo‘shib olish) bilan senga zulm qilibdi. Darvoqe’ ko‘p oshna-og‘aynilar bir-birlari zulm qilurlar. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan kishilargina (zulm qilmaslar. Ammo) ular juda ozdirlar». Dovud (bu hodisa vositasida) Biz uni imtihon qilganimizni bildi-da, Parvardigoridan (shoshib hukm chiqargani uchun) mag‘firat qilishini so‘radi va (sajdaga) egilgan holida yiqilib, tavba-tazarru’ qildi.


I z o h. Ushbu oyat sajda oyatidir.

25. Bas, Biz uning o‘sha (xatosi)ni mag‘firat qildik. Shak-shubhasiz uning uchun Bizning huzurimizda yaqinlik va go‘zal oqibat (ya’ni jannat) bordir.

26. Ey Dovud, darhaqiqat Biz seni yerda xalifa qildik. Bas sen (nafs) xohishiga ergashib ketmagin! Aks holda u seni Allohning yo‘lidan ozdirur. Albatta Alloh yo‘lidan ozadigan kimsalar uchun hisob-kitob kunini (ya’ni Qiyomatni) unutib qo‘yganlari sababli qattiq azob bordir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #455 : 01 Sentyabr 2006, 06:58:30 »


27. Biz osmon va yerni hamda ularning o‘rtasidagi bor narsalarni behuda yaratgan emasmiz. Bu (ya’ni ular behuda-bemaqsad yaratilgan degan gumon) kofir bo‘lgan kimsalarning gumonidir. Bas kofir bo‘lgan kimsalar uchun do‘zaxdan iborat halokat bo‘lgay!

28. Balki Biz iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni yerda buzg‘unchilik qilib yurgan kimsalar kabi qilib qo‘yurmiz?! Balki Biz taqvodor zotlarni fisqu-fujur qilib yurgan kimsalar kabi qilib qo‘yurmiz?! (Yo‘q! Aslo undoq bo‘lmas!)


I z o h . Yuqoridagi ikki oyatni shunday tushunmoq lozim: Alloh taolo osmonu zamin va ular o‘rtasidagi biron narsani behuda yaratgan emasdir. Balki U zot koinotdagi har bir mavjudotni yetuk hikmat bilan yaratib, ularni O’zining yerdagi xalifasi bo‘lmish inson manfaati uchun bo‘ysundirib qo‘ydi.

Shuningdek, U zot borliqdagi har bir narsaga alohida surat va siyrat ato etib, to qiyomat amal qilib o‘tadigan hayot qonunini belgilab qo‘ydi. Bas eng kichik zarradan tortib eng yirik sayyoragacha har bir mavjudot Yaratgan belgilab qo‘ygan ana o‘sha qonunga so‘zsiz amal qilishi lozim. Aks holda ham ilohiy qonunni buzuvchi halokatga yuz tutadi, ham olam intizomiga futur yetadi. Endi ushbu olamning azizu mukarram bir bo‘lagi va yer yuzining xalifasi bo‘lmish Inson uchun Tangri taolo tomonidan nozil qilingan ilohiy qonun Shariati Islomiyyadirki, Allohga iymon keltirgan va shariat ko‘rsatmalariga amal qilgan Inson ham o‘zi ikki dunyo saodatiga erishadi, ham uning atrofidagi olam undan biron ozor ko‘rmaydi. Aks holda esa ilohiy qonunni inkor etib, unga bo‘yinsunmagan kimsalar ham o‘zlari yashab turgan olamga jabr-zulm qiladilar, ham mana shu jinoyatlariga yarasha jazo oladilar.

To‘g‘ri, ko‘p hollarda ushbu imtihon olami bo‘lmish dunyoda yaxshi bilan yomon, zolim bilan mazlum, mo‘min kofir yonma-yon – yaxshi bahosini, yomon jazosini olmasdan o‘taverishi mumkin. Ammo imtihon o‘tib, hayoti dunyo nihoyasiga yetib, oxirat diyoriga borilgach, albatta yer yuzidagi xalifalikni o‘rniga qo‘yib iymon va yaxshi amallar bilan o‘tgan taqvodor zotlar o‘zlari uchun tayyorlab qo‘yilgan mukofotlarni, Yaratganni unutib yerda buzg‘unchilik qilib o‘tgan fosiqlar esa haqiqiy jazolarini olishlari aniqdir.


29. (Ey Muhammad, ushbu Qur’on barcha odamlar) oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma-ibrat olishlari uchun Biz sizga nozil qilgan bir muborak Kitobdir.

30. Biz Dovudga Sulaymonni hadya etdik. (Sulaymon) naqadar yaxshi bandadir. Darhaqiqat u (Alloh rozi bo‘ladigan yo‘lga) butunlay qaytguvchidir.

31. Eslang, unga (bir kuni) kechki payt gijinglab turguvchi uchqur otlar ro‘baro‘ qilingan edi.

32. Bas u (o‘sha otlarga maxliyo bo‘lib, kun botish oldida o‘qiydigan namozi qazo bo‘lgach,) dedi: «Darhaqiqat men Parvardigorimni eslashdan (ya’ni o‘qiydigan namozimdan qolib) bu suyukli otlarni suyub-erkalashga berilib ketibman! Hatto (quyosh ham) parda ortiga berkinibdi (ya’ni botib ketibdi)!

