Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi  ( 662950 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 3 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #570 : 10 Sentyabr 2006, 07:09:30 »


40-41. Bas, (shundoq ekan) mashriqu-mag‘riblarning Parvardigoriga qasam ichurmanki, shak-shubhasiz Biz (bu kofirlarni halok qilib o‘rinlariga), ulardan yaxshiroq (insonlarni) almashtirib qo‘yishga qodirdirmiz va Biz (bu ishga) ojiz emasdirmiz.

42. Bas, (ey Muhammad), siz ularni tark qiling! Ular to o‘zlariga va’da qilinayotgan kunlariga ro‘baro‘ bo‘lgunlaricha (o‘z botil-behuda xayollariga) sho‘ng‘ishib, o‘ynab-kulib yuraversinlar!

43-44. U kunda ular go‘yo (o‘zlari sig‘inadigan) butlarga qarab chopishayotgandek shoshilgan, ko‘zlari (quyiga) egilgan, xorlik ularni o‘rab-egallab olgan hollarida qabrlaridan chiqib kelurlar! Mana shu (hayoti dunyoda) ularga va’da qilinguvchi bo‘lgan Kundir!



NUH SURASI

Makkada nozil qilgan bu sura yigirma sakkiz oyatdan tashkil topgandir.

Bu surada payg‘ambarlar oqsoqoli Nuh alayhis-salomning qissalari u zotning payg‘ambar qilib yuborishlaridan tortib to qavmlarining orasidagi kofir bo‘lgan kimsalar to‘fon balosiga duchor qilinishlarigacha batafsil hikoya qilinadi. Shuning uchun bu sura «Nuh» surasi deb ataladi.

Bu sura Alloh taoloning O’z payg‘ambarlari orqali yuborgan diniga qarshilik qiladigan kimsalar barcha zamon va makonlarda bo‘lgani va bo‘lajagi haqida xabar berilishi bilan birga insoniyat tarixida Yaratgan buyurgan dindan chiqqan barcha millatlarning oqibatlari halokat bo‘lgani ham uqtiriladi.

Sura Nuh alayhis-salom o‘z qavmlari orasida to‘qqiz yuz ellik yil turib, ularni Allohning diniga da’vat qilganlaridan keyin ham ular pand-nasihat olishib, hidoyat yo‘liga yurishmagach, u zot Tangri taologa iltijo qilib bu kofirlarga O’z balosini yuborishshsh so‘raganlari haqidagi oyatlar bilan xotima topadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Darhaqiqat Biz Nuhni: «Qavmingni ularga alamli azob kelib qolishidan ilgari ogoxlantirgin», deb o‘z qavmiga payg‘ambar qilib yubordik.

2. U dedi: «Ey qavmim, albatta men sizlarga (yuborilgan) ochiq ogoxlantirguvchidirman.

3. Allohga ibodat qilinglar va U zotdan qo‘rqinglar hamda menga itoat etinglar,

4. (Shunda Alloh) sizlarni gunohlaringizdan mag‘firat qilur va sizlarni belgilangan muddatgacha (ya’ni ajallaringiz bitgunicha tirik) qoldirur. Agar bilguvchi bo‘lsangizlar, Allohning (o‘lim uchun belgilab qo‘ygan) muddati kelgan vaqtida aslo ortga surilmas.

5. (Nuhning bu da’vatlari ularga kor qilmagach), u dedi: «Parvardigorim, albatta men qavmimni kechayu kunduz (iymon-e’tiqodga) da’vat etdim.

6. (Ammo) mening da’vatim ularga faqat (iymondan) qochishni ziyoda qildi, xolos.

7. Darvoqe, har qachon men ularni Sening mag‘firatingga (sabab bo‘ladigan din yo‘liga) da’vat qilsam, ular (mening so‘zlarimni eshitmaslik uchun) barmoqlarini quloqlariga tiqib, (meni ko‘rmaslik uchun yuzu ko‘zlariga) oyoq tirab turdilar hamda (menga itoat etishdan bosh tortib) kibr-havo qildilar.


I z o h. Muhtaram o‘quvchi e’tibor bergan bo‘lsa, Nuh payg‘ambarning qavmlari orasidagi kofir kimsalar Muhammad alayhis-salom zamonlaridagi va undan keyingi davrlardagi kofirlarga o‘xshab Allohning dinidan yuz o‘girib, ters qarab ketmaydilar, balki ular xuddi yosh bolalarga o‘xshab barmoqlarini quloqlariga tiqib, yuzu ko‘zlarini ro‘mollar bilan o‘rab olishib, Haq yo‘lidan qaysarlik bilan bosh tortadilar. Bunga sabab, Qur’oni Karim bizlarga ushbu surada necha o‘ng ming yillar ilgari o‘tgan, ikkinchi Odam Ato hisoblanmish Nuh alayhis-salom zamonlaridan, ya’ni bashariyatning ayni go‘daklik pallasidan hikoya qilmoqda. Qur’onning bu ajib uslubi, ya’ni, har bir davr haqida ayni o‘sha davrning ruhi – tili bilan so‘zlashi – tasvirlashi ham uning ilohiy mo‘‘jiza ekanligiga yana bir dalolatdir. Zero Muhammad alayhis-salomdek xat-savodi bo‘lmagan bir kishi o‘zining insoniy ong – shuuri bilan uzoq o‘tmish qa’riga singib ketgan qavm-qabilalarning har birini «o‘z tili» bilan so‘zlata olishi mumkin bo‘lmagan bir ishdirki, bunga faqat barcha zamonlarda hayot va barcha narsadan ogoh bo‘lgan azaliy va abadiy zot — Alloh taologina qodirdir.

8. So‘ngra, men ularni oshkora (ya’ni, odamlar to‘plangan joylarda baland ovozda) da’vat etdim. So‘ngra men ularga (o‘z da’vatimni) ochiq e’lon ham qildim, pinhona sir qilib ham aytdim.

10. Men dedimki: «Parvardigoringiz (Alloh)dan mag‘firat so‘ranglar, albatta U o‘ta mag‘firatli bo‘lgan zotdir.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #571 : 10 Sentyabr 2006, 07:11:35 »


11. (Shunda) U zot ustlaringizga osmondan yomg‘ir quydirur.

12. Va sizlarga mol-dunyo, bola-chaqa bilan madad berur hamda sizlarga bog‘u bo‘stonlar (ato) qilur va sizlarga oqar daryolar (ato) qilur.

13. Nega sizlar Allohni ulug‘lashni (ya’ni Unga ibodat qilishni) o‘ylamaysizlar?!

14. Holbuki U zot sizlarni bosqichma-bosqich yaratdi-ku!


I z o h. Ushbu va quyidagi oyatlarda nima sababdan bandalar Alloh taologa ibodat qilishlari zarur ekanligiga dalillar keltirilgandir. Tangri taolo insonlarning diqqat-e’tiborlarini avvalo o‘zlarining qanday yaratilganlariga qaratadi. Darhaqiqat har bir inson ona qornida dastavval bir tomchi suv bo‘lib, so‘ngra quyuq qonga aylanib, keyin bir parcha go‘sht bo‘lib, so‘ngra unga jon ato etilib yorug‘ dunyoga kelishi haqida o‘ylagan har bir sog‘lom aql va toza dil egasi beixtiyor Yaratganning qudratiga-ulug‘ligiga tasannolar aytib, U zotga sajda qilmay tura olmas.

Endi quyidagi oyatlarda Alloh taoloning qudrati naqadar cheksiz-chegarasiz ekanligiga ochiq dalolat qilib turgan samovot va undagi sayyoralar haqida so‘z yuritiladi.


15-16. Alloh yetti osmonni qanday ustma-ust qilib yaratganini va oyni ulardagi nur-yorug‘lik qilib, quyoshni esa (nur sochguvchi) chiroq qilib qo‘yganini ko‘rmadinglarmi?!

17. Alloh sizlarning (otangiz Odamni) yerdan undirib-o‘stirdi (ya’ni paydo qildi).

18. So‘ngra (vafot qilganlaringizda) U zot sizlarni yana (erga) qaytarur va (Qiyomat qoyim bo‘lganida) sizlarni chiqarib olur!

19-20. Alloh yerni sizlar uchun — sizlar undagi keng yo‘llarda yurishlaringiz uchun yoyiq-tekis qilib qo‘ydi».

21. Nuh aytdi: «Parvardigorim, darhaqiqat ular menga itoatsizlik qildilar hamda (topgan) mol-dunyosi va bola-chaqasi o‘ziga faqat ziyonni (ya’ni kufr va tug‘yonni) ziyoda qilgan kimsalarga (o‘zlarining boy-badavlat boshliqlariga) ergashib ketdilar».

22. U (boshliqlari Nuhga qarshi) juda katta makr-hiylalar qildilar.

23. Va (o‘zlariga ergashgan tuban-pastkash kimsalarga): «Sizlar hargiz o‘z xudolaringizni tark qilmanglar!» Vadni ham, Suvo’ni ham, Yag‘usni ham, Ya’uqni va Nasrni ham hargiz tark qilmanglar!» dedilar.


I z o h. Bu oyatda zikr qilingan beshta nom Nuh payg‘ambar zamonlaridagi kofirlar sig‘inadigan but sanamlarning nomidir. Ular Nuh alayhis-salomning da’vatlariga quloq solmay o‘sha butlarga sig‘inganliklari uchun ham to‘fon balosiga giriftor qilinib, halok bo‘lganlar.

24. «Darhaqiqat ular (ya’ni Nuh qavmining boy-badavlat boshliqlari) ko‘p (kishilar)ni yo‘ldan ozdirdilar. (Parvardigorim), bu zolim kimsalarga faqat gumrohlikni ziyoda qilgin», (dedi Nuh).

25. Ular o‘z xato-gunohlari sababli g‘arq qilinib, do‘zaxga kiritildilar. Bas, o‘zlari uchun Allohdan o‘zga yordam berguvchilarni topmadilar (ya’ni sig‘ingan but-sanamlari ularni Allohning azobidan qutqara olmadilar).

26. Nuh aytdi: «Parvardigorim, yer yuzida kofirlardan biron hovli-joy egasini qoldirmagin.

27. Chunki Sen agar ularni (er yuzida) qoldirsang, ular bandalaringni yo‘ldan ozdirurlar va ular faqat ko‘rnamak, nopok (kimsalar)ni tug‘ib-ko‘paytirurlar.

28. Parvardigorim, O’zing meni, ota-onamni, mening uyimga mo‘min holda kirgan kishilarni va barcha mo‘minu mo‘minalarni mag‘firat qilgan, zolim kimsalarga esa faqat halokatni ziyoda qilgin»!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #572 : 10 Sentyabr 2006, 07:12:46 »


JIN SURASI

Bu sura yigirma sakkiz oyatdan iborat bo‘lib, Makkada nozil qilingandir.

U Alloh taolo olovdan yaratgan ko‘zga ko‘rinmas maxluqlar — jinlar olami haqida hikoya qiladi. Ma’lumki, Muhammad alayhis-salom insu-jinga barobar payg‘ambar qilib yuborilganlar, xuddi insonlar orasida bo‘lgani kabi jinlar orasida ham u zotning payg‘ambar ekanliklariga iymon keltirganlar ham, iymon keltirmaydiganlar ham bordir. Bu sura avvalida Qur’on oyatlarini eshitishlari bilan u Kitobga darhol iymon keltirgan bir guruh jinlar haqida xabar berilib, so‘ngra umuman jinlar qanday maxluqot ekanliklari to‘g‘risida ma’lumotlar keltiriladi. Va ular ayrim kishilar o‘ylaganidek, insonlarga biron foyda yoki ziyon yetkazishga yo g‘ayb sirlarini bilishga qodir emasliklari, shuningdek, ularning ichida yaxshilari ham, yomonlari ham, musulmonlari ham, Iblisi lain kabi kofirlari ham bor ekanligi ochiq-ravshan bayon qilinadi.

Sura Payg‘ambar alayhis-salomni o‘zlarining zimmalarida qanday vazifalar borligini, Alloh O’z payg‘ambariga nimalarni ma’lum qilishi va nimalarni bildirmasligini, Tangri va Uning payg‘ambariga osiylik qilgan kimsalarning oqibatlari qanday bo‘lishini aytishga buyurish bilan xotima topadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2. (Ey Muhammad), ayting: «Menga vahiy qilindiki, jinlardan bir guruhi (mening Qur’on tilovat qilganimni) eshitishib, (o‘z qavmlariga qaytib borishgach, dedilar: «Darhaqiqat bizlar Haq yo‘lga hidoyat qiladigan bir ajib Qur’onni eshitdik va darhol unga iymon keltirdik. Bizlar (endi) Parvardigorimizga hargiz biron kimsani sherik qilmasmiz».

I z o h. Sahobalardan Ibn Abbos (Alloh undan rozi bo‘lsin) guvoxlik berishlaricha, Payg‘ambar alayhis-salom Bomdod namozini o‘qiyotgan chog‘larida bir guruh jinlar hozir bo‘lishib, Qur’on oyatlarini tinglaganlar va darhol Unga iymon keltirganlar. Lekin rasululloh ularning kelishganidan ham, Kalomullohga quloq tutishganidan ham bexabar edilar. Qachonki ushbu sura nozil qilinganidan keyingina u zot bu voqeadan voqif bo‘ldilar. Yuqoridagi oyatlarda jinlarning Qur’onni eshitishlari bilan “bu bashar so‘zi emas, balki ilohiy mo‘jiza” deb iymon keltirganlari to‘g‘risida xabar berilishidan ko‘zlangan maqsad, mufassirlarning aytishlaricha, birinchidan, barcha insoniyatga Kalomulloh faqat insonlar uchungina emas, balki jinlar olami uchun ham ilohiy ko‘rsatma bo‘lib nozil qilinganini e’lon qilish bo‘lsa, ikkinchidan, Muhammad alayhis-salomni shaxsan taniydigan va u kishining xat-savodlari yo‘q ekanligini ham juda yaxshi biladigan Makka ahliga — arablarga, o‘zlarining tillarida nozil bo‘lgan, fasohat-balog‘atining benazirligidan savodsiz odam emas, balki dunyodagi eng yetuk adiblar birlashib ham yoza olishlari imkonsiz bo‘lgan bir Kitobga — hatto jinlar ham eshitiboq iymon keltirgan Kalomullohga ular (Makka ahli) iymon keltirmaganlari uchun tanbeh-dashnom berishdir.

Endi quyidagi oyatlarda Alloh taolo mo‘min jinlar tilidan hikoya qilishda davom etadi.


3. «Albatta buyukligi yuksak bo‘lgan Parvardigorimiz biron juft va yo farzand tutgan emasdir.

4. Albatta bizlarning ichimizdagi ahmoq (Iblis) Alloh sha’niga («U zotning xotini va bolasi bor», deb) nohaq so‘z aytar edi.

5. Albatta bizlar ins ham, jin ham Alloh sha’niga hargiz yolg‘on so‘zlamas, deb o‘ylar edik».


I z o h. Bu so‘zlar jinlar tomonidan Alloh taologa aytilgan uzrdir. Ya’ni, ular insonlar ham, jinlar ham Alloh sha’niga yolg‘on so‘zni ayta olmaydi, deb o‘ylaganlari uchun jinlardan bo‘lgan Iblis ularga «Allohning xotini, bolasi bor», deb ig‘vo qilganida uning so‘zlariga ishonganlari va qachonki Qur’on oyatlarini eshitganlaridan keyingina Alloh taoloning biron sherigi yo‘q yakkayu yagona zot ekanini bilishib, «Bizlar (endi) Parvardigorimizga hargiz biron kimsani sherik qilmasmiz», deb ont ichganlarini aytishib uzr so‘ramoqdalar.

6. Albatta insdan bo‘lgan (ayrim) kishilar jindan bo‘lgan kimsalardan panoh tilashib, ularga yanada haddan oshishni – muttahamlikni ziyoda qilur edilar».

I z o h. Ya’ni, qadimda (hozir ham) ayrim kimsalar biron xilvatroq yerga borib qo‘nmoqchi bo‘lsalar, o‘sha yerning «egalari» bo‘lgan jinlarning kattalaridan panoh so‘rar edilar va buni bilgan jinlarning muttahamligi yanada ziyoda bo‘lib, «Mana bizlar faqat jinlarga emas, balki inslarga ham hojamiz», deyishib g‘ururlanar edilar. Ushbu oyatda Qur’on bunday aqidaning botil ekanligini aytib, jinlar ham xuddi insonlar kabi Allohning bandalari ekanliklarini, binobarin Alloh taoloning izni-irodasisiz hech kimga foyda ham, ziyon ham yetkaza olmasliklarini bildiradi.

Quyidagi oyatlarda yana jinlar tilidan hikoya qilinadi. Dastlabki oyatda mo‘min jinlar kofirlariga xitob qilib, dedilar:


7. «Albatta ular (ya’ni insonlarning kofirlari) ham xuddi sizlar gumon qilganingizdek, Alloh hargiz biron kimsani qayta tiriltirmas, deb gumon qildilar. (Ya’ni, sizlarning gumonlaringiz ham, ularning gumonlari ham noto‘g‘ridir. Chunki Qur’onda qayta tirilish va hisob-kitob bo‘lishi haq ekani to‘g‘risida aytildi va bizlar bunga iymon keltirdik).

8. Albatta bizlar (farishtalarning so‘zlarini o‘g‘rincha eshitib olish uchun) osmonga taqilgan edik, uning kuchli qo‘riqchi (farishta)lar va (o‘g‘ri jinlarga otilguvchi uchar) yulduzlar bilan to‘la ekanligini ko‘rdik.

9. Albatta bizlar (ilgari osmondan ayrim) joylarga (farishtalarning so‘zlarini o‘g‘rincha) eshitib olish uchun o‘tirib olar edik. Endi hozir (ya’ni Muxammad alayhis-salom payg‘ambar qilib yuborilganlaridan keyin) esa kim (ya’ni, qaysi jin o‘g‘rincha) eshitar bo‘lsa, o‘zini kuzatib turgan bir (uchar) yulduzni ko‘rar.

10. Albatta bizlar yerdagi kishilarga (Alloh tomonidan) yomonlik iroda qilinganmi yoki Parvardigorlari ularga to‘g‘rilib yaxshilikni iroda qilganmi, bilmasmiz».


I z o h. Mazkur oyatlardan ma’lum bo‘ladiki, Muhammad alayhis-salom payg‘ambar qilib yuborilishlaridan ilgari, johiliyyat davrida jinlar osmon xabarlarini o‘g‘irlab, ayrim kohin-folbinlarga yetkazish bilan mashg‘ul bo‘lar ekanlar. (Bu haqda «Hijr» surasining 18-oyatiga berilgan izohda batafsil aytilgan edi). Ammo Islom dini kelib, Qur’on nozil bo‘la boshlagach esa jinlar uchun osmonning barcha yo‘llari berkilgan va yuqoridagi oyatda jinlarning o‘zlari e’tirof etishlaricha, ular Alloh yerdagi bandalari bo‘lmish insonlarga nimani, ya’ni, yaxshilik yo yomonlikni iroda qilishidan mutlaqo bexabardirlar. Bas, jinlardan panoh tilash yoki ulardan najot kutish nodonlikdan o‘zga narsa emasdir. Panoh ham, najot ham yolg‘iz Alloh taoloning O’zidangina so‘ralishi lozimdir. Qur’on ushbu oyatlari bilan mo‘min-musulmonlarni har qanday vahmu gumondan xalos etadi.

Quyidagi oyatlarda jinlar tilidan hikoya qilish davom etiladi.


11. «Albatta bizlarning oramizda yaxshilar ham bordir va (shuningdek») oramizda undoq emaslar (ya’ni yomonlar) xam bordir. Bizlar (Qur’onni eshitishdan ilgari) bo‘lak-bo‘lak yo‘llarda edik.

12. Albatta bizlar (Qur’onni eshitganimizdan so‘ng) bildikki, yer yuzida hargiz Allohni ojiz qila olmasmiz (ya’ni faqat Alloh iroda qilgan ishgina bo‘lur) va U zotdan (ya’ni, Uning jazosidan) qochib ham qutula olmasmiz.

13. Albatta bizlar qachonki Hidoyatni — Qur’onni eshitdik, unga iymon keltirdik. Bas, kimki Parvardigoriga iymon keltirsa, demak u (yaxshiliklarining) kamayib qolishidan ham, (yomonliklarining) haddan ortib ketishidan ham qo‘rqmas (ya’ni Parvardigori unga hargiz zulm qilmas, balki qilgan har bir amali uchun munosib jazo-mukofot ato utur).
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #573 : 10 Sentyabr 2006, 07:15:43 »


14. Albatta bizlarning oramizda musulmonlar ham bordir va (shuningdek) oramizda (yo‘ldan) ozganlar ham bordir. Bas, kimki musulmon bo‘lsa, demak ana o‘shalar to‘g‘ri yo‘lni maqsad qilib olibdilar.

15. Endi (yo‘ldan) ozganlarga kelsak, bas, ular jahannam uchun o‘tin bo‘lgan kimsalardir».


I z o h. Mana shu oyatga kelib, iymon keltirgan jinlar tilidan qilingan hikoya nihoyasiga yetdi.

16-17. Albatta, agar ular (To‘g‘ri) yo‘lda ustivor turganlarida, albatta Biz ularni imtihon qilish uchun mo‘l yomg‘ir bilan sug‘organ bo‘lur edik (ya’ni ularga mo‘l-ko‘l rizq ato etgan bo‘lur edik). Kimki Parvardigorining zikridan — Qur’ondan yuz o‘girsa, U zot uni qattiq azobga yo‘llar.

18. Albatta (barcha) masjidlar Allohnikidir. Bas, (masjidlarda) Alloh bilan birga yana biron kimsaga duo-iltijo qilmanglar!

19. Albatta, qachonki Allohning bandasi (ya’ni, Muhammad alayhis-salom) U zotga duo-iltijo qilgan holda turganida, ular (ya’ni jinlar Qur’on eshitish ishtiyoqida) uning ustiga g‘uj-g‘uj bo‘lib yopirilishga yaqin bo‘ldilar.

20. (Ey Muhammad, diningizdan qaytishingizni talab qilayotgan kofirlarga) ayting: «Men yolg‘iz Parvardigorimgagina duo-iltijo qilurman va U zotga biron kimsani sherik qilmasman».

21. Ayting: «Albatta men sizlarga na bir ziyon va na bir to‘g‘ri yo‘l berishga ega emasdirman, (to‘g‘ri yo‘lga solguvchi ham, ziyon yetkaza olguvchi ham yolg‘iz Allohdir)».

22. Ayting: «Albatta meni Alloh(ning azobi)dan (agar U zotga osiylik qilsam), biron kimsa himoya qila olmas va men U zotdan o‘zga panoh ham topa olmasman.

23. (Men) faqat Alloh tomonidan yetkazishga va U zotning elchilik vazifalarigagina (egadirman). Kimki Alloh va Uning Payg‘ambariga osiy bo‘lsa, bas, albatta uning uchun jahannam olovi bordir. (Unday kimsalar) o‘sha joyda mangu qolurlar.

24. Endi qachon ular o‘zlariga va’da qilinayotgan azobni ko‘rganlarida, bas, (o‘sha paytda) kimning (ya’ni ularningmi yoki mo‘minlarningmi) yordamchisi ojizroq va sanog‘i ham ozroq ekanini bilajaklar!»

25. (Ey Muhammad, u kofirlarga) ayting: «Men sizlarga va’da qilinayotgan azob yaqinmi yoki Parvardigorim uning uchun (uzoqroq) muxlat qilganmi, bilmasman.

26. (U zot) g‘aybni bilguvchidir. Bas, O’z g‘aybidan biron kimsani ogoh qilmas.

27-28. Faqat O’zi rozi bo‘lgan payg‘ambarnigina (O’zining g‘aybidan sir-asrorining ayrimlaridan ogoh etar). Bas, albatta U (Alloh) toki (payg‘ambarlar) Parvardigorlarining elchilik vazifalarini (o‘z ummatlariga) to‘la yetkazganlarini bilish uchun (O’zining g‘aybidan ogoh qilib qo‘ygan har bir payg‘ambarning) oldidan ham, ortidan ham kuzatguvchi (farishta) yo‘llar. U zot (payg‘ambarlar) huzuridagi bor narsani (ya’ni ularning ilmu amallarini) ihota qilib olgandir va (koinotdagi) har bir narsaning sanog‘ini hisob-kitob qilib qo‘ygandir».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #574 : 10 Sentyabr 2006, 07:17:19 »


MUZAMMIL SURASI

Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, yigirma oyatdan iboratdir.

«Ya ayyuhal-muzzammil — ey (kiyimlariga) o‘ralib olgan zot!» deb, Muhammad alayhis-salomga xitob qilish bilan boshlanadigan bu surada dastlab Payg‘ambarimiz kechalarni toat-ibodat qilib bedor o‘tkazishga va bu bilan nozil bo‘lajak «Og‘ir So‘z» — Kalomullohni bashariyatga yetkazish uchun ruhiy tayyorgarlik ko‘rishga buyuriladilar.

So‘ngra u kishiga Makka mushriklari tomonidan yetadigan turli ozor-aziyatlarga sabr-toqat qilish va ulardan yuz o‘girish lozim ekanligi uqtirilib, u mushriklardan Alloh taoloning O’zi intiqom olajagi bildiriladi.

Sura nihoyasida Alloh taoloning mo‘minlarga ato etgan yengillik — marhamatlari bayon qilinib, ularga toat-ibodatda ustivor bo‘lish buyuriladi va bu hayoti-dunyoda qilib o‘tgan har bir yaxshi amalning ajr-mukofotini oxiratda Tangri taolo xuzurida bekami-ko‘st, ziyodasi bilan topishlari haqida xabar beriladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2-3-4. Ey (kiyimlariga) o‘ralib olgan zot, kechasi (bedor bo‘lib, namozda) turing! Faqat ozgina — uning (kechaning) yarmida (uxlab orom oling) yoki (uyquni kechaning) yarmidan ham bir oz kamaytiring, yoxud unga (bir oz) ziyoda qiling (ya’ni kechaning yarmidan ko‘prog‘ida uxlab, istirohat qiling) va Qur’onni tartil bilan (ya’ni dona-dona qilib) tilovat qiling!

I z o h. Ushbu oyatlarda Payg‘ambar alayhis-salomga kechaning yarmini yoki uchdan ikkisini yoxud uchdan birini bedor bo‘lib toat-ibodat bilan o‘tkazish hamda Qur’oni Karimni shoshmasdan, mazmun-mohiyatiga e’tibor berib tilovat qilish buyurildi.

Bu oyatlarning nozil bo‘lish sabablari haqida turli rivoyatlar mavjuddir. Ulardan birida aytilishicha, Payg‘ambar alayhis-salom Quraysh kofirlari to‘planishib Islom diniga va Payg‘ambarning o‘zlariga qarshi har xil makr-hiyla rejalarini tuzishayotganidan xabar topgach, g‘amgin bo‘lib, kiyimlariga o‘ralgan hollarida yotib, endi uyquga ketganlarida, Jabroil farishta mazkur oyatlarni keltirib, ularda Payg‘ambarimizga hozir uyqu vaqti emasligi, balki tunlarni toat-ibodat bilan bedor o‘tkazib, barcha olamlar Parvardigori tomonidan nozil qilinayotgan ilohiy Qo‘llanma — Qur’onni dona-dona qilib o‘qib, kishilarga yetkazish vaqti ekanligi uqtiriladi.


5. Zero, Biz sizga og‘ir So‘zni – Qur’onni tushirajakmiz.

6. Albatta kechasi (ibodat uchun bedor bo‘lib) turish (tun uyqu-orom vaqti bo‘lgani sababli) juda og‘ir yukdir va (lekin u paytda kunduzgi bezovtaliklar bo‘lmagani uchun) eng to‘g‘ri so‘zdir.


I z o h. Tun sukunatida ibodat qilayotgan kishi Qur’onni ham adashmay tilovat qiladi, duo-iltijolarni ham huzuri dil bilan bexato qiladi va bu vaqtda o‘zgalar uyqu-g‘aflatda bo‘lgani uchun uning qilgan ibodati — o‘qigan namozi beriyo, ya’ni yolg‘iz Alloh uchun bo‘ladi.

7. Albatta, siz uchun kunduzi uzun-tinimsiz mashg‘ulot bordir (shu sababli kechalari bedor bo‘lib ibodat qiling).

8. Parvardigoringizning nomini (mudom) yod eting va Unga butunlay berilib, (chin ixlos bilan bandalik qiling)!

9. (U) mashriq va mag‘ribning Parvardigoridir. Hech qanday iloh yo‘q, fakat Uning O’zigina bordir. Bas, siz (o‘zingiz uchun) Unigina vakil-homiy qilib oling!

10. Va ular (mushriklar) aytayotgan so‘zlariga (berayotgan ozorlariga) sabr qiling hamda ularni chiroyli tark eting!

11. (Sizni) yolg‘onchi qilguvchi u ahli ne’mat-ahli dunyolarni menga qo‘yib bering va ularga ozgina (Qiyomatgacha) muhlat bering!

12. Zero Bizning dargohimizda (kofirlar uchun tayyorlab qo‘yilgan) kishanlar va (ularni kuydirib azob berguvchi) olov-do‘zax bordir!

13. Va (tomoqqa) tiqilguvchi (yiring va qon kabi) “taom” hamda alamli azob bordir!

14. U Kunda yer va tog‘lar titroqqa tushar va u tog‘lar to‘kilib turguvchi qumtepalarga aylanib qolur!

15. (Ey Makka ahli), darhaqiqat, Biz xuddi Fir’avnga Payg‘ambar yuborganimiz kabi sizlarga ham (agar bu hayoti dunyodan kufru isyon bilan o‘tsangizlar Qiyomat kunida) sizlarning ziyoningizga guvoxlik berguvchi bo‘lgan bir Payg‘ambarni (ya’ni Muhammad alayhis-salomni) yubordik.

16. (O’shanda) Fir’avn (Muso) Payg‘ambarga itoatsizlik qilgach, Biz uni qattiq ushlash bilan ushladik (ya’ni dengizga g‘arq qilib yubordik).

17. Bas, agar sizlar kofir bo‘lsangizlar (o‘z dahshati bilan) bolalarni(ng sochlarini oqartirib) chollarga aylantirib qo‘yadigan Kun(ning azobi)dan qanday saqlanursizlar!

18. U (dahshatli Kun) sababli osmon ham yorilguvchidir! (Allohning) va’dasi amalga oshguvchidir!

19. Albatta ushbu (oyatlar) bir eslatmadir. Bas, kim xoxlasa (bu nasihatdan ibrat olib) Parvardigoriga yo‘l tutar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #575 : 10 Sentyabr 2006, 07:18:42 »


20. (Ey Muhammad), albatta Parvardigoringiz siz va siz bilan birga bo‘lgan kishilardan iborat toifa (ya’ni sahobalaringiz goho) kechaning uchdan ikkisidan ozrog‘ida, (goho) uning yarmida va (goho) uchdan birida (bedor bo‘lib, namozda) turishlaringizni bilur. Kecha va kunduz (soatlari)ni Alloh belgilar. U zot (fasllar o‘zgarishi bilan kechalar ham uzun-qisqa bo‘lib turishi sababli sizlar u kechalarda bedor bo‘lishlaringiz lozim bo‘lgan soatlarning) sanog‘iga yeta olmasliklaringizni bilib, sizlarga qayta yengillik berdi.— Endi (kechalari namozlaringizda) Qur’ondan muyassar bo‘lgan miqdorda o‘qiyveringlar. U zot sizlarning orangizda (kechalari bedor bo‘lishga quvvati yetmaydigan) bemorlar bo‘lishini, boshqalar Allohning fazl-marhamatidan (rizq-ro‘z) istab yer yuzida (ya’ni uning turli tomonlariga) safar qilishlarini va yana boshqalar esa Alloh yo‘lida jangga chiqib ketishlarini bildi. Bas, (o‘zlaringizni qiynamay Qur’ondan) muyassar bo‘lgan miqdorda o‘qiyveringlar. Va namozni to‘kis ado etinglar, zakotni (haqdorlarga) ato etinglar va (bechora miskinlarga xayru saxovat qilish bilan) Allohga qarzi hasana beringlar! O’zlaringiz uchun taqdim qiladigan har bir yaxshilikni (Qiyomat kuni) Allohning huzurida yanada yaxshiroq va ulug‘roh ajr-mukofot holida topursizlar. Allohdan mag‘firat so‘ranglar! Albatta Alloh mag‘firatli, mehribondir.


MUDASSIR SURASI

Bu sura ham Makkada nozil qilingan. U ellik olti oyatdir.

Bu surada ham xuddi avvalgi surada bo‘lganidek, so‘z asosan Payg‘ambar alayhis-salom shaxsiyatlari xususida borib, dastlabki oyatlarda Payg‘ambarimizga da’vat yukini o‘z zimmalariga olishlari amr etiladi va bu yo‘lda kofirlar tomonidan o‘zlariga yetadigan ozor-aziyatlarga Alloh uchun sabr-toqat qilish buyuriladi.

Sura davomida Qiyomat Kunida kofirlar uchun oson bo‘lmasligi ta’kidlanadi va ulardan birining kirdikori batafsil fosh etiladi.

So‘ngra kofirlarga va’da qilingan do‘zax va uning qo‘riqchi-xodimlarining sanoqlari to‘g‘risida so‘z yuritilib, bu sanoq faqat imtihon uchun aytilgani bayon qilinadi,

Bu suradan jannat ahlining do‘zaxilar bilan qiladigan savol-javoblari ham o‘rin olgandir.

Sura Makka mushriklarining Haq yo‘liga yurmayotganlaridan g‘amgin bo‘lgan Payg‘ambar alayhis-salomga har ish Alloh taoloning xohish-irodasi bilan bo‘lishini bildirib, taskin-tasalli berish bilan xotima topadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1—2. Ey (liboslariga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring!

I z o h. Sahobalardan Jobir ibn Abdulloh (Alloh undan rozi bo‘lsin) rivoyat qilishlaricha, payg‘ambar alayhis-salom yuqoridagi oyatlar nozil bo‘lishi xususida shunday deganlar: «Men bir kuni yo‘lda ketayotib osmondan bir ovoz eshitdim. Boshimni ko‘tarib qarasam, banogoh men Xiro g‘orida ekanligimda oldimga kelgan farishta osmon bilan yerning o‘rtasida muallaq bo‘lgan bir kursida o‘tiribdi. Bu holni ko‘rib qo‘rqqanimdan yerga yiqildim va qaltirab-titragan holimda uyga yetib kelib, «Meni o‘rab qo‘yinglar, meni o‘rab qo‘yinglar», dedim. Endi ko‘rpaga burkanib yotganimda, menga «Ey (liboslariga) burkanib olgan  zot»,  deb boshlangan oyatlar nozil bo‘ldi».

3. Yolg‘iz Parvardigoringizni  ulug‘lang!   

4. Liboslaringizni pok tuting!

5. Butlardan yiroq bo‘ling!

6. (Berayotgan narsangizni) ko‘p sanagan holingizda ehson qilmang!

7. Yolg‘iz Parvardigoringiz (yuzi) uchun (kofirlar tomonidan yetadigan ozorlarga) sabr qiling!

8-9. Chunki qachon (qiyomat qoyim bo‘lgani haqida xabar berib) burg‘u chalinganida, ana o‘sha Kun qiyin Kundir!

10. Kofirlarga oson bo‘lmagan (Kundir)!


I z o h. Ushbu oyatlarda Alloh taolo O’z payg‘ambarini zimmasidagi payg‘ambarlik vazifasini sabr-toqat bilan ado etishga chorlab, u zotga yaqinda din yo‘liga g‘ov bo‘lgan kimsalar uchun qiyin bir Kun – Qiyomat  kelishi to‘g‘risida xabar berdi. Endi quyidagi oyatlarda o‘sha kofirlardan biri bo‘lgan Valid ibn Mug‘iyraning Qur’on va Payg‘ambar alayhis-salomga qarshi qilgan kirdikori va u topajak oqibat haqida so‘z boradi.

11. (Ey Muhammad), Men so‘qqabosh holida yaratgan kimsani O’zimga qo‘yib bering!

12-13. Men unga keng-mo‘l mol-davlat va (doimo yonida) hoziru nozir o‘g‘illarni (ato) qildim.

14. Yana unga (hayotning barcha ne’matlarini) qulay-oson qilib qo‘ydim.

15. So‘ngra u yana ziyoda qilishimni tama’ qilur.

16. Yo‘q, (uning tama’si behudadir)! Chunki u Bizning oyatlarimizga qarshilik qilguvchidir.

17. Yaqinda Men uni bir xarsang toshga (ya’ni o‘tib bo‘lmas to‘siqqa) duchor qilajakman!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #576 : 10 Sentyabr 2006, 07:20:42 »


18. Chunki u (Qur’onni eshitgach, bu ilohiy Kitobga qanday tuhmat qilish to‘g‘risida) o‘yladi, reja tuzdi.

19. Halok qilingur, qanday reja tuzdi-ya?!

20. Yana halok qilingur, qanday reja tuzdi-ya?!

21. So‘ngra u (o‘ylagan rejalariga) qaradi.

22. So‘ngra (Qur’ondan biron ayb topa olmagach, peshonasini) tirishtirdi va (aftini) burishtirdi.

23. So‘ngra (Haqdan) yuz o‘girdi va kibr-havo qildi.

24-25. Bas, u: «Bu (Qur’on Allohning so‘zi emas, balki) faqat (avvalgilardan naql qilinayotgan bir sehrdir. Bu faqat basharning so‘zidir», dedi.

26. Yaqinda Men uni Saqarga (jahannamga) kiritajakman!

27. (Ey Muhammad), Saqarning nima ekanligini siz qaerdan ham bilar edingiz.

28. U (biron kofirni) qoldirmas – qo‘ymas (balki kuydirib halok qilur)!

29. (U besh yuz yillik masofadan) insonlarga yaqqol ko‘rinib turguvchidir.

30. Uning ustida o‘n to‘qqiz (farishta qo‘riqchilik-egalik qilur).

31. Biz faqat farishtalarni do‘zax egalari-qo‘riqchilari qildik va Biz faqat kofir bo‘lgan kimsalarni sinash uchun u (farishta)larning sanog‘ini (o‘n to‘qqizta) qildik. Toki kitob berilgan kimsalar (ya’ni yahudiy va nasroniylar o‘zlarining ilohiy kitoblari bo‘lmish Tavrot va Injilda ham do‘zax qo‘riqchilari bo‘lgan farishtalar sanog‘i o‘n to‘qqizta ekani aytilganini ko‘rib Qur’onning Alloh tomonidan nozil qilingan Haq Kitob ekanligini) aniq bilgaylar va iymon keltirgan zotlarning iymonlari esa yanada ziyoda bo‘lgay hamda kitob berilgan kimsalar ham, mo‘minlar ham (do‘zax qo‘riqchilarining sanog‘i to‘g‘risida) shak-shubha qilmagaylar. Va toki dillarida maraz (munofiqlik) bo‘lgan kimsalar va kofirlar: «Buni misol qilish bilan (ya’ni farishtalar sanog‘ini o‘n to‘qqizta qilish bilan) Alloh nima demoqchi?» degaylar. Alloh O’zi xohlagan kimsalarni mana shunday yo‘ldan ozdirib qo‘yur va O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Parvardigoringizning qo‘shinlarini (ya’ni farishtalarning qancha adadda va qanday sifatda ekanliklarini) yolg‘iz Uning O’zigina bilur. U (ya’ni ushbu oyatlarda ta’riflangan jahannam) faqat insonlar (pand-nasihat olishlari) uchun bir eslatmadir.

32. Darhaqiqat, Oyga qasam,

33. O’tib ketgan tunga qasam,

34. Yorishib kelayotgan tongga qasamki,

35-36-37. Albatta u (jahannam barcha) insonlar uchun — sizlarning orangizda (yaxshilik va toat-ibodat tomonga) ilgarilayotgan yoki (kufru isyon tomoniga) chekinayotgan kishilar uchun — ogohlantirguvchi bo‘lgan cho‘ng (balo)lardan biridir.

38. Har bir jon o‘zi (hayoti-dunyoda) kasb qilgan amali sababli (do‘zaxda) ushlanguvchidir.

39. Faqat o‘ng qo‘l egalarigina (ya’ni hayoti-dunyoda iymon keltirganlari va ezgu amallar qilganlari sababli Qiyomat kunida nomai a’mollari o‘ng qo‘llaridan berilgan saodatmand zotlargina do‘zaxdan) najot topguvchidirlar.

40-41. Ular jannatlarda bir-birlari bilan (do‘zaxga tashlangan) jinoyatchi-kofir haqida savol-javob qilishurlar.

42. (Ular do‘zax ahliga): «Sizlarni nima Saqarga kiritdi?» (deganlarida),

43. Ular ayturlar: «Bizlar namoz o‘qiguvchilardan bo‘lmadik.

44. Miskin-bechoraga taom berguvchi ham bo‘lmadik.

45. Bizlar (botil-behuda so‘zlarga) sho‘ng‘iguvchi kimsalar bilan birga sho‘ng‘ir edik (ya’ni, Qur’on va payg‘ambar xususida tuhmat-yolg‘onlar to‘qir edik).

46-47. To bizlarga aniq (o‘lim) kelgunicha bizlar Jazo — Qiyomat kunini yolg‘on der edik».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #577 : 10 Sentyabr 2006, 07:21:34 »


48. Endi oqlovchilarning oqlovi ularga foyda bermas!

I z o h. Ya’ni Qiyomat kunida hayoti-dunyodan kofir bo‘lib o‘tgan kimsalar o‘zlari uchun biron oqlovchi topa olmaslar va agar farazan yer yuzidagi barcha odamlar ularni oqlagan taqdirda ham bu oqlov ularga foyda bermas! Yuqoridagi oyatlarda kofirlar topadigan oqibat zikr qilindi. Endi quyidagi oyatlarda ularning Haqdan yuz o‘girishlari to‘g‘risida bir ibratli misol keltiriladi:

49-50-51. Nega ular xuddi sherdan qochgan yovvoyi eshaklarga o‘xshab, bu Eslatmadan — Qur’ondan yuz o‘giradilar-a?!

52. Yo‘q, (ular hech qachon Qur’on oyatlariga quloq tutmaslar, balki) ulardan har bir kimsa o‘ziga ochiq sahifalar berilishini istar!


I z o h. Makka mushriklari Muhammad alayhis-salomga: «Toki sen bizlarning har birimizga osmondan alohida sahifa keltirmaguningcha va bu sahifada har birimizga Alloh tomonidan senga ergashish buyurilganini o‘qib ko‘rmagunimizcha, senga iymon keltirmaymiz», deganlarida, ushbu oyati karima nozil bo‘ldi.

53. Yo‘q, (ularning kofir bo‘lishlariga sabab, aslo ularga ochiq sahifalar berilmagani emas), balki ular oxirat(ga iymon keltirmaydilar va unda bo‘ladigan azob-uqubat)dan qo‘rqmaslar (va shu sababdan Qur’ondan yuz o‘girurlar).

54. Ha, albatta u (Qur’on) bir eslatmadir.

55. Bas, xohlagan kishi undan eslatma-ibrat olur.

56. Ular yolg‘iz Alloh xohlaganidagina (Qur’ondan) eslatma-ibrat olurlar. U (Alloh) taqvo egasidir (ya’ni bandalari Undan taqvo qilishlari — qo‘rqishlari lozimdir) va (U Alloh taqvo qilguvchi bandalari uchun) mag‘firat egasidir.



QIYOMAT SURASI

Bu sura ham Makka suralaridan bo‘lib, qirq oyatdan iboratdir.

Suraning nomidan ma’lum bo‘lib turganidek, unda so‘z asosan Qiyomat kuni hamda qayta tirilish xususida boradi. Dastlabki oyatlarda Alloh taolo nainki har bir insonning suyaklarini yig‘ib to‘plashga, balki uning barmoqlarigacha tiklab but qilishga qodir ekani uqtirilganidan so‘ng, ana o‘sha Qiyomat kunining alomatlari zikr qilinadi va u Kun kelgach, biron inson Tangri taoloning odil jazosidan qocharga joy topa olmay qolishi haqida xabar beriladi.

Shuningdek, bu surada payg‘ambar alayhis-salomga nozil bo‘layotgan vahiyni qanday qabul qilib olishlari lozimligiii ta’lim beradigan oyatlar mavjuddir.

Sura davomida dunyo maishatiga mukkasidan ketib, oxiratni unutayotgan kimsalarga dashnom berilib, u Kunda insonlar ikki toifaga — Parvardigorning diydoriga musharraf bo‘lgan saodatmandlarga va yuzlari qaro badbaxtlarga bo‘lishlari to‘g‘risida ogohlantiriladi hamda ajal yetib, o‘lim soati kelgan vaqtida jon taslim qilayotgan kishi ro‘baro‘ bo‘ladigan dahshatlar bayon etiladi.

Sura qayta tirilish haq ekanligi to‘g‘risida bir ibratli aqliy dalil keltirish bilan xotima topadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Men Qiyomat kuniga qasam ichurman.

2. Va Men malomatgo‘y nafsga qasam ichurmanki, (hech shak-shubhasiz qayta tirilib, hisob-kitob qilinursizlar)!


I z o h. Ushbu oyati karimadagi «malomatgo‘y nafs» o‘z egasi Tangri taologa ibodat qilishda qosirlik-beparvolik qilsa malomat qiladigan nafsdir. Umuman, Qur’onda nafs kalimasi uch xil sifat bilan keladi: 1. Nafsi ammora  (Yomonlik-gunohga) buyurguvchi nafs (Yusuf surasi, 53-oyat), 2. Malomatgo‘y nafs, 3. Xotirjam-sokin nafs (Fajr surasi, 27-oyat).

3. Inson Bizni uning (chirib, tuproqqa aylanib ketgan) suyaklarini hargiz to‘play olmas, deb gumon qilurmi?!

4. Yo‘q, Biz uning barmoqlarini (ham) tiklab joyiga keltirishga qodir bo‘lgan zotdirmiz!


I z o h. Alloh taolo Qiyomat kunida har bir insonning barmoqlarigacha tiklab – asl holiga keltirishi haqidagi xabardan ikki narsani uqish mumkin: Birinchidan, shunday kichik nozik barmoqlarni tiklashga qodir bo‘lgan zot boshqa suyak-so‘ngaklarni ham tiklay olishi shubhasizdir. Ikkinchidan, Qiyomat qoyim bo‘lganida har bir banda hayoti-dunyoda qilib o‘tgan barcha yaxshi-yomon amallariga javob berar ekan, uning barmoqlari butun bo‘lishi o‘ta muhimdir. Chunki dunyodagi hech bir kishining barmoq izi ikkinchi kishining barmoq iziga o‘xshamaydi. (Bu haqiqatni ilm-fan o‘rganib, isbotlashidan necha asr ilgari Qur’oni Karim bir og‘iz so‘z bilan aytib qo‘yganining o‘zi barcha insonni har bir barmog‘igacha yaratgan ham, ushbu aziz Kitobni yuborgan ham yolg‘iz Alloh ekaniga ochiq dalolatdir)! Binobarin, qilingan barcha ezgulik ham, yomonlik ham adolat tarozusida tortilib, o‘zining mukofot yoki jazosini oladigan Kunda har bir barmoq o‘z egasining hayoti-dunyoda qilib o‘tgan qilmishlariga jonli guvoh bo‘lishi shubhasizdir.

5-6. Balki inson oldinda (kelgusi hayotida ham) fisq-fujur (gunoh amallarni) qilmoqni istab: «Qiyomat kuni qachon o‘zi?» deb so‘rar?!

I z o h.[i Iymonsiz kimsalarni yomon amallar qilishdan qaytarilsa, ular o‘zlari o‘rganib qolgan fisq-fujurlaridan ajralgilari kelmasdan «Qiyomatgacha hali juda uzoq, keksayganimizda qilgan gunohlarimizga tavba-tazarru qilib olamiz», deydilar, (Xuddi qo‘llarida to keksayib, tavba qilgunlaricha o‘lmaslik haqida vasiqalari bordek)! Quyidagi oyatlarda ana shunday kimsalarning Qiyomat kunidagi ahvoli tasvirlanadi.[/I]

7-8-9-10. Bas, (ko‘rgan dahshatlaridan) ko‘z qamashib, (osmondagi) oy ham tutilgan holda quyosh va oy birlashtirilgan vaqtda – ana o‘sha Kunda u inson «(u balo-ofatlardan)  qaerga qochib-qutulish mumkin?» deb qolur!   

11.  Yo‘q! (Ey inson,  Allohning azobidan qochib qutuladigan) biron boshpana yo‘qdir!

12. U Kunda yolg‘iz Parvardigoring (hukm qilgan joy)ga qaror topishgina bordir!

13. U Kunda insonga (hayoti-dunyodalik chog‘ida) qilib o‘tgan va (o‘zidan keyin) qoldirgan (barcha) narsalarning (ya’ni yaxshi-yomon amallarning) xabari berilur.

14-15. Balki (U Kunda) inson, garchi o‘z uzr-bahonalarini (o‘rtaga) tashlasa – keltirsa-da, (uning barcha a’zolari) o‘zining ziyoniga guvohlik berguvchidir!


I z o h. Ya’ni inson hayoti-dunyodalik paytida har qanday hakamni o‘z tili-nutqi bilan aldab ketishi mumkin, ammo Qiyomat kunida — yolg‘iz Alloh taolo hakam bo‘lgan paytida insonning notiqligi bekor-befoyda bo‘lib qoladi. Chunki u Kunda inson o‘zini oqlash uchun qanday sabab-bahonalar topmasin, Tangri taolo tomonidan uning badanidagi barcha a’zolariga til ato etilib, ular o‘z egalarining qilib o‘tgan gunohlariga guvohlik beradilar.

Mazkur oyatlarda Qiyomat kuni va insonning u Kundagi ahvoli tasvirlangach, endi so‘z Qur’onga va uning oyatlarini Jabroil farishtadan qabul qilib olish tariqasiga ko‘chadi.

Payg‘ambar alayhis-salom o‘zlariga vahiy nozil bo‘layotgan paytda biron kalima yodlaridan chiqib qolmasligi uchun lablarini qimirlatib — takrorlab turar edilar. Ushbu oyatlarda u zotga bunday qilishning hojati yo‘q ekanligi uqtirildi.


16. (Ey Muhammad, Qur’onni) tezroq (yodlab) olish uchun tilingizni u bilan qimirlatmay-pichirlamay qo‘ya qoling.

17. Zero uni (sizning dilingizda) jamlash ham, (tilingizda) qiroat qildirish ham Bizning zimmamizdadir.

18. Bas, qachon Biz (ya’ni Jabroil farishta) uni (ya’ni har bir vahiyni) o‘qib bitganimizdan so‘nggina siz ham uni o‘qishga ergashing!

19. So‘ngra uni — Qur’onni bayon qilib berish ham albatta Bizning zimmamizdadir.


I z o h. Ya’ni, Alloh taolo O’z kalomidagi tushunib yetish mushkul bo‘lgan ayrim oyatlarni payg‘ambar alayhis-salomga anglatish kafolatini ham O’z zimmasiga olib, payg‘ambarimizni xotirjam qilmoqda. Mana shu oyatlar kelgach, rasululloh vahiy nozil bo‘layotgan vaqtda boshlarini quyi solib, xomush o‘tiradigan va qachonki vahiy keltirgan Jabroil alayhis-salom ketganlaridan so‘nggina nozil qilingan oyatlarni o‘qiydigan bo‘ldilar.

Quyidagi oyatlarda so‘z yana Qiyomat kunini yolg‘on deguvchi kimsalarga va u Kunning ahvolini tasvirlashga qaytadi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #578 : 10 Sentyabr 2006, 07:21:54 »


20. Yo‘q, (ey Makka mushriklari, sizlar gumon qilgandek qayta tirilish va hisob-kitob yo‘q narsalar emasdir)! Balki sizlar naqd (dunyo)ni yaxshi ko‘rursizlar.

21. Oxirat (Kuni)ni esa tark qilursizlar (ya’ni oxirat uchun amal qilmaysizlar)!

22-23. U Kunda (mo‘minlarning) yuzlari yashnab, Parvardigorlariga boqib turguvchidir!


I z o h. Darhaqiqat, axli jannat uchun Parvardigorning diydoriga yetishdan suyukliroq biron narsa yo‘qdir. Shuning uchun ham Yaratganga boqar ekanlar, ularning yuzlari yanada yashnab, munavvar bo‘lishi tabiiy holdir. Sahihul-Buxoriyda vorid bo‘lgan mana bu hadisi sharif ham mazkur oyati karima mazmunini ta’kidlaydi: «Albatta sizlar yaqinda Parvardigoringizni xuddi mana shu to‘lin oyni ko‘rib turganingizdek ochiq-ayon ko‘rursizlar».

24-25. Va u Kunda (kofirlarning) yuzlari burishib, o‘zlariga albatta belni sindirguvchi (biron balo) qilinishini o‘ylab-kutib qolur!

I z o h. Ushbu oyatlarda Qiyomat kunida kishilar albatta ikki guruhga – saodatmandlar va badbaxtlarga bo‘linishlari haqida xabar berilgach, quyida insonlarning dunyo hovlisidan oxirat diyoriga ko‘chishlari — jon taslim qilish soatlari g‘oyat jonli lavhalarda tasvirlanadi.

26-27-28-29-30. Darhaqiqat (jon) halqumga yetgan, (vafot qilayotgan kimsaning atrofidagilar tomonidan): «Dam solib-o‘qib qo‘yguvchi biron kishi bormi?», deb qolingan, (jon taslim qilayotgan kimsaning) o‘zi (bu holatning hayoti-dunyodan) ajralish ekanini anglagan va (jon berish qiyinligidan) oyoq oyoqqa chalmashib qolgan bir vaqtda — ana o‘sha kunda yolg‘iz Parvardigoringiz (huzuri)ga haydalish bordir!

I z o h. Dunyoda yashash soati bitib, ajali yetgan har bir kishi topgan bola-chaqasini ham, mol-davlatini ham, sha’nu-shavkatini ham tark etib, yolg‘iz holda Alloh taolo huzuriga haydalishi bor ekan, demak u Yaratganga yorug‘ yuz bilan ro‘baro‘ bo‘lish uchun hayoti-dunyodagi har bir lahzasini iymon-e’tiqod va ezgu amallar qilish bilan o‘tkazishi lozim. Ammo kaltabin inson esa...

31. Na (Qur’on va payg‘ambarni) tasdiq etdi va na namoz o‘qidi!

32. Balki u (Qur’onni) yolg‘on dedi va (iymondan) yuz o‘girdi!

33. So‘ngra (mana shu qilmishlaridan uyalish o‘rniga) gerdayganicha o‘z ahli tomon ketdi!

34. (Ey ko‘rnamak iison), o‘lim bo‘lsin senga, o‘lim!

35. So‘ngra yana o‘lim bo‘lsin senga, o‘lim!

36. Inson o‘zini (bu dunyoda dinu iymonga buyurilmasdan, oxiratda esa qayta tirilib hisob-kitob qilinmasdan) bekor tashlab qo‘yilishini o‘ylarmi (tama’ qilurmi)?!

37. Axir u (bachadonga) to‘kiladigan maniydan bir (haqir) nutfa emasmidi?!

38. So‘ngra laxta qon bo‘ldi. Bas, (Alloh uni) yaratib, raso (inson) qildi.

39. So‘ng undan erkak va ayol juftlarini (paydo) qildi.

40. Ana shu (Alloh) o‘liklarni tiriltirishga qodir emasmi?! (Albatta Alloh bunga qodirdir)!



INSON SURASI

Madinada nozil bo‘lgan bu sura o‘ttiz bir oyatdan tashkil topgandir. «Inson», deb nomlangan bu suraning avvalida Alloh taolo inson zotini qay tarzda yo‘qdan bor qilgani va uni hayotga yo‘llagani to‘g‘risidagi oyatlar zikr qilingan, dunyodan kofirlik bilan o‘tadigan kimsalarning oxirat Kunida topajak oqibatlari va u Kunda ahli iymon erishadigan saodati abadiyya xususida batafsil xabar beriladi.

So‘ngra Muhammad alayhis-salomga xitob qilinib, u kishiga Qur’oni Karimni nozil qilgan Parvardigor hukmiga sabr-toqat qilib o‘z zimmalaridagi payg‘ambarlik vazifasini ado etish va din dushmanlariga itoat qilmaslik hamda ertayu kech Yaratganni yodlash bilan toat-ibodatga mashg‘ul bo‘lish amr etiladi.

Sura Qur’on oyatlari faqat bir eslatma ekanligini va xohlagan kishilar bu ilohiy eslatmadan pand-nasihat olib, Tangri taolo tomon yo‘l topishlarini ta’kidlash bilan nihoyalanadi.

 Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Aniqki, insonning ustiga zamondan u tilga olgulik bir narsa bo‘lmagan vaqt-muddat ham kelgandir.

 I z o h. Ushbu oyati karimani mufassirlar ikki xil tafsir qilganlar. Birinchi tafsir: Alloh taolo yer yuzidagi barcha mavjudotni va undagi hayot kechirishga qulay muvofiq iqlimni Inson uchun yaratgandir. Lekin Tangri mana shu olamni yaratganidan to Odam alayhis-salomni yaratib, unga jon ato etgunicha oradan o‘tgan uzun bir muddatda inson ismli, Yaratganning yer yuzidagi xalifasi bo‘lguvchi jonzot dunyoga kelishi zikr qilinmagan — tilga olinmagan edi. Ikkinchi tafsir: Odamzot ona qornida paydo bo‘lganidan tortib, to inson shakliga kirib, unga jon ato etilgunicha o‘tadigan muddatda uni avval nutfa, so‘ng laxta qon, keyin bir parcha go‘sht deb nomlanadi-yu, ammo uni hali inson deyilmaydi. Aniqki, har bir inson to onadan tavallud topgunicha mana shu savdolarni o‘z boshidan o‘tkazgandir.

2. Darhaqiqat, Biz insonni (voyaga yetganidan so‘ng shariat takliflari bilan) imtihon qilguvchi bo‘lgan holimizda (otalik va onalik suvlaridan) aralash bo‘lgan nutfadan yaratdik. Bas, uni (Bizning oyatlarimizni tinglashi va olamdagi Bizning borligimizga dalolat qilib turgan alomatlarni ko‘rishi uchun) eshitguvchi, ko‘rguvchi qilib qo‘ydik.

 3. Darhaqiqat, biz uni (insonni) xoh u shukr qilguvchi-musulmon bo‘lsin va xoh ko‘rnamak-kofir bo‘lsin (to‘g‘ri) yo‘lga hidoyat qildik (ya’ni shukr qilguvchilar Biz ularni hidoyat qilgan To‘g‘ri yo‘lni - Haq dinni mahkam tutadilar, ko‘rnamak kimsalar esa o‘zlariga ko‘rsatilgan To‘g‘ri yo‘ldan yuz o‘girib ketadilar).

 4. Albatta Biz kofirlar uchun zanjiru kishanlarni va (do‘zax) alangasini tayyorlab qo‘ygandirmiz!

 5-6. Albatta (hayoti-dunyodan Alloh taoloning amru farmonlariga itoat qilib o‘tgan) yaxshilar (jannatda) mizoji-aralashmasi kofur — Allohning (yaxshi) bandalari ichadigan (jannatiy) chashma bo‘lgan maykosalardan (may) ichurlar. Ular u (chashmani o‘zlari xoxlagan joydan) chiqarib-oqizib olurlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #579 : 10 Sentyabr 2006, 07:22:17 »


7. Ular (hayoti-dunyoda o‘z zimmalariga olgan) nazrlarini to‘la ado qilurlar va yomonlik-dahshatlari keng yoyilguvchi bo‘lgan (Qiyomat) kunidan qo‘rqurlar.

 8. Va taomni suyub-xoxlab tursalar-da, (o‘zlari yemasdan) miskin, yetim va asirlarni taomlantirurlar.

 9. (Ular ayturlar): «Biz sizlarni yolg‘iz Allohning yuzi uchun taomlantirurmiz. Sizlardan (bu ishimiz uchun) biron mukofot va minnatdorchilik istamasmiz - kutmasmiz.

 10. Albatta bizlar Parvardigorimiz tomonidan bo‘ladigan, (dahshatli azobidan yuzlar) tirishib, burishib qolguvchi bir Kundan qo‘rqurmiz».

 11. Bas, Alloh ularni o‘sha Kunning yomonligidan saqladi va ular(ning yuzlari)ga jilva - nur, (dillariga) surur baxsh etdi.

 12. Va ularni sabr-qanoatlari sababli jannat va (jannatda egnilarida bo‘ladigan) ipak (liboslar) bilan mukofotladi.

 13. Ular u joyda so‘rilarga yastangan hollarida o‘tirurlar. Ular u joyda quyosh(ning qizig‘i)ni ham, zamharir (qishning sovug‘i)ni ham ko‘rmaslar.

 14. (Jannat) soyalari ularga yaqin va mevalari xam (uzib tanovul qilish oson bo‘lsin uchun) egib qo‘yilgan bo‘lur.

 15-16. Ularga kumush idishlar(da taomlar) va o‘zi kumushdan (yasalgan bo‘lsa-da nafisligidan) shisha-shisha bo‘lib ketgan qadahlar(da sharoblar) aylantirilib turilur. (U sharoblarni soqiylar har kimning ehtiyojiga yarasha) o‘lchab-belgilab qo‘ygandirlar.

 17-18. (Jannat axli) u joyda mizoji-aralashmasi zanjabil bo‘lgan maykosalar (jannatlaridagi salsabil - o‘timli deb ataladigan chashma) bilan sug‘orilurlar.

 19. Ularning ustida mangu yosh (ya’ni hech qarimaydigan) bolalar (xizmat qilib) aylanib tururlarki, ularni ko‘rgan vaqtingizda (go‘zalliklari, ranglarining tiniqligi va yuzlarining nurliligidan) sochib yuborilgan marvaridlarmi, deb o‘ylarsiz.   

20. U joyda qachon qarasangiz, noz-ne’matlarni va katta mulku-davlatni ko‘rursiz.

 21. Ularning ustlarida yashil ipak va shoyi liboslar bo‘lib, ular kumush bilakuzuklar bilan bezangandirlar va Parvardigorlari ularni nihoyatda pokiza sharob-la sug‘organdir.

22. Albatta bu (jannat va undagi noz-ne’matlar) sizlar uchun mukofot bo‘ldi.

23. (Ey Muhammad), albatta Bizning o‘zimiz sizga bu Qur’onni bo‘lib-bo‘lib nozil qildik.

24. Bas, siz Parvardigoringizning hukmiga sabr qiling va ulardan (kofirlardan) biron gunohkor yo ko‘rnamakka itoat qilmang!

25. Va ertayu kech Parvardigoringizning nomini zikr qiling!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #580 : 10 Sentyabr 2006, 07:22:36 »


26. Yana kechaning bir qismida ham U zotga sajda qiling va tunda uzoq (bedor bo‘lib) U zotga tasbeh ayting!

 27. Albatta ana u (kofir)lar naqd (dunyo)ni suyurlar va ortlaridagi og‘ir Kunni (Qiyomatni) esa tark qilurlar (ya’ni u Kun uchun biron amal qilmaslar).

 28. Biz ularni yaratdik va (barcha) a’zolarini mustahkam qildik va xoxlagan vaqtimizda (ularni halok qilib, o‘rinlariga) o‘zlariga o‘xshaganlarni almashtirib qo‘yurmiz.

29. Albatta bu (sura) bir pand-nasihatdir. Bas, kim xoxlasa (bu pand-nasihatni qabul qilib), Parvardigori tomonga yo‘l tutur.

 30. (Ey insonlar), sizlar faqat Alloh xohlagan vaqtdagina (U zot tomonga yo‘l tutishni) xohlarsizlar (ya’ni, biron ish Allohning xohish-irodasisiz bo‘lmas). Albatta Alloh bilim va hikmat egasi bo‘lgan zotdir.

 31. U O’zi xoxlagan kishilarni (ya’ni mo‘minlarni) O’z rahmatiga — jannatiga kiritur. Zolimlar uchun esa alamli azobni tayyorlab qo‘ygandir.



MURSALOT SURASI

Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, ellik oyatdir.

Sura Qiyomat qoyim bo‘lishi haq ekanligini ta’kidlaydigan oyatlar bilan boshlanib, so‘ngra u Kun kelgan vaqtida ro‘y beradigan xoriqul-odat voqea-hodisalar bayon qilinadi.

Bu surada dinsizlik oqibatida halokatga duchor bo‘lgan avvalgi qavmlar haqida xabar berilib, kishilarni iymon-e’tiqodga da’vat qilinadi va har bir insonni Alloh taolo O’z qudrat qo‘li bilan bir tomchi suvdan yaratib, komil insonga aylantirgani alohida ta’kidlab o‘tiladi.

Sura davomida Qiyomat kunini yolg‘on deguvchilar o‘sha Kunda halokatga duchor bo‘lishlari bot-bot (suraning o‘n oyatida) takrorlanib boradi.

Sura o‘zining ilk oyati nomi bilan «Val-mursalot — Yuborilgan (shamollar)ga qasam», deb ataladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2. Paydar-pay yuboriladigan (shamol)larga, quturadigan (bo‘ron)larga qasam; 

3-4-5-6-7. (Bulutlarni Alloh xohlagan tomonlarga) yoyib yuboradigan, (haq bilan botilni va halol bilan haromni) ajratib beradigan, (mo‘min bandalarni) uzr-mag‘firat qilish uchun yo (kofirlarni oxirat azobidan) ogohlantirish uchun eslatma-vahiy olib tushadigan (farishta)larga (ya’ni yuqorida mazkur bo‘lgan barcha narsalarga) qasamki, hech shak-shubhasiz sizlarga va’da qilinayotgan narsa (Qiyomat va hisob-kitob) voqe’ bo‘lguvchidir! 

8. Bas, qachon yulduzlar (nurlari so‘nib) o‘chirilgach; 

9. Va qachon osmon (qobig‘i) yorilib-ochilgach; 

10. Va qachon tog‘lar (qumlar kabi) sochilgach; 

11. Va qachon payg‘ambarlarga (ularni yolg‘onchi qilgan qavmlari bilan hisob-kitob qilishlari uchun) belgilangan vaqt kelgach (ana o‘sha vaqtda va’da qilingan Qiyomat qoyim bo‘lur)! 

12. (Payg‘ambar o‘z qavmlari bilan hisob-kitob qilishlari) qay Kunga belgilangan edi? 

13. (Haq bilan botil) ajratiladigan Kunga (belgilangandir)!

14. (Ey inson) sen (haq bilan botil) ajratiladigan Kun nima ekanligini qaerdan ham bilursan?!

15. U Kunda (o‘sha Kunni) yolg‘on deguvchilarga halokat bo‘lgay! 

16. Axir Biz avvalgi (o‘z payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilgan ummat)larni halok qilmadikmi?!

17. So‘ngra keyingi (ya’ni Muhammad alayhis-salomni yolg‘onchi qilguvchi Makka kofirlari va boshqa)larni ham ularga ergashtirurmiz! 

18. Biz barcha jinoyatchi-kofirlarni mana shunday (halok) qilurmiz! 

19. U Kunda o‘sha Kunni yolg‘on deguvchilarga halokat bo‘lgay! 
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #581 : 10 Sentyabr 2006, 07:22:57 »


20. Axir Biz sizlarni bir haqir suvdan yaratmadikmi?! 

21-22. So‘ng u (suvni-nutfa)ni ma’lum muddatgacha (ya’ni oy-kuni yetib tug‘ilgunicha) mustahkam qarorgohda (ona qornida barqaror) qilib qo‘ymadikmi?! Bas, Biz (bir tomchi suvni komil inson qilib yaratishga) qodir bo‘ldik. Naqadar qudratlidirmiz! 

I z o h. Ushbu oyatlarda yana qayta tirilish masalasi bayon qilindi. Mana bu hadisi qudsiy ham yuqoridagi oyatlarga munosib tafsirdir. Payg‘ambar alayhis-salom bir kuni kaftlariga tupurdilar-da, sahobalarga barmoqlari bilan o‘sha tupukni ko‘rsatib dedilar: «Alloh taolo aytur: «Ey odam bolasi, axir Msn seni xuddi mana shunga o‘xshagan bir tomchi suvdan yaratdim-ku! Bas, sen Mendan (ya’ni Qiyomat kuni Mening huzurimga yig‘ilib, hisob-kitob berishdan) qayoqqa ham qochib qutula olar eding?!» 

24. U Kunda yolg‘on deguvchilarga halokat bo‘lgay! 

25-26. Axir Biz yerni tiriklarni ham, o‘liklarni ham yig‘g‘uvchi qilib qo‘ymadikmi?! 


I z o h. Mazkur oyatlardan zaminni behuda ona deyilmasligi ma’lum bo‘lidi. Zero, u tiriklarni o‘z yelkasida — ustida ko‘tarib tursa, o‘liklarga o‘z quchog‘idan joy beradi.

27. Yana Biz (erda) baland tog‘larni (paydo) qildik va sizlarni (o‘sha tog‘lardan oqib tushadigan) chuchuk-totli suv bilan sug‘ordik. 

28. U Kunda yolg‘on deguvchilarga halokat bo‘lgay. 

29. (U Kunda kofirlarga deyilur): «Sizlar (hayoti-dunyodalik paytingizda) yolg‘on deguvchi bo‘lgan narsaga (hisob-kitob va do‘zax azobiga) boringlar! 

30-31. (Jahannamda yonayotgan do‘zaxilardan ko‘tarilayotgan badbuy tutundan iborat, osmonga o‘rlagan sari bo‘linib ketgan) uch bo‘lakli, hech qanday salqinlik bermaydigan va (do‘zax) alangasini ham to‘smaydigan «soya»ga boringlar!» 

32— 33. Darvoqe, u (jahannam har tomonga har biri) qasrdek, xuddi sariq tuyalarga o‘xshagan uchqunlarni otib turur! 

34. U Kunda yolg‘on deguvchilarga halokat bo‘lg‘ay! 

35-36. Bu (Kun) ular so‘zlay olmaydigan va ular uchun uzr aytishlariga ham izn berilmaydigan Kundir! 

37. U Kunda yolg‘on deguvchilarga halokat bo‘lgay! 

38. Bu (haq bilan botil) ajratiladigan Kundir! (Ey bu Kunni yolg‘on deguvchi kimsalar, mana) Biz sizlarni ham, avvalgi (o‘z payg‘ambarlarini yolg‘onchi qilgan)larni ham jamladik. 

39. Mana, agar sizlar uchun (do‘zaxdan qutqaradigan) biron nayrang bo‘lsa, Menga o‘sha nayranglaringizni ko‘rsatinglar-chi? 

40. U Kunda yolg‘on deguvchilarga halokat bo‘lgay! 

41-42. Taqvodor zotlar esa (U Kunda) albatta soya-salqinlarda, chashmalar va ko‘ngillari tusagan meva-chevalar ustidadirlar. 

43. (Ularga deyilur): «Qilib o‘tgan (yaxshi) amallaringiz sababli (ushbu jannat noz-ne’matlarini) pok bilib yeb-ichaveringlar». 

44. Albatta Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz. 

45. U Kunda yolg‘on deguvchilarga halokat bo‘lgay! 

46. (Ey kofirlar) ozgina vaqt (ya’ni to‘rt kunlik dunyoda aqlsiz hayvonlardek) yeb, foydalanib qolinglar! Albatta sizlar jinoyatchidirsizlar! 

47. U Kunda yolg‘on deguvchilarga halokat bo‘lgay! 

48. Qachon ularga: «Ruku’ qilinglar, (ya’ni namoz o‘qinglar)», deyilsa, ruku’ qilmaslar! 

49. U Kunda (o‘sha Kunni) yolg‘on deguvchilarga halokat bo‘lgay! 

50. Axir ular (Qur’ondan) keyin (ya’ni benazir ilohiy mo‘‘jiza bo‘lgan shunday aziz Kitobga iymon keltirmasdan) qanday so‘zga-kitobga iymon keltirurlar?!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #582 : 10 Sentyabr 2006, 07:23:32 »
O’TTIZINCHI JUZ’
*************************



NABA’ SURASI

Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, qirq oyatdan iboratdir.

Qur’oni Karim so‘nggi juz’ining ilk surasi bo‘lgan bu sura «Naba'-Xabar», deb nomlangan bo‘lib, unda o‘lgandan keyin qayta tirilish, Qiyomat va u Kunda mo‘minlar yetajak mangu baxt-saodat hamda kofirlar duchor bo‘lajak abadiy azob haqidagi xabarlar o‘z aksini topgandir.

Bu surada Alloh taoloning qudrati ilohiyyasiga dalolat qilib turadigan bir necha hujjatlar keltirilib, shunday qudrat sohibi bo‘lgan zot uchun Qiyomat kunida o‘liklarga qayta jon ato etib tiriltirish juda oson ish ekanligi ta’kidlanadi va u Kunni «Haq bilan botil ajratiladigan Kun», deb ataladi.

Sura o‘sha kunda kofirlar Alloh taoloning odil jazosidan qochgani joy topa olmasdan qaytadan tuproqqa aylanishni orzu qilib qolishlari to‘g‘risida xabar berish bilan xotimalanadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Mushriklar) bir-birlaridan nima haqida so‘rashmoqdalar?!

2-3. Ular o‘zlari ixtilof qilguvchi bo‘lgan — ulug‘ xabar hakida (ya’ni qayta tirilish to‘g‘risida savol-javob qilmoqdalar)!

4. Yo‘q (ularning gumonlari behudadir)! Ular yaqinda (bu xabarning haq ekanini) bilib olajaklar!

5. Yana bir bor yo‘q! Ular yaqinda bilib olajaklar!


I z o h. Muhammad alayhis-salom payg‘ambar qilib yuborilganlaridan so‘ng Makka ahliga qayta tirilish haq ekanligi haqida xabar berganlarida, ayrim mushriklar bu xabarni inkor qilgan bo‘lishsa, ayrimlari unga gumon bilan qarashib, bir-birlari bilan shu haqda talashib-tortisha boshladilar. Shunda yuqoridagi oyatlar nozil bo‘lib, ularning bunday savol-javoblari nodurust ekani va erta bir kun — Qiyomat qoyim bo‘lgach, ular bu xabarning haq ekanligini bilib qolishlari, ammo u Kunda ularning bilishlari ham, tavba-tazarru qilishliri ham befoyda bo‘lib qolishi ta’kidlapdi.

Eidi quyidagi oyatlarda Tangri taoloning qudratini namoyish etadigan, o‘lgan jasadni qayta tiriltirishga nisbatan beqiyos ulkan va ulug‘ ilohiy mo‘‘jizalar sanab o‘tiladi.


6-7. Biz yerni (barcha jonzotlar maskan tutib yashashlari uchun) bir to‘shak, tog‘larni esa (o‘sha yerni tutib turguvchi) qoziqlar qilib qo‘ymadikmi?!

8. Biz sizlarni juft-juft qilib yaratdik.

9. Uyqularingizni (badanlaringiz va asablaringiz uchun) orom qildik.


I z o h. Darhaqiqat, uyqu Alloh taoloning eng ulug‘ ne’matlaridin biridir. Zero, dunyodagi barcha jonzot mubtalo bo‘lgan toliqish, charchash degan bir dard borki, bu dardning uyqudan bo‘lak darmoni yo‘qdir. Ehtimol uyqusizlik dardiga yo‘liqqan kishini biron dori vositasida uxlatish mumkindir, lekin mana shu uyquni yana badtar charchatadigan mehnat emas, balki orom-rohat qilish Yaratgandan o‘zganing qo‘lidan kelmas.

10. Kechani (o‘z qorong‘usi bilan barcha narsani yashirib turadigan) libos qildik.

11. Kunduzni esa tirikchilik (uchun belgilangan vaqt) qildik.

12. Ustlaringizda yetti (qavat) pishiq-mustahkam (osmonni) bino qildik.

13. Va doimo charaqlab turguvchi chiroqni (ya’ni quyoshni paydo) qildik.

14-15-16. Yana Biz o‘zidan yomg‘irni siqib chiqarguvchi (bulut)lardan o‘sha (yomg‘ir) yordamida don va nabototni hamda (qalinligidan daraxtlari) bir-biriga chirmashib ketgan bog‘larni undirib chiqarish uchun — mo‘l-ko‘l suv-yomg‘ir yog‘dirdik.


I z o h. Yuqoridagi oyatlarda Alloh taolo O’zining qudratini ko‘rsatib turadigan to‘qqiz yorqin dalilni keltirgach, endi yana avvalgi mavzu — qayta tirilish mavzusiga qaytiladi.

17. Albatta (haq bilan botil, yaxshi bilan yomon) ajratiladigan Kun (hisob-kitob uchun) belgilangan vaqt bo‘ldi.

18. U Kunda Sur chalinur, bas, sizlar to‘p-to‘p bo‘lib (mahshargohga) kelursizlar!

19. Osmon ham ochilib, (farishtalar tushib keladigan) eshiklarga aylanib qoldi!

20. Tog‘lar ham (joylaridan) jildirilib, (osmonda uchib yurgan) sarobga aylanib qoldi!

21-22. Albatta tug‘yonga tushguvchilarning borar joylari bo‘lgan jahannam (o‘ziga qulab tushadigan kofirlarga) ko‘z tutib turguvchi bo‘ldi.

23. Ular u joyda uzoq zamonlar (ya’ni abadul-abad) qolguvchidirlar!

24. Ular u joyda (jahannam o‘tidan orom beradigan) biron salqinni va biron ichimlikni topmaslar!

25. Faqat qaynoq suv va yiringnigina (toturlar)!

26. (Mana shu ularning qilmishlariga) yarasha jazodir!

27. Chunki ular (Qiyomat kunidagi) hisob-kitobdan umidsiz bo‘lgan kimsalardir.

28. Ular bizning oyatlarimizni butunlay yolg‘on der edilar!

29. Holbuki, Biz barcha narsani hisob-kitob qilib, yozib qo‘ygandirmiz!

30. Bas, (ey kofirlar, Bizning azobimizni) totib ko‘ringlar! Endi Biz sizlarga faqat azobnigina ziyoda qilurmiz!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #583 : 10 Sentyabr 2006, 07:23:52 »


31. Albatta taqvodor zotlar uchun (jannatda) najot manzili bordir.

32. Yana bog‘lar va uzumzorlar.

33. (Yosh va husnda) tengdosh xushqad (hur)lar.

34. Va (sharob bilan) to‘la maykosalar bordir.

35. Ular u joyda biron behuda va yolg‘on so‘z eshitmaslar.

36-37-38. (Bu) Parvardigoringiz tomonidan — osmonlar va yerning hamda ularning o‘rtasidagi bor narsalarning Parvardigori bo‘lmish Mehribon zot tomonidan (berilgan) mukofot, yetarli marhamatdir. Ruh (Jabroil) va (barcha) farishtalar saf tortib turadigan Kunda ular (insonlar) U zotdan (Allohdan) qo‘rqib biron so‘z aytishga qodir bo‘lmaslar. Ular so‘zlay olmaslar, faqat U Mehribon zot izn bergan kishigina (so‘zlar) va (faqat) rost so‘zni aytur.

39. Bu haqqi-rost Kundir. Bas, kim xohlasa, o‘z Parvardigori tomon qaytadigan yo‘lni tutur.

40. (Ey Makka kofirlari), darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin(da voqe’ bo‘ladigan) azobdan ogohlantirdik. U Kunda (har bir) kishi o‘zi qilib o‘tgan narsani (ya’ni barcha yaxshi-yomon amallarini) ko‘rur va kofir kimsa: «Eh, koshki edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam-(u muhaqqaq boshimga tushadigan azobdan qutulsam)», deb qolur.



NOZIOT SURASI

Makkada nozil bo‘lgan bu sura qirq olti oyatdan iboratdir.

Bu sura avvalida farishtalar nomiga qasam ichish bilan qayta tirilish haq ekanligi ta’kidlanadi va buni inkor qilgan mushriklarning o‘sha Kunda qanday yomon ahvolga tushib qolishlari haqida xabar beriladi.

So‘ngra Makka kofirlarning tug‘yon va qaysarliklaridan ozor chekayotgan Payg‘ambar alayhis-salomga taskin-tasalli berish uchun o‘zlarining salaflaridan bo‘lmish Muso payg‘ambar haqida hikoya qilinib, o‘sha zot ham Fir’avn va uning odamlarini Allohning diniga da’vat qilganlarida u mal’un bu da’vatni qabul qilish o‘rniga o‘zini xudo deb da’vo qilgani va Haq yo‘liga qarshi turgani oqibatida o‘zi ham, odamlari ham halokatga duchor bo‘lganliklari bayon etiladi.

Sura nihoyasida yana Qiyomat soati haqidagi mavzuga qaytilib, u Kunning dahshatini ko‘rgan paytlarida kofirlar bu hayoti-dunyoda bir kun ham turmagandek bo‘lib qolishlari uqtiriladi.

Sura o‘zining ilk oyati bilan «Van-Nazi’at — Jon olguvchi farishtalarga qasam» deb nomlangandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Kofirlarning jonlarini badanlarining) ich-ichidan qattiq sug‘urib oladigan (farishta)larga qasam,

2. (Mo‘minlarning jonlarini osonlik bilan) ildam tortib oladigan (farishta)larga qasam,

3-4-5. (Osmonlar bilan yer o‘rtasida) silliq suzib, (o‘z zimmalaridagi vazifalarni ado etishda) shoshib-o‘zib, (Alloh buyurgan barcha) ishning tadbirini tuzib turadigan (farishta)larga qasamki, (sizlar albatta qayta tirilib, hisob-kitob qilinursizlar)!


I z o h. Mazkur oyatlarda Alloh taolo O’z farishtalarining nomiga qasam bilan o‘lgandan keyin qayta tirilish va bu dunyoda qilib o‘tilgan har bir ish uchun hisob berish bor ekanining xabarini berdi. Darvoqe, Allohning lashkarlari hisoblanmish, son-sanog‘ini yolg‘iz Yaratgandan o‘zga hech kim bilmaydigan farishtalar Tangri taolo amr etgan har bir ishni ado qilishga hoziru nozir bo‘lib turar ekanlar. Xususan, o‘lim farishtasi va uning yordamchilari tomonidan bandalarning jonlarini olish soati ibratlidir: Hadisi sharifda aytilishicha, ular kofirning jonini olishda xuddi badanining har bir a’zosidan mix sug‘urgandek azoblab olar ekanlar, mo‘minning joni esa uning tanasidan go‘yo bog‘liq qo‘l arqondan bo‘shatilgandek oson va rohat bilan chiqib ketar ekan. Shuning uchun ham Payg‘ambar alayhis-salom doim namozlaridan keyin: «Parvardigoro, bizlarga o‘lim mastligini (ya’ni jon chiqar soatidagi mashaqqatni) oson qilgil», deb duo qilar edilar,

Endi quyidagi oyatlarda yuqorida zikr qilingan qayta tirilish soatidagi ahvol tasvirlanadi.


6-7. U Kunda (Sur birinchi marta chalinishi bilan) titraguvchi (er) titrab (ustidagi bor jonzot halok qilinadi), unga ergashuvchi ergashur (ya’ni oradan qirq sana o‘tgach, Sur ikkinchi marta chalinib barcha narsaga qaytadan hayot ato etiladi va Qiyomat kuni boshlanadi).

8. U Kunda (kofirlarning) dillari qo‘rquvga tushguvchi,

9. Ko‘zlari esa (dahshatdan yerga) egilib qolguvchidir!

10. Ular (bu dunyoda) derlar: «Haqiqatan ham bizlar (o‘lganimizdan keyin yana qayta tirilib) avvalgi holatimizga qaytarilguvchimizmi?

11. Chirigan suyaklarga aylanib qolgan vaqtimizda-ya?»

12. Ular (istehzo bilan): «Undoq bo‘lsa bu (bizlar uchun) ziyon qilguvchi qaytish-ku!» dedilar.

13. Bas, u (qaytish) faqat birgina dahshatli qichqiriqdir (ya’ni Surning ikkinchi marta chalinishidir).

14. So‘ng banogoh ular (tirik holda) yer ustida bo‘lib qolurlar!

15. (Ey Muhammad), sizga Musoning xabari keldimi?
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #584 : 10 Sentyabr 2006, 07:24:21 »


16. Eslang, Parvardigori unga muqaddas Tuvo vodiysida (shunday) nido qilgan edi:

17. (Ey Muso), sen Fir’avnning oldiga borgin, chunki u (kufru isyon bilan) haddidan oshdi.

18. Bas, (unga) ayting: «Sening (kufr illatidan) poklanishga rag‘bat-xohishing bormi?

19. Men seni Parvardigoring (yo‘li)ga hidoyat qilsam, bas, sen (U zotdan) qo‘rqsang».

20-21. So‘ng (Muso) unga bir ulkan mo‘‘jiza ko‘rsatgan edi, (Fir’avn) uni yolg‘onchi qildi (ya’ni Musoga: «Sen sehrgarsan», deb tuhmat qildi) va (Alloh taologa) osiy-itoatsiz bo‘ldi.

22. So‘ngra (fisqu fasodni yoyish yo‘lida) sa’y-harakat qilgan holida (Musodan) yuz o‘girib ketdi.

23-24. So‘ng (o‘z odamlarini) to‘pladi-da, jar solib: «Men sizlarning eng ustun Parvardigoringizdirman», dedi.

25. Bas, Alloh uni ham oxirat, ham dunyo azobi bilan ushladi (ya’ni dunyoda u dengizga g‘arq qilib yuborildi), oxiratda esa do‘zax azobiga duchor bo‘lur.

26. Albatta bu (qissa)da (Allohdan) qo‘rqadigan kishilar uchun ibrat bordir.


I z o h . Yuqoridagi oyatlarda Muso alayhis-salom qilgan da’vatni qabul qilmasdan, unga qarshi fitna-fasod tarqatib yurgani sababli dunyo va oxirat azobiga giriftor qilingan Fir’avn qissasi zikr qilingach, bu qissadan faqat Allohdan qo‘rqadigan kishilargina ibrat va pand-nasihat olishpari ta’kidlandi. Binobarin, Yaratgandan qo‘rqmaydigan e’tiqodsiz kimsalarga hech qanday mo‘‘jiza yoki va’z-nasihat kor qilmasligi aniq ekan.

Endi quyida Alloh taolo Qiyomat kunida barcha xaloyiqni qayta tiriltirib, ularni hayoti-dunyoda qilib o‘tgan amallariga yarasha jazolashiga shak keltirguvchi kimsalarga xitob qilinadi.


27. (Ey mushriklar), sizlarni yaratish qiyinroqmi yoki osmonnimi?! (Ya’ni butun Yer kurrasining atrofini o‘zga sayyoralardan biron ziyon yetmasligi uchun tom — osmon bilan qoplab qo‘yishga qodir bo‘lgan zot uchun sizlarni yaratish yoki qayta tiriltirish hech gap emas-ku!) (Alloh) uni bino qildi —

28. — shiftini baland qilib, tikladi.

29. Va u O’sha (osmon)ning tunini qorong‘u qilib, (undan) kunduzini chiqardi.

30. Va shundan keyin yerni yoyib-tekis qildi. —

31. — Undan suvi-yu, o‘tloqlarini chiqardi.

32. Va u (er)ga tog‘larni o‘rnashtirdi.

33. (Bularning barchasi) sizlar uchun va chorva hayvonlaringiz uchun manfaat bo‘lsin deb (qilingandir).

34. Bas, qachon katta balo (ya’ni Qiyomat) kelganida —

35. — inson o‘z qilmishini eslab koladigan Kunda,

36. Va do‘zax ko‘radigan (har bir) kishiga ko‘rsatib qo‘yilganida.

37. Bas, ana o‘shanda kim (hayoti-dunyoda kufru isyon bilan) tug‘yonga tushgan,

38. va hayoti-dunyoni (oxiratdan) ustun qo‘ygan bo‘lsa,

39. u holda faqat jahannamgina (uning uchun) joy bo‘lur!

40. Endi kim (hayoti-dunyodalik paytida Qiyomat kuni mahshargohda) Parvardigorining (huzurida) turishi (va U zotga hisob-kitob berishi)dan qo‘rqqan va nafsini havoyi xohishlardan qaytargan bo‘lsa,

41. u holda faqat jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur.

42. (Ey Muhammad, mushriklar) sizdan (o‘sha Qiyomat) soatini qachon voqe’ bo‘lishi haqida so‘rarlar.

43. Siz qaerdasiz-u, uni (ya’ni Qiyomat qachon bo‘lishini) zikr qilib-eslash (qaerda)? (Ya’ni siz hech qachon u Kunning vaqtini aytib bera olmaysiz).

44. Uni (bilish) yolg‘iz Parvardigoringizga borib to‘xtar.

45. Siz faqat o‘sha (Qiyomat)dan qo‘rqadigan kishilarni ogoxlantirguvchisiz, xolos. (Ammo u Kunning qachon voqe’ bo‘lishini aytib berish sizning vazifangiz emasdir).

46. Ular u (Qiyomat soati)ni ko‘radigan Kunda (bu dunyoda) go‘yo birgina peshindan so‘ng yoki choshgoh paytida turgandek (ya’ni bir kun ham yashamagandek) bo‘lib qolurlar!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

 

Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 621
Ko'rilgan: 498522
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:43
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 31073
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 30072
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 18474
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4999
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin