Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya  ( 171433 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 14 B


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:13:21

Azonning mustahablari

- Azonning mustahablari nimalar?
- Azon aytuvchi tahoratli bo’lmog’i, qiblaga qarab azon aytmog’i, ishorat barmog’ini qulog’i ichiga qo’yib turmog’i, azon kalimalarini aniq, dona-dona aytmog’i, «Hayya ‘alas solah»ni o’ng tarafga, «Hayya ‘alal falah»ni chap tarafga qarab aytmog’i mustahabdir. Azonni eshitgan kishi yurishdan, ish qilishdan va so’zlashishdan to’xtab, azon kalimalarini takrorlab turmog’i ham mustahabdir. Muazzin «Hayya ‘alas-solah», deganda, eshitguvchi «La havla va la quvvata illa billahil ‘aliyyul ‘aziym» («Gunoh ishlardan qaytish va ibodatga qodir bo’lish faqat Alloh taolodandir») deyishi va «Hayya ‘alal falah» deyilgan muddatda «Ma’sha Allohu kana va ma’lam yasha lam yakun» («Alloh xohlagan narsa bo’lmay qolmas, Alloh xohlamagan narsa bo’lmas») deyishi ham mustahabdir.
- Kimlar azon va iqomat aytsa, makruh sanaladi?
- Tahoratsiz, junubli, devona va mast kishilarning azon va iqomat aytishlari makruh. Xotinlar, balog’at yoshiga yetmaganlar, fosiq kishilarning azon va iqomat aytishi esa joiz emas.

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:13:40

Azon duosi

- Azon aytilgandan so’ng muazzin va eshitguvchi qaysi duoni o’qiydilar?
- Ushbu duoni o’qiydilar:
«Allohumma robba hazihid-da’vatit tomma. Vassolatil-qoimati ati Muhammadanil-vasilata val fazila. Vad-darojatar-rofiata val ‘alia. Val ba’su maqomam-mahmudanil-lazi vaadtah. Varzuqna shafaatahu yavmal-qiyamati innaka la tuxlifu-l-miy’ad».
Ma’nosi: «Ey ushbu komil azonning va vaqti kirgan namozning Sohibi va Xojasi! Muhammad alayhissalomga yordamchilikni, ortiqlikni va baland darajani bergin va uni O’zing va’da qilgan yaxshi o’ringa o’tkazgin, qiyomat kunida uning bizga shafoatini nasib et, albatta, Sen va’dangga xilof qilmaysan!»

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:14:01

Namoz zikrlari

- Namozda nimalar o’qiladi?
- Ushbu zikr va suralar:
«Subhonaka allohumma va bihamdika va tabarok-kasmuka va ta’ola jadduka va la ilaha g’oyruk!»
Ma’nosi: «Ilohim, Seni pok niyat bilan yod qilurman, isming muborak, martabang ulug’dir, Sendan o’zga topinchim yo’q!»

«A’uzu billahi minash-shaytonir rojiym».
«Rahmatdan uzoq shaytonning yomonligidan qochib, Allohga sig’inurmiz».
«Bismillahir rohmanir rohim».
«Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman».

So’ng Fotiha surasi o’qiladi:
«Alhamdu lillahi robbil ‘alamin. Ar-rohmanir rohim. Maliki yavmiddin. Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’in. Ihdinas-sirotol mustaqim. Sirotol-laziyna an’amta alayhim. G’oyril mag’zubi alayhim valazzollin».
So’ng ushbu suralardan biri o’qiladi:

Ixlos surasi:
«Qul huvallohu ahad, allohus-somad. Lam yalid va lam yulad. Va lam yakun lahu kufuvan ahad».

Falaq surasi:
«Qul a’uzu birobbil falaq. Min sharri ma xolaq. Va min sharri g’osiqin iza vaqob. Va min sharrin-naffasati fil ‘uqadi. Va min sharri hasidin iza hasad».

Nos surasi:
«Qul a’uzu birobbin-nasi, malikin-nasi, ilahinnas. Min sharril vasvasil xonnas. Allazi yuvasvisu fi sudurin-nas. Minal jinnati van-nas».

Ruku’ tasbehi:
«Subhana robbiyal a’ziym».
«Ulug’ Parvardigorimning pokligini dilimga jo qilurman».

Sajda tasbehi:
«Subhana robbiyal ‘ala».
«Yuksak maqomdagi Parvardigorimning pokligini takrorlab sajda qilurman».

Tashahhud o’qiladi:
«Attahiyatu lillahi vas-solavatu vat-toyyibat. Assalamu alayka ayyuhan nabiyyu va rohmatullohi va barokatuh! Assalamu ‘alayna va ‘ala ‘ibadillahis-solihiyn. Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh».
Ma’nosi: «Jismu jon ibodatlari yagona Alloh uchundir. Ey Payg’ambarimiz! Senga Allohning rahmati va barakalari bo’lsin! Alloh taoloning har bir bandasiga, shuningdek, bizga ham salomlar bo’lsin! Guvohlik beramanki, Alloh yagona, Undan o’zga iloh yo’q, yana guvohlik beramanki, Muhammad (alayhissalom) Allohning bandasi va elchisidir».

Salovot:
«Allohumma solli ‘ala Muhammadiv-va ‘ala ali Muhammad, kama sollayta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum-majiyd. Allohumma barik ‘ala Muhammadiv-va ‘ala ali Muhammad, kama barokta ‘ala Ibrohiyma va ‘ala ali Ibrohiym, innaka hamiydum-majid».
Ma’nosi: «Iloho, xuddi Ibrohim alayhissalom va uning qavmini rahmat qilganingdek, Muhammad alayhissalom va uning qavmini ham rahmat qilgin! Albatta, maqtovga loyiq va ulug’san! Iloho, Ibrohim alayhissalom va uning qavmini muborak etganingdek, Muhammad alayhissalom va uning qavmini ham muborak etgin! Albatta, Sen maqtovga loyiq va ulug’san!»

Duo oyati:
«Robbana atina fid-dunya hasanatan va fil axiroti hasanatan va qina ‘azaban-nar!»
Ma’nosi: «Ey Parvardigorimiz! Bizlarga bu dunyoda va oxiratda yaxshi ne’matlar ato et va do’zax azobidan asra!»

Salom:
«Assalamu alaykum va rahmatulloh».
«Sizlarga Alloh taoloning salomi va rahmati bo’lsin».
«Allohumma antas-salamu va minkas-salamu va ilayka yarji’u as-salam, tabarokta ya zal-jalali val ikrom».
«Ey Alloh, Sen har bir balolardan saqlagin, ey kattalik va hurmat egasi».

Qunut duosi:
«Allohumma inna nasta’inuka va nastag’firuka .  Va nu’minu bika  va natavakkalu ‘alayka va nusniy ‘alaykal xayr nashkuruka va la nakfuruk! Va naxla’u va natruku may yafjuruk. Allohumma iyyaka na’budu va laka nusolliy va nasjudu va ilayka nas’a va nahfidu va narju rohmataka va naxsha ‘azabaka! Inna ‘azabaka bil kuffari mulhiq!»
Ma’nosi: «Iloho, biz Sening yordamingga muhtojmiz, gunohlarimizni afu etishingni so’raymiz! Senga imon keltirurmiz! Senga shukr qilurmiz va sano ayturmiz! Ne’matingga kufr keltirmasmiz va Senga gunohkor bo’lgan kimsalarni tashlab, senga yuzlanurmiz! Ey Alloh, bizlar Sengagina bandalik qilurmiz va faqat Sening uchun namoz o’qurmiz va sajda qilurmiz va ibodat qilib yaqinlashurmiz! Azobingdan qutqar! Albatta, Sening azoblaring chin kofirlargadir!»

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:14:19

Ikki rakatli namoz

- Ikki rakatli namozda qaysi amallar bor?
- Ikki rakatli namozda ikki qiyom (tik turish), ikki ruku’ (bukilish), to’rt sajda va bir qa’da (o’tirish) bordir.
- Ikki rakatli namoz qanday o’qiladi?
- Avvalo, niyat qilinadi. So’ng ikki qo’lning bosh barmog’i quloq yumshog’iga tekkizilib takbir aytiladi. Keyin ikki qo’lni bir-biriga bog’lab kindik ostiga (ayollar va qizlarda ko’krak ustiga) qo’yiladi va Sano o’qiladi. Sanodan so’ng «A’uzubillah» va «Bismillah»ni aytib, Fotiha surasi o’qiladi. «Omin», degach, yana bir sura o’qiladi-da, takbir aytib, ruku’ga boriladi. Ruku’da uch marta ruku’ tasbehi aytiladi. Ruku’dan «Samiallohu liman hamidah, robbana lakal hamd», deb tik turiladi va yana takbir aytib, ikki marta sajdaga boriladi. Har ikkala sajdada ham uch martadan sajda tasbehi aytiladi. Takbir bilan ikkinchi rakatning qiyomiga turiladi. Ikkinchi rakatning qiyomida qo’llar bog’lanib «Bismillah»ni aytib, Fotiha va qo’shimcha biror sura o’qiladi. Yana avvalgi rakatdagiga o’xshash ruku’ga va ikki marta sajdaga boriladi. Ikkinchi sajdadan so’ng qa’daga o’tirib, shu holda avval «Tashahhud», so’ngra «Salovot», duo oyatini o’qiladi. Shundan keyin avval o’ng tomonga, so’ng chap tarafga salom beradi. Ushbu amallar bilan ikki rakatli namoz tamom bo’ladi.

Bomdodning ikki rakat sunnati va ikki rakat farzi, peshinning ikki rakat sunnati, shomning ikki rakat sunnati va xuftonning ikki rakat sunnati mana shunday tarzda o’qiladi. Farq faqat niyat qilishda qoladi.

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:14:40

To’rt rakatli namoz bayoni

- To’rt rakatli namozda to’rt qiyom, to’rt ruku’, sakkiz sajda, ikki qa’da bor. Avvalgi ikki rakatdan keyin birinchi qa’da va to’rtinchi rakatdan keyin yana bir qa’da bo’ladi.
- To’rt rakatli namoz qay tariqa o’qiladi?
- To’rt rakatli namoz ham ikki rakatli namozga o’xshaydi. Farqi shuki, ikki rakat o’qib, qa’dada «Tashahhud»ning o’zi o’qiladi va «Salovot» o’qilmay, uchinchi rakatga turiladi. Ikkinchi qa’dada esa «Tashahhud»dan so’ng «Salovot» o’qiladi va duo qilinib salom beriladi. Agar to’rt rakatli namoz peshinning to’rt rakatli sunnatiga o’xshash sunnat namozi bo’lsa, har to’rt rakatida ham Fotiha surasidan so’ng qo’shimcha biror sura o’qiladi. Peshin, asr va xufton namozlarining farzlariga o’xshash farz namoz bo’lsa, unda Fotiha surasidan so’ng avvalgi ikki rakatda qo’shimcha sura o’qiladi, uchinchi, to’rtinchi rakatda sura qo’shilmaydi, ya’ni Fotiha surasi o’qilgandan so’ng ruku’ qilinadi.
- Uch rakatli namoz qay tariqa o’qiladi?
- Uch rakatli namozda ham ikki qa’da bo’ladi. Biri avvalgi ikki rakatning oxirida, ikkinchisi uchinchi rakatning oxirida. Shom namozi uch rakat farzining avvalgi ikki rakatida Fotiha surasidan so’ng biror sura o’qiladi, ammo uchinchi rakatida Fotihadan so’ng sura o’qilmaydi.
Uch rakatli vitr namozining har bir rakatida Fotihadan so’ng bir sura qo’shimcha qilinadi va uchinchi rakatida qo’shimcha suradan keyin «Allohu Akbar», deb bosh barmoqlar uchi quloqning yumshog’iga tekkizilib, qaytadan yana bog’lanib, «Bismillah»ni aytib Qunut duosi o’qiladi. Uni tamom qilgandan so’ng ruku’, sajda va qa’da bilan namoz tamom qilinadi.

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:15:05

Ayollar namozi

- Ayollar namozi qanday farqlanadi?
- Erkaklar namozidan sakkiz joyda farq qiladi:
1) Takbirda ayollar qo’llarini yelkagacha ko’taradilar;
2) Qo’l ko’tarilgan paytda qo’llar yeng ichida bo’ladi;
3) Ayollar qo’llarini ko’kraklarining ustiga qo’yadilar;
4) Erkaklar ruku’da tizzalarini bukmaydilar, balki yozib turadilar, ayollar ozroq bukib turadilar;
5) Erkaklar ruku’da tizzalariga suyangan vaqtlarida qo’l barmoqlarini ochib turadilar, ayollar ochmaydilar;
6) Sajdada bo’lgan vaqtda erkaklar bilaklarini yerdan va qovurg’alaridan, qorinlarini sonlaridan va yerdan uzoq tutadilar, ammo xotinlar sonlarini qorinlariga yopishtirib, yig’ilibroq sajda qiladilar;
7) Erkaklar qa’dada o’tirgan hollarida oyoqlarini tik bosib, barmoqlarini qiblaga o’girib turadilar, chap oyoqlarini yotqizib, uning ustiga o’tiradilar, ammo ayollar ikki oyoqlarining uchlarini o’ng tarafga qaratib, chap dumbalarini yerga tekkizib o’tiradilar;
8 )  Erkaklar farz namozini azon va iqomat aytib jamoat birla o’qiydilar, ayollar uchun azon va iqomat shart emas. Ularga namozni jamoat va imom birla o’qish makruh.

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:15:21

Tasbeh va duo

Namoz tugagach, ushbu zikrlar o’qiladi:

«Subhanallohi valhamdu lillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar».
Ya’ni, «Allohni poklik ila yod qilurman va hamdlarim Allohga xosdir hamda Alloh yagona va buyukdir».

«Masha Allohu kana va ma’lam yasha lam yakun».
Ya’ni, «Allohning marhamati bilangina gunohlardan yuz o’girmog’imiz va ibodatga yuzlanmog’imiz mumkin, yo’qsa, mumkin emas!»

«Allohu la ilaha illahu alhayyul qoyyum. La taxuzuhu sinatuv va la navm lahu ma fis-samavati va ma fil arz. Man zallazi yashfa’u ‘indahu illa biiznihi ya’lamu ma bayna aydihim va ma xolfahum va la yuhituuna bishay’im min-’ilmihi ila bimaa shaa’ vasi’a kursiyyuhus-samavati val-arza vala ya’uduhu hifzuhuma vahuval-’aliyyul-’aziym».
Ya’ni, «Allohdan o’zga hech qanday tangri yo’q. Faqat Uning O’zi bordir. U tirik va abadiy turguvchidir. Uni na mudroq, na uyqu olmaydi. Samovot va yerdagi bor narsalar Uningdir. Uning huzurida hech kim (birovni) Uning iznisiz oqlay olmaydi. U ularning (barcha odamlarning) oldilaridagi va orqalaridagi bor narsani biladi. Va ular U zotning ilmidan faqat O’zi istagan narsalarnigina biladilar. Uning arshi - kursisi osmonlar va yerdan kengdir. Va Uni osmonlar va yerni hifzu himoyatda saqlab turish qiynamaydi. U eng yuksak va buyukdir».