33. U (ot)larni menga qaytaringlar-chi! Bas u (qilich bilan otlarning) oyoq va bo‘yinlarini «silash»ga kirishdi (va ularni Alloh yo‘lida qurbonlik qilib yubordi).

34. Darhaqiqat Biz Sulaymonni imtihon qildik va uning taxti ustiga bir jonsiz jasadni tashladik. So‘ngra u tavba-tazarru’ qilib;

35. Dedi: «Parvardigorim, O’zing meni mag‘firat qilgin va menga o‘zimdan keyin birontasi uchun muyassar bo‘lmaydigan bir mulku-davlat hadya etgin. Zero yolg‘iz Sening O’zinggina (barcha yaxshiliklarni) hadya etguvchisan».

36. Bas Biz unga uning amri bilan u istagan tomonga mayin esaveradigan shamolni bo‘yinsundirdik.

37. Yana barcha (baland qasrlarni) bino qilguvchi va (dengizlarning qa’ridan durru gavharlarni topib chiquvchi) g‘avvos shaytonlarni  (ya’ni jinlarni) ham Sulaymonga bo‘yinsundirib qo‘ydik).

38. Boshqa (bo‘yinsunmaydigan jin)larni esa kishanlar bilan bog‘langan holda soldik.

39. (Va Sulaymonga dedik): «Mana shu Biznin (senga) ato etgan narsamizdir. Bas sen (ushbu ne’matlardan o‘zing xohlagan kishilarga) ehson qil, yoki qilma (seni bu to‘g‘ri hisob-kitob qilinmas».

40. Shak-shubhasiz (Sulaymon) uchun Bizning huzurimizda yaqinlik va go‘zal oqibat (ya’ni jannat)dir.

41. (Ey Muhammad), bandamiz Ayyubning Parvardigori nido qilib «Darhaqiqat meni shayton balo va azob bilan ushladi», degan paytini eslang!

42. (Shunda unga aytildi): «Oyog‘ing bilan (ostingdagi yerni) tepgin!» (U Allohning amrini bajargan edi, o‘sha yerdan bir chashma otilib chiqdi. So‘ng unga aytildi): Mana shu muzdek cho‘miladigan va ichimlik suvdir». (Qachonki Ayyub u suvda cho‘milib, so‘ng undan ichgach uning barcha zohiriy va botiniy dardlari darhol davo topdi).
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #456 : 01 Sentyabr 2006, 06:58:48 »


43. Va Biz O’z tomonimizdan mehribonlik ko‘rsatib hamda aql egalari uchun eslatma-ibrat bo‘lsin deb, (Ayyubga) ahli oilasini va ular bilan ko‘shib, yana o‘shalarning mislicha (bola-chaqa) hadya etdik.   

I z o h. Ayyub payg‘ambar va u zotning ahli oilalari haqida «Anbiyo» surasining 84-oyati ostida izoh berilgan edi.

44. (Yana Biz Ayyubga aytdik): «Qo‘lingga bir bog‘ (novdani) olib, u bilan (xotiningni) urgin – qasamingni buzmagin».

I z o h. Ayyub alayhis-salom kasallik chog‘larida boqib parvarish qilgan xotinlari bir kuni u kishiga beparvolik ko‘rsatganida, Ayyub payg‘ambar dillari og‘rib «Tuzalganimda, albatta seni yuz qamchi uraman», deb qasam ichgan ekanlar. Shu boisdan shifo topganlaridan so‘ng, Alloh taolo u kishiga ichgan qasamlarining ustidan chiqishlari uchun yuzta novdani bir bog‘lam qilib bog‘lab, u bilan xotinlarini bir marta urishga amr qildi.

Darhaqiqat Biz (Ayyubni) sabr qilguvchi holda topdik. U naqadar yaxshi bandadir. Haqiqatan u (Alloh rozi bo‘ladigan yo‘lga) butunlay qaytguvchidir,

45. (Ey Muhammad), siz Bizning kuch-quvvat va fahm-farosat egalari bo‘lgan bandalarimiz – Ibrohim, Ishoq va Ya’qublarni eslang!

46. Darhaqiqat Biz ularni bir toza (xislat — mudom oxirat) diyorini eslash (xislati) bilan xolis qildik — pokladik.

47. Haqiqatan ular Bizning huzurimizda tanlangan, yaxshi kishilardandir.

48. Yana Ismoil, al-Yasa’ (Yusha’ payg‘ambar) va Zul-Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir.

49. Bu (Biz sizga so‘ylagan qissalar) bir eslatmadir. Shak-shubhasiz, taqvodor zotlar uchun go‘zal oqibat —

50. Ular uchun barcha darvozalari lang ochiq mangu jannatlar bordir.

51. Ular u joylardagi (so‘rilarda) yastanib o‘tirib, mo‘l-ko‘l (ya’ni xohlaganlaricha) meva-cheva va sharob chaqirurlar.

52. Va ularning oldilarida ko‘zlarini (nomahramga boqishdan) saqlagan (yosh va husnda) tengdosh (qiz)lar bo‘lur.

53. U (zikr qilingan narsalar) sizlarga hisob-kitob (ya’ni Qiyomat) kuni uchun va’da qilinadigan narsalardir.

54. Shak-shubhasiz bu Bizning (jannat axliga ato etadigan) rizqu-ro‘zimizdirki, uning uchun tugab qolish bo‘lmas.

55. (Haqiqat) shudir. (Endi) hech shak-shubhasiz haddan oshguvchi-tug‘yonga tushguvchi kimsalar uchun eng yomon oqibat —

56. Ular kiradigan jahannam bordir. Bas naqadar yomon joy u.

57. Mana bu qaynoq va yiringdir! Bas ular o‘shani totib ko‘rsinlar!

58. Boshqa (azob-uqubatlar) ham o‘sha tur, o‘sha shaklda bo‘lur!

59. (Do‘zaxga kirgan paytlarida kofirlarning peshvolariga hayoti dunyoda ularga ergashgan kimsalarni ko‘rsatilib) «Mana bu (odamlar sizlar bilan birga (ya’ni sizlar sababli jahannamga tashlanguvchi jamoatdir», (deyilganida, peshvolar aytdilar): «Xush kelmadilar! Haqiqatan ularning o‘zlari do‘zaxga kirguvchi kimsalardir».

60. Ular (ya’ni ergashuvchilar peshvolarga) dedilar: «Yo‘q, sizlar xush kelmadingiz! (Chunki) sizlar o‘sha (azobni) bizlarga keltirdingiz! Bas naqadar yomon joy (bu do‘zax)!»

61. Ular (yana) dedilar: «Parvardigoro, kim bizlarga mana shu (azob)ni keltirgan bo‘lsa, bas O’zing unga do‘zaxda azobni bir necha barobar ziyoda qilgin».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #457 : 01 Sentyabr 2006, 06:59:06 »


62. (Jahannam egalari bir-birlariga) aytdilar: «Nega bizlar (dunyodalik paytimizda) yomonlardan deb hisoblab o‘tgan kishilarni (ya’ni mo‘minlarni do‘zaxda) ko‘rmayapmiz-a?!

63. Bizlar o‘shalarni masxara qilib olgan edikmi?! Yoki (ular ham bizlar bilan mana shu jahannamda birga-yu, ammo) ko‘zlarimiz og‘ib (ularni ilg‘amay qoldimi)?!»

64. Albatta do‘zax ahlining ana shunday talashib tortishishlari haqdir – aniqdir.   

65. (Ey Muhammad, Makka mushriklariga) ayting: «Men faqat bir ogohlantirguvchidirman xolos. Hech qanday iloh yo‘q, magar yakkayu yolg‘iz g‘olib Allohgina bordir...

66. U osmonlar va yerning hamda ularning o‘rtasidagi bor narsaning qudratli va mag‘firatli Parvardigoridir».

67. Ayting: «O’sha (ya’ni men sizlarga yetkazgan mana shu so‘zlar) ulug‘ bir xabardir.

68. Sizlar esa undan yuz o‘girmoqdasizlar!

69. Men uchun (Odamning yer yuziga xalifa qilinishi to‘g‘risida Alloh taolo bilan) tortishayotgan farishtalar haqida hech qanday bilim yo‘q edi.

70. Menga faqat o‘zimning ochiq-ravshan ogohlantirguvchi ekanligim vahiy qilinmoqda xolos».

71. Eslang, Parvardigoringiz farishtalarga degan edi: «Albatta men loydan bir odam yaratguvchidirman.

72. Bas qachon uni rostlab, unga O’z ruhimdan puflab kirgizganimdan so‘ng unga sajda qilgan hollaringizda yiqilinglar!»

73. Bas farishtalarning barcha-barchalari (Odamga) sajda qildilar.

74. Magar Iblisgina kibru havo qilib, kofirlardan bo‘ldi.

75. (Shunda Alloh) dedi: «Ey Iblis, Men O’z qudrat qo‘lim bilan yaratgan narsaga — Odamga sajda qilishdan nima seni man’ qildi?! Kibru havo qildingmi, yoki sen (Odamga nisbatan) yuksak martabali zotlardan edingmi?!»

76. U aytdi: «Men undan yaxshiroqdirman. Sen meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan yaratding».

77. (Alloh) dedi: «Bas undan (ya’ni, jannatdan) chiq! Endi sen, shak-shubhasiz, (Mening dargohimdan) quvilgan – mal’unsan.

78. Va albatta to jazo (qiyomat) kunigacha senga Menin la’natim bo‘lur».

79. (Iblis iltijo qilib) dedi: «Parvardigorim, u holda menga ular tiriladigan kungacha (o‘lmasdan yashash uchun) muhlat bergin».

80-81. (Alloh) dedi: «Bas, sen ma’lum vaqtda yetib keladigan Kungacha (qiyomatgacha) muhlat berilganlardansan».

82. (Iblis) aytdi: «Endi, Sening qudratingga qasamki, albatta ularning hammasini yo‘ldan ozdirurman.

83. Magar ularning orasidagi (ayrim) pokiza bandalaringgina (haq yo‘ldan ozmay qolurlar)».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #458 : 01 Sentyabr 2006, 06:59:23 »


84-85. (Alloh) dedi: «Haqqa (qasam). Faqat Xaqni ayturmanki, albatta Men jahannamni sen va (odamlar) orasidagi barcha senga ergashgan kimsalar bilan to‘ldirurman!»

86. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «Men (Qur’onni yetkazganim uchun) sizlardan biron ajr-haq so‘ramayman va men soxtakorlardan (ya’ni yolg‘ondan payg‘ambarlikni da’vo qilguvchi kimsalardan) ham emasman.

87. (Ushbu Qur’on) faqat barcha olamlar uchun (Alloh taolo tomonidan nozil qilingan) bir eslatmadir, xolos.

88. Albatta sizlar uning (ilohiy vahiy ekanligi haqidagi) xabarni (ozgina) vaqtdan so‘ng (Qiyomat kuni) bilib olursizlar».

 

ZUMAR SURASI

Makka suralaridan bo‘lgan bu sura yetmish besh oyatdir. Sura Qur’oni Karimning Alloh taolo tomonidan nozil qilingan Kitob ekanini ta’kidlash bilan boshlanib, so‘ngra payg‘ambar alayhis-salomni va barcha insonlarni yolg‘iz Alloh uchun xolisanlilloh ibodat qilishga buyuriladi.

Bu surada yeru osmon va ularning o‘rtasidagi barcha mavjudotni yo‘qdan bor qilgan Tangri taolo har bir narsaga o‘ziga xos surat va siyrat ato etgani hamda ularning har biriga alohida vazifa yuklab qo‘ygani, demak bu olam korxonasidagi har bir narsa faqat Yaratgan buyurgan va imkon bergan ish-amalni qilib o‘tishi aniq ekanligi uqtirib o‘tiladi. So‘ngra insoniyat uchun Alloh taolodan o‘zga biron kimsa yo narsaga sig‘inish – ibodat qilish durust emasligi xususida so‘zlanib, birgina Xojaga bo‘ysunib, faqat uninggina buyruq-farmonini bajarishga va faqat unigina rozi qilishga harakat qiladigan xizmatkor bilan bir necha xo‘jayin o‘rtasida qolib, ularning qaysilarini ko‘nglini olishni bilmay, balki ularning birortalarini to‘la rozi qilish imkonini topa olmay arosatda qolgan xizmatkor barobar emasligi haqida ibratli misol keltiriladi.

Sura nihoyasida mahshar Kunidagi hisob-kitob tasvirlanib, u Kunda hech kimga zulm qilinmasligi, bil’aks iymon va yaxshi amallar qilish bilan yashab o‘tgan mo‘minlar to‘p-to‘p bo‘lgan holda jannatga, kufru isyon bilan o‘tgan kofirlar esa to‘da-to‘da qilinib, jahannamga haydalishi haqida xabar beriladi. Suraning «Zumar — Guruhlar» deb nomlanishining boisi ham shudir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ushbu Qur’on) qudratli va hikmatli Alloh tomonidan nozil qilingan Kitobdir.

2. (Ey Muhammad), albatta Biz sizga bu Kitobni haqqirost nozil qildik, bas siz Allohga — U zot uchun diningizni xolis kilgan holda ibodat qiling!

3. (Ey insonlar), ogoh bo‘lingizkim, xolis din yolg‘iz Allohnikidir (ya’ni yolg‘iz Allohgina chin ixlos bilan ibodat qilinishga loyiq zotdir). U zotdan o‘zga «do‘stlar»ni («xudo») qilib olgan kimsalar: «Biz (o‘sha «xudo»larimizga) faqat ular bizni Allohga yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (derlar). Shak-shubha yo‘qki, Alloh (qiyomat kunida) ular ixtilof qilayotgan narsalar xususida ularning o‘rtasida hukm qilur. Shak-shubha yo‘qki, Alloh yolg‘onchi va ko‘rnamak kimsalarni hidoyat qilmas.

4. Agar Alloh bola-chaqa tutishni istasa, so‘zsiz O’zi yaratgan narsalaridan xoxlaganini tanlab olgan bo‘lur edi. U zot (bunday aybdan) pokdir. U yakkayu yagona va g‘olib Allohdir.

5. U osmonlar va yerni haq (qonun) bilan yaratgandir. U kechani kunduzning ustiga o‘rar, kunduzni kechaning ustiga o‘rar. U quyoshni ham, oyni ham (O’z amriga) bo‘ysundirib qo‘ygandir. (Ularning) har biri ma’lum muddatgacha joriy bo‘lur. Ogoh bo‘lingizkim, U qudratli va benihoya mag‘firatli zotdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #459 : 01 Sentyabr 2006, 06:59:41 »


6. U sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi, so‘ngra undan juftini (ya’ni Havvoni paydo) qildi va sizlar uchun chorva hayvonlaridan sakkizta juftni tushirdi (ya’ni dunyoga keltirdi). U sizlarni onalaringizning qornida uch (qavat) zulmat ichida asta-sekin yaratur. Mana shu Alloh Parvardigorlaringizdir. Barcha podshohlik yolg‘iz Unikidir. Hech qanday iloh yo‘q, magar Uning O’zigina bordir. Bas (ana o‘sha zotga ibodat qilmay) qayoqqa burilib ketmoqdasizlar-a?!

I z o h. Ushbu oyati karimadagi sakkizta juft chorva hayvonidan murod tuya, mol, qo‘y va echkining erkak va urg‘ochi jinslaridir. Chunki ulardan har bir jins vakili o‘z muqobilidagi jins vakiliga nisbatan juft hisoblanadi. Binobarin mazkur to‘rt tur hayvon erkak va urg‘ochi bo‘lib sakkizta juftdir. Endi ona qornidagi uch qavat zulmat — ona qorni, bachadon va bolaning yo‘ldoshidir, bolaning asta-sekin yaratilishi esa uning ona qornida avval nutfa, so‘ngra bir parcha laxta qon, so‘ngra bir parcha go‘shtga aylanib borishidir.

7. Agar sizlar kofir bo‘lsangizlar, bas albatta Alloh sizlardan behojatdir. (Ammo) U O’z bandalarining kofir bo‘lishiga rozi bo‘lmas. Agar shukr qilsangizlar (va iymon keltirsangizlar), U zot sizlar uchun (faqat shukr qilib, iymon keltirishlaringizgagina) rozi bo‘lur. Hech bir ko‘targuvchi (ya’ni, gunohkor) o‘zga jonning yukini (ya’ni, gunohini) ko‘tarmas. So‘ngra yolg‘iz Parvardigorlaringizga qaytishlaringiz bordir. Bas, U zot sizlarga qilib o‘tgan amallaringizning xabarini berur. Albatta U dillardagi sirlarni bilguvchidir.

8. Qachon insonni biron ziyon ushlasa, u Parvardigoriga tavba-tazarru’ qilgan holida duo-iltijo qilur. So‘ngra qachon (Alloh) O’z tomonidan unga biron ne’mat ato etsa, (inson) ilgari (Allohga) qilgan duo-iltijolarini unutib qo‘yur va (o‘zgalarni ham) Allohning yo‘lidan ozdirish uchun U zotga «teng»larni (o‘ylab) topur. (Ey Muhammad), ayting: «Sen o‘z kufring bilan (bu o‘tkinchi dunyoda) ozgina foydalanib qol! Shak-shubhasiz sen do‘zax egalaridandirsan».

9. Yoki kechalari sajda qilgan va qiyomat-tik turgan xolda toat-ibodat qilguvchi, oxiratdan qo‘rqadigan va Parvardigorining rahmat-marhamatidan umid qiladigan kishi (bilan kufru isyonga g‘arq bo‘lgan kimsa barobar bo‘lurmi)?!» Ayting: «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmi?!» Darhaqiqat faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar.

10. (Ey Muhammad), Mening iymon keltirgan bandalarimga ayting: «Parvardigoringizdan qo‘rqingiz! Bu dunyoda chiroyli amal qilgan zotlar uchun (oxiratda) chiroyli (oqibat-jannat) bordir. Allohning yeri kengdir. Hech shak-shubha yo‘qki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz to‘la-to‘kis qilib berilur.


I z o h. Ushbu oyatda so‘z hijrat haqidadir. Parvardigordan qo‘rqib, taqvodorlik bilan yaxish amal qilgan zotlarning amallari zoe bo‘lmasligi uqtirilib, endi agar kishi o‘z vatanida zolim hokim, yoki nosoz tuzum sababli Alloh taologa ibodat qilishdan mahrum etilsa, u holda o‘zga yurtlarga – Alloh taologa bexalal toat-ibodat qilish mumkin bo‘lgan joylarga hijrat qilishi vojib bo‘lishi, zotan Allohning yeri keng ekanligi uqtiriladi va dinu-iymon yo‘lida o‘z diyorlaridan hijrat qilgach, Vatan hijroni va musofirlik mehnat-mashaqqatlariga sabr-toqat qilgan kishilar uchun behisob ajr-mukofotlar bo‘lishi haqida xabar beriladi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #460 : 01 Sentyabr 2006, 06:59:58 »


11. Ayting: «Darhaqiqat men Allohga U zot uchun dinimni xolis qilgan holda ibodat qilishga buyurilganman.

12. Va men musulmonlarning – bo‘yinsunguvchilarning avvali – peshqadami bo‘lishga buyurilganman».

13. Ayting: «Albatta men agar Parvardigorimga osiy bo‘lsam, ulug‘ Kunning azobidan qo‘rqurman».

14. Ayting: «Men yolg‘iz Allohga U zot uchun dinimni xolis qilgan holda ibodat qilurman».

15. Endi sizlar esa (ey mushriklar), U zotni qo‘yib, o‘zlaringiz xoxlagan butlaringizga ibodat qilaveringlar, (yaqinda bu shirklaringizning oqibati qanday bo‘lishini juda yaxshi bilib olursizlar!»). («Ey Muhammad, agar ota-bobolaringning dinidan chiqsang, ziyonkor bo‘lursan», deydigan mushriklarga) ayting: «Albatta ziyonkorlar qiyomat kuni o‘zlariga ham, ahli oilalariga ham ziyon qilguvchi (ya’ni, o‘zi ham mushrik bo‘lib, axli-oilasini ham To‘g‘ri yo‘ldan ozdirgani sababli qiyomat kunida o‘zi va axli oilasi do‘zax azobiga giriftor bo‘lguvchi) kimsalardir. Ogoh bo‘lingizkim, ana shugina ochiq ziyonkorlikdir».

16. Ular uchun ustlaridan ham olovdan bo‘lgan “soyabonlar”, ostlaridan xam (olovdan bo‘lgan) «soyabonlar» bo‘lur. Bu (bo‘lajak azob-uqubat) bilan Alloh O’z bandalarini qo‘rqitur. Ey bandalarim, Mendan qo‘rqingiz!

17-18. Shaytondan — unga ibodat qilishdan yiroq bo‘lgan va Allohga (ya’ni, yolg‘iz Allohga ibodat qilishga) qaytgan zotlar uchun (jannat) xushxabari bo‘lsin! Bas (ey Muhammad), Mening bandalarimga — so‘zga quloq tutib, uning eng go‘zaliga (ya’ni najotga eltguvchi rost So‘zga) ergashadigan zotlarga xushxabar bering! Ana o‘shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Va ana o‘shalargina aql egalaridir.

19. Axir bir kimsaga azob So‘zi (ya’ni azobga duchor bo‘lish) haq bo‘lsa (siz uni hidoyat qilishga qodir bo‘lurmisiz)?! Axir siz do‘zaxdagi kimsani qutqara olurmisiz?!

20. Lekin Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar uchun (jannatda) ustma-ust qurilgan xonalar bo‘lib, ularning ostidan daryolar oqib turar. (Bu) Allohning va’dasidir! Alloh va’dasiga xilof qilmas.

21. Alloh osmondan suv (yomg‘ir-qor) yog‘dirib, uni yerdagi buloqlar-chashmalar qilib oqizib qo‘yganini ko‘rmadingizmi? So‘ngra u (suv)ning yordamida rango-rang ekin-tikin chiqarur, so‘ngra u qurir, bas siz uni sarg‘aygan holda ko‘rursiz, so‘ngra (Alloh) uni xas-xashakka aylantirur. Albatta bunda aql egalari uchun eslatma-ibrat bordir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #461 : 01 Sentyabr 2006, 07:00:16 »


22. Axir Alloh ko‘ksini Islom uchun keng qilib qo‘ygan, bas o‘zi Parvardigori tomonidan bir nur — hidoyat ustida bo‘lgan kishi (kufr zulmatlarida adashib-uloqib yurgan kimsa bilan barobar bo‘lurmi)?! Bas dillari Allohni eslashdan qotib qolgan (ya’ni Allohni eslashni tark qilgan) kimsalarga halokat bo‘lgay! Ular ochiq zalolatdadirlar!

23. Alloh eng go‘zal So‘zni (oyatlari fasohat va balog‘atda) bir-biriga o‘xshagan, (ichidagi hukmlari) takror-takror kelguvchi bir Kitob-Qur’on qilib nozil qildiki, (undagi Allohning azobi haqidagi oyatlarni tilovat qilganlarida) Parvardigorlaridan qo‘rqadigan zotlarning terilari titrab ketar, so‘ngra terilari – badanlari ham, dillari ham Allohning zikriga yumshar – moyil bo‘lur. Mana shu (Kitob) Allohning hidoyatidirki, unga O’zi xoxlagan kishilarni hidoyat qilur. Va kimni Alloh yo‘ldan ozdirsa, bas, uning uchun biron hidoyat qilguvchi bo‘lmas.

24. Axir qiyomat Kunida yomon azobdan o‘z yuzi bilan saqlanadigan kimsa (u Kundagi har qanday azobdan tinch-xotirjam kishi bilan barobar bo‘lurmi)?! (U kunda) zolim-kofirlarga «O’zlaringiz kasb qilib o‘tgan narsani (ya’ni dinsizlik mevasini) totib ko‘ringlar!» deyildi.


I z o h. «Qiyomat kunidagi yomon azobdan o‘z yuzi bilan saqlanadigan kimsa» deyilganida qo‘llari kishanband bo‘lgani sababli qo‘llar bilan yuzlarini do‘zax o‘tidan to‘sishga qodir bo‘lmaydigan va oqibat-natijada u olovda avval yuzlari kuyadiga kimsalar tushuniladi.

25. Ulardan avvalgilar ham (o‘z payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilganlarida, ularga azob o‘zlari sezmaydigan tomondan kelgan edi.

26. Bas Alloh ularga mana shu hayoti dunyoda rasvolikni tortdirdi. Shak-shubhasiz, oxirat azobi yanada kattaroqdir. Agar ular (Allohning azobini) bilsalar edi (o‘z Payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilmagan bo‘lur edilar).

27. Aniqki, Biz ushbu Qur’onda odamlar uchun turli misollar keltirdik. Shoyad eslatma-ibrat olsalar.

28. (Biz uni) biron egrilik egasi bo‘lmagan arabiy Qur’on holida (nozil qildik). Shoyad (Allohdan) qo‘rqsalar.

29. Alloh (shunday) bir misol keltirdi: bir kishi – qul borki, uning ustida talashguvchi sheriklar (ya’ni xojalar) bor. Yana bir kishi – qul borki, u bus-butun holida bir kishi – xojanikidir. Ikkisining misoli barobar bo‘lurmi?! (Yo‘q, barobar bo‘lmas. Xuddi shuningdek, bir necha «xudo»larga sig‘inadigan mushrik bilan yolg‘iz Allohgagina bandalik qiladigan mo‘min ham barobar bo‘lmas). Hamdu-sano (yolg‘iz) Alloh uchundir. Yo‘q, ularning ko‘plari bilmaslar, (bas, ana shu sababdan turli «xudo»larga sig‘inurlar).

30. (Ey Muhammad), hech shak-shubhasiz, siz ham o‘lguvchidirsiz, ular xam o‘lguvchidirlar.

31. So‘ngra albatta, sizlar qiyomat Kunida Parvardigorlaringiz huzurida (bir-birlaringiz bilan) talashib-tortishursizlar (va siz o‘z zimmangizdagi payg‘ambarlikni to‘la-to‘kis yetkazganingizga hujjat keltirursiz, ular esa sizni yolg‘onchi qilib, kufru zalolatda o‘tganlariga turli bahonalarni ro‘kach qilurlar, ammo Allohning adolatli hukmidan qochib qutula olmaslar)!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #462 : 01 Sentyabr 2006, 07:02:22 »
YIGIRMA TO’RTINCHI JUZ’
*************************



32. Axir Alloh sha’niga (Uning sherigi va bola-chaqasi bor», deb yolg‘on so‘zlagan va Rost-Qur’onni o‘ziga kelib-etgan paytidayoq (o‘ylamay-netmay) yolg‘on degan kimsadan ham zolimroq biron kimsa bormi?! Yo jahannamda kofirlar uchun joy yo‘qmi?!

33. Rost Qur’onni keltirgan zot (ya’ni, Muhammad alayhis-salom) va uni tasdiq etgan (mo‘minlar) – ana o‘shalar taqvodor zotlardir.

34. Ular uchun Parvardigorlari huzurida (ya’ni jannatda) o‘zlari xohlagan narsalari bordir. Bu chiroyli amal qilguvchi kishilarning mukofotidir.

35. Zero Alloh ularning qilgan yomon amallarini o‘chirib, qilib o‘tgan eng chiroyli amallarining ajri bilan mukofotlar.

36. Alloh O’z bandasiga (ya’ni Muhammad alayhis-salomga, u kishini barcha balo-qazodan asrash uchun) yetarli emasmi?! (Ey Muhammad), ular sizni (Allohdan) o‘zga butlari bilan qo‘rqiturlar.


I z o h. Quraysh kofirlari payg‘ambar alayxis-salomni «Sen bizning xudolarimizni ayblayotganing sababli ular seni halok qilmasalar edi», deb qo‘rqitmoqchi bo‘lganlarida ushbu oyat nozil bo‘lib, Alloh O’z bandasini har qanday yomonlikdan asrashga qodir ekanini uqtiradi va jonsiz but-sanamlarga sig‘inadiganlarni yo‘ldan ozgan kimsalar deb ataydi.

Kimni Alloh yo‘ldan ozdirsa, bas, uning uchun biron hidoyat qilguvchi bo‘lmas.

37. Kimni Alloh hidoyat qilsa, bas uning uchun biron yo‘ldan ozdirguvchi bo‘lmas. Alloh qudratli va (O’z dushmanlaridan) intiqom olguvchi emasmi?!

38. Qasamki, agar siz ulardan «Osmonlar va yerni kim yaratgan», deb so‘rasangiz, ular albatta «Alloh» derlar. Ayting: «Endi xabar beringlar-chi, sizlar Allohni qo‘yib duo-iltijo qilayotgan butlaringiz – agar Alloh menga biron ziyon yetkazishni istasa, o‘sha (butlar) U zotning ziyonini arita olguvchimilar? Yoki (Alloh) menga biron marhamat qilishni iroda qilsa, o‘sha (butlar) U zotning marhamatini ushlab qolguvchimilar?!» Ayting: «Menga Allohning O’zi yetarlidir. Tavakkul qilguvchi – suyanguvchi zotlar yolg‘iz Unga tavakkul qilurlar».

39-40. Ayting: «Ey qavmim, joyingizdan jilmay (ya’ni kufringizdan qaytmay) amalingizni qilavering. Men ham (Parvardigorim buyurgan) amalni qilguvchiman. Bas yaqinda kimga rasvo qiladigan azob kelishini va mangu azob tushishini bilajaksizlar!»
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #463 : 01 Sentyabr 2006, 07:02:40 »


41. Albatta, Biz sizga bu Kitobni barcha odamlar (bilib, amal qilishlari) uchun haqqi-rost nozil qildik. Bas kim hidoyat yo‘liga yursa, o‘z foydasiga yurgan bo‘lur. Kim (bu hidoyat yo‘lidan) ozsa, faqat o‘zining ziyoniga adashgan bo‘lur. Siz ularning ustida vakil – qo‘riqchi emassiz.

42. Jonlarni o‘lim vaqtlarida, (hali-hanuz) o‘lmaganlarini esa uxlayotgan paytlarida Alloh olur. Bas O’zi o‘limga hukm qilgan jonlarni (badanlarga qaytarmasdan) ushlab qolur, boshqalarini esa belgilangan bir muddatgacha (ya’ni ajallari yetgunicha) qo‘yib yuborur. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.

43. (Yo‘q, mushriklar tafakkur qilmadilar), balki ular Allohdan o‘zga «oqlovchilar»ni (ya’ni o‘zlarining gumonlaricha ularni Alloh huzurida shafoat qiladigan «oqlovchilar»ni — butlarni) ushladilar. (Ey Muhammad), ayting: «(O’sha jonsiz butlar sizlarni oqlaydimi?!) Agar ular biron narsaga ega bo‘la olmaydigan va (biron narsani) anglamaydigan bo‘lsalar ham-a!».

44. Ayting: «Barcha shafoat-oqlov yolg‘iz Allohnikidir. Osmonlar va yerning podshohligi ham Unikidir. So‘ngra (barchalaringiz) yolg‘iz Ungagina qaytarilursizlar».

45. Qachon yolg‘iz Alloh zikr qilinsa, oxiratga iymon keltirmaydigan kimsalarning dillari siqilib ketar. Qachon U zotdan o‘zga butlar zikr qilinganida esa banogoh ular shodlanib keturlar.

46. Ayting: «Allohim,—(ey) osmonlar va yerni ilk yaratguvchi zot (ey) g‘aybu shahodatni (ya’ni yashirin va oshkor narsalarni) bilguvchi zot, yolg‘iz O’zinggina bandalaring o‘rtasida ular ixtilof qilib o‘tgan narsalar haqida hukm qilursan».

47. Agar zolim-kofir kimsalar uchun yerdagi bor narsa va u bilan birga yana o‘shaning mislicha narsa bo‘lsa, albatta ular qiyomat Kunidagi azobning yomonligidan, o‘sha (qo‘llaridagi bor narsalarini) to‘lov qilib berib yuborgan bo‘lur edilar. (Chunki u Kunda) ularga Alloh tomonidan ular o‘ylab ham ko‘rmagan narsalar — azoblar ko‘rindi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #464 : 01 Sentyabr 2006, 07:02:57 »


48. Ularga o‘zlari kasb qilgan yomonliklari oshkor bo‘ldi va ularni o‘zlari (dunyodalik chog‘larida) masxara qilib o‘tgan azob o‘rab oldi.

49. Bas qachon insonni biron ziyon ushlasa, U bizga duo-iltijo qilur. So‘ngra qachon Biz O’z tomonimizdan unga biron ne’mat ato etsak, u «Hech shak-shubhasiz bu (ne’mat) menga o‘zimning bilimdonligim sababli berildi», der. (Yo‘q, u ne’mat o‘sha insonning sa’y-harakati va donoligi uchun berilgan emas), balki u (o‘sha bandaning shukr yo ko‘rnamaklik qilishini bilish uchun) bir sinov – imtihondir. Lekin ularning ko‘plari bilmaslar.

50. U (so‘z)ni ulardan avvalgilar ham aytgan edilar. Bas, ularga o‘zlari kasb qilib topgan narsalari asqotgani yo‘q.

51. Bas, ularga qilgan yomonliklari yetdi. Ana ulardan (Makka mushriklaridan) bo‘lgan zolim kimsalarga ham yaqinda qilgan yomonliklari yetar. Ular ham qochib qutulguvchi emasdirlar.

52. Axir ular Alloh O’zi xoxlagan kishining rizqini keng qilishini va (O’zi xohlagan kishining rizqini) tang qilishini bilmadilarmi?! Albatta bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.

53. (Ey Muhammad), Mening o‘z jonlariga jinoyat qilgan (turli gunoh-ma’siyatlar qilish bilan) bandalarimga ayting: «Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta Alloh (O’zi xohlagan bandalarining) barcha gunoxlarini mag‘firat qilur. Albatta Uning O’zigina mag‘firatli, mehribondir.

54. Sizlarga azob kelib, so‘ngra yordam berilmay qolishidan ilgari (ya’ni Allohning biron balo-qazosiga duchor bo‘lmay turib), Parvardigorlaringizga qaytinglar – Unga bo‘yinsuninglar!

55. Sizlarga, o‘zlaringiz sezmagan holingizda to‘satdan azob kelib qolishidan ilgari Parvardigorlaringiz tomonidan sizlarga nozil qilingan eng go‘zal narsa — Qur’onga ergashinglar!

56-57. Biron jon: «Alloh haqqida (ya’ni U zotga toat-ibodat qilishda) sustkashlik qilganimga nadomat bo‘lgay! Rostdan ham men (Uning dinini va Qur’onini masxara qilguvchilardan bo‘lgan edim», deb qolmasligi uchun; «Agar Alloh meni hidoyat qilganida, albatta taqvodorlardan bo‘lur edim», deb qolmasligi uchun;
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

 

Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 621
Ko'rilgan: 427789
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:43
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 26310
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 26890
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 16317
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4159
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin