FUTBOL YULDUZLARI HAYOTI  ( 67791 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 12 B


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:41:18

 
Ota ishonchi va ona duosi bag‘ishlagan kuch
Sport majmuasi uni butunlay o‘zgartirib yubordi.
Uni zaldan olib chiqishning o‘zi mushkul vazifaga aylandi, Rivi muskullarini chiniqtirishda madori quriguncha davom etdi. Bolalikning quvonchli va alamli xotiralari, otasining so‘nggi so‘zlari, onasining duolari Rivaldoga madad berdi. Qis­qa vaqt ichida mashqlar samara bera boshladi. O‘yinning chiroyi ochildi, ketma-ket gollar kiritila boshlandi. Mashhur klub "œKorintians" rahbariyati vaqtinchalik tavakkalga qo‘l urmaslik uchun, uni 1993 yilda 250 ming dollar evaziga ijaraga olib turdi. Kunlar o‘tib kuchli, samarali va mohir o‘yinchiga aylana boshlagan Rivini yangi klubda yana yarim yilga qolishga ko‘ndirishdi. U 41 marta maydonga tushib 17 bor raqiblarini "œxafa qildi". Baxti chopib, milliy terma jamoaga ko‘rikka taklif qilindi. Rivaldoning oldingi klubi mutasaddilari ishonch bilan shunday deyishdi: "œRivaldo kerak bo‘lsa, avval 4 million to‘lab qo‘ying". "œKorintians", tabiiyki, taklifni rad etdi. Odatdagidek sahnaga chiqqan uning asosiy raqobatchisi "œPalmeyras" uzoq tortishuvlardan so‘ng Rivaldoni 2,4 million dollar evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘shanda Rivaldoning sevinchi yuragiga sig‘may: "œBu "œBarsa" Figuni qo‘lga kiritish uchun sarflagan puldan ko‘proq ma’noga ega!" degandi. Mazkur so‘zlar bolalikning achchiq xotiralari sari eltguvchi jarohatlarga sal bo‘lsa-da malham bo‘ldi, yurakdagi g‘uborlar tarqadi.
1994—1996 yilgi mavsumlarda 104 o‘yinda 53 ta gol urib, mamlakat birinchiligida klubining eng yuqori o‘rinni olishiga ulkan hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, 1994 yilda AQShda o‘tkazilgan navbatdagi jahon chempionatiga jalb etilgan tarkibda nima uchundir uning ismi yo‘q edi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:41:46

Rivaldo — Pele"
1996 yilda u Braziliyaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Futbolchining mashhurligi va mahorati yevropalik selektsionerlarning boshini aylantirib qo‘ydi. "œKavasaki"dek kompaniya homiylik qilgan "œParma" Rivini o‘ziniki qilib olishga shoshildi, italiyaliklarning bu boradagi asosiy raqibi La-Korunyaning "œDeportivo"si edi. Rivaldo ham turmush o‘rtog‘i bilan nafaqat Ronaldo, Romario, Bebeto kabi yulduz o‘yinchilar, balki oddiy va o‘rtamiyona futbolchilar to‘p surayotgan ko‘hna qit’aga yo‘l olish haqida orzulardi. Faqat u, onasi aytganidek, o‘z vaqtini kutdi. Qis­qa vaqt o‘tib, Atlanta shahri yozgi olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qildi. Bosh murabbiy Mario Zagalo terma jamoaga Romarioni olmay, uning o‘rniga Rivaldoni taklif etdi. Muxlislarning bu harakatdan qoniqmaganini eshitgan Zagalo shunday degandi: "œRivaldo — Pele. Kim buni ko‘rmayotgan ekan, demak, uning ko‘zlari ojiz". Murabbiyning mazkur xatti-harakati Rivaldoning ahvoliga maymunlar yig‘lashiga sabab bo‘ldi. Yarim finalga chiqqan "œsariq devlar" nigeriyaliklarga Rivaldoning xatosi tufayli imkoniyatni boy berdi. Gazetalar va televidenie unga tanqid va malomat toshlarini yog‘dirishdi. Xardim Paulistda esa bechora ona va qarindoshlar bir necha kun haqoratlarni eshitmaslik uchun eshikdan tashqariga chiqishmadi. Braziliyada mana shunaqa. Xullas, kenjatoy ketishning eng qulay imkoniyati paydo bo‘lganini sezib, undan foydalandi. Bebetoning taklifiga ko‘ra, Rivaldo 1996 yilda Ispaniyaning "œDeportivo"sini tanladi. Bir yilda 41 matchda ishtirok etib, 21 gol kiritdi. Dast­labki mavsumdagi omadsizlikka qaramasdan, u o‘zining juda ham baxtli ekanini yashirmadi. Klub rahbariyati bilan aloqalar boshqalardan farq­li o‘laroq ijobiy edi. "œBarselona"ga uni 16,5 million funt-sterling evaziga yulduz sifatida taklif etishdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:42:40

Qoyaning qulashi
Ayni cho‘qqidan qulash ham aynan shu yilga to‘g‘ri keldi.
Zamon va makon odam ongu shuurida turli o‘zgartirishlar qilishi tabiiy. Rivaldo ham Yevropaga kelib ayyorlik, aktyorlikni o‘rgandi va bu keyinchalik uning parvozi nihoyasini tezlashtirib yubordi. 2002 yilda Yaponiya va Janubiy Koreya maydonlarida o‘tkazilgan jahon chempionatida Braziliyaning Turkiyaga qarshi o‘tkazgan matchi bu borada kulminatsiya bo‘ldi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida turk himoyachisi Hoqon Unsalning burchak sari tepib yuborgan to‘pi Rivaldoning soniga tekkan bir paytda, u qo‘llari bilan yuzini changallagancha, chim ustiga yiqilgan va bu keyinchalik ko‘p munozaralarga sabab bo‘lgandi. Videotasvirlar qayta ko‘rib chiqilgach, Rivaldoga ayyorligi uchun FIFA intizom qo‘mitasi 10 ming shveytsariya franki (6900 dollar) miqdorida jarima soldi. Munosabatlar ham asosan qahramonimizning zarariga ishladi. Ispan futbolchisi Ivan Elgera o‘sha paytda Rivaldoning bu qilig‘ini kechirib bo‘lmasligini aytgan, germaniyalik afsonaviy charm to‘p ustasi Frants Bekkenbauer esa futbol olamiga bunday sahnaviy ko‘rinishlar yarashmasligini ta’kidlagandi. Muxlislar afsusda edilar. Shundan so‘ng Rivaldodan omad yuz o‘girdi, deyish mumkin. Avvaliga Kataloniyani tark etib, Milanga yo‘l oldi. Keyin terma jamoa libosida 74 marta maydonga tushib, 34 ta gol kiritgan Rivi "œsariq devlar" tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. Italiyaning "œMilan" jamoasi tarkibida zahirada o‘tiraverib charchadi, lekin Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Apennindan Vataniga qaytib, Bela Gorizontening "œKruzeyro"si safiga kelib qo‘shildi — 11 o‘yin, 2 gol. 2004 yilda yana ko‘hna qit’aga qaytib, Yunonistonning "œOlimpiakos" klubi a’zosiga aylandi va uni grek fanatlari favqulodda xursandchilik bilan kutib olishdi. Bu yerda u 2006 yil nihoyasigacha 46 o‘yinda raqiblar darvozasini 26 marta ishg‘ol qilishga erishdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:43:13

Zargar-futbolchi
Braziliyaning bir karra (1994 yil), Ispaniyaning ikki karra (1998 va 1999 yil), Gretsiyaning ikki karra chempioni (2005 va 2006 yil) va ikki karra mahalliy kubok egasi (2005 va 2006 yil), Italiyaning bir karra kubok sohibi (2003 yil), JCh—2002 va YeChL—2003ning oltin medallari ko‘ksida porlagan, shuningdek, terma jamoa tarkibida Amerika kubogini baland ko‘targan Rivaldoning muvafaqqiyat va omadsizliklari faqat shulardangina iborat emas. Sababi — Pele tomonidan dunyoning eng mashhur 125 futbolchisi safiga qo‘shilgan Rivaldo hali-hanuz charm to‘p bilan zargarona muomalada, demakki, futbol afsonalaridan biri hali ham yashil maydon, ishqiboz bilan hamnafas. Shuning uchun ham uni muxlislar oqu qorasi, fazilati va kamchiligi bilan yaxshi ko‘rishadi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:44:32

BEKXEM YEVROPADA QOLMAYDI
25.01.2007 17:41
Angliya futbol terma jamoasining sobiq sardori Devid Bekxem "œReyters"ga bergan intervyusida keyingi mavsumdan boshlab o‘z faoliyatini AQSh chempionati vakili "œLos-Anjeles Galaksi" ja­moasida davom ettirishini bildirib o‘tdi.
"œYaqinda "œReal" rahbariyati menga klub bilan tuzgan shartnomamni uzaytirishini taklif qildi. Mazkur taklifni oilam va advokat bilan maslahatlashgandan so‘ng, yevroklublarda to‘p surmaslikka qaror qildim. Bundan "œqirollik jamoasi" ham mustasno emas. 2007 yil avgustidan boshlab "œLos-Anjeles Galaksi" bilan tuzajak 5 yillik shartnoma kuchga kiradi", — deydi u.
"œBlumberg" AAning ta’kidlashicha, okean orti futbol ligasining eng mashhur futbolchisi bo‘lishi kutilayotgan Bekxem besh yil mobaynida 200 mln. dollar ishlash imkoniga ega bo‘ladi.
Esingizda bo‘lsa, 31 yoshli ingliz pleymekeri Fabio Kapello Madridga kelgach, asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan edi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:45:15

REKORDGA OZ QOLDI
25.12.2006 17:57 / 99 marta o`qilgan
«Dinamo» (Kiev) safida muvaffaqiyatli o‘yinlar namoyish etib kelayotgan hamyurtimiz Maksim Shatskix yaqinda urgan goli bilan klub doirasidagi rekord bilan tenglashdi. Gap shundaki, M.Shatskix Ukraina kubogining 1/4 final bahsida «Dnepr» darvozasini ishg‘ol etib, kubok o‘yinlaridagi gollari sonini 19 taga yetkazib, «Dinamo»ning Ukraina kubogi bahslarida eng ko‘p gol urgan o‘yinchisi Rebrov bilan tenglashib oldi.
to`liq

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:45:59

SPORT SAHNASIDA
14.12.2006 16:54
SHEVCHENKONI TEKINGA BERISHMOQCHI
Italiyaning "œMilan" klubi sobiq o‘yinchisi, ukrainalik forvard Andrey Shevchenkoni "œChelsi"dan tekinga ijaraga olishni mo‘ljallayapti. Milan shahrining futbol jamoasi prezidenti Silvio Berluskoni ham sevimli o‘yinchisini bir yil davomida "œSan-Siro"da ko‘rishi mumkinligidan baxtiyor ekanligini yashirmadi.
Bunday gap-so‘zlar "œaristokratlar"ning bosh murabbiysi Joze Mourinoning Andreyning o‘yinlaridan qoniqmayotganini aytgandan so‘ng paydo bo‘lgandi.
Agar Sheva Apenninga yo‘l olsa, faqat "œA" seriyada ishtirok etishiga to‘g‘ri keladi, chunki u Yevropa Chempionlar ligasi doirasidagi o‘yinlarda "œChelsi" tarkibida to‘p surib ulgurgan, deb yozadi "œGazzetta dello Sport".
37 YILLIK TANAFFUS
Shvetsiya Sport qo‘mitasi boks janglarini mamlakat hududida o‘tkazmaslik to‘g‘risida 1970 yilda qabul qilingan qonunga o‘zgartirish kiritdi. Endi 2007 yil 1 yanvardan boshlab Skandinaviyaning mazkur davlatida olti raundli janglarni tashkil etishga ruxsat beriladi va muxlis shvedlar boksning  yurtga qaytishini bayram qilib nishonlashga ham ulgurishdi.
Dastlabki jang yangi yilning birinchi oyida Geteborg shahrida WBO yo‘nalishining sobiq chempioni Arman Krajnk va Asao Sandell o‘rtasida o‘tkaziladi.
Futbolchi O‘yin vaQtida vafot etdi
"œMatonense"(San-Paulu shtatining 4-divizion vakili) klubi a’zosi braziliyalik Aleks Sandro de Sauza Perera o‘rtoqlik uchrashuvlarining birida maydonda yurak xuruji tufayli vafot etdi. Qolgan ishtirokchilar Sauzaga birinchi yordamni ko‘rsatdilar, ammo barcha harakatlar muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Voqea yakshanba kuni Rio de Janeyrodan 600 km. uzoqlikdagi Avare shaharchasida yuz berdi. Bemorni mahalliy shifoxonalardan biriga olib borishning foydasi bo‘lmadi. AP ma’lumotiga qaraganda, Aleks ilgari havaskor komanda tarkibida to‘p surgan ekan.
Endi braziliyalik futbolchilar hayotida avval ham sodir bo‘lgan noxush voqealarga bir nazar solsak.
2004 yil oliy liga jamoasi "San Kaetano" himoyachisi Serjino ham o‘yin vaqtida olamdan o‘tgan. Yil oxirlariga kelib "Botafoko" himoyachisi Maks mashg‘ulot vaqtida hayotdan ko‘z yumgan edi. 2005 yili shifokorlar "Goyassa" forvardi Gabrisio Karvaloning hayotini asrab qolish maqsadida uning ikki yil futbol bilan shug‘ullanishini ta’qiqlab qo‘ydilar.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:47:26

DIDAGA NIMA BO‘LDI?
14.12.2006 16:38
Italiyaning «Milan» jamoasi asosiy darvozaboni Dida ikki oyga safdan chiqdi. Bu xabar payshanba kuni braziliyalik golkiperning tibbiy ko‘rikdan o‘tganidan so‘ng ayon bo‘ldi. Tibbiy ko‘rik uning chap tizzasi shikastlanganini ko‘rsatdi.
Darvozabon bu jarohatni chempionlar ligasi doirasida Gretsiyaning AYeK jamoasiga qarshi o‘yinda orttirib oldi. Bu o‘yinda italiyaliklar kichik hisobda imkoniyatni boy berishdi. Shifokorlar Didaning sog‘ayish jarayoni 2-3 oygacha cho‘zilishi mumkinligini aytib o‘tishdi. Hozircha «Milan» darvozasini avstraliyalik Jelko Kalach qo‘riqlaydi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:48:12

GLEB YANA TENGSIZ
14.12.2006 16:39
UEFAning xabar berishicha, Belarus terma jamoasi va Angliyaning «Arsenal» jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Gleb Belarusning «Pressbol» sport nashri o‘tkazadigan an’anaviy so‘rovnomada mamlakatning tengsiz futbolchisi sifatida tan olindi. Bu Glebning so‘nggi 5 yildagi 4-muvaffaqiyati. So‘roqda Aleksandr Gleb 711 ball bilan 1-o‘rinni band etdi.
 Bundan oldin Belarus futboli tarixida faqat bir sportchigagina Gleb singari tez vaqtda muvaffaqiyat qozonish nasib etgan.  Sergey Gatsmonov 1983-85-87-89-yillarda tanho peshqadam bo‘lgan. 2006 yilgi so‘rovda Dnepropetrovskning «Dnepr» va milliy terma jamoa forvardi Sergey Kornilenko 422 ball bilan 2-bo‘ldi. 3-o‘rin sohibi esa, «Tom» vakili Aleksandr Kulchiy (200 ball) bo‘ldi. So‘rovda milliy va yoshlar terma jamoalari, oliy liga klublari murabbiylari hamda jamoa sardorlari, hakamlar, futbol mutaxassislari va jurnalistlardan tashqari 311 nafar ishqibozlar ham qatnashishdi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  30 Sentyabr 2007, 13:49:53

sport yangiliklari
21.09.2006 18:10
BIR TURDA IKKI SUPERO‘YIN
O‘tgan hafta dam olish kuni Angliya premer ligasining navbatdagi turida to‘rt gigant jamoa o‘zaro to‘qnash keldi — "œChelsi" "œStemford Brij" o‘yingohida "œLiverpul"ni qabul qilgan bo‘lsa, "œManchester Yunayted" "œOld-Trafford" stadionida "œArsenal"ni mehmon qildi. Har ikki matchda umumiy hisob durangni keltirib chiqardi — mezbonlar — mehmonlar — 1:1.
Sababi  Joze Mourino shogirdlari Petr Chexning mahorati va Kot d’ivuarlik hujumchi Dide Drogbaning 42-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga Rafael Benites murabbiylik qilayotgan jamoadan ustun kelishdi. Yana shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, "œaristokratlar"ning nemis legioneri Ballak 51-daqiqada raqib o‘yinchisi Muhammad Sissokoga ishlatgan qo‘polligi tufayli qizil kartochka olib, maydonni erta tark etdi.  Ikkinchi match ham shiddat va chiroy borasida birinchisidan qolishmadi. Farqli tomoni — unda mehmonlar g‘alaba qozonishdi. 5-turgacha ochko yo‘qotmay kelayotgan "œManchester Yunayted" bu safar "œArsenal"ni yenga olmadi. Uchrashuv taqdiri so‘nggi dekadada hal qilindi. 85 daqiqa mobaynida gol urishga intilgan togolik futbolchi Adebayor, nihoyat, o‘z niyatiga yetdi. Uning birgina zarbasi  "œkanonirlar"ga qimmatli ochkolarni keltirdi. Ayni paytda Angliya premer ligasida "œPortsmut" klubi karvonboshilik qilmoqda.

Qayd etilgan