- Ushbu zikr-oyatlar o’qilgandan so’ng qaysi amal keladi?
- O’ttiz uch marta «Subhanalloh», o’ttiz uch marta «Alhamdulillah», o’ttiz uch marta «Allohu akbar» aytiladi. So’ng qo’llarni ko’krak to’g’risigacha ko’tarib ushbu duo o’qiladi.
«Allohumma taqobbal minna solatuna va siyamuna va qiyamuna va qiroatina va ruku’una va sujuduna va qu’uduna va tasbehina va tahlilina va tahshana va tazarru’una.  Allohumma tamaa taqsiruna va taqobbal tamamana vastajib dua’ana vag’fir ahyaina varhim mavtana ya mavlona.  Allohumma taqobbal minna hazihis-solatil-farzi ma’as-sunnati ma’a jami’i nuqsonatiha bifazlika va karomika va la tazrib biha vujuhina. Ya ilahal ‘alaminn va ya xoyrin nasirin tavaffana muslimina valhiqnaa bis-solihina va sollalohu ta’ala ‘ala xoyri xolqihi Muhammadin va ‘ala alihi va ashabihi ajma’in!»
Ma’nosi: «Iloho, bizlarning namozimizni, qiyomimizni, ro’zamizni, ruku’mizni, tahlilimizni, tavoze’mizni,  iltijomizni va jami amallarimizni qabul qilgin hamda duoimizni ijobat qil, yorlaqagin, o’tganlarni rahmat qil, balo va illatlardan saqlagin! Bizlarni imonli holimizda bu o’tkinchi dunyoni tark etishimizda ko’maklashgin. Yaratilganlarning eng yaxshisi Muhammad alayhissalomni va uning oilasini, do’stlarini rahmat qilgin!

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:15:36

Namoz shartlari

Namoz o’qish uchun quyidagilar shart:
1.   Tahoratda bo’lish.
2.   Libosning pokligi.
3.   Namozgohning ozodaligi.
4.   Avratlar hammasi libosda bo’lishi.
5.   Namoz o’z vaqtida o’qilishi.
6.   Qiblaga qarab turish.
7.   Dildan niyat qilish.

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:15:52

Namoz ruknlari

Namozga kirishishdan avval «Allohu akbar», deyish, tik turish, qiyomda uch oyat miqdoricha Qur’on o’qish, peshonani yerga yetkazib ikki marta sajda qilish, qa’dada bo’lish, namoz ruknlarining har qaysisini o’z o’rnida bajarish, namozdan o’z ixtiyori bilan chiqish namoz ruknlariga kiradi.

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:16:06

Namoz vojiblari

-­ Namozning vojiblari nechta?
­- O’n beshta:
- Fotiha surasini o’qimoq,
- farz namozining avvalgi ikki rakatiga, sunnat va nafl namozlarining har rakatiga bir bor Fotiha surasidan so’ng biror sura yoki uch oyat Qur’on zam qilmoq,
- tumaniniyata — ruku’ va sujudda tasbeh aytar miqdorida o’tirmoq,
- qavma — ruku’dan qaytgan vaqtda qaddini to’g’ri qilib bir oz turmoq,
- jalsa — ikki sajda orasida bir oz o’tirmoq,
- qa’dai u’lo — uch-to’rt rakatlik namozlarning ikkinchi rakati oxirida «Attahiyot» o’qish miqdoricha o’tirmoq,
- tashahhud — har qa’dada «Attahiyot» o’qimoq,
- salom — namozdan salom lafzi bilan chiqmoq,
- muvalot — namoz amallarini birin-ketin bajarmoq,
- jahr — bomdod, shom va xufton namozlarining avvalgi ikki rakatida imomning ovozini chiqarib qiroat qilmog’i,
- ixfo — qolgan rakatlarda ovozni maxfiy qilmoq,
- insot — imom qiroat qilgan paytda muqtadiyning sukut qilmog’i,
- takbirot — hayit namozlarinig har rakatida uch marta takbir aytmoq,
- Qunut — vitrning uchinchi rakatida duoyi Qunutni o’qimoq,
- sajdai sahv — unutib farz amalni kechiktirgan yo vojibni tark qilgan kishining sajdasi.

Qayd etilgan