Muallif Mavzu: Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya  ( 167781 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #45 : 13 Iyul 2006, 07:56:29 »
Tayammum

- Tahorat yoki g’uslga suv topa olmagan kishi nima qiladi?
- Tayammum qiladi. Tayammumning bayoni bunday: namoz o’qishga niyat qilinadi. Ikki qo’l kaftlari toza tuproqqa urilib, ishqalanadi, yuzga surtiladi. Xuddi suv bilan tahorat chog’idagiday ish tutiladi, hatto burun oralari, qoshning ostlariga ham mash tortiladi.
- Tahorat va g’uslning tayammumdan farqi bormi?
- Har ikkisining amali bir xildir.
- Tayammumda nechta amal bor?
- To’rtta:
1. Qilgan tayammumi bilan namoz o’qishni niyat qilmoq.
2. Qo’l ishqalangan narsa yer jinslaridan biri bo’lmog’i.
3. Yer jinsiga qo’lni urib, yuzga ishqalamog’i.
4. Bu holatlarni ikki martadan qaytarmog’i.
- Tayammumning sunnati nechta?
- Oltita:
1. «Bismillahir rohmanir rohim», demoq.
2. Barmoqlarni ochib kaftni urmoq.
3. Qo’l tuproqqa urilgach, bir oz muddat qo’lni tuproq uzra tutib turmoq.
4. Qo’llarni avval oldinga keltirib nazar tashlamoq, so’ng yuzga surtmoq.
5. Avval yuzga, so’ng o’ng qo’lga, so’ng chap qo’lga mash tortmoq.
6. Xuddi tahoratdagi singari bunda ham oraga boshqa amallarni qo’shmaslik.
- Suv bo’lsa ham, tayammumga qilishga qaysi holda ruxsat bor?
- Suv ikki chaqirim miqdorida yiroq bo’lsa; suv illatli bo’lsa yoki g’oyatda sovuq bo’lib, kasal qiladigan bo’lsa; suvga tahorat uchun boradigan taqdirda o’ziga yo mol-holiga xavf yaqin bo’lsa; suv olishga idishi bo’lmasa; musofirlikda bo’lib, suvi faqat ichishga mo’ljallangan bo’lsa – bu hollardagi tayammum tahorat, g’usl o’rnida o’tadi.
- Namoz vaqti boshlanib qolganda, tahoratga vaqt qolmay, tayammum qilinsa bo’ladimi?
- Yo’q. Chunki namoz vaqti o’tsa ham, uni qazo qilib o’qish mumkin.
- Yer jinsiga nimalar kiradi?
- O’tga tushsa, yonmaydigan, erimaydigan narsalar kiradi. Masalan, tuproq, chang, qum, tosh kabilar. Lekin ular toza holda bo’lmog’i lozim.
- Bir tayammum bilan ikki-uch vaqt namoz o’qish mumkinmi?
- Buzilguncha necha vaqt namoz kelsa, o’qilaverishi mumkin.
- Tayammumni qaysi amallar sindiradi?
- Tahoratni qaysi amal sindirsa, tayammumni ham o’sha amal sindiradi. Tahorat qilishga yetarli suv topilgach, qilingan tayammum ham sinadi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #46 : 13 Iyul 2006, 07:56:47 »
Najosat

- Najaslar necha toifaga bo’linadi?
- Ikki toifaga. Biri – og’ir najaslar (najosati g’aliza), ikkinchisi – yengil najaslar (najosati xafifa) toifalaridir. Yengil najaslarga qarchig’ay, lochin kabi go’shti harom parrandalarning tezagi; ot, ho’kiz, qo’y kabi hayvonlarning siydigi kiradi. Og’ir najaslarga odamzot axlati va siydigi; go’shti halol hayvonlarning tezagi; go’shti harom hayvonlarning tezagi va siydigi; tezagi badbo’y bo’lgan parrandalar tezagi; qusuq, yiring, aroq, cho’chqa go’shti; shariatga nomuvofiq so’yilgan hayvonlarning go’shti va qoni kiradi.
- Tezagi badbo’y bo’lmagan qushlarning tezagi-chi?
- Najas emas.
- Sichqonning siydigi va tezagi-chi?
- Suvga tushsa, og’ir emas, libosga tegsa, yengil najas hisoblanadi.
- Baliq, burga qoni-chi?
- Najasga kirmaydi.
- O’lgan narsaning terisi, juni halolmi?- Cho’chqadan boshqa hayvonlarniki halol. Faqat u terilar oshlangan bo’lmog’i lozim. Shariatga muvofiq «Bismillah» deb so’yilgan bo’lsa, oshlanmasa ham, pokdir.
- Cho’chqa terisi-chi?
- Cho’chqa terisi tugul, butun badani najasdir. Hech bir amal bilan loaqal biror a’zosini ham tozalab bo’lmaydi.
- Odam terisi-chi?
- Inson muqaddas zotdir. Uning tani yoki terisini yemoq, saqlamoq gunoh.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #47 : 13 Iyul 2006, 07:57:07 »
Poklanish

- Mahsi, etikka o’xshash charm poyafzallarga najas tekkan bo’lsa, qanday tozalanadi?
- Agar tezak qattiq bo’lsa, yerga ishqalanadi, suyuq bo’lsa, suvda yuviladi.
- Libosga maniy tekkan bo’lsa-chi?
- Qurigan bo’lsa, uqalanadi, suyuq bo’lsa, boshqa amallardagi kabi uch marta suvga chayiladi.
- Libosga najas tegib, uning qaerga tekkanligi bilinmay qolsa yoki xotiradan chalkashtirib qo’ysa, kishi nima qilishi kerak?
- Gumondagi joyni o’sha gumonning kattaligicha yuvilsa bo’ladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #48 : 13 Iyul 2006, 07:57:29 »
Quduqning tozalanishi

- Agar quduqqa najas tushsa, qay tariqa tozalanadi?
- Quduqdagi jami suv olib tashlanadi.
- Agar hammasini olib bo’lmasa-chi?
- Quduqda jami suv miqdoricha suv olib tashlanadi, yerdan yangi sizib qo’shilgan suv hisobga kirmaydi.
- Agar quduqqa bir hayvon tushib o’lgan bo’lsa-chi?
- Agar hayvon jussasi qo’ynikidan katta bo’lsa, jami suv olib tashlanadi. Agar tovuq, g’oz singarilar bo’lsa, qirq paqir suv olib tashlanadi. Agar oltmish chelak suv olib tashlansa, mustahabdir. Agar chumchuq, musicha singarilar bo’lsa, yigirma paqir miqdorida suv olib tashlanadi, qo’shimcha yana o’n paqir olib tashlasa, mustahabdir. Paqirning kattaligi o’rtacha bo’lmog’i lozim.
- Agar quduqqa najas tushgan bo’lib, shu suvdan tahorat qilinsa, so’ngra suvning iflos ekanligi anglab qolinsa, nima qilmoq kerak?
- Qaytadan tahorat qilinib, qaytadan namoz o’qiladi. Yuvilgan joylar qaytadan yuviladi, mabodo suv ichilgan bo’lsa, istig’for aytiladi.
- Agar quduqda hayvon o’lgan bo’lsa-yu, qachon quduqqa tushib bo’kkanligi noaniq bo’lsa, suv qaysi kundan iflos deb taxminlanadi?
- Agar o’sha hayvon shishgan bo’lsa, quduq uch kecha-kunduzdan beri iflos deb, agar shishmagan bo’lsa, bir kecha-kunduz deb hukm qilinadi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #49 : 13 Iyul 2006, 07:57:50 »
Istibro va istinjo

- Hojatxonaga qay tariqa kiriladi?
- Avval chap oyoq, so’ng o’ng oyoq qo’yiladi. Chiqqanda avval o’ng oyoqda chiqiladi. Hojatga o’tirganda qiblaga ro’baro’ o’tirilmaydi, ortini ham o’girmaydi, qiblaga chap yonni qilib o’tiriladi; avrati va axlatiga qaramaydi. Hojati bitgach, hojatxonani tezda tark etadi.
- Ochiq joyda qay tariqa o’tiriladi?
- Qiblaga, oftobga, oyga, shamolga qarab o’tirilmaydi.
- Cho’ntakda, sumkada diniy kitoblar bo’lsa, iloj yo’qligidan hojatxonaga birga olib kirilsa bo’ladimi?
- Olib kirilmasa, mustahab bo’ladi.
- Hojatdan so’ng nima qilinadi?
- Istinjo, ya’ni axlat chiqqan joy kesak yo tosh bilan artiladi, so’ng yuviladi. Bu amal sunnat va mustahabdir.
- Istinjo va istibro qaysi qo’l bilan qilinadi?
- Chap qo’l bilan. O’ng qo’lda qilish makruhdir.
- Suyak, hayvon tezagi yo qog’oz bilan istinjo qilish mumkinmi?
- Yo’q, makruhdir.
- Yuvilish tartibi qanday?
- Ko’ngil qaror topguncha yuvilsa kifoya. Avratdan yelning o’zi kelgan bo’lsa, yuvilmasa ham bo’ladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #50 : 13 Iyul 2006, 07:58:13 »
Toza suv

- Qaysi suv tahoratga loyiq?
- Asosan, oqar suvlar. Agar ularga toza narsa qo’shilsa-yu, suvning tozalik tabiati buzilmasa, loyiq. Masalan, loyqa suv. Biroq ayron, sirka, sharbat qo’shilsa, joiz emas. Shuningdek, tarvuz suviga ham tahorat loyiq emas, lekin libosni artsa bo’ladi.
- Najas aralashgan suvga tahorat qilish mumkinmi?
- Oqar suv bo’lsa, kengligi qirq metr, chuqurligi yarim qarich hovuz yoki ko’l bo’lsa, mumkin. Ammo bu shartlarga muvofiq kelmasa, mumkin emas.
- Odam ichgan suvning qolgani tozaga o’tadimi?
- O’tadi, ammo og’izda aroq asorati bo’lsa, o’tmaydi.
- Go’shti halol hayvonlar ichgan suvga tahorat qilsa bo’ladimi?
- Ha. Lekin yirtqich hayvonlar ichgan suvga tahorat qilib bo’lmaydi. Tovuq va qarchig’ay ichgan suv tozaga o’tadi, lekin tahorat qilmoq makruh.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #51 : 13 Iyul 2006, 07:58:36 »
Avrat a’zolar

- Namoz payti qanday kiyimda bo’lish lozim?
- Namoz payti avrat a’zolar libosda bo’lmog’i farz. Avrat joylarga erkak kishining tizzasidan to kindigigacha kiradi. Bu joylar berk bo’lmasa, namozga turish yaxshi emas.
- Ayol kishining qay yerlari avrat hisoblanadi?
- Agar ayol birovning cho’risi bo’lmasa, ikki qo’l kafti, ikki oyoq kafti va yuzidan boshqa hamma joyi namoz paytida berkitilmog’i lozim. Agar ayol cho’ri bo’lsa, kindigidan to tizzasigacha avrat joyi hisoblanadi. Lekin u qorni va belini ham berkitsa, yaxshi bo’ladi.
- Avrat joylarning qanchasi ochilsa, namoz o’qilmas?
- Avrat joylarning to’rtdan biri ochilsa, namoz o’qish yaxshi emas.
- Liboslar iflos bo’lsa, yuvmoqqa suv bo’lmasa, namoz mumkinmi?
- Libos iflos bo’lsa ham, o’qiladi, biroq libos bo’la turib yalang’och namoz o’qilmaydi.
- Libos topilmasa, qanday qilib namoz o’qiladi?
­- Ul vaqtda o’tirib, avrat va g’alizasini qo’l bilan berkitib, imo-ishora bilan ibodat qilmoq mustahabdir. Ba’zan turib o’qish ham joiz.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #52 : 14 Iyul 2006, 07:11:12 »
*****************
UCHINCHI QISM

Namoz o’qish qoidalari

Oyati karima:
«Innas solata kanat ‘alal mu’minina kitaban mavqutan».
Ma’nosi: «Mo’minlar namozni o’z vaqtida o’qishlari farz qilindi».

Hadisi shariflar:
Ma’nosi: «Mo’minlar besh vaqt namozni kanda qilmaganlari sababli ham Alloh ularning gunohlarini kechiradi».
Ma’nosi: «Agar mo’min banda katta gunoh qilmay, besh vaqt namozni kanda qilmasa, Alloh uning u jumadan bu jumagacha qilgan kichik gunohlarini kechiradi».

- Namoz nimadir?
- Bandaning Allohga jismu joni bilan ibodatidir.
- Namoz bir kunda necha marta o’qiladi?
- Besh mahal: bomdod, peshin, asr, shom, xufton, juma kuni peshinda juma namozi o’qiladi.
- Vojib namozi qaysilar?
- Ramazon hamda Qurbon hayitlari va xuftondan keyingi vitr namozlari.
- Sunnat namozi qaysilar?
- Ramazon oyidagi xufton namozining sunnatidan so’ng tarovih o’qimoq sunnatdir.
- Yana qanday namoz odatlari bor?
- Yana nafl ibodatlarini qilmoq mustahabdir. Shuningdek, mayyit uchun janoza o’qish farzi kifoyadir.
- Farzi kifoya nima?
- Bir kishi o’qisa, eshitib turganlarga ham kifoya qiluvchi tilovatdir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #53 : 14 Iyul 2006, 07:11:28 »
Namoz shartlari

-­ Namoz o’qish uchun qanday shartlar qo’yiladi?
­- Kishi pok bo’lishi, tani va libosi toza bo’lishi, tahoratli bo’lishi, namozgohi ozoda bo’lishi, namozni o’z belgilangan vaqtida o’qishi, qiblaga qarashi, dildan niyat qilishlari namozning tashqi shartlaridir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #54 : 14 Iyul 2006, 07:11:43 »
Namoz vaqtlari

- Namoz vaqti kelmasidan ibodat qilish mumkinmi?
- Yo’q, chunki u farz namozga o’tmaydi.
- Tonggi namoz vaqti qachon?
- Ufq yorishgandan to quyosh chiqquncha bo’lgan vaqt.
- Peshin namozi vaqti qachon?
- Quyosh zavolga ketgandan to asr vaqtigacha.
- Asr vaqti qachon?
- Odam soyasi ikki barobar uzaygandan to quyosh botgunchadir.
- Shom vaqti qachon?
- Quyosh botgandan to ufq yo’qolguncha.
- Xufton vaqti qachon?
- Ufq ko’zdan yo’qolgandan to tong oqarguncha.
- Vitr va tarovih vaqtlari qachon?
- Xufton namozining so’nggidan to tonggacha.
- Juma namozi qay paytda keladi?
- Juma kuni peshinda.
- Hayit namozlarining payti-chi?
- Quyosh ko’tarilgandan to botgungacha.
- Nafl va janoza qachon o’qiladi?
- Nafl namozi kishining ehtiyojiga qarab istalgan paytda o’qilishi mumkin. Janoza esa sharoitga qarab, iloji bo’lsa, kunduzi o’qiladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #55 : 14 Iyul 2006, 07:11:59 »
Makruh vaqtlar

- Qaysi paytda namoz o’qish makruh?
- Quyosh chiqayotgan paytda, qiyomga kelganda, botayotganda. Faqat asr namozi o’qilmay qolgan bo’lsa, bundan mustasno. Agar kishi bomdoddan kechikib namozni quyosh chiqayotganda o’qimoqchi bo’lsa, yaxshisi bir oz kutib turgani va kun batamom chiqib bo’lgach, qazo qilib o’qigani ma’qul.
- Kishi asr namozini o’qiyotganda oftob bota boshlasa, namozi buziladimi?
- Yo’q, ammo uch rakatini o’qib tamom qilishi lozim.
- Yana qaysi paytda namoz o’qish makruh?
- Imom xutba o’qib turgan paytda hamda kunduzi hayit namozidan oldin nafl o’qish makruhdir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #56 : 14 Iyul 2006, 07:12:16 »
Qibla

- Namoz qibla tarafga qarab o’qilishi farzdir.
- Qibla qaysi tarafdir?
- Arabistonning Makka shahrida muborak Baytullohda joylashgan Ka’ba taraf – qibladir. Ka’ba nomli xonai muborakning devor va tomlari qibla emas, balki xonai muborak bino qilingan zamin qibladir. Shul sabab, mabodo xonai muborakning devor-tomlari qulasa ham, u zaminning qiblaligi abadiy davom etaveradi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #57 : 14 Iyul 2006, 07:12:32 »
Qiblani aniqlamoq

- Sahro kabi ovloq joyda kishi qiblani bilolmay qolsa, so’ramoqqa odam topolmasa, namozni qaysi tarafga qarab o’qiydi?
- Kishi qalbi qaysi tarafga qibla ekanini anglab moyillik bildirsa, o’sha tarafga qarab namoz o’qisa bo’ladi.
- Agar kechasi bo’lsa, atrofda hech bir narsa ko’rinmasa, qanday aniqlaydi?
- Agar bulut bo’lmasa, Oltin qoziq yulduzini topib, o’shandan aniqlaydi. Oltin qoziq yulduzi doim quyosh yuradigan tarafga muqobil va qarshi bo’lib, shimol tarafda turadi. Oftob yurar tarafni topgandan so’ngra chog’lab qibla tarafni bilsa bo’ladi.
- Shunday aniqlab, bir tarafni qibla e’tiqod qilib namoz o’qishga kirishsa, namozni tamom qilmasdan biror alomat tufayli qiblaning boshqa tarafda ekanini anglab qolsa, nima qilish kerak?
- Namoz o’qib turgan holda o’sha tarafga aylanib ibodatini ado etishi lozim.
- Bir necha kishi qiblani topolmay, har kim o’zicha bir tarafni qibla deb, hamma bir tarafga qarab ibodat qilsa, nima bo’ladi?
- Har kim o’zi moyil bo’lgan tarafga yolg’iz-yolg’iz holda ibodat qiladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #58 : 14 Iyul 2006, 07:12:48 »
Niyat

- Namoz o’qishdan oldin namoz o’qishni niyat qilish shartmi?
- Dil bilan niyat qilish farz. Til bilan ham qaysi namoz ekanini aytib niyat qilish mustahabdir. Imomga ergashgan kishi ergashuvni ham niyat qilishi lozim. Ammo niyat tilda aytilib, dilda aytilmasa, niyat hisobga o’tmaydi. Agar dilda boshqa namozni aytib, tilda boshqasini aytib yuborsa, dilda aytilgani haqiqiydir.
- Besh vaqt namozga qanday niyat qilinadi?
­ Niyatni har kim o’z tilida qilsa bo’ladi. Masalan, bunday: «Bomdod namozining ikki rakatli sunnatini muqaddas qiblam bo’lmish Ka’ba tarafga yuzlanib o’qishni niyat qildim. Xolis Alloh uchun». Qolgan namozlarda ham shunday. Faqat nomi hamda necha rakatligi o’zgarib turadi, xolos.
 Agar imomning orqasida turib o’qilayotgan bo’lsa, niyatni bunday qilish lozim, masalan: «Shom namozining uch rakatli farzini ushbu imomga ergashib o’qishni niyat qildim. Qiblam bo’lmish muqaddas Ka’ba sari yuzlandim. Xolis Alloh uchun». Farz namozlardan boshqa namozlarda «Allohning Rasuliga ergashib namoz o’qimoqni niyat qildim», deyilsa ham bo’ladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #59 : 14 Iyul 2006, 07:13:04 »
Azon va iqomat

- Namoz o’qishdan avval qaysi amal sunnat hisoblanadi?
- Besh vaqt farz namozlari va juma namozi vaqti kirganda azon aytish va farzlarni o’qishdan oldin iqomat aytish sunnatdir.
- Namoz o’qiladigan har bir joyda azon va iqomat aytish lozim bo’ladimi?
- Bir mahallaning masjidida aytilgan azon va iqomat butun mahalla uchun kifoyadir. Masjidda o’qigandan so’ng uyda namoz o’quvchi kishiga azon va iqomat lozim emas. Agar kishi xonadoni masjiddan uzoq bo’lsa, aytish afzaldir.
- Azon qanday aytiladi?
- To’rt bora «Allohu akbar» («Alloh ulug’dir»).
Ikki bora «Ashhadu anla ilaha illalloh» («Guvohlik beramanki, Allohdan boshqa iloh yo’q»).
Ikki bora «Ashhadu anna Muhammadar rasululloh» («Guvohlik beramanki, Muhammad Allohning payg’ambaridir»).
Ikki bora «Hayya ‘alas solah» («Namozga kelingiz»).
Ikki bora «Hayya ‘alal falah» («Najotga kelingiz»).
Ikki bora «Allohu akbar» va oxirida bir marta «La ilaha illalloh» («Allohdan o’zga iloh yo’q») kalimalari aytiladi. Bomdod namozining azonida «Hayya ‘alal falah»dan so’ng ikki marta «Assolatu xoyrum minan navm» («Namoz uyqudan afzal»), deya aytiladi.
Iqomat ham azonga o’xshash. Iqomatda «Hayya ‘alal falah»dan so’ng ikki marta «Qod qomatis solah» («Namoz o’qishga qaddingizni rostlanglar»), deyiladi.
Yana bir farqi – iqomat azondan tezroq aytiladi. Muazzin iqomatda «Hayya ‘alas solah», deganda namozxonlar joylaridan turib namozga niyat qilmoqlari, «Qodi qomatis solah», deganda o’rinlaridan turib, safga tizilmoqlari mustahabdir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

 

Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya (eski o'zbek yozuvida)

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 8563
So'nggi javob 04 Fevral 2010, 14:25:15
muallifi AbdulAziz
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Muallimi soniy

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 41
Ko'rilgan: 24746
So'nggi javob 04 Fevral 2010, 14:12:05
muallifi AbdulAziz
Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)

Muallif shoirBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 73
Ko'rilgan: 54745
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:31:14
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar ul-Foruq)

Muallif Munira xonimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 43278
So'nggi javob 12 Iyul 2008, 09:09:21
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 32198
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:07:13
muallifi AbdulAziz