Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya  ( 180575 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 14 B


Doniyor  26 Iyun 2006, 00:59:52

Farishtalar

- Farishtalar kimlar?
- Ular ham Alloh taoloning bandalaridir. Ular doimo ibodat qilguvchi va har bir buyruqni nihoyasiga yetkazguvchi, gunohlardan xoli, yemoq-ichmoq kabi sifatlari yo’q, jinslari ham yo’q, jismlari esa nurdan, o’zlari shamoldek mayin, ammo ko’zga ko’rinmaydigan, agar ko’rinishni istashsa, ixtiyoriy suratda ko’rinishga qodir zotlardir.
- Ularning makonlari qaerda?
- Ko’proq osmonda. Faqat Alloh taoloning buyruqlarni bajarish uchun yer yuziga tushadilar. Yer yuzida har bir bandaning qilgan amalini yozib turguvchi farishtalar ham bor. Ular bandalarning yaxshilik va yomonliklarini amalnomalariga yozadilar. Qiyomat kuni inson shul nomalarga qarab taftish qilinadi. Yana yer yuzida har bir bandani ofatu falokatdan saqlab yuruvchi farishtalar ham bor.
- Farishtalarning mashhurlari qaysilar?
- Jabroil, Mikoil, Azroil, Isrofil kabilar. Hazrati Jabroil Alloh taolodan payg’ambarlarga vahiy keltiruvchidir. Hazrati Mikoil bandalarning rizqlarini ta’minlovchi, yomg’iru qorlarga hukm qilguvchidir. Hazrati Azroil qazosi yetgan bandalarning jonlarini olguvchidir. Hazrati Isrofil bandalarning jonlari turadigan surga vakolatlidir.
- Hazrati Isrofil surni nima qiladi?
- Ikki marotaba chaladi. Birinchi bor chalganida barcha jonzot ushbu sur ichiga jam bo’ladi. Ikkinchi bor chalganida barcha halok bo’ladi. Har kim surdan chiqib o’z jasadini topadi. Va shu jasadga kirib, so’ngra qabrdan qayta tirilib, yer yuziga chiqadi. Bu voqealar zamon oxir bo’lganda sodir bo’ladi.

Qayd etilgan


Doniyor  26 Iyun 2006, 01:00:32

Payg’ambarlar

- Payg’ambarlar kimlar?
- Allohning biz kabi bandalaridir. Ular ham Odam alayhissalomning farzandlari bo’lib, tug’ilishdanoq Allohning panohi va himoyatidagi oqil va jismonan sog’lom, haqiqatgo’y va taqvodor, nuqsonsiz bo’ladilar.
- Ular qay tariqa saylanadilar?
- Jabroil alayhissalom orqali vahiy yuboriladi. Payg’ambar ushbu hukmlar kuchi bilan bandalarni haq dinga boshlaydi.
- Bandalar payg’ambarlarning so’zlarini qanday qabul qiladilar?
- Birdaniga qabul qilmaydilar. Dalil so’raydilar. Bunday holda Alloh taolodan mo’’jiza so’raydilar. Alloh xaloyiqning talabiga muvofiq mo’’jiza ko’rsatadi.
- Shundan so’ng xaloyiq payg’ambarning haqligiga ishonadimi?
- Zehni o’tkirlari va insoflilari ishonishadi. Yomon xulqlilari esa ishonmay, uni sehr deydilar. Aksar insonlar dillarida ishonadilar-u kibrlari bois itoat etishga or qiladilar.

Qayd etilgan


Doniyor  26 Iyun 2006, 01:01:08

Payg’ambarlarning mo’jizalari

- Payg’ambarlarning mo’’jizalari qay tariqa bo’lgan?
- Ba’zi payg’ambarlar duoning kuchi bilan tosh ichidan tuya chiqargan. Ba’zi payg’ambarlar olovga tushganda ham zarar ko’rmaganlar. Ba’zilari tushlarni to’g’ri ta’bir qilganlar. Ba’zilarining qo’lidagi aso ajdarhoga aylangan. Ba’zilari o’liklarni tiriltirganlar. Ba’zilari oz taomni bir necha yuz kishiga yetarli barakali qilganlar. Ba’zilari bilan hayvonlar tilga kirib so’zlashgan. Ba’zilarining qo’l ishorasi bilan oy ikki bo’lakka bo’lingan. Bularning bari haqida kitoblarda batafsil bayon qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  26 Iyun 2006, 01:01:41

Payg’ambarlarning sanog’i

-­ Hazrati Odam alayhissalomning zamonlaridan beri dunyoga qancha payg’ambar keldi?
-­ Aniq ma’lum emas. Bir yuz yigirma to’rt ming, degan taxmin bor.
­- Ularning qaysilari bizga ma’lum?
­- Ulardan Qur’onda yo hadisda zikr etilganlarigina bizlarga ma’lum. Qur’onda yigirma besh nafar payg’ambarning ismi bayon qilingan. Bular: Odam, Idris, Nuh, Hud, Solih, Ibrohim, Lut, Ismoil, Ishoq, Ya’qub, Yusuf, Ayyub, Shuayb, Muso, Xorun, Dovud, Sulaymon, Yunus, Ilyos, Zakariyo, Yahyo, Alyasa, Zulkifl, Iso, Muhammad sollallohu alayhumussalomdurlardir. Aziz, Luqmon va Zulqarnayn hazratlarining nomlari ham Qur’onda bor. Lekin ularning payg’ambarliklari taxminiydir. Ba’zilar ularni avliyo deb hisoblaydilar.
-­ Qur’onda zikr qilinmagan va lekin nomlari ma’lum bo’lgan payg’ambarlar ham bormi?
-­ Bor. Masalan: Shish, Yuusha, Xizr, Bashir, Doniyol, Ishmuil, Ash’iyo, Xiroqul, Jirjis, Jakuq, Hamzola kabilar.
-­ Eng dastlabki payg’ambar kim?
-­ Hazrati Odam alayhissalom.
­- Oxirgisi-chi?
-­ Muhammad alayhissalom.
­- Muhammad alayhissalomdan so’ng yana payg’ambarlar tushdimi?
-­ Qiyomat kunigacha o’zga payg’ambar chiqmaydi. Islom dini to qiyomatgacha boqiydir. Jami payg’ambarlarning tarixiy bayonlari «Qissasul Anbiyo» («Payg’ambarlar qissasi») nomli kitobda bitilgandir.

Qayd etilgan


Doniyor  26 Iyun 2006, 01:02:32

Alloh taoloning muqaddas kitoblari

- Alloh taoloning kitoblari qanday kitoblar?
- Payg’ambarlariga nozil qilgan hukmlari to’plamidir.
- U kitoblarni Alloh taolo nima sababdan yuborgan?
- Din va shariat hukmlarini qavmlarga yetkazish va o’rgatish uchun.
- Payg’ambarlarga nechta kitob nozil qilingan?
- Jami bir yuzu to’rt kitob. Odam alayhissalomga o’n varaq, Shish alayhissalomga ellik varaq, Idris alayhissalomga o’ttiz varaq, Ibrohim alayhissalomga o’n varaq kelgan. Bu aytilgan yuz varaq yuz kitobga tengdir. Muso alayhissalomga Tavrot kitobi, Dovud alayhissalomga Zabur, Iso alayhissalomga Injil, Muhammad alayhissalomga Qur’oni karim nozil qilingan.
- Ularda nimalar bayon qilingan?
- Va’z va nasihatlar, ibratli qissa va hikoyalar, duo va ibodat so’zlari bayon etilgan, dunyo va oxirat obodligini topmoq yo’llari ko’rsatilgan.
- Ularda shariat hukmlari bir-biriga muvofiq keladimi yoki muvofiq kelmaydimi?
- Ko’plari muvofiq, ba’zilari xilofli.
- Nega xilofli?
- Chunki zamona va insoniyatning kamolot darajasiga qarab yangi-yangi hukmlar kelgan. Shu sababdan so’ng kelgan hukmlar avvalgi hukmlarga o’xshamaydi. Ammo eng so’nggisi, ya’ni Qur’oni karimda kelgan hukmlar to zamon oxir bo’lguncha qat’iy va o’zgarmasdir.

Qayd etilgan


Doniyor  26 Iyun 2006, 01:03:07

Qur’on — Kalomi sharif

-  Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomga Qur’on qay tariqa kelgan?
- Alloh taoloning amri bilan farishta Jabroil Muhammad alayhissalomga Qur’ondagi sura va oyatlarni bayon qilgan, xotiralariga singdirgan. Jabroil alayhissalom ketganidan so’ng Payg’ambarimiz nozil bo’lgan oyatlarni sahobai kiromlarga yodlatganlar.
- Kalomulloh Muhammad alayhissalomga necha yil davomida kelgan?
- Yigirma uch yil davomida bobma-bob, oyatma-oyat, bo’linib-bo’linib nozil bo’lgan.
- Qaysi tilda bayon qilingan?
- Arab tilida.
- Qur’oni karim necha sura va necha oyatdan iborat?
- Bir yuz o’n to’rt sura, olti ming ikki yuz yigirma olti oyatdan iborat.
- Unda necha so’z va necha harf bor?
- Yetmish yetti ming to’rt yuz o’ttiz to’qqiz so’z, uch yuz yigirma besh ming uch yuz qirq uch harf bor.

Qayd etilgan


Doniyor  26 Iyun 2006, 01:04:24

Taqdir va qazo

- Taqdirning ma’nosi nima?
- Olamda har bir bo’lgan, bo’ladigan va bo’lishi tayin qilib qo’yilgan o’lchovdir.
- Qazoning ma’nosi nima?
- Tayin qilingan ishning bajarilishidir.
- Olamda bo’ladigan narsalar va qilinadigan ishlarning muddati avvaldan belgilanadimi?
- Albatta. Har bir ishning qachon, qay tarzda, qanday sabablar bilan qilinishi va muddati avvaldan belgilab qo’yiladi. Ular «Lavhul Mahfuz»da yozib qo’yilgan.
- «Lavhul Mahfuz» nima?
- «Lavhul Mahfuz» osmonlar ustidagi kitobsimon mavjudliklardir.
- Bandalarning savob olishlari yoki gunohga botishlari «Lavhul Mahfuz»da bitilganmi?
- Albatta.
- Odamlar «Lavhul Mahfuzda»da yozilgani tufayli savobga botadi yoinki gunohkor bo’ladimi?
- Unday emas. Bu narsani Alloh taolo O’zining azaliy ilmi bilan biladi. Ya’ni, biror banda agar o’z ixtiyoriga qo’yilsa, qanday amallarni qilmoqligi avval-boshdanoq Allohga ma’lum va «Lavhul Mahfuz»ga bitilgan.
- «Lavhul Mahfuz»da avvaldan bitilgan ekan-ku, deb bu dunyoda tek yuraverish, oxiratga hozirlik ko’rmasdan yotaverish, gunoh ishlarni bot-bot qilaverish mumkin ekan-da?
- Hech mumkin emas! Har bir banda qunt bilan ilm olishi, ma’rifat o’rganishi, halol non topib yeyishi, gunohlardan to’xtashi lozim. Har ishni taqdirga havola qilib, o’z ixtiyoridagi ishlarni taqdirga topshirib qo’yishi ma’qul emas. Chunki taqdir oliy tushuncha, Alloh taolo belgilab qo’ygan o’lchovdir. Ammo bu dunyoda insonning o’ziga bog’liq qilib qo’yilgan jihatlar borki, bunga inson o’zi harakat qilishi kerak.
- Ajalning ma’nosi nima?
- Berilgan umr muhlatining tugashi.
- Biron ofat yoki boshqa sabab bilan o’lgan kishining ajalini nima deb bilmoq lozim?
- Ular tashqaridan qaralganda biror sabab bilan yoki tasodifan o’lganga o’xshab ko’rinsa ham, aslida ajallari yetib kelgani tufayli qazo qilganlar. Chunki inson umr muddati tugagani sababli ham tasodif va biror bahonaga yo’liqadi.

Qayd etilgan


Doniyor  13 Iyul 2006, 07:46:41

Bandalarning fe’l-atvori

- Bandalarning fe’li kim tomonidan belgilanadi?
- Bandalar o’z fe’llarini o’zlari yaratadilar. Alloh taolo ularga kuch-quvvat, ya’ni biror narsani ixtiyor etmoqqa kifoya qilguvchi iroda va ixtiyor bergan.
- Alloh taolo bandalariga yaxshi va yomon fe’llarni taqsimlab berganmi?
- Albatta, banda qaysi fe’l-atvorni ixtiyor qilsa, Alloh taolo unga o’sha fe’lni ravo ko’radi. Agar biror kishi o’z ixtiyori bilan savob ishni qilmoqchi bo’lsa, Alloh unga bu fe’lini bermoqqa rozidir. Agar gunoh fe’lni bandasi kasb qilsa, Alloh taolo rozi bo’lmaydi. Lekin sinov muddatini bo’yniga qo’ygan holda uni o’z ixtiyoriga qo’yadi.
- Bandaning fe’lini Alloh belgilaydigan bo’lsa, bandalar bajargan yumushlari uchun savob yoki gunoh orttiradilarmi?
- Albatta, agar banda yaxshi fe’lni kasb qilsa, savob oladi, mabodo yomon fe’lga yo’liqsa, gunohkor bo’ladi. Chunki Alloh taolo tanlash ixtiyorini bandalarning o’zlariga bergan edi.

Qayd etilgan


Doniyor  13 Iyul 2006, 07:46:56

Zamonning oxiri

- Zamonning oxir bo’lishi ma’nosi nima?
- Ushbu dunyoning oxirlashi va tugashidir.
- Zamon tugashining belgilari qanday?
- Yer yuzining jami mavjudoti — odamzot va hayvonot, osmonda esa butkul farishtalar qirilib halok bo’lishi zamon oxirining asosiy belgisidir.
- Zamon qay vaqtda tugaydi? Unga necha yil qoldi?
- Zamonning qachon va qay holatda tugashi yolg’iz Allohga ayondir. Biz faqat shuni ayta olamizki, har kuni va har lahzada qiyomat bo’lishining ehtimoli bor.
- Zamon tugamasidan avval uning qanday alomatlari ko’rinadi?
- Zamon tugamasidan avval yer yuzini faqat bir millat vakillari egallab oladi. Ammo Islom davlatlari juda zaif bo’ladi. So’ngra o’sha qudratli millat ham zaiflashadi va o’zga qavmning tasarrufiga kirib ketadi. Musulmonlar esa taraqqiylashib ketadi. So’ngra yana jamiki odamlar ibodatsizlikka mubtalo bo’ladilar. Jabr va zulm ko’payadi. Zilzila, yerning cho’kishi, shaharlarni suv bosishi hodisalari ko’p bo’ladi. Vaboga o’xshash turli-tuman dardlar va dardmandlar ko’payadi. Tug’iluvchidan ko’ra o’luvchi ko’p bo’ladi. Erkaklardan ko’ra ayollarning hisobi ortiq keladi. Ba’zi ellarda to’qlik, farovonlik ortib, ba’zilarida qattiq ochlik hukm suradi. Mashriq tarafdan Ya’juj-Ma’juj qavmi yer yuziga tarqaladi. Ular mag’rib xalqlarining ustidan g’alaba qozonib, o’z hukmini, jabrini o’tkazadilar. So’ngra bir kazzob ko’pchilikni o’ziga tobe qiladi, fosiqlikni o’rgatadi. Uning ismi Dajjoldir. Dajjol xaloyiqni yo’ldan ozdirib yurgan vaqtida Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qizlari hazrati Fotima naslidan bo’lmish solih zot xalqni va’z va nasihat bilan fosiqlikdan va imonsizlikdan qaytarib, yaxshilik va odillikni targ’ib qiladi hamda qo’shin to’plab Dajjol qavmiga qarshi jang qiladi. Ul zotning ismlari Mahdiydir. O’sha vaqtlarda osmondan Iso alayhissalom yerga tushib, hazrati Mahdiyga yordam beradi. Ushbu urushda Dajjol halok bo’ladi va askarlarining ham aksari qirilib ketadi. Qolganlari hazrati Iso bilan Mahdiyga tobelikka o’tadilar. O’sha zamonda Iso bilan Mahdiy adolatli hukumat o’rnatib, bir necha yillar osoyishta yashaydilar. Ezgu niyatli kishilar ko’payadi. Xazina va chorva mollari juda barakali va ziyoda bo’ladi. Davlatmandlar ko’payadi. Hatto, zakot va sadaqa oluvchi kishi topilmaydi. So’ng yana kishilar imonsizlik va gunoh tomonga yuzlanadilar. Keyin esa g’arb tomonda sovuq shamol qo’zg’alib, mo’minu musulmonlarni ado qiladi. Yer yuzida faqat imonsiz, gunohkor kishilar qolib, hamma tomonni bulg’alaydilar. Va nihoyat, Alloh taoloning hikmati bilan quyosh teskaridan, ya’ni mag’ribdan chiqadi. Ushbu kun dunyoning so’nggi kunidir. Ushbu kungacha tavba qilib qolish kerak. So’ng tavba-tazarru’lar qabul etilmas. Yer yuzini dud bosib, har tirik kishining hushi yo’qolur. So’ng farishta Isrofil surni chalib, jondorlarning tanasidan joni chiqishiga ko’maklashadi. Qattiq shamol turib yer yuzini xarobaga, dashtga aylantiradi. Alloh taolodan o’zga biror tirik narsa qolmas.

Qayd etilgan


Doniyor  13 Iyul 2006, 07:47:12

Qiyomat kunining sharhi

- Dunyo maxluqoti tamoman halok bo’lgandan so’ng nima bo’ladi?
- Undan so’ng qiyomat boshlanadi. Alloh taolo odamlarni qaytadan tiriltiradi. Qabrlardagi va boshqa joylardagi o’liklar Alloh taoloning qudrati bilan bir joyga yig’ilib, xuddi tirik vaqtlaridagidek to’planishadi. So’ng Alloh taolo Isrofil alayhissalomga surni ikkinchi marotaba chalmoqni amr qiladi. So’ng har bir banda mahshar maydoniga jam bo’ladi.
- Mahshar maydoni qanaqa maydondir?
- U bandalarning o’tkinchi dunyoda qilgan amallarini hisob va taftish qiladigan joydir.
- Mahshar maydonida qanaqa ishlar bo’ladi?
- Har bandaga o’tkinchi dunyodagi amallari yozilgan daftar berilib, u amallarining har biri o’ziga ma’lum qilinadi. Va har kimning amali to’g’rilik, odillik tarozisi bilan o’lchanib, jannat va do’zax ahllari saralanadi.
- Mahsharda bandalarning amallarini kimlar hisob va taftish qiladilar?
- Alloh taolo tarafidan buyurilgan vakil farishtalar.
- Hisobotdan so’ng bandalar qaysi yerga borishadi?
- Jahannam ustiga qurilgan Sirot ko’prigining yoniga boradilar.
- Sirot ko’prigidan kimlar o’tmoqqa qodir?
- Har bir solih va gunohlari kechirilgan mo’min zotlar. Ammo undan o’tolmagan gunohkor zotlar Sirot ko’prigidan qulab jahannamga tushib ketadilar.

Qayd etilgan