Muallif Mavzu: Qur'oni karim. Alouddin Mansur tarjima va sharhi  ( 609522 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #600 : 10 Sentyabr 2006, 07:33:36 »


10. Va dillardagi sirlar oshkor qilinganida,

11. Ana o‘sha Kunda shak-shubhasiz Parvardigorlari ulardan (ya’ni barcha xaloyiqning hayoti dunyoda qilib o‘tgan ishlaridan) ogoh-xabardor-ku!


I z o h. Bu oyatlarda Qiyomat kunida barcha sirlar oshkor bo‘lishini eslatish bilan har bir inson o‘z hayotini o‘sha Kunda sharmanda bo‘lib qolmaydigan tarzda o‘tkazishi lozim ekanligi uqtirilmoqda.


QORIA SURASI

Makkada nozil qilingan bu sura ham o‘n bir oyatdan tashkil topgandir.

Bu surada ham Qiyomat dahshatlari tasvirlanib, u Kunda har bir inson o‘z qilmishiga qarab mukofot yoki jazoga mustahiq bo‘lishi haqida xabar beriladi.

Suraning nomi bo‘lmish «Al-qori’a» kalimasi «Qalblarni qattiq qoqquvchi (Qiyomat)» degan ma’noni anglatadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (O’z dahshatlari bilan kishilar qalbini) qattiq qoqquvchi (Qiyomat)!

2. U qattiq qoqquvchi nedur?!

3. (Ey inson), qattiq qoqquvchi (Qiyomat) nima ekanligini sen qaerdan bilar eding?!

4. U Kunda odamlar to‘zg‘itib yuborilgan parvonalar kabi bo‘lib qolurlar! (Ya’ni qabrlaridan chiqishib, Qiyomat dahshatidan o‘zlarini har yonga urib-to‘zib ketadilar)!

5. Tog‘lar esa titilgan jun kabi (osmonda uchib yuradigan) bo‘lib qolur!

6-7. Bas, endi (u kunda) kimning tortilgan (yaxshi amallari) og‘ir kelsa, ana o‘sha (har bir inson) rozi bo‘ladigan - orzu qiladigan hayotda bo‘lur.

8-9. Endi kimning tortilgan (yaxshi amallari) yengil kelsa, uning joyi «jarlik»dir!

10. Uning nima ekanini qaerdan ham bilar eding?!

11. (U) qizigan do‘zaxdir!



TAKOSUR SURASI

Bu sura Makka suralaridan bo‘lib, sakkiz oyatdan tashkil topgandir.

Bu surada ko‘p odamlarning to jonlari chiqib, qabrlariga kirgunlaricha mol-dunyo to‘plashga va o‘sha arzimas matolar bilan bir-birlariga maqtanishga mashg‘ul bo‘lishib, Allohni eslashdan va U zot buyurgan Haq yo‘lda yurishdan yuz o‘girganlari bayon etiladi va ularga bu qilmishlarining oqibati jahannam ekani to‘g‘risida xabar beriladi.

Sura «Takosur — to‘plab ko‘paytirishga berilmoq», deb nomlangandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan  (boshlayman).

1-2. (Ey insonlar), sizlar to qabrlarni ziyorat qilgunlaringizcha (ya’ni o‘lib, qabrga kirgunlaringizcha) sizlarni (mol-dunyo) to‘plab-ko‘paytirish (Allohga toat-ibodat qilishdan) mashg‘ul qildi!

I z o h . Darhaqiqat, butun hayotlarida Alloh taologa biror kun ibodat qilmasdan mol-dunyoga sig‘inib o‘tadigan kimsalar juda ko‘pdir. Bu xususda Payg‘ambarimizning Sahihul-Buxoriyda rivoyat qilingan bir hadislari o‘ta ibratlidir: «Mayyitning-o‘likning ortidan uch narsa ergashib boradi va keyin u uchovidan ikkisi qaytib ketadi, biri esa o‘lik bilan birga qoladi — unga bola-chaqasi, mol-dunyosi va shu dunyoda qilgan amallari ergashib boradi-da, so‘ngra bola-chaqasi va mol-dunyosi yana qaytib ketadi, Qilib o‘tgan amallari esa u bilan birga qabrda qoladi».

3. Yo‘q, sizlar yaqinda (bu qilmishlaringizning oqibatini) bilursizlar!

4. Yana bir bor yo‘q, sizlar yaqinda bilursizlar.

5. Yo‘q, agar sizlar (dunyoga qul bo‘lib qolishning oqibati nima ekanligini) aniq bilish bilan bilsalaringiz edi (unga qul bo‘lib qolmas edingizlar)!

6. Qasamki, albatta sizlar do‘zaxni ko‘rursizlar!

7. Yana bir bor qasamki, sizlar uni aniq ko‘rish bilan ko‘rursizlar!

8. So‘ngra ana o‘sha Kunda albatta (hayoti-dunyoda sizlarga ato etilgan barcha) ne’matlar to‘g‘risida mas’ul bo‘lursizlar.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #601 : 10 Sentyabr 2006, 07:34:07 »


ASR SURASI

Bu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, uch oyatdan iboratdir.

Qur’oni Karimdagi eng qisqa suralardan biri bo‘lgan bu surada Alloh taolo Asr namozining vaqtiga qasam bilan, insoniyat haqiqiy baxt saodatga erishish uchun to‘rt narsaga — iymonga, ezgu amalga, Haq yo‘lga va shu yo‘lda chekiladigan mashaqqatlarga sabr-toqat qilishga muhtoj ekanligini ta’kidlaydi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2. Asr (vaqti)ga qasamki, (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir.

3. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchidirlar).


HUMAZA SURASI

To‘qqiz oyatdan tashkil topgan bu sura Makkada nozil bo‘lgandir.

Unda to‘plagan mol-dunyolari bilan quvonishib, o‘sha mollari o‘zlarini har qanday balo-ofatdan saqlaydi, deb o‘ylaydigan va hadlaridan oshib birovlarning obro‘larini to‘kib yuradigan g‘iybatchi-bo‘htonchi kimsalar albatta do‘zax azobiga duchor qilinishlari haqida so‘z yuritiladi,

Suraning nomi bo‘lmish «Humaza» so‘zi «Bo‘htonchi» degan ma’noni anglatadi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Barcha (kishilarga dilozorlik qilib, ularning obro‘larini to‘kib yuradigan) bo‘htonchi-g‘iybatchiga halokat bo‘lgay.

2-3. Ki, u (topgan) mol-dunyosi o‘zini mangu (o‘lmaydigan) qilib qo‘ygan, deb o‘ylagan holida (faqat) mol to‘plagan va o‘sha (mol-dunyo)ni hisob-kitob qilib (biron savobli ishga sarflamasdan) yurgan kimsadir.

4. Yo‘q, (uning bu hisob-kitobi bekordir)! Qasamki, albatta u chilparchin qilguvchi (do‘zax)ga tashlanur!

5. (Ey inson), chilparchin qilguvchi nima ekanligini sen qaerdan bilar eding?!

6-7. (U) Allohning yoqib qo‘yilgan bir olovidirki, (o‘z alangasi bilan badanlarni teshib o‘tib) yuraklarga qadar yetur!

8-9. Albatta (u kofirlar) uzundan-uzun ustunlarga (zanjirlar bilan) bog‘lab qo‘yilgan hollarida olov ularning ustida qoplanib qolguvchidir (ya’ni, na ular jahannam qa’ridan qutulib chiqa olurlar va na ular nafas olishlari uchun bir yutum toza havo qilur)!



FIL SURASI

Bu sura besh oyatdan iborat bo‘lib, Makkada nozil qilingandir.

U Ka’batullohni vayron qilish g‘arazida kelganlari sababli Alloh taoloning g‘azabiga uchrab halok bo‘lgan «Ashobi fil — Fil mingan lashkarlar»  haqida so‘zlaydi. Bu voqea Tangri taoloning eng so‘nggi va eng suyukli payg‘ambari Muhammad alayhis-salom tavallud topgan milodiy 570 yilda ro‘y bergan bo‘lib, sanoqsiz lashkar bilan, qudratli fillarga minib, Allohning uyini buzish uchun Yaman hokimi Abraxa boshchiligida bostirib kelgan kofirlarni Alloh taolo O’zining ojiz maxluqlari bo‘lmish qushlar tumshuqlarida keltirgan mayda toshlar bilan halok qiladi va Ka’batullohni yaqinda tug‘ilajak payg‘ambar Muhammad alayhis-salom uchun, kelajak yangi din, yangi ummat uchun saqlab qoladi. Keyin, hazrat dunyoga kelib, voyaga yetgach va u kishiga Qur’on oyatlari nozil bo‘la boshlagach, o‘sha ilohiy mo‘‘jiza to Qiyomatgacha Ka’batulloh tomon yuzlanib ibodat qilguvchi mo‘minlarga ibrat, Allohning diniga qarshi turguvchi kofirlarga esa bir achchiq saboq bo‘lishi uchun u haqda mana shu surai karima nozil qilindi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan  (boshlayman).

1. (Ey Muhammad), Parvardigoringiz fil egalarini qanday (halok) qilganini ko‘rmadingizmi?

2. U zot ularning (Ka’batullohni vayron qilish uchun qo‘llagan barcha) hiyla-nayranglarini barobod qilmadimi?

3-4. U zot ularning ustiga sopoldan bo‘lgan toshlarni otadigan to‘p-to‘p qushlarni yuborib,

5. Ularni (qurt-qumursqalar tomonidan) chaynab tashlangan somon kabi (ilma-teshik) qilib yubordi!


I z o h. Rivoyat qilinishicha, qushlar tomonidan otilgan har bir tosh bir kofirning boshidan teshib kirib, ostidan chiqib ketgan ekan.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #602 : 10 Sentyabr 2006, 07:34:33 »


QURAYSH SURASI

Bu sura Makka suralaridan bo‘lib, to‘rt oyatdir. Bu surada payg‘ambar alayhis-salomning qabilalari bo‘lmish Quraysh qabilasiga Alloh taolo tomonidan ato etilgan ikki ulug‘ ne’mat – tinchlik-omonlik va to‘qlik-farovonlik ne’matlari zikr qilinib, qurayshliklarni mana shunday rohat-farog‘atda yashashlariga sababchi bo‘lgan Baytullohning Parvardigoriga ibodat qilishga da’vat etiladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2. Qurayshga oson qilib qo‘yilgani – ularga qish va yoz safari oson qilib qo‘yilgani uchungina.

3. Ular mana shu Uyning Parvardigoriga ibodat qilsinlar!

4. U zot ularni ochliqdan (qutqarib) taomlantirdi va xavfu xatardan tinch qildi.


I z o h. Ya’ni Qurayshga Alloh taolo tomonidan juda ko‘p ne’matlar ato etilgandir. Agar ular boshqa ne’matlar uchun Alloh taologa ibodat qilmasalar ham, ularga tijorat, oldi-sotdi qilsinlar, deb qishda Yamanga, yozda esa Shomga safar qilishlari oson qilib qo‘yilgani va ular bu safarlardan doimiy ravishda foydalanib kelayotganlari uchun mana shu Baytullohning Parvardigoriga ibodat qilishlari lozimdir. Chunki ayni mana shu Baytullohning sharofatidan atrof-javonibdagi odamlar qurayshliklarga tegmaydilar va: «Quraysh qabilasi Baytullohning qo‘shnilaridir. Kim ularga biron ziyon yetkazsa, xuddi Abraxa va uning qo‘shiniga o‘xshab mana shu Uyning egasi bo‘lgan Alloh taoloning g‘azabiga uchraydi», deydilar. Demak Quraysh odamlari safar-sayohatlarida biron kimsa ularga ziyon bermay, tinchlik va to‘kin-sochinlikda yashayotganlari uchun mana shu Baytullohdan va uning egasi bo‘lmish Tangri taolodan qarzdordirlar. Bas, ular U zotga ibodat qilish bilan o‘zlariga ato etilgan ne’matning shukrini ado etsinlar!


MOUVN SURASI

Bu sura ham Makkada nozil bo‘lgan. U yetti oyatdir.

Bu surada dinning mohiyati haqida so‘z yuritilib, ayrim o‘zlarini dindor hisoblab yurgan, lekin atroflaridagi yetim-g‘ariblarga dilozorlik qiladigan, bechora-miskinlarning holidan xabar olmaydigan kimsalarni dinni (ya’ni qilingan har bir ish-amal uchun oxiratda hisob-kitob, jazo bor ekanini) inkor qilguvchilar deb ataladi.

Shuningdek, bu surada o‘zlari yolg‘iz bo‘lganlarida namoz o‘qishni «unutib» qo‘yadigan va faqat el ko‘rsinga namozxon bo‘lgan hamda qo‘ni-qo‘shni, hamsoyalardan odatda o‘rtada ishlatiladigan eng arzimas ro‘zg‘or buyumlarini ham ayaydigan riyokor va xasis kimsalar haqiga duoyi bad qilinadi va bu bilan yetim bechoralarga mudom yordam qo‘lini cho‘zadigan, toat-ibodatini yolg‘iz Yaratganning rizoligini ko‘zlab, beriyo qiladigan xayr-saxovatli zotlargina haqiqiy mo‘min-musulmonlar ekanligi ta’kidlanadi.

Suraning nomi bo‘lmish «Mo’un» kalimasi — idish-tovoq, bolta-tesha kabi mayda ro‘zg‘or buyumlari degan ma’nolarda keladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Dinni (oxiratdagi jazoni) yolg‘on, deydigan kimsani(ng qanday kimsa ekanligini) ko‘rdingizmi — bildingizmi?

2-3. Bas, bu yetim-esirni (qo‘pollik bilan) haydab soladigan va (kishilarni) miskin-bechoraga taom berishga targ‘ib qilmaydigan kimsadir.


I z o h. Ya’ni kimki “iymon keltirganman” desa-yu, ammo yetim-esirning haqqidan qo‘rqmasa; bechora-miskinlarning boshini silab mehribonlik qilmasa, u dinni inkor qilguvchi kimsalar bilan barobardir.

4-5. Bas, namozlarini «unutib» qo‘yadigan kimsalar bo‘lgan «namozxon»larga halokat bo‘lgayki.

6-7. Ular riyokorlik qiladigan va ro‘zg‘or buyumlarini ham (kishilardan) man’ qiladigan (ya’ni biron kishiga foydalari tegmaydigan) kimsalardir!



KAVSAR SURASI

Uch oyatdan tashkil topgan bu sura Makkada nozil qilingandir.   

Qur’oni Karimdagi eng ixcham sura bo‘lgan bu surada payg‘ambar alayhis-salomga xitob qilinib, Alloh taolo u kishiga ato etgan buyuk ne’mat — jannatdagi Kavsar hovuzi zikr etiladi va bu bilan birga ana shunday ilohiy mukofotga yetishning barcha vositalari — Qur’on, payg‘ambarlik ato etilgani ta’kidlanib, hazratni bunday ilohiy marhamatning shukronasi uchun namoz o‘qishga va qurbonliq qilishga da’vat etiladi.

So‘nggi oyatda esa kimda-kim payg‘ambar alayhis-salomni yomon ko‘rib, dushmanlik qilsa, ana o‘sha kimsa benomu nishon yo‘q bo‘lib ketishi haqida bashorat beriladi.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey Muhammad), albatta Biz sizga Kavsarni ato etdik. 

2. Bas, siz Parvardigoringiz uchun namoz o‘qing va (jonlik) so‘yib-qurbonliq qiling! 

3. Albatta sizni yomon ko‘rguvchi kimsaning dumi qirqilgandir (ya’ni benomu-benishon bo‘lib ketguvchidir)!
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #603 : 10 Sentyabr 2006, 07:35:07 »


KOFIRUN SURASI

Bu sura ham Makkada nozil qilingan bo‘lib, olti oyatdir.

Bu surada Islom dini kuchayib, tarqalib ketayotganini ko‘rib, xavotirga tushib qolgan kofirlar payg‘ambar alayhis-salomni ham, sahobalarni ham bu To‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itish g‘arazida u kishining oldilariga kelib: «Ey Muhammad, kel, bizlar sening xudoyingni tan olib, unga ham ibodat qilaylik, sen ham o‘z xudoyingga qo‘shib, bizlarning butlarimizga ham sig‘ingin», deyishganida nozil bo‘lgandir. Bu suradan ko‘zda tutilgan maqsad – Payg‘ambar alayhis-salomni ham, u zotning to Qiyomatgacha keladigan barcha ummatlarini ham kofirlarning bunday nayranglariga uchmaslikka va yolg‘iz Alloh taologagina ibodat qilishga da’vat etishdir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey Muhammad), ayting: «Ey kofirlar!

2. Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman.

3. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar.

4. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman.

5. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar.

6. Sizlarning diningiz o‘zlaringiz uchun, mening dinim o‘zim uchundir!»



NASR SURASI

Madinada nozil bo‘lgan bu sura uch oyatdan iboratdir. Unda payg‘ambarimizga va barcha mo‘min musulmonlarga Alloh taolo O’z dinini barcha dinlardan g‘olib qilgan Kunga guvoh bo‘lganlarida bergan madad va g‘alabasi uchun Allohga hamdu tasbeh aytish va U zotdan mag‘firat so‘rab, tavba-tazarrular qilish ta’lim beriladi. Sura «Nasr-Yordam» deb nomlangandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey Muhammad), qachon Allohning yordami va g‘alaba kelsa,

2. Va odamlar to‘p-to‘p bo‘lishib, Allohning dini (Islom)ga kirayotganlarini ko‘rsangiz,

3. Darhol Parvardigoringizga hamd aytish bilan (U zotni har qanday «sherik»lardan) poklang va U zotdan mag‘firat so‘rang! Zero U tavbalarni qabul qilguvchi bo‘lgan zotdir.


I z o h. Ushbu surai karimada mo‘min-musulmonlarning vazifasi imkonlari boricha dinning ravnaqi yo‘lida sa’y-harakat qilish ekaniga, g‘alabani esa yolg‘iz Alloh taoloning O’zi berishiga ishora bor.


MASAD SURASI

Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, besh oyatdir.

Bu surada garchi o‘zi payg‘ambar alayhis-salomga amaki bo‘lsa ham, payg‘ambarimizga haddan tashqari aziyyatlar yetkazgan «Abu Lahab - do‘zax o‘tining otasi» degan laqabga ega bo‘lgan bir ashaddiy kofir va kufrda undan qolishmaydigan uning xotini haqida so‘z yuritiladi.

Sura «Masad — Pishiq tola» deb atalgandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. Abu Lahabning qo‘llari qurigay — halok bo‘lgay! (Aniqki) u quridi – halok bo‘ldi!

2. Mol-mulki va kasb qilib topgan narsalari unga asqotgani yo‘q!

3-4-5. Yaqinda u va uning o‘tin orqalagan, bo‘ynida pishiq toladan eshilgan arqon bo‘lgan xotini (lovullab turgan) alangali do‘zaxga kirajak!


I z o h. Abu Lahabning xotini Ummi Jamil doimo kishilarni payg‘ambar alayhis-salomga qarshi gij-gijlab, ularning o‘rtasida adovat o‘tini yoqib yurgani sababli, Qur’on uni «o‘tin orqalagan» deb sifatladi va do‘zaxga ham eri bilan birga xuddi o‘sha holida kirishi haqida xabar berdi.
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #604 : 10 Sentyabr 2006, 07:35:38 »


IXLOS SURASI

Bu sura ham Makkada nozil bo‘lgan. U to‘rt oyatdir. Bu buyuk sura mo‘minlarga Alloh taoloni qanday tanishni va U zotga qanday ixlos-e’tiqod qilishni o‘rgatadi.

Bu sura bir guruh Makka mushriklari payg‘ambar alayhis-salom huzurlariga kelishib, Allohning ta’rif-tavsifini qilib berishni so‘rashganida, o‘shalarga javoban nozil bo‘lgandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1. (Ey Muhammad), ayting: «U – Alloh Birdir. (Ya’ni Uning hech qanday sherigi yo‘qdir. U yakkayu yolg‘izdir). 

2. Alloh (barcha hojatlar bilan) ko‘zlanguvchidir (ya’ni barcha hojatlar Undan so‘raladi, ammo U hech kimga muhtoj emasdir).

3. U tug‘magan va tug‘ilmagandir (ya’ni Allohning o‘g‘il-qizi ham, ota-onasi ham yo‘qdir. U azaliy va abadiy zotdir). 

4. Va hech kim U zotga teng emasdir».



FALAQ SURASI

Bu sura Makkada nozil qilingan bo‘lib, besh oyatdir.

Ushbu va bundan keyingi sura «Al-Muavvazatayn», ya’ni «ikki panoh so‘ralguvchi sura» deb ham ataladi. Chunki har ikki surada Alloh taolo payg‘ambar alayhis-salomga va barcha mo‘minlarga yeru osmondagi barcha yomon narsa va hodisalardan yolg‘iz O’ziga iltijo qilib panoh so‘rashlarini ta’lim beradi.

Bu sura o‘zining ilk oyatidagi so‘z bilan «Falaq — Tong» deb nomlangandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2-3-4-5. (Ey Muhammad), ayting: «Men tong Parvardigoridan (menga) O’zi yaratgan narsalarning yomonligidan; zulmatga cho‘mgan kechaning yomonligidan, tugunlarga dam solguvchi (jodugar)larning yomonligidan va hasad qilayotgan hasadgo‘yning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman».


NOS SURASI

Bu sura ham Makkada nozil qilingan. U olti oyatdan iboratdir. Bu sura, aytib o‘tilganidek, o‘zidan avvalgi suraning uzviy davomidir.

Bu surada jinlar va insonlardan bo‘lgan, kishilarni vasvasaga solib, yo‘ldan uradigan «shayton»larning yomonligidan yolg‘iz Parvardigorga sig‘inib panoh so‘rash lozimligi uqtiriladi.

Sura o‘zining ilk oyatidagi so‘z bilan «An-nos — Insonlar» deb nomlangandir.

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

1-2-3-4-5-6. (Ey Muhammad), ayting: «Men barcha insonlarning Parvardigoridan, barcha insonlarning Podshohidan, barcha insonlarning Ilohidan (menga) o‘zi jin va insonlardan bo‘lgan, insonlarning dillariga vasvasa soladigan, (qachon Allohning nomi zikr qilinganida) yashirinib oladigan vasvasachi (shayton)ning yomonligidan panoh berishini so‘rab iltijo qilurman».
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.

Muhammad

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 24
  • Xabarlar: 3879
  • Jins: Erkak
  • Assalamu alaykum wa rahmatullohi wa barakatuhu!!!
Re: QUR'ONI KARIM. Alovuddin Mansur tafsiri
« Javob #605 : 10 Sentyabr 2006, 07:36:07 »
* * *

Alloh ta’oloning tavfiq va madadi bilan Qur’oni Karimning ushbu tarjimasi hijriy 1412-yil, Rabiy’us-soniy oyining 21-inchisi, seshanba kuni (milodiy 1991 yil 29 okyabr)da o‘z nihoyasiga yetdi.
Hijriy 1422-yil, Rabi’u-soniy oyining 11-inchisin — seshanba kuni (milodiy 2001 yil, Z iyul)da esa, Janobi Haqning marhamat va inoyati bilan ushbu tarjimani qayta ishlash, tuzatish va to‘ldirish ishlari o‘z poyoniga yetdi. Alloh ta’olo ushbu Muqaddas Kitob ma’nolarini anglab, uning ko‘rsatmalariga amal qilgan kishilarga ulug‘ ajru mukofotlar ato aylasin hamda ularni O’zi rozi bo‘ladigan Haq Yo‘lga hidoyat qilsin.
Omiyn!
Alouddin MANSUR
Alloh huzuridagi eng maqbul din - Islomdir! Qur'oni karimdan.


AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: QUR'ONI KARIM. Alouddin Mansur tarjima va sharhi
« Javob #607 : 07 Iyun 2009, 02:24:55 »
Qur'oni karim ma'nolari tarjimasi. Alouddin Mansur



Mutarjim: Alouddin Mansur
Hajmi: 1,84 Mb
Fayl tipi: pdf, zip
Saqlab olish
Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Qur'oni karim. Abdulaziz Mansur tarjima va sharhi

Muallif Muhammad AminBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 621
Ko'rilgan: 466016
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:24:43
muallifi AbdulAziz
Qur'oni karim tafsir va tarjimalari

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 28629
So'nggi javob 30 Oktyabr 2009, 18:41:42
muallifi yoqimtoyqiz
Qur'oni karim oyatlari rasmlarda

Muallif MuhammadBo'lim Islomiy media

Javoblar: 36
Ko'rilgan: 28428
So'nggi javob 02 Yanvar 2009, 17:29:09
muallifi zuhrahon
Qur'oni Karim mo'jizalari

Muallif RobiyaBo'lim Islomiy media

Javoblar: 17
Ko'rilgan: 17255
So'nggi javob 13 Aprel 2008, 00:32:30
muallifi lolo
Qur'oni karim nomlari

Muallif Muhammad AminBo'lim Islom

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4527
So'nggi javob 13 Noyabr 2007, 11:13:48
muallifi Muhammad Amin