Muallif Mavzu: FUTBOL YULDUZLARI HAYOTI  ( 47173 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
FUTBOL YULDUZLARI HAYOTI
« : 25 Sentyabr 2007, 19:32:20 »
Oq va qora Rivaldo qismati     
Sport yulduzlari 
Marvaridlar O‘lkasi


Amazonka daryosi o‘z tomirlarini yoygan dalalarda, puma yirtqichi chorvaga oralagan yaylovlarda, Atlantika okeani sohilini yuvgan oltin qumlarda o‘sib-ulg‘aygan minglab charm to‘p ustalari ana shu qum zarralari singari Yer yuzasining turli burchaklariga sochilib ketishadi. Taqdir shamoli ularni shu ko‘yga soladi. Sabr-bardosh g‘alviridan o‘ta olganlarigina yo‘lida davom etadilar. Braziliyada bu qadriyatga aylangan. Vaqti kelib ana shu qumlarning orasida, tub-tubida yashirinib yotgan marvaridlarni ham shabboda yuzaga chiqaradiki, ulardan taralgan yorqin nur nafaqat ko‘zni qamashtiradi, balki qalbga hayajon baxsh etadi. Uni uchirib ketishga shamolning qurbi yetmaydi, chunki bu kabi marvaridlarda salmoq va baho bo‘ladi, shuning uchun ularni qidiradilar, topganlar quvonadi, topmaganlar xo‘rsinadi, qo‘lga kiritganlar xursandligidan do‘ppisini osmonga uloqtiradi, uni bir marta bo‘lsa ham o‘z ko‘zi bilan ko‘rmaganlar - ushlay olmaganlar armonda qoladi.
Yulduz darajasiga ko‘tarilish uchun tinimsiz harakatlarning o‘zi kam, uning uchun tug‘ma iqtidorni omad va baxt bilan uyg‘unlashtira olish kerak. Aslida yulduz bo‘lish uchun maxsus retsept yo‘q. Rivaldo bilan suhbatlashgan inson shunga ishonch hosil qilgan holda, barcha qonuniyatlar mash­hurlardan keyin paydo bo‘lganiga amin bo‘lishadi. Undan gap olishning o‘zi qiyin, yetti o‘lchab so‘ng so‘zlaydigan qahramonimizning portugal tili bilan ispanchani aralashtirib gapirishi suhbatdoshni noqulay ahvolga solib qo‘yadi. Shunda futbolchining o‘zi hamma yaxshi ko‘radigan mavzuga murojaat etadi: "Mening xotiram hali yaxshi ishlaydi. 10-15 yil oldin meni hech kim o‘z jamoasida ko‘rishni istamas, meni go‘yo hamma tark etgandi. O‘z-o‘zimga do‘st, o‘z-o‘zimga dushman edim o‘shanda. Hatto Pernambuku shtatining Resifi shahri o‘smirlar jamoasida to‘p surgan paytlarimda ham muxlislar meni "maymoq o‘rdak" deb haqorat qilishdan charchashmasdi". Shunday qilib, Rivaldo Yevropaga yo‘l olguncha ko‘p sargardon bo‘lgandi.

 

 
« So'nggi tahrir: 26 Sentyabr 2007, 13:49:12 muallifi Shoxjahon12 »
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: FUDBOL YULDUZLARI HAYOTI
« Javob #1 : 25 Sentyabr 2007, 19:32:46 »
Rivaldoning g‘amgin bug‘doy rang yuzida hamon unga qiyinchiliklarni yengishni o‘rgatgan hayotni sevuvchi bir beg‘ubor bolakay yashaydi. Bolaligida uning kelajagi yo‘q ekanini ko‘p ta'kidlashgan, murabbiy va boshqaruvchilar ham Rivaldoning o‘yinlariga qiziqish bilan qarashmagan. Uning chin do‘sti, istiqboli haqida qayg‘urgan yagona inson otasi edi. Resifi hokimining kotibi, tug‘ilishidan to vafotigacha futbol bilan yashagan Romildo Vitor Gomesh Ferreyra uch o‘g‘liga qofiyadosh qilib Rikardo, Rinaldo va Rivaldo deb ism qo‘ydi. Kenjatoy 1972 yil 19 aprel kuni dunyoga kelgandi. Ota farzandlarining har uchalasi ham futbolchi bo‘lishini istagan edi. Orzuni amalga oshirishga faqatgina uchinchi o‘g‘il bel bog‘ladi. Eng nimjon, kasalmand, g‘amgin Rivaldo qaerga bormasin otasi olib bergan to‘p uning sirdoshi va ovunchog‘i edi. "Otam meni nima uchundir juda yaxshi o‘ynaydi, deb hisoblardi, -deya jilmayib eslaydi u. - Aslida jamoadagi hamma bola deyarli mendan yaxshi o‘ynardi. O‘n yoshimda otam menga oilamiz bilan muxlislik qiladigan shtatning "Santa Krus" klubi maykasini sovg‘a qildi, yana butsi ham. O‘shanda quvonchdan o‘zimni qo‘yarga joy topolmagandim".

1989 yil 6 yanvarda ro‘y bergan hodisa hamma narsani ostin-ustun qilib yubordi. Shu kuni uning otasi bir necha oydan buyon berilmayotgan maoshini olib, uyi­ga oshiqayotganda, avtobus tagida qolib ketdi. Rivaldo esa 6 yanvar kuni ertalab shtab o‘smirlar terma jamoasi tarkibiga olinmasligini eshitib, otasiga endi nima deyishi haqida o‘ylardi. Uyiga kelgandan keyin esa...

Dafn etish marosimidan so‘ng, ko‘zlarida yosh qolmagan kenja o‘g‘il futbolni butunlay tark etishga chog‘landi. Ona o‘g‘lini bag‘riga bosib, odatiy mashg‘uloti bilan birga qolishga ko‘ndirdi. Shundan so‘ng, u volidasini rozi qilish uchun o‘zi istiqomat qiladigan Xardim Paulist qo‘rg‘onidagi juda ham kuchsiz jamoa "Baia" tarkibiga olishlarini so‘radi. 19 yoshida maktabni bitirib, "Baia"da to‘p tepib yurgan o‘smirni Braziliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etayotgan "Santa Krus" klubi nima uchundir o‘z tarkibiga chaqirib qoldi. U yerda ham Rivi bergan so‘zining ustidan chiqish uchun haqorat va dashnomlarga chidadi. "Har doimgidek bolalar mendan hamma tomonlama kuchli edi", - deydi u keyinchalik. Rivaldoni 1992 yili "Santa Krus"dan unchalik ham tanilmagan "Moji-Mirim" klubi deyarli tekinga sotib oldi. Unga yangi joyda choy pulidan boshqa hech narsa berishmadi. Hujumchi 27 o‘yinda bor-yo‘g‘i 9 ta gol urdi. Shuning uchun yangi naynov o‘yinchini gimnastika zaliga jo‘natishdi.

 

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: FUDBOL YULDUZLARI HAYOTI
« Javob #2 : 25 Sentyabr 2007, 19:33:08 »
Ota ishonchi va ona duosi bag‘ishlagan kuch

Sport majmuasi uni butunlay o‘zgartirib yubordi.

Uni zaldan olib chiqishning o‘zi mushkul vazifaga aylandi, Rivi muskullarini chiniqtirishda madori quriguncha davom etdi. Bolalikning quvonchli va alamli xotiralari, otasining so‘nggi so‘zlari, onasining duolari Rivaldoga madad berdi. Qis­qa vaqt ichida mashqlar samara bera boshladi. O‘yinning chiroyi ochildi, ketma-ket gollar kiritila boshlandi. Mashhur klub "Korintians" rahbariyati vaqtinchalik tavakkalga qo‘l urmaslik uchun, uni 1993 yilda 250 ming dollar evaziga ijaraga olib turdi. Kunlar o‘tib kuchli, samarali va mohir o‘yinchiga aylana boshlagan Rivini yangi klubda yana yarim yilga qolishga ko‘ndirishdi. U 41 marta maydonga tushib 17 bor raqiblarini "xafa qildi". Baxti chopib, milliy terma jamoaga ko‘rikka taklif qilindi. Rivaldoning oldingi klubi mutasaddilari ishonch bilan shunday deyishdi: "Rivaldo kerak bo‘lsa, avval 4 million to‘lab qo‘ying". "Korintians", tabiiyki, taklifni rad etdi. Odatdagidek sahnaga chiqqan uning asosiy raqobatchisi "Palmeyras" uzoq tortishuvlardan so‘ng Rivaldoni 2,4 million dollar evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘shanda Rivaldoning sevinchi yuragiga sig‘may: "Bu "Barsa" Figuni qo‘lga kiritish uchun sarflagan puldan ko‘proq ma'noga ega!" degandi. Mazkur so‘zlar bolalikning achchiq xotiralari sari eltguvchi jarohatlarga sal bo‘lsa-da malham bo‘ldi, yurakdagi g‘uborlar tarqadi.

1994-1996 yilgi mavsumlarda 104 o‘yinda 53 ta gol urib, mamlakat birinchiligida klubining eng yuqori o‘rinni olishiga ulkan hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, 1994 yilda AQShda o‘tkazilgan navbatdagi jahon chempionatiga jalb etilgan tarkibda nima uchundir uning ismi yo‘q edi.

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: FUDBOL YULDUZLARI HAYOTI
« Javob #3 : 25 Sentyabr 2007, 19:33:36 »
"Rivaldo - Pele"

1996 yilda u Braziliyaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Futbolchining mashhurligi va mahorati yevropalik selektsionerlarning boshini aylantirib qo‘ydi. "Kavasaki"dek kompaniya homiylik qilgan "Parma" Rivini o‘ziniki qilib olishga shoshildi, italiyaliklarning bu boradagi asosiy raqibi La-Korunyaning "Deportivo"si edi. Rivaldo ham turmush o‘rtog‘i bilan nafaqat Ronaldo, Romario, Bebeto kabi yulduz o‘yinchilar, balki oddiy va o‘rtamiyona futbolchilar to‘p surayotgan ko‘hna qit'aga yo‘l olish haqida orzulardi. Faqat u, onasi aytganidek, o‘z vaqtini kutdi. Qis­qa vaqt o‘tib, Atlanta shahri yozgi olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qildi. Bosh murabbiy Mario Zagalo terma jamoaga Romarioni olmay, uning o‘rniga Rivaldoni taklif etdi. Muxlislarning bu harakatdan qoniqmaganini eshitgan Zagalo shunday degandi: "Rivaldo - Pele. Kim buni ko‘rmayotgan ekan, demak, uning ko‘zlari ojiz". Murabbiyning mazkur xatti-harakati Rivaldoning ahvoliga maymunlar yig‘lashiga sabab bo‘ldi. Yarim finalga chiqqan "sariq devlar" nigeriyaliklarga Rivaldoning xatosi tufayli imkoniyatni boy berdi. Gazetalar va televidenie unga tanqid va malomat toshlarini yog‘dirishdi. Xardim Paulistda esa bechora ona va qarindoshlar bir necha kun haqoratlarni eshitmaslik uchun eshikdan tashqariga chiqishmadi. Braziliyada mana shunaqa. Xullas, kenjatoy ketishning eng qulay imkoniyati paydo bo‘lganini sezib, undan foydalandi. Bebetoning taklifiga ko‘ra, Rivaldo 1996 yilda Ispaniyaning "Deportivo"sini tanladi. Bir yilda 41 matchda ishtirok etib, 21 gol kiritdi. Dast­labki mavsumdagi omadsizlikka qaramasdan, u o‘zining juda ham baxtli ekanini yashirmadi. Klub rahbariyati bilan aloqalar boshqalardan farq­li o‘laroq ijobiy edi. "Barselona"ga uni 16,5 million funt-sterling evaziga yulduz sifatida taklif etishdi.

 

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: FUDBOL YULDUZLARI HAYOTI
« Javob #4 : 25 Sentyabr 2007, 19:34:00 »
"Oltin to‘p"ning oltmish bo‘lagi

1997 yildan tabiatan cho‘rtkesar va samimiy Rivaldo "Nou Kamp" arenasida mezbon sifatida to‘p surishga kirishganida, gollandiyalik murabbiy - diktator bilan ko‘plab mojarolar keltirib chiqarishini xayoliga keltirmagan bo‘lsa kerak. Chunki Lui van Galga shogirdlaridan hech biri yurak betlab e'tiroz bildira olmasdi. Shundan bo‘lsa kerak, ma'lum muddat o‘tib, kutilmaganda murabbiydan o‘ziga birinchi raqamli futbolchi sifatida munosabatda bo‘lishini talab qilishi katta portlash edi. Sababi "Barsa"ning chempion bo‘lishida 24 gol muallifi Rivaldoning hissasi katta edi. "Tun qiroli" Romario turli mojarolarga aralashib qolgan, "reklama bolasi" Ronaldo esa pul va kinos'yomkalar haqida ko‘proq o‘ylay boshlagan, Jovanni restoranlardagi asosiy janjalkashlardan biriga aylangan bir paytda o‘ziga nisbatan muomalani o‘zgartirishni so‘rashga Rivaldoning to‘la haqqi bor edi. Chunki u yuqoridagi qusurlardan xoli, mash­g‘ulotlarga hammadan oldin kelar, raqs tushishni yoqtirmas, atrofiga tekinxo‘rlarni ham yig‘ib olmagan edi.

Ko‘p vaqt o‘tmay, u FIFAdan o‘zining "Oltin to‘pi"ni qabul qilib oldi va sovrinni tanish zargarga uzoq tortishib 60 bo‘lakka bo‘ldirdi. Har bir qism­ga ismlar yozilgan kumush parchalarni yopishtirib, parchalangan "Oltin to‘p"ni jamoadagilarga bo‘lib berdi. Uning fikricha, erishgan yutug‘ida jamoadoshlari, murabbiyi, shifokor, massajchi, jamoa kosibi, hatto kiyinish xonasidagi farroshning ham birdek hissalari bor ekan.

U boylikka juda ham mukkasidan ketmagan, balki uning asosiy maqsadlaridan biri Braziliyada o‘zining futbol maktabini ochish va moddiy jihatdan qiynalib qolgan oilalar farzandlarini o‘qitishdan iborat. Murabbiy bo‘lish orzusi umuman yo‘q. "Mening ishim menejment. Qachonlardir matematika fani jonu dilim edi", - deydi u.

 

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: FUDBOL YULDUZLARI HAYOTI
« Javob #5 : 25 Sentyabr 2007, 19:34:41 »
"Oltin to‘p"ning oltmish bo‘lagi

1997 yildan tabiatan cho‘rtkesar va samimiy Rivaldo "Nou Kamp" arenasida mezbon sifatida to‘p surishga kirishganida, gollandiyalik murabbiy - diktator bilan ko‘plab mojarolar keltirib chiqarishini xayoliga keltirmagan bo‘lsa kerak. Chunki Lui van Galga shogirdlaridan hech biri yurak betlab e'tiroz bildira olmasdi. Shundan bo‘lsa kerak, ma'lum muddat o‘tib, kutilmaganda murabbiydan o‘ziga birinchi raqamli futbolchi sifatida munosabatda bo‘lishini talab qilishi katta portlash edi. Sababi "Barsa"ning chempion bo‘lishida 24 gol muallifi Rivaldoning hissasi katta edi. "Tun qiroli" Romario turli mojarolarga aralashib qolgan, "reklama bolasi" Ronaldo esa pul va kinos'yomkalar haqida ko‘proq o‘ylay boshlagan, Jovanni restoranlardagi asosiy janjalkashlardan biriga aylangan bir paytda o‘ziga nisbatan muomalani o‘zgartirishni so‘rashga Rivaldoning to‘la haqqi bor edi. Chunki u yuqoridagi qusurlardan xoli, mash­g‘ulotlarga hammadan oldin kelar, raqs tushishni yoqtirmas, atrofiga tekinxo‘rlarni ham yig‘ib olmagan edi.

Ko‘p vaqt o‘tmay, u FIFAdan o‘zining "Oltin to‘pi"ni qabul qilib oldi va sovrinni tanish zargarga uzoq tortishib 60 bo‘lakka bo‘ldirdi. Har bir qism­ga ismlar yozilgan kumush parchalarni yopishtirib, parchalangan "Oltin to‘p"ni jamoadagilarga bo‘lib berdi. Uning fikricha, erishgan yutug‘ida jamoadoshlari, murabbiyi, shifokor, massajchi, jamoa kosibi, hatto kiyinish xonasidagi farroshning ham birdek hissalari bor ekan.

U boylikka juda ham mukkasidan ketmagan, balki uning asosiy maqsadlaridan biri Braziliyada o‘zining futbol maktabini ochish va moddiy jihatdan qiynalib qolgan oilalar farzandlarini o‘qitishdan iborat. Murabbiy bo‘lish orzusi umuman yo‘q. "Mening ishim menejment. Qachonlardir matematika fani jonu dilim edi", - deydi u.

 

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: FUDBOL YULDUZLARI HAYOTI
« Javob #6 : 25 Sentyabr 2007, 19:35:10 »
Qolipga sig‘maydigan go‘zallik

Rivaldo uzoq davom etadigan taktik muhokamalarni ham yoqtirmaydi, bu uning usuli emas. "Men o‘yinchiman va maydondagi aniq vaziyatlarda qanday harakat qilishni tasavvur qila olishim kerak", - deydi u. Futbolchining charm to‘pni o‘ynatish borasida ko‘p narsaga qodirligini ko‘pchilik biladi. Uning boshqalardan ajralib turadigan jihati ham murabbiy tomonidan qat'iy tayyorlangan sxemani yaxshi tomonga "buzish­"ga harakat qilishdan iborat va bu ish ko‘pincha uddalanadi. O‘yinga o‘zining dunyoqarashidan kelib chiqib chiroy bag‘ishlaydi, yangi vaziyatlar yaratadi. U shu bilan ijod qiladi, hayajonlanadi, boshi osha butun tanasi bo‘ylab ana shu koptokni "sayr­"ga olib chiqadi. Biroq ayrim mutaxassislarning qarashicha, bugungi tijoriy futbolda Rivaldoga o‘xshagan eski firqalar uchun joy yo‘q. Birgina 2001 - 2002 yilgi mavsumdagi "Barselona" - "Valensiya" matchida "ko‘rshapalaklar" sardori Rubin Baraxaning dubliga Rivaldoning javoban yo‘llagan "xet-trik"i ana shu mutaxassislar doim ham to‘g‘ri so‘zlayvermasliklarini isbotlab qo‘ydi. Uchinchi gol 90-daqiqada "velosiped" yoki "qaychi" usulida chamasi 16-18 metrlardan darvozaga yo‘llangandi. O‘shanda u "Barsa"ni nafaqat Yevropa Chempionlar ligasi saralash bosqichiga olib chiqqandi, balki kuchli darvozabon Kanisaresni uch marta dog‘da qoldirib, o‘z gollari bilan futbol ko‘rsatuvlarini bezagani, hamon esimizda.

Shu bois, futbol solnomasiga Rivining nomi zarhal harflarda bitilgani haqiqat. 2002 yilgacha u "Barselona" tarkibida 157 o‘yinda maydonga tushib, 86 gol muallifiga aylandi.

 

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: FUDBOL YULDUZLARI HAYOTI
« Javob #7 : 25 Sentyabr 2007, 19:35:31 »
Qoyaning qulashi

Ayni cho‘qqidan qulash ham aynan shu yilga to‘g‘ri keldi.

Zamon va makon odam ongu shuurida turli o‘zgartirishlar qilishi tabiiy. Rivaldo ham Yevropaga kelib ayyorlik, aktyorlikni o‘rgandi va bu keyinchalik uning parvozi nihoyasini tezlashtirib yubordi. 2002 yilda Yaponiya va Janubiy Koreya maydonlarida o‘tkazilgan jahon chempionatida Braziliyaning Turkiyaga qarshi o‘tkazgan matchi bu borada kulminatsiya bo‘ldi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida turk himoyachisi Hoqon Unsalning burchak sari tepib yuborgan to‘pi Rivaldoning soniga tekkan bir paytda, u qo‘llari bilan yuzini changallagancha, chim ustiga yiqilgan va bu keyinchalik ko‘p munozaralarga sabab bo‘lgandi. Videotasvirlar qayta ko‘rib chiqilgach, Rivaldoga ayyorligi uchun FIFA intizom qo‘mitasi 10 ming shveytsariya franki (6900 dollar) miqdorida jarima soldi. Munosabatlar ham asosan qahramonimizning zarariga ishladi. Ispan futbolchisi Ivan Elgera o‘sha paytda Rivaldoning bu qilig‘ini kechirib bo‘lmasligini aytgan, germaniyalik afsonaviy charm to‘p ustasi Frants Bekkenbauer esa futbol olamiga bunday sahnaviy ko‘rinishlar yarashmasligini ta'kidlagandi. Muxlislar afsusda edilar. Shundan so‘ng Rivaldodan omad yuz o‘girdi, deyish mumkin. Avvaliga Kataloniyani tark etib, Milanga yo‘l oldi. Keyin terma jamoa libosida 74 marta maydonga tushib, 34 ta gol kiritgan Rivi "sariq devlar" tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. Italiyaning "Milan" jamoasi tarkibida zahirada o‘tiraverib charchadi, lekin Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Apennindan Vataniga qaytib, Bela Gorizontening "Kruzeyro"si safiga kelib qo‘shildi - 11 o‘yin, 2 gol. 2004 yilda yana ko‘hna qit'aga qaytib, Yunonistonning "Olimpiakos" klubi a'zosiga aylandi va uni grek fanatlari favqulodda xursandchilik bilan kutib olishdi. Bu yerda u 2006 yil nihoyasigacha 46 o‘yinda raqiblar darvozasini 26 marta ishg‘ol qilishga erishdi.

 

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: FUDBOL YULDUZLARI HAYOTI
« Javob #8 : 25 Sentyabr 2007, 19:36:08 »
Zargar-futbolchi

Braziliyaning bir karra (1994 yil), Ispaniyaning ikki karra (1998 va 1999 yil), Gretsiyaning ikki karra chempioni (2005 va 2006 yil) va ikki karra mahalliy kubok egasi (2005 va 2006 yil), Italiyaning bir karra kubok sohibi (2003 yil), JCh-2002 va YeChL-2003ning oltin medallari ko‘ksida porlagan, shuningdek, terma jamoa tarkibida Amerika kubogini baland ko‘targan Rivaldoning muvafaqqiyat va omadsizliklari faqat shulardangina iborat emas. Sababi - Pele tomonidan dunyoning eng mashhur 125 futbolchisi safiga qo‘shilgan Rivaldo hali-hanuz charm to‘p bilan zargarona muomalada, demakki, futbol afsonalaridan biri hali ham yashil maydon, ishqiboz bilan hamnafas. Shuning uchun ham uni muxlislar oqu qorasi, fazilati va kamchiligi bilan yaxshi ko‘rishadi.

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: FUDBOL YULDUZLARI HAYOTI
« Javob #9 : 26 Sentyabr 2007, 13:13:20 »
Zayniddin Zidan: Go’zal lahzalarda aks etgan umr…     
Sport yulduzlari 
U maydonga tushib, to‘p tepgan chog‘da butun stadion uzra qiyqiriqlar jonlanardi,  ko‘pchilik uni ko‘rish uchungina, takrorlanmas fintlariyu original “raqs”larini miriqib tomosha qilishni istagani tufayligina futbol ko‘rishga oshiqishardi. Frantsiyadami, Italiya «kolizey»laridami va yoxud Ispaniya “teatr”larida o‘tkaziladigan dramatik uchrashuvlargami otlangan ishqibozlar yo‘lda so‘raganlarga «spektaklga ketayapmiz” — deya javob berishardi. Futbol va spektakl orasida qanday o‘zaro hamohanglik bor?! Nahot, tekis maydon ila dumaloq to‘p “kadri” ortida oldindan tayyorlangan syujet mavjud bo‘lsa?! Yo‘q, unday emas! Futbol chindan ham spektakllar darajasidagi dilbarlikka erishdi Yevropada! Uning dunyo e’tirof etgan eng usta aktyori kechagina maydonning har qarichi uchun kurash olib borayotgandi...
Maydonlarda yangi kun boshlandi, biroq u Frantsiyada porlagan chinakam futbol afsungari Zayniddin Zidansiz boshlandi. Spektakllardan endi qandaydir fayz qochgandek, ma’no chekingandek! Endi jazoirlik mega-yulduzning muxlislari futbolga ketayotganliklarini shunchaki, “futbolga ketayapmiz” —  deb bildirayotgan bo‘lsa, ajab emas. Qarang, kunlarning tez o‘tayotganini: bugun Zidandek shaxs o‘yini haqida “hozirgi zamon fe’li”da gapirishning sira ham iloji yo‘q, chunki u futbolni tark etdi.

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: FUDBOL YULDUZLARI HAYOTI
« Javob #10 : 26 Sentyabr 2007, 13:13:44 »
BIRINCHI TAYM:
Ot o‘rnini toy bosar...


Futbol atalmish xilqat qa’rida qo‘pol hodisotlar, ko‘ngilsizliklarning izg‘ib yurishini kim ham xayoliga keltiribdi, deysiz?! Axir shuhrat bor joyda hamisha hasadning badbo‘yi kezib yuradi... Chindan ham bugun futbol dunyo uzra globallashuv jarayonini o‘tab bormoqda, uning o‘zga sport turlarini takrorlamaydigan noyob xarakterlari tug‘ilishi bilanoq butun jahonni zabt etmoqda.
Xo‘sh, futbolning shu qadar ommalashib ketishiga kim, nima, qanday voqea-hodisalar sabab?! Uning sabablari kabi sababchilari ham bir talay. Zayniddin Zidan ana shularning biridir.
Buyuk futbolchi faoliyati davomida raqiblarning undan foydalanishlari ko‘p marotaba uchragan. Mishel Platinidan so‘ng deyarli ta’tilga chiqqan Frantsiya futbolini Zidanning chinakamiga qayta jonlantirishini o‘sha davrda kimlardir angladi, ayrimlar shunchaki qo‘l siltabgina qo‘yishgandi. Ular Frantsiyada Platini bir marta tug‘iladi, deb yurishardi. Ammo Misheldan ham o‘tib ketishga qodir Zayniddinning paydo bo‘lishini ular kutishmagandi.
1998 yili bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida frantsuzlar oltin kubokning peshonasidan o‘pgandagina butun yevropaliklar Frantsiya bundan buyon Zidandan iboratligini bilib qolishdi. Zidan degani hatto Braziliyadek «sariq devlar»ga  ega terma jamoani ham karaxtlik ko‘chasiga haydaganida esa dunyodagi «katta futbolchi»lar tizzalariga tayanib qolishdi.
Bu o‘xshashi yo‘q charm to‘p ustasining tan olinishidan alomat edi.
Siyosiy arenada go‘yo orasidan qil o‘tmas do‘stlardek tuyuladigan Yevropa davlatlari garchi ikkinchi jahon urushidan so‘ng «aka-uka» bo‘lib ketishgan esa-da, jang tugamagandi, balki u pinhoniy tarzda futbol maydonlariga ko‘chgandi. Endilikda kurashni harbiy qurollar bilan jihozlangan askarlar emas, birgina to‘p bilan g‘alabani hal qilishga qodir «futbol askarlari» rivojlantirardi. Shu bois 1997 yili Frantsiyada tinchgina o‘ynab yurgan jazoirlik futbolchini 2006 yilda Italiyaning «A» seriyasidan diskvalifikatsiya qilingan «Yuventus» jamoasi sotib oldi. Bu tashqi tomondan oddiy xariddek ko‘rinsa-da, aslida undan o‘zga maqsadlar ko‘zlanilgandi. Bu g‘ayri maqsad Angliya, Germaniya, Italiya va Ispaniya oliy ligalarida shu qadar ommalashib ketgandiki, uni ayrim yevropalik mutaxassislar «futbol mafkurasi» deb ham atay boshlashdi. Xuddi shu mafkura Italiyaga 2006 yili yozda Germaniya yashil maydonlarida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha o‘n sakkizinchi jahon chempionatida juda qo‘l kelib qoldi.
Bu “buzoq mamlakati” vakillarini chempion qildi!
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: FUDBOL YULDUZLARI HAYOTI
« Javob #11 : 26 Sentyabr 2007, 13:14:17 »
TANAFFUS:
Jazoirni yig‘latgan quvonch...


Futbol sayyorasining tirik afsonasi 1972 yil 23 iyunda Frantsiyaning asosan ko‘proq 1, 2-jahon urushlari davridagi migratsiya va boshqa turli sabablar bilan Sharqiy Afrika mamlakatlaridan ko‘chib kelgan muhojirlar istiqomat qiluvchi hududi — Marsel shahrida tug‘ildi. Bolaligidanoq futbolga mehr qo‘ygan bolaning shuurida olamga tatigulik orzular kurtagi ko‘z yorganda, fikrlar teranlashib, ko‘cha futbolidan ancha mahorat to‘plangandi ham. Biroq bu saviya bilan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasligini chuqur his etgan jazoirlik “frantsuz” Marseldagi bolalar sport-klubiga qatnay boshladi. U bir vaqtning o‘zida ikki klubda tahsil oldi: «YuS Sent-Anri» va «Septem-le-Vallon» deb nomlanardi jamoalar. Zidan ko‘p o‘tmasdan shahar markazi Eks-an-Provansda «balo-g‘at»ga yo‘llanma olish uchun tanlovda qatnashdi va bir ovoz bilan o‘sha davrlarning o‘rtamiyona klublaridan biri «Kann»ga qabul qilindi. Bu voqea sodir bo‘lganda u 14 yoshga to‘lib ulgurmagandi: 1986 yil 20 may. Klub u qadar shuhratga ega bo‘lmasa-da, Zayniddin Zidan undan futbol olamida qanday yashash kerakligini o‘rgandi.
Zidanga ilk shuhratni keltirgan gol 1991 yil 8 fevral kuni “Nant” jamoasi darvozasiga urilgan to‘p bo‘ldi. 1992 yil “Bordo” Zidanning o‘yinlariga qiziqib qoldi va uni zudlik bilan o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Yosh futbolchi uchun bu yuksalish faslining ibtidosi edi. So‘ngra Zidanning xaridorlari haqli ravishda ko‘paya boshladi, boisi 1998 yilgi jasorat! Bu voqelikdan bir yil oldin “Yuventus” Zidanni katta miqdordagi mablag‘ hisobiga “o‘ziniki” qilib olgandi.
Lekin futbolchining Ispaniyada chop etiluvchi “Xala Madrid” jurnaliga bergan intervyusida Turinning eng go‘zal go‘shalarida ajoyib uyi bo‘lgan esa-da, o‘zini doimo begonadek his qilib yashagani yozilgan. Buning sababi nima edi?
Italiyalik futbol ixlosmandlari Zidanni yoqtirishmasdi. Ular umuman kelgindilarni yomon ko‘rishadi, o‘z futbolchilaridan har qachon past o‘ringa qo‘yib kelishgan. Formasining raqami — 10, ampluasi — yarim himoyachi bo‘lgan Zidan “Yuve”ni tark etib, 2001 yili “Real”ni yoqlaganda, sobiq jamoasining sobiq prezidenti Janpero Boniperti shunday degandi: “Uni biz — Turin ahli hech qachon xush ko‘rmaganmiz, lekin pinhona bo‘lsa-da, hamisha uning tengsiz mahorati qoshida ojiz qolaverardik”. 2000/01 yilgi Italiya “A” seriyasida “Yilning eng yaxshi legioneri” nominatsiyasi berilgani ham qaysidir ma’noda Zayniddinning tan olingani bilan barobar emasmi!
Zidanning futbolchilik faoliyati samarasiz ketmadi: 1 marotabadan La Liga, Yevropa Kubogi, Italiya superkubogi, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2 martadan Qit’alararo Kubok, Yevropa superkubogi, Italiya chempionligini haqli ravishda o‘ziniki qilishga erishdi. Bundan tashqari, 1998, 2000, 2003 yillarda FIFA tomonidan “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi” deb e’tirof etildi. 1998 yil unga dunyoviy musobaqada ko‘rsatgan betakror o‘yini va 2000 yil Yevropa chempionatidagi driblinglari evaziga 2 marotaba nufuzli “Oltin to‘p” ham topshirildi. 2004 yilning may oyida UYeFA tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslanib, Zayniddin Yevropaning so‘nggi 50 yillikdagi eng yaxshi o‘yinchisi, deb tan olindi. 18-jahon chempionatidagi shijoati va g‘ayrati inobatga olinib, u «Chempionatning eng yaxshi o‘yinchisi» nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.
Umuman, Zidan butun faoliyati davomida faqat muvaffaqiyatga erishgan desak, u qadar to‘g‘ri bo‘lmaydi, sababi u “xayrlashuv”iga qadar 13 bora hakamlarning qizil kartochkalari bilan “siylanish”ga ham ulgurgan.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: FUDBOL YULDUZLARI HAYOTI
« Javob #12 : 26 Sentyabr 2007, 13:15:00 »
IKKINCHI TAYM:
Zayniddin Zidan va Italiya uchrashuvi...


Buni shu kunga qadar hech bir OAV to‘g‘ri yoritib,  to‘g‘rirog‘i, sharhlab berolmadi. U Zidan va Italiya termasi a’zosi — himoyachi Marko Materatstsi o‘rtasida jahon chempionati finalida bo‘lib o‘tgan “bosh va ko‘krak dueli” (110-daqiqa)ni  tavsiflaydi. Futbol olamidagi oddiy muxlis sifatida nega bu xunuk voqea ro‘y bergani haqida hech o‘ylab ko‘rdingizmi?! Ehtimol ko‘nglingizda Materatstsiga nisbatan nafrat ham ko‘z ochgandir. Lekin bechora himoyachini ayblashga shoshilmay turing... asl aybdorlar boshqalar!
Bu tadbirda juda katta ma’no bor. Futbol qanchalik mukammallashib borgani sari uning sarhadlarida firibgarlik,
pastkashlik yashirin tarzda oyoqqa turar ekan. Bu bir tomondan fojeaga ham yetaklashi, bir tomondan esa futboldagi raqobatni kuchaytirishi mumkin. Lekin Italiyaning “finalda tug‘ilib qolgan antiqa hiyla”si ko‘pchilik futbol muxlislariga ayon bo‘lmasa-da, g‘azablanishlariga sabab bo‘ldi.
Italiyaliklar, ma’lumki, millatparvar xalq hisoblanishadi, ulardagi vatanga bo‘lgan muhabbatni tasvirlash qiyin. Yo‘q, ular vatanni so‘zda yoki ko‘zda sevishmaydi, o‘zlari bilib-bilmay sevishadi, ardoqlashadi. Bu Marchello Lippiga qo‘l ostidagi Del Pero, Kannavaro, Totti, Buffon singari dunyoviy yulduzlarni bitta jamoaga birlashtirishda foyda berdi. Ular maydonda, haqiqatan ham, bir tanu bir jon bo‘lib o‘ynashdi.
Buning mutlaqo aksi: Frantsiya terma jamoasidan ichki ahillik, jipslikni kutish qiyin edi. Sababi sodda: misol uchun Zidanning vatani Frantsiya emas — Afrikaning shimolidagi Jazoir mamlakatidir. Demakki, qolgan o‘yinchilarning ham ko‘pchiligi frantsiyalik emas, ehtiyoj sababli ushbu mamlakat fuqaroligini qabul qilishgan, xolos. Bu— birinchi mag‘lubiyat edi. Ammo shu ahvolida ham faranglar chempion bo‘lishlari muqarrar ekanligini italiyaliklar juda yaxshi bilishardi (axir frantsuzlar kimsan, Braziliyani dog‘da qoldirishdi!). Shunday ekan, ularni qanday bo‘lmasin, to‘xtatib qolish choralarini, yo‘llarini topish kerak edi.
O‘ylab-o‘ylab, oxir nozik tomon topildi!
Italiyaliklar yangi futbolning yangi hiylasini shu tariqa sahnalashtirishga kirishdi. Uning asosiy rol ijrochisi sifatida biroz asabiyroq bo‘lgani uchun sho‘rlik Materatstsi munosib topildi. Lippi tomonidan unga maydonda futbol o‘ynashdan ham ko‘ra ko‘proq Frantsiya jamoasi “yuragi” Zayniddinning asabiga “o‘ynab”, biror jiddiy mojaro chiqarish buyurilgandi. Materatstsidan buni kutsa bo‘lardi, u ishonchni vaqtida oqladi. Kutilmaganda Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Teri Anridek strategik taktikaga ega o‘yinchisini almashtirishga ahd qildi. Bu sinchkov muxlis dilida allaqanday shubha-gumon uyg‘otgan bo‘lishi ham g‘alati emas. “Arsenal”chi maydonni tark etdi deguncha, Materatstsi vatan uchun o‘z missiyasini amalga oshirishga kirishdi. Axir o‘yinda Zidanni qo‘riqlash ham unga topshirilgandi. Bu bekorga emas. Zidanning asabiga tegish qiyin ish emas. Uning ustiga, Materatstsidek “bolakay”dan haqorat tinglash Zidanni qalqitmasdan qolmasdi. Shunday ham bo‘ldi.
Yo‘l-yo‘lakay qilingan xiraliklardan charchagan Zidan Materatstsining so‘nggi haqoratlariga chiday olmadi va butun dunyo uni kuzatib turganini unutdi. “Inter” klubi o‘yinchisini qo‘l-oyoq ishlatmay(bosh bilan, xuddi xo‘rozlardek, e’tibor bering, Frantsiya terma jamoasi libosida ham xo‘rozning rasmi bor), poyiga to‘shalishiga majbur etdi. Xuddi shu narsani 110 daqiqa kutgan “qahramon” yerda ancha vaqt chayqalib-chayqalib, to‘lg‘ona boshladi. Uni ko‘rgan hakam Zidanning dunyoviy nufuzi bilan qiziqib ham o‘tirmadi — o‘zicha tartibga qat’iyan rioya qiluvchi harbiy kabi qizil kartochka ko‘rsatib yubordi. Shuning o‘ziyoq Italiya deyarli chempion, deganini bildirardi. Kim biladi deysiz, ehtimol, o‘sha hakam hamon nima qilib qo‘yganini bilolmay karaxt yurgandir yoki Italiyadan “suyunchi”sini olgandir?!
Italiya shu taxlit to‘rtinchi bor jahon chempioni bo‘ldi. Lekin o‘sha kuni Italiyaning finalga munosib o‘ynaganini ham e’tirof etish kerak. Lotoreya bahslarida omad doim ham kuchlilarga emas, omadlilarga kulib boqishi esa ko‘pdan ma’lum. Bundan tashqari, Italiya terma jamoasi penaltilarni amalga oshirishda professional hisoblanadi, hech bo‘lmaganda ularning darvozaboni — Buffon shu nomni oqlaydi.
Xulosa shuki, Pele, Maradona, Gullit, Marko van Basten, Mishel Platini nomi eslanganda, Zidan ham, albatta, qayd etiladi.
Yo‘q, Zayniddinni eslash uchun ushbu futbolchilarni eslash ham shart emas, futbolni yodga olishning o‘zi kifoya qiladi. Usiz futbol mukammal emas, go‘yo!
O‘yin hali tugagani yo‘q!
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: FUDBOL YULDUZLARI HAYOTI
« Javob #13 : 26 Sentyabr 2007, 13:15:49 »
Tilla bola haqida ertak     
Sport - Sport yulduzlari 
Asl ismi Luish Filipe Madiera Kaiero Figu deb ataluvchi futbol yulduzi 1972 yil 4 noyabr kuni Piriney yarim orolida joylashgan Portugaliya davlati poytaxti ko‘hna Lissabon shahrida tavallud topdi. Uning bolaligi haqida go‘yo o‘sha - bolaligi kechgan yillarning o‘zi so‘zlayotgandek.

Figu maktabga borib yurgan kezlari Portugaliyada futbol u darajada rivojlanmagan, milliy terma jamoa aytarli natijalarni qo‘lga kiritmagan edi. Garchi jahonning bir necha bor chempioni Braziliyadek davlatga bir zamonlar asos solib qo‘ygan bo‘lsa ham Luishning ota-bobolari futbolda oqsashardi. Ehtimol, bu holatni Figu bolaligida anglab yetmagandir, ammo bir narsa aniq edi - u xuddi Pelega o‘xshab mittigina to‘pning ortidan olamga tanilishni juda-juda istardi. Mana shuning o‘ziyoq kunlar kelib, portugaliyaliklarning ko‘chasida bayram bo‘lishi haqida sezilar-sezilmas ogohlantirardi.

Luish Figu ilk faoliyatini mamlakatning kichik-kichik klublarida boshladi. U ba'zi futbolchilar singari bir "sakrash"da "Barselona"da yoki "Real"da  to‘p surib qolmadi. O‘zi ko‘p bora ta'kidlaganidek, ko‘zga ko‘rinmas yutuqlardan to ulkan muvaffaqiyatlargacha, hammasiga faqat mashaqqatli mehnati evaziga erishdi.

Agar iste'dod chindan ham mavjud bo‘lsa, u, albatta, o‘zini namayon etadi. Luish o‘z sa'y-harakatlari bois, 1991 yil, 19 yoshida professional futbol olamiga kirib keldi. Uni birinchi bo‘lib qarshi olgan va buyuk kelajagiga ishonch bildirgan jamoa Figuning ko‘ksida hamon lovullab turadi: u "Sporting" klubidir.

U bu jamoaga jalb etilganda, bir qator iqtidorli portugaliyalik futbolchilar nomi sekin-sekin porlayotgan edi. Shulardan biri Figuning avvaliga qadrdon do‘sti, keyinchalik maydondagi "birinchi raqamli" raqibiga aylangan Rui Koshtadir.

Luishda haqiqiy portugal qoni bor: u bosiq ko‘rinsa-da, o‘ta jizzaki, lekin o‘yin vaqtida kamdan-kam holatlarda asab otiga minishga majbur bo‘ladi. Qo‘pollikka "bilib-bilmasdan" yo‘l qo‘yganligi uchun ko‘p bora hakam uni maydondan chetlashtirgan. Garchi shunday bo‘lsa-da, Yevropada Luishning muxlislari Bekxemning muxlislaridan son jihatidan ham, sifat jihatidan ham qolishmaydi. Sabab nima? Chiroyli o‘yin ko‘rsatishgina emas, balki kerakli paytda sahnaga chiqa olish, kerakli so‘zni ayta olishdir. Figuda bu jihat yetarlicha. Uning ijrosidagi penaltilar, aylantirma uslubidagi jarima to‘plari, muhim uchrashuvlarda o‘zi urmasa-da, oldindagi hujumchilarga gol yasab berishi kabi nodir xususiyatlari Luishni faqat yevropalik futbol ishqibozlarigagina emas, balki butun dunyoga mashhur qilgan bo‘lsa, ne ajab.

"Millionlar o‘yini" muxlislari yaxshi bilishadi. Bir paytlar Figu va asli kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan Dekular o‘rtasida o‘zaro kelishmovchiliklar yuzaga kelgan edi. Chunki hozirgi kunda "Barselona"ning asosiy figuralaridan biri bo‘lgan o‘yinchi Braziliya terma jamoasining 3-tarkibiga ham kiritilmagach, Portugaliyadan boshpana izlab keladi. Bosh murabbiy Dekudek o‘yinchini o‘z jamoasida ko‘rishni xohlaydi, biroq jamoa sardori Figu bunga mutlaqo qarshi chiqadi. Shunday qilib, ustoz-shogird muhorabasi Dekuning Portugaliya fuqaroligini qabul qilishi bilan yakun topadi. Bu jarayonda Figu Dekuga xasad qilgan, deb tushunish to‘g‘ri emas, "tilla bola" shunchaki, Portugaliyani hamda uning milliy termasini chin dildan sevgani uchun oriyatsiz mehmon Dekudek mohir o‘yinchi bo‘lishidan qat'i nazar begonalarsiz ham o‘z jamoasining Braziliyadan kamchilik jihati yo‘q ekanligini ta'kidlab qo‘ymoqchi bo‘lgandi. Afsuski...     

U universal o‘yinchi hisoblanadi: goh yarim himoyachi vazifasini bajarsa, gohida sof hujumchi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning ajoyib tandemdoshlaridan biri Ronaldo jurnalistlarga intervyu bera turib, L.Figu faoliyat yuritayotgan klub yoki milliy terma jamoa g‘alaba qozonishi uchun u hatto darvozada turishga tayyorgarlik ko‘rib stadionga tushgan damlar ham uchrab turishligi to‘g‘risida hayratlanib gapirgan edi. Yana u haqida mahalliy mualliflardan biri "Figu faqat g‘alaba uchun tug‘ilgan" nomli kitob ham chop ettirgandi.

Rui Koshta va Figu juftligi hosil qilgan betakror tandemning barakali odimi 1991 yil FIFA tomonidan o‘tkazilgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Portugaliyaning porloq g‘alabasi bilan boshlandi. O‘shanda ular jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lishgandi.

Bundan tashqari, shu yilning o‘zida Yevropada o‘tkazilgan qit'a chempionatida ham bu tandem 16 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoalar orasida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, futbol sayyorasi fuqarolarini hayratga soldi.

Nomi bir yilning ichida mashhur bo‘lib qolgan Luishni uch yilgacha hech bir dongdor Yevropa klublari o‘z safiga qo‘shib olishga shoshilmadi. Kutilmaganda Italiyaning boshi berk ko‘chaga kirib qolayozgan "Yuventus"i 1995 yil "Sporting" tarkibida endigina mamlakat chempioni bo‘lgan Figuga nihoyat "sovchi" yo‘lladi. Omad bir kelsa, qo‘shilishib keladi, turinlik "oq-qoralar"ning savdosi pishib ulgurmay, "Parma"dan ham yaxshigina taklif tushib qoldi. Chayon burji ostida tug‘ilgan Luish Figu dunyoni yana bir bora karaxt qilib, har ikkala jamoada o‘ynashligi haqidagi antiqa shartnomaga imzo chekishiga bir bahya qolganda esa... ispaniyalik "qirol sher"lar italiyaliklarning barcha sa'y-harakatlarini yo‘qqa chiqardi - "tilla bola"ga faqat ulargina munosib xaridor ekanligini bildirib qo‘ydi. U - Ispaniyaning "Barselona"si edi! Kataloniyaliklarning sobiq bosh murabbiysi Yoxan Kriyuff (hozir uni Raykard boshqaradi) Figu bilan to‘rt yillik shartnomani imzoladi. Deku bilan boshlanib, Figu uchun nihoyasiga yetmay qolgan janjal Kataloniyada davom etishini Figu hech qachon tasavvur qilmagan bo‘lsa kerak o‘shanda... O‘zining nodir qobiliyati tufayli tez fursat ichida Luish katalonlarning eng sevimli, buning ustiga ishongan o‘yinchisiga aylandi. Luishning o‘yini ham nihoyatda ochildi, noyob qirralari shakllanib, shijoatu g‘ayrati cho‘qqiga ko‘tarildi. Katalon libosida 172 marotaba maydonga tushib, 30 ta gol urishga musharraf bo‘ldi. 1995 yilda esa UYeFAning Kubok egalari Kubogi turnirida g‘alaba qozondi. 1997/98 yilda "Copa del Rey"da shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, 1998 yilda Yevropa superkubogi egalaridan biriga aylandi. 1997-1998 yillarda La-liga chempioni tituliga sazovor bo‘ldi.

Ma'lumki, Ispaniyada futbol chinakam teatr tusini olgan, muxlislar esa tom ma'noda fanat maqomida harakat qilishadi. Buni hisobga olmaganmi, xullas, ajoyib kunlarning birida L.Figu "Barsa" bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishi to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiladi. Tan olish kerak, o‘sha damlar portugaliyalik charm to‘p ustasi "yulduzlik kasali"ga chalingandi. Buni o‘z vaqtida yaxshi anglab qolgan "qirollik klubi" bu safar kataloniyaliklarning ustidan oshkora kulgandek, eng asosiy o‘yinchisini o‘sha vaqtgacha rekord natija hisoblangan qiymat evaziga sotib oldi: 38,7 million funt-sterling! "Barsa"ni hamisha avjida oyog‘idan chalishga odatlangan madridliklar bosh murabbiysi V.Del Boske Luishni hatto mutlaqo xusumati bo‘lmagan "Tumanli albion" jamoasi "MYu"ga ham bermadi. Vaholanki, o‘sha yillarda "qizil iblislar" bosh murabbiysi Ser Aleks Fergyusson "tilla bola" bilan o‘zaro kelishib ko‘rishni orzu qilgandi.

Xullas, 2000 yildan boshlab Figu madridliklar tarkibida to‘p sura boshladi, bu albatta kataloniyaliklarning g‘ashini keltirardi. Bir vaqtlar u bilan faxrlanib yurgan muxlislari endilikda, oldingi qatorda turib olishib, unga ichki o‘yinlarda qo‘liga ilingan narsalarni uloqtira boshladi.

Mana shunday xunuk ko‘rinishlardan biri 2002 yil "Nou Kamp" stadionida, "Barsa" -

"Real-M." tarixiy to‘qnashuvida sodir bo‘ldi. O‘yin paytida hakam burchak to‘pi belgilaydi va uni odatdagidek Luish tepish uchun boradi, shu choq kutilmaganda tribunada o‘tirgan muxlislar orasida alamli qiyqiriqlar yangray boshlaydi, bu haqoratnamo so‘zlar Figuga tegishli ekanligini bechora sportchi boshi uzra cho‘chqaning kesilgan kallasi va bo‘sh viski butilkalari yog‘ilgandan keyin anglaydi. Bir necha soniyalik gipnoz holatidan so‘ng atrofiga nigoh tashlaydi, tutunga bulg‘angan tribunada unga qarata fanatlar jo‘r bo‘lishib bir so‘zni takrorlashardi: "pesetero!!!"(ma'nosi:isp. pulga o‘ch, yollanma askar).

"Qirollik klubi" tarkibida ham u qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi: 2001 yil FIFA tomonidan "Dunyoning eng yaxshi yil o‘yinchisi" deb topildi, 2001, 2003 yillarda Ispaniya chempioni, 2002 yilda YeChL g‘olibi, shu yili yana Qit'alararo Kubogi va Yevropa superkubogi sohibi bo‘ldi. 2004 yilda esa Yevropa chempionatiga Portugaliya mezbonlik qildi va qit'aning ikkinchi milliy terma jamoasi bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichning qayd etilishida, albatta L.Figuning yuksak ulushi bor.

"Los Merengues" nashri tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot Luishning barcha mamlakat chempionatlaridagi eng yaxshi jamoada o‘ynashi mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Chindan ham shundaymi?

Bu savolga 2005 yilning 5 avgustida Italiyaning A seriyasida yetakchi jamoa hisoblanuvchi "Inter" ijobiy javob berdi. "Neradzurralar" 32 yoshli o‘yinchini 6 million funt-sterling evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Shu kunga qadar "In-
ter"da o‘ynab ham aytarli ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Xususan, Italiya Kubogi sohibi (2006 y.), A seriya chempioni va Italiya superkubogi sohibi(2005, 2006 yy.) bo‘ldi.

Serqirra o‘yinchi Luish Figuning faoliyat yo‘li asosan mana shulardan iborat.

Xulosa o‘rnida so‘nggi mulohaza: to‘g‘ri, hayot futboldan iborat emas, umrning tashvishlari shu qadar ko‘pki, u futbolga sig‘maydi, lekin futbol shinavandalari uchun hayotni sevish futboldan boshlanadi.

 
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: FUDBOL YULDUZLARI HAYOTI
« Javob #14 : 26 Sentyabr 2007, 13:16:55 »
Yuventus»ning jurnalist yulduzi     
Sport - Sport yulduzlari 
Futbol olamida butun professional faoliyatini bitta klubda o‘tkazgan mashhur o‘yinchilar kam uchraydi. Bu toifadagi futbolchilar o‘z jamoalariga shu qadar sadoqatli bo‘lishadiki, ular uchun futbol va o‘z sevimli klublaridan boshqa hamma narsa (terma jamoa manfaati bundan mustasno), hatto pul ham ikkinchi darajali hisoblanadi
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

 

Ana xolos (futbol olamidan qiziqarli ma'lumotlar)

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 29540
So'nggi javob 30 Dekabr 2011, 14:11:54
muallifi UmmatiY_MuhammadiY
KOREYA: FUTBOL BO'YICHA "TINCHLIK KUBOGI"

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 2
Ko'rilgan: 6485
So'nggi javob 31 Yanvar 2007, 12:20:27
muallifi Shoxjahon12
JCH-2006 YULDUZLARI

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 5108
So'nggi javob 28 Iyul 2006, 12:07:39
muallifi Shoxjahon12
Futbol darsi

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 4942
So'nggi javob 16 Noyabr 2007, 17:28:18
muallifi Shoxjahon12
Futbol sharhlovchilari xato qilsa...

Muallif muxbirBo'lim Futbol

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 9154
So'nggi javob 18 Dekabr 2010, 12:36:20
muallifi UmmatiY_MuhammadiY