Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi  ( 515403 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 5 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #495 : 01 Sentyabr 2006, 07:23:09 »


74. Albatta jinoyatchi kimsalar (ya’ni kofirlar) jahannam azobida mangu qolguvchidirlar.

75. Ulardan (azob biron lahza ham) yengillatilmas va ular (o‘sha azobda qolib) butunlay nomurod bo‘lguvchidirlar!

76. Ularga Biz zulm qilmadik, lekin ular (o‘zlariga) zulm qilguvchi bo‘ldilar.

77. Ular (do‘zax xodimi bo‘lgan farishtaga) «Ey Molik, Parvardigoring bizlarga hukmini qilsin (ya’ni tezroq jonimizni olsin, bizlar bu azobdan qutulaylik», deb) nido qilganlarida, u «Albatta sizlar (mana shu azobda mangu) turguvchidirsizlar», dedi.

78. Aniqki Biz sizlarga Haq-Qur’onni keltirganmiz, lekin sizlarning ko‘plaringiz Haqni yomon ko‘rguvchidirsizlar.

79. Balki ular (ya’ni Makka mushriklari payg‘ambar alayhis-salomga suiqasd qilish uchun) biron ishga qaror qilgandirlar?! Bas, albatta Biz ham (O’z payg‘ambarimizga ularning makrlaridan najot berib, u suiqasd qilguvchilarning o‘zlarini halok etishga) qaror qilguvchidirmiz.

80. Balki ularning gumonlaricha, Biz ularning sirlarini (bilmasmiz) va shivir-shivirlarini eshitmasmiz?! Undoq emas! Bizning elchilarimiz (farishtalar) ularning oldilarida (har bir qilgan ishlarini) yozib tururlar!

81. (Ey Muhammad, «Allohning bolasi bor», deydigan mushriklarga) ayting: «Agar Rahmonning bolasi bo‘lganida men (u bolaga) ibodat qilguvchilarning birinchisi bo‘lur edim, (lekin U zotning bolasi ham, oilasi ham yo‘qdir)!»

81. Osmonlar va yerning Parvardigori, Arsh Egasi (bo‘lgan Alloh) ular sifatlayotgan va’da qilingan Kunga ro‘baro‘ bo‘lgunlaricha (nohaq yo‘llariga) sho‘ng‘ishib, (o‘z dunyolarida) o‘ynab-kulib yuraversinlar!

84. U (Alloh) osmonda ham iloh, yerda ham iloh bo‘lgan zotdir. U hikmat egasi va bilguvchidir.

85. Osmonlar va yer hamda ularning o‘rtasidagi bor narsalar podshohligi O’ziniki bo‘lgan zot barakotli — buyukdir. (Qiyomat) soati haqidagi bilim ham yolg‘iz Uning huzuridadir. Yolg‘iz Ungagina qaytarilursizlar.

86. (Mushriklar Allohni) qo‘yib duo iltijo qilayotgan butlari (Qiyomat kunida biron kishini) shafoat qilishga ega bo‘la olmas, magar o‘zlari bilgan hollarida Haq guvohlik bergan (ya’ni, «Hech qanday iloh yo‘q, magar yolg‘iz Allohgina bor ekanligiga guvoxlik beraman» degan) kishilargina (Allohning izni irodasi bilan shafoat qilishga qodir bo‘lurlar).

87. (Ey Muhammad), qasamki, agar siz ulardan o‘zlarini kim yaratgani haqida so‘rasangiz, albatta ular: «Alloh», derlar. Bas, (Usha yaratguvchiga ibodat qilish o‘rniga) qayoqqa burilib ketmoqdalar?!

88. (Alloh taolo Muhammad alayhis-salomning): «Parvardigorim, darhaqiqat ana ular iymon keltirmaydigan qavmdir», degan (so‘zlarini ham bilur).

89. Bas, (ey Muhammad), siz ulardan yuz o‘giring va «Tinchlik-omonlik bo‘lsin», deng! Bas, ular yaqinda (kufru isyonlarining oqibati qanday bo‘lishini) bilib olajaklar!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #496 : 01 Sentyabr 2006, 07:23:26 »


DUXON SURASI

Bu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, ellik oyatdir.

Sura Qur’oni Karimning muborak Qadr kechasida nozil bo‘lgani haqida xabar berish bilan boshlanadi,

So‘ngra bu aziz Kitobdan shak-shubhada bo‘lgan mushriklar osmondan «tutun»— g‘ubor yog‘iladigan kun bilan ogohlantiriladilarki, suraning «Duxon-Tutun» deb nomlanishi shundandir.

Bu surada Tangri taoloning payg‘ambarlaridan Muso alayhis-salomning Fir’avn qavmiga yuborilishlari va u zotga iymon keltirgan kishilarga qanday najot berilib, inkor etganlar qanday halokatga yo‘liqqanlari batafsil bayon qilinadi.

Sura kofirlar tushadigan do‘zax dahshatlari va mo‘minlar uchun tayyorlab qo‘yilgan jannat manzaralarini tasvirlash bilan nihoyasiga yetadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ho, Mim.

2-3. Ochiq-ravshan Kitobga — Qur’onga qasamki, albatta Biz uni bir muborak-barakotli kechada nozil qildik. Darhaqiqat Biz (insonlarni ushbu Qur’on bilan oxirat azobidan) ogohlantirguvchi bo‘ldik.


I z o h . Ko‘pchilik ulamolarning aytishlaricha bu kecha Ramazon oyidagi Qadr kechasi bo‘lib, Qur’oni Karim o‘sha kechada nozil bo‘la boshlagandir. Uning «muborak-barakotli kecha deyilishiga sabab esa, jaholat zulmatlarida qolib, o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘ygan insoniyat olami o‘sha kechada osmon bilan bog‘lanib, undan o‘zi uchun to qiyomat dasturul-amal bo‘ladigan ilohiy yul-yo‘riqlar ola boshlaganidir. Bu kechaning yana boshqa xislatlari ham borki, u haqda quyidagi oyatlarda bayon qilinadi.

4. U (kecha)da barcha puxta-aniq ish(lar) ayrilur (belgilanur).

I z o h . Ibn Abbos (Alloh undan rozi bo‘lsin) aytadilarki, Alloh taolo bu kechada to kelgusi sananing shu kechasigacha bo‘ladigan, bandalarga taalluqli barcha ishlar haqida hukm qilur.

5. (Bu kechada taqdir qilinadigan barcha ishlar) Bizning huzurimizdan bo‘lgan Ishdir. Darhaqiqat Biz (bashariyatga payg‘ambarlar) yuborguvchi bo‘ldikki,

6. (Bu) Parvardigoringiz tomonidan bo‘lgan rahmat-mehribonlikdir. Albatta Uning O’zigina (barcha narsani) eshitguvchi, bilguvchidir.

7. Agar haqiqiy ishonguvchi bo‘lsangizlar, (o‘sha sizlarning Parvardigoringiz) osmonlar va yerning hamda ularning o‘rtasidagi bor narsalarning ham Parvardigoridir.

8. Hech qanday iloh yo‘q, magar Uning O’zi bordir. Hayot va o‘lim beradigan ham Uning O’zidir. Sizlarning Parvardigoringiz ham, avvalgi ota-bobolaringizning Parvardigori ham (Uning O’zidir).

9. Yo‘q, ular (ya’ni mushriklar qayta tirilish xususida) shak-shubhada bo‘lib, (Allohning payg‘ambarlarining ustidan masxara qilib) o‘ynarlar.

10. Bas, (ey Muhammad), siz osmon ochiq (ya’ni barchaga ko‘rinadigan) tutunni keltiradigan Kunga ko‘z tuting!

11. U (tutun barcha) odamlarni o‘rab olur. Bu alamli azobdir.


I z o h . Imom Buxoriy rivoyat qilishlaricha, qurayshliklar o‘z kufru isyonlaridan qaytishmagan, u zot Alloh taolodan Yusuf payg‘ambar zamonlarida bo‘lib o‘tgan qahatchilik kabi balo yuborishni so‘ragan ekanlar. Shunda bir necha yil davomida shunday qurg‘oqchilik va qahatchilik bo‘libdiki, odamlar qo‘llariga tushgan narsani yeya boshlabdilar va qurib-qaqshab ketgan yerdan ko‘tarilgan chang-to‘zon ularning ko‘zlariga tutundek ko‘rina boshlabdi. Ana endi ular Alloh taologa yolvorib duo-iltijo qilishga tutinadilar.

12. «Parvardigor, O’zing bizlardan bu azobni aritgin. Albatta bizlar iymon keltirguvchidirmiz».

13-14. (Lekin) ular uchun qayoqdan ham (boshlariga tushgan bu balo-ofatlardan) eslatma-ibrat olish bo‘lsin?! Holbuki ularga ochiq payg‘ambar (ya’ni Muhammad alayhis-salom) keldi, so‘ngra undan yuz o‘girdilar va: «(Unga Qur’on birovlar tomonidan) o‘rgatib qo‘yilgan, (u) majnun», dedilar-ku?! (Bas, ochiq-ravshan mo‘jiza — Qur’onni keltirgan payg‘ambarga iymon keltirmay, undan yuz o‘girgan kimsalar boshqa biron narsadan pand-nasihat olarmidilar?!)

15. Albatta Biz bu azobni (sizlardan) bir oz (vaqtgacha) aritguvchidirmiz, sizlar ham shak-shubhasiz (o‘z kufru isyonlaringizga) qaytuvchidirsizlar.

16. Biz dahshatli ushlash bilan ushlaydigan kunda (ya’ni Badr jangida yoki Qiyomat kunida Biz ulardan intiqom olurmiz). Zero Biz intiqom olguvchidirmiz.

17. Aniqki, Biz Ulardan ilgari Fir’avn qavmini ham imtihon qilganmiz va Ularga bir ulug‘ payg‘ambar (ya’ni Muso alayhis-salom) kelgandir.

18. (U ularga dedi): «Sizlar menga Allohning bandalarini (ya’ni Bani Isroil qavmini) topshiringlar! Albatta men sizlar uchun ishonchli payg‘ambardirman».


I z o h. Ma’lumki, Fir’avn va uning qavmi bo‘lgan Qibtiylar Bani Isroil qavmini mustamlaka qilib, ularga ko‘p zulmu zo‘ravonliklar qilar edilar. Muso payg‘ambar Alloh taoloning amri bilan Fir’avn oldiga borib, undan Bani Isroil qavmini ozod qilib yuborishni talab qiladi. Mazkur va quyidagi oyatlarda shu haqda xabar beriladi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #497 : 01 Sentyabr 2006, 07:23:50 »


19. «Va Allohga kibru havo qilmanglar! Albatta men sizlarga (o‘zimning haq payg‘amar ekanligimga) ochiq-ravshan hujjat (mo‘jizalar) keltirurman».

20. (Shunda Fir’avn va uning qavmi Musoni o‘ldirish bilan tahdid solganlarida u dedi): «Albatta men Parvardigorim va Parvardigoringizdan sizlar meni toshbo‘ron qilishlaringizdan panoh so‘raganman, (demak sizlarning tahdidlaringizdan qo‘rqmayman).

21. Agar menga iymon keltirmasangizlar u holda meni xoli qo‘yinglar!»

22. Bas, u Parvardigoriga «Darhaqiqat ular jinoyatchi qavmdir (ya’ni O’zing ularning jazolarini bergin»,) deb duo qildi.

23. Bas, (Alloh Musoga vahiy yubordiki,) «Bandalarim (ya’ni Bani Isroil qavmi) bilan birga tunda yo‘lga chiqqin! Albatta, sizlarning izingizga tushilur (ya’ni Fir’avn va uning qo‘shini ortingizdan quvib yetur).

24. Va dengizni sokin (ya’ni sizlar o‘tayotganda ikkiga bo‘lingan edi, ana o‘sha holida) qo‘yavergin (va Fir’avn o‘z qo‘shini bilan undan o‘tib olishidan qo‘rqma). Shak-shubhasiz ular g‘arq qilinguvchi qo‘shindir».

25-26. Ular qanchadan-qancha bog‘larni, chashmalarni, ekinzorlarni va ulug‘-go‘zal joylarni qoldirib (o‘zlari g‘arq bo‘lib) ketdilar!

27. Va (qanchadan-qancha) o‘zlari vaqtichog‘lik qilgan ne’matlarni (qoldirib ketdilar)!

28. Mana shunday! Biz u (ne’matlarni boshqa) bir qavmga meros qilib berdik!

29. Bas, ularga osmon ham, yer ham (aza tutib) yig‘lagani yo‘q va ularga (tavba-tazarru’ uchun) muxlat ham berilmadi!

30-31. Darhaqiqat Biz Bani Isroilga xor qilguvchi azobdan — Fir’avndan najot berdik. U haqiqatan mutakabbir, haddan oshuvchilardan edi.

32. Darhaqiqat Biz ularni (Bani Isroil qavmini) bilgan holimizda (o‘z zamonlaridagi barcha) olamlar — odamlardan tanlab oldik – afzal qildik.

33. Va ularga oyat-mo‘jizalardan (dengizning qoq o‘rtasidan bo‘linishi, osmondan rizqu ro‘z yog‘ilishi kabi) narsalarni ato etdikki, ularda (tafakkur qilguvchi uchun) ochiq imtihon-sinov bordir.

34-35-36. Albatta ana ular (ya’ni Quraysh kofirlari: «O’lim) faqat birinchi o‘limimizdir va bizlar qayta tirilguvchi emasmiz. Bas, agar («oxirat hayoti ham bor», degan so‘zlaringizda) rostgo‘y bo‘lsangizlar (o‘lib ketgan) ota-bobolarimizni (qayta tiriltirib) keltiringlar-chi?» derlar.

37. Ular (kuch-quvvatda) yaxshiroqmi yoki Tubba’ qavmi va ulardan avvalgi kimsalarmi?! Biz ularni halok qildik. Chunki ular jinoyatchi – osiy edilar.


I z o h . Tubba’ — qadim zamonda Madina atrofida yashab o‘tgan bir solih podshoh bo‘lib, uning qavmi juda baquvvat kishilar edi. Ular kuch-quvvatlariga ishonib Tubba’ga itoat etmaganlaridan keyin Alloh taolo ularni halok qilgan edi. Ushbu oyat «Bizlarni yoshimizni yashab bo‘lgunimizcha hech kim halok qila olmaydi va o‘lganimizdan keyin hech kim tiriltira olmaydi», deydigan Quraysh kofirlari haqidadir.

38. Biz osmonlar va yerni hamda ularning orasidagi narsalarni o‘ynab-behuda yaratganimiz yo‘q.

39. Biz ularni faqat Haq (qonun, intizom) bilan yaratganmiz. Lekin ularning ko‘plari bilmaslar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #498 : 01 Sentyabr 2006, 07:24:41 »


40. (Haq bilan botilning) ajralish Kuni (ya’ni Qiyomat kuni) barchalarining (insonlarning) hisob-kitob vaqtidir.

41. U Kunda do‘st do‘stga biron narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas.

42. Magar Alloh rahmat qilgan kishilargagina (yordam berilur). Albatta Uning O’zigina qudratli va mehribondir.

43-44. Albatta (do‘zaxning o‘rtasida o‘sadigan) Zaqqum daraxti gunohkorning taomidir.

45-46. (U taom) misoli qaynoq suvning qaynashi kabi qorinlarda qaynaydigan eritilgan (dog‘langan) yog‘dir!

47-48. (Do‘zax farishtalariga): «Uni (gunohkorni) ushlab do‘zaxning o‘rtasiga sudrab olib boringlar, so‘ngra boshi ustidan qaynoq suvdan — azobdan quyinglar!» (deb amr etilur).

49-50. (Unga masxara qilish uchun: «Mana bul azobni) totib ko‘rgin! Darhaqiqat, sening o‘zinggina «qudratli va ulug‘dirsan». Darvoqe’, bu (azob) sizlar (hayoti dunyodalik paytingizda) shak-shubha qilgan narsangizdir!» (deyilur).

51-52. Albatta taqvodor zotlar (U Kunda) osoyishta joyda, bog‘lar va chashmalar ustida bo‘lurlar.

53. Ular bir-birlariga ro‘baro‘ bo‘lgan hollarida ipak-shoyidan liboslar kiyib (o‘ltirurlar).

54. Mana shunday! Yana Biz ularga ohuko‘z hurlarni jufti halol qilib qo‘ygandirmiz.

55. Ular u joyda tinch-xotirjam bo‘lgan hollarida (xizmatkorlardan) barcha meva-chevani chaqirurlar.

56. Ular (jannatda) birinchi o‘limdan (ya’ni hayoti dunyodan ko‘z yumganlaridan) boshqa o‘limni totmaslar. (Alloh) ularni do‘zax azobidan saqlagandir.

57. (Bu) Parvardigoringiz tomonidan bo‘lgan fazlu marhamatdir. Mana shu ulug‘ baxtdir.

58. Bas, (ey Muhammad), darhaqiqat, shoyad ular eslatma-ibrat olsalar, deb Biz (bu Qur’onni) sizning tilingiz bilan oson-engil qilib berdik. (Lekin ular Qur’on pand-nasihatlarini qabul qilmadilar).

59. Bas, endi siz (ularning hollari ne kechishiga) ko‘z tuting! Ular ham albatta (sizning halokatingizga) ko‘z tutguvchidirlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #499 : 01 Sentyabr 2006, 07:25:36 »


JOSIYA SURASI

O’ttiz yetti oyatdan iborat bo‘lgan bu sura ham Makka suralaridandir.

Dastlabki oyatlaridanoq osmonlar va yerdagi har bir narsa va voqea-hodisada yagona Yaratguvchining borligiga dalolat qiladigan alomatlar mavjud ekanligini uqtiradigan bu surada ham so‘z asosan iymon-e’tiqod ustida boradi.

Bu surada yana Bani Isroil qavmiga Tangri taolo tomonidan ato etilgan noz-ne’matlar va imtiyoz fazilatlarga ular noshukurlik qilganliklari haqida va umuman havoyi nafslarini «xudo» qilib olgan kimsalar va ularning topajak oqibatlari xususida xabarlar beriladi.

Sura nihoyasida Qiyomat kunida ro‘y beradigan ahvol tasvirlanadi va u Kunda har bir ummat tiz cho‘kkan holda Alloh Robbil-olamiyn tarafidan bo‘ladigan hukmga ko‘z tutib turish bayon etiladi. Suraning «Josiya – Tiz cho‘kuvchilar», deb atalishining sababi shudir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ho, Mim.

2. (Bu Qur’on) qudratli va hikmatli Alloh tomonidan nozil qilingan Kitobdir.

3. Shak-shubhasiz, osmonlar va yerda mo‘minlar uchun (Allohning qudrat va hikmatiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlar bordir.

4. Yana sizlarning (bir tomchi suv-nutfadan) yaralishingizda va (Alloh yer yuziga) tarqatib yuborgan jonivorlardan iborat narsalarda ham aniq ishonadigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.

5. Yana kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmondan yog‘dirib, uning yordamida «o‘lgan» yerni tiriltirgan rizq-yomg‘irda hamda shamollarning yo‘naltirilishida aql yurgizadigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.

6. (Ey Muhammad), bular Allohning oyatlari bo‘lib, Biz ularni sizga haqqi-rost tilovat qilib bermoqdamiz. Bas, ular (Makka kofirlari) Alloh va Uning oyatlarini qo‘yib qaysi so‘zga iymon keltirurlar?!

7. Barcha bo‘htonchi-yolg‘onchi gunohkorga halokat bo‘lg‘ayki;

8. U o‘ziga tilovat qilinayotgan Alloh oyatlarini eshitar, so‘ngra go‘yo ularni eshitmagandek, kibru havo qilgan holda (o‘z kufrida) oyoq tirab turar! Bas (ey Muhammal), siz unga alamli azob xushxabarini bering!

9. Qachon Bizning oyatlarimizdan biron narsa bilib olsa, u (oyat)larni masxara qilur! Ana o‘shalar uchun xor qilguvchi azob bordir!

10. Ularning ortida jahannam bor! Kasb qilgan-topgan (mol-dunyo, bola-chaqalari) ham, Allohni qo‘yib ushlagan «do‘stlari» ham ularga biron narsada asqotmas! Ular uchun ulug‘ – katta azob bordir!

11. Ushbu (Qur’on iymon keltirgan zotlar uchun) hidoyatdir. Parvardigorlarining oyatlariga kofir bo‘lgan kimsalar uchun esa ashaddiy azobdan alamli nasiba bordir!

12. Alloh (dengizdagi) kemalar O’zining amri bilan joriy bo‘lishi hamda sizlar (u kemalarda) Uning fazlu marhamatidan (rizqu-ro‘z) istashlaringiz uchun va shukr qilishlaringiz uchun sizlarga dengizni bo‘yinsundirib qo‘ygan zotdir.

13. U O’z tomonidan (ya’ni O’z xohish-irodasi bilan) sizlarga osmonlardagi va yerdagi barcha narsalarni bo‘yinsundirdi. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun oyat ibratlar bordir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #500 : 01 Sentyabr 2006, 07:26:03 »


14. (Ey Muhammad), iymon keltirgan zotlarga ayting, ular Alloh (va’da qilgan hisob-kitob) kunlaridan noumid bo‘lgan kimsalar yetkazayotgan ozor-aziyatlar)ni kechirib yuboraversinlar. Toki (Alloh o‘sha ozorlarga sabr-toqat qilgan) qavmni kasb qilgan narsalari (ya’ni kechirib yuborganliklari) sababli mukofotlagay!

15. Kim biron yaxshilik qilsa, bas, o‘zi uchun (ya’ni o‘z foydasiga qilgan) bo‘lur, kim yomonlik qilsa, bas, o‘z ziyoniga (qilgan) bo‘lur. So‘ngra Parvardigoringizga qaytarilursizlar.

16. Darhaqiqat Biz Bani Isroil (qavmi)ga Kitob-Tavrot, hikmat va payg‘ambarlik ato etdik va ularni halol-pok narsalardan rizqlantirdik hamda ularni (o‘z zamonlaridagi) barcha olamdan ustun qildik.

17. Yana Biz ularga (din) ishlari haqida aniq-ravshan hujjatlar ato etdik. Bas, ular ixtilof qilmadilar, magar ularga (Biz tomonimizdan din haqida) ilm-hujjat kelganidan so‘ng o‘zaro hasad-adovat qilishib (talashib-tortishdilar). Albatta Parvardigoringiz Qiyomat kunida ularning o‘rtalarida ixtilof qilib o‘tgan narsalari haqida hukm qilur.


I z o h. Mufassirlarning aytishlaricha, mazkur oyatlarda Bani Isroil qavmi va ularning o‘zlariga Alloh taolo tomonidan ato etilgan shunchalik aniq oyat-mo‘jizalar va noz-ne’matlardan keyin ham o‘zaro hasad-adovat qilishib, din haqida turli ixtiloflarga berilib ketganliklari to‘g‘risida hikoya qilinishidan maqsad Makka mushriklari tomonidan berilayotgan xilma-xil ozor-aziyatlardan iztirobga tushgan Muhammad alayhis-salomga taskin-tasalliy berish va u kishini ham xuddi Muso payg‘ambar Bani Isroilning zulmiga sabr qilganidek sabr toqat qilishga da’vat etishdir.

18. So‘ngra (Ey Muhammad), Biz sizni (din) ishidan bir shariat (aniq-ravshan yo‘l) ustida (barqaror) qildik. Bas, siz (faqat mana shu yo‘lga) ergashing va bilmaydigan kimsalarning havoyi nafslariga ergashmang!

19. Chunki, (agar siz ularning havoyi nafslari ko‘rsatgan zalolat yo‘liga yursangiz,) ular sizdan Alloh tomonidan bo‘lgan biron narsani (azobni) qaytara olmaslar. Albatta zolimlar bir-birlariga do‘stdirlar. Alloh esa taqvodor zotlarning do‘stidir.

20. Ushbu (Qur’on barcha) odamlar uchun (ravshan) ko‘rsatmalardir va aniq ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmatdir.

21. Balki yomonlik-gunohlar kasb etgan kimsalar Biz ularni ham iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlar kabi qilishimizni va hayotlari ham, mamotlari ham (ya’ni dunyolari ham, oxiratlari ham mo‘minlar bilan) barobar bo‘lishini o‘ylagandirlar?! Naqadar yomon (noto‘g‘ri) hukm qilurlar-a?!

22. Alloh osmonlar va yerni (O’zining qudrati ilohiyasiga dalolat qilishi uchun) va har bir jon mazlum bo‘lmagan hollarida o‘zlari qilgan amallari sababli jazolanishi uchun haq (qonun va nizom) bilan yaratdi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #501 : 01 Sentyabr 2006, 07:26:21 »


23. (Ey Muhammad), havoyi nafsini o‘ziga «iloh» qilib olgan va Alloh uni bilgan holida yo‘ldan ozdirib, quloq va ko‘nglini muhrlab, ko‘z oldiga parda tortib qo‘ygan kimsani ko‘rganmisiz? Bas, uni Alloh (yo‘ldan ozdirgani)dan so‘ng kim hidoyat qila olur?! Axir eslatma-ibrat olmaysizlarmi?!

24. Ular (ya’ni qiyomatni inkor qilguvchilar: «Hayot) faqat dunyodagi hayotimizdir. (Ba’zilarimiz) o‘lib, (boshqalarimiz) hayotga kelaveramiz va bizlarni (Alloh o‘ldirmaydi, balki) faqat zamon (o‘tishi)gina o‘ldiradi», dedilar. Ular faqat (shunday) gumon qilurlar, xolos.

25. Qachon ularga (qayta tirilish haqligi to‘g‘risidagi) Bizning aniq-ravshan bo‘lgan oyatlarimiz tilovat qilinsa, ularning (bu oyatlarga qarshi) «hujjatlari» faqat: «Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar, ota-bobolarimizni (tiriltirib) keltiringlar-chi», deyishlarigina bo‘lur.

26. Ayting: «Alloh sizlarga hayot berur, so‘ngra (ajallaringiz yetgach) o‘ldirur, so‘ngra sizlarni hech shak-shubhasiz (keladigan) Qiyomat kuniga to‘plar. Lekin odamlarning ko‘plari (buni) bilmaslar»!

27. Osmonlar va yerdagi bor mulk Allohnikidir. (Qiyomat) soati qoyim bo‘ladigan kunda — ana o‘sha kunda buzg‘unchi kimsalar ziyon torturlar!

28. (U Kunda) barcha ummatni (dahshat va iztirob-la) tiz cho‘kkan holda ko‘rarsiz. Har bir ummat o‘z nomai-a’moliga chaqirilur, (so‘ng ularga deyilur): «Bugun qilib o‘tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar.

29. Mana bu kitobimiz (ya’ni Bizning amrimiz bilan yozilgan nomai-a’molingiz) sizlarga haqiqatni aytur. Darhaqiqat Biz sizlar qilguvchi bo‘lgan barcha amallaringizni (ushbu nomai-a’molga) ko‘chirib qo‘ygandirmiz».

30. Bas, iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga kelsak, ularni Parvardigor O’z rahmati-jannatiga doxil qilur. Bu ochiq baxtning o‘zidir!

31. Endi kofir bo‘lgan kimsalarga kelsak, (bas ularga aytilur): «Axir sizlarga Mening oyatlarim tilovat qilingan emasmidi?! Bas, sizlar (u oyatlarga iymon keltirmasdan) kibru-havo qildinglar va jinoyatchi qavm bo‘ldinglar!»

32. Qachon (sizlarga) «Darhaqiqat Allohning va’dasi rostdir, (Qiyomat) soati shak-shubhasiz (kelguvchidir)», deyilsa, sizlar «Biz u soat nima ekanini bilmaymiz, faqat gumon qilamiz, xolos. Biz (Qiyomat soati kelishiga) aniq ishonguvchi emasmiz», dedinglar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #502 : 01 Sentyabr 2006, 07:26:49 »
YIGIRMA OLTINCHI JUZ’
*************************



33. (Mana endi) ularga qilib o‘tgan yomonliklar oshkor bo‘ldi va o‘zlari masxara qilib o‘tgan (azob) ularni o‘rab oldi!

34. Va (ularga) deyildi: «Xuddi sizlar mana shu bugungi kuningizdagi uchrashuvni unutganlaringizdek, Biz ham bugun sizlarni «unuturmiz». Sizlarning joyingiz do‘zaxdir va sizlar uchun do‘zax azobidan qutqaruvchi yordamchilar ham yo‘qdir!

35. Bunga sabab — sizlar Allohning oyatlarini masxara qilib olgan edinglar va sizlarni hayoti dunyo aldab qo‘ygan edi. Bas, bugun ular (do‘zaxdan) chiqarilmaslar va ulardan (Alloh rozi bo‘ladigan amallarga) qaytish ham talab qilinmas.

36. Bas, barcha hamdu sano osmonlar Parvardigori, yer Parvardigori, butun olamlar Parvardigori – Alloh uchundir.

37. Osmonlar va yerdagi barcha buyuklik yolg‘iz Unikidir! U qudrat va hikmat sohibidir!



AXQOF SURASI

Ho, Mim» harflari bilan boshlanguvchi suralarning so‘nggi – yettinchisi bo‘lgan bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, o‘ttiz besh oyatdir.

U Qur’oni Karimning qudrat va hikmat sohibi bo‘lmish Alloh tomonidap tushirilgan Kitob ekanini ta’kidlash bilan boshlanib, so‘ngra mushriklarning sig‘inayotgan butlari biron narsa yaratishga ham, ularning duo-iltijolarini eshitishga ham qodir bo‘lmagan jonsiz toshlar ekanligini uqtiradi.

Bu surada har bir inson ota-onasiga yaxshilik qilishga amr etilgani xususida xabar beriladi va farzandni tug‘ib, qatorga qo‘shguncha ona chekadigap mehnat-mashaqqatlar ayricha tasvirlanadi.

Bu surada o‘tgan payg‘ambarlardan Hud alayhis-salomning Yaman yurtidagi qumtepalarni maskan tutgan Od qabilasini yolg‘iz Alloh taologagina ibodat qilishga da’vat etganlari, ular esa kuch-quvvatlariga ishonib, payg‘ambar da’vatini inkor qilishlari oqibatida, halokatga duchor bo‘lganlari haqida xabar beriladi. Suraning «Ahqof – Qumtepalar» deb nomlanishining boisi shudir.

Sura payg‘ambar alayhis-salomni kofirlar tomonidan tortayotgan aziyatlarga sabr-toqat qilishga chaqirish bilan xotima topadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ho, Mim.

2. (Bu Qur’on) qudratli va hikmatli Alloh tomonidan nozil qilingan Kitobdir.

3. Biz osmonlar va yerni hamda ularning o‘rtasidagi narsalarni faqat haq (qonun) (Qiyomat kunigacha) belgalangan muddat bilan yaratdik. Kofir bo‘lgan kimsalar esa o‘zlari ogohlantirilgan narsadan (ya’ni Oxiratdagi azobdan) yuz o‘giruvchidirlar (uni inkor qilguvchidirlar).

