Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya  ( 174056 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 14 B


Doniyor  13 Iyul 2006, 07:50:16

*****************
IKKINCHI QISM

Poklik

«Innal Islama nazifun fatanazzafu fa innahu la yadxulul jannata illa nazifun».
Ma’nosi: «Islom poklovchi dindir. Poklanishga shoshiling, nopok kishi jannatga qo’yilmas».

«Buniyaddinu ‘lannazafati».
Ma’nosi: «Islom dinining poydevori poklikdir».

«Attuhuru shatrul iyman».
Ma’nosi: «Poklik imondandir».
Islom dini eng to’g’ri va pokiza, shaffof dindir. Shuning uchun ham u bandalarga jismoniy va ma’naviy tozalikni, kiyim kiyishdagi ozodalikni, oziqlanishdagi pokizalikni amr etadi. Ayniqsa, namoz chog’i bu poklik mukammal bo’lmog’i lozim.

Qayd etilgan


Doniyor  13 Iyul 2006, 07:50:45

Tahorat

- Namozxon nimalarga e’tibor bermog’i lozim?
- Tani, libosi, namoz o’qiydigan joyi har xil iflosliklardan xoli bo’lishi lozim.
- Tahoratning yo’l-yo’riqlari qanday?
- Tahoratda sakkiz tartib bor:
1. Dastlab toza suv bilan avrat yuviladi.
2. Qo’l yuviladi.
3. Og’iz uch marta chayiladi.
4. Burunga uch marotaba suv tortilib, chayiladi.
5. Yuz uch bora yuviladi.
6. Ikki qo’l tirsaklarigacha suv tortilib yuviladi, panjalar oralig’idan suv yurgiziladi.
7. Ikki qo’l ho’llanib, avval boshga, so’ng ikki quloqqa, undan so’ng gardanga mash tortiladi.
8. Avval o’ng oyoq, so’ng chap oyoq to’piqlarigacha yuviladi. Bu paytda oyoq panjalari ham poklanishi mustahabdir. Agar mahsi yoki etik kiyib yurilgan bo’lsa, panjalari ho’llanib, uch barmoq barobarida ularga mash tortiladi. Lekin o’rganishning eng yaxshi yo’li o’rganuvchi bularni amalda, ustozning ko’magida o’rganmog’idir.

Qayd etilgan


Doniyor  13 Iyul 2006, 07:51:16

Tahorat farzlari

- Tahorat farzlari nechta?
- To’rtta: yuzni yuvmoq, qo’lni yuvmoq, boshni ho’llamoq, oyoqni poklamoq.
- Yuz yuvish tartiblari qanday?
- Yuzning peshonadan iyakkacha bo’lgan ochiq qismi yuvilishi lozim. Soqol-mo’ylovlarga mash tortiladi.
- Qo’llarning yuvilish tartiblari qanday?
- Panjalar uchidan tirsakkacha, tirsak ham, tirnoqlar orasi ham yuviladi.
- Boshning ho’llanish tartibi qanday?
- Boshning sochli qismining to’rtdan biriga mash tortilishi farz, hammasiga mash tortish sunnat.
- Oyoqning qanchasi yuviladi?
- Panjadan to’piqqacha, so’ng to’piqning o’zi ham.
- Oyoqlarda mahsi yoki etik bo’lgan holda-chi?
- Tahorat ketmasidan oldin kiyilgan bo’lsa, mash tortiladi.

Qayd etilgan


Doniyor  13 Iyul 2006, 07:51:56

Tahorat sunnatlari

- Tahoratning sunnati nechta?
- O’n sakkizta:
1. «Bismillahir rohmanir rohim», deb boshlamoq.
2. Tahorat qilishni dilga tugmoq.
3. Qo’lni yuvmoq.
4. Tishni misvok yoki qo’l bilan yuvmoq.
5. O’ng qo’lga uch marta suv olib og’iz chaymoq.
6. O’ng qo’lga uch marta suv olib burunni yuvmoq.
7. Qosh, mo’ylov va lab ostiga suv yetkazmoq.
8. Soqol oralariga panja urib ishqalamoq.
9. Oyoq panjalariga qo’l panjalari bilan suv yetkazib chog’ishtirmoq.
10. Yuz, qo’l va oyoqni uch martadan yuvmoq.
11. O’ng qo’lni chap qo’ldan, o’ng oyoqni chap oyoqdan ilgari yuvmoq.
12. Boshga mash tortganda peshonadan boshlamoq.
13. Boshning sochli joyining hammasini ho’llamoq.
14. Ko’rsatkich barmoq bilan quloq ichiga mash tortmoq, bosh barmoq bilan esa quloq tashqarisiga mash tortmoq.
15. Ikki qo’lning ort tarafi bilan gardanga mash tortmoq.
16. Tahoratning barcha farzlarini o’rniga qo’ymoq.
17. Tahorat orasida boshqa amallar bilan mashg’ul bo’lmaslik.
18. Qo’l va oyoqni yuvganda panja uchidan boshlamoq.

Qayd etilgan


Doniyor  13 Iyul 2006, 07:52:11

Tahoratning mustahablari

- Tahorat qay tarzda qilinsa, mustahab bo’ladi?
- Tahorat qilishda besh ish mustahabdir: liboslarga suv sachramasligi uchun balandda turish; qiblaga qarab o’tirish; tahorat suvini o’zi hozirlash; tahorat chog’i duoda bo’lish; tahorat chog’i tobe’ va sertavoze’ turish.

Qayd etilgan


Doniyor  13 Iyul 2006, 07:52:30

Tahorat duolari

-­ Tahorat boshlanib, ikki qo’l yuvilayotganda qaysi duo o’qiladi?
­
Ushbu duo o’qiladi:

«Alhamdu lillahillazi ja’alal maa tahuran val islama nuran».
Ma’nosi: «Suvni ham, Islom dinini ham poklik manbai qilib yaratgan Allohga hamd bo’lsin».

Og’iz chayilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma tahhir nakhati va asqini min havzi nabiyika».
Ma’nosi: «Ilohim, og’zimni pok qil, Payg’ambar ichgan «Havzi kavsar» suvidan ichishni nasib et».

Burunga suv tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma arihni roihatal jannati va la turihni roihatan-nari».
Ma’nosi: «Ilohim, jannat hididan bahramand et, do’zax isidan nari tut».

Yuz yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma bayyiz vajhi bi nurika yavma tabyazzu vujuhu ulaika va la tusavvid vajhi yavma tasvaddu vujuhu a’doik».
Ma’nosi: «Ilohim, sevimli bandalaring yuzlari pok holatda turuvchi kuni mening yuzimni ham yorug’ qil. Gunohkorlar yuzi qora bo’lguvchi kundan asragil".

O’ng qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma a’tini kitabi biyamini va hosibni hisaban yasiron».
Ma’nosi: «Ilohim, qiyomat kuni amallarim yozilgan daftarni o’ng tarafimdan berib, hisobimni yengillatgin».

Chap qo’l yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma la tu’tini kitabi bishimali va la min varoi zohri va la tuhosibni hisaban shadidan».
Ma’nosi: «Ilohim, amallar yozilgan daftarni chapimdan ham, ortimdan ham bermagil, qattiq hisob-kitob qilmagil».

Boshga mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma g’ashshini birohmatika va anzil ‘alayya min barokatika".
Ma’nosi: «Ilohim, O’z rahmating bilan boshimni silagin, ustimga barakotlaringni yog’dirgin».

Quloqqa mash tortilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’alni minallazina yastami’unal qovla fayattabi’una ahsanahu».
Ma’nosi: «Ilohim, meni yaxshi so’zlarga tobe’ qilgil va ergashtirgil».

Bo’yinga mash tortilganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma a’tiq raqobati minannari vahfazni minassalosili val ag’lali».
Ma’nosi: «Ilohim, meni do’zax azobidan asragil va zanjirlarda sudramagil».

O’ng oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma sabbit qodamayya ‘alas siroti yavma tazillu fihil aqdamu».
Ma’nosi: «Ilohim, qiyomatda — oyoqlar toyguvchi kunda oyoqlarimni toydirmagil».

Chap oyoq yuvilayotganda ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’al sa’yi mashkuron va zanbi mag’furon».
Ma’nosi: «Ilohim, qilgan ishlarimni savob yo’liga burgil va gunohlarimni avf etgil».

Tahorat yakunida ushbu duo o’qiladi:
«Allohumma ij’alni minat-tavvobinal mutatohhirina vaj’alni min ‘ibodikas-solihinallazina la xovfun alayhim va la hum yaxzanun».
Ma’nosi: «Ilohim, meni O’z tarafingga yuzlanuvchi pokiza insonlar safiga sol, qiyomat kuni yaxshi bandalaring qatorida qo’llagil, azoblardan asragil».

Qayd etilgan


Doniyor  13 Iyul 2006, 07:52:45

Tahoratdagi makruh amallar

­- Tahoratda qaysi amallar makruhdir?
­- Ular sakkiztadir:
1. Suvni ko’p ishlatib, isrof qilmoq.
2. Burunni o’ng qo’l bilan yuvmoq.
3. Yuvilayotgan a’zolarni uch martadan ko’p yoki kam yuvmoq.
4. Boshga ikki marta mash tormoq.
5. Yuzga suvni qattiq chaplamoq.
6. Tahorat qilganda boshqa kishini ishga solmoq.
7. Tahorat chog’i dunyoviy so’zlarni so’zlamoq.
8. Tahorat chog’i suvga tuflamoq, unga burunni qoqmoq.

Qayd etilgan


Doniyor  13 Iyul 2006, 07:53:43

Tahoratni buzuvchi amallar

-­ Nimalar tahoratni buzadi?
-­ Ularning soni o’n bittadir:
1. Orqa avratdan yel kelishi.
2. Najas chiqishi.
3. Badandan qon, yiring yoki sariq suv oqishi.
4. Burun yoki tishning qonashi.
5. Kasalligi sababli ko’zdan qon yo yiring yosh kelishi.
6. Qon qusish.
7. Og’iz to’ldirib taom qusish.
8. Yotib yoki suyanib uxlash.
9. Devona bo’lish yoki hushdan ketish.
10. Namoz chog’i ovoz chiqarib kulish.
11. Er-xotin qo’shilishi.

Qayd etilgan


Doniyor  13 Iyul 2006, 07:54:01

Tahoratsiz kishi

- Tahoratsiz kishi Qur’oni karimni yoki Alloh taolo so’zlari yozilgan qog’ozni ushlashi joizmi?
- Yo’q, ammo muqovasini ushlashi mumkin.
- Tahoratsiz kishi Qur’oni karim oyatlarini o’zicha o’qishi mumkinmi?
- Mumkin, lekin tayammum bilan o’qish undan yaxshiroqdir.
- Tahoratsiz kishining masjidga kirishi, qabristonni ziyorat etishi mumkinmi?
- Mumkin.

Qayd etilgan


Doniyor  13 Iyul 2006, 07:54:16

Mahsi yoki etikka mash tortish

- Etik yoki mahsi kiygan kishi tahorat chog’i oyog’ini yuvishi lozimmi?
- Yo’q. Mash tortilsa, kifoya. Ammo mahsi yoki etik tahorat bilan kiyilgan bo’lmog’i lozim.
- Mash qanday tortiladi?
- Ikki qo’l panjalari yaxshilab suvlanib, barmoq tarafdan to’piqqacha uch marta barmoq tortiladi. Mahsi yoki etik yuzi ham uch barmoq kengligida tozalanadi.
- Tahorat bilan kiyilgan mahsi yoki etikka necha kun mash tortiladi?
- Safarda bo’lmagan kishi 24 soat, uch kundan ortiq safarda bo’ladigan kishi 72 soat davomida mash tortishi mumkin.
- Bu muddat mahsi kiyilgan paytdan hisoblanadimi?
- Yo’q, birinchi tahorat buzilgan paytdan boshlanadi.
- Mahsi yoki etikdan boshqa yana nimalarga mash tortish joiz?
- Kigizli etikka, qo’njli kovushga, mahsi ustidan kiyilgan kovushga.
- Mabodo mahsi yoki etik yirtilgan bo’lsa-chi?
- Ular jamlanganda uch barmoq kattaligidan katta bo’lsa joiz emas, kam bo’lsa joiz.
- Yirtiqlar kichik-kichik, ikki-uchta bo’lsa-chi?
- Ular jamlanganda uch barmoq kattaligidan katta bo’lsa, yangidan tahorat qilinadi.
- Agar teshiklari to’piqning yuqorisida bo’lsa-chi?
- Mash tortiladi.
- Mahsiga qachon mash tortib bo’lmaydi?
- Mahsi o’z xizmatini bajara olmaydigan va tovon qo’njining yuqorisiga chiqib ketgan bo’lsa.
- Agar tahorat ketmasdan mahsilar almashtirilsa, ya’ni yechilib bir oz muddatdan so’ng kiyilsa, tahorat buzilib, oyoq yuviladimi?
- Yo’q.

Qayd etilgan