Muallif Mavzu: Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya  ( 167812 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #15 : 26 Iyun 2006, 01:03:07 »
Qur’on – Kalomi sharif

-  Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga Qur’on qay tariqa kelgan?
- Alloh taoloning amri bilan farishta Jabroil Muhammad alayhissalomga Qur’ondagi sura va oyatlarni bayon qilgan, xotiralariga singdirgan. Jabroil alayhissalom ketganidan so’ng Payg’ambarimiz nozil bo’lgan oyatlarni sahobai kiromlarga yodlatganlar.
- Kalomulloh Muhammad alayhissalomga necha yil davomida kelgan?
- Yigirma uch yil davomida bobma-bob, oyatma-oyat, bo’linib-bo’linib nozil bo’lgan.
- Qaysi tilda bayon qilingan?
- Arab tilida.
- Qur’oni karim necha sura va necha oyatdan iborat?
- Bir yuz o’n to’rt sura, olti ming ikki yuz yigirma olti oyatdan iborat.
- Unda necha so’z va necha harf bor?
- Yetmish yetti ming to’rt yuz o’ttiz to’qqiz so’z, uch yuz yigirma besh ming uch yuz qirq uch harf bor.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #16 : 26 Iyun 2006, 01:04:24 »
Taqdir va qazo

- Taqdirning ma’nosi nima?
- Olamda har bir bo’lgan, bo’ladigan va bo’lishi tayin qilib qo’yilgan o’lchovdir.
- Qazoning ma’nosi nima?
- Tayin qilingan ishning bajarilishidir.
- Olamda bo’ladigan narsalar va qilinadigan ishlarning muddati avvaldan belgilanadimi?
- Albatta. Har bir ishning qachon, qay tarzda, qanday sabablar bilan qilinishi va muddati avvaldan belgilab qo’yiladi. Ular «Lavhul Mahfuz»da yozib qo’yilgan.
- «Lavhul Mahfuz» nima?
- «Lavhul Mahfuz» osmonlar ustidagi kitobsimon mavjudliklardir.
- Bandalarning savob olishlari yoki gunohga botishlari «Lavhul Mahfuz»da bitilganmi?
- Albatta.
- Odamlar «Lavhul Mahfuzda»da yozilgani tufayli savobga botadi yoinki gunohkor bo’ladimi?
- Unday emas. Bu narsani Alloh taolo O’zining azaliy ilmi bilan biladi. Ya’ni, biror banda agar o’z ixtiyoriga qo’yilsa, qanday amallarni qilmoqligi avval-boshdanoq Allohga ma’lum va «Lavhul Mahfuz»ga bitilgan.
- «Lavhul Mahfuz»da avvaldan bitilgan ekan-ku, deb bu dunyoda tek yuraverish, oxiratga hozirlik ko’rmasdan yotaverish, gunoh ishlarni bot-bot qilaverish mumkin ekan-da?
- Hech mumkin emas! Har bir banda qunt bilan ilm olishi, ma’rifat o’rganishi, halol non topib yeyishi, gunohlardan to’xtashi lozim. Har ishni taqdirga havola qilib, o’z ixtiyoridagi ishlarni taqdirga topshirib qo’yishi ma’qul emas. Chunki taqdir oliy tushuncha, Alloh taolo belgilab qo’ygan o’lchovdir. Ammo bu dunyoda insonning o’ziga bog’liq qilib qo’yilgan jihatlar borki, bunga inson o’zi harakat qilishi kerak.
- Ajalning ma’nosi nima?
- Berilgan umr muhlatining tugashi.
- Biron ofat yoki boshqa sabab bilan o’lgan kishining ajalini nima deb bilmoq lozim?
- Ular tashqaridan qaralganda biror sabab bilan yoki tasodifan o’lganga o’xshab ko’rinsa ham, aslida ajallari yetib kelgani tufayli qazo qilganlar. Chunki inson umr muddati tugagani sababli ham tasodif va biror bahonaga yo’liqadi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #17 : 13 Iyul 2006, 07:46:41 »
Bandalarning fe’l-atvori

- Bandalarning fe’li kim tomonidan belgilanadi?
- Bandalar o’z fe’llarini o’zlari yaratadilar. Alloh taolo ularga kuch-quvvat, ya’ni biror narsani ixtiyor etmoqqa kifoya qilguvchi iroda va ixtiyor bergan.
- Alloh taolo bandalariga yaxshi va yomon fe’llarni taqsimlab berganmi?
- Albatta, banda qaysi fe’l-atvorni ixtiyor qilsa, Alloh taolo unga o’sha fe’lni ravo ko’radi. Agar biror kishi o’z ixtiyori bilan savob ishni qilmoqchi bo’lsa, Alloh unga bu fe’lini bermoqqa rozidir. Agar gunoh fe’lni bandasi kasb qilsa, Alloh taolo rozi bo’lmaydi. Lekin sinov muddatini bo’yniga qo’ygan holda uni o’z ixtiyoriga qo’yadi.
- Bandaning fe’lini Alloh belgilaydigan bo’lsa, bandalar bajargan yumushlari uchun savob yoki gunoh orttiradilarmi?
- Albatta, agar banda yaxshi fe’lni kasb qilsa, savob oladi, mabodo yomon fe’lga yo’liqsa, gunohkor bo’ladi. Chunki Alloh taolo tanlash ixtiyorini bandalarning o’zlariga bergan edi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #18 : 13 Iyul 2006, 07:46:56 »
Zamonning oxiri

- Zamonning oxir bo’lishi ma’nosi nima?
- Ushbu dunyoning oxirlashi va tugashidir.
- Zamon tugashining belgilari qanday?
- Yer yuzining jami mavjudoti – odamzot va hayvonot, osmonda esa butkul farishtalar qirilib halok bo’lishi zamon oxirining asosiy belgisidir.
- Zamon qay vaqtda tugaydi? Unga necha yil qoldi?
- Zamonning qachon va qay holatda tugashi yolg’iz Allohga ayondir. Biz faqat shuni ayta olamizki, har kuni va har lahzada qiyomat bo’lishining ehtimoli bor.
- Zamon tugamasidan avval uning qanday alomatlari ko’rinadi?
- Zamon tugamasidan avval yer yuzini faqat bir millat vakillari egallab oladi. Ammo Islom davlatlari juda zaif bo’ladi. So’ngra o’sha qudratli millat ham zaiflashadi va o’zga qavmning tasarrufiga kirib ketadi. Musulmonlar esa taraqqiylashib ketadi. So’ngra yana jamiki odamlar ibodatsizlikka mubtalo bo’ladilar. Jabr va zulm ko’payadi. Zilzila, yerning cho’kishi, shaharlarni suv bosishi hodisalari ko’p bo’ladi. Vaboga o’xshash turli-tuman dardlar va dardmandlar ko’payadi. Tug’iluvchidan ko’ra o’luvchi ko’p bo’ladi. Erkaklardan ko’ra ayollarning hisobi ortiq keladi. Ba’zi ellarda to’qlik, farovonlik ortib, ba’zilarida qattiq ochlik hukm suradi. Mashriq tarafdan Ya’juj-Ma’juj qavmi yer yuziga tarqaladi. Ular mag’rib xalqlarining ustidan g’alaba qozonib, o’z hukmini, jabrini o’tkazadilar. So’ngra bir kazzob ko’pchilikni o’ziga tobe qiladi, fosiqlikni o’rgatadi. Uning ismi Dajjoldir. Dajjol xaloyiqni yo’ldan ozdirib yurgan vaqtida Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qizlari hazrati Fotima naslidan bo’lmish solih zot xalqni va’z va nasihat bilan fosiqlikdan va imonsizlikdan qaytarib, yaxshilik va odillikni targ’ib qiladi hamda qo’shin to’plab Dajjol qavmiga qarshi jang qiladi. Ul zotning ismlari Mahdiydir. O’sha vaqtlarda osmondan Iso alayhissalom yerga tushib, hazrati Mahdiyga yordam beradi. Ushbu urushda Dajjol halok bo’ladi va askarlarining ham aksari qirilib ketadi. Qolganlari hazrati Iso bilan Mahdiyga tobelikka o’tadilar. O’sha zamonda Iso bilan Mahdiy adolatli hukumat o’rnatib, bir necha yillar osoyishta yashaydilar. Ezgu niyatli kishilar ko’payadi. Xazina va chorva mollari juda barakali va ziyoda bo’ladi. Davlatmandlar ko’payadi. Hatto, zakot va sadaqa oluvchi kishi topilmaydi. So’ng yana kishilar imonsizlik va gunoh tomonga yuzlanadilar. Keyin esa g’arb tomonda sovuq shamol qo’zg’alib, mo’minu musulmonlarni ado qiladi. Yer yuzida faqat imonsiz, gunohkor kishilar qolib, hamma tomonni bulg’alaydilar. Va nihoyat, Alloh taoloning hikmati bilan quyosh teskaridan, ya’ni mag’ribdan chiqadi. Ushbu kun dunyoning so’nggi kunidir. Ushbu kungacha tavba qilib qolish kerak. So’ng tavba-tazarru’lar qabul etilmas. Yer yuzini dud bosib, har tirik kishining hushi yo’qolur. So’ng farishta Isrofil surni chalib, jondorlarning tanasidan joni chiqishiga ko’maklashadi. Qattiq shamol turib yer yuzini xarobaga, dashtga aylantiradi. Alloh taolodan o’zga biror tirik narsa qolmas.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #19 : 13 Iyul 2006, 07:47:12 »
Qiyomat kunining sharhi

- Dunyo maxluqoti tamoman halok bo’lgandan so’ng nima bo’ladi?
- Undan so’ng qiyomat boshlanadi. Alloh taolo odamlarni qaytadan tiriltiradi. Qabrlardagi va boshqa joylardagi o’liklar Alloh taoloning qudrati bilan bir joyga yig’ilib, xuddi tirik vaqtlaridagidek to’planishadi. So’ng Alloh taolo Isrofil alayhissalomga surni ikkinchi marotaba chalmoqni amr qiladi. So’ng har bir banda mahshar maydoniga jam bo’ladi.
- Mahshar maydoni qanaqa maydondir?
- U bandalarning o’tkinchi dunyoda qilgan amallarini hisob va taftish qiladigan joydir.
- Mahshar maydonida qanaqa ishlar bo’ladi?
- Har bandaga o’tkinchi dunyodagi amallari yozilgan daftar berilib, u amallarining har biri o’ziga ma’lum qilinadi. Va har kimning amali to’g’rilik, odillik tarozisi bilan o’lchanib, jannat va do’zax ahllari saralanadi.
- Mahsharda bandalarning amallarini kimlar hisob va taftish qiladilar?
- Alloh taolo tarafidan buyurilgan vakil farishtalar.
- Hisobotdan so’ng bandalar qaysi yerga borishadi?
- Jahannam ustiga qurilgan Sirot ko’prigining yoniga boradilar.
- Sirot ko’prigidan kimlar o’tmoqqa qodir?
- Har bir solih va gunohlari kechirilgan mo’min zotlar. Ammo undan o’tolmagan gunohkor zotlar Sirot ko’prigidan qulab jahannamga tushib ketadilar.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #20 : 13 Iyul 2006, 07:47:26 »
Jannat va jahannam

- Jannatning ta’rifi qanday?
- Jannat rohat va farog’atga to’la. Unda xushhavo bog’lar, zilol chashmalar, til bilan bayon qilib bo’lmas afzalliklar bor.
- Jannatdagi eng mo’’jizaviy va hayratlanarli voqea nima?
- Jannat ahlining Alloh diydoriga yetishmog’i. Ammo Allohni biz qay tariqa, ya’ni qay ko’z bilan ko’rmog’imiz ma’lum emas.
- Jahannam qanday makon?
- Jahannam qabohatga va razolatga to’la azoblar makonidir. U joyda Zaboniya ismli farishtalar kofirlar va gunohkorlarga ayovsiz jazo beradilar.
- Jannatga kimlar kiradi?
- Bu o’tkinchi dunyoda Alloh buyurgan amallarni bajarib, u Zot ta’qiqlagan ishlardan qaytgan diyonatli va gunohlari kechirilgan mo’min bandalar kiradi.
- Jahannamga-chi?
- Kofirlar va fosiqlar.
- Kishilar jannatda doimiy qoladilarmi?
- Jannat ahli boqiy qoladi va unda qazoyu qadar yo’qdir.
- Jahannamga kirganlar-chi?
- Imonsiz kishilar jahannamda doimiy mahbus bo’lib qoladilar. Ularga o’lim yo’q. Ammo gunohlari kechirilmasdan jahannamga kirgan osiy mo’minlar gunohlari miqdoricha jazolanib, so’ng do’zaxdan chiqadilar va jannatga qaytib, u joyda qoladilar.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #21 : 13 Iyul 2006, 07:47:41 »
Gunohkorlar

- Islom diniga e’tiqod qo’ygan va lekin o’zini tuta olmay, gunoh qilgan kishilar musulmonlikdan chiqadimi yoki yo’qmi?
- Chiqmaydi. Ammo fosiq va gunohkor bo’ladi.
- Gunohkorlar do’zax azobidan saqlanishi ehtimoli bormi?
- Alloh taolo kechirgan ba’zi bandalar do’zaxga emas, jannatga kirishi mumkin.
- Alloh ba’zi gunohlarni kechiradimi?
- Agar xohlasa.
- Alloh qaysi gunohlarni kechiradi?
- Har qanday gunohni kechirish Allohning ixtiyoridadir. Alloh odildir. Yana chin ixlos bilan tavba qilgan kishilarning gunohidan kechishga Alloh va’da qilgan.
- Bevaqt vafoti tufayli tavba qilolmay o’tgan mo’minlarning gunohlari kechirilishi mumkinmi?
- Payg’ambarlarning va boshqa solih kishilarning shafoatlari sabab bo’lib ko’p kishilarning gunohi kechirilishi mumkin. Farz va vojib amallarini qilgandan so’ng sunnat amallarini qilgan kishilarni Muhammad alayhissalom shafoat qiladilar.
- Payg’ambarlarning va boshqa solih kishilarning shafoatlaridan mahrum bo’lgan gunohkor kishilarning ham gunohi kechiriladimi?
- Alloh kechirguvchi. Marhamat ul Zotning o’zidan. Ammo Allohning marhamatiga tayanib gunoh qilmoq joiz emas. Chunki Alloh qahrli hamdir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #22 : 13 Iyul 2006, 07:47:56 »
Hazrati Odam (a.s.) va Havvo

- Dunyoda eng avval kim yaratilgandir?
- Otamiz Odam (a.s.) va onamiz hazrati Havvolar. Ular jamiki odamzotning ota-onalaridir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #23 : 13 Iyul 2006, 07:48:13 »
Muhammad alayhissolatu vasallam

- Muhammad alayhissalom qachon dunyoga kelganlar?
- Milodiy tarixning 570 yili 27 savrda, 12 rabiul-avvalning dushanba kuni dunyoga kelganlar.
- Muhammad alayhissalom qaerda dunyoga kelganlar?
- Osiyoda. Arabistonning Makka nomli shahrida dunyoga kelganlar. Ellik uch yoshgacha Makkai Mukarramada, oxirgi o’n yil Madina shahrida yashaganlar.
- Ul zot necha yoshlarida payg’ambar etib saylandilar?
- Qirq yoshlarida.
- Ungacha umrlari qay holda kechdi?
- U zot yoshliklaridanoq aqlli, farosatli va diyonatli kishi edilar. U kishini butun Makka ahli izzat qilardi. Sevib «Muhammad al-Amin» (ishonchli Muhammad), derdi.
- Payg’ambar bo’lgunlaricha mashg’ulotlari nima edi?
- Xadicha ismli boy savdogar ayolning savdogarlik ishlariga mutasaddi edilar. Yigirma besh yoshlarida hazrati Xadichaga uylandilar.
- Hazrati Xadicha u paytda necha yoshda edi?
- Qirq yoshda.
- Islomgacha Arabiston ahli qaysi dinda edi?
- Ko’pchilik butparast va majusiy, ba’zilar yahudiy va nasroniy dinida edilar. Ba’zilari o’zlarini Ibrohim alayhissalom dinida hisoblab, uning millatidanmiz, deb aytar edilar.
- Muhammad alayhissalomning payg’ambarliklari qanday boshlangan?
- Muhammad alayhissalom qirq yoshlarida dunyo ishlarini tark qildilar. Aqlu e’tiqod bilan Alloh taolo borligini bildilar va Makkai Mukarramaning chetidagi Hiro tog’ida g’orga borib, Allohga ibodat qildilar. Bir kuni o’sha tog’da o’tirganlarida farishta Jabroil kelib «Iqro» surasini o’qidi. Yana bir kelganlarida Alloh taolo u zotni payg’ambar etib tayinlaganini va odamlarni Islom diniga da’vat qilmog’i uchun elchi etib saylaganini so’zladi.
- So’ng nima bo’ldi?
- So’ng Allohning rasuli xaloyiqni Islom diniga taklif qila boshladilar.
- Dastlab kimlar imon keltirdi?
- Hazrati Abu Bakr Siddiq, xotinlardan Xadichai Kubro, yosh bolalardan hazrati Ali.
- Payg’ambar bo’lganlaridan so’ng Makkai Mukarramada necha yil turganlar?
- O’n uch yil. So’ng Allohning amri bilan Madina shahriga hijrat qilganlar. U zot bilan birga musulmonlar ham hijrat qilishdi. Biz Muhammad alayhissalom Makkadan Madinaga hijrat qilganlaridan boshlab hijriy tarix, deb hisob yuritamiz.
- Allohning rasuli Madinada bo’lgan vaqtlarida qaysi ishlar yuzaga keldi?
- Shahar aholisi islomiy hukm asosida umr kechira boshladi va imonsiz xalqlarni Islomga kirgizmoq va Islom davlati yaratmoq uchun kurashdi. Kofirlarga qarshi janglar bo’ldi. 8-hijriy sanada Makka ham musulmonlar qo’liga o’tdi. 10-sanada barcha musulmon ahli Makkai Mukarramaga hajga bordi. Ushbu haj vaqtida Alloh taolodan Kalomi sharifning so’nggi oyatlari nozil bo’ldi. Muhammad alayhissalom u oyatlarni aytib Alloh taoloning kalomi – Qur’on nihoyasiga yetganini va Islom dinining hukmlari butunlay bayon qilinganini so’zladilar, o’zlarining qazolari yaqinlashayotganini aytib, xaloyiqqa va’z-nasihatlar qildilar.
- Muhammad alayhissalom necha yoshda qazo qildilar?
- Madinai Munavvarada o’n yil turgandan so’ng oltmish uch yoshlarida milodiy 632 sanada, hijriy 11 sananing 12 rabiul-avvalida, dushanba kuni baqoga safar qildilar.
- Ul zotning qabrlari qaerda?
- Madinai Munavvara shahrida, Masjidi nabaviyning ichida maxsus bir gumbazning ostida. Hojilar Ravzai mutaharraga ziyoratga kelib ketadilar.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #24 : 13 Iyul 2006, 07:48:30 »
Muhammad alayhissalomning mo’jizalari

- Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom ham mo’’jizalar ko’rsatganmilar?
- Ha. «Siyari nabiy» va «Tavorixi anbiyo» kitoblarida bu haqda ko’p bayon qilingan. Birinchisi, kofirlar u kishini sinamoq uchun mo’’jiza so’rashganida, oyni ikki bo’lakka bo’lib ko’rsatganlar. Oyning bir bo’lagi tog’ning bir tomonida, ikkinchi bo’lagi boshqa tomonida ko’ringan. Ikkinchisi, Muhammad alayhissalom Abu Bakr Siddiq (r.a.) bilan Makkadan Madinaga kelganlarida Abu Ayyub Ansoriy ikki kishilik taom keltirganlar. O’shanda Muhammad alayhissalom Abu Ayyubga Madina shahri ulug’larini majlisga chaqirishni buyurganlar. Bir yuz sakson kishi yig’ilgan va hammalari taomni tanovul qila boshlaganlar. Ammo mo’’jiza tufayli taom sira kamaymagan. Uchinchisi, Hudaybiya sahrosida urush payti sahobalar tashna bo’lishadi. Shunda Rasuli akram alayhissalom duo bilan suv chiqaradilar. Jami askarlar to’yib suv ichadilar. To’rtinchisi, yana o’shanday holatlarning birida Rasuli akram alayhissalom yarim kosa suvga barmoqlarini soladilar va kosaga suv to’lib, yetmish-sakson kishi u suvdan ichadilar. Beshinchisi, Nabiy alayhissalom uch yuz kishilik majlis chaqiradilar. Bir kichik laganda xurmo qo’yadilar, majlis ahli xurmodan qancha tanovul qilsa ham hech tugamagan. Oltinchisi, Muhammad alayhissalomning oldilariga bir yahudiy ayol zaharlangan go’sht keltirganida, go’sht: «Men zaharlanganman», degan ekan. Yettinchisi, bir bo’ri, echki va tuya Payg’ambarimizning mo’’jizalari tufayli tilga kirgan. Sakkizinchisi, bir kishi: «Payg’ambar ekanligingizga guvohingiz bormi?» deb so’raganida, bir daraxt Rasul alayhissalomning yonlariga kelib shahodat kalimasini aytgan va qaytib joyiga borib turgan. To’qqizinchisi, Xandaqda urush payti bir dona arpa noniga baraka kelib, ming kishi to’ygan. O’ninchisi, Hunayn urushida Rasul alayhissalom dushman qo’shiniga bir hovuch tuproq sepganlarida, ularning ko’zlariga tuproq to’lib, mag’lublikka giriftor bo’lgan edi. O’n birinchisi, ul zot tasbeh o’girganlarida, tasbeh toshlaridan «Subhanalloh», degan ovoz eshitilgan. O’n ikkinchisi, Muhammad alayhissalom qarindoshlarining xayr-duolarini qilib turganlarida, uyning devorlaridan «Omin» degan ovoz eshitilgan. O’n uchinchisi, Muhammad alayhissalom juma kuni suyanib xutba o’qiydiganlari xurmo yog’ochidan ayrilganlarida, u yog’och ustun g’amgin yig’i ovozi chiqargan. O’n to’rtinchisi, Muhammad alayhissalomning eng katta mo’’jizalari - Qur’oni karimdir.
- Muhammad alayhissalomning ota-bobolari kimlar?
- Otalari Abdulloh, uning otasi Abdulmuttolib, uning otasi Hoshim, uning otasi Abdumannofdir. Onalari Omina Vahob ismli kishining qizidir.
- Muhammad alayhissalomning dastlabki xotinlari kim?
- Hazrati Xadichai Kubro roziallohu anhodir.
- Muhammad alayhissalomning farzandlari nechta edi?
- Uch o’g’il, to’rt qizlari bo’lgan. O’g’illari Qosim, Ibrohim, Abdulloh; qizlari Ruqiya, Zaynab, Ummukulsum, Fotimadir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #25 : 13 Iyul 2006, 07:48:47 »
Sahobalar

- Muhammad alayhissalomning sahobalari kim edi?
- Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom bilan birga mo’min-musulmonlikda yashagan va mo’min-musulmonlikda vafot qilgan kishilardir. Har qaysilarini biz do’st tutmog’imiz lozim.
- Sahobalarning eng afzali kimlar?
- Hazrati Abu Bakr Siddiq, hazrati Umar ibn Xattob, hazrati Usmon ibn Affon, hazrati Ali Murtazo roziallohu anhumlar. Ushbu to’rt sahoba muhtaramu mukarram choryorlardir. Jamiki musulmonlar ushbu choryorlarning har qaysilarini do’st tutmog’i lozim.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #26 : 13 Iyul 2006, 07:49:02 »
Xalifalar

- Rasul alayhissalom qazolaridan so’ng kim xalifa bo’ldi?
- Sahobalarning kengashi bilan Abu Bakr Siddiq ikki yilu uch oy xalifa bo’ldi. So’ng hazrati Umar o’n yildan ziyodroq xalifa bo’ldi. So’ng hazrati Usmon o’n yilga yaqin xalifalik qildi. So’ng hazrati Ali Murtazo to’rt yil xalifa bo’ldi. Hazrati Ali vafotidan so’ng uning o’g’li Hasan olti oyga yaqin xalifa bo’ldi. So’ng Islom ahli ichida fitna chiqqach, fitna bosilishi uchun hazrati Muoviya podshohlik tojini kiydi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #27 : 13 Iyul 2006, 07:49:19 »
Ahli sunna val jamoa

- Rasul alayhissalomning sahobalari vafot etib ketgach, Islom ahli e’tiqodida necha firqa yuzaga keldi?
- Yetmish uch firqa. Ammo mashhurlari uchtadir: ahli sunna val jamoa firqasi, shia firqasi, mo’’tazila firqasi.
- Ushbu uch firqaning (mazhabning) eng to’g’ri yo’ldagisi qaysi?
- Ahli sunna val jamoaning e’tiqodi haqdir.
- Biz qaysi mazhabdanmiz?
- Biz ahli sunna val jamoa mazhabidanmiz.
- Uning tariqati qanday?
- Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom va u kishining sahobalari qanday yo’l tutgan bo’lsa, din va shariat hukmlariga qay tariqa e’tiqod qo’ygan bo’lsa, ahli sunna val jamoa ham shu yo’ldan boradi.
- Shianing e’tiqodi qay yo’sindadir?
- Ular ko’p masalada ahli sunna val jamoa bilan hammaslak bo’lsalar-da, juz’iy noo’xshashliklari ham bo’ladi. Masalan, ahli sunna val jamoa Abu Bakr Siddiqni xalifa etib sayladi. Ammo shia mazhabidagilar Rasul alayhissalomdan so’ng xalifalikka u kishining qarindoshi hazrati Ali mustahiq, dedilar. Orada kelishmovchilik paydo bo’ldi.
- Mo’’tazila mazhabining yo’li qanday?
- Ularning ham noo’xshashligi bor. Masalan, ular qabrda mayyitning tirilmog’iga va savol etuvchi farishtalar kelishiga, o’lgan kishining rohat yo azob ko’rmog’iga, Sirot ko’prigiga, Alloh taolo jannati kishilarga ko’rinmog’iga va yana boshqa shu kabi masalalarga ishonmaydilar.
- Ahli sunna val jamoa mazhabidagilarning nomlanishi qanday?
- Sunniy.
- Shia firqasidagilarning-chi?
- Shiiy.
- Mo’’tazila mazhabidagilarning-chi?
- Mo’’taziliy, deb atashadi. O’z aqliga tayanib, shariat hukmlariga zohiran e’tiqod qilmaydiganlar mo’’tazila qatoriga kiradi.
- Shia va mo’’tazila mazhabidan bo’lgan kishi musulmonmi yoki yo’qmi?
- Islom dinining haqligiga imon keltirib, qibla tomonga qarab namoz o’qiganlari musulmondir. Ba’zi masalalarda xato e’tiqod qilganligi uchun gunohkordir. Ularni besabab kofir deyish yaxshi emas. Chunki ular Alloh taoloning borligiga va birligiga ishonishadi. Muhammad alayhissalom Allohning haq payg’ambari ekanligiga, Kalomi sharifga imon keltirishadi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #28 : 13 Iyul 2006, 07:49:35 »
Shariat hukmlari

- Shariat hukmlari nimadir?
- Islom dinidagi e’tiqod, ibodat va maishat masalalari bo’yicha hukmlardir.
- Shariat hukmlari qay yerlarda bayon qilingan?
- Qur’on oyatlari va hadisi shariflarda.
- Hadisi sharif nima?
- Payg’ambarimizning muborak so’zlari.
- Qur’oni karimda va hadisi sharifda shariat hukmlarini qanday bilsa bo’ladi?
- Shariat hukmlarini bilish uchun mujtahid bo’lmoq darkor.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #29 : 13 Iyul 2006, 07:49:53 »
Mujtahid

- Kimlar mujtahid deyiladi?
- Arab tilini mukammal bilgan, oyat-hadislardagi hikmat va sirlarni yaxshi biladigan kishiga aytiladi.
- Mujtahid bo’lmagan kishilar shariat hukmlarini qanday biladilar?
- Bir mujtahidning yo’liga tobe’ bo’lib, har masalada undan maslahat so’raydi.
- Bu qanaqa yo’ldir?
- Mujtahidning shariat hukmlarida oyat va hadislardan ijtihod bilan fikr qilib anglagan yo’li, demakdir.
- Mashhur mujtahidlar kimlar?
- Abu Hanifa imom A’zam Sobit ibn Nu’mon rahmatullohi alayh, imom Shofe’iy Muhammad ibn Idris rahmatullohi alayh, imom Molik ibn Anas rahmatullohi alayh, imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh.
- Ushbu mujtahidlarning mazhablari bir-biriga muvofiqmi yoki qarama-qarshimi?
- Ko’p masalada muvofiqdir. Ba’zi masalalarda esa kelishishmaydi. Masalan, imom A’zam Abu Hanifa mazhabida badandan qon oqsa, tahorat buziladi. Imom Shofe’iyda esa buzilmaydi. Imom A’zam mazhabida erkak kishi ayolining tanini ushlaganida tahorati buzilmaydi. Imom Shofe’iy mazhabida buzilgan hisoblanadi. Imom A’zam mazhabida go’shti harom bo’lgan (cho’chqadan boshqa) hayvonlarning terilari ishlanish va oshlanish bilan pok bo’ladi. Imom Shofe’iy mazhabida pok bo’lmaydi. Va yana tulki go’shti imom A’zam mazhabida haromdir. Imom Shofe’iy mazhabida esa halol. Shu kabi masalalarda ziddiyatlar bor.
- Ushbu imomlar asli kimdir?
- Ular komil, aqlli ulamo va taqvodor zotlar edilar. Har qaysisi Qur’on oyatlari va hadislarni to’liq o’zlariga singdirgandirlar.
- Ushbu imomlardan qaysi birining mazhabi haq?
- Har bir masalada imom A’zam rahmatullohi alayh mazhabi haqdir. Boshqalarnikida ba’zan xato ko’rinadi. Lekin zohiran xato deyilsa-da, haq bo’lishi ham mumkin.
- Bizlar amalda ushbu mazhablarning qaysisidamiz?
- Imom A’zam Abu Hanifa hazratlarining shariat va tariqat hukmlariga bo’ysunamiz.
- Imom Shofe’iy, imom Molik va imom Ahmad ibn Hanbal mazhablarida ham tarafdorlar bormi?
- Bor. Musulmonlarning ko’prog’i imom A’zam mazhabidadirlar.
- Imom A’zamdan boshqa uch imomning mazhabidagilar ham to’la musulmonmi?
- Ha, to’la musulmondirlar. Har mazhabning ahli ikkinchi mazhabning ahlini do’st bilishi lozim.
- Ushbu imomlarning hayot tarixi qanday?
- Imom A’zam Abu Hanifa hazratlari hijriy 80 sanada tug’ilib, 150 sanada 70 yoshda vafot etganlar. Imom Shofe’iy hazratlari 150 sanada tug’ilib, 204 sanada 54 yoshda vafot etganlar. Imom Molik hazratlari 90 sanada tug’ilib, 179 sanada 89 yoshda vafot etganlar. Imom Ahmad ibn Hanbal hazratlari 164 sanada tug’ilib, 241 sanada 77 yoshda vafot etganlar.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

 

Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya (eski o'zbek yozuvida)

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 8565
So'nggi javob 04 Fevral 2010, 14:25:15
muallifi AbdulAziz
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Muallimi soniy

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 41
Ko'rilgan: 24752
So'nggi javob 04 Fevral 2010, 14:12:05
muallifi AbdulAziz
Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)

Muallif shoirBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 73
Ko'rilgan: 54752
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:31:14
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar ul-Foruq)

Muallif Munira xonimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 43287
So'nggi javob 12 Iyul 2008, 09:09:21
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 32201
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:07:13
muallifi AbdulAziz