Muallif Mavzu: Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya  ( 167623 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya
« : 17 Iyun 2006, 11:07:29 »
IBODATI ISLOMIYA
Mundarija:

I QISM

Din va shariat
Imon va Islom
Amal
Balog’at va oqillik
Ibodat
Imon va iqror
Imon kalimasi
Alloh taologa imon
Tafakkur va tashakkur
Farishtalar
Payg’ambarlar
Payg’ambarlarning mo’jizalari
Payg’ambarlarning sanog’i
Alloh taoloning muqaddas kitoblari
Qur’on – Kalomi sharif
Taqdir va qazo
Bandalarning fe’l-atvori
Zamonning oxiri
Qiyomat kunining sharhi
Jannat va jahannam
Gunohkorlar
Hazrati Odam (a.s.) va Havvo
Muhammad alayhissolatu vasallam
Muhammad alayhissalomning mo’jizalari
Sahobalar
Xalifalar
Ahli sunna val jamoa
Shariat hukmlari
Mujtahid

IKKINCHI QISM

Poklik
Tahorat
Tahorat farzlari
Tahorat sunnatlari
Tahoratning mustahablari
Tahorat duolari
Tahoratdagi makruh amallar
Tahoratni buzuvchi amallar
Tahoratsiz kishi
Mahsi yoki etikka mash tortish
G’usl
G’uslning sabablari
Junub
Hayz va nifos
Uzrli odam
Tayammum
Najosat
Poklanish
Quduqning tozalanishi
Istibro va istinjo
Toza suv
Avrat a’zolar

UCHINCHI QISM

Namoz o’qish qoidalari
Namoz shartlari
Namoz vaqtlari
Makruh vaqtlar
Qibla
Qiblani aniqlamoq
Niyat
Azon va iqomat
Azonning mustahablari
Azon duosi
Namoz zikrlari
Ikki rakatli namoz
To’rt rakatli namoz bayoni
Ayollar namozi
Tasbeh va duo
Namoz shartlari
Namoz ruknlari
Namoz vojiblari
Namoz sunnatlari
Namoz mustahablari
Namoz paytidagi makruh holatlar
Namozni buzuvchi amallar
Namozning muboh amallari
Namoz paytida tahoratning buzilishi
Zaif va nogiron kishilar bayoni

TO’RTINCHI QISM

Jamoat bayoni
Imomlikka haqli kishilar
Mudrik va masbuq
Masjid va jamoat
Qazo namozi
Sajdai sahv
Namozda unutmoq
Tilovat sajdasi
Muqim va musofir
Musofirlarning hukmlari
Juma namozi
Jumaning xutbalari
Hayit kunlari
Hayit namozlari
Hayit namozining o’qilishi
Qurbon hayiti kunlari
Tashriq takbiri
Tarovih namozi
Janoza namozi
Nafl namozlari

BESHINCHI QISM

Ro’za, zakot, haj
Ro’zaning sunnat, makruh va mufsidlari
Qazo va kafforat
Ro’za fidyasi
Nazr va nafl ro’zalar
Ro’za makruh bo’lgan kunlar
Oy ko’rib ro’zaga kirish
E’tikof bayoni
Zakot
Zakot beriladigan mollar
Pul va savdo mollarining nisoblari
Hayvonlarning nisoblari
Nisobiga yil to’lmoq bayoni
Zakot niyati
Zakot beriladigan kishilar
Zakot berib bo’lmaydigan kishilar
Ushur
Fitr sadaqasi
Fidya
Nafl sadaqa
Qurbonlik
Qurbonlik so’yishning yo’li
Nazr va aqiqa
Haj
Haj amallari
Ehromli kishi
Hojilar Makkai Mukarramada qiladigan amallar
Madinai Munavvaraga borish
Bola tug’ilganda qilinadigan amallar va o’qiladigan duolar
Vasiyat
Mayyit
Mayyitni yuvish
Mayyitni uzatish
Motam, yig’i va ta’ziya
Qabristonga borib ziyorat qilish
Yamin, qasam, ont
Turli duolar
« So'nggi tahrir: 19 Yanvar 2012, 15:16:05 muallifi AbdulAziz »
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #1 : 26 Iyun 2006, 00:53:56 »
**********************
BIRINCHI QISM

Din va shariat

– Din va shariat nima?
­- Alloh taoloning bandalariga yuborgan hukmlari to’plami.
­- Alloh taolo bandalariga qanday hukmlar yuborgan?
-­ Bandalariga dunyo va oxirat rohatlariga yetishmoqlari uchun to’g’ri yo’l-yo’riqlardan iborat hukmlar yuborgan.
­- U hukmlarda qanday ishlarning bayoni bor?
-­ Banda qilishi lozim bo’lgan va qilishi ta’qiqlangan vazifalarning bayoni bor.
­- Alloh taolo din va shariat hukmlarini bandalariga qaysi yo’l bilan bildirdi?­
- Alloh taolo bandalari ichida eng loyiqlarini payg’ambar etib sayladi va o’sha payg’ambarlarga farishta Jabroil (a.s.) vositasida din hukmlarini o’rgatdi. So’ngra payg’ambarlar bu hukmlarni odamlarga yetkazdilar.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #2 : 26 Iyun 2006, 00:54:25 »
Imon va Islom

-­ Imon nima?
­- Alloh taolodan kelgan haq dinga ishonmoq imondir.
­- Islom nima?
­- Alloh taolodan kelgan haq dindir. Bu dinga ishonib, shu dinda buyurilgan vazifalarni bajarishga intilish barcha bandalarning burchidir.
­- Bizlar qaysi payg’ambarning ummatlarimiz?
­- Muhammad alayhissalomning ummatlarimiz. Muhammad alayhissalomga kelgan dinga ishonib, o’sha dinda buyurilgan amallarni qilamiz, unda ta’qiqlangan amallarni tark etamiz.
-­ Alloh taolodan Muhammad alayhissalomga kelgan dinning nomi nima?
-­ Islom. Alhamdulillah, biz ushbu dinga e’tiqod qo’ygan mo’min-musulmondirmiz.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #3 : 26 Iyun 2006, 00:54:49 »
Amal

- Amal nima?
- Bandaning hayotda qilgan ishlari.
- Islomda bandaning amali necha qismga bo’linadi?
- Hammasi sakkiz qismga bo’linadi: Birinchisi – farz. Ikkinchisi – vojib. Uchinchisi – sunnat. To’rtinchisi – mustahab. Beshinchisi – muboh. Oltinchisi – harom. Yettinchisi – makruh. Sakkizinchisi – mustakrah. Ushbu sakkiz qism amalning ba’zilarini bajarish shart, ba’zilarini bajarmaslik shart. Yana ayrimlarini qilish-qilmaslik ixtiyoriy.
- Farz qanday amal?
- Farz Alloh taolo buyurgan amaldir. Uni qilgan kishi savob topadi. Uzrsiz bajarmagan kishi gunohkor bo’ladi. Uning zarurligiga ishonmagan kishi esa kofir va imonsiz sanaladi.
- Farz amali qaysi holatlarda ko’rinadi?
- Alloh taologa imon keltirish, Islom dinidagi besh vaqt namozni o’qish, ramazon oyida har kuni ro’za tutish, zakot berish va haj qilish.
- Vojib qanday amal?
- Vojib – Islom dinida bajarilishi shart bo’lgan amal. Uni bajargan kishi savob oladi, bajarmaganlar gunohkor bo’ladi. Vojib amalga ishonmagan kishi kofir va imonsiz bo’lmasa ham, katta gunohga botadi.
- Qanday amallar vojib amalga kiradi?
- Vitr namozini o’qish, hayit namozlarini o’qish, sadaqa va fitr berish, qurbonlik so’yish, Qur’ondan sajda oyatlari o’qilgan paytda sajda qilish kabilar.
- Sunnat qanday amal?
- Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan amallari. Sunnat amalini qilgan kishi savob topadi. Qilmagan kishi gunohkor bo’lmasa-da, qiyomat kuni malomatga qoladi, Payg’ambarimiz shafoatlariga loyiq bo’lmaydi.
- Sunnat amali nimalarda ko’rinadi?
- Yaxshi ishlarni «Bismillahir rohmanir rohim», deya boshlash, mo’min kishilarga salom berish, Qur’on o’qishni «A’uzu billahi minash shaytonir rojim» so’zlari bilan boshlash singari amallardir.
- Mustahab qanday amal?
- Mustahab Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ba’zan bajargan va ba’zan bajarishni lozim ko’rmagan amaldir. Uni qilgan kishi savob topadi. Ammo qilmasa, gunohkor bo’lmaydi. Qiyomat kuni azob va malomatga ham qolmaydi.
- Mustahab amaliga qanday yumushlar kiradi?
- Nafl namoz o’qish va nafl ro’za tutish, nafl sadaqa berish va doim tahoratli yurish kabilar.
- Muboh qanday amal?
- Muboh shunday amalki, qilinsa ham, qilinmasa ham durust bo’laveradi. Undan kishi savob ham, gunoh ham topmaydi. Qilish-qilmaslik bandaning ixtiyoridadir.
- Qanaqa amallar mubohga misol bo’ladi?
- Halol taomlarni yeyish, halol ichimliklarni ichish, o’tirish, turish, yurish va zararsiz so’zlarni so’zlash.
- Harom qanday amaldir?
- Harom Islom dinida qat’iy ta’qiqlangan amaldir. Uni qilgan kishi qattiq gunohga botadi, uni halol, deguvchilar kofir va imonsiz hisoblanadi.
- Qanday ishlar harom qilingan?
- Nohaq odam o’ldirish, odamzotga va hayvonotga zulm qilish, g’iybat qilish, o’g’irlik, yolg’onchilik, aroqxo’rlik va zinokorlik kabi ishlar.
- Makruh qanday amal?
- Makruh Islom dini ta’qiqlagan amal. Makruhni qilmagan kishi savobga qoladi, qilgan kishi esa azoblanishi mumkin. Uni qilgan kishi kofir bo’lmasa-da, gunohga botadi.
- Makruh amali nimalarda ko’rinadi?
- Masjidga tuflash, (fahsh) nag’malarga quloq solish, odobsiz she’rlarni kuylab hofizlik qilish, odamlar ichida masxarabozlik qilish, uyatsiz she’rlarni bitish kabilar makruh amallardir.
- Mustakrah qanday amal?
- Mustakrah shunday amalki, uni qilgandan ko’ra qilmagan yaxshiroqdir. Qilgan kishi gunohkor sanalmasa-da, odobsiz bo’ladi. Qiyomatda azobga qolishi mumkin.
- Mustakrahga qanday amallar kiradi?
- Taomni katta-katta yeyish, bozorda, ko’chada ovqatlanish, baland ovoz bilan kekirish va hayqirib esnash kabilar.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #4 : 26 Iyun 2006, 00:55:10 »
Balog’at va oqillik

- Farz, vojib, sunnat amallarini qilish va harom, makruh, mustakrah amallarini qilmaslik kimlarga buyurilgan?
- Balog’at yoshiga yetgan va aqlini tanigan kishilarga.
- Balog’at yoshidagilar kimlardir?
- Kamolotga yetgan kishilardir. Go’daklar balog’at yoshida emaslar.
- Kimlarni oqil desa bo’ladi?
- Aqlli kishilarni. Aqli zaif odamlar oqillar hisobiga kirmaydi.
- Go’daklar va devonalar farzu vojib amallarni ado qilmasalar yoki harom amallardan saqlanishga qodir bo’lmasalar gunohkor bo’ladilarmi?
- Gunohkor bo’lmaydilar. Chunki ular uzrlidirlar.
- Necha yoshlarida balog’atga yetadilar?
- O’g’il bolalar erkaklik alomati bilinganida. Ya’ni, o’n ikki yoshlarida. Qizlarda qizlik alomati zohir bo’lganida. Ya’ni, to’qqiz yoshlarida.
- Mazkur yoshlarda ul alomatlar zohir bo’lmasa, necha yoshda balog’atga yetgan hisoblanadi?
- O’n besh yoshlarda. Bolig’ va oqil bo’lgandan so’ng har bir kishiga umri oxirigacha shariat buyurgan har bir amalni qilish va man etilganini qilmaslik lozim bo’ladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #5 : 26 Iyun 2006, 00:55:39 »
Ibodat

- Musulmon kishiga farz amallar va ibodatlarning ulug’rog’i qaysilar?
- Ulug’rog’i beshta amaldir. Birinchisi – Alloh taoloning borligiga, har bir sifatiga va Islom diniga, buyurilgan har bir hukmning haqligiga ishonish. Ikkinchisi – har kuni besh vaqt namoz o’qish. Uchinchisi – ramazon oyi davomida har kuni ro’za tutish. To’rtinchisi – ortiqcha molidan har yili bir marta muhtojlarga zakot berish. Beshinchisi – qurbi yetsa, umri davomida bir bora Makkai Mukarramaga borib haj qilish.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #6 : 26 Iyun 2006, 00:56:00 »
Imon va iqror

- Imon nima?
- E’tiqod qilmoq, ya’ni ishonmoq. Butun olamlarning yaratuvchisi va egasi bo’lgan Alloh taoloning borligiga, yolg’izligiga, ulug’ sifatlariga, Muhammad alayhissalomning payg’ambar – elchi ekaniga, ul zotga yuborilgan kitob – Qur’oni karimning haq kitob ekaniga ishonmoq – imondir.
- Musulmon bo’lish uchun faqat Islom dinining haqligiga ishonish kifoyami?
- Haqiqiy mo’min bo’lmoq uchun kishi chin dil bilan ishonishi, ishonganini bayon qilishi lozim. Dilida ishonsa-yu tilida iqror bo’lmasa yoki aksincha, tilida aytsa-yu dilida tan olmasa, mo’min hisoblanmaydi.
- Nima qilsa, tili bilan iqror bo’lgan hisoblanadi?
- Ushbu kalimai shahodatni ta’kidlamog’i lozim:
«Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh».
Ma’nosi: «Guvohlik beramanki, Alloh yagona, Undan o’zga iloh yo’q. Va guvohlik beramanki, Muhammad Allohning bandasi va payg’ambaridir (elchisidir)».
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #7 : 26 Iyun 2006, 00:57:32 »
Imon kalimasi

«Amantu billahi va malaikatihi va kutubihi va rusulihi val yavmil axiri val qodari xoyrihi va sharrihi minallohi ta’ala val ba’si ba’dal mavt».
Ma’nosi: «Alloh taologa va Uning farishtalariga, kitoblariga, payg’ambarlariga, qiyomat kuniga va barcha ishlar – yaxshiliklar ham, yomonliklar ham Alloh taolodan ekaniga hamda o’lgandan so’ng qayta tirilishga ishondim».
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #8 : 26 Iyun 2006, 00:58:35 »
Alloh taologa imon

- Alloh taoloning shaklini, shamoyilini va zotini bilib bo’ladimi?
- Yo’q, bilib bo’lmaydi. Inson aqli bunga ojizlik qiladi.
- Qaysi jihatlarini bilsa bo’ladi?
- Faqat ism va sifatlarini.
- U sifatlari qaysilardir?
- Alloh taolo Mavjuddir, Qadimdir, Boqiydir, Yagonadir, Haydir, Olimdir, Some’dir, Basirdir, Mutakallimdir, Qodirdir, Fariddir, Xoliqdir, Muxtordir, Azimdir, Jamildir, Hamiddir, Quddusdir, Robbdir, Rahmondir, Rahimdir, Shokirdir, Qahhordir, Odildir, Sobirdir, Tavvobdir, G’ofirdir, Mujibdir, Nosirdir, Hakimdir, G’aniydir, Karimdir, Razzoqdir, Ma’buddir, Hodiydir.
- «Alloh» so’zi nimani bildiradi?
- Alloh – olamni yaratgan haq ma’budning nomidir. Forsiycha «Xudo», turkiycha «Tangri» deyiladi.
- «Alloh» so’zining o’xshashlari ham bormi?
- Bor. Katta kitoblarda to’qson to’qqiz xil nomlanadi. Biz esa o’ttiz besh turinigina ta’riflaymiz.
- «Mavjud»ning ma’nosi nima?
- Doimo bor bo’lgan va bundan keyin ham bor bo’lguvchi va hech qanday bor qilguvchiga muhtoj bo’lmagan Zot demakdir.
- «Qadim»ning ma’nosi nima?
- Boshlanishi yo’q. Ya’ni, qachondir yo’q bo’lib, so’ngra bor bo’lgan emas, balki doimo bor bo’lgan.
- «Boqiy»ning ma’nosi nima?
- Borligining va bor bo’lmoqligining so’ngi yo’q: abadiydir, borlikdadir.
- «Ahad»ning ma’nosi nima?
- Yagona, demakdir. Ya’ni, «Uning sherigi yo’q» ma’nosidadir.
- «Hay»ning ma’nosi nima?
- Tirik, ammo bizlardek jon va badan birla emas, balki O’zining hayot sifati, maromi bilan tirikdir.
- «Olim»ning ma’nosi nima?
- Bo’lgan va bo’ladigan narsalarning, voqealarning har biridan xabardor – bilguvchidir. Alloh taoloning bilishi biz kabi o’rganishi yoki fikr qilishi bilan emas, balki yolg’iz O’ziga xos ilm sifati bilandir.
- «Some’»ning ma’nosi nima?
- Eshitguvchi, degan ma’nodadir. Har bir ovoz ul Zotga eshitilmay qolmas. Ul Zotning eshitmoqligi biz kabi emas, balki yolg’iz O’ziga xos ko’rish sifati bilandir.
- «Basir»ning ma’nosi nima?
- Ko’rguvchi, degan ma’nodadir. Alloh taolo har narsani ko’radi. Ko’rmoqligi bizlarning ko’rishimizdek ko’zlar bilan emas, balki yolg’iz O’ziga xos ko’rish sifati bilandir.
- «Mutakallim»ning ma’nosi nima?
- So’zlaguvchi, degan ma’nodadir. Alloh taolo so’zlaguvchidir. Masalan, Qur’oni karim oyatlari Allohning so’zlaridir.
- «Qodir»ning ma’nosi nima?
- Kuch-qudratli, kuch-qudratining chegarasi yo’q.
- «Farid»ning ma’nosi nima?
- Istaguvchi, tanlovchi, degan ma’nodadir. Alloh istagan ish qaro topadi, istamagani amalga oshmaydi. Istashi O’zining iroda sifati bilandir.
- «Xoliq»ning ma’nosi nima?
- «Paydo qilguvchi» va «qaror toptirguvchi» ma’nosidadir. Bu jarayon O’zining xoliq sifati bilan namoyon bo’ladi.
- «Muxtor»ning ma’nosi nima?
- Alloh taolo har bir amalni O’z ixtiyori bilan, birovning ixtiyorisiz qiladi.
- «Azim»ning ma’nosi nima?
- Ulug’ va tengsiz, degan ma’nodadir. Alloh taolodan ulug’roq, martabasi balandroq zot yo’q.
- «Jamil»ning ma’nosi nima?
- «Barkamol» va «sohibjamol» ma’nosidadir.
- «Hamid»ning ma’nosi nima?
- «Har qanday ta’rifu tavsifdan yuksak, har qanday taqsimdan ulug’vor, pok Zot» ma’nosidadir.
- «Quddus»ning ma’nosi nima?
- «Har qanday nuqsonu kamchilikdan xoli, har bir sifati yetuk» ma’nosidadir.
- «Robb»ning ma’nosi nima?
- «Tarbiya berguvchi» va «egalik qilguvchi» ma’nosidadir.
- «Rahmon»ning ma’nosi nima?
- Dunyoga in’om va ehson qiladigan, jamiki odamzotga, maxluqotga, shu jumladan, mo’minu kofirga ham marhamatini darig’ tutmaydigan, har bir bandani teng ko’radigan, O’zi istagan kishiga ziyoda mol-davlat beradigan Zotning sifatidadir.
- «Rahim»ning ma’nosi nima?
- «Oxiratda rahmat qilguvchi» ma’nosidadir. Alloh taolo oxiratda mo’min kishilarga rahm qilib, ularni jannatga kiritadi. Ammo imonsiz kishilarga rahm qilib,  rahmat nazari bilan boqmaydi. Ular doimo azobda bo’ladilar.
- «Shokir»ning ma’nosi nima?
- «Mo’min bandalarning qilgan ibodatlariga yarasha ajrini berguvchi» ma’nosidadir.
- «Qahhor»ning ma’nosi nima?
- «Qahr qilguvchi va jazolaguvchi» ma’nosididir. Shak-shubha yo’qki, Alloh taolo imonsiz va gunohkor bandalarini azoblaydi.
- «Odil»ning ma’nosi nima?
- «O’zining har bir hukmida eng odil Zot, hukmlarida zarracha nuqson yo’q» ma’nosidadir.
- «Sobir»ning ma’nosi nima?
- Sabr etguvchi va toqat qilguvchi, deb anglanmog’i lozim. Alloh taolo gunohkor bandalarining ayblariga sabr qiladi, jazosini bu dunyoda bermay, oxiratga qoldiradi. Shuningdek, savob qilgan kishilarning ham ajrini bu dunyoda bermaganini oxiratda berguvchidir.
- «Tavvob»ning sharhi qanday?
- «Tavbalarni qabul qilguvchi» ma’nosidadir. Agar gunohkor mo’min chin dildan pushaymon chekib tavba qilsa va u gunohlarini takrorlamaslikni niyat qilsa, Alloh taolo uning tavbasini qabul qiladi.
- «G’ofur» sifatining ta’rifi qanday?
- Gunohlarni kechirguvchi, degan ma’nodadir. Alloh taolo ba’zi kishilarning gunohlarini kechiradi. Tavba qilgan kishilarning ham va sira tavba qilmagan kishilarning ham gunohidan kechish O’zining ixtiyoridadir.
- «Mujib»ning ma’nosi nima?
- Duo va savollarni qabul etguvchidir. Alloh taolo ixlos bilan qilingan duolarni, mabodo O’z hikmatiga muvofiq kelsa, qabul qiladi. Va O’z fazlu karami bilan bandalarining hojatlarini chiqaradi.
- «Nosir»ning ma’nosi nima?
- Nosir – yordam berguvchidir. Alloh taolo xohlasa, har ishda madadkor va ko’makdoshdir.
- «Hakim»ning ma’nosi nima?
- «Hikmatlarga boy so’zlaguvchi» ma’nosidadir. Hakimning har bir buyrug’ida inson aqli qamrab ololmaydigan hikmatlar mujassam bo’ladi.
- «G’aniy»ning ma’nosi nima?
- «Hech narsaga muhtoj bo’lmagan, aksincha, barchaga boyligu saltanat tarqatuvchi Zot» ma’nosidadir.
- «Karim»ning ma’nosi nima?
- Xayr-ehson etguvchi Zot – Karim, deyiladi.
- «Razzoq»ning ma’nosi nima?
- Rizq berguvchi va to’ydirguvchi.
- «Ma’bud»ning ma’nosi nima?
- «Ibodatga loyiq» ma’nosidadir. Yolg’iz Allohgina ibodatga loyiq. Jami bandalarga faqat Allohgagina ibodat qilish farzdir.
- «Hodiy»ning ma’nosi nima?
- «To’g’ri yo’lga soluvchi», bu – Alloh taoloning sifatlaridan biridir. Alloh taolo to’g’ri yo’lga va haq dinga solmoq uchun yer yuziga bir necha ming payg’ambar yuborgan.
- Alloh taolo hech bir maxluqotga o’xshaydimi?
- Alloh taolo odam va yo boshqa maxluqotga hech bir jihatdan o’xshamaydi. Alloh taolo jismli yoki suratli emasdir. U hech bir makonda-o’rinda emas, hech tarafda emas. Yuqori va yo past, old va yo orqa, o’ng va yo chap taraflarning hech birida emas. Alloh taoloda yemoq, ichmoq kabi bandalarga xos jihatlar yo’q. Bu tariqa ishlar nuqson va kamchilikdir. Alloh esa nuqsonlardan xoli, har jihatdan mukammaldir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #9 : 26 Iyun 2006, 00:59:16 »
Tafakkur va tashakkur

- Tafakkur va tashakkurning ta’rifi qanday?
- Fikr va shukr qilish, demakdir. Borliqdagi jamiki mavjudotni yaratishda Alloh taoloning beqiyos qudratini fikr yordamida ko’ramiz va shukr qilamiz.
- Fikr qilish lozimmi?
- Albatta, lozim. Alloh yeru osmonlarni O’z izniga solib harakatga keltirdi. Insonlarni yo’nalishga soldi. Insonlar rohatlanishlari uchun qora tuproqdan gulu giyohlarni undirib chiqardi. Allohning qudrati bilan barcha mavjudot tug’ilmoq, yashamoq va o’lmoq jarayonidadir. Butun olamlar yo’qdan bor bo’ldi. Va insonlar mana shu borliqni anglash qudratiga ega bo’ldilar. Bizning so’zlashimiz, ko’rinishimiz, eshitishimiz, hid sezishimiz – bularning bari mo’’jizadir. O’z tanimizga g’oyatda muvofiq ravishda qo’l-oyog’imiz va ichki a’zolarimiz bor. Yuragimizning urib turishi ham Allohning borligiga, qudratiga dalolatdir. Yaratilgan har bir ne’matning ajoyibligi Alloh taologa har qancha shukrona aytmoqqa yetarlidir. Dunyodagi har bir g’aroyiblikni ko’rganda ushbu tarzda zikr qilish lozim:
«Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar».
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #10 : 26 Iyun 2006, 00:59:52 »
Farishtalar

- Farishtalar kimlar?
- Ular ham Alloh taoloning bandalaridir. Ular doimo ibodat qilguvchi va har bir buyruqni nihoyasiga yetkazguvchi, gunohlardan xoli, yemoq-ichmoq kabi sifatlari yo’q, jinslari ham yo’q, jismlari esa nurdan, o’zlari shamoldek mayin, ammo ko’zga ko’rinmaydigan, agar ko’rinishni istashsa, ixtiyoriy suratda ko’rinishga qodir zotlardir.
- Ularning makonlari qaerda?
- Ko’proq osmonda. Faqat Alloh taoloning buyruqlarni bajarish uchun yer yuziga tushadilar. Yer yuzida har bir bandaning qilgan amalini yozib turguvchi farishtalar ham bor. Ular bandalarning yaxshilik va yomonliklarini amalnomalariga yozadilar. Qiyomat kuni inson shul nomalarga qarab taftish qilinadi. Yana yer yuzida har bir bandani ofatu falokatdan saqlab yuruvchi farishtalar ham bor.
- Farishtalarning mashhurlari qaysilar?
- Jabroil, Mikoil, Azroil, Isrofil kabilar. Hazrati Jabroil Alloh taolodan payg’ambarlarga vahiy keltiruvchidir. Hazrati Mikoil bandalarning rizqlarini ta’minlovchi, yomg’iru qorlarga hukm qilguvchidir. Hazrati Azroil qazosi yetgan bandalarning jonlarini olguvchidir. Hazrati Isrofil bandalarning jonlari turadigan surga vakolatlidir.
- Hazrati Isrofil surni nima qiladi?
- Ikki marotaba chaladi. Birinchi bor chalganida barcha jonzot ushbu sur ichiga jam bo’ladi. Ikkinchi bor chalganida barcha halok bo’ladi. Har kim surdan chiqib o’z jasadini topadi. Va shu jasadga kirib, so’ngra qabrdan qayta tirilib, yer yuziga chiqadi. Bu voqealar zamon oxir bo’lganda sodir bo’ladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #11 : 26 Iyun 2006, 01:00:32 »
Payg’ambarlar

- Payg’ambarlar kimlar?
- Allohning biz kabi bandalaridir. Ular ham Odam alayhissalomning farzandlari bo’lib, tug’ilishdanoq Allohning panohi va himoyatidagi oqil va jismonan sog’lom, haqiqatgo’y va taqvodor, nuqsonsiz bo’ladilar.
- Ular qay tariqa saylanadilar?
- Jabroil alayhissalom orqali vahiy yuboriladi. Payg’ambar ushbu hukmlar kuchi bilan bandalarni haq dinga boshlaydi.
- Bandalar payg’ambarlarning so’zlarini qanday qabul qiladilar?
- Birdaniga qabul qilmaydilar. Dalil so’raydilar. Bunday holda Alloh taolodan mo’’jiza so’raydilar. Alloh xaloyiqning talabiga muvofiq mo’’jiza ko’rsatadi.
- Shundan so’ng xaloyiq payg’ambarning haqligiga ishonadimi?
- Zehni o’tkirlari va insoflilari ishonishadi. Yomon xulqlilari esa ishonmay, uni sehr deydilar. Aksar insonlar dillarida ishonadilar-u kibrlari bois itoat etishga or qiladilar.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #12 : 26 Iyun 2006, 01:01:08 »
Payg’ambarlarning mo’jizalari

- Payg’ambarlarning mo’’jizalari qay tariqa bo’lgan?
- Ba’zi payg’ambarlar duoning kuchi bilan tosh ichidan tuya chiqargan. Ba’zi payg’ambarlar olovga tushganda ham zarar ko’rmaganlar. Ba’zilari tushlarni to’g’ri ta’bir qilganlar. Ba’zilarining qo’lidagi aso ajdarhoga aylangan. Ba’zilari o’liklarni tiriltirganlar. Ba’zilari oz taomni bir necha yuz kishiga yetarli barakali qilganlar. Ba’zilari bilan hayvonlar tilga kirib so’zlashgan. Ba’zilarining qo’l ishorasi bilan oy ikki bo’lakka bo’lingan. Bularning bari haqida kitoblarda batafsil bayon qilingan.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #13 : 26 Iyun 2006, 01:01:41 »
Payg’ambarlarning sanog’i

-­ Hazrati Odam alayhissalomning zamonlaridan beri dunyoga qancha payg’ambar keldi?
-­ Aniq ma’lum emas. Bir yuz yigirma to’rt ming, degan taxmin bor.
­- Ularning qaysilari bizga ma’lum?
­- Ulardan Qur’onda yo hadisda zikr etilganlarigina bizlarga ma’lum. Qur’onda yigirma besh nafar payg’ambarning ismi bayon qilingan. Bular: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Yusuf, Ayyub, Shuayb, Muso, Xorun, Dovud, Sulaymon, Yunus, Ilyos, Zakariyo, Yahyo, Alyasa, Zulkifl, Iso, Muhammad sollallohu alayhumussalomdurlardir. Aziz, Luqmon va Zulqarnayn hazratlarining nomlari ham Qur’onda bor. Lekin ularning payg’ambarliklari taxminiydir. Ba’zilar ularni avliyo deb hisoblaydilar.
-­ Qur’onda zikr qilinmagan va lekin nomlari ma’lum bo’lgan payg’ambarlar ham bormi?
-­ Bor. Masalan: Shish, Yuusha, Xizr, Bashir, Doniyol, Ishmuil, Ash’iyo, Xiroqul, Jirjis, Jakuq, Hamzola kabilar.
-­ Eng dastlabki payg’ambar kim?
-­ Hazrati Odam alayhissalom.
­- Oxirgisi-chi?
-­ Muhammad alayhissalom.
­- Muhammad alayhissalomdan so’ng yana payg’ambarlar tushdimi?
-­ Qiyomat kunigacha o’zga payg’ambar chiqmaydi. Islom dini to qiyomatgacha boqiydir. Jami payg’ambarlarning tarixiy bayonlari «Qissasul Anbiyo» («Payg’ambarlar qissasi») nomli kitobda bitilgandir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #14 : 26 Iyun 2006, 01:02:32 »
Alloh taoloning muqaddas kitoblari

- Alloh taoloning kitoblari qanday kitoblar?
- Payg’ambarlariga nozil qilgan hukmlari to’plamidir.
- U kitoblarni Alloh taolo nima sababdan yuborgan?
- Din va shariat hukmlarini qavmlarga yetkazish va o’rgatish uchun.
- Payg’ambarlarga nechta kitob nozil qilingan?
- Jami bir yuzu to’rt kitob. Odam alayhissalomga o’n varaq, Shish alayhissalomga ellik varaq, Idris alayhissalomga o’ttiz varaq, Ibrohim alayhissalomga o’n varaq kelgan. Bu aytilgan yuz varaq yuz kitobga tengdir. Muso alayhissalomga Tavrot kitobi, Dovud alayhissalomga Zabur, Iso alayhissalomga Injil, Muhammad alayhissalomga Qur’oni karim nozil qilingan.
- Ularda nimalar bayon qilingan?
- Va’z va nasihatlar, ibratli qissa va hikoyalar, duo va ibodat so’zlari bayon etilgan, dunyo va oxirat obodligini topmoq yo’llari ko’rsatilgan.
- Ularda shariat hukmlari bir-biriga muvofiq keladimi yoki muvofiq kelmaydimi?
- Ko’plari muvofiq, ba’zilari xilofli.
- Nega xilofli?
- Chunki zamona va insoniyatning kamolot darajasiga qarab yangi-yangi hukmlar kelgan. Shu sababdan so’ng kelgan hukmlar avvalgi hukmlarga o’xshamaydi. Ammo eng so’nggisi, ya’ni Qur’oni karimda kelgan hukmlar to zamon oxir bo’lguncha qat’iy va o’zgarmasdir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

 

Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya (eski o'zbek yozuvida)

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 8548
So'nggi javob 04 Fevral 2010, 14:25:15
muallifi AbdulAziz
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Muallimi soniy

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 41
Ko'rilgan: 24695
So'nggi javob 04 Fevral 2010, 14:12:05
muallifi AbdulAziz
Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)

Muallif shoirBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 73
Ko'rilgan: 54714
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:31:14
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar ul-Foruq)

Muallif Munira xonimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 43254
So'nggi javob 12 Iyul 2008, 09:09:21
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 32179
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:07:13
muallifi AbdulAziz