4. (Ey Muhammad, mushriklarga) ayting: «Sizlar Allohni qo‘yib duo-iltijo qilayotgan (butlaringiz) haqida xabar beringiz – menga ko‘rsatinglar-chi, ular yerdan nimani yaratganlar?! Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar, menga ushbu (Qur’on)dan ilgari (nozil bo‘lgan va sizlarning butlarga sig‘inishingizni tasdiqlaydigan) biron kitobni yoki biron ilmiy asarni (ya’ni avvalgi ulamolardan qolgan bironta aniq hujjatni) keltiringlar!»

5. Allohni qo‘yib, Qiyomat kunigacha ham (duoni) mustajob qila olmaydigan butlarga duo-iltijo qiladigan kimsadan ham yo‘ldan ozganroq kim bor?! Holbuki u (jonsiz but)lar o‘sha (mushrik)larning duolaridan g‘ofildirlar!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #503 : 01 Sentyabr 2006, 07:27:07 »


6. (Qiyomat kunida) insonlar (hisob-kitob uchun) to‘plangan vaqtida o‘sha (butlar) ularga (mushriklarga) dushman bo‘lurlar va ularning (Allohni qo‘yib, o‘zlariga) ibodat qilganlarini ham inkor eturlar!

7. Qachon ularga Bizning aniq-ravshan bo‘lgan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kofir bo‘lgan kimsalar Haq (Qur’on) to‘g‘risida u o‘zlariga kelgan vaqtidayoq (tafakkur qilib ko‘rmasdanoq) «Bu ochiq sehrdir», derlar.

8. Yoki ular («Qur’onni Muhammadning) o‘zi to‘qib olgan», deydilarmi?! Ayting: «Agar uni o‘zim to‘qib olgan bo‘lsam, u holda, sizlar men uchun Alloh (azobi)dan biron narsa(ni daf’ qilish)ga ega bo‘la olmassizlar (ya’ni u holda Allohning O’zi Uning sha’niga yolg‘on to‘qiganim uchun meni hech kim qaytara olmaydigan azob bilan jazolagan bo‘lur edi. Bas, men sizlardan emas, balki Alloh taolodan qo‘rqqanim sababli sizlarga Haq vahiyni keltirmoqdaman)! U sizlar kirishayotgan narsani (ya’ni Qur’onni “bir sehr, bir uydirma” deyayotganlaringizni) juda yaxshi bilguvchidir. Uning O’zi men bilan sizlarning o‘rtangizda yetarli guvohdir. U mag‘firatli, mehribon zotdir».

9. (Ey Muhammad), ayting: «Men payg‘ambarlardan yangi — birinchisi emasman (ya’ni mendan avval ham Allohning payg‘ambarlari o‘tgan-ku, nega sizlar mening payg‘ambarligimga hayron bo‘lib, inkor qilmoqdasizlar?!) Men (kelajakda) na o‘zimga va na sizlarga nima qilinishini bilmasman (ya’ni g‘aybdan xabardor emasman). Men faqat o‘zimga vahiy qilinadigan narsaga ergashurman. Men faqat ochiq ogohlantirguvchidirman».

10. Ayting: («Ey mushriklar), xabar beringiz-chi, agar (ushbu Qur’on) Allohning huzuridan bo‘lsa-yu, sizlar unga kofir bo‘lsangizlar va Bani Isroildan bo‘lgan bir guvoh ham u (Qur’on)ning o‘xshashi (yolg‘iz Alloh tomonidangina nozil bo‘lishi)ga guvohlik berib, iymon keltirsa-yu, sizlar (unga iymon keltirishdan) kibr-havo qilsangizlar (ya’ni sizlar eng zolim odamlar bo‘lib qolmaysizlarmi?!) Albatta Alloh zolim qavmni hidoyat qilmas!»


I z o h. Mufassirlar aytishlaricha «Bani Isroil qavmidan bo‘lgan guvoh» — yahudiy Abdulloh ibn Salom bo‘lib, u kishi payg‘ambar alayhis-salomning oldilariga kelib, Qur’oni Karim oyatlarini eshitgach va bir necha savollariga rasulullohdan aniq javoblar olgach, darhol Qur’onning ilohiy Kitob ekaniga, Muhammad alayhis-salomning haq payg‘ambar ekanliklariga iymon keltirgan ekan.

11. Kofir bo‘lgan kimsalar iymon keltirgan zotlar xaqida «Agar (bu Qur’on) yaxshi bo‘lganida, (anavi yalangoyoqlar) unga bizlardan ilgari bormagan bo‘lur edilar», dedilar. Ular o‘zlari (Qur’on) bilan hidoyat topishmagach: «Bu eski uydirmadir», derlar.

I z o h. Ma’lumki, avval-boshda Islom dinini Ammor, Bilol Suhayb va Xabbob kabi kambag‘al-bechoralar qabul qilgan edilar. Shuning uchun zodagon mushriklar yuqoridagi so‘zlarni aytdilar.

12. U (Qur’on)dan ilgari Musoning peshvo va rahmat bo‘lgan Kitobi (Tavrot) bor edi. Bu (Qur’on) arabiy lisondagi, (o‘zidan avval nozil bo‘lgan barcha ilohiy kitoblarni) tasdiqlaguvchi bir Kitobdir. U zolim-kofir bo‘lgan kimsalarni (oxirat azobidan) ogohlantirish uchun va chiroyli amal qilguvchilarga (jannat haqida) xushxabar bo‘lish uchun (nozil qilingandir).

13. Albatta «Parvardigorimiz Allohdir», degan, so‘ngra (To‘g‘ri yo‘lda) ustivor bo‘lgan zotlar uchun xavf-xatar yo‘qdir va ular g‘amgin bo‘lmaslar.

14. Ana o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar. (Bu) ular qilib o‘tgan amallarining mukofotidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #504 : 01 Sentyabr 2006, 07:27:24 »


15. Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador bo‘lib, qiynalib tuqqandir. Unga homilador bo‘lish va uni (sutdan) ajratish (muddati) o‘ttiz oydir. Endi qachon u voyaga yetib, qirq yoshga to‘lganida: «Parvardigorim, meni Sen menga va ota-onamga in’om etgan ne’matingga shukr qilishga va O’zing rozi bo‘ladigan yaxshi amallarnigina qilishga muvaffaq etgin va O’zing men uchun zurriyotimga ham yaxshilik qilgin (ya’ni farzandlarimni ham ahli solih bandalaringdan qilgin). Albatta men Senga (qilgan barcha gunohlarimdan) tavba qildim va albatta men musulmonlardandirman», dedi.

I z o h. Ushbu oyati karimada yana har bir insonni ota-onaga yaxshilik qilishga buyurildi. Tabiiy bir savol tug‘ilishi mumkin: Nega Qur’onda ota-onaga mehr-muruvvat ko‘rsatish vojib ekanligi bot-bot uqtiriladi-yu, farzandlarga mehribonlik qilishga buyurilgan oyatlar deyarli uchramaydi? Kalomullohni sinchiklab o‘qib-o‘rgangan kishi undan yuqoridagi savolga javob topa oladi: Qur’onda biron behuda jumla yoki so‘z yo‘qdir. Alloh taolo mo‘min-musulmonlarni komil inson qilib tarbiyalash uchun qaysi farmonni necha marta takrorlash lozim bo‘lsa, uni shuncha marta nozil qilgan. Negaki, Yaratgan O’z bandalarining jismoniy jihatlaridan ham, ruhoniy xususiyatlaridan ham juda yaxshi ogohdir. Masalan, U zot ota-onaga, xususan onaga o‘z farzandlariga nisbatan shunday mehr ato etganki, ona uchun eng og‘ir, hatto tahlikali davr bo‘lgan homiladorlik va ko‘z yorish davri hamda chaqaloqni emizib, tarbiyalash yillari ota-ona hayotidagi eng baxtli damlardir. Binobarin, ota-onani (albatta ular agar ma’naviyatdan ajrab vahshiylik darajasiga tushib ketgan bo‘lsalar) farzandga yaxshilik qilishga buyuraverishning o‘zi ortiqcha bir ishdir. Ammo farzandlar esa yoshliklariga borib yoki o‘zlarining o‘g‘il-qizlari bilan ovora bo‘lishib, ortlaridagi ota-onalariga beparvo bo‘lib qolishlari mumkin. Shuning uchun Qur’on farzandlarni tez-tez ota-ona oldidagi burchlarini ado etishga da’vat qiladi.

Yuqoridagi oyatning davomida kamolot yoshi bo‘lmish qirq yoshga yetgan musulmoni komil kishi uchun Alloh taolodan qanday tilak-istaklar so‘rash loyiq ekanligi bayon qilindi. Endi quyidagi oyatda ana shunday xislat egalari bo‘lgan mo‘min-musulmonlarning kelajak-oqibatlari haqida xabar beriladi.


16. Ana o‘shalar shunday zotlardirki, Biz ulardan qilgan eng chiroyli amallarni qabul qilurmiz va jannat egalari qatorida ularning yomonlik gunoxlaridan o‘tib yuborurmiz. (Bu) ularga va’da qilinguvchi haqqirost va’dadir.

17. Yana bir kimsa borki, ota-onasiga: «Suf sizlarga! Sizlar menga (o‘lganimdan keyin qayta tirilib, qabrdan) chiqarilishim haqida va’da beryapsizlar-mi?! Holbuki mendan ilgari ham asrlar-avlodlar o‘tgan-ku, (ulardan birontasi qayta tirilib keldimi)?!» der. U ikkisi Allohdan madad tilagan hollarida (o‘g‘illariga qarab): «Halok bo‘lgur, iymon keltirgin! Albatta Allohning (barcha bandalarni qayta tiriltirish haqidagi) va’dasi haqdir», (desalar), u: «Bu faqat avvalgilarning afsonalaridir», der.

18. Ana o‘shalar shunday kimsalardirki, ularning ustiga o‘zlaridan ilgari o‘tgan insu-jinsdan iborat (kofir) ummatlar qatorida (azob) So‘zi haq bo‘lgandir. Albatta ular ziyon ko‘rguvchi bo‘ldilar.

19. (Mo‘minlar va kofirlardan) har biri uchun o‘zlari qilgan amallari sababli daraja-martabalar bordir. Chunki (Alloh) ularga qilgan amallarini(ng mukofot va jazolarini) komil qilib berur va ularga zulm qilinmas.

20. Kofir bo‘lgan kimsalar do‘zaxga ko‘ndalang qilinadigan Kunda (ularga deyilur): «Sizlar o‘z huzur-halovatlaringizni hayoti dunyolaringizdayoq ketkazdingiz va ulardan foydalanib bo‘ldingiz. Endi Bugun yerda nohaq kibru havo qilganlaringiz va itoatsiz bo‘lganlaringiz sababli xorlik azobi bilan jazolanursizlar».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #505 : 01 Sentyabr 2006, 07:27:43 »


21. (Ey Muhammad), Od (qabilasi)ning birodarini (ya’ni Hud payg‘ambarni) eslang! O’shanda u o‘zining qumtepalardagi qavmini: «Sizlar yolg‘iz Allohgagina ibodat qilinglar! Men haqiqatan sizlarning ustingizda ulug‘ Kunning azobidan qo‘rqurman», deb ogoxlantirgan edi, - darhaqiqat undan ilgari ham, undan keyin ham ogohlantirguvchi (payg‘ambar)lar o‘tgandir;

22. Ular: «Sen bizlarni xudolarimizdan burish (yuz o‘girtirish) uchun keldingmi?! U holda agar rostgo‘y kishilardan bo‘lsang, bizlarga va’da qilayotgan narsangni (ya’ni Allohning azobini) keltirgan-chi?» dedilar.

23. U aytdi: «(Azob kelar vaqtning) bilimi yolg‘iz Alloh huzuridadir. Men sizlarga o‘zim elchi qilib yuborilgan dinni yetkazurman. Lekin men sizlarni nodon qavm ekanligingazni ko‘rmoqdaman».

24. Bas, qachonki, ular o‘sha (azob)ni o‘z vodiylariga qarab kelayotgan bir qora bulut holida ko‘rishgach: «Bu bizlarga yomg‘ir keltirguvchi bulutdir», dedilar. «Yo‘q, u o‘zlaringiz shoshtirgan narsa — bir bo‘ronki, unda alamli azob bordir.

25. U Parvardigorining amri bilan barcha narsani vayron (halok) qilur. Bas, (u bo‘ron kelib, Od qabilasidagi kofirlarning o‘zlarini ham, mol-hollarini ham halok qildi. Barchalari qirilib bitib), tong otganida, faqat ularning uy-joylarigina ko‘zga tashlanar edi. Biz jinoyatchi-osiy qavmni mana shunday jazolaymiz.

26. Holbuki (ey Makka ahli), Biz ularni (mol-dunyo va kuch-quvvat jihatidan) sizlarni qodir qilmagan narsalarga qodir qilgan edik va ularga ham quloq, ko‘z va dillar (ato) qilgan edik. (Lekin) ular Allohning oyat-mo‘jizalarini inkor etganlari uchun ularga quloq-ko‘zlari ham, dillari ham biron foyda bermadi (ya’ni Haq yo‘lni ko‘rib-idrok qila olmadilar). Va ularni o‘zlari masxara qilib kulgan narsalari (Allohning azobi) o‘rab oldi.

27. (Ey Makka axli), aniqki, Biz sizlarning atrofingizdagi qishloq-shaharlarni halok qildik. Biz ularga shoyad (kufru isyonlaridan) qaytsalar, deb oyat-mo‘jizalarni batafsil bayon qilgan edik, (lekin ular qaytmay halokatga duchor bo‘ldilar).

28. Axir o‘zlari Allohni qo‘yib, (Allohga) yaqin qiladigan «xudo»lar, deb ushlab olgan – sig‘ingan butlari (halokatdan qutulishlari uchun) ularga yordam bersalar bo‘lmasmidi?! Yo‘q, u (butlar mushriklardan yordamga muhtoj bo‘lgan vaqtlarida) g‘oyib bo‘lib qolishdi. Bu (ya’ni butlar butparastlarni Allohga yaqin qiladi, degan aqida) ularning uydirmalaridir va (Alloh sha’niga) to‘qib olgan bo‘htonlaridir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #506 : 01 Sentyabr 2006, 07:28:02 »


29. (Ey Muhammad), eslang, Biz sizning oldingizda bir guruh jinlarni Qur’on tinglasinlar, deb yuborgan edik. Bas, qachonki ular (Qur’on tilovatiga) hozir bo‘lishgach, (bir-birlariga): «Jim turinglar», dedilar. Endi qachonki (tilovat) tugatilgach, ular o‘z qavmlari oldiga ogohlantirguvchi bo‘lgan hollarida qaytib ketdilar.

I z o h. Rivoyat qilinishicha, payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga bir necha bor jin toifasining vakillari kelib, Qur’onni tinglab ketgan ekanlar. Mazkur oyatdagi voqea shulardan biri bo‘lib, uni keltirishdan murod Makka mushriklarini ogohlantirishdir. Go‘yo ularga: «Inson toifasidan bo‘lmagan jinlar Qur’onni bir bor eshitishlari bilanoq unga iymon keltirib, boshqa jinlarni ham iymonga da’vat qilish uchun ketsalar-u, sizlar o‘zlaringizning tilingizdagi Qur’onga va o‘z toifangizdan bo‘lgan payg‘ambarga iymon keltirmay kofirligingizcha qolsangizlar!» deyilmoqda. Quyidagi oyatlarda jinlarning o‘z qavmlari oldiga borib, Qur’on xabarini yetkazganlari bayon qilinadi.

30. Ular dedilar: «Ey qavmimiz, darhaqiqat bizlar Musodan keyin nozil qilingan, o‘zidan oldingi (ilohiy kitob)larni tasdiq qilguvchi bo‘lgan, Haq (din)ga va To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qiladigan bir Kitobni – Qur’onni tingladik.

31. Ey qavmimiz, Allohga da’vat qilguvchi (Muhammad alayhis-salomning da’vati)ni qabul qilinglar va unga iymon keltiringlar, (shunda Alloh) sizlarning gunoxlaringizni mag‘firat qilur va sizlarga alamli azobdan panoh berur.

32. Kim Allohga da’vat qilguvchi (da’vati)ni qabul qilmasa, bas, u yer yuzida (biron joyga) qochib qutulguvchi emasdir va uning uchun (Allohdan) o‘zga (Uning azobidan qutqarguvchi) «do‘stlar» ham yo‘qdir. Ana o‘shalar ochiq zalolatdadirlar».

33. Axir ular (oxiratda qayta tirilish haq ekanini inkor qilguvchi kimsalar) osmonlar va yerni yaratgan, ularni yaratishga ojizlik qilib qolmagan zot — Alloh o‘liklarni tiriltirishga ham qodir ekanligini (o‘ylab) ko‘rmadilarmi?! Yo‘q, albatta (Alloh o‘liklarni tiriltirishga ham qodirdir). Zero U zot barcha narsaga qodirdir.

34. Kofir bo‘lgan kimsalar do‘zaxga ko‘ndalang qilinadigan Kunda (ularga): «Ushbu (azob) haq emas ekanmi?!» (deyilganida), ular: «Yo‘q, Parvardigorimizga qasamki, (bizlarga va’da qilingan azob haq ekan)», derlar. (Shunda Alloh) aytar: «Bas, kofir bo‘lganlaringiz sababli mana shu azobni totinglar!»

35. Bas, (ey Muhammad), siz ham (o‘tgan) payg‘ambarlar orasidagi sabot-matonat egalari sabr qilganlaridek, (mushriklarning ozor-aziyatlariga) sabr qiling va ularga (tushadigan azob)ni shoshtirmang. Ular o‘zlariga va’da qilinayotgan azobni ko‘radigan Kunda go‘yo (bu dunyoda) faqat kunduzdan bir soatgina turgandek bo‘lib qolurlar! (Bu Alloh tomonidan nozil qilingan) bir bayonot-xabardir. Bas, faqat itoatsiz qavmgina halok qilinur.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #507 : 01 Sentyabr 2006, 07:28:22 »


MUHAMMAD SURASI

Madinada nozil bo‘lgan bu sura o‘ttiz sakkiz oyatdan tashkil topgan.

Unda so‘z asosan Alloh yo‘lida jihod qilish va u jangda rioya qilinishi lozim bo‘lgan tartib-intizom va qonun-qoidalar haqida boradi. Shuning uchun uni «Jang» surasi ham deb ataydilar.

Bu surada mo‘minlarga agar ular Allohning diniga yordam bersalar, Alloh taolo ham ularning yordamida bo‘lishi ta’kidlanadi.

Shuningdek, ro‘baro‘dagi dushmanga qarshi jang qilish bilan birga, oralaridagi munofiqlardan ham ogoh-ehtiyot bo‘lib turish lozimligi uqtiriladi va ularning ayrim sifat-kirdikorlari ancha batafsil bayon qilinadi.

Sura nihoyasida Tangri taolo mo‘min-musulmonlarga O’zi ular bilan birga ekanligini uqtirib, ularni Haq yo‘lida sustlashmay-og‘ishmay sa’y-harakat qilaverishga da’vat etadi.

Bu sura payg‘ambar alayhis-salom nomlari bilan «Muhammad», deb atalgandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Kofir bo‘lgan va (o‘zgalarni ham) Alloh yo‘lidan to‘sgan kimsalarning amallarini (Alloh) zoe ketkazur.

I z o h. Ushbu oyatda o‘zlari iymonsiz bo‘lib, boshqalarni ham din-iymon yo‘lidan to‘sadigan kimsalar agar yaxshi amallarni qilsalar ham, ularga hech qanday ajr-savob berilmasligi bayon etildi.

2. Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan hamda Muhammad (alayhis-salom)ga nozil qilingan narsaga (Qur’onga) – holbuki u Parvardigorlari tomonidan kelgan Haqiqatdir — iymon keltirgan zotlarning esa yomonlik-gunoxlarini o‘chirur va ishlarin o‘nglar.

3. Bunga (ya’ni kofirlarning amallari zoe bo‘lish mo‘minlarning gunohlari o‘chirilishiga) sabab – kofir bo‘lgan kimsalarning botil (yo‘l)ga ergashganlari, iymon keltirganlarning esa Parvardigorlari tomonidan bo‘lgan Haq (Qur’on yo‘li)ga ergashganlaridir. Alloh insonlarga ularning misollarini mana shunday bayon qilib berur.

4. Bas, (ey mo‘minlar), qachon sizlar (jang maydonida) kofir bo‘lgan kimsalar bilan to‘qnashganlaringizda bo‘yinlariga uringiz — o‘ldiringiz! Endi qachon ularni(ng ko‘plarini) qirib (mag‘lub qilganingizdan keyin ularni asir olib) arqonlar bilan bog‘langiz! So‘ng yo (ularni ozod qilib yuborish bilan) marhamat ko‘rsatursizlar yo (ularni qo‘yib yuborish uchun) fidya-tovon olursizlar, Toki urush yuklarini qo‘ygunicha (ya’ni to‘xtagunicha sizlarga buyurilgan ish) mana shudir. Agar Alloh xohlasa ulardan (jang-jadalsiz ham) g‘olib bo‘lur (ya’ni ularni yo‘q qilib yuborur) edi, lekin U zot sizlarning ayrimlaringizni ayrimlaringiz bilan imtihon qilish uchun sizlarni jangga buyurdi). Alloh yo‘lida o‘ldirilgan zotlarning amallarini hargiz zoe ketkizmas.

5. Ularni (jannat yo‘liga) hidoyat qilur va ishlarini o‘nglar.

6. Ularni (Allohning) O’zi ularga tanitgan jannatga kiritur.

7. Ey mo‘minlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (ya’ni Uning yo‘lida jihod qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam berur va jang maydonida kadamlaringizni sobit-barqaror qilur.

8. Kofir bo‘lgan kimsalar uchun esa halokat bo‘lur va (Alloh) ularning amallarini zoe ketkazur.

9. Bunga sabab, ularning Alloh nozil qilgan narsalarni (ya’ni, Qur’on va undagi hukmlarni) yomon ko‘rganlaridir. Bas, (Alloh) ularning amallarini behuda ketkazdi.

10. Axir ular yer yuzida sayru-sayohat qilishib, o‘zlaridan avvalgi (payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilib iymonsiz ketgan) kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lganini (ular qanday qismatga yo‘liqishganini) ko‘rsalar bo‘lmaydimi?! Alloh ularning ustiga halokat yuborib (butunlay yo‘q bo‘lib ketdilar-ku)! Bu kofirlar uchun ham xuddi o‘sha (oqibat-halokat) ularning o‘xshashi bo‘lur.

11. Bunga (ya’ni Alloh mo‘minlarga yordam berishiga, kofirlarni esa halok qilishiga) sabab Alloh iymon keltirgan zotlarning do‘sti-homiysi ekanligi, kofirlar uchun esa hech qanday homiy yo‘q ekanligidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #508 : 01 Sentyabr 2006, 07:28:44 »


12. Albatta Alloh iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritur. Kofir bo‘lgan kimsalar esa (mana shu hayoti dunyoning o‘tkinchi lazzatlaridan) foydalanib, chorva hayvonlari yeganidek yeb-ichurlar va ularning joylari do‘zax bo‘lur!

13. (Ey Muhammad), sizni haydab chiqargan qishloq (ya’ni Makka ahli)dan ko‘ra (aholisi) kuchli-quvvatliroq bo‘lgan qanchadan-qancha qishloqni halok qilganmiz. Bas, ular uchun biron yordamchi bo‘lmagan.

14. Axir Parvardigori tomonidan aniq-ravshan hujjatga (ya’ni Qur’onga) ega bo‘lgan kishi (ya’ni rasullulloh va mo‘minlar), qilgan yomon amali o‘ziga chiroyli ko‘ringan va havoyi nafsiga ergashgan (kofir) kimsalar kabi bo‘lurmi?!

15. Taqvo egalari uchun va’da qilingan jannatning misoli - sifati (budir): «Unda aynimagan suvdan bo‘lgan daryolar ham, ta’mi o‘zgarmagan sutdan bo‘lgan daryolar, ichguvchilar uchun lazzatli (ya’ni badta’m va aqldan ozdirguvchi bo‘lmagan) maydan bo‘lgan daryolar ham, musaffo asaldan bo‘lgan daryolar ham bordir. Ular uchun u joyda barcha mevalardan bordir va (ular uchun u joyda) Parvardigorlari tomonidan mag‘firat bordir. (Ana shunday jannat axli bo‘lgan taqvo egalari) do‘zaxda mangu qoladigan va (u joyda) qaynoq suv bilan sug‘orilib, u (suv) ichaklarini bo‘lak-bo‘lak qilib tashlagan (kofir) kimsalar kabi bo‘lurmi?!


I z o h. Yuqoridagi oyatlarda Alloh taolo mo‘minlar bilan kofirlar hech qachon barobar bo‘lmasliklarini aniq dalillar bilan bayon etdi va taqvodor mo‘minlarning borar joylarini ham, kofirlarning topajak oqibatlarini ham jonli lavhalar bilan tasvirlab berdi. Endi quyidagi oyatlarda so‘z munofiqlar va ularning kirdikorlari haqida boradi.

16. (Ey Muhammad), ularning (munofiqlarning) orasida shunday kimsalar ham borki, ular sizga quloq solib turur-da, huzuringizdan chiqqan vaqtlarida, ilm ato etilgan zotlardan (masxara qilishib): «Hozirgina (Muhammad) nima devdi?» deb so‘rarlar. Ana o‘shalar Alloh dillarini muhrlab qo‘ygan va o‘zlarining havoyi nafslariga ergashgan kimsalardir.

17. Hidoyat topgan – To‘g‘ri yo‘lga yurgan zotlarga esa (Alloh) yana hidoyatni ziyoda va taqvo ato etur, (ya’ni ularga haromdan parhez qilish yo‘llarini ko‘rsatur).

18. Ular (Makka kofirlari o‘tmishdagi o‘z payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilgan qavmlar duchor bo‘lgan halokatlardan eslatma-ibrat olmadilar), endi faqat to‘satdan (qiyomat) soati kelib qolishinigina kutmoqdalar. Darvoqe uning alomatlari keldi. Bas, ularga (qiyomat soati) kelgan vaqtida ularning eslatma-ibrat olishlari (uchun) qanday (imkon) bo‘lur?!


I z o h. Ya’ni Alloh taoloning oyat-mo‘jizalaridan pand-nasihat olib To‘g‘ri yo‘lda yurishni istagan kishi Qiyomat soati kelib qolishidan ilgari pand-nasihat olsin. Chunki u soat kelib qolgach, qilingan tavba-tazarru’ning hech qanday foydasi yo‘qdir. Darvoqe Qiyomat yaqinligining alomatlari ko‘rinib qoldi. O’zlar yotga, og‘aynilar yovga aylanishi, ulug‘lar kamayib, pastkash-tuban kimsalar ko‘payishi ana shunday alomatlardandir.

19. Bas, (ey Muhammad), hech qanday iloh yo‘q, magar Allohgina bor ekanligini biling va o‘z gunohingiz uchun hamda mo‘min-mo‘minalar(ning gunohlari) uchun mag‘firat so‘rang! Alloh sizlarning (bu dunyodagi) kezar joylaringizni ham, (oxiratda) borar joylaringizni ham bilur.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #509 : 01 Sentyabr 2006, 07:29:06 »


20-21. Iymon keltirgan zotlar: «(Kofirlarga qarshi jang qilishga buyurilgan) biron sura nozil qilinganida edi», derlar. Endi qachon aniq bir sura nozil qilinib, unda jang zikr etilsa, dillarida maraz bo‘lgan kimsalarni, sizga xuddi (kelib qolgan) o‘limdan (qo‘rqib,) behush bo‘lib qolgan kimsaning qarashi bilan qarashayotganini ko‘rursiz. (Holbuki), ular uchun (sizga) itoat etish va yaxshi so‘z (so‘zlash) loyiqroq edi. Endi qachon ish – jang muqarrar bo‘lsa, u holda agar ular Allohga (iymon keltirish va Uning jang qilish haqidagi amriga itoat etishda) sodiq-rostgo‘y bo‘lganlarida, albatta o‘zlari uchun yaxshiroq bo‘lur edi.

22. Agar (iymondan) yuz o‘girsangizlar, yaqin-ki, sizlar yerda buzg‘unchilik qilursizlar va qarindosh-urug‘laringiz (bilan ham aloqalaringiz)ni uzursizlar!

23. Unday kimsalarni esa Alloh la’natlagandir, bas ularning (quloqlarini pand-nasihat eshitishdan) kar, ko‘zlarini esa (To‘g‘ri yo‘lni ko‘ra olmaydigan) ko‘r qilib qo‘ygandir.

24. Axir ular Qur’on haqida fikr yuritmaydilarmi?! Balki dillarida qulflari bordir, (shuning uchun u dillarga Qur’on nuri yetmayotgandir)?!

25. Albatta o‘zlariga hidoyat (yo‘li) aniq-ravshan bo‘lganidan keyin yana ortlariga (kufrga) qaytib ketgan kimsalarga (bu ishlarini) shayton chiroyli qilib ko‘rsatdi va ular uchun (puch orzu-xayolarni) uzun qilib qo‘ydi.

26. Bunga (ya’ni kufrga qaytib ketishlariga) sabab, ularning Alloh nozil qilgan narsani (Qur’onni) yomon ko‘rgan kimsalarga: «Biz ayrim ishlarda sizlarga itoat etamiz», deganlaridir. Holbuki, Alloh ularning yashirgan (sirlari)ni bilur.


I z o h. Munofiqlar musulmonlarga qarshi yahudiylar bilan ba’zi bir rejalarni xufyona tuzib yurar edilar. Mazkur oyatda Alloh taolo O’z payg‘ambariga ularning sirlarini oshkor qildi.

27. Endi, farishtalar ularning yuzlari va orqalariga urib, jonlarini olar vaqtida, (ularning hollari) qanday bo‘lur?!

28. Bunga (ya’ni o‘lim soatidagi bunday azobga) sabab, ularning Allohni g‘azablantirgan narsaga (ya’ni munofiqlik yo‘liga) ergashib, U zotning rizoligini (ya’ni mo‘minlar bilan birga kofirlarga qarshi jang qilishni) yomon ko‘rganlaridir. Bas, (Alloh) ularning qilgan yaxshi) amallarini ham behuda ketkazdi.

29. Balki dillarida maraz-nifoq bo‘lgan kimsalar Alloh ularning (dillaridagi mo‘minlarga nisbatan bo‘lgan) adovatlarini oshkor qilmas, deb o‘ylagandirlar?!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

 

Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 621
Ko'rilgan: 396162
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:43
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 23961
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 25212
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 15438
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 3870
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin