Umumiy bo'lim > Futbol

FUTBOL YULDUZLARI HAYOTI

<< < (2/23) > >>

Muhammad Amin:
"Oltin to‘p"ning oltmish bo‘lagi

1997 yildan tabiatan cho‘rtkesar va samimiy Rivaldo "Nou Kamp" arenasida mezbon sifatida to‘p surishga kirishganida, gollandiyalik murabbiy - diktator bilan ko‘plab mojarolar keltirib chiqarishini xayoliga keltirmagan bo‘lsa kerak. Chunki Lui van Galga shogirdlaridan hech biri yurak betlab e'tiroz bildira olmasdi. Shundan bo‘lsa kerak, ma'lum muddat o‘tib, kutilmaganda murabbiydan o‘ziga birinchi raqamli futbolchi sifatida munosabatda bo‘lishini talab qilishi katta portlash edi. Sababi "Barsa"ning chempion bo‘lishida 24 gol muallifi Rivaldoning hissasi katta edi. "Tun qiroli" Romario turli mojarolarga aralashib qolgan, "reklama bolasi" Ronaldo esa pul va kinos'yomkalar haqida ko‘proq o‘ylay boshlagan, Jovanni restoranlardagi asosiy janjalkashlardan biriga aylangan bir paytda o‘ziga nisbatan muomalani o‘zgartirishni so‘rashga Rivaldoning to‘la haqqi bor edi. Chunki u yuqoridagi qusurlardan xoli, mash­g‘ulotlarga hammadan oldin kelar, raqs tushishni yoqtirmas, atrofiga tekinxo‘rlarni ham yig‘ib olmagan edi.

Ko‘p vaqt o‘tmay, u FIFAdan o‘zining "Oltin to‘pi"ni qabul qilib oldi va sovrinni tanish zargarga uzoq tortishib 60 bo‘lakka bo‘ldirdi. Har bir qism­ga ismlar yozilgan kumush parchalarni yopishtirib, parchalangan "Oltin to‘p"ni jamoadagilarga bo‘lib berdi. Uning fikricha, erishgan yutug‘ida jamoadoshlari, murabbiyi, shifokor, massajchi, jamoa kosibi, hatto kiyinish xonasidagi farroshning ham birdek hissalari bor ekan.

U boylikka juda ham mukkasidan ketmagan, balki uning asosiy maqsadlaridan biri Braziliyada o‘zining futbol maktabini ochish va moddiy jihatdan qiynalib qolgan oilalar farzandlarini o‘qitishdan iborat. Murabbiy bo‘lish orzusi umuman yo‘q. "Mening ishim menejment. Qachonlardir matematika fani jonu dilim edi", - deydi u.

 

Muhammad Amin:
Qolipga sig‘maydigan go‘zallik

Rivaldo uzoq davom etadigan taktik muhokamalarni ham yoqtirmaydi, bu uning usuli emas. "Men o‘yinchiman va maydondagi aniq vaziyatlarda qanday harakat qilishni tasavvur qila olishim kerak", - deydi u. Futbolchining charm to‘pni o‘ynatish borasida ko‘p narsaga qodirligini ko‘pchilik biladi. Uning boshqalardan ajralib turadigan jihati ham murabbiy tomonidan qat'iy tayyorlangan sxemani yaxshi tomonga "buzish­"ga harakat qilishdan iborat va bu ish ko‘pincha uddalanadi. O‘yinga o‘zining dunyoqarashidan kelib chiqib chiroy bag‘ishlaydi, yangi vaziyatlar yaratadi. U shu bilan ijod qiladi, hayajonlanadi, boshi osha butun tanasi bo‘ylab ana shu koptokni "sayr­"ga olib chiqadi. Biroq ayrim mutaxassislarning qarashicha, bugungi tijoriy futbolda Rivaldoga o‘xshagan eski firqalar uchun joy yo‘q. Birgina 2001 - 2002 yilgi mavsumdagi "Barselona" - "Valensiya" matchida "ko‘rshapalaklar" sardori Rubin Baraxaning dubliga Rivaldoning javoban yo‘llagan "xet-trik"i ana shu mutaxassislar doim ham to‘g‘ri so‘zlayvermasliklarini isbotlab qo‘ydi. Uchinchi gol 90-daqiqada "velosiped" yoki "qaychi" usulida chamasi 16-18 metrlardan darvozaga yo‘llangandi. O‘shanda u "Barsa"ni nafaqat Yevropa Chempionlar ligasi saralash bosqichiga olib chiqqandi, balki kuchli darvozabon Kanisaresni uch marta dog‘da qoldirib, o‘z gollari bilan futbol ko‘rsatuvlarini bezagani, hamon esimizda.

Shu bois, futbol solnomasiga Rivining nomi zarhal harflarda bitilgani haqiqat. 2002 yilgacha u "Barselona" tarkibida 157 o‘yinda maydonga tushib, 86 gol muallifiga aylandi.

 

Muhammad Amin:
Qoyaning qulashi

Ayni cho‘qqidan qulash ham aynan shu yilga to‘g‘ri keldi.

Zamon va makon odam ongu shuurida turli o‘zgartirishlar qilishi tabiiy. Rivaldo ham Yevropaga kelib ayyorlik, aktyorlikni o‘rgandi va bu keyinchalik uning parvozi nihoyasini tezlashtirib yubordi. 2002 yilda Yaponiya va Janubiy Koreya maydonlarida o‘tkazilgan jahon chempionatida Braziliyaning Turkiyaga qarshi o‘tkazgan matchi bu borada kulminatsiya bo‘ldi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida turk himoyachisi Hoqon Unsalning burchak sari tepib yuborgan to‘pi Rivaldoning soniga tekkan bir paytda, u qo‘llari bilan yuzini changallagancha, chim ustiga yiqilgan va bu keyinchalik ko‘p munozaralarga sabab bo‘lgandi. Videotasvirlar qayta ko‘rib chiqilgach, Rivaldoga ayyorligi uchun FIFA intizom qo‘mitasi 10 ming shveytsariya franki (6900 dollar) miqdorida jarima soldi. Munosabatlar ham asosan qahramonimizning zarariga ishladi. Ispan futbolchisi Ivan Elgera o‘sha paytda Rivaldoning bu qilig‘ini kechirib bo‘lmasligini aytgan, germaniyalik afsonaviy charm to‘p ustasi Frants Bekkenbauer esa futbol olamiga bunday sahnaviy ko‘rinishlar yarashmasligini ta'kidlagandi. Muxlislar afsusda edilar. Shundan so‘ng Rivaldodan omad yuz o‘girdi, deyish mumkin. Avvaliga Kataloniyani tark etib, Milanga yo‘l oldi. Keyin terma jamoa libosida 74 marta maydonga tushib, 34 ta gol kiritgan Rivi "sariq devlar" tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. Italiyaning "Milan" jamoasi tarkibida zahirada o‘tiraverib charchadi, lekin Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Apennindan Vataniga qaytib, Bela Gorizontening "Kruzeyro"si safiga kelib qo‘shildi - 11 o‘yin, 2 gol. 2004 yilda yana ko‘hna qit'aga qaytib, Yunonistonning "Olimpiakos" klubi a'zosiga aylandi va uni grek fanatlari favqulodda xursandchilik bilan kutib olishdi. Bu yerda u 2006 yil nihoyasigacha 46 o‘yinda raqiblar darvozasini 26 marta ishg‘ol qilishga erishdi.

 

Muhammad Amin:
Zargar-futbolchi

Braziliyaning bir karra (1994 yil), Ispaniyaning ikki karra (1998 va 1999 yil), Gretsiyaning ikki karra chempioni (2005 va 2006 yil) va ikki karra mahalliy kubok egasi (2005 va 2006 yil), Italiyaning bir karra kubok sohibi (2003 yil), JCh-2002 va YeChL-2003ning oltin medallari ko‘ksida porlagan, shuningdek, terma jamoa tarkibida Amerika kubogini baland ko‘targan Rivaldoning muvafaqqiyat va omadsizliklari faqat shulardangina iborat emas. Sababi - Pele tomonidan dunyoning eng mashhur 125 futbolchisi safiga qo‘shilgan Rivaldo hali-hanuz charm to‘p bilan zargarona muomalada, demakki, futbol afsonalaridan biri hali ham yashil maydon, ishqiboz bilan hamnafas. Shuning uchun ham uni muxlislar oqu qorasi, fazilati va kamchiligi bilan yaxshi ko‘rishadi.

Muhammad Amin:
Zayniddin Zidan: Go’zal lahzalarda aks etgan umr"¦     
Sport yulduzlari 
U maydonga tushib, to‘p tepgan chog‘da butun stadion uzra qiyqiriqlar jonlanardi,  ko‘pchilik uni ko‘rish uchungina, takrorlanmas fintlariyu original "œraqs"larini miriqib tomosha qilishni istagani tufayligina futbol ko‘rishga oshiqishardi. Frantsiyadami, Italiya «kolizey»laridami va yoxud Ispaniya "œteatr"larida o‘tkaziladigan dramatik uchrashuvlargami otlangan ishqibozlar yo‘lda so‘raganlarga «spektaklga ketayapmiz" — deya javob berishardi. Futbol va spektakl orasida qanday o‘zaro hamohanglik bor?! Nahot, tekis maydon ila dumaloq to‘p "œkadri" ortida oldindan tayyorlangan syujet mavjud bo‘lsa?! Yo‘q, unday emas! Futbol chindan ham spektakllar darajasidagi dilbarlikka erishdi Yevropada! Uning dunyo e’tirof etgan eng usta aktyori kechagina maydonning har qarichi uchun kurash olib borayotgandi...
Maydonlarda yangi kun boshlandi, biroq u Frantsiyada porlagan chinakam futbol afsungari Zayniddin Zidansiz boshlandi. Spektakllardan endi qandaydir fayz qochgandek, ma’no chekingandek! Endi jazoirlik mega-yulduzning muxlislari futbolga ketayotganliklarini shunchaki, "œfutbolga ketayapmiz" —  deb bildirayotgan bo‘lsa, ajab emas. Qarang, kunlarning tez o‘tayotganini: bugun Zidandek shaxs o‘yini haqida "œhozirgi zamon fe’li"da gapirishning sira ham iloji yo‘q, chunki u futbolni tark etdi.

 

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version