Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi  ( 515410 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 5 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #555 : 10 Sentyabr 2006, 06:56:14 »


5. Qachon ularga: «Kelinglar, Allohning payg‘ambari sizlar uchun mag‘firat so‘rar», deyilsa, albatta ular boshlarini burib keturlar va ularni kibr-havo qilgan hollarida yuz o‘girishlarini ko‘rursiz.

I z o h. Ushbu va quyidagi oyatlar munofiqlar boshlig‘i Abdulloh ibn Ubay ibn Salul haqida nozil bo‘lgandir. Voqea bunday bo‘lgan. Payg‘ambar alayhis-salom sahobalari bilan Banu Mustalaq qabilasiga qarshi jang qilib, g‘alaba qozonganlaridan so‘ng Madinaga qaytayotganlarida bir munofiq kimsa muhojir musulmonlardan biri bilan suv talashib janjallashib qoladilar. Shu payt o‘sha yerda hozir bo‘lgan Abdulloh ibn Ubay ibn Salul haligi muhojir va umuman barcha muhojir musulmonlar haqida nojo‘ya so‘zlar aytib, ularni haqorat qiladi va o‘z qavmiga qarab: «Bu kelgindilarga (ya’ni muhojirlarga) yordam va xayr-saxovat qilmanglar, toki ular Muhammadni tashlab o‘z yurtlariga qaytib ketsinlar. Hali Madinaga qaytganimizda, albatta kuchlilar (ya’ni bizlar) kuchsizlarni (ya’ni musulmonlarni) Madinadan quvib chiqarur», deydi. Ammo keyinroq, Payg‘ambar alayhis-salom bu voqeadan xabardor bo‘lganlaridan keyin undan: «Sen shu gaplarni aytdingmi?» deb so‘raganlarida esa, u qasam ichib, aytgan so‘zlaridan tonadi va yolg‘on qasamni qalqon qilib oladi. Endi, u va uning hamtovoqlari haqida oyatlar nozil bo‘lgach, ayrim kishilar unga: «Ey Abdulloh, sening xususingda qattiq oyatlar tushdi, sen Rasulullohning huzurlariga borib uzr so‘ragin, u kishi sening gunohlaringni mag‘firat qilishini so‘rab, Alloh taologa duo qilsinlar, shoyad Alloh mag‘firat qilsa», deyishganida u bundan bosh tortadi va: «Sizlar iymon keltir, dedinglar, iymon keltirdim; molingning zakotini ber, dedinglar, zakot berdim, endi bir kamim borib Muhammadga sajda qilish qoluvdi», deb javob beradi. Shunda yuqoridagi oyat nozil bo‘ladi va navbatdagi oyatda esa unday munofiq kimsalar haqida qilingan hech qanday duo-iltijo ijobat bo‘lmasligi uqtiriladi.

6. (Ey Muhammad), siz ular uchun mag‘firat so‘radingizmi yoki mag‘firat so‘ramadingizmi ularga barobardir — Alloh ularni hargiz mag‘firat qilmas! Albatta Alloh bunday fosiq-itoatsiz qavmni hidoyat qilmas.

7. Ular (o‘zlarining tobe’lariga): Allohning payg‘ambari huzuridagi kishilarga infoq-ehson qilmanglar, toki ular tarqalib ketsinlar», deydigan kimsalardir. Holbuki osmonlar va yer xazinalari yolg‘iz Allohnikidir. Lekin munofiqlar (buni) anglamaslar.

8. Ular: «Qasamki, agar Madinaga qaytsak, albatta kuchlilar kuchsizlarni undan quvib chiqarur», derlar. Holbuki kuch-qudrat Allohniki, Uning payg‘ambariniki va mo‘minlarnikidir. Lekin munofiqlar (buni) bilmaslar.

9. Ey mo‘minlar, na mol-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni Allohning zikridan (ya’ni Allohga ibodat qilishdan) yuz o‘girtirib qo‘ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchi kimsalardir!

10. Sizlarning (har) biringizga o‘lim kelib, u: «Parvardigorim, meni ozgina muddatga (hayotda) qoldirsang, men xayr-sadaqa qilib, solih (banda)larda! bo‘lsam», deb qolishdan ilgari, Biz sizlarga rizq qilib berga narsalardan infoq-ehson qilingiz!

11. Alloh biron jonni ajal kelgan vaqtida (vafot etdirmasdan) qoldirmas. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #556 : 10 Sentyabr 2006, 06:58:24 »


TAG’OBUN SURASI

Bu sura Madinada nozil qilingan bo‘lib, o‘n sakkiz oyatdir. Sura Alloh taoloning qudrati ilohiyasiga dalolat qiladigan oyatlar bilan boshlanib, so‘ngra ilgari o‘tgan dinsiz kimsalar topgan oqibatlar va ular oxiratda giriftor bo‘ladigan alamli azob haqida xabar beriladi.

Bu surada o‘lgandan keyin qayta tirilish Kuni bor ekanligini inkor qilgan kofirlarning da’volari keskin rad etilib, Parvardigori olam nomiga qasam bilan u Kunning haq ekani ta’kidlanadi va uni «Tag‘obun», ya’ni «Bir-birlarini aldash-ziyon yetkazish» Kuni deb ataladi. Chunki bu dunyoda mo‘minlarni aldab, ularga ziyon yetkazish harakatida yurgan kofirlar u Kunda do‘zaxga giriftor qilinishlari bilan o‘zlarining ziyon tortib, aldanib qolganliklarini bilishib, nadomatlar qilurlar, mo‘minlar esa u Kunda jannat ne’matiga erishishlari bilan hayoti dunyoda kofirlarning vasvasa-aldovlariga uchmaganliklari sababli katta foyda ko‘rganliklarini bilurlar.

Sura oxirida mo‘minlarga topgan mol-mulk va bola-chaqalari ular uchun faqat bir imtihon ekanligi uqtirilib, ularni qo‘llaridan kelganicha taqvo bilan hayot kechirishga va Alloh yo‘lida bechora-miskinlarga xayr-ehson qilishga da’vat etiladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Osmonlardagi va yerdagi bor narsa Allohga tasbeh aytur. Egalik — podshohlik yolg‘iz Unikidir va hamdu sano yolg‘iz Uning uchundir. U barcha narsaga qodirdir.

2. U sizlarni yaratgan zotdir. Bas, sizlardan (ayrimlaringiz) kofir, sizlardan (ayrimlaringiz) mo‘mindir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko‘rib turguvchidir.

3. U osmonlar va yerni Haq (qonun) bilan yaratdi va sizlarga surat-shakl berdi — suratlaringizni go‘zal qildi. Yolg‘iz Unga qaytish bordir.

4. U osmonlar va yerdagi bor narsani bilur va U sizlar yashiradigan narsani ham, oshkor qiladigan narsan ham bilur. Alloh dillardagi sirlarni bilguvchidir.

5. (Ey Makka kofirlari), sizlarga avvalgi kofir bo‘lishib, so‘ng (hayoti dunyodalik paytlaridayoq) o‘z ishlarining ziyonini totgan kimsalarning xabari keldimi? Yana ular uchun (oxiratdagi) alamli azob ham bordir.

6. Bunga sabab, ularga payg‘ambarlari (o‘zlarining haq payg‘ambar ekanliklarini bildiruvchi) hujjatlar bilan kelganlarida ular: «Bizlarni (o‘zimizga o‘xshagan) bashar (avlodlari) hidoyat qilurlarmi?!» deyishib, (u payg‘ambarlarga) kofir bo‘lganlari va (iymondan) yuz o‘girib ketganlaridir, (shunda) Alloh (ularni halok qilish bilan O’zi ularning iymonlaridan) behojat ekanligini ko‘rsatdi. Alloh behojat va hamdu sanoga loyiq zotdir.

7. Kofir bo‘lgan kimsalar o‘zlarining hech qachon qayta tirilmasliklarini gumon-da’vo qildilar. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «Yo‘q! Parvardigorimga qasamki, albatta qayta tirilursizlar, so‘ngra albatta sizlarga qilgan amallaringizning xabari berilur. Bu Allohga osondir».

8. Bas, sizlar Allohga, Uning payg‘ambariga va Biz nozil qilgan Nurga – Qur’onga iymon keltiringlar! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

9. (Alloh) sizlarni to‘playdigan to‘planish Kunini (eslangiz)! Bu (odamlar) bir-birlarini «aldab-ziyon yetkazadigan» Kundir (ya’ni, hayoti dunyoda iymon egalarini aldab-ziyon yetkazib yurgan kofirlar u Kunda do‘zax azobiga duchor qilinish bilan o‘zlarining aldangan kimsalar ekanliklarini bilib olurlar). Kim Allohga iymon keltirsa va yaxshi amal qilsa (Alloh) uning yomonlik-gunohlarini o‘chirur va uni ostidan daryolar oqib turadigan, (barcha jannat axli) abadul-abad qoladigan jannatlarga kiritur. Bu esa ulug‘ baxtdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #557 : 10 Sentyabr 2006, 06:59:36 »


10. Kofir bo‘lgan va Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan kimsalar — ana o‘shalar do‘zax egalari bo‘lib, o‘sha joyda mangu qolguvchidirlar. Naqadar yomon oqibat (bu)!

11. (Biron kimsaga) biron musibat yetmas, magar Allohning izni-irodasi bilangina (etur). Kim Allohga iymon keltirsa, U zot uning qalbini (to‘g‘ri yo‘lga) hidoyat qilur. Alloh barcha narsani bilguvchidir.

12. Allohga itoat etingiz va payg‘ambarga bo‘ysuningiz! Endi agar (itoatdan) bosh tortsangaz, u holda (bilingizki), payg‘ambarimiz zimmasida faqat (Bizning vahiylarimizni sizlarga) ochiq-ravshan qilib yetkazish bor, xolos.

13. Alloh — hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning O’zi bordir. Bas, mo‘minlar yolg‘iz Allohga tavakkul qilsinlar — suyansinlar!

14. Ey mo‘minlar, albatta juftlaringiz va bolalaringizdan sizlar uchun dushman bo‘lganlari ham bordir. Bas, ulardan ehtiyot bo‘linglar! Agar sizlar ularni afv etsanglar, kechirib yuborsanglar va mag‘firat qilsanglar, u holda albatta Alloh mag‘firatli, mehribondir.


I z o h. Rivoyat qilinishicha, Makka ahlidan bir guruh kishilar Islomni qabul qilishib, so‘ngra payg‘ambar alayhis-salom huzurlariga — Madinai munavvaraga hijrat qilmoqchi bo‘lganlarida ularning dinsiz bo‘lgan xotin va bola-chaqalari bu niyatlaridan to‘sishib: «Islomga kirganlaringizga sabr qildik, ammo bizlarni tashlab hijrat qilishlaringizga chiday olmaymiz», deyishgan ekan. Shunda ular bu gapga ko‘nishib, Makkada qolishgan va oradan ancha zamon o‘tib, Madinaga kelganlarida esa bu yerdagi musulmonlar diniy bilimlarni puxta egallab olganlarini ko‘rishib, ilgari o‘zlarining yo‘llarini to‘sgan xotin, bola-chaqalaridan o‘ch olmoqchi bo‘lganlarida yuqoridagi oyat nozil bo‘lgandir. Mufassirlar aytishlaricha, ushbu oyati karima Alloh taologa toat-ibodat qilishdan to‘sadigan xotinlar va bolalarning so‘zlariga kiradigan barcha kishilar uchun tanbehdir.

15. Sizlarning mol-mulklaringaz va bola-chaqalaringiz faqat bir fitna-imtihondir, xolos. Ulug‘ ajr-mukofot esa yolg‘iz Allohning huzuridadir.

16. Bas, kuchlaringiz yetganicha Allohdan qo‘rqinglar, (o‘zlaringizga qilinayotgan pand-nasihatga) quloq tutinglar va itoat etinglar hamda infoq-ehson qilinglar, (mana shu) o‘zlaringiz uchun yaxshiroq bo‘lur. Kim o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, ana o‘shalar najot topguvchidirlar.

17. Agar sizlar Allohga qarzi-hasana bersangizlar (ya’ni Uning miskin-bechora bandalariga infoq-ehson qilsangizlar) U zot sizlarga bir necha barobar qilib qaytarur va sizlarni(ng gunoxlaringizni) mag‘firat qilur. Alloh o‘ta shukr qilguvchi (ya’ni, ozgina yaxshi amal uchun ko‘p mukofot ato etguvchi) va halimdir.

18. (U) g‘aybu shahodatni (ya’ni barcha yashirin va oshkor ishlarni) bilguvchi, qudrat va hikmat sohibidir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #558 : 10 Sentyabr 2006, 06:59:57 »


TALOQ SURASI

Bu sura o‘n ikki oyatdan iborat bo‘lib, Madinada nozil qilingan.

Unda so‘z asosan oilaviy ahvolga taalluqli shariat hukmlaridan taloq va uning qonun-qoidalari ustida boradi. Shuning uchun u «Taloq» surasi deb nomlangandir.

Yana bu surada idda va uning turlari hamda iddadagi ayolni joy va nafaqa bilan ta’minlash tartiblari ham bayon etiladi.

Sura davomida er yo xotindan birortasiga zulm bo‘lmasligi uchun Allohdan qo‘rqishga bot-bot da’vat takrorlanib turadi.

Sura Qur’oni Karim nozil qilinishidan va Muhammad alayhis-salom payg‘ambar qilib yuborilishlaridan murod, mo‘minlarni jaholat zulmatlaridan iymon nuriga olib chiqish ekanini ta’kidlash hamda yetti osmonu, yetti zaminni yaratgan zot bo‘lmish Alloh taolo barcha narsani bilib, ihota qilib turguvchi zot ekanligini uqtirish bilan xotima topadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ey Payg‘ambar, qachon sizlar (ya’ni mo‘minlar) ayollaringizni taloq qilsangizlar, ularning iddalarida (ya’ni poklik paytlarida) taloq qilinglar va idda sananglar! Parvardigorlaringiz bo‘lmish Allohdan qo‘rqinglar! (To iddalari tugaguncha) ularni (o‘zlari yashab turgan) uylaridan haydab chiqarmanglar va ular o‘zlari ham chiqib ketmasinlar. Faqat ular ochiq fahsh ishni (ya’ni buzuqlik yoki behayolik kabi qiliqlarni) qilsalargina, (yashab turgan uylaridan haydab chiqarilurlar). Bu Allohning qonun-chegaralaridir. Kimki Alloh chegaralaridan tajovuz qilib o‘tsa, aniqki u o‘ziga zulm qilibdi. Siz bilmassiz, ehtimol Alloh bu (taloq)dan keyin biron ishni paydo qilar.

I z o h. Baqara surasining 228-oyatida aytilganidek, taloq qilingan ayollar uch hayz muddatida idda saqlab o‘zlarining homilador bo‘lgan-bo‘lmaganlarini kuzatadilar. Agar biron ayol hayz ko‘rish paytida taloq qilinsa, u mana shu hayzidan tashqari yana uch hayz idda saqlashi lozim bo‘ladiki, bu o‘sha ayolga zulm qilish demakdir. Chunki u idda muddati tugashi bilan boshqa er bilan turmush qurish huquqiga ega. Mazkur holatda esa taloq qilingan ayol yana ortiqcha bir hayz idda saqlashga majbur bo‘ladi. (Umuman oilasiz erkak va ayollarning ko‘payishi jamiyatda buzuqlik va nopoklikning avj olishiga sabab bo‘lgani uchun, Islom dini oilalarning buzilib ketishiga imkon qadar yo‘l bermaslikka, agar buzilgan chog‘da esa iloji boricha tezroq yarashishga yoki boshqa turmush qurishga da’vat etadi). Shuning uchun yuqoridagi oyatda taloq qilguvchilar xotinlarini idda saqlaydigan poklik paytlarida taloq qilishga hamda iddani aniq hisob-kitob qilib borishga buyuriladilar. Ushbu farmonning yana bir hikmati, ayol kishi hayz ko‘rish paytida odatda eri unga poklik paytidagidek rag‘bat qilmaydi, binobarin undan ajralish ham er uchun u qadar qiyin ish emasdek tuyulishi mumkin. Shu sababdan Qur’on erkaklarga, agar ular xotinlaridan ajralmoqchi bo‘lsalar, u ayollarni pok va marg‘uba bo‘lgan paytlarida taloq qilishlari mumkin ekanligini bildiradi. Bundan tashqari ushbu oyatda taloq qilingan ayollarni modomiki ular buzuqlik, behayolik qilmas ekanlar, to idda muddatlari tugamagunicha erlarining uylaridan chiqarib yuborish durust emasligi bayon qilindi. Bu hukmdan murod, birinchidan, idda saqlayotgan ayol mana shu idda muddati asnosida taloq qilgan erining hukmida ekanligini, ya’ni boshqa erga nikohlanishi durust emasligini bildirish bo‘lsa, ikkinchidan, agar u ayol uch taloq qilinmasdan bir yoki ikki taloq qilingan bo‘lsa, jahl ustida taloq qilib yuborgan eri har kuni uni ko‘rib turganligi sababli, “mehr ko‘zda”, deganlaridek, yana unga moyil bo‘lib, er-xotinning qaytadan yarashib ketishlari ham osonlashishidir. Shuning uchun ham oyat nihoyasida «Siz bilmassiz, ehtimol Alloh bu (taloq)dan keyin biron ishni paydo qilar», deyildi.

2. Endi qachon (taloq qilgan ayollaringizning idda) muddatlari bitib qolsa, bas, ularni yaxshilik bilan olib qolinglar (ya’ni qayta nikohllaringizga olinglar) yoki yaxshilik bilan (ya’ni, haqqi mahrlarini berib) ajrashinglar. Va (yarashib olib qolayotgan yoki ajrashib ketayotgan chog‘laringda) o‘zlaringizdan (ya’ni, musulmonlardan) bo‘lgan ikki adolat sohibini guvoh qilinglar va (guvoh bo‘lguvchilar) guvohlikni Alloh uchun to‘kis ado qilinglar! Bu (hukm)dan faqat Allohga va oxirat Kuniga iymon keltirguvchi bo‘lgan kishi pand-ibrat olur. Kim Allohdan qo‘rqsa (ya’ni yuqorida mazkur bo‘lgan taloq qilish qonun-qoidalariga Allohdan qo‘rqqani uchun rioya etsa), U zot uning uchun (barch g‘am-kulfatlardan) chiqar yo‘lni (paydo) qilur.

3. Va uni o‘zi o‘ylamagan tomondan rizqlantirur. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O’zi unga yetarlidir. Albatta Alloh O’zi (xohlagan) ishiga yetguvchidir. (Uning xohishiga qarshi turguvchi kimsa yo‘qdir). Darhaqiqat Alloh barcha narsa uchun miqdor-o‘lchov qilib qo‘ygandir (ya’ni, hayotda ro‘y beradigan har bir yaxshi-yomon voqea-hodisa yolg‘iz Alloh xoxlagan — belgilagan vaqt va o‘lchovda ro‘y beradi).

4. Ayollaringiz orasidagi (keksayib qolgani sababli) hayz ko‘rishdan umid uzganlari, agar sizlar (ularning iddalari qancha davom etishi xususida) shubhalansangizlar, bas (bilingiz-ki), ularning iddalari uch oydir, yana (hali-hanuz) hayz ko‘rmagan (ayollar)ning (iddalari ham uch oydir). Homilador (ayol)larning (idda) muddatlari homilalarini qo‘yishlari (ya’ni ko‘z yorishlaridir). Kim Allohdan qo‘rqsa (Alloh) uning ishini oson qilur.

5. Bu Allohning sizlarga nozil qilgan hukmidir. Kim Allohdan qo‘rqsa uning yomonlik-gunohlarini o‘chirur va uning ajr-mukofotini ulug‘ qilur.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #559 : 10 Sentyabr 2006, 07:00:30 »


6. Ularga (ya’ni taloq qilinib, idda saqlayotgan ayollaringizga) o‘zlaringiz maskan tutgan — qudratingiz yetgan joydan maskan beringlar va ularni (turgan joylaridan) qisib chiqarish uchun ularga ziyon yetkazmanglar. Agar ular homilador bo‘lsalar, u holda to homilalarini qo‘ygunlaricha ularga nafaqa berib turinglar! Endi agar (taloq qilgan ayollaringiz) sizlar uchun (bola) emizsalar (ya’ni o‘zlarining sizlardan bo‘lgan bolalarini emizsalar), u holda ularning (emizganliklari uchun) ajr-haqlarini beringlar! Va (emizish, hamda uning haqqi xususida) o‘zaro yaxshilik bilan kelishib olinglar! Agar (kelisha olmasdan) tang holga tushsangizlar, u holda (ota) uchun (bolasini) boshqa (bir ayol) emizur. (Ya’ni ota bolasini boshqa — begona ayolga emizdurur).

7. Boy-badavlat kishi o‘z boyligidan (ya’ni boyligiga yarashadigan) nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan (kambag‘al) bo‘lsa, u holda Alloh o‘ziga ato etgan narsadan (ya’ni o‘z holiga yarasha) nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni O’zi unga ato etgan (rizq-ro‘z) dan boshqa narsaga taklif qilmas (ya’ni har bir inson faqat Alloh o‘ziga ato etgan rizqdan infoq qilishga taklif qilinur). Alloh tanglik-kambag‘alliqdan keyin yengillik-boylikni ham (paydo) qilur.

8. Qanchadan-qancha qishloq-shaharlar borki, o‘z Parvardigorlari va Uning payg‘ambarlari amridan bosh tortgandirlar, bas, Biz ulardan qattiq hisob-kitob olganmiz va yomon azob bilan azoblaganmiz.

9. Bas, u (qishloq-shaharlarning axli) o‘z ish-qilmishlarining ziyonini totdilar va bu ishlarining oqibati ziyon tortish – halokat bo‘ldi.

10. Alloh ular uchun (oxiratda ham) qattiq azobni tayyorlab qo‘ygandir. Bas, ey iymon keltirgan aql egalari, Allohdan qo‘rqinglar! Darvoqe U zot sizlarga Eslatma – Qur’onni nozil qildi.

11. Iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun sizlarga Allohning ochiq-ravshan oyatlarini tilovat qiladigan payg‘ambarni (Muhammad alayhis-salomni yubordi). Kim Allohga iymon keltirsa va yaxshi amal qilsa (Alloh) uni ostidan daryolar oqib turadigan, ular abadul-abad qoladigan jannatlarga kiritur. Darhahiqat Alloh uning uchun go‘zal rizq (ya’ni jannatning tuganmas rizqini ato) qildi.

12. Alloh yetti osmonni va yerdan ham o‘shalarning mislini (ya’ni yetti qavat yerni) yaratgan zotdir. (Allohning) amri farmoni ularning (ya’ni yetti qavat osmon va yetti qavat yerning) o‘rtasiga nozil bo‘lib-tarqalib turur. Toki sizlar Allohning barcha narsaga qodir ekanligini va Alloh barcha narsani (O’z) bilimi bilan ihota qilib olganini bilishlaringiz uchun (U zot sizlarga yuqorida zikr qilingan narsalar haqida xabar berdi).
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #560 : 10 Sentyabr 2006, 07:00:53 »


TAHRIM SURASI

O’n ikki oyatdan tashkil topgan bu sura ham Madinada nozil bo‘lgan.

«Tahrim» - «Harom qilib olish» deb nomlangan bu sura joriyalarni o‘zlari uchun harom qilib olgan Payg‘ambar alayhis-salomga tanbeh berish bilan boshlanadi.

So‘ngra u zot bilan ahli baytlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ayrim voqea-hodisalar haqida hikoya qilinadi va bu bilan musulmonlarga er bilan xotinning oilada tutishi lozim bo‘lgan o‘rni-mavqei hamda ular o‘rtasidagi rioya etilishi lozim bo‘lgan ayrim tartib-qoidalar o‘rgatiladi.

Sura davomida mo‘minlar o‘zlarini va ahli-oilalarini do‘zaxga duchor qiladigan gunohlardan saqlashga hamda xolis tavba-tazarrular qilishga qayta-qayta da’vat etiladilar.

Sura mo‘min zot (Nuh va Lut payg‘ambarlar) qaramog‘idagi kofira ayollar va kofir kimsa (Fir’avn) qo‘l ostidagi mo‘mina ayol va Maryam binti Imron haqidagi ikki ibratli misol bilan xotima topadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Ey payg‘ambar, nega siz juftlaringizning roziligini istab Alloh siz uchun halol qilgan narsani harom qilib olursiz?! Alloh mag‘firatli, mehribondir.

I z o h. Ushbu oyati karima nozil bo‘lishining sabablari haqida bir necha rivoyatlar mavjud bo‘lib, ulardan biri “Sahihul-Buxoriy”da keltirilgan quyidagi rivoyatdir: Payg‘ambar alayhis-salom jufti halollari Zaynab binti Jahsh (Alloh undan rozi bo‘lsin)ning xonalarida istirohat qilib, onamiz quyib bergan asal sharbatidan ichib o‘tirar ekanlar, boshqa ayollari Oisha va Hafsa onalarimizning (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) rashklari kelib Payg‘ambar alayhis-salom bu yerdan chiqib qaysi birimizning oldimizga kirsalar: «Mag‘ofiyr (o‘zi lazzatli, ammo sarimsoqqa o‘xshagan badbo‘y taom) yedingizmi?», deymiz, deb kelishib oladilar va Rasululloh oldilariga kirganlarida, har ikkalalari o‘sha so‘zni aytadilar. Shunda har qanday badbo‘y hidni yomon ko‘radigai Payg‘ambarimiz: «Yo‘q, men faqat Zaynabning oldida asal sharbatni ichgan edim», deb qayta asal tanovul qilmaslikka qasam ichganlarida yuqoridagi oyat nozil bo‘ladi.

2. Darvoqe’, Alloh sizlar uchun (ma’lum miqdorda kafforat-evaz to‘lab) qasamlaringizdan qutulib chiqishni buyurgan-ku. Alloh xojalaringizdir. U bilguvchidir va hikmat sohibidir.

I z o h. Bu oyatda Alloh taolo Payg‘ambarimizni va u zotning barcha ummatlarini noo‘rin ichilgan qasamlaridan kafforat-evaz to‘lab qutulishga buyurmoqda. Qasamning kafforati haqida Moida surasining 89-oyatida batafsil aytilgandir.

3. Payg‘ambar juftlaridan biriga (ya’ni Hafsaga) bir so‘zni pinhona aytganini eslang! Endi qachonki (Hafsa) u (sir) haqida (Oishaga) xabar bergach va Alloh (Jabroil farishta vositasida Payg‘ambarni Hafsaning qilmishidan) voqif qilgach, u (Hafsaga o‘zi voqif bo‘lgan narsaning) ba’zisini bildirdi va ba’zisidan yuz o‘girdi – bildirmadi. Bas, qachonki (Payg‘ambar Hafsaga o‘zi voqif bo‘lgan narsaning ba’zisi haqida) xabar bergach, u: «Kim sizga bu xabarni berdi?» degan edi, (Payg‘ambar) «Menga Bilguvchi va Xabardor zot xabar berdi», dedi.

4. (Ey Hafsa, Oisha) agar sizlar (bu qilmishlaringiz uchun) Allohga tavba qilsangizlar (o‘zlaringizga yaxshiroq bo‘lur). Chunki sizlarning dillaringiz (haq yo‘ldan) toyib ketdi! (Ammo) agar sizlar (Payg‘ambarning) ziyoniga (ya’ni u zot bilan ayollari o‘rtasini buzadigan ishlar ustida) bir-biringizga yordam bersangizlar, u holda shak-shubhasiz Allohning O’zi ham, Jabroil ham, ahli solih mo‘minlar ham uning madadkoridirlar. Yana, bulardan keyin farishtalar ham (Payg‘ambarga) yordamchidir.

5. Ehtimol Parvardigori — agar u sizlarni taloq qilsa — unga sizlardan yaxshiroq juftlarni muslima, mo‘mina (Alloh va Uning payg‘ambariga) itoat etguvchi tavba-tazarru qilguvchi, obida (mudom Allohning yo‘lida) ketguvchi juvon va qizlarni almashtirib berur.


I z o h. Yuqoridagi oyatlarda Alloh taolo Payg‘ambar alayhis-salomning ayollariga ibratli pand-nasihat qilib, ularni Rasululloh bilan birga kechayotgan saodatli hayotlarining qadriga yetishga da’vat etgach, quyidagi oyatlarda barcha mo‘minlarga xitob qiladi.

6. Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va axli-oilalaringizni o‘tini odamlar va toshlar bo‘lgan do‘zaxdan saqlangizki, u (do‘zax) ustida qattiqdil va qattiqqo‘l, Alloh o‘zlariga buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat o‘zlariga buyurilgan narsani qiladigan farishtalar turur.

7. (Kofirlar do‘zaxga kiritilar ekanlar, ularga deyilur): «Ey kofirlar, bugun uzr aytmay qo‘ya qolinglar, (chunki endi har qanday uzr-bahona befoydadir)! Sizlar faqat o‘zlaringiz qilib o‘tgan amallaringiz bilan jazolanmoqdasizlar!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #561 : 10 Sentyabr 2006, 07:02:01 »


8. Ey mo‘minlar, Allohga xolis tavba qilinglar, shoyadki, Parvardigoringiz sizlarning yomonlik-gunohlaringizni o‘chirib, ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritur. U Kunda Alloh Payg‘ambarni va u bilan birga iymon keltirgan zotlarni sharmanda qilmas. Ularning nurlari oldilarida va o‘ng tomonlarida yurur. Ular: «Parvardigoro, O’zing bizlarga nurimizni komil qilib bergin va bizlarni mag‘firat qilgin. Albatta Sen barcha narsaga qodirdirsan», derlar.

9. Ey Payg‘ambar, siz kofir va munofiqlarga qarshi kurashing va ularga qattiqqo‘l bo‘ling! Ularning joylari jahannamdir! Naqadar yomon oqibat bu!

10. Alloh kofir bo‘lgan kimsalar (va ularni mo‘minlar bilan birga hayot kechirishlari ham Allohning azobidan qutqara olmasligi) haqida Nuhning ayoli va Lutning ayolini misol keltirdi. U ikkisi Bizning bandalarimizdan ikki solih banda qo‘l ostida edilar. Bas, u (ayol)lar (Nuh va Lutga) xiyonat qilgan edilar, (Nuh va Lut) Alloh(ning azobi)dan biron narsani u ikkisidan daf’ qila olmadilar, va (ularga) «Kirguvchilar bilan birga do‘zaxga kiringlar!» deyildi.

11. Alloh iymon keltirgan zotlar (va ular o‘zlari haqiqiy mo‘min bo‘lsalar, yaqin odamlarining kofir holda bo‘lishi ularga ziyon qilmasligi) haqida Fir’avnning ayolini misol keltirdi. O’shanda (ya’ni, Fir’avn u ayolning Muso payg‘ambarga iymon keltirganini bilib qolgach, azoblagan chog‘ida) u: «Parvardigorim, O’zing men uchun huzuringda – jannatda bir uy bino qilgin, menga Fir’avn va uning qilmishidan najot bergin va menga bu zolim qavmdan najot bergin», dedi.

12. Yana (iymon keltirgan zotlar haqida) o‘z nomusini saqlagan ayolni —- Maryam binti Imronni (misol keltirdi). Bas, Biz O’z tarafimizdan bo‘lgan ruhni unga pufladik (va u Iysoga homilador bo‘ldi). U Parvardigorining so‘zlarini va kitoblarini tasdiq etdi hamda (Allohning amriga) itoat etguvchilardan bo‘ldi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #562 : 10 Sentyabr 2006, 07:02:54 »
YIGIRMA TO’QQIZINCHI JUZ’
*************************



MULK SURASI

Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, o‘ttiz oyatdan tashkil topgandir.

Sura barcha olamlar mulki — podshohligi O’z qo‘lida bo‘lgan Alloh taborak va taolo behad buyuk-barakotli zot ekanini ta’kidlash bilan boshlanadi. Shu boisdan u «Mulk» surasi deb nomlangandir. Ayrim manba’larda uni «Taborak» surasi deb ham ataydilar,

Bu surada Alloh taolo o‘lim va hayot ne’matlarini nima uchun yaratgani hamda U zot yetti qavat osmon va undagi bor mavjudotni qanday daqiq hikmat-intizom bilan bunyod etgani bayon qilingan oyatlar qatorida oxirat haqida va u Kunda kofirlar duchor bo‘ladigan azob hamda ularning chekadigan befoyda afsus-nadomatlari to‘g‘risida xabar beradigan oyatlar ham mavjuddir. So‘ngra yeru osmondagi Tangri taoloning qudrati ilohiysiga dalolat qilib turgan turli-tuman oyat-alomatlar tasvirlanadi hamda kofir va mo‘min haqida ibratli misollar keltirilib, barcha insonlarni Alloh taolo rozi bo‘ladigan To‘g‘ri yo‘lni tutishga da’vat etiladi...

Ushbu suraning fazilatlari bayonida ko‘plab hadislar rivoyat qilingan bo‘lib, ulardan biri imom Tirmiziy rivoyat qilgan mana bu hadisi sharifdir: Payg‘ambar alayhis-salom aytdilar: «Darhaqiqat Allohning Kitobida o‘zi faqat o‘ttiz oyatdan iborat bo‘lgan bir sura ham borki, u (o‘sha surani o‘qib, amal qilib yurgan) kishini shafoat qilur va hatto Qiyomat kunida uni do‘zaxdan chiqarib, jannatga kiritur. U «Taborak » surasidir».

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Barcha olamlar) podshoxligi O’z qo‘lida bo‘lgan zot — Alloh barakotli-buyukdir. U barcha narsaga qodirdir.

2. (Ey insonlar, U) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq-yaxshiroq amal qilguvchi ekanligingizni imtihon qilish uchun o‘lim va hayotni yarattan zotdir. U qudratli va mag‘firatlidir.


I z o h. Demak, Alloh taolo har bir insonning mana shu hayoti dunyoda qilib o‘tadigan amallarini sinab, oxiratda o‘sha amalga yarasha mukofot-jazo berish uchun o‘lim va hayotni yaratgan ekan. Ushbu oyati karimada o‘lim so‘zi hayot so‘zidan muqaddam keltirilishiga sabab, o‘lim kalimasining mazmuni hayot kalimasining ma’nosidan teranroq, qamrovliroq ekanligidir. Chunki hayot so‘zi mana shu o‘tkinchi dunyoda yashashning boshlanishini bildirsa, o‘lim so‘zi oxirat diyoridagi mangu hayotning boshlanishini anglatadi. Demak, o‘lim yuzaki qaraganda hayotning intihosi bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida u mangu hayotning ibtidosidir. Bu xususda Payg‘ambar alayhis-salom shunday deganlar: «Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga — Allohga qasamki, sizlar mening so‘zlarimni ulardan (o‘liklardan) yaxshiroq anglaguvchi emassizlar. Faqat ular javob qila olmaydilar, xolos».

3. (U) yetti osmonni ustma-ust qilib yaratgan zotdirki, siz u Rahmonning (Mehribon zotning) yaratishida biron tafovut-nuqsonni ko‘rmassiz. Endi ko‘zingizni yana (samoga) qaytaring-chi, (unda) biron futur-yoriqni ko‘rarmikansiz?

4. So‘ngra ko‘zingizni qayta-qayta (samoga) qaytaring, ko‘zingiz sizga charchab, holdan toygan holda qaytur (ammo Alloh taolo yaratgan osmonlardan biron ayb-nuqson topa olmas).

5. Darhaqiqat Biz eng yaqin osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va ularni shaytonlarga otiladigan toshlar qilib qo‘ydik. Biz ular (shaytonlar) uchun (oxiratdagi) olov-do‘zax azobini ham tayyorlab qo‘ygandirmiz.

6. Parvardigorlariga kofir bo‘lgan kimsalar uchun jahannam azobi bordir. Naqadar yomon oqibat bu!

7. Qachon ular (jahannamga) tashlanganlarida qaynab turgan (jahannamning xuddi eshak hangrashidek) bir o‘kirik-faryodini eshiturlar.

8. U g‘azabdan bo‘linib-parchalanib ketgudek bo‘lur. Har qachon unga bir to‘da (kofir) tashlanganida uning qo‘riqchilari ulardan (kofirlardan) «Sizlarga (hayoti dunyoda) biron ogohlantirguvchi-payg‘ambar kelmaganmidi?» deb so‘raganida.

9. Ular derlar: «Ha, darhaqiqat bizlarga ogoxlantirguvchi kelgan edi, (lekin bizlar uni) yolg‘onchi qilganmiz va: «Alloh (hech kimga) hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta zalolat-gumrohlikdadirsizlar», deganmiz».

10. Ular (kofirlar) yana: «Agar bizlar (ogohlantirguvchi payg‘ambarning so‘zlarini) tinglab, aql yurgizuvchi bo‘lganimizda, do‘zax egalari qatorida bo‘lmas edik», derlar.

11. Mana ular o‘z gunohlarini e’tirof etdilar! Endi u do‘zax egalariga halokat bo‘lgay!

12. Albatta g‘aybdagi (ko‘zlariga ko‘rinmaydigan) Parvardigorlaridan qo‘rqadigan zotlar uchun mag‘firat va katta ajr-mukofot bordir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #563 : 10 Sentyabr 2006, 07:04:07 »


13. (Ey insonlar), sizlar so‘zlaringizni yashiringlar yoki oshkora qilinglar (har holda Alloh bilib turur). Albatta U dillardagi sirlarni bilguvchidir.

14. (Axir) yaratgan zot (O’zi yo‘qdan bor qilgan narsalarni) bilmasmi?! U mehribon va (har narsadan) xabardor zotdir.

15. U (Alloh) sizlar uchun yerni xokisor-bo‘ysunguvchi qilib qo‘ygan zotdir. Bas, (er)ning har tomonida (sayr-sayohat qilib yo tijorat bilan, yoki dehqonchilikni kasb qilib) yuraveringlar va (Allohning bergan) rizq-ro‘zidan yenglar. Yolg‘iz Uning huzuriga tirilib chiqish – qaytish bordir.

16. (Ey Makka kofirlari,) yo sizlar (kofirligingizda oyoq tirab turaversangizlar,) osmondagi zot sizlarni yerga yuttirib yuborishidan, bas, banogoh (er) titroqqa tushib, sizlarni bosib qolishidan xotirjammisizlar (qo‘rqmaysizlarmi)?!

17. Yoki sizlar osmondagi zot ustingizga tosh yog‘dirishidan xotirjammisizlar?! Hali (azobga giriftor qilinganlaringizda) Mening ogoxlantirishim qanday ekanligini bilib olajaksizlar!

18. Darvoqe ulardan avvalgi kimsalar ham (o‘z payg‘ambarlarini) yolg‘onchi qilgandilar. Bas, Mening inkorim — azobim qandoq bo‘ldi?!)

19. Ular ustlarida (qanotlarini) yoyguvchi bo‘lgan va yiqqan holda (uchib yurgan) qushlarni ko‘rmadilarmi?! U (Qush)larni yolg‘iz Rahmongina (samoda) ushlab turar! Albatta U barcha narsani ko‘rib turguvchidir.

20. (Ey mushriklar), Rahmondan o‘zga sizlarga yordam beradigan, sizlar uchun qo‘shin-yordamchi bo‘lgan o‘sha zot kim o‘zi?! (Allohdan o‘zga biron madadkor yo‘qdir). Kofirlar esa faqat g‘urur-aldanishdadirlar. (Shuning uchun ular o‘zlari sig‘inayotgan but-sanamlarga ularni Allohning azobidan qutqara oladi, deb hisoblaydilar).

21. Agar (Rahmon) O’z rizqini ushlab-to‘xtatib qo‘ysa sizlarga rizq-ro‘z beradigan o‘sha zot kim o‘zi?! (Allohdan o‘zga biron rizq-ro‘z berguvchi yo‘qdir). Yo‘q, ular (kofirlar) katta ketishda va (haqdan) yiroqlashishda davom etdilar.

22. Axir yuz tuban (ya’ni oyog‘ining ostidan o‘zga yoqqa qaramasdan) yuradigan kimsa Haq yo‘lni topguvchiroqmi yoki qaddi rost holida To‘g‘ri Yo‘lda yuradigan kishimi?!


I z o h . Ushbu oyati karima kofir bilan mo‘min haqida keltirilgan ibratli bir masaldir. Uni shunday tushunmoq lozim: dinsiz-e’tiqodsiz kimsa biron ilohiy qo‘llanmasiz, o‘tgan kunini ham, kelajagini ham unutib, faqat bugunini qanday o‘tkazish g‘ami, bugunning muammolarini hal qilish bilan ovorayu-sarson bo‘lib, ya’ni faqat oyog‘ining tagiga qarab kun o‘tkazadi. Demak uning erta bir kun yo‘lidan chiqib qolishi aniq bo‘lgan har qanday toshga-to‘siqqa qoqilib, yuz tuban qulashi hech gap emas. Ammo iymon-e’tiqod egasi esa Yaratgan yuborgan Ilohiy Qo‘llanma ko‘rsatib qo‘ygan To‘g‘ri Yo‘lda, qaddini rost tutib, qiladigan har bir ish-amalida faqat hozirning huzurini ko‘zlamasdan, balki Erta – Qiyomat Kunidagi hisob-kitob va ajr-mukofotni o‘ylab boradi. Binobarin bugunning, ya’ni o‘tkinchi dunyoning arzon matolari, uni o‘zi tanlab olgan To‘g‘ri yo‘lidan adashtira olmaydi.

23. (Ey Muhammad, u kofirlarga) ayting: «U (Alloh) sizlarni (yo‘qdan) paydo qilgan va sizlar uchun quloq-ko‘zlar va dillarni (ato) qilgan zotdir. Sizlar esa kamdan-kam shukr qilursizlar».

24. Ayting: «U sizlarni yer yuzida yaratib qo‘ygan zotdir. Sizlar (Qiyomat kunida) yolg‘iz Unga to‘planursizlar».

25. Ular: «Agar rostgo‘y bo‘lsangizlar (aytinglar-chi) ushbu va’da (qilingan Qiyomat kuni) qachon bo‘ladi?» derlar.

26. (Ey Muhammad, ularga) ayting: «(Qiyomat qachon qoyim bo‘lishi haqidagi) bilim yolg‘iz Allohning huzuridadir. Men faqat bir ochiq ogoxlantirguvchidirman, xolos».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #564 : 10 Sentyabr 2006, 07:04:32 »


27. Bas, qachonki ular (Qiyomat kunida va’da qilingan azobni o‘zlariga) yaqin holda ko‘rishgach, u kofirlarning yuzlari qorayib ketur va (ularga): «Mana shu sizlar istagan narsadir», deyilur.

28. (Ey Muhammad, u kofirlarga ayting: «Xabar beringiz-chi, agar Alloh meni va men bilan birga bo‘lgan kishilarni halok qilsa yoki (umrimizni uzun qilish bilan) bizlarga rahm-shafqat qilsa, O’zining izn-ixtiyoridadir. Ammo endi kofirlarni (ya’ni sizlarni) kim alamli azobdan himoya qilur?!


I z o h. Makka kofirlari doim Muhammad alayhis-salom va u zotning sohobalariga o‘lim-halokat tilar edilar. Shunda Alloh taolo tomonidan payg‘ambarimizga yuqoridagi oyat nozil qilinib, u kishini kofirlarga shunday javob qilishga amr etildi: «Biz mo‘minlar ikki go‘zal oqibatga ko‘z tutib yashaymiz. Ular biri sizlar orzu qilayotganingizdek, din yo‘lida halok bo‘lib, jannatga yetish bo‘lsa, ikkinchisi – omon qolib, sizlarning ustingizdan o‘zimiz umid qilgan g‘alabaga erishishdir. Ammo sizlar kofir bo‘lgan hollaringizda kimning himoyasini kutmoqdasizlar?!»

29. Ayting: «U (Alloh) Rahmon — Mehribondir. Bizlar Unga iymon keltirdik va yolg‘iz Uning O’ziga tavakkul qildik — suyandik. Hali sizlar kim ochiq zalolatda ekanligini bilib olajaksizlar!».

30. (Ey Muhammad, u mushriklarga) ayting: «Xabar beringiz-chi, agar (banogoh ichar) suvlaringiz (er tubiga) singib ketar bo‘lsa, u holda kim sizlarga oqar suv keltira olur?! (Jonsiz butlaringizmi?! Bas, nega u befoyda-bejon butlarni Mehribon Allohga sherik qilib oldingizlar?!)»



QALAM SURASI

Bu sura ham Makka suralaridan bo‘lib, ellik ikki oyatdir.

Sura avvalida Alloh taolo inson zotiga ato etgan buyuk ne’mati — Qalam va u bilan bitiladigan bitiklarga qasam ichib O’z payg‘ambari Muhammad alayhis-salomning Makka mushriklari hasad, adovat bilan u kishiga taqayotgan tuhmat-majnunlik aybidan pok ekanliklarini uqtiradi va u zotning ulug‘ Xulq ustida ekanliklarini ta’kidlaydi. So‘ngra Payg‘ambarimizga kofirlarning biron so‘ziga itoat etmaslik buyurilib, ulardan birining hatto o‘zi ham bilmaydigan illatlari haqida xabar beradi.

Bu suradan baxilliklari sababli bor narsalaridan ayrilgan bir qavm to‘g‘risidagi ibratli masal ham o‘rin olgandir.

Sura Payg‘ambar alayhis-salomni kofirlar tomonidan yetadigan ozor-aziyatlarga sabr-toqat qilishga da’vat etish bilan xotima topadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Nun.

2. Qalam va (u bilan farishtalar) bitadigan bitiklarga qasamki, (ey Muhammad), siz Parvardigoringizning marhamati bilan majnun emasdirsiz.


I z o h. Sura «Nun» harfi bilan boshlandi. Qur’ondagi bir necha sura mana shunday yolg‘iz-yolg‘iz harflar bilan boshlanadi. Ko‘pchilik Islom ulamolari nazdida mazkur harflar «xurufi muqattaot», ya’ni ma’nodan uzilgan harflar sanalib, ularning ma’nosi yolg‘iz Alloh taologagina ma’lumdir. Ulamolar aytishlaricha, ilohiy mo‘‘jiza bo‘lgan bu Kitob odamlar oson o‘qib-anglab amal qilishlari uchun ular yaxshi taniydigan harflar bilan oson tushuniladigan qilib yuborilgan.

Qur’ondagi suralarning joylashish tartibida ushbu sura yolg‘iz-yolg‘iz harflar bilan boshlanadigan suralarning so‘nggisidir».


3. Albatta siz uchun (kofirlarning bunday ozorlariga sabr-toqat qilganingiz sababli) bitmas-tuganmas ajr mukofot bordir.

4. Albatta siz ulug‘ Xulq ustidadirsiz.


I z o h . Ayrim mufassirlarning aytishlaricha, bu oyatdagi «ulug‘ Xulq»dan murod ulug‘ dindir. Zero Alloh taolo nazdida Islom dinidan suyukliroq va go‘zalroq biron xulq yo‘qdir. Oisha (Alloh undan rozi bo‘lsin) onamizdan Payg‘ambar alayhis-salomning axloqlari to‘g‘risida so‘ralganida: «U zotning xulqlari Qur’on edi. Qur’on rozi bo‘lgan ishdan rozi, Qur’on norozi bo‘lgan ishdan norozi bo‘lar edilar», deb javob qilganlari ham yuqoridagi tafsirni quvvatlaydi. Zotan Rasulullohning o‘zlari ham: «Darhaqiqat men ulug‘ xulqlarni kamoliga yetkazish uchun payg‘ambar qilib yuborilganman», deb marhamat qilganlar.

5-6. Hali yaqinda qaysilaringiz (ya’ni, sizmi yoki ularmi) maftun-majnun ekanliklaringazni siz ham ko‘rajaksiz, ular ham ko‘rajaklar.

7. Albatta Parvardigoringizning O’zi Uning yo‘lidan ozgan kimsalarni juda yaxshi bilguvchidir va U hidoyat topguvchilarni ham juda yaxshi bilguvchidir.

8. Bas, (ey Muhammad), sizning haq payg‘ambarligingizni va Qur’onni «yolg‘on» deguvchi kimsalarga itoat etmang!

9. Ular sizning (o‘zlariga) ko‘ngilchanlik – murosa qilishingizni istarlar, shunda ular ham (sizga) ko‘ngilchanlik qilurlar. (Lekin siz ularning bu istaklariga bo‘yinsunmang!)

10-11-12-13. (Ey Muhammad), yana siz har bir tuban qasamxo‘r, g‘iybatchi-yu, gap tashuvchi, yaxshilikni man’ qilguvchi-baxil, tajovuzkor, gunohga botgan, qo‘pol va bulardan tashqari benasab-haromi kimsaga itoat etmang!

14-15. U mol-mulk va o‘g‘illar egasi bo‘lgani uchun (o‘zidan ketib), qachon unga Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Bular avvalgilarning afsonalari-ku!» der.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #565 : 10 Sentyabr 2006, 07:04:58 »


16. Yaqinda Biz uni tumshug‘idan tamg‘alab qo‘yajakmiz!

I z o h. Bu oyatlar mal’un kofir Valid ibn Mug‘iyra haqida nozil bo‘lgandir. U Qur’on oyatlariga avvalgilardan qolgan afsonalar, deb, Payg‘ambarimizga esa majnun, deb tuhmat qilganida Alloh taolo uning bir emas, to‘qqiz illatini fosh qiladi. Shunda u mazkur illatlardan sakkiztasini rad eta olmaydi, ammo to‘qqizinchi, benasab-haromi degan nomni ko‘tara olmay, (chunki to Alloh taolo O’z oyati bilan oshkor qilgunicha Valid o‘zining haromi ekanligidan bexabar edi) bu sharmandalikni o‘zidan daf’ qilish uchun tuqqan onasini qisti-bastiga olib so‘roqqa tutganida onasi haqiqatan uning zinodan bo‘lgan bola ekanligini tan oladi. Sahobalardan Ibn Abbos (Alloh undan rozi bo‘lsin) guvohlik berishlaricha, Alloh taolo O’zi va’da qilganidek, Valid ibn Mug‘iyra Badr jangida «tumshug‘idan tamg‘alanadi», ya’ni xuddi burnidan qilich yeb, o‘lgunicha odamlar orasida o‘sha «tamg‘a»si bilan yuradi. Mana, ushbu oyatlarda bir kofir kimsaning kirdikori va ko‘rguligi haqida xabar berilgach, quyidagi oyatlarda Alloh taolo ato etgan ne’matlarga noshukurlik-nonko‘rlik qilganlari uchun butun Makka ahli qahatchilik va ocharchilikka mubtalo qilinganlari bayon etilib, ilgari ham Tangri taolo imtihon qilish uchun bergan noz-ne’matlardan kambag‘al-bechoralarning haqlarini bermasdan baxillik qilganlari sababli bir bog‘ning egalari bor budlaridan mahrum bo‘lganlari to‘g‘risidagi bir ibratli qissa so‘ylanadi. Qissaning avvali budir: Makkadan uncha uzoq bo‘lmagan Yaman diyorida juda katta mevali bog‘ egasi bo‘lgan bir kishi o‘tgan edi. U har yili hosil pishganida undan kambag‘al-miskinlarning haq-ulushlarini ajratib berardi. Lekin u kishi vafot etgach, mevazor-bog‘ning egalari bo‘lib qolgan farzandlari boshqa yo‘lni tutadilar. Quyidagi oyatlarda Alloh taolo mana shu haqda hikoya qiladi.

17-18. Darhaqihat, Biz ularni (Makka ahlini ocharchilik va qahatchilik bilan) baloladik. Biz (ilgari) bog‘ egalarini ham xuddi shunday (mahrumlik bilan) balolagan edik. O’shanda ular albatta uni (ya’ni, bog‘ning hosilini) erta tongda (kambag‘al-miskinlarga haq-ulush) ajratmagan hollarida uzib olishga qasam ichgan edilar.

19-20. Bas, (tunda) ular uyquda bo‘lgan chog‘larida u (Bog‘)ning ustida Parvardigoringiz tomonidan bo‘lgan aylanguvchi (Balo-olov) bir aylandi-yu, u (bog‘ning hosili) uzilgandek bo‘ldi-qoldi (ya’ni butun bog‘ kuyib kul bo‘ldi).

21-22. Ular esa tongda turishib (tunda bo‘lgan hodisadan bexabar bo‘lgan hollarida): «Agar (hosilni) uzmoqchi bo‘lsangizlar ziroatgohlaringizga yura qolinglar», (deb) bir-birlarini chaqirdilar.

23-24. So‘ng: «Bugun u (bog‘da hosil uzayotgan vaqtda) ustlaringizga biron miskin kirib qolmasin-da», (deyishib) bir-birlariga pichirlashgan hollarida jo‘nab ketdilar.

25. Ular (o‘z gumonlaricha miskinlarni bog‘ga yo‘latmaslik to‘g‘risidagi) maqsad-g‘arazga qodir bo‘lgan hollarida tong-saharlab bordilar.

26-27. Endi qachonki uni (ya’ni kuyib kulga aylangan bog‘larni) ko‘rishgach, (avval): «Shak-shubhasiz bizlar yo‘ldan adashib qoldik (ya’ni adashib boshqa bog‘ga kelib qoldik), dedilar, so‘ng bu o‘zlarining bog‘lari ekanini bilishgach esa: «Yo‘q, bizlar (bog‘imizdan) mahrum bo‘libmiz», dedilar.

28. (Shunda) ularning insofliroqlari: «Men sizlarga (Allohga) tasbeh aytish — shukr qilmaysizlarmi (ya’ni shunday mo‘l hosil ato etganining shukronasiga kabag‘allarning ulushlarini bermaysizlarmi?) demaganmidim? — degan edi.

29. Ular (endi vaqt o‘tgach): «Parvardigorimizni poklaymiz. Darhaqiqat bizlar (o‘zimizga) zulm qilguvchi bo‘ldik», dedilar.

30. So‘ng ular bir-birlariga boqib, malomat qilisha boshladilar.

31. Ular dedilar: «Ey o‘lim bo‘lsin bizlarga! Darhaqiqat bizlar haddan oshguvchi bo‘ldik.

32. Shoyadki Parvardigorimiz bizlarga u (bog‘)dan ham yaxshirog‘ini almashtirib bersa. Bizlar albatta yolg‘iz Parvardigorimizga intilguvchidirmiz».

33. (Allohning amridan chetga chiqqan kimsalar uchun) mana shunday azob bordir. Agar bilsalar, oxirat azobi shak-shubhasiz yanada kattaroqdir.

34. Albatta taqvodor zotlar uchun Parvardigorlari huzurida noz-ne’mat bog‘lari bordir.


I z o h. Ushbu oyat nozil bo‘lganida Makka mushriklari: «Agar Muhammadning aytganlari rost bo‘lsa, bizlarga xuddi bu dunyoda bo‘lganidek, oxiratda ham undan va u bilan birga bo‘lgan musulmonlardai yaxshiroq noz-ne’matlar beriladi», deya boshladilar. Shunda ularning bu puch da’volarini inkor etib quyidagi oyatlar nozil bo‘ldi.

35. Axir Biz musulmonlarni jinoyatchi-kofir kimsalarga barobar qilurmizmi?!

36. (Ey mushriklar), sizlarga nima bo‘ldi? Qanday hukm chiqarmoqdasizlar?

37-38. Balki sizlar uchun (osmondan tushirilgan) biron kitob bo‘lib, unda sizlar o‘zlaringiz uchun (oxiratda) shak-shubhasiz tanlagan-xoxlagan narsalaringiz bor ekanligini o‘qib-o‘rganayotgandirsizlar?!

39. Balki sizlar uchun Bizning zimmamizda: «Shak-shubhasiz o‘zlaringiz hukm-qaror qilgan bor narsa sizlarniki bo‘lur», degan to Qiyomat Kunigacha yetguvchi qasamlar (ya’ni, Biz tomondan berilgan ahd-paymonlar) bordir?!

40. (Ey Muhammad), ulardan so‘rang-chi, qaysilari bunga (ya’ni, o‘zlarining puch da’volarining haq ekanligiga) kafil bo‘la olar ekanlar?!

41. Balki ularning (bu da’volarini tasdiqlaydigan) sheriklari bordir?! U holda rostgo‘y bo‘lsalar o‘sha sheriklarini keltirsinlar!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #566 : 10 Sentyabr 2006, 07:05:26 »


42-43. Boldirlar ochiladigan (ya’ni, og‘ir hisob-kitobga chog‘laniladigan) va ular (kofirlar) ko‘zlari (quyiga) egilgan, xorlik ularni o‘rab-egallab olgan hollarida sajda qilishga chorlanishib, (lekin sajdaga) kuchlari yetmay qoladigan Kunni (eslang)! (Chunki hayoti dunyodalik paytlarida) ular sog‘-salomat bo‘lgan hollarida sajda qilishga chorlanar edilar (ammo sajdaga qodir bo‘la turib undan bosh tortar edilar).

44. Bas, (ey Muhammad), siz ushbu So‘zni – Qur’onni yolg‘on deydigan kimsalarni Menga qo‘yib bering! Yaqinda Biz ularni o‘zlari bilmaydigan – sezmaydigan tomondan asta-sekin (halokatga duchor qilajakmiz)!

45. Men (gunohlarini ko‘paytirishlari uchun) ularga muxlat berib, (umrlarini uzun qilib) qo‘yurman. Darvoqe, Mening «makrim» juda qattiqdir!

46. Balki siz (ey Muhammad, dinga da’vat qilganingiz uchun), ulardan ajr-haq so‘rab, ular ziyon qilishlaridan og‘irsinayotgandirlar? (Ya’ni siz ulardan hech qanday haq so‘rayotganingiz yo‘q-ku)!

47. Balki ularning oldilarida g‘ayb (ya’ni g‘aybda bo‘ladigan barcha ishlar bitilgan Lavhul-Mahfuz) mavjud bo‘lib, ular (aytayotgan so‘zlarini o‘shandan) yozib olayotgandirlar?!

48. Bas, (ey Muhammad), siz Parvardigoringizning hukmiga (ya’ni u Zot kofirlarga muhlat berib qo‘yganicha, Islom dini tezroq g‘olib bo‘lmayotganiga) sabr qiling va nahang-baliq sohibi (ya’ni Yunus payg‘ambar) kabi (besabr) bo‘lmang! Eslang, o‘zi besabrligi uchun tushib qolgan baliq qornida turib g‘amga to‘lgan holda (Parvardigordan panoh tilab) nido qilgan edi.

49. Agar unga Parvardigori tomonidan bo‘lgan ne’mat-marhamat yetmaganida, albatta quruqlikka mazammatlangan holida uloqtirilgan bo‘lur edi (lekin Parvardigori unga marhamat ko‘rsatib baliq qornidan sog‘-omon chiqardi).

50. So‘ng Parvardigori uni (yana qayta payg‘ambarlikka) tanlab, solih (payg‘ambar)lardan qildi.

51. Albatta kofir bo‘lgan kimsalar eslatma-Qur’onni eshitgan vaqtlarida sizni ko‘zlari bilan yiqitayozurlar va (Muhammad) shak-shubhasiz majnundir, derlar.

52. Holbuki, u (Qur’on) barcha olamlar uchun faqat bir (buyuk) eslatmadir!



AL-HAAQQA SURASI

Bu sura ellik ikki oyatdan iborat bo‘lib, Makkada nozil qilingandir. «Al-Haaqqa» — «Aniq ro‘y berguvchi», deb nomlangan bu surada asosan Qiyomat Kunida sodir bo‘ladigan voqea-hodisalar haqida so‘z yuritiladi.

Shuningdek, bu surada o‘tmishdagi kufr yo‘lini tutgan millatlarning topgan oqibatlari, Sur chalinadigan Kunda osmonu-zaminda ro‘y beradigan dahshatli hodisalar va shundan keyin har bir banda hayoti dunyoda qilib o‘tgan barcha amallari to‘g‘risida hisob berishi, o‘sha hisob-kitob Kunida nomai a’moli o‘ng qo‘lidan keladigan kishilarga ato etiladigan ulug‘ mukofotlar va nomai a’moli chap tomonidan keladigan badbaxt kimsalar duchor bo‘ladigan mudhish azob-uqubatlar xususida xabar berguvchi oyatlar ham mavjuddir.

Sura Muhammad alayhis-salomning haq payg‘ambar ekanliklarini va Qur’oni Karimning chin ilohiy Kitob ekanini ta’kidlaydigan oyatlar bilan xotima topadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Aniq ro‘y berguvchi (Qiyomat)...

2. O’sha aniq ro‘y berguvchi nimadir?

3. (Ey Muhammad), siz Aniq ro‘y berguvchining nima ekanligini qaerdan bilursiz?


I z o h . Ushbu oyatlarda «Al-Haaqqa» (Qiyomat kunining nomlaridan biri) ya’ni Aniq ro‘y berguvchi Qiyomat iborasi ketma-ket uch bor takrorlandi. Bunga sabab, u Kunning Alloh taolo nazdida naqadar ulug‘ maqom tutishini ta’kidlashdir. Shuning uchun ham so‘nggi oyatda Payg‘ambar alayhis-salomga xitob qilinib, u kunning qanday kun ekanini, mohiyat-haqiqatini siz bilmassiz, deyildi. Endi quyidagi oyatlarda o‘sha Qiyomat Kuni haq ekanligini inkor etib, halokatga duchor bo‘lgan qavmlar haqida xabarlar beriladi.

4. Samud va Od (qabilalari o‘z dahshatlari bilan qalblarni) qattiq qoquvchi (Qiyomat kuni)ni yolg‘on, dedilar.

5. Endi Samud (qabilasi)ga kelsak, bas, ular haddan tashqari qattiq narsa (chaqmoq) bilan halok qilindilar.

6. Endi Od (qabilasi)ga kelsak, bas, ular bir dahshatli, quturgan buron bilan halok qilindilar.

7. U (bo‘ronni Alloh) ularning ustiga paydar-pay yetti kecha va sakkiz kunduz hokim qilib qo‘ydiki, endi u joydagi qavmni xuddi chirib – ichi bo‘shab qolgan xurmo daraxtining tanasidek qulab, halok bo‘lib yotganlarini ko‘rursiz.

8. Bas, ulardan biron (omon) qolguvchini ko‘rarmisiz? (Aslo, ularning barchalari halok bo‘lib bitdilar).
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #567 : 10 Sentyabr 2006, 07:05:49 »


9. Fir’avn ham, undan avval (o‘tgan dinsiz) kimsalar ham, zeru zabar bo‘lgan qishloqlar (ya’ni Lut payg‘ambar qavmining qishloqlari) ham xato ishlar qildilar.

10-11. Ular Parvardigorlarining Payg‘ambariga itoatsizlik qildilar. Bas, U zot ularni ortiqcha qattiq ushlash bilan ushladi (ya’ni mislsiz qattiq azob bilan azobladi). Darvoqe, Biz suv tug‘yonga tushgan vaqtida sizlarni (Nuh payg‘ambar yasagan) kemada ko‘tardik.

12. Biz u (ishni, ya’ni mo‘minlarga najot berib, kofirlarni suvga g‘arq qilib yuborish)ni sizlar uchun eslatma-ibrat qilish uchun va anglaguvchi quloqlar anglab-eshitib olishlari uchun (qildik).

13. Bas, qachon Sur bir bor chalinganida.

14. Va yeru tog‘lar (o‘z joylaridan) ko‘tarilib, (bir-birlariga) bir bor urilib (chilparchin bo‘lganida).

15. Ana o‘sha Kunda voqea voqe’ bo‘lur! (Ya’ni Qiyomat qoyim bo‘lur!)

16. Va osmon yorilur! Chunki (osmon) u Kunda zaif bo‘lib qolur!

17. Va farishtalar (osmonning) chor-atrofida (Allohning amriga muntazir bo‘lib) tururlar. Ularning ustida Parvardigoringizning arshini u Kunda sakkiz (farishta) ko‘tarib turur.

18. O’sha Kunda sizlar (hisob-kitob uchun Allohga) ko‘ndalang qilinursizlar — sizlarning biron siringiz maxfiy qolmas.

19-20. Bas, endi o‘z kitobi — nomai a’moli o‘ng qo‘lidan berilgan kishiga kelsak, bas, u: «Mana mening kitobimni o‘qinglar. Darhaqiqat men hisob-kitobimga (ya’ni oxiratdagi ajr-mukofotga) ro‘baro‘ bo‘lishimni bilgan edim», der.

21-22-23. So‘ng u ko‘ngilli hayotda, mevalari (ahli jannat uchun) yaqin bo‘lgan yuksak jannatda bo‘lur.

24. (Jannat ahliga) «O’tgan kunlarda (ya’ni hayoti dunyoda) qilib o‘tgan (ezgu) amallaringiz sababli (ushbu noz-ne’matlarni) pok bilib yeb-ichaveringlar», (deyilur).

25. Endi o‘z kitobi chap qo‘lidan berilgan kimsaga kelsak, bas, u der: «Ex qaniydi, menga kitobim berilmasa edi!

26. Va men hisob-kitobim (ya’ni oladigan jazoyim) nima ekanligini bilmasam edi!

27. Eh qaniydi, o‘sha (birinchi o‘lim barcha narsani) tugatguvchi-uzguvchi bo‘lsa (va Qiyomatdagi mana bu qayta tirilish bo‘lmasa) edi!

28. Menga (ne mashaqqatlar bilan topgan) mol-dunyoyim asqotmadi-ya!

29. Mulku saltanatim ham halok bo‘lib ketdi-ya!»

30. (Bas, Alloh jahannam qo‘riqchilariga der): «Uni ushlab, kishanlanglar!

31. So‘ngra do‘zaxga tashlanglar!

32. So‘ngra uzunligi yetmish gaz bo‘lgan zanjirga solib bog‘langlar!»

33. Chunki (hayoti dunyodalik paytida) Ulug‘ Allohga iymon keltirmas edi.

34. Va miskin-bechoraga taom berishga (o‘zini ham, o‘zgalarni ham) targ‘ib qilmas edi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #568 : 10 Sentyabr 2006, 07:06:33 »


35. Bas, Bugun, bu yerda uning uchun biron do‘st-madadkor yo‘qdir!

36. Va biron taom ham yo‘qdir! Faqat yiringdan bo‘lgan (bir «taom» borki),

37. Uni faqat (yo‘ldan adashgan (kofir)largina yerlar!

38-39-40. Bas, Men sizlar ko‘radigan narsalarga ham, sizlar ko‘ra olmaydigan narsalarga qasam ichurmanki, u (Qur’on) shak-shubhasiz ulug‘ Payg‘ambarning (Alloh dargohidan keltirgan) so‘zidir!

41. U biron shoirning so‘zi emasdir! Sizlar (ushbu Qur’on Allohning salomi ekanligiga) kamdan-kam iymon keltirursizlar!

42. Va biron kohin-folbinning so‘zi ham emasdir. Sizlar kamdan-kam pand-nasihat olursizlar!

43. (U) barcha olamlar Parvardigori tomonidan nozil (Kitobdir).

44. Agar (Payg‘ambar) Bizning sha’nimizga (Biz aytmagan) ayrim so‘zlarni to‘qib olganida.

45-46. Albatta, Biz uning o‘ng qo‘lidan ushlagan, so‘ngra albatta uning shohtomirini uzib tashlagan bo‘lur edik.

47. U holda sizlardan biron kishi undan (ya’ni payg‘ambardan halokatni) to‘sa olguvchi bo‘lmas edi. (Bas, Muhammad alayhis-salom Allohning kalomiga o‘z tomonidan biron so‘z qo‘shmagani, balki zimmasidagi omonat-payg‘ambarlikni halol ado qilib kelayotgani uchun ham sizlarning orangizda sog‘-omon hayot kechirmoqda, aks holda Alloh uni halok qilgan bo‘lur edi. Bu Muhammad alayhis-salomning haq payg‘ambar ekanliklarining yana bir yorqin dalilidir).

48. Albatta u (Qur’on) taqvodor zotlar uchun pand-nasihatdir.

49. Shak-shubhasiz Biz sizlarning orangizda (Qur’onni) yolg‘on deguvchilar ham bor ekanini aniq bilurmiz.

50. Albatta u (Qur’on) kofirlarga (ular Qiyomat kunida Qur’onga iymon keltirgan kishilarning savobga ega bo‘lganlarini ko‘rgan vaqtlarida) hasrat-nadomat bo‘lur.

51. Albatta u (Qur’on) aniq Haqiqatdir!

52. Bas, ulug‘ Parvardigoringizning nomini (mudom, barcha ayb-nuqsonlardan) pok tuting!



MA’ORIJ SURASI

Bu sura Makkada nozil bo‘lgan.  U qirq to‘rt oyatdir.

Sura kofirlarning tug‘yonga tushib, o‘zlari ogohlantirilgan oxirat azobini inkor etishlari haqida xabar berish bilan boshlanib, so‘ngra ular iymon keltirmayotgan Qiyomat kunida kofirlarga beriladigan haqli jazodan hech qanday to‘lov bilan qutulib bo‘lmasligi yana bir bor ta’kidlanadi.

Bu surada yana insonning xafachilikni ham, xursandchilikni ham ko‘tara olmaydigan ojiz vujud ekanligi uqtirilib, faqat taqvo va ezgu amalgina insonni bunday ojizlikdan omon saqlay olish mumkinligi aytiladi,

Sura nihoyasida kofirlarning jannatga kirish to‘g‘risida behuda-befoyda tama’ qilishlari bayon qilinib, so‘ngra payg‘ambar alayhis-salomga ularni to o‘zlariga va’da qilingan azobga yo‘liqishguncha tark qilish buyuriladi.

Sura nomlangan «Maorij» kalimasi asli «pog‘onalar» ma’nosida bo‘lib, bu surada «Osmon qavatlari» ma’nosida kelgandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2-3. Bir so‘raguvchi kimsa (osmonlarning barcha) pog‘onalari-qavatlari sohibi bo‘lmish Alloh tomonidan kofirlarga tushguvchi, birov qaytara olmaydigan azobni (o‘z ustiga tushishini) so‘radi.

I z o h. Bu oyatlar mushriklardan Nazr ibn Xoris haqida nozil bo‘lgan. Payg‘ambar alayhis-salom kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan Alloh taoloning azobi bor ekanligini bildirib, ularni ogohlantirganlarida, Nazr turib: «Ey Xudo, agar mana shu (Qur’on) Sening dargohingdan kelgan haqiqat bo‘lsa, ustimizga samodan tosh yog‘dirgin, yoki bizlarga alamli azob keltirgin», deydi. Mana shu tilakning o‘zidan Nazr va u kabilarning kim ekanliklari ma’lumdir. Chunki ular Haq yo‘lga yurishni istagan kishilar bo‘lganlarida: «Ey Xudo, agar mana shu Qur’on Sening dargohingdan kelgan haqiqat bo‘lsa, bizlarni ham uning yo‘liga hidoyat qilgin», degan bo‘lur edilar.

Endi quyidagi oyatda barcha farishtalar Qiyomat kunida osmon qavatlarini bosib o‘tishib, Alloh huzuriga to‘planishlari zikr qilinadi.


4. Farishtalar va Ruh (ya’ni Jabroil) miqdori-uzunligi ellik ming bo‘lgan bir Kunda (ya’ni Qiyomat kunida) U zotning huzuriga ko‘tarilurlar.

5. Bas, (Ey Muhammad, kofirlarning ozor-aziyyatlariga) chiroyli sabr bilan sabr-toqat qiling!

6-7. Chunki ular u (Kun)ni uzoq deb bilurlar, Biz esa uning yaqinligini bilurmiz!

8. U Kunda osmon eritilgan mis kabi bo‘lib qolur.

9. Tog‘lar yung kabi (engil) bo‘lib qolurlar.

10. Va biron do‘st do‘stidan (hol-ahvol) so‘ramas.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #569 : 10 Sentyabr 2006, 07:06:52 »


11-12-13. (Holbuki) ular (bir-birlariga) ko‘rsatilurlar! Jinoyatchi-kofir kimsa u Kunning azobidan (qutulish uchun) o‘g‘illarini, birodarini, uni o‘z panohiga oladigan qarindosh-urug‘ini va yerdagi barcha kishilarini to‘lov qilib berib yuborishni, so‘ngra (bu to‘lov) unga najot berishini istar.

15-16. Yo‘q, (hech qanday to‘lov uni azobdan qutqara olmas)! Albatta (kofirlar tashlanadigan do‘zax o‘z harorati bilan bosh terilarini sidirib olguvchi bo‘lgan) bir olovdir!

17-18. U (Haq yo‘lidan) yuz o‘girib, ters qarab ketgan va (pul-mol) yig‘ib to‘plangan (ya’ni uni Alloh buyurgan joylarga sarflamagan) kimsalarni (o‘ziga) chorlab turar!

19. Darhaqiqat inson betoqat qilib yaratilgandir.

20. Qachon unga yomonlik (kambag‘allik-kulfat) yetib qolsa, u o‘ta besabrlik qilguvchidir.

21. Qachon unga yaxshilik (boylik, salomatlik) yetsa u o‘ta man’ qilguvchi – baxildir.

22. Faqat namoz o‘qiguvchi zotlar (ya’ni musulmonlargina undoq emasdirlar)ki,

23. Ular namozlarida doim – barqaror bo‘lguvchi zotlardir.

24-25. Ular (topgan) mol-mulklarida so‘raguvchi va (mol-davlatdan) mahrum kishilar uchun ma’lum haq (ya’ni zakot) bo‘lgan zotlardir.

26. Ular jazo — Qiyomat kunini tasdiq etadigan zotlardir.

27. Ular Parvardigorlarining azobidan qo‘rquvchi bo‘lgan zotlardir.

28. Zotan Parvardigorlarining azobi (hech kim uchun) bexatar emasdir (ya’ni hech kimning «Menga Allohning azobi tushmaydi», deb xotirjam bo‘lishga haqqi yo‘qdir).

29. Ular avratlarini (haromdan — zinodan pok) saqlaguvchi zotlardir.

30. Magar o‘z jufti halollaridan va qo‘llaridagi cho‘rilaridangina (saqlanmaydilar). Bas, ular malomat qilinmaslar.

31. Endi kim bundan o‘zgani (ya’ni, zino va shu kabi shariati Islomiyyada harom qilingan boshqa narsalarni) istasa, bas, ana o‘shalar haddan oshguvchi kimsalardir.

32.Ular (ya’ni mo‘min-musulmonlar) o‘zlariga ishonilgan omonatlarga va (o‘zgalarga) bergan ahd-paymonlariga rioya qilguvchi zotlardir.

33. Ular o‘z guvohliklarini to‘g‘ri-xolis ado qilguvchi zotlardir.

34. Ular namozlarini (vaqtida ado etib, qazo bo‘lishdan) saqlaguvchi bo‘lgan zotlardir.

35. Ana o‘shalar jannatlarda hurmat izzat ko‘rguvchidirlar.


I z o h. Mazkur oyatlarda haqiqiy mo‘min-musulmonlarning sifat-fazilatlari bayon qilindi va ana o‘shalar jannat ne’matlariga sazovor bo‘lguvchi zotlar ekanliklari uqtirildi. Endi quyidagi oyatlarda Payg‘ambar alayhis-salom atroflariga kelishib, to‘p-to‘p bo‘lib o‘tirishib olishib, u zot aytgan so‘zlarni masxara qiladigan va bir-birlariga sahobalarni ko‘rsatishib: «Agar mana shular Muhammad aytayotgandek, jannatga kiradigan bo‘lsalar, bizlar hech shak-shubhasiz ulardan oldinroq o‘sha joyga kiramiz», deb safsatabozlik qiladigan mushriklar haqida so‘zlanib, ularning bunday tama’lari befoyda ekanligi ta’kidlanadi va Payg‘ambar alayhis-salomni ulardan yuz o‘girishga amr etiladi.

36-37. Bas, (ey Muhammad), bu kofir bo‘lgan kimsalarga nima bo‘ldiki, ular o‘ng va so‘ldan to‘da-to‘da bo‘lib, siz tomonga chopurlar?!

38. Yo ulardan har bir kimsa noz-ne’mat jannatiga kiritilishni tama’ qilurmi?!

39. Yo‘q, (ular hech qachon jannatga kirmaslar)! Albatta Biz ularni o‘zlari biladigan narsadan (ya’ni bir tomchi suvdan) yaratdik.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

 

Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 621
Ko'rilgan: 396163
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:43
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 23961
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 25212
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 15438
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 3870
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin