Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi  ( 606839 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #510 : 01 Sentyabr 2006, 07:30:36 »


30. (Ey Muhammad), agar Biz xoxlasak, albatta sizga ularni (munofiqlarni) ko‘rsatib-tanitib qo‘ygan bo‘lur edik, u holda siz ularni (Biz belgilab qo‘ygan) belgi-alomatlaridan tanib olgan bo‘lur edingiz. (Qasamki, endi) albatta siz ularni (ular so‘zlayotgan — zohiri iymonga dalolat qiladigan, botini esa kufr bo‘lgan) so‘z ohang — uslubidan tanib olursiz. Alloh sizlarning (barcha) amallaringizni bilib turur.

31. Albatta Biz, to sizlarning orangizdagi (Bizning yo‘limizda molu-jonlari bilan) jihod qilguvchi va (yaxshi-yomon kunlarda) sabr qilguvchi zotlarni bilgunimizcha, hamda sizlarning holi-xabarlaringizni tekshirib — yuzaga chiqargunimizcha, sizlarni imtixon qilurmiz.

32. Albatta kofir bo‘lgan va (o‘zgalarni ham) Allohning yo‘lidan to‘sgan hamda o‘zlariga hidoyat (yo‘li) aniq-ravshan bo‘lganidan keyin yana payg‘ambarga qarshilik kilgan kimsalar, Allohga biron ziyon yetkaza olmaslar va (Alloh) ularning (payg‘ambarga qarshilik qilish yo‘lidagi barcha) amallarini behuda ketkazur.

33. Ey mo‘minlar, Allohga itoat etingiz va payg‘ambarga itoat etingiz! Va (kufr, yo munofiqlik yo‘liga kirish bilan qilgan) amallaringizni botil-befoyda qilib qo‘ymanglar!

34. Albatta kofir bo‘lgan va (o‘zgalarni ham) Alloh yo‘lidan to‘sgan, so‘ngra kofir hollarida o‘lgan kimsalarni Alloh hargiz mag‘firat qilmas!

35. Bas (ey mo‘minlar), sizlar (u kofirlarga qarshi jang qilayotganingizda hargiz) sustkashlik qilmangiz va o‘zlaringiz ustun-g‘olib bo‘lgan hollaringizda (ularni) yarashga ham chaqirmangiz! Alloh sizlar bilan birgadir va U hargiz qilgan amallaringizning savob-mukofotini) kamaytirmas.

36. Albatta bu hayoti dunyo faqat (bir nafaslik) o‘yin-kulgidir. Agar sizlar iymon keltirsangizlar va taqvo egalari bo‘lsangizlar U zot sizlarga ajr-mukofotlaringizni berur va sizlardan mol-dunyolaringizni so‘ramas.

37. Agar (Alloh) sizlardan (mol-dunyolaringizni) so‘rab, sizlarni qiynaydigan bo‘lsa, sizlar baxillik qilursizlar va U sizlarning (dillaringizdagi) kek-adovatlaringizni oshkor qilur.

38. Mana, sizlar shunday kishilardirsizki, Alloh yo‘lida infoq-ehson qilish uchun da’vat qilinursizlar. Bas, (aniqki) sizlarning orangizda baxillik qiladigan kimsalar ham bordir. Kim baxillik qilsa, bas, albatta u faqat o‘z ziyoniga baxillik qilur. (Chunki u ajr-savobdan mahrum bo‘lur). Alloh (sizlarning xayr-ehsonlaringazdan) boy-behojat, sizlar esa (U zotning ajr-savobiga) faqir-muhtojdirsizlar. Agar sizlar (Allohga itoat etishdan) yuz o‘girib ketsangizlar, U zot (o‘rningizga) sizlardan boshqa bir qavmni almashtirib qo‘yur, so‘ngra ular sizlarga o‘xshagan bo‘lmaslar, (balki Allohga toat-ibodat qilurlar)!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #511 : 01 Sentyabr 2006, 07:31:00 »


FATH SURASI

Bu sura Madinada nozil qilingan bo‘lib, yigirma to‘qqiz oyatdir.

Bu surada payg‘ambar alayhis-salom bilan Makka mushriklari o‘rtasida hijriy oltinchi sanada bo‘lib o‘tgan Xudaybiyya sulhi haqida va bu sulhning oradan bir yil o‘tgach ro‘y beradigan buyuk Fath — Makka mushriklari ustidan qozonilgan g‘alabaning boshlanishi bo‘lib qolgani to‘g‘risida so‘z boradi. Suraning «Fath — G’alaba» deb nomlanishining boisi ham shudir.

Yana unda mo‘minlarning din yo‘lida qilgan jihodlari, iymoni zaif kimsalar vi munofiqlarning esa bu jihoddan qolish uchun ko‘rsatgan bahonalari haqida, shuningdek, sahobalarning to boshlariga o‘lim kelgunicha Alloh yo‘lida kurashish xususida rasullullohga bergan bay’at-qasamyodlari to‘g‘risida xabar beriladi.

Bu suradan Alloh taolo O’z payg‘ambarining ko‘rgan tushlarini rost qilgani haqidagi oyat ham o‘rin olgandir.

Sura Muhammad alayhis-salomning haq payg‘ambar ekanliklarini ta’kidlash va u zot bilan birga bo‘ladigan u zot ko‘rsatgan yo‘lga yuradigan mo‘min musulmonlarning sifat-fazilatlarini bayon qilish bilan xotima topadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2-3. (Ey Muhammad), toki Alloh sizning gunohingizdan ilgari o‘tgan va keyin kel(adi)gan narsalar (barcha gunoxlaringiz)ni mag‘firat qilishi uchun va sizga O’z ne’matini komil qilib berib, sizni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilishi uchun hamda Alloh sizga qudratli Yordam berishi uchun darhaqiqat Biz sizga ochiq-ravshan fath-g‘alaba ato etdik.

I z o h. Sura mana shunday fayzi ilohiy – kechmish-kelmish barcha gunohlarni mag‘firat qilish, ilohiy ne’matlarni komil qilib berish, To‘g‘ri yo‘lga hidoyat, Alloh taolo tomonidan beriladigan Qudratli madad va ochiq-ravshan fath-g‘alabani e’lon qilish bilan boshlandi. Shuning uchun ham payg‘ambar alayhis-salom ushbu sura nozil bo‘lganida «Bu kecha menga dunyo va undagi bor narsadan suyukliroq bo‘lgan bir sura nozil qilindi», degan ekanlar. Xo‘sh, mazkur g‘alaba qanday g‘alaba edi? Islom tarixidan ma’lumki, Hijriy oltinchi sananing oxirida (milodiy 627 yilda) rasululloh o‘zlarining bir yarim mingga yaqin sahobalari bilan Umra (sunnat bo‘lgar haj ibodati) qilish niyatida Madinai munavvaradan Makkai mukarramaga qarab yo‘l oladilar. Ular urush g‘arazida ketmayotganlarini bildirish uchun Makkaga yetib borganlarida qurbonliq qilish uchun olgan chorva hayvonlarini oldilariga solib haydab boradilar. Lekin musulmonlar Makka yaqinidagi Xudaybiyya deb nomlangan bir vodiyga yetib kelganlarida mushriklar ularni Baytullohga kirishdan to‘sadilar. Shunda Muhammad alayhis-salom maqsadlari Makka shahrini egallab olish emas, balki Ka’batullohni ziyorat-tavof qilib qaytib chiqib ketish ekanligini yetkazish uchun Usmon ibn Affon roziyallohu anhu boshliq bir guruh elchilarni Makka kattalari oldiga yuborganlarida ular Usmonni hibsga oladilar, lekin payg‘ambar alayhis-salomga mushriklar Usmonni qatl qildilar, degan xabar boradi. Shunda rasululloh sahobalarni Makkani fath etish uchun bay’at-qasamyod qilishga chaqirganlarida, ularning barchalari bay’at qiladilarki, bu haqda sura davomida alohida hikoya qilinadi. Musulmonlarning qasamyodlarini eshitib dahshatga tushib qolgan mushriklar o‘z odamlarini Xudaybiyyaga jo‘natib, bu yil musulmonlarni Ka’batullohga yo‘latmasliklarini va agar rozi bo‘lsalar, kelgusi yilda o‘zlari musulmonlarga bemalol ziyorat qilishlari uchun Makkani bo‘shatib berishlarini bildirib, sulh taklif qiladilar. Payg‘ambarimiz bu taklifni qabul qiladilar va bu sulh dini Islom tarixidagi burilish nuqtalaridan biri bo‘lib qoladi. Chunki bundan bor-yo‘g‘i bir yil oldin musulmonlarni yer yuzidan yo‘q qilib yuborish g‘arazida juda katta lashkar bilan Madinaga borgan Makka mushriklari bugunga kelib ularga qarshi urushish u yoqda tursin, o‘zlari yarash taklif qilmoqda edilarki, bu o‘z mohiyat e’tibori bilan Islom dinining Haq va o‘lmaydigan bir din ekanligini e’tirof etish edi. Bu sulhning Makkadagi va boshqa atrof-javonibdagi odamlarga juda katta ta’siri bo‘lib, musulmonlarning ular bilan bevosita muloqot qilishlari va Islomga da’vat etishlari natijasida minglab kishilar bu haq dinga iymon keltiradilar.

4. U (Alloh) o‘z iymon-ishonchlariga yana ishonch qo‘shishlari uchun mo‘minlarning dillariga sakinat-orom tushirgan zotdir. Osmonlar va yer qo‘shinlari (ya’ni koinotdagi barcha jonzot va kuchlar) yolg‘iz Allohnikidir. Alloh bilim va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.

5. U mo‘min va mo‘minalarni ostidan daryolar oqib turadigan, ular mangu qoladigan jannatlarga kiritish uchun va ulardan yomonlik-gunohlarini o‘chirish uchun (ularning dillarini O’zi buyurgan, kofirlarga qarshi jihod qilish kabi hukmlardan taskin-orom oladigan qilib qo‘ydi). Va bu Alloh nazdida ulug‘ baxt bo‘ldi.

6. Va Alloh haqida (U O’z payg‘ambariga va mo‘minlarga g‘alaba bermaydi deb) yomon gumon qilguvchi munofiq va munofiqalarni hamda mushrik va mushrikalarni azoblash (uchun mo‘minlarni ularga qarshi jihod qilishga buyurdi). Ularning ustiga halokat balosi tushguvchidir. Alloh ulardan darg‘azab bo‘ldi, ularni la’natladi va ular uchun jahannamni tayyorlab qo‘ydi. Naqadar yomon joydir u!

7. Osmonlar va yer qo‘shinlari Allohnikidir. Alloh qudrat va hikmat sohibi bo‘lgan zotdir.

8. (Ey Muhammad), darhaqiqat Biz sizni (qiyomat kunida barcha ummatlar ustida) guvohlik berguvchi, (mo‘minlarga jannat haqida) xushxabar eltguvchi va (u kofirlarni do‘zax azobidan) ogohlantirguvchi qilib yuborgandirmiz.

9. (Ey insonlar, Biz bu payg‘ambarni) sizlar Allohga va uning payg‘ambariga iymon keltirishlaringiz uchun va U zotni ulug‘lab, ehtirom qilishlaringiz hamda ertayu-kech Uni poklab, tasbeh aytishlaringiz uchun (yubordik).
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #512 : 01 Sentyabr 2006, 07:31:22 »


10. (Ey Muhammad), darhaqiqat sizga bay’at-qasamyod qiladigan zotlar hech shak-shubhasiz Allohga bay’at qilurlar. Allohning qo‘li ularning qo‘llari ustida bo‘lur. Endi kim (o‘z qasamyodini) buzsa, bas, u faqat o‘z ziyoniga buzur. Va kim Alloh bilan ahd-paymon qilgan narsasiga vafo qilsa, u holda (Alloh) unga ulug‘ ajr-mukofot ato etur.

I z o h . Sahihul-Buxoriyda rivoyat qilinishicha Xudaybiyya vodiysidagi bir daraxt ostida o‘sha joyda hozir bo‘lgan bir yarim mingga yaqin sahobalar payg‘ambar alayhis-salomga qo‘l berib, to boshlariga o‘lim soati kelgunicha, u zotga sodiq bo‘lishga bay’at-qasamyod qiladilar. Qur’on ularning payg‘ambar vositalarida Alloh taoloning O’ziga bay’at qilganlarini uqtiradi va bu bay’at islom tarixida “Bay’atur-rizvon” ya’ni Alloh rozi bo‘lgan bay’at degan nom bilan qoladi, Bu haqda ushbu surada alohida oyat mavjuddir.

11. (Ey Muhammad), hali (Madinaga qaytganingizdan keyin) sizga a’robiylardan bo‘lgan (siz bilan birga Umra safariga chiqmasdan) qolgan (munofiq) kimsalar «Bizlarni mol-mulklarimiz va axli-oilalarimiz mashg‘ul qilib qo‘ydi, (shuning uchun sen bilan birga safarga chiqa olmadik). Endi o‘zing bizlar uchun (Allohdan) mag‘firat so‘ragin», derlar. Ular tillarida dillarida bo‘lmagan narsani – yolg‘onni ayturlar. Ayting: «Agar (Alloh) sizlarga biron ziyon (etkazish)ni istasa, yoki U sizlarga biron manfaat (etkazish)ni istasa, u holda kim sizlar uchun Alloh tomonidan bo‘lgan biron narsa(ni daf’ qilishga ega bo‘la olur?! Yo‘q, Alloh sizlar qilayotgan amallaringizdan ogoh bo‘lgan zotdir!

12. Balki sizlar payg‘ambar va mo‘minlar (bu safarlaridan) o‘z axli-oilalariga hech qachon qaytib kelmaydilar, deb o‘yladinglar va bu dillaringizga chiroyli ko‘rinib, yomon gumon qildinglar hamda halok bo‘lguvchi qavm bo‘ldinglar!»

13. Kim Allohga va Uning payg‘ambariga iymon keltirmagan bo‘lsa, bas, albatta Biz unday kofirlar uchun do‘zaxni tayyorlab ko‘ygandirmiz.

14. Osmonlar va yerning mulki Allohnikidir, u O’zi xohlagan kishilarni mag‘firat qilur va O’zi xohlagan kimsalarni azoblar, Alloh mag‘firatli va mehribon bo‘lgan zotdir.

15. Hali sizlar (Haybar jangida qo‘lga kiritgan) o‘ljalarini olish uchun ketayotgan vaqtingizda (jihodga chiqmasdan) qolgan kimsalar: «Bizlar ham (o‘sha o‘ljalardan olish uchun) sizlarga ergashishimizga (yo‘l) qo‘yinglar», derlar. Ular Allohning kalomini o‘zgartirmoqchi bo‘ladilar. Ayting: «Hargiz bizlarga ergashmaysizlar! Alloh ilgari mana shunday degandir». Endi ular: «Yuq, sizlar bizlarga hasad-baxillik qilmoqdasizlar», derlar. Yo‘q, ular kamdan-kam narsalarnigina anglarlar.


I z o h . Payg‘ambar alayhis-salom boshliq sahobalar Xudaybiyya sulhidan qaytishgach, Haybar vohasidagi yahudiylarga qarshi jang qilishib, g‘alaba qozonadilar va katta o‘ljalarni qo‘lga kiritadilar. Bu o‘ljalardan xabar topgan munofiqlar o‘zlari jangdan qochgan bo‘lsalar-da, o‘ljadan xomtama’ bo‘lganlarida, mazkur oyat orqali ularga keskin rad javobi beriladi va Alloh taolo bu o‘ljalarni faqat Xudaybiyya sulhida ishtirok etgan kishilar uchun xos qilib qo‘ygani bayon etiladi, hamda u munofiqlarning Alloh buyurgan hukmlaridagi hikmatni anglay olmasliklari ham oshkor qilinadi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #513 : 01 Sentyabr 2006, 07:31:56 »


16. A’robiylardan bo‘lgan (jihodga chiqmasdan) qolgan (munofiq) kimsalarga ayting: «Yaqinda sizlar kuch-quvvat egalari bulgan bir qavm (bilan jang qilish)ga da’vat etilursizlar. (Ushanda yo) ular bilan urishursizlar, yoki ular (jang-jadalsiz) Islomga kirurlar. Bas agar (o‘sha payt sizlarni kofir qavmga qarshi jihod qilish uchun da’vat etuvchiga) itoat etsangizlar, Alloh sizlarga go‘zal ajr-mukofot ato etur. Agar ilgari yuz o‘girib ketganlaringizdek yuz o‘girib ketsangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob-la azoblar.

17. (Jihodga chiqmay qolishdan) ko‘zi ojiz kishiga xaraj-tanglik yo‘qdir. Cho‘loqqa xaraj yo‘qdir, xastaga xaraj yo‘qdir (ya’ni ular jihodga chiqmaganlari uchun ayblanmaslar). Kim Alloh va uning payg‘ambariga itoat etsa, U zot uni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritur. Kim yuz o‘girib ketsa, uni alamli azob-la azoblar.

18-19. (Ey Muhammad), darhaqiqat Alloh mo‘minlardan — ular daraxt ostida sizga bay’at qilayotgan vaqtlarida — rozi bo‘ldi. Bas, U zot ularning dillaridagi narsa (sadoqat va vafo)ni bilib, ularga sakinat – orom tushirdi va ularni (Xaybar jangida erishiladigan) yaqin g‘alaba va o‘zlari(gina) oladigan ko‘pdan-ko‘p o‘ljalar bilan mukofotladi. Alloh qudrat va hikmat sohibi bo‘lgan zotdir.

20. (Ey mo‘minlar), Alloh sizlarga o‘zlaringiz oladigan ko‘pdan-ko‘p o‘ljalar va’da qildi. Endi mana bu (Xaybar jangida qo‘lga kiritadigan o‘ljalaringiz)ni esa naqd qilib qo‘ydi va (sizlarga dushman bo‘lgan) odamlarning qo‘llarini sizlar(ga biron ziyon yetkazish)dan to‘sib qo‘ydi, Toki (bu ne’matlar) mo‘minlar uchun oyat-ibrat bo‘lgay va (Alloh) sizlarni To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgay.

21. Yana boshqa sizlar hali-hanuz qodir bo‘lmagan (o‘lja)lar ham borki, Alloh ularni (sizlarning o‘ljalaringiz ekanini O’z ilmi ilohiysi bilan) ihota qilib olgandir. Alloh barcha narsaga qodir bo‘lgan zotdir.

22. Agar (Makka axlidan) kofir bo‘lgan kimsalar (sulh tuzish o‘rniga) sizlar bilan jang qilganlarida, albatta ortlariga qarab qochgan bo‘lur edilar. So‘ngra ular na bir do‘st va na bir yordamchi toparlar.

23. Bu, ya’ni mo‘minlar zafar topib, kofirlar mag‘lub bo‘lishi Allohning yo‘li — qonuni bo‘lib, ilgari ham o‘tgandir. Allohning yo‘lini esa hargiz o‘zgartira olmassiz.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #514 : 01 Sentyabr 2006, 07:33:02 »


24. U (Alloh) Makkaning ichida (ya’ni Xudaybiyyada) sizlarni ularning (Makka mushriklarining) ustiga g‘olib qilganidan keyin ularning qo‘llarini sizlardan, sizlarning qo‘llaringizni ulardan to‘sgan (ya’ni o‘rtalaringizda sulh paydo qilgan) zotdir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turguvchi bo‘lgan zotdir.

25. Ular (Makka mushriklari) kofir bo‘lgan va sizlarni Masjid-al-Haromdan, hadya (qurbonliq qilish uchun olgan hayvonlaringiz)ni esa mahbus bo‘lgan holida, o‘z joyiga yetishdan to‘sgan kimsalardir. Agar (Makkada) sizlar bilmagan mo‘min kishilar va mo‘mina ayollar bo‘lmasa edi — sizlar ularni bilmagan holingizda (mushriklardan deb o‘ylab) bostirib — halok qilib qo‘yib, ular sababli sizlarga or-gunoh yetmasa edi. (Alloh sizlarni Makkaga yurish kilishdan to‘smagan bo‘lur edi). Alloh O’zi xoxlagan kishilarni O’z rahmatiga doxil qilish uchun (ya’ni ularni mushriklar qatorida halok bo‘lib ketishlaridan asrash uchun sizlarni jang qilishdan to‘sdi). Agar (mo‘minlar) ajralib olganlarida, albatta ulardan (ya’ni Makka axlidan) kofir bo‘lgan kimsalarnk alamli azob-la azoblagan bo‘lur edik.

26. O’shanda kofir bo‘lgan kimsalar dillariga qiziqqonlikni — dinsizlik qiziqqonligini solganlarida (ya’ni Muhammad alayhis-salomning payg‘ambar ekanliklarini inkor etishib, musulmonlarni Makkaga kirishdan to‘sganlarida) Alloh O’z payg‘ambarining va mo‘minlarning ustiga O’z sakinat — oromini tushirdi va ularga taqvo kalimasini (ya’ni “La ilaha illalloh” kalimasini) lozim qildi. Ular o‘sha (kalima)ga juda haqdor va ahl-loyiq edilar. Alloh barcha narsani bilguvchi bo‘lgan zotdir.

27. Qasamki, Alloh O’z payg‘ambariga (u kishi ko‘rgan) tushni haqqi-rost qildi: albatta sizlar (ey mo‘minlar), insho Alloh Masjid-al-Xaromga tinch-omon boshlaringizni (sochlaringizni) qirdirgan va (yoki) qisqartirgan hollaringizda xavf-xatarsiz kirursizlar. Bas (Alloh) sizlar bilmagan narsani bilib, undan (Makka fathidan) oldin yaqin bir g‘alabani (Xaybar jangidaga g‘alabani muyassar) qildi.


I z o h. Mufassirlar rivoyat qilishlaricha, payg‘ambar alayhis-salom Xudaybiyya sulhidan ilgari tushlarida sahobalari bilan birga Makkaga kirganlarini va Ka’batullohni tavof qilishgach, ayrimlari sochlarini qirdirib, ayrimlari qisqartirib haj-umra marosimlarini ado etganlarini ko‘rgan va sahobalarga bu tushlarini so‘zlab bergan ekanlar. Bunday xushxabardan benihoya shodlangan sahobalar rasullulloh bilan birga Umra ibodatini ado etish uchun Makkai Mukarrama tomon yurish qiladilar. Lekin Xudaybiyya vodiysiga yetib kelganlarida mushriklar tarafidan yo‘llari to‘silib, ikki o‘rtada o‘tgan oyatlarda mazkur bo‘lgan sulh tuzilgach, Makkaga kira olmasdan Madinaga qaytib ketishayotganida munofiq kimsalar: «Muhammadning ko‘rgan tushi rost chiqmadi-ku! » deb, musulmonlar orasida ig‘vo tarqatganlarida, yuqoridagi oyat nozil bo‘lib, payg‘ambar alayhis-salomning tushlari shak-shubhasiz o‘ngidan kelishi, ammo Alloh taolo bandalar bilmaydigan sir-asrorlarni bilib, Makka fathidan avval Xaybar jangidagi g‘alabani muyassar qilgani haqida xabar berildi. Mana shundan keyin oradan bir yil kechgach, Makka musulmonlar tomonidan fath qilindi.

28. U (Alloh) O’z payg‘ambari (Muhammad alayhis-salom)ni hidoyat va Haq din (Islom) bilan, u (din)ni barcha (din)larga g‘olib-ustun qilish uchun yuborgan zotdir. Allohning O’zi (ushbu va’dasining ro‘yobga chiqishiga) yetarli guvoxdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #515 : 01 Sentyabr 2006, 07:34:46 »


29. Muhammad Allohning payg‘ambaridir. U bilan birga bo‘lgan (mo‘min)lar kofirlarga qahrli, o‘z oralarida (mo‘minlar bilan) esa rahm-shafqatlidirlar. Ularni (mudom) Allohdan fazl-marhamat va rizolik tilab ruku’, sujud qilayotgan hollarida ko‘rursiz. Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi-alomatlari bordir. Mana shu (ya’ni kofirlarga qahrli bo‘lish, mo‘minlarga mehribonlik va ko‘p namoz o‘qib, ruku’-sajda qilish) ularning Tavrotdagi misollaridir. (Ya’ni Tavrotda ham Alloh taolo mo‘minlarni mana shunday sifatlar bilan sifatlagandir). Ularning Injildagi misollari esa xuddi bir shoxlar chiqarib, quvvatga kirgach, yo‘g‘onlashib, o‘z novdasida tik turgan, dehqonlarni lol qoldiradigan o‘simlikka o‘xshaydi. (Mo‘minlarning avval-boshda zaif-ozchilik bo‘lishib, keyin asta-sekin ko‘payib, kuchga to‘lib ketishlari Injilda yuqorida zikr qilinganidek o‘simlikka o‘xshatilishi) ular sababli kofirlarni xafa qilish uchundir. Alloh (mo‘minlardan) iymon keltirib, yaxshi amallar qilgan zotlarga mag‘firat va ulug‘ ajr-mukofot va’da qilgandir.
 

HUJUROT SURASI

Bu sura Madinada nozil qilingan bo‘lib, o‘n sakkiz oyatdir.

U nisbatan qisqa sura bo‘lishiga qaramasdan, o‘z ichiga Islomiy odob-axloqqa oid juda ko‘p qonun-qoidalarni qamrab olgandir.

Sura dastlab mo‘minlarni Alloh va Uning payg‘ambari izni-ruxsatisiz biron ish yo so‘z qilmaslikka buyurish bilan boshlanib, so‘ngra payg‘ambarga nisbatan muomala odobi bayon etiladi.

Shuningdek, bu surada jamiyat intizomini saqlash uchun zarur bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatiladi.

Sura mo‘minlarni birovlarni masxara qilib kulishdan, bir-birlariga turli laqablar taqishdan, g‘iybat, ayg‘oqchilik qilish va asossiz o‘zgalardan badgumon bo‘lish kabi illatlardan saqlanishga chaqiradi.

Sura nihoyasida tillarida iymon keltirdik, deydigan, ammo dillariga iymon nuri kirmagan kimsalar to‘g‘risida xabar berilib, haqiqiy mo‘minlar ega bo‘lishi lozim bo‘lgan sifat-fazilatlar bayon etiladi.

Bu surada payg‘ambar alayhis-salomning jufti halollari bo‘lmish onalarimiz istiqomat qiladigan hujralar haqida zikr qilingan oyati karima ham mavjud bo‘lgani sababli u «Hujurot — Hujralar» deb nomlangandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ey mo‘minlar, sizlar Alloh va Uning payg‘ambari oldida (ya’ni ikkisining iznisiz biron so‘z yoki ishga) qadam bosmanglar! Va Allohdan qo‘rqinglar! Albatta Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.

2. Ey mo‘minlar, (toki qilgan yaxshi) amallaringiz o‘zlaringiz sezmagan hollaringizda behuda-befoyda bo‘lib qolmasligi uchun sizlar (payg‘ambar bilan so‘zlashgan paytlaringizda) ovozlaringizni payg‘ambarning ovozidan yuqori ko‘tarmanglar va unga bir-birlaringizga ochiq (dag‘al so‘z) qilgandek ochiq-dag‘al so‘z qilmanglar!

3. Albatta Allohning payg‘ambari huzurida ovozlarini past qilgan zotlar – ana o‘shalar Alloh dillarini taqvo uchun imtihon qilgan (ya’ni taqvo imtihonidan o‘tgan) zotlardir. Ular uchun mag‘firat va ulug‘ ajr-mukofot bordir.

4. (Ey Muhammad), albatta (sizni chaqirib, bezovta etmasdan) sabr qilganlarida, albatta o‘zlari uchun yaxshiroq bo‘lur edi. Alloh mag‘firatli, mehribondir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #516 : 01 Sentyabr 2006, 07:35:37 »


6. Ey muminlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa biron xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda, biron qavmga musibat yetkazib qo‘yib, qilgan ishlaringizga afsus-nadomat chekib qolmasliklaringiz uchun (u fosiq kimsa olib kelgan xabarni) aniqlab-tekshirib ko‘ringlar!

7. Va bilinglarki, oralaringizda Allohning payg‘ambari bor. Agar u ko‘p ish(lar) dan sizlarga (iymoni komil bo‘lmagan johil kimsalarga) bo‘yinsunsa, (ya’ni Alloh tomonidan vahiy nozil bo‘lishini kutmasdan sizlar keltirgan xabarlarga ishonadigan bo‘lsa), albatta sizlar balo-musibatlarga duchor bo‘lur edingizlar. Lekin Alloh sizlarga (iymoni komil, taqvo imtihonidan o‘tgan zotlarga iymonni suyukli qildi va uni dillaringizga chiroyli ko‘rsatdi hamda sizlarga kufrni, (Alloh va payg‘ambarga) itoatsizlikni va isyonni yomon ko‘rsatib qo‘ydi. Ana o‘shalargina (ya’ni iymon yo‘lida sobitqadam bo‘lib, kufr-isyonni yomon ko‘rgan kishilargina), To‘g‘ri yo‘lga yurguvchi zotlardir.

8. (Bu) Alloh tomonidan bo‘lgan fazlu marhamat va ne’matdir. Alloh bilim va hikmat sohibidir.

9. (Ey mo‘minlar), agar mo‘minlardan bo‘lgan ikki toifa (bir-birlari bilan) urushib qolsalar, darhol ularning o‘rtasini o‘nglab qo‘yinglar! Endi agar ulardan birovi ikkinchisining ustiga tajovuz qilsa, bas to (tajovuzkor toifa) Allohning amriga qaytgunicha, sizlar tajovuz qilgan (toifa) bilan urushinglar! Endi agar u (toifa tajovuzkorlikdan) qaytsa, sizlar darhol ularning o‘rtasini adolat bilan o‘nglab qo‘yinglar. (Mudom) adolat qilinglar! Zero Alloh adolat qilguvchilarni suyur.

10. Mo‘minlar hech shak-shubhasiz og‘a-inilardir. Bas, sizlar ikki og‘a-iningizning o‘rtasini o‘nglab qo‘yinglar! Allohdan qo‘rqinglar — shoyad U zot tomonidan bo‘ladigan rahmatga erishsangizlar.

11. Ey mo‘minlar, (sizlardan bo‘lgan) bir qavm (boshqa) bir (mo‘min) qavmdan masxara qilib kulmasin — ehtimolki, (o‘sha masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. Yana (sizlardan bo‘lgan) ayollar ham (boshqa mo‘mina) ayollarga (masxara qilib kulmasinlar) ehtimolki, (o‘sha masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo‘lsalar. O’zlaringizni (ya’ni, bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizga laqablar qo‘yib olmanglar! Iymondan keyin fosiqlik bilan nomlanish (ya’ni mo‘min kishining yuqorida man’ qilingan fosiqona ishlar bilan nom chiqarishi) naqadar yomondir. Kim tavba qilmasa, ana o‘shalar zolim kimsalarnitsg o‘zidirlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #517 : 01 Sentyabr 2006, 07:36:03 »


12. Ey mo‘minlar, ko‘p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ayrim gumon(lar) gunohdir! (O’zgalarning ayblari ortidan) josuslik qilib yurmanglar va ayrimlaringiz ayrimlarni g‘iybat qilmasin! Sizlardan biron kishi o‘zining o‘lgan birodarining go‘shtini yeyishni yaxshi ko‘rurmi?! Ana yomon ko‘rdingizmi?! (Bas, gunohi bundan-da ortiq bo‘lgan g‘iybatni ham yomon ko‘ringiz)! Allohdan qo‘rqingiz! Albatta Alloh tavbalarni qabul qilguvchi, mehribondir.

I z o h. Mazkur oyati karimada mo‘minlar jamiyatdagi tartib-intizomni izdan chiqaradigan va mehr-oqibat yo‘qolib ketishiga sabab bo‘ladigan uch illatdan qaytarildilar. Bulardan birinchisi, o‘zgalar haqida yomon gumon qilish, ikkinchisi, birovlarning ayblarini axtarib topish uchun orqalaridan josuslik-ayg‘oqchilik qilib yurishdir. Shariati Islomiyada shaxsning zohirda qilayotgan ish-amali va aytgan so‘zi mo‘‘tabardir. Ya’ni, masalan bir kishining muayyan bir ayb yo jinoyatga daxldor ekanligiga aniq hujjat bo‘lmas ekan, uning o‘sha ayb yo jinoyatda gumon qilinishi haromdir. Faqat uning munofiqligi yoki xoinligi aniq bo‘lib qolgan taqdirdagina u haqda yomon gumon qilish va undan hazar qilish vojibdir, Chunki Payg‘ambar alayhis-salom aytganlaridek: «Mo‘min kishi bir teshikdan (ya’ni unda yashirinib yotgan ilon yo chayondan) ikki marta chaqilmaydi».

Yuqoridagi oyatda yana g‘iybatdan qaytarildi. G’iybat o‘zi nima? Bu to‘g‘rida payg‘ambarimiz shunday deganlar: «G’iybat — birodaringning ortidan o‘zi eshitib qolsa xafa bo‘ladigan ayb-nuqsonini aytishingdir». Demak bir mo‘minning ortidan unda bo‘lmagan ayblarni unga nisbat berish g‘iybat emas, balki uning haqiga bo‘xton va tuhmat bo‘lar ekan, unda bo‘lgan ayblarni ortidan aytish esa uni sifatlash emas, balki g‘iybat qilish bo‘lar ekin. Endi g‘iybatning naqadar og‘ir gunoh ekanligi xususida mazkur oyatda Alloh taolo tomonidan keltirilgan misol ibratlidir. Chunki aql-hushi joyida bo‘lgan biron inson boshqa bir insonning go‘shtini yeyishni istamaydi. Endi agar o‘sha inson o‘zining birodari bo‘lsachi, yana kamiga o‘lgan holda bo‘lsa-chi! Uning go‘shtini yeyish dunyodagi eng vahshiy hayvon ham hazar qiladigan bir jinoyatdir! Bir mo‘minning ortidan g‘iybat qilish ana o‘shandan-da og‘irroq jinoyatdir! Shuning uchun ham payg‘ambar alayhis-salom: «G’iybat qilish (birovni nohaq) o‘ldirishdan-da yomonroqdir», deganlar.


13. Ey insonlar, darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishinglar (do‘st-birodar bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib qo‘ydik. Albatta sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatliragingiz taqvodorrog‘ingizdir. Albatta Alloh bilguvchi va ogohdir.

I z o h . Ushbu oyatda Islom dinining insoniyat olamiga nisbatan bo‘lgan ko‘z qarashi bayon etilgandir: Birinchidan, barcha insonlar bir ota-onaning farzandlaridir. Ikkinchidan, insonlarning turli el-urug‘larga bo‘linishlari bir-birlari bilan yer yoki mol-dunyo talashib urush-janjal bilan umr o‘tkazishlari uchun emas, balki bir-birlari bilan tanishib, hamkorlik qilishlari va birgalikda o‘zlari xalifa bo‘lgan zaminni obod qilishlari uchundir. Va nihoyat uchinchidan odamlarning Alloh taolo huzurida obro‘-e’tiborli bo‘lishlari mol-dunyo yoki oliynasab bilan emas, balki Allohdan qo‘rqish va U zot nozil qilgan amr-farmonlarga itoat etish bilan bo‘lur.

14. A’robiylar: «Iymon keltirdik», dedilar. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «Sizlar iymon keltirganlaringiz yo‘q, lekin sizlar «Bo‘yinsundik», denglar, (chunki hali-hanuz) iymon dillaringizga kirgan emasdir. Agar sizlar Allohga va Uning payg‘ambariga itoat etsangizlar, U zot sizlarga (qilgan yaxshi) amallaringizdan (ya’ni ularning savobidan) biron narsani kamitmas. Albatta Alloh mag‘firatli, mehribondir».

I z o h. Mufassirlarning aytishlaricha, bu va quyidagi oyatlar Bani Asad nomli qabiladan bo‘lgan bir guruh a’robiylar haqida nozil bo‘lgandir. Ular qahatchilik yilida Madinaga tushib, payg‘ambar alayhis-salomga o‘zlarining mo‘min bo‘lganlarini pesh qilib, u zotdan musulmonlarga tegishli bo‘lgan o‘ljalardan ularga ham berishlarini talab qilishadi. Lekin Qur’on ularning dillariga iymon kirmaganini, ular faqat o‘ljaga ega bo‘lish uchun zohirda Islomga kirib turganlarini oshkor qiladi va agar ular sidqidildan iymon keltirib, Alloh va payg‘ambarga itoat etsalar Tangri taolo ularni bu dunyoda ham, u dunyoda ham kam qilmasligini uqtiradi.

15. Haqiqiy mo‘minlar faqat Alloh va Uning payg‘ambariga iymon keltirib, so‘ngra (hech qanday) shak-shubha qilmagan va molu jonlari bilan Alloh yo‘lida kurashgan zotlardir. Ana o‘shalargina (o‘z iymonlarida) sodiq bo‘lgan zotlardir.

16. Ey Muhammad, u a’robiylarga ayting: «Sizlar Allohga dininglarni (iymonlaringai haqiqiy ekanligini) bildirmoqchimisizlar?! Holbuki Alloh osmonlardagi va yerdagi bor narsani bilur. Alloh barcha narsani bilguvchidir!»

17. Ular sizga musulmon bo‘lganlarini minnat qilurlar. Ayting: «Sizlar menga musulmon bo‘lganlaringizni minnat qilmanglar. Balki agar (iymoninglarda) sodiq bo‘lsangizlar, Alloh sizlarni iymonga hidoyat qilganini minnat qilur.

18. Albatta Alloh osmonlar va Yerdagi g‘ayb-sirlarni bilur. Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turguvchidir».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #518 : 01 Sentyabr 2006, 07:36:21 »


QOF SURASI

Qirq besh oyat bo‘lgan bu sura Makkada nozil qilingan.

Barcha Makka suralari kabi Islomiy aqidaning asoslari haqida so‘zlaguvchi bu surada so‘z asosan mana shu aqidaning bir bo‘lagi bo‘lgan qayta tirilish va bu dunyoda qilib o‘tilgan barcha amallar hisob-kitob qilinishi haq ekanligi to‘g‘risida boradi.

Sura oyatlari oxiratni inkor etuvchi kimsalarning nazarini yeru osmondagi Alloh taoloning qudrati ilohiyasiga dalolat qilib turgan ko‘pdan-ko‘p ajoyibotlarga jalb qiladi va mana shu koinotni yo‘qdan bor qilgan zot ularni qayta yaratishga ham qodir ekanligini ta’kidlaydi.

Bu surada ham qayta tirilishni yolg‘on deganlari sababli turli azob-uqubatlarga giriftor bo‘lgan avvalgi qavmu-qabilalar yana bir bor eslatib o‘tiladi,

Sura sur chalinib qabrlardan hisob-kitob uchun chiqiladigan Kunda bo‘ladigan voqea-hodisalarni bayon qilish bilan xotima topadi.

Sura o‘zining ilk kalimasi bo‘lmish «Qof» harfi bilan nomlangan.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Qof. (Ey Muhammad), Ulug‘ Qur’onga qasamki, (Biz sizni qayta tirilish haq ekanligidan ogohlantirguvchi payg‘ambar qilib yuborganimizda Makka ahli iymon keltirmaydi).

2. Balki ularga (farishta emas, balki) o‘zlaridan bo‘lgan bir ogohlantirguvchi kelganidan ajablanib, u kofirlar aytdilar: «Bu juda qiziq narsa-ku!

3. Bizlar o‘lib, tuproq bo‘lib qolgan vaqtimizda (yana hayotga qaytarilamizmi)?! Bu juda uzoq (aql bovar qilmaydigan) qaytishdir!»

4. Aniqki, Biz yer ular(ning jasadlari)ni kamaytirayotganini (ya’ni jasadlari chirib tuproqqa aylanib ketayotganini) bildik. Va Bizning huzurimizda (barcha narsani o‘z sahifalarida) saqlaguvchi Kitob (Lavhul — Mahfuz) bordir, (demak ularni qayta tiriltirib, hisob-kitob qilish Biz uchun qiyin ish emasdir).

5. Yo‘q, ularga Haq (Qur’on) kelgan vaqtida uni ham yolg‘on dedilar. Bas, ular bir noaniq ishga – holga tushib qolganlar. (Shuning uchun ular goh Qur’onni «sehr» deyishsa, goh «she’r» deyishadi, goho esa «Avvalgilardan qolgan afsona», deydilar).

6. Axir ular ustlaridagi osmonni — Biz uni qanday bino qilib, (yulduzlar bilan) bezab qo‘yganimizni va uning teshik-yoriqlari ham yo‘q ekanligini ko‘rmadilarmi?!

7. Yerni esa yoyiq — keng qildik va unda tog‘larni o‘rnatib qo‘ydik hamda unda (o‘simlik, mevalardan) har turli go‘zal juftlarni undirib-o‘stirdik.

8. (Parvardigorga) qaytguvchi har bir bandaga ko‘rgazma va eslatma-ibrat bo‘lsin uchun (mana shunday qildik).

9-10. Biz osmondan barakotli suv — yomg‘ir yog‘dirib, uning yordamida bog‘-rog‘larni va o‘rib olinguvchi don-dunlarni hamda terilgan (mevali) novdalari bo‘lgan baland xurmolarni undirib-o‘stirdik.

11. Bandalarga rizq bo‘lsin uchun (mana shunday qildik). Yana u (suv) yordamida o‘lik shaharni — yerni tiriltirdik. (O’liklarning o‘z qabrlaridan qayta tirilib) chiqishlari ham mana shunday bo‘lur.


I z o h . Ushbu oyatlarda xuddi o‘lik zamin vaqti soati bilan tirilib bog‘u-rog‘larga va gulu gulzorlarga aylangani kabi insonlarga ham qiyomat soati kelganida qayta jon ato etilib, qabrlaridan chiqishlari eslatib o‘tilgach, endi quyidagi oyatlarda ilgari o‘tgan va oxiratni inkor etguvchi bo‘lgan qavm-qabilalarning boshlariga tushgan ko‘rgulik zikr qilinadi.

12-13-14. Ulardan (Makka kofirlaridan) ilgari Nuh qavmi, quduq egalari (a’ni Shu’ayb payg‘ambarni yolg‘onchi qilganlari sababli quduqqa qulab halok bo‘lgan bir qavm), Samud va Od (qabilalari), Fir’avn (va uning qavmi), Lutning og‘a-inilari, daraxtzor egalari (ya’ni Shu’ayb payg‘ambarning qavmi va Tubba’ qavmi ham (o‘z payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilgan edilar. (Ularning) barchalari payg‘ambarlarni yolg‘onchi qilishgach, Mening va’dam (ya’ni azobim ularning ustiga) haq-vojib bo‘ldi.

15. Axir Biz avvalgi yaratishga (ya’ni yo‘qdan bor qilishga) ojizlik qildikmi? Yo‘q, (ojizlik qilmadik, demak tuproqqa aylangan jasadlarga qayta jon ato etishga ham ojilik qilmaymiz), ular esa yangi yaralishdan (ya’ni, qayta tirilishdan) shak-shubhadadirlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #519 : 01 Sentyabr 2006, 07:36:39 »


16. Aniqki, insonni Biz yaratganmiz, (demak), uning nafsi vasvasa qiladigan (ya’ni ko‘nglidan o‘tgan barcha) narsalarni ham bilurmiz,— Biz unga jon tomiridan ham yaqinroqdirmiz.

17. Zotan o‘ng va chap (tomon)da o‘tirgan ikki qabul qilguvchi (yozib turguvchi farishta insonning aytgan va qilgan barcha yaxshi-yomon so‘z-amallarini) qabul qilib-yozib tururlar.

18. U biron so‘z talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru-nozir bo‘lgan bir kuzatguvchi (farishta u so‘zni yozib olur).

19. Mana, o‘lim mastligi (ya’ni jon chiqar payti) haqqi-rost (etib keldi (Ey inson), bu (o‘lim) sen qochguvchi bo‘lgan narsadir.

20. (Qayta tirilishga da’vat qilguvchi) Sur ham chalindi. Bu (kofirlarga azob) va’da qilingan Kundir!

21. Va har bir jon o‘zi bilan birga (uni mahshargohga) haydaguvchi (bir farishta) va uning qilib o‘tgan amallariga) guvoxlik berguvchi (bir farishta) bo‘lgan holda keldi.

22. (Ey inson), aniqki, sen bu (og‘ir Kun)dan g‘aflatda eding. Bas, Biz sendan pardangni (ya’ni mana bu qiyomat Kuni haqidagi shak-shubhalaringni) ochib yubordik. Endi bu Kun sening ko‘zing juda o‘tkirdir.

23. Uning (kofirning) yaqini-hamrohi (bo‘lgan, uning qilib o‘tgan gunohlarini yozib-guvohlik berguvchi farishta) dedi: «Mana bu (nomai a’mol) mening huzurimda hoziru nozir bo‘lgan narsadir».

24-25. (Shundan keyin do‘zax xodimlaridan ikki farishtaga aytilur): «Barcha (Haqqa qarshilik qilguvchi) qaysar, yaxshilikni man’ qilguvchi, zo‘ravon va (Allohning diniga shak keltirguvchi) kofir-ko‘rnamakni jahannamga tashlanglar!

26. (Qay) bir kimsa Alloh bilan birga boshqa bir «iloh» qilib olsa (ya’ni yolg‘iz Allohga biron narsa yo kimsani sherik qilib olsa), bas, uni qattiq azobga tashlanglar!»

27. Uning yaqini (bo‘lgan shayton): «Parvardigoro, uni men tug‘yonga solganim yo‘q, lekin uning o‘zi (haq yo‘ldan) yiroq zalolatda bo‘ldi», dedi.

28. (Alloh kofir va uning shaytoniga) aytdi: «Mening dargohimda talashib-tortishmanglar, aniqki, Men ilgari sizlarga (kofir bo‘lganlaringiz sababli oxiratda azobga giriftor bo‘lishlaringiz to‘g‘risida) va’da qilganman.

29. Mening dargohimda (va’da qilingan) so‘z o‘zgartirilmas va Men bandalarga zulm qilguvchi ham emasdirman».

30. U Kunda Biz jahannamga “To‘lib bitdingmi?” dermiz, u esa, «Yana qo‘shimcha bormi?» der.


I z o h. Yuqoridagi oyatlarda hayoti dunyodan kufru-isyon bilan o‘tgan kimsalarning Qiyomat kunida kechadigan ahvol-ko‘rguliklari batafsil bayon etilgach, endi taqvo egalari uchun tayyorlab qo‘yilgan jannat manzaralari tasvirlanadi.

31. Jannat taqvodor zotlarga yiroq bo‘lmagan (bir makonga) keltirildi (va ularga deyildi):

32-33. «Mana shu (ne’matlar) Sizlarga — har bir (Allohga) qaytguvchi, (o‘z ahdini) saqlaguvchi (rioya qilguvchi), g‘aybdagi Rahmondan qo‘rqqan va tavba-tazarru’ qilgan dil bilan kelgan kishilarga va’da qilinayotgan narsalardir.

34. Unga (jannatga) tinch-omon kiringiz! Bu (kun) mangu (qoladigan) Kundir».

35. Ular uchun u joyda xohlagan narsalari bordir. Va yana Bizning dargohimizdagi qo‘shimcha (izzat-ikrom)lar ham bordir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #520 : 01 Sentyabr 2006, 07:36:58 »


36. Biz ulardan (Quraysh kofirlaridan) ilgari ulardan kuchli-quvvatliroq bo‘lgan qancha asr-avlodni halok kildik. Bas, o‘shalar (Biz boshlariga tushirgan balodan qochib), biron najot bormikan, deb shaharlarda izg‘ib yurdilar, (lekin halokatdan qochib qutula olmadilar).

37. Albatta bunda (ogoh) qalb egasi bo‘lgan yoki o‘zi hozir bo‘lgan xolda (ya’ni sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bordir.

38. Aniqki, Biz osmonlar va yerni hamda ularning o‘rtasidagi bor narsani olti kunda yaratdik va Bizni hech qanday charchoq ushlagani yo‘q.

39. Bas, (Ey Muhammad), ular (kofirlar) aytayotgan so‘zlarga sabr-toqat qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni) poklang — namoz o‘qing!

40. Yana kechaning (bir qismida) va sajdalar (ya’ni namozlar) ortidan U zotni poklang!

41. Va jarchi (Isrofil farishta) yaqin bir makondan turib jar soladigan Kunda (uning nidosiga) quloq tuting!

42. U Kunda ular (barcha xaloyiq) u dahshatli qichqiriqni haqqi-rost eshiturlar. Bu (qabrlardan tirilib) chiqish Kunidir!

43. Albatta Biz O’zimiz (barcha jonzotga) hayot berurmiz va o‘lim berurmiz. Yolg‘iz Bizga qaytish bordir!

44. U Kunda ularning ustidagi yer yorilib, (ular) shoshgan hollarida (qabrlaridan chiqib kelurlar). Bu (ya’ni Qiyomat kunida barcha xaloyiqni hisob-kitob uchun to‘plash) yolg‘iz Bizgagina oson bo‘lgan to‘plashdir.

45. Biz ular (kofirlar) aytayotgan so‘zlarni juda yaxshi bilurmiz. (Ey Muhammad), siz ularning ustida (dinu-iymonga) zo‘rlaguvchi emassiz. Bas, ushbu Qur’on bilan Mening (kofirlarni azob-uqubatga giriftor qilish haqidagi) va’damdan qo‘rqadigan kishilarga pand-nasihat qiling.

 

ZORIYOT SURASI

Bu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, oltmish oyatdan tashkil topgandir.

Sura avvalida Alloh taolo O’zi yaratgan to‘rt narsa nomi bilan qasamyod qilib oxirat diyori va undagi jazo-mukofot haq ekanligini ta’kidlaydi va insonlarga notanish bo‘lgan u sirli olamning sir-sinoatini — kofirlarni yutishga hozir bo‘lib kutib turgan jahannamni va mo‘minlarga muntazir ko‘z tutib turgan jannatini ilohiy qalam bilan ta’riflab, O’z bandalarini ogohlantiradi.

Bu surada ham o‘z qavmining iymon keltirmayotganidan ozurdadil bo‘lgan payg‘ambar alayhis-salomga taskin-tasalli va barcha insonlarga eslatma-ibrat bo‘lsin uchun u kishining salaflari bo‘lmish o‘tgan payg‘ambarlar va ularni yolg‘onchi qilganlari sababli turli azob-uqubatlarga duchor bo‘lgan qavm-qabilalar haqidagi ibratli qissalar zikr qilingandir.

Sura insu jinning yaratilishidan ko‘zda tutilgan birdan-bir maqsad ularning Yaratganni tanib, yolg‘iz O’sha zotgagina sig‘inib-ibodat qilib o‘tishlari ekanligini ta’kidlash bilan xotima topadi.

Bu sura o‘zining ilk oti «Va-z-Zoriyot» nomi bilan atalgan bo‘lib, bu kalima «Surib ketguvchi shamollarga qasam» degan ma’noni anglatadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2-3-4-5. (Bulutlarni) surib ketguvchi (shamol)larga, yuk (yomg‘ir) tashiguvchi (bulut)larga, (suv yuzida) yengil suzib borguvchi (kema)larga va (Allohning amri bilan (barcha) ish (lar)ni taqsimlaguvchi (farishta)larga qasamki, sizlarga va’da qilinayotgan narsa (qayta tirilish) shak-shubhasiz haqqi-rostdir!

6. Va albatta (Qiyomat kunida hisob-kitob qilinganidan keyin) jazo-mukofot voqe’ bo‘lguvchidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #521 : 01 Sentyabr 2006, 07:37:21 »


7-8. (Samodagi yulduzlar harakat qiladigan) yo‘llar egasi bo‘lgan osmonga qasamki, albatta sizlar (ushbu payg‘ambar xususida) xilma-xil so‘z ustidadirsizlar.

I z o h. Ya’ni, xuddi samodagi sayyoralarning harakat qiladigan yo‘llari xilma-xil bo‘lgani kabi sizlar ham, ey mushriklar, payg‘ambar alayhis-salom haqida turli-tuman so‘zlar aytursizlar: ayrimlaringiz u zotni «sehrgar», desangizlar, boshqalaringiz «shoir», deysizlar.

9. Undan (ya’ni Qur’ondan, payg‘ambardan Allohning ilmi azaliysida hidoyat yo‘lidan) burilgan (va saodatdan mahrum qilingan) kimsa burilib (yuz o‘girib) ketur.

10-11. (Haq payg‘ambarni «yolg‘onchi, sehrgar, shoir» deguvchi) o‘sha yolg‘onchilarga — (jaholat) girdobida adashib yurguvchi bo‘lgan kimsalarga o‘lim – la’nat bo‘lgay!

12. Ular jazo (qiyomat) Kuni qachon bo‘lishini so‘rarlar.

13. (U Kun) ular do‘zaxda tekshiriladigan — yondiriladigan Kunda bo‘lur.

14. (O’shanda ularga aytilur): «Azoblaringizni totinglar! Sizlar (hayoti dunyodalik paytingizda) shoshtirguvchi bo‘lgan narsa mana shudir!»

15-16. Albatta taqvodor zotlar (u Kunda) Parvardigor o‘zlariga ato etgan narsalarni (ajr-mukofotlarni) qabul qilgan hollarida jannatlar va buloqlar ustida bo‘lurlar. Zero ular bundan ilgari (ya’ni hayoti dunyodalik chog‘larida) chiroyli amallar qilguvchi edilar.

17. Ular kechadan ozgina (fursatgina) ko‘z yumar edilar.

18. Va saharlarda ular (qilgan sahvu-xatolari uchun Parvardigordan mag‘firat so‘rar edilar.

19. Ularning mol-mulklarida so‘raguvchi va (mol-davlatdan) mahrum-muhtoj kishilar uchun (ajratilgak) haq-ulush bo‘lar edi.

20-21. (Ey insonlar), yerda (undagi tog‘u toshlar va vodiy-daralarda, dengizlar va daryolarda, hayvonot va nabotot olamida) hamda o‘zlaringizda (ushbu hayotga kelib-ketishingizdan tortib, vujudlaringizdagi har bir a’zoingizda, balki har bir hujayrangizning naqadar nozik tartib-intizom bilan yaratilib, o‘z o‘rniga joylashtirilganida va o‘z zimmasidagi Yaratgan buyurgan vazifani quloq qoqmasdan ado etib borishida) ishonguvchi zotlar uchun (Allohning qudratiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlar bordir. Axir ko‘rmaysizlarmi?!

22. Osmonda esa sizlarning rizqu-ro‘zlaringiz (ya’ni yerda mo‘l hosil bo‘lishiga sabab bo‘lguvchi yomg‘ir) va sizlarga va’da qilinayotgan narsa (ya’ni jannat) bordir.

23. Bas, osmon va yerning Parvardigoriga qasamki, albatta u (ya’ni sizlarga va’da qilinayotgan barcha narsa) xuddi sizlarning so‘zlashingiz kabi (ya’ni so‘zlagan so‘zlaringiz o‘zlaringiz uchun qandoq haq bo‘lsa, ana shunday) haqqi-rostdir!

24. (Ey Muhammad), sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar keldimi?

25. O’shanda ular (Ibrohimning) huzuriga kirib, «Salom», deyishgan edi, u ham: «Salom, (Bular) notanish qavm-ku?», dedi.

26-27. So‘ng u asta oilasi oldiga chiqib, (qovurilgan) bir semiz buzoqni keltirdi-da, uni ularga yaqin qilib, «(Taomdan) yemaysizlarmi?» dedi.

28. (Lekin mehmonlar ovqatga qo‘l cho‘zishmagach), ulardan xavfsiray boshladi. (Shunda) ular: «Qo‘rqmagin. (Bizlar farishtalarmiz, shuning uchun taom yemaymiz)», dedilar va (Ibrohimga) bir dono o‘g‘il xushxabarini berdilar.

29. Shunda (ularning so‘zini eshitib turgan Ibrohimning) xotini qichqirgancha keldi-da, (bu xushxabardan ajablanganidan) o‘zining yuziga urib: «(Axir men) tug‘mas kampir(man)ku!» dedi.

30. Ular aytdilar: «Parvardigoring mana shunday dedi. Albatta Uning O’zigina hikmat va bilim Sohibidir».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #522 : 01 Sentyabr 2006, 07:38:22 »
YIGIRMA YETTINCHI JUZ’
*************************



31. (Ibrohim) dedi: «Ey elchilar, ne yumush bilan keldingiz?»

32-33-34. Ular aytdilar. «Bizlar bir jinoyatchi qavmga (ya’ni, Lut qavmiga) ularning ustidan, Parvardigorning huzurida haddan oshuvchi kimsalar uchun belgilab qo‘yilgan loydan-sopoldan bo‘lgan (ya’ni, har bir halok qilinguvchi kofirning nomi yozilgan) toshni yog‘dirish uchun yuborilgandirmiz.

35. Bas, Biz u joydagi mo‘minlardan bo‘lgan kishilarni chiqarib yubordik.

36. (Lekin) u joyda bir xonadondan (ya’ni, Lut payg‘ambar xonadonidan) o‘zga musulmonlarni topmadik.

37. Biz (u qishloqdagi barcha kofirlarni halok qilganimizdan so‘ng) alamli azobdan qo‘rqadigan zotlar (ibrat olishlari) uchun u joyda oyat-alomat qoldirdik.


I z o h. Ushbu oyati karimada Allohning qudratiga dalolat qiladigan oyat-alomatlardan faqat oxiratdagi alamli azobdan qo‘rqadigan kishilargina pand-nasihat olishlari ta’kidlab o‘tildi. Endi, Ibrohim alayhis-salomga yuborilgan farishtalar va ularning Lut qavmidan kofir bo‘lgan kimsalarni halok qilganlari haqidagi ibratli qissa hikoya qilingach, navbatdagi oyatlarda kofir bo‘lganlari sababli halokatga duchor qilingan boshqa bir qancha qavmlar to‘g‘risida qisqacha xabarlar beriladi.

38. Muso (qissasi)da ham (ibrat bordir). Eslang, Biz uni ochiq hujjat bilan Fir’avn oldiga yuborgan edik.

39. U o‘z arkoni (davlati)ga suyanib (Musoga iymon keltirishdan) yuz o‘girdi va «(Muso yo) sehrgar, yoki majnun», dedi.

40. Bas, Biz uni ham, qo‘shinlarini ham ushlab, ularni dengizga otdik — g‘arq qilib yubordik. U (Fir’avn o‘zining kibru havosi va kufru isyoni sababli har qanday) malomatga loyiqdir.

41. Od (qabilasining qissasi) da ham (ibrat bordir). Eslang, Biz ularning ustiga tug‘mas (ya’ni hech qanday foyda yetkazmaydigan) bo‘ronni yuborgan edik.

42. U (bo‘ron) nimaning ustidan o‘tsa, albatta uni (halok etib) xuddi chirib-bitgan suyaklar kabi qilib qo‘yar edi.

43. Samud (qabilasining qissasi)da ham (ibrat bordir). Eslang, ularga (Alloh tomonidan mo‘jiza qilib yuborilgan tuyani so‘yib yuborgan paytlarida) “bir vaqtgacha (ya’ni uch kungacha tiriklik ne’matidan) bahramand bo‘lingiz”, deyilgan edi.

44. Bas, ular Parvardigorning amri(ga igoat etish)dan kibr-havo qilishgach, qarab turgan hollarida ularni chaqmoq urdi.

45. Bas, ular (u chaqmoqdan qochib qutulish uchun o‘rinlaridan) turishga ham qodir bo‘lmadilar va (biron kimsa tomonidan) yordam olguvchi ham bo‘lmadilar!

46. (Mazkur qavmlardan) ilgari Nuh qavmini ham (halok qilgandirmiz). Chunki ular fosiq-itoatsiz qavm edilar.

47. Osmonni Biz qudrat bilan barpo qildik. Darhaqiqat Biz qudratlidirmiz.

48. Yerni esa yoyiq-keng qilib qo‘ydik. Bas, (Biz) naqadar yaxshi yoyguvchidirmiz.

49. Sizlar eslatma-ibrat olishlaringiz uchun Biz har bir narsani juft-juft qilib yaratdik.

50. (Ey Muhammad), ularga ayting: «Bas, Allohga (iymon keltirish uchun) chopinglar-shoshinglar! Albatta men sizlar uchun U zot(ning azobi)dan ochiq ogohlantirguvchidirman.

51. Va sizlar Alloh bilan birga yana boshqa biron iloh bor, demanglar! Albatta men sizlar uchun U zot(ning azobi)dan ochiq ogohlantirguvchidirman».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #523 : 01 Sentyabr 2006, 07:38:41 »


52. Xuddi shuningdek, (ya’ni sizni sehrgar, majnun, shoir deganlari kabi) ulardan (ya’ni, Makka mushriklaridan) avvalgi (kofir bo‘lgan) kimsalarga biron payg‘ambar kelganida, ular ham albatta (o‘sha payg‘ambarni yo) sehrgar, yoki majnun der edilar.

53. Ular o‘sha (so‘z)ni bir-birlariga vasiyat qilib qoldirganmilar? Yo‘q, (zotan ular bir-birlaridan yiroq zamonlarda va makonlarda yashab o‘tganlari sababli o‘zaro vasiyat qilish imkoniga ega emaslar, lekin faqat bir narsa ularning barchalaritsi yuqoridagi kabi so‘zlarni aytishga majbur etar) — ular tug‘yonga tushgan qavmdirlar!

54. Bas, (ey Muhammad), siz ulardan yuz o‘giring! Endi (zimmangizdagi payg‘ambarlikni to‘la yetkazganingizdan so‘ng kofirlardan yuz o‘girsangiz) siz malomat qilinguvchi emassiz.

55. Va (Qur’on bilan) pand-nasihat qiling! Zero u pand-nasihatlar mo‘minlarga naf’ yetkazur.

56. Men jin va insni faqat O’zimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.

57. Men ulardan biron rizq istamasman va ular Meni taomlantirishini istamasman.

58. Zero Allohning O’zigina (barcha xaloyiqqa) rizqu ro‘z berguvchi, kuch-quvvat sohibi va qudratlidir.

59. Bas, zolim-kofir bo‘lgan kimsalar uchun shak-shubhasiz xuddi (ilgari o‘tgan kofir) do‘stlarining nasibalari kabi (azobdan iborat) nasiba bordir. Bas, ular Meni(ng azobimni) shoshtirmay qo‘ya qolsinlar!

60. Bas, kofir bo‘lgan kimsalar uchun ularga va’da qilinayotgan (azobga giriftor qilinadigan) Kunlarida halokat bo‘lgay!

 

TUR SURASI

Bu sura Makkada nozil bo‘lgan. U qirq to‘qqiz oyatdir.

Sura avvalida Tangri taolo besh narsaga qasamyod qilib, Qiyomat kunidagi kofirlar ustiga tushadigan azob haq ekanligini uqtiradi.

So‘ngra Alloh taolodan qo‘rquvchi taqvo egalari uchun tayyorlab qo‘yilgan jannat va unda kelajak mangu saodatli hayot haqida so‘z boradi.

Shuningdek, bu surada Qur’oni Karimga iymon keltirmagan va Muhammad alayhis-salomni yolg‘onchi qilgan kimsalarning barcha da’volari puch va asossiz ekanligi rad etib bo‘lmaydigan dalillar vositasida ochib beriladi.

Sura nihoyasida payg‘ambar alayhis-salomni Alloh taoloning hukmi ilohiysiga sabr qilishga buyurilib, ertayu-kech Allohni poklab tasbeh aytishga da’vat etiladi.

Sura o‘zining ilk oyati nomi bilan «Va-t-Tur» — «Tur tog‘iga qasam», deb atalgandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Tur (tog‘i)ga,

2-3. Ochiq sahifaga yozilgan Kitobga (Qur’onga),

4. Baytul-Ma’murga (Obod Uyga),

5. Baland ko‘tarilgan tomga (osmonga),

6. Va to‘lib-toshgan dengizga qasamki,

7. Parvardigoringizning azobi shak-shubhasiz voqe’ bo‘lguvchidir!

8. Uning uchun biron daf’ qilguvchi – to‘siq yo‘qdir.


I z o h. Yuqorida zikr qilingan «Baytul-Ma’mur — Obod Uy»dan murod Alloh taoloning amri bilan Odam alayhis-salom bino qilgan Baytulloh bo‘lib, Nuh payg‘ambar zamonlarida ro‘y bergan to‘fon balosida Alloh taoloning amri bilan farishtalar u uyni yettinchi osmonga olib chiqib ketgan ekanlar. Uning «Obod Uy» deb atalishiga sabab u uyni har kuni yetmish ming farishta tavof qilishidir.

9. U Kunda osmon titrab-chayqalur;

10. Va tog‘lar ham (o‘rnashgan joylaridan jilib), yo‘lga tushur!

11-12. Ana o‘sha Kunda (payg‘ambarlarni) yolg‘onchi qilguvchi, o‘zlari sho‘ng‘igan noto‘g‘ri yo‘llarida adashib yuradigan kimsalarga halokat bo‘lur!

13. U Kunda ular jahannam o‘tiga haydalurlar!

14. (Va ularga deyilur): «Sizlar yolg‘on deb yurgan do‘zax mana shudir!»
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #524 : 01 Sentyabr 2006, 07:39:00 »


15. Qani, bu (azob) ham sehrmi, yoki sizlar (hayoti dunyoda Haqni ko‘ra olmaganlaringiz kabi bu azobni ham) ko‘rmayapsizlarmi?!

16. (Do‘zaxga) kiringiz! Endi (uning azobiga) xoh sabr qilinglar, xoh sabr qilmanglar, sizlarga barobardir! (Ya’ni u azob sizlardan yengillatilmas). Sizlar faqat o‘zlaringiz qilib o‘tgan qilmishlaringizning jazosini tortursizlar!»

17-18. Taqvodor zotlar esa ularga Parvardigorlari ato etgan narsalar bilan shod-xurram bo‘lgan hollarida shak-shubhasiz jannatlar va ne’matlar ichra barqarordirlar. Parvardigorlari ularni do‘zax azobidan saqlagandir.

19-20. (Ularga): «Sizlar qilib o‘tgan (yaxshi) amallaringiz sababli qator tizilgan so‘rilar ustida yastangan hollaringizda ko‘ngildagidek yeb-ichinglar», (deyilur) va Biz ularga shahlo ko‘zlarni jufti halol qilib berdik.

21. O’zlari iymon keltirib, zurriyotlari ham ularga iymon bilan ergashgan zotlarga (o‘sha) zurriyotlarini qo‘shdik va ularga qilgan amallaridan biron narsani ham kamitmadik. Har bir kishi o‘zi kasb qilgan ishi bilan garovga olinguvchidir — ushlanguvchidir.


I z o h . Ushbu oyatni shunday tushunmoq lozim: Agar ajdodlar hayoti dunyodan iymon va ezgu amallar bilan o‘tib, Alloh taolo nazdida yuksak darajotlarga erishsalar va ularning farzandlari ham ularga iymon bilan ergashsalar-u, ammo ota-bobolari muyassar bo‘lgan baland maqomlarga ko‘tarila olmasalar-da, Tangri taolo ularni ham ota-bobolariga qo‘shib, barchalariga O’zi va’da qilgan jannatdan joy ato etadi, ammo farzandlari sababli ajdodlarning ajr-mukofotlarini zarracha kamitmaydi. Chunki har bir jon o‘zi qilgan ishiga javobgardir.

Endi quyidagi oyatlarda yana o‘sha ahli jannatga ato etiladigan baxt-saodat va noz-ne’matlar zikr qilinadi.


22. Yana Biz ularni ko‘ngillari istaydigan meva-cheva va go‘sht bilan quvvatlantirdik.

23. Ular u joyda (shunday sharob) kosalarini talashib – qo‘lma-qo‘l qilib ichurlarki, u (sharob)da (ya’ni uni ichganlari sababli) na behuda-sergaplik va na gunoh bo‘lar.

24. Ularning ustida go‘yo (sadaf ichida) yashiringan gavhardek (pokiza va xushsurat) g‘ulomlari aylanib (xizmatga hozir bo‘lib) turur.

25-26. Ular bir-birlariga boqishib, basti-javob qilishib, deydilar: «Haqiqatan bizlar ilgari (hayoti dunyoda) ahli-oilamiz orasida (bo‘lgan chog‘imizda oxiratda Allohnin azobiga duchor bo‘lishdan) qo‘rqar edik.

27. Mana, Alloh bizlarga marhamat ko‘rguzdi va bizlarni samumdan (ya’ni badanlarni ilma-teshik qilib yuboradigan do‘zaxiy shamoldan) saqladi.

28. Darhaqiqat bizlar ilgari (hayoti-dunyoda) U zotga duo-iltijo qilar edik. Albatta Uning O’zigina marhamatli, mehribondir».

29. Bas, (ey Muhammad) siz insonlarga Qur’on oyatlari bilan) pand-nasihat qilavering! Chunki siz Parvardigoringizning ne’mat-marhamati bilan kohin-folbin ham, majnun ham emasdirsiz.

30. Balki ular (mushriklar): «(Muhammad), bir shoirdir. Bizlar unga zamon hodisot-balolari (etishi)ni kuturmiz», derlar?!

31. Ayting: «Kutaveringlar! Men ham sizlar bilan birga kutguvchilardandirman. (Qani, baloga kim yo‘liqar ekan)».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

 

Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 621
Ko'rilgan: 464462
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:43
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 28490
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 28372
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 17204
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4497
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin