FUTBOL YULDUZLARI HAYOTI  ( 67738 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 12 B


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:13:44

BIRINCHI TAYM:
Ot o‘rnini toy bosar...


Futbol atalmish xilqat qa’rida qo‘pol hodisotlar, ko‘ngilsizliklarning izg‘ib yurishini kim ham xayoliga keltiribdi, deysiz?! Axir shuhrat bor joyda hamisha hasadning badbo‘yi kezib yuradi... Chindan ham bugun futbol dunyo uzra globallashuv jarayonini o‘tab bormoqda, uning o‘zga sport turlarini takrorlamaydigan noyob xarakterlari tug‘ilishi bilanoq butun jahonni zabt etmoqda.
Xo‘sh, futbolning shu qadar ommalashib ketishiga kim, nima, qanday voqea-hodisalar sabab?! Uning sabablari kabi sababchilari ham bir talay. Zayniddin Zidan ana shularning biridir.
Buyuk futbolchi faoliyati davomida raqiblarning undan foydalanishlari ko‘p marotaba uchragan. Mishel Platinidan so‘ng deyarli ta’tilga chiqqan Frantsiya futbolini Zidanning chinakamiga qayta jonlantirishini o‘sha davrda kimlardir angladi, ayrimlar shunchaki qo‘l siltabgina qo‘yishgandi. Ular Frantsiyada Platini bir marta tug‘iladi, deb yurishardi. Ammo Misheldan ham o‘tib ketishga qodir Zayniddinning paydo bo‘lishini ular kutishmagandi.
1998 yili bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida frantsuzlar oltin kubokning peshonasidan o‘pgandagina butun yevropaliklar Frantsiya bundan buyon Zidandan iboratligini bilib qolishdi. Zidan degani hatto Braziliyadek «sariq devlar»ga  ega terma jamoani ham karaxtlik ko‘chasiga haydaganida esa dunyodagi «katta futbolchi»lar tizzalariga tayanib qolishdi.
Bu o‘xshashi yo‘q charm to‘p ustasining tan olinishidan alomat edi.
Siyosiy arenada go‘yo orasidan qil o‘tmas do‘stlardek tuyuladigan Yevropa davlatlari garchi ikkinchi jahon urushidan so‘ng «aka-uka» bo‘lib ketishgan esa-da, jang tugamagandi, balki u pinhoniy tarzda futbol maydonlariga ko‘chgandi. Endilikda kurashni harbiy qurollar bilan jihozlangan askarlar emas, birgina to‘p bilan g‘alabani hal qilishga qodir «futbol askarlari» rivojlantirardi. Shu bois 1997 yili Frantsiyada tinchgina o‘ynab yurgan jazoirlik futbolchini 2006 yilda Italiyaning «A» seriyasidan diskvalifikatsiya qilingan «Yuventus» jamoasi sotib oldi. Bu tashqi tomondan oddiy xariddek ko‘rinsa-da, aslida undan o‘zga maqsadlar ko‘zlanilgandi. Bu g‘ayri maqsad Angliya, Germaniya, Italiya va Ispaniya oliy ligalarida shu qadar ommalashib ketgandiki, uni ayrim yevropalik mutaxassislar «futbol mafkurasi» deb ham atay boshlashdi. Xuddi shu mafkura Italiyaga 2006 yili yozda Germaniya yashil maydonlarida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha o‘n sakkizinchi jahon chempionatida juda qo‘l kelib qoldi.
Bu "œbuzoq mamlakati" vakillarini chempion qildi!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:14:17

TANAFFUS:
Jazoirni yig‘latgan quvonch...


Futbol sayyorasining tirik afsonasi 1972 yil 23 iyunda Frantsiyaning asosan ko‘proq 1, 2-jahon urushlari davridagi migratsiya va boshqa turli sabablar bilan Sharqiy Afrika mamlakatlaridan ko‘chib kelgan muhojirlar istiqomat qiluvchi hududi — Marsel shahrida tug‘ildi. Bolaligidanoq futbolga mehr qo‘ygan bolaning shuurida olamga tatigulik orzular kurtagi ko‘z yorganda, fikrlar teranlashib, ko‘cha futbolidan ancha mahorat to‘plangandi ham. Biroq bu saviya bilan ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmasligini chuqur his etgan jazoirlik "œfrantsuz" Marseldagi bolalar sport-klubiga qatnay boshladi. U bir vaqtning o‘zida ikki klubda tahsil oldi: «YuS Sent-Anri» va «Septem-le-Vallon» deb nomlanardi jamoalar. Zidan ko‘p o‘tmasdan shahar markazi Eks-an-Provansda «balo-g‘at»ga yo‘llanma olish uchun tanlovda qatnashdi va bir ovoz bilan o‘sha davrlarning o‘rtamiyona klublaridan biri «Kann»ga qabul qilindi. Bu voqea sodir bo‘lganda u 14 yoshga to‘lib ulgurmagandi: 1986 yil 20 may. Klub u qadar shuhratga ega bo‘lmasa-da, Zayniddin Zidan undan futbol olamida qanday yashash kerakligini o‘rgandi.
Zidanga ilk shuhratni keltirgan gol 1991 yil 8 fevral kuni "œNant" jamoasi darvozasiga urilgan to‘p bo‘ldi. 1992 yil "œBordo" Zidanning o‘yinlariga qiziqib qoldi va uni zudlik bilan o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Yosh futbolchi uchun bu yuksalish faslining ibtidosi edi. So‘ngra Zidanning xaridorlari haqli ravishda ko‘paya boshladi, boisi 1998 yilgi jasorat! Bu voqelikdan bir yil oldin "œYuventus" Zidanni katta miqdordagi mablag‘ hisobiga "œo‘ziniki" qilib olgandi.
Lekin futbolchining Ispaniyada chop etiluvchi "œXala Madrid" jurnaliga bergan intervyusida Turinning eng go‘zal go‘shalarida ajoyib uyi bo‘lgan esa-da, o‘zini doimo begonadek his qilib yashagani yozilgan. Buning sababi nima edi?
Italiyalik futbol ixlosmandlari Zidanni yoqtirishmasdi. Ular umuman kelgindilarni yomon ko‘rishadi, o‘z futbolchilaridan har qachon past o‘ringa qo‘yib kelishgan. Formasining raqami — 10, ampluasi — yarim himoyachi bo‘lgan Zidan "œYuve"ni tark etib, 2001 yili "œReal"ni yoqlaganda, sobiq jamoasining sobiq prezidenti Janpero Boniperti shunday degandi: "œUni biz — Turin ahli hech qachon xush ko‘rmaganmiz, lekin pinhona bo‘lsa-da, hamisha uning tengsiz mahorati qoshida ojiz qolaverardik". 2000/01 yilgi Italiya "œA" seriyasida "œYilning eng yaxshi legioneri" nominatsiyasi berilgani ham qaysidir ma’noda Zayniddinning tan olingani bilan barobar emasmi!
Zidanning futbolchilik faoliyati samarasiz ketmadi: 1 marotabadan La Liga, Yevropa Kubogi, Italiya superkubogi, Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2 martadan Qit’alararo Kubok, Yevropa superkubogi, Italiya chempionligini haqli ravishda o‘ziniki qilishga erishdi. Bundan tashqari, 1998, 2000, 2003 yillarda FIFA tomonidan "œYilning eng yaxshi o‘yinchisi" deb e’tirof etildi. 1998 yil unga dunyoviy musobaqada ko‘rsatgan betakror o‘yini va 2000 yil Yevropa chempionatidagi driblinglari evaziga 2 marotaba nufuzli "œOltin to‘p" ham topshirildi. 2004 yilning may oyida UYeFA tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomaga asoslanib, Zayniddin Yevropaning so‘nggi 50 yillikdagi eng yaxshi o‘yinchisi, deb tan olindi. 18-jahon chempionatidagi shijoati va g‘ayrati inobatga olinib, u «Chempionatning eng yaxshi o‘yinchisi» nominatsiyasiga loyiq ko‘rildi.
Umuman, Zidan butun faoliyati davomida faqat muvaffaqiyatga erishgan desak, u qadar to‘g‘ri bo‘lmaydi, sababi u "œxayrlashuv"iga qadar 13 bora hakamlarning qizil kartochkalari bilan "œsiylanish"ga ham ulgurgan.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:15:00

IKKINCHI TAYM:
Zayniddin Zidan va Italiya uchrashuvi...


Buni shu kunga qadar hech bir OAV to‘g‘ri yoritib,  to‘g‘rirog‘i, sharhlab berolmadi. U Zidan va Italiya termasi a’zosi — himoyachi Marko Materatstsi o‘rtasida jahon chempionati finalida bo‘lib o‘tgan "œbosh va ko‘krak dueli" (110-daqiqa)ni  tavsiflaydi. Futbol olamidagi oddiy muxlis sifatida nega bu xunuk voqea ro‘y bergani haqida hech o‘ylab ko‘rdingizmi?! Ehtimol ko‘nglingizda Materatstsiga nisbatan nafrat ham ko‘z ochgandir. Lekin bechora himoyachini ayblashga shoshilmay turing... asl aybdorlar boshqalar!
Bu tadbirda juda katta ma’no bor. Futbol qanchalik mukammallashib borgani sari uning sarhadlarida firibgarlik,
pastkashlik yashirin tarzda oyoqqa turar ekan. Bu bir tomondan fojeaga ham yetaklashi, bir tomondan esa futboldagi raqobatni kuchaytirishi mumkin. Lekin Italiyaning "œfinalda tug‘ilib qolgan antiqa hiyla"si ko‘pchilik futbol muxlislariga ayon bo‘lmasa-da, g‘azablanishlariga sabab bo‘ldi.
Italiyaliklar, ma’lumki, millatparvar xalq hisoblanishadi, ulardagi vatanga bo‘lgan muhabbatni tasvirlash qiyin. Yo‘q, ular vatanni so‘zda yoki ko‘zda sevishmaydi, o‘zlari bilib-bilmay sevishadi, ardoqlashadi. Bu Marchello Lippiga qo‘l ostidagi Del Pero, Kannavaro, Totti, Buffon singari dunyoviy yulduzlarni bitta jamoaga birlashtirishda foyda berdi. Ular maydonda, haqiqatan ham, bir tanu bir jon bo‘lib o‘ynashdi.
Buning mutlaqo aksi: Frantsiya terma jamoasidan ichki ahillik, jipslikni kutish qiyin edi. Sababi sodda: misol uchun Zidanning vatani Frantsiya emas — Afrikaning shimolidagi Jazoir mamlakatidir. Demakki, qolgan o‘yinchilarning ham ko‘pchiligi frantsiyalik emas, ehtiyoj sababli ushbu mamlakat fuqaroligini qabul qilishgan, xolos. Bu— birinchi mag‘lubiyat edi. Ammo shu ahvolida ham faranglar chempion bo‘lishlari muqarrar ekanligini italiyaliklar juda yaxshi bilishardi (axir frantsuzlar kimsan, Braziliyani dog‘da qoldirishdi!). Shunday ekan, ularni qanday bo‘lmasin, to‘xtatib qolish choralarini, yo‘llarini topish kerak edi.
O‘ylab-o‘ylab, oxir nozik tomon topildi!
Italiyaliklar yangi futbolning yangi hiylasini shu tariqa sahnalashtirishga kirishdi. Uning asosiy rol ijrochisi sifatida biroz asabiyroq bo‘lgani uchun sho‘rlik Materatstsi munosib topildi. Lippi tomonidan unga maydonda futbol o‘ynashdan ham ko‘ra ko‘proq Frantsiya jamoasi "œyuragi" Zayniddinning asabiga "œo‘ynab", biror jiddiy mojaro chiqarish buyurilgandi. Materatstsidan buni kutsa bo‘lardi, u ishonchni vaqtida oqladi. Kutilmaganda Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Teri Anridek strategik taktikaga ega o‘yinchisini almashtirishga ahd qildi. Bu sinchkov muxlis dilida allaqanday shubha-gumon uyg‘otgan bo‘lishi ham g‘alati emas. "œArsenal"chi maydonni tark etdi deguncha, Materatstsi vatan uchun o‘z missiyasini amalga oshirishga kirishdi. Axir o‘yinda Zidanni qo‘riqlash ham unga topshirilgandi. Bu bekorga emas. Zidanning asabiga tegish qiyin ish emas. Uning ustiga, Materatstsidek "œbolakay"dan haqorat tinglash Zidanni qalqitmasdan qolmasdi. Shunday ham bo‘ldi.
Yo‘l-yo‘lakay qilingan xiraliklardan charchagan Zidan Materatstsining so‘nggi haqoratlariga chiday olmadi va butun dunyo uni kuzatib turganini unutdi. "œInter" klubi o‘yinchisini qo‘l-oyoq ishlatmay(bosh bilan, xuddi xo‘rozlardek, e’tibor bering, Frantsiya terma jamoasi libosida ham xo‘rozning rasmi bor), poyiga to‘shalishiga majbur etdi. Xuddi shu narsani 110 daqiqa kutgan "œqahramon" yerda ancha vaqt chayqalib-chayqalib, to‘lg‘ona boshladi. Uni ko‘rgan hakam Zidanning dunyoviy nufuzi bilan qiziqib ham o‘tirmadi — o‘zicha tartibga qat’iyan rioya qiluvchi harbiy kabi qizil kartochka ko‘rsatib yubordi. Shuning o‘ziyoq Italiya deyarli chempion, deganini bildirardi. Kim biladi deysiz, ehtimol, o‘sha hakam hamon nima qilib qo‘yganini bilolmay karaxt yurgandir yoki Italiyadan "œsuyunchi"sini olgandir?!
Italiya shu taxlit to‘rtinchi bor jahon chempioni bo‘ldi. Lekin o‘sha kuni Italiyaning finalga munosib o‘ynaganini ham e’tirof etish kerak. Lotoreya bahslarida omad doim ham kuchlilarga emas, omadlilarga kulib boqishi esa ko‘pdan ma’lum. Bundan tashqari, Italiya terma jamoasi penaltilarni amalga oshirishda professional hisoblanadi, hech bo‘lmaganda ularning darvozaboni — Buffon shu nomni oqlaydi.
Xulosa shuki, Pele, Maradona, Gullit, Marko van Basten, Mishel Platini nomi eslanganda, Zidan ham, albatta, qayd etiladi.
Yo‘q, Zayniddinni eslash uchun ushbu futbolchilarni eslash ham shart emas, futbolni yodga olishning o‘zi kifoya qiladi. Usiz futbol mukammal emas, go‘yo!
O‘yin hali tugagani yo‘q!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:15:49

Tilla bola haqida ertak     
Sport - Sport yulduzlari 
Asl ismi Luish Filipe Madiera Kaiero Figu deb ataluvchi futbol yulduzi 1972 yil 4 noyabr kuni Piriney yarim orolida joylashgan Portugaliya davlati poytaxti ko‘hna Lissabon shahrida tavallud topdi. Uning bolaligi haqida go‘yo o‘sha - bolaligi kechgan yillarning o‘zi so‘zlayotgandek.

Figu maktabga borib yurgan kezlari Portugaliyada futbol u darajada rivojlanmagan, milliy terma jamoa aytarli natijalarni qo‘lga kiritmagan edi. Garchi jahonning bir necha bor chempioni Braziliyadek davlatga bir zamonlar asos solib qo‘ygan bo‘lsa ham Luishning ota-bobolari futbolda oqsashardi. Ehtimol, bu holatni Figu bolaligida anglab yetmagandir, ammo bir narsa aniq edi - u xuddi Pelega o‘xshab mittigina to‘pning ortidan olamga tanilishni juda-juda istardi. Mana shuning o‘ziyoq kunlar kelib, portugaliyaliklarning ko‘chasida bayram bo‘lishi haqida sezilar-sezilmas ogohlantirardi.

Luish Figu ilk faoliyatini mamlakatning kichik-kichik klublarida boshladi. U ba'zi futbolchilar singari bir "sakrash"da "Barselona"da yoki "Real"da  to‘p surib qolmadi. O‘zi ko‘p bora ta'kidlaganidek, ko‘zga ko‘rinmas yutuqlardan to ulkan muvaffaqiyatlargacha, hammasiga faqat mashaqqatli mehnati evaziga erishdi.

Agar iste'dod chindan ham mavjud bo‘lsa, u, albatta, o‘zini namayon etadi. Luish o‘z sa'y-harakatlari bois, 1991 yil, 19 yoshida professional futbol olamiga kirib keldi. Uni birinchi bo‘lib qarshi olgan va buyuk kelajagiga ishonch bildirgan jamoa Figuning ko‘ksida hamon lovullab turadi: u "Sporting" klubidir.

U bu jamoaga jalb etilganda, bir qator iqtidorli portugaliyalik futbolchilar nomi sekin-sekin porlayotgan edi. Shulardan biri Figuning avvaliga qadrdon do‘sti, keyinchalik maydondagi "birinchi raqamli" raqibiga aylangan Rui Koshtadir.

Luishda haqiqiy portugal qoni bor: u bosiq ko‘rinsa-da, o‘ta jizzaki, lekin o‘yin vaqtida kamdan-kam holatlarda asab otiga minishga majbur bo‘ladi. Qo‘pollikka "bilib-bilmasdan" yo‘l qo‘yganligi uchun ko‘p bora hakam uni maydondan chetlashtirgan. Garchi shunday bo‘lsa-da, Yevropada Luishning muxlislari Bekxemning muxlislaridan son jihatidan ham, sifat jihatidan ham qolishmaydi. Sabab nima? Chiroyli o‘yin ko‘rsatishgina emas, balki kerakli paytda sahnaga chiqa olish, kerakli so‘zni ayta olishdir. Figuda bu jihat yetarlicha. Uning ijrosidagi penaltilar, aylantirma uslubidagi jarima to‘plari, muhim uchrashuvlarda o‘zi urmasa-da, oldindagi hujumchilarga gol yasab berishi kabi nodir xususiyatlari Luishni faqat yevropalik futbol ishqibozlarigagina emas, balki butun dunyoga mashhur qilgan bo‘lsa, ne ajab.

"Millionlar o‘yini" muxlislari yaxshi bilishadi. Bir paytlar Figu va asli kelib chiqishi braziliyalik bo‘lgan Dekular o‘rtasida o‘zaro kelishmovchiliklar yuzaga kelgan edi. Chunki hozirgi kunda "Barselona"ning asosiy figuralaridan biri bo‘lgan o‘yinchi Braziliya terma jamoasining 3-tarkibiga ham kiritilmagach, Portugaliyadan boshpana izlab keladi. Bosh murabbiy Dekudek o‘yinchini o‘z jamoasida ko‘rishni xohlaydi, biroq jamoa sardori Figu bunga mutlaqo qarshi chiqadi. Shunday qilib, ustoz-shogird muhorabasi Dekuning Portugaliya fuqaroligini qabul qilishi bilan yakun topadi. Bu jarayonda Figu Dekuga xasad qilgan, deb tushunish to‘g‘ri emas, "tilla bola" shunchaki, Portugaliyani hamda uning milliy termasini chin dildan sevgani uchun oriyatsiz mehmon Dekudek mohir o‘yinchi bo‘lishidan qat'i nazar begonalarsiz ham o‘z jamoasining Braziliyadan kamchilik jihati yo‘q ekanligini ta'kidlab qo‘ymoqchi bo‘lgandi. Afsuski...     

U universal o‘yinchi hisoblanadi: goh yarim himoyachi vazifasini bajarsa, gohida sof hujumchi sifatida namoyon bo‘ladi. Uning ajoyib tandemdoshlaridan biri Ronaldo jurnalistlarga intervyu bera turib, L.Figu faoliyat yuritayotgan klub yoki milliy terma jamoa g‘alaba qozonishi uchun u hatto darvozada turishga tayyorgarlik ko‘rib stadionga tushgan damlar ham uchrab turishligi to‘g‘risida hayratlanib gapirgan edi. Yana u haqida mahalliy mualliflardan biri "Figu faqat g‘alaba uchun tug‘ilgan" nomli kitob ham chop ettirgandi.

Rui Koshta va Figu juftligi hosil qilgan betakror tandemning barakali odimi 1991 yil FIFA tomonidan o‘tkazilgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida Portugaliyaning porloq g‘alabasi bilan boshlandi. O‘shanda ular jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lishgandi.

Bundan tashqari, shu yilning o‘zida Yevropada o‘tkazilgan qit'a chempionatida ham bu tandem 16 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoalar orasida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritib, futbol sayyorasi fuqarolarini hayratga soldi.

Nomi bir yilning ichida mashhur bo‘lib qolgan Luishni uch yilgacha hech bir dongdor Yevropa klublari o‘z safiga qo‘shib olishga shoshilmadi. Kutilmaganda Italiyaning boshi berk ko‘chaga kirib qolayozgan "Yuventus"i 1995 yil "Sporting" tarkibida endigina mamlakat chempioni bo‘lgan Figuga nihoyat "sovchi" yo‘lladi. Omad bir kelsa, qo‘shilishib keladi, turinlik "oq-qoralar"ning savdosi pishib ulgurmay, "Parma"dan ham yaxshigina taklif tushib qoldi. Chayon burji ostida tug‘ilgan Luish Figu dunyoni yana bir bora karaxt qilib, har ikkala jamoada o‘ynashligi haqidagi antiqa shartnomaga imzo chekishiga bir bahya qolganda esa... ispaniyalik "qirol sher"lar italiyaliklarning barcha sa'y-harakatlarini yo‘qqa chiqardi - "tilla bola"ga faqat ulargina munosib xaridor ekanligini bildirib qo‘ydi. U - Ispaniyaning "Barselona"si edi! Kataloniyaliklarning sobiq bosh murabbiysi Yoxan Kriyuff (hozir uni Raykard boshqaradi) Figu bilan to‘rt yillik shartnomani imzoladi. Deku bilan boshlanib, Figu uchun nihoyasiga yetmay qolgan janjal Kataloniyada davom etishini Figu hech qachon tasavvur qilmagan bo‘lsa kerak o‘shanda... O‘zining nodir qobiliyati tufayli tez fursat ichida Luish katalonlarning eng sevimli, buning ustiga ishongan o‘yinchisiga aylandi. Luishning o‘yini ham nihoyatda ochildi, noyob qirralari shakllanib, shijoatu g‘ayrati cho‘qqiga ko‘tarildi. Katalon libosida 172 marotaba maydonga tushib, 30 ta gol urishga musharraf bo‘ldi. 1995 yilda esa UYeFAning Kubok egalari Kubogi turnirida g‘alaba qozondi. 1997/98 yilda "Copa del Rey"da shohsupaga ko‘tarilgan bo‘lsa, 1998 yilda Yevropa superkubogi egalaridan biriga aylandi. 1997-1998 yillarda La-liga chempioni tituliga sazovor bo‘ldi.

Ma'lumki, Ispaniyada futbol chinakam teatr tusini olgan, muxlislar esa tom ma'noda fanat maqomida harakat qilishadi. Buni hisobga olmaganmi, xullas, ajoyib kunlarning birida L.Figu "Barsa" bilan tuzilgan shartnomani bekor qilishi to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiladi. Tan olish kerak, o‘sha damlar portugaliyalik charm to‘p ustasi "yulduzlik kasali"ga chalingandi. Buni o‘z vaqtida yaxshi anglab qolgan "qirollik klubi" bu safar kataloniyaliklarning ustidan oshkora kulgandek, eng asosiy o‘yinchisini o‘sha vaqtgacha rekord natija hisoblangan qiymat evaziga sotib oldi: 38,7 million funt-sterling! "Barsa"ni hamisha avjida oyog‘idan chalishga odatlangan madridliklar bosh murabbiysi V.Del Boske Luishni hatto mutlaqo xusumati bo‘lmagan "Tumanli albion" jamoasi "MYu"ga ham bermadi. Vaholanki, o‘sha yillarda "qizil iblislar" bosh murabbiysi Ser Aleks Fergyusson "tilla bola" bilan o‘zaro kelishib ko‘rishni orzu qilgandi.

Xullas, 2000 yildan boshlab Figu madridliklar tarkibida to‘p sura boshladi, bu albatta kataloniyaliklarning g‘ashini keltirardi. Bir vaqtlar u bilan faxrlanib yurgan muxlislari endilikda, oldingi qatorda turib olishib, unga ichki o‘yinlarda qo‘liga ilingan narsalarni uloqtira boshladi.

Mana shunday xunuk ko‘rinishlardan biri 2002 yil "Nou Kamp" stadionida, "Barsa" -

"Real-M." tarixiy to‘qnashuvida sodir bo‘ldi. O‘yin paytida hakam burchak to‘pi belgilaydi va uni odatdagidek Luish tepish uchun boradi, shu choq kutilmaganda tribunada o‘tirgan muxlislar orasida alamli qiyqiriqlar yangray boshlaydi, bu haqoratnamo so‘zlar Figuga tegishli ekanligini bechora sportchi boshi uzra cho‘chqaning kesilgan kallasi va bo‘sh viski butilkalari yog‘ilgandan keyin anglaydi. Bir necha soniyalik gipnoz holatidan so‘ng atrofiga nigoh tashlaydi, tutunga bulg‘angan tribunada unga qarata fanatlar jo‘r bo‘lishib bir so‘zni takrorlashardi: "pesetero!!!"(ma'nosi:isp. pulga o‘ch, yollanma askar).

"Qirollik klubi" tarkibida ham u qator yutuqlarni qo‘lga kiritdi: 2001 yil FIFA tomonidan "Dunyoning eng yaxshi yil o‘yinchisi" deb topildi, 2001, 2003 yillarda Ispaniya chempioni, 2002 yilda YeChL g‘olibi, shu yili yana Qit'alararo Kubogi va Yevropa superkubogi sohibi bo‘ldi. 2004 yilda esa Yevropa chempionatiga Portugaliya mezbonlik qildi va qit'aning ikkinchi milliy terma jamoasi bo‘ldi. Bu ko‘rsatkichning qayd etilishida, albatta L.Figuning yuksak ulushi bor.

"Los Merengues" nashri tomonidan o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot Luishning barcha mamlakat chempionatlaridagi eng yaxshi jamoada o‘ynashi mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Chindan ham shundaymi?

Bu savolga 2005 yilning 5 avgustida Italiyaning A seriyasida yetakchi jamoa hisoblanuvchi "Inter" ijobiy javob berdi. "Neradzurralar" 32 yoshli o‘yinchini 6 million funt-sterling evaziga o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Shu kunga qadar "In-
ter"da o‘ynab ham aytarli ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Xususan, Italiya Kubogi sohibi (2006 y.), A seriya chempioni va Italiya superkubogi sohibi(2005, 2006 yy.) bo‘ldi.

Serqirra o‘yinchi Luish Figuning faoliyat yo‘li asosan mana shulardan iborat.

Xulosa o‘rnida so‘nggi mulohaza: to‘g‘ri, hayot futboldan iborat emas, umrning tashvishlari shu qadar ko‘pki, u futbolga sig‘maydi, lekin futbol shinavandalari uchun hayotni sevish futboldan boshlanadi.

 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:16:55

Yuventus»ning jurnalist yulduzi     
Sport - Sport yulduzlari 
Futbol olamida butun professional faoliyatini bitta klubda o‘tkazgan mashhur o‘yinchilar kam uchraydi. Bu toifadagi futbolchilar o‘z jamoalariga shu qadar sadoqatli bo‘lishadiki, ular uchun futbol va o‘z sevimli klublaridan boshqa hamma narsa (terma jamoa manfaati bundan mustasno), hatto pul ham ikkinchi darajali hisoblanadi

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:17:27

Boshqacha aytganda, oshirib yubordi demang-u, ular o‘z klublariga bo‘lgan sadoqatlarini, muhabbatlarini pulga sotmaydilar. Badiiy til bilan ifodalaganda esa, zamon va makon ularni o‘zgartira olmaydi. Yo‘qsa, Paolo Maldinidek yulduz 20 yillab parvoz qilmasdan allaqachon «Milan» osmonini tark etgan bo‘lar edi. Yoki Raul Gonsalesdek futbolchining yuragida o‘z «Real»iga muhabbat bo‘lmasa, 14 yil ichida albatta  kamida 2-3 bora klubni o‘zgartirgan bo‘lardi.

Jahon futbolida o‘zining munosib o‘rni va mavqeiga ega bo‘lgan Italiya mamlakatida  ana shunday, ya'nikim, taqdirini faqatgina bitta klub bilan bog‘lagan futbolchilarga nisbatan «Bayroqdor inson» degan ajoyib ibora qo‘llaniladi. Bunday sharafli nomga «A» seriya tarixida Janni Rivera, Franko Barezi va sal avval ta'kidlaganimizdek, Paolo Maldini singari mashhur o‘yinchilar loyiq ko‘rilganlar. Shuningdek, Italiya futbolida yana bir «Bayroqdor inson» ham borki, uning nomini nafaqat Italiyada yoki Yevropada, balki butun dunyoda yaxshi bilishadi. Uni sevishadi, qadrlashadi. O‘z klubi boshiga tushgan qaro kunlarda  uni tark etmagan superyulduz sifatida hatto unga muxlis bo‘lmaganlar ham uni hurmat  qilishadi. Bu - mashhur «Yuventus» klubi hamda Italiya milliy terma jamoasi hujumchisi Alessandro Del Pero.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:17:48

Ma’lumot uchun
 
To‘liq ismi: Alessandro Del Pero
Ampluasi: Hujumchi
Terma jamoasi: Italiya.
Klubi: «Yuventus» (Turin) Italiya
Tug‘ilgan yili va sanasi: 1974 yil, 9 noyabr.
Bo‘yi: 174 sm. Vazni: 73 kg.
Sovrinlari: Jahon chempioni  — 2006 yil
Yevropa vitse-chempioni — 2000 yil
Yevropa ChL g‘olibi — 1996 yil,
Yevropa Superkubogi — 1996 yil,
Qit’alararo Kubok  - 1996 yil,
Italiya chempioni — 1995, 1997,1998, 2002 yillar 

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:18:11

VENETSIYALIK BOLAKAY

Bundan roppa rosa 32 yil muqaddam Venetsiya shahri yaqinidagi Konelyano shaharchasida yashovchi elektrik Jinno hamda oddiy uy bekasi Bryuna Del Perolar oilasida o‘g‘il dunyoga keldi. Uni Alessandro deb ataydilar.

 Yosh Aleks («Aleks» - uning laqabi) barcha bolakaylar  kabi to‘pga oshno tutilib ertadan kechgacha futbol o‘ynar, uning bunchalar bu o‘yinga  mehr qo‘yganligini ko‘rgan onasi, o‘zi ham futbol muxlisasi emasmi, bundan juda-juda quvonardi. Vaqti kelib Alessandro 7 yoshga kirgach, uni senora Bryuno opaning  o‘zi mahalliy futbol maktabiga olib boradi. O‘sha paytda uni qabul qilishar ekan, maktab jamoasi qanday bo‘lajak  futbol yulduzini  qabul qilayotganliklarini tasavvur ham qilishmagan bo‘lsa kerak. Darhaqiqat, Alessandro hali kichkinagina va nozikkina bolakay edi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:18:32

«PADOVA»DAGI O‘SMIR

1987 yil Italiya «V» seriyasida   ishtirok etuvchi «Padova» jamosi Del Peroni o‘z safiga qo‘shib oladi. Aleks mazkur jamoa tarkibida kam maydonga tushgan va aytarli yutuqlarni  qo‘lga kirita olmagan bo‘lsa-da, bitta narsani yutgan edi - u shu jamoada ham  futbolchi, ham inson sifatida ulg‘ayadi, tajriba to‘playdi. Aynan shu klub safida  ko‘rsatgan o‘yinlari evaziga  mamlakatning yetakchi jamoalari - «Milan» hamda «Yuventus»ning nazariga tushadi. Bu grand klublar uni o‘z tarkiblariga chorlay boshlaydilar. Alessandro Del Pero o‘zi sevgan «Yuve»ni tanlaydi...


Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Sentyabr 2007, 13:18:55

«YUVYENTUS»NING YULDUZI

1993 yil qahramonimiz uchun unutilmas yil bo‘ldi. U millionlab bolakaylarning orzusi, millionlab muxlislarning suyuklisi bo‘lgan dongdor jamoaning nomdor futbolchilari qatorida ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Eh-he, o‘sha paytlari Turin superklubida kimlar o‘ynamasdi deysiz» Roberto Bajo, Janluka Vialli, Fabritsio Ravanelli... Ha, darvoqe, o‘sha Ravanellining o‘rniga ikkinchi bo‘limda  maydonga tushib u «A» seriyadagi ilk golini  «Rejina» darvozasiga urgan edi. («A» seriya, 1993/94 yilgi avsum 2-tur). Mana shunga ham 13 yildan ko‘proq vaqt bo‘libdi. Bu orada Del Pero hayotidagi o‘z futbolkasidagi yanglig‘ oq-qora kunlar ham bo‘ldi. Yutuqlar, unvonlar, mukofotlar. Bularga qarama-qarshi ravishda - mag‘lubiyatlar, jarohatlar... Ammo Del Pero hayotining biz uchun qiziq bo‘lgan bir jihati ham borki, uni aytmasdan sira ilojimiz yo‘q. Gap shundaki, bu mashhur yulduz faqatgina futbolchi emas, professional jurnalist hamdir. Aleksning professional sportchi bo‘la turib, tag‘in har mavsum  30-40 tadan o‘yin o‘tkazib, shu davr mobaynida  universitetda jurnalistikadan tahsil olganligiga faqat qoyil qolish mumkin.


Qayd etilgan