Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya  ( 270622 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 B


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:26:52

Ishroq, zuho, avvobin, tahajjud, havl namozlari

— Ishroq namozi qanday namoz?
— Oftob tamom chiqib bo’lgandan keyin o’qiladigan namoz.
— Ishroq namozi necha rakat bo’ladi?
— Ikki rakat, to’rt rakat, olti rakat, sakkiz rakat qilib o’qiladi. Sakkiz rakatdan ziyoda qilinmaydi.
— Zuxo namozi qanday namoz?
— Oftob chiqib ko’tarilgandan so’ng o’qiladigan nafl namozdir.
— Zuxo namozi necha rakatdir?
— Ikki rakat, to’rt rakat yoki olti rakat, sakkiz rakat, o’n ikki rakatdir. O’n ikki rakatdan ziyoda qilinmaydi.
— Avvobin namozi qanday namozdir?
— Shom namozini o’qigandan keyin o’qiladigan nafl namozdir.
— Necha rakat bo’ladi?
— Ikki rakat, to’rt rakat yoki olti rakat bo’ladi.
— Tahajjud namozi qanday namoz?
— Kechasi yarim kechadan so’ngra uyqudan turib tong otguncha o’qiladigan namozdir.
— Necha rakat o’qiladi?
— Ikki, to’rt, olti rakat.
— Havl namozi qanday namoz?
— Bir musulmon kishining vafoti kuni savobini o’sha mayyitga bag’ishlash uchun shom namozidan keyin o’qiladigan namozdir. Unga «Alhakumut-takasuru» surasi o’qiladi.

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:27:09

*****************
BESHINCHI QISM

Ro’za, zakot, haj

— Islom dinida farz bo’lgan ulug’ ibodatlarning uchinchisi nima?
— Ramazon oyida har kuni ro’za tutish.
— Ro’za tutish qay tariqa bo’ladi?
— Tongdan to quyosh botguncha og’zini yopishga niyat qilib, yeyish, ichish va jinsiy aloqa qilishdan saqlaniladi.
— Ro’zaning farzi nechta?
— Uchta.
Birinchisi — niyat;
ikkinchisi — yeyish va ichishdan saqlanish;
uchinchisi — jinsiy aloqa qilmaslik.
— Niyatsiz kunni yemasdan, ichmasdan va jinsiy aloqa qilmasdan kech qilsa, ro’zaga hisob qilinadimi?
— Ro’za hisobiga o’tmaydi.
— Ro’zaga qaysi vaqtdan niyat qilinadi?
— Saharlikdan so’ng tong otguncha qilingan niyat afzal. Tong otgandan keyin katta choshgohgacha niyat qilsa ham durust. Undan keyin niyat qilish durust emas. Katta choshgoh — qiyomdan ikki soat yoki ikki soatu chorak daqiqa avvaldir.
— Bir kishi tongdan katta choshgohgacha ro’zaga zid narsani qilmasdan tursa, katta choshgohdan ozgina muqaddam o’sha kunning ro’zasini niyat qilsa, shu ro’za ro’zaga hisob bo’ladimi?
— Albatta, ro’zaga hisob bo’ladi.
— Bir kishi tongdan keyin ham yesa-yu undan keyin choshgohgacha shu kunning ro’zasini niyat qilsa, ro’zasi durust bo’ladimi?
— Durust bo’lmaydi.
— Ro’zaga niyatni til bilan qilish kerakmi yoki faqat dil bilan niyat qilsa kifoyami?
— Til bilan ham niyat qilish afzaldir, lekin faqat dil bilan niyat qilsa ham kifoya. Ammo ogoh bo’lish kerakki, faqat til bilan niyat qilib dilning bexabar qolishi niyat emas, chunki niyat dilning ishidir. Chunonchi, aksar avom odamlar til bilan bo’lgan niyatni niyat deb e’tiqod qiladilar. Masalan, namozda «niyat qildim»ni til bilan aytishni niyat, deydilar, holbuki, niyat farz bo’lgan ibodatlarning hammalariga faqat til bilan niyat qilish ila ibodat durust bo’lmaydi. Mo’’tabar niyat falon amal va falon ibodatni qilaman, deb dilda qasd qilish, dildan o’tkazishdir.
— Ro’za tutishda til bilan arabcha niyat qilmoqchi bo’lsa, nima deb niyat qiladi?
«Navvaytu an asuma sovma shahri ramazona min al-fajri ilal mag’ribi, xolisan lillahi taolo. Allohu akbar», deb niyat qilinadi.
Ma’nosi: «Alloh taolo uchun ixlos bilan tongdan to oftob botgunicha ramazon oyining ro’zasini tutmoqlikni niyat qildim».
— Quyosh botgach, ro’zasi tamom bo’lganda nima qiladi?
— Olov tegmagan biror taom yoki suv ila og’zini ochadi. Xurmoga o’xshash shirin taomlar bilan og’iz ochish mustahabdir. Og’iz ochilayotganda:
«Allohumma laka sumtu va bika amantu va ilayka tavakkaltu va ‘ala rizqika aftartu fag’firli ya g’offaru ma qoddamtu va ma axxartu», deb aytiladi.
Ma’nosi: «Ey bor Xudoyo, ushbu ro’zamni faqat Sen uchun tutdim va Senga imon keltirdim va Senga tavakkal qildim va Sening bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey gunohlarimni avf qiluvchi Alloh! Sen endi mening avvalgi gunohlarimni va oxirgi gunohlarimni kechirgin va yorlaqagin».

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:27:29

Ro’zaning sunnat, makruh va mufsidlari
 
— Ro’za tutgan kishiga qanday ishlarni qilish sunnat?
— Saharlik qilish; subhdan ilgari ro’zaga niyat qilish; ro’za bilan nafsni yomon niyatlardan to’xtatishni qasd qilish; ro’za bo’lgan holda befoyda so’zlardan hamda ibosiz so’zlarni gapirishdan va eshitishdan o’zini saqlash; kishi bilan urishmoqdan va har bir gunoh ishlardan o’zini tortish; mumkin qadar zikr va tasbeh ila va ham Qur’on o’qimoqqa mashg’ul bo’lish; quyosh botgan vaqtda shom namozini o’qimasdan ilgari og’iz ochish sunnatdir.
— Ro’za tutgan kishilarga qanday ishlar makruh hisoblanadi?
— Foydasiz so’zlarni so’zlash; ibosiz so’zlarni so’zlash; odamlar bilan yoqalashish; hammomga tushish; suvga sho’ng’ish; taomni tatib ko’rish; o’tar ro’za, ya’ni bir kun kechgacha ro’za tutib og’iz ochmasdan ikkinchi kun ro’zasini davom ettirish kabi ishlar makruh.
— Ro’za tutgan kishiga qanday ishlarni qilish durust bo’ladi?
— Sotib oladigan narsalarni til tekkizib tatib ko’rish, zarur bo’lganda taom chaynab berish, ko’ziga surma tortish, yuzini moylash, misvokdan foydalanish, qon oldirish, zuluk soldirish, obdasta bilan g’usl qilish, sovun bilan poklanish durust bo’ladi, makruh emas.
— Ro’zani qanday narsalar buzadi?
— Kunjut qadar bo’lsa ham,taom yeyish; bir qatra bo’lsa ham, suv ichish; er bilan xotinning jinsiy aloqa qilishi ro’zani buzadi.
— Bir kishi o’zining ro’za ekanini bila turib ixtiyoriy ravishda ro’zani buzadigan ishlarni birinchi marta qilsa, u kishi nima qilishi lozim?
— Ro’zasining qazosini tutishi va ham kafforat qilishi lozim.

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:27:49

Qazo va kafforat

— Ro’zani qazo qilish degani nima?
— Buzilgan ro’zasining o’rniga ramazondan keyin ro’za tutishdir. Necha kun ro’zasi buzilgan bo’lsa, o’shancha kun ro’za tutadi.
Kafforat qilish degani nima?
— Bir qul ozod qilish, agar bunga qodir bo’lmasa, ramazondan keyin orada biror kun qoldirmay, muttasil oltmish kun ro’za tutish, agar zaiflik va notavonlik sababidan oltmish kun ro’za tutishga qodir bo’lmasa, oltmish miskinga taom berish — kafforat qilishdir.
Oltmish kun ro’za muttasil bo’lmasa, kafforatga kifoya qiladimi?
— Kifoya qilmaydi, kafforatga oltmish kun muttasil bo’lishi lozim.
Bir kishi kafforat uchun ro’za tuta boshlasa, oltmish kunga yetmasdan biror kun ro’za tutmay qolsa, nima qiladi?
— Kafforat uchun yangidan boshlab oltmish kun muttasil ro’za tutadi, avvalgi tutgan ro’zasi kafforatga kirmaydi.
Bir kishi niyat bilan tutgan ramazon ro’zasidan bir necha kunni xato qilib buzsa, masalan, to’rt-besh kunni xato qilsa, nima qilishi lozim?
— Har bir xato qilgan kun uchun bir kundan qazo ro’za tutadi, undan keyin necha kun xato qilgan bo’lsa, hammasi uchun bir kafforat lozim bo’ladi.
Bir kishi bir yo bir necha kun ro’za tutishni niyat qilmasdan fosiqlik ila kunduz kun taom yeb yursa, u kishi nima qilmog’i lozim?
— U kishi ro’za tutmay qolgan kunlari uchun qazo ro’za tutadi, ushbu qilgan fisq ishiga pushaymon bo’lib, tavba va istig’for qiladi. Ammo u kishiga kafforat lozim emas, chunki uning gunohi g’oyatda zo’r va katta gunohdirki, kafforat bilan avf qilinadigan emas, balki tavba va istig’for lozimdir.
Bir kishi o’zining ro’za ekanini bilib turib xatolik bilan og’zidan biror taom ketsa yoki suv ichib yuborsa yoki bir kishining zo’rlik bilan ro’zasini buzsa yoki ro’zador kishi og’zini to’ldirib qayt qilsa yoki tong otmagan deb o’ylab taom yesa, holbuki, tong otgan bo’lsa yoki quyosh botgan deb iftor qilsa, shu kishining ro’zasi buziladimi?
— Buziladi.
Endi u kishi nima qilishi kerak?
— O’sha kuni quyosh botguncha ro’za kishidek ro’zani buzadigan narsadan o’zini saqlashi va ham ramazondan keyin o’sha kun uchun ro’za tutib berishi lozim. Ammo kafforat lozim emas.
Ro’za tutgan kishining dimog’iga chang-g’ubor yoki tuproq, jun yoki tutunga o’xshash narsalar kirsa, ro’zasi buziladimi?
— Buzilmaydi, qazo ham, kafforat ham lozim emas.
Og’ziga qor yoki yomg’ir kirsa, ro’zasi buziladimi?
— Buziladi. Qazo qilish lozim bo’ladi, ammo kafforat lozim emas.
O’zining tupugini yutsa, nima bo’ladi?
— Ro’za buzilmaydi.
Bir ro’zador kishi o’zining ro’za ekanini esdan chiqarib biror taom yesa, suv ichsa, jinsiy aloqa qilsa, ro’zasi buziladimi?
— Buzilmaydi, qazo ham, kafforat ham lozim emas.
Bir ro’zador kishi uyqudan junub bo’lib tursa, xotiniga qo’l tekkizib ehtilom qilsa, ro’zasi buziladimi?
— Buzilmaydi.
U kishiga g’usl qilish durustmi?
— Suv ichiga tushib uzoq muddat o’tirmasdan va ham obdasta bilan g’usl qilish durust. Ammo suv ichiga tushib uzoq muddat turishda ba’zi joylaridan suv kirib ro’za buzilishi ehtimoli bor.
Ro’za tutgan kishi tish orasida qolgan taomni yesa, ro’zasi buziladimi?
— No’xatdan kichik bo’lsa, og’zidan tashqariga chiqarmay yutib yuborsa, ro’zasi buzilmaydi, agar no’xot miqdoricha bo’lsa yoki og’zidan chiqarib keyin yutsa, buziladi.
U kishi nima qilishi lozim?
— Ro’zasini qazo qilmog’i lozim bo’ladi, kafforat lozim emas.
Qazo va kafforat uchun tutiladigan ro’zalarga qay vaqt niyat qilish lozim bo’ladi?
— Kechasi niyat qilish lozim bo’ladi. Tong otgandan keyin niyat qilish mo’’tabar emas.
Hayz va nifosli ayollarga ro’za tutish lozimmi?
— Durust emas.
Bir ayol ramazon ichida hayzli yoki nifosli bo’lsa, nima qiladi?
— Hayzli va nifosli kunlarda ro’za tutmaydi. Necha kun ro’zasi qolgan bo’lsa, o’shancha kun qazosini tutadi.

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:28:05

Ro’za fidyasi

Bir qari kishi ro’za tutishga quvvati yetmasa, nima qiladi?
— Har bir kunning ro’zasi uchun bir miskinga sadaqai fitr miqdoricha fidya beradi.
Agar shu qari kishi ramazondan keyin ro’za tutishga quvvati yetgudek bo’lsa, nima qiladi?
— Ramazonda tutilmay qolgan kunlarning qazosini tutadi.
Homilador xotin yoki bola emizadigan ayollar ro’za tutgan holda o’ziga yoki bolasiga zarar bo’lishidan xavfsirasa, ro’za tutmasa ham durust bo’ladimi?
— Durust bo’ladi, lekin zarar yetishi ehtimoli arigandan so’ngra ro’zalarining qazosini tutadi.
Bir betob kishi ro’za tutsam, betobligim ziyoda bo’ladi, deb xavfsirasa va yo bir ishonchli tabib ro’za tutish zarar qiladi, deb hukm qilsa, shu betobga ro’za tutmaslik durustmi?
— Durust, sog’lig’i tiklangan paytda ro’zasining qazosini tutadi.
Musofir kishiga ro’za tutmaslik durustmi?
— Safar ko’p mashaqqatli bo’lmasa, ro’za tutish afzal. Tutmasa ham durust, safardan qaytgandan so’ng qazosini tutadi.
Bir kunning ro’zasini tutib boshlagandan keyin safarga chiqib ketsa, ro’zasi nima bo’ladi?
— Agar ro’zasini buzsa, qazo lozim bo’ladi, kafforat lozim emas.
Bir musofir kishi ro’za tutishni niyat qilmasdan erta bilan taom yesa, undan keyin kunduz kuni uyiga qaytib kelsa, nima qiladi?
— Shu kuni oftob botguncha ro’za kishidek yemak-ichmakdan o’zini saqlab turadi. Agar yesa, ichsa, qazo kifoya qiladi, kafforat lozim emas.
Bir kishining qazoga qoldirgan ro’zalari bo’lsa, tezlik bilan qazosini tutish lozimmi?
— Albatta, mumkin qadar vaqtni g’animat bilib, tezlik ila qazosini qilish afzaldir.
Bir kishining qazo ro’zalarini tutishga vaqti bo’lsa-yu tutmasdan, orada yana betob bo’lib, vafoti yaqinlashib qolsa, u kishi nima qilsa, vojib?
— Qolgan ro’zalarining fidyasi uchun vorislariga vasiyat qilishi vojib bo’ladi.
U kishi vafot qilsa, vorislari nima qiladi?
— O’sha mayyitdan qolgan molning uchdan bir bo’lagi hisobidan fidya beradilar.

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:28:28

Ro’za makruh bo’lgan kunlar

— Qaysi kunlar ro’za tutish makruh bo’ladi?

— Ikki hayit kunlarida, Qurbon hayiti kunidan keyingi uch kungacha, yolg’iz juma kunida va yolg’iz shanba kunida ro’za tutish makruhdir.
Juma va shanba kuni yolg’iz tutmay, bir kun-ikki kun qo’shib tutsa, masalan, payshanba va juma kuni yoki shanba ila yakshanba kuni nafl ro’za tutsa, makruh bo’ladimi?
Makruh bo’lmaydi, durust bo’ladi.
Niyat bilan nafl ro’zaga kirgandan so’ng shu ro’zani buzish durustmi?
— Durust emas, makruhdir.
— Ziyofatga chaqirilgani sababli yoki uyiga mehmon kelgani sababdan nafl ro’zani buzsa bo’ladimi?
— Ziyofat qilgan kishi ko’ngli qolgudek bo’lsa yoki mehmon bo’lgan kishining ko’ngliga og’ir kelgudek bo’lsa, zavoldan, ya’ni oftob og’ishidan ilgari bo’lsa, buzmoq durust bo’ladi. Ammo zavoldan so’ng ro’zani buzish yaxshi emas, buzmagan afzal.
Bir kishi tutgan nafl ro’zasini buzsa, nima qilishi kerak bo’ladi?
— Buzilgan ro’zasining qazosini tutishi lozim.

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:28:46

Oy ko’rib ro’zaga kirish

Ramazon oyining boshi qaysi kun bo’ladi?
— Sha’bon oyining yigirma to’qqizinchi, ya’ni oxirgi kuni kechasi hilol, ya’ni yangi tug’ilgan oy ko’rilsa, ertasi ro’za — ramazon boshidir.
Sha’bon oyining yigirma to’qqizinchisida oy ko’rinmasa, nima bo’ladi?
— Sha’bon oyini o’ttiz qilib, o’ttiz birinchi kuni ramazon boshi, deb hisob qilinadi.
Fitr hayiti qaysi kun bo’ladi?
— Shavvol oyining birinchi kunida bo’ladi. Ramazon oyining yigirma to’qqizinchi yo o’ttizinchi kunida kechasi shavvol oyi ko’rilsa, ertaga fitr hayiti kunidir.
O’ttiz kun ro’za tutgandan so’ngra kechqurun shavvol oyi ko’rinmasa, nima bo’ladi?
— Ramazon oyining boshi shubhali hisob qilinmagan bo’lsa, ertasi fitr hayiti kunidir. Agar ramazon boshi shubhali hisob qilingan bo’lsa, o’ttiz bir kun ro’za tutiladi, o’ttiz ikkinchi kuni fitr hayiti bo’ladi.
Oy ko’rish xususida necha kishining guvohligi lozim?
— Oftob botgan vaqtda bulut bo’lmasa, yangi oyni ko’p kishi ko’rmog’i shart. Bir, ikki, uch kishining so’zi qabul qilinmaydi. Ammo agar tepada bulut bo’lsa, ro’za tutmoq uchun xoh erkak kishi bo’lsin, xoh xotin kishi bo’lsin, bir odil kishining so’zi qabul qilinadi. Ammo ro’zadan chiqish, fitr iydi uchun ikki odil erkak va yo bir odil erkak va ikki odil xotin oyni ko’rib guvohlik bermog’i lozimdir.
Kimlar odil kishi sanaladi?
— Ulug’ gunohlardan o’zini saqlaguvchi bolig’, oqil va komil musulmon kishilar odil sanaladilar.
Sha’bonning yigirma to’qqizinchi kuni yangi oy ko’rinmay qolsa, o’ttizinchi kuni qaysi oydan hisob qilinadi?
— Sha’bon bilan ramazon orasidagi kun o’rtoqqa o’xshash bo’ladi. U kun sha’bonning o’ttizinchi kuni bo’lishi ham mumkin, ramazonning birinchi kuni bo’lishi ham mumkin, shu sababdan u shak kuni, deb ataladi.
Shak kunida nima qilish lozim?
— Har bir kishi kun oqqan vaqtdan ilgarigacha oy ko’rilgani to’g’risida xabar kelib qolishi mumkin, deb ro’zador bo’lib turishi lozim.
Oy ko’rilgan deb xabar kelsa va sulton qabul qilsa, nima qilinadi?
— Har bir kishi niyat qilib ro’za tutadi.
Oy ko’rilganning xabari yetmasa, nima qiladi?
— Har kim yeb-ichib yuraveradi, ro’za tutmaydi.
Shak kunida ro’za tutish durust bo’ladimi?
— Ramazon ro’zasi, deb niyat qilib ro’za tutish durust bo’lmaydi, ammo nafl ro’za tutish durust bo’ladi. Agar shak kuni nafl ro’za niyat qilgandan so’ng ushbu kun ramazondan ekanligi ma’lum bo’lib qolsa, shu tutgan ro’zasi ramazon ro’zasidan hisob qilinaveradi.

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:31:38

E’tikof bayoni

E’tikof nimadir?
— Niyat va ro’za bilan jamoat masjidida umr kechirmoqdir.
E’tikof zarur amalmi?
— Har bir erkakka sunnatdir.
E’tikofning eng ozi necha kun?
— Eng ozi bir kun va ko’prog’i o’n kun.
Ramazonning qaysi kunlarida e’tikof qilish sunnat?
— Oxirgi o’n kunligida.
Xotinlar qaerda e’tikof qiladilar?
— Uylarida namoz uchun tayyorlangan joylari bo’lsa, o’sha yerda e’tikof qiladilar. Agar namoz uchun tayyorlangan joylari bo’lmasa, e’tikof qilmaydilar.
E’tikof qilgan kishi qaerda yeb-ichadi, qaerda uxlaydi?
— Masjidda.
E’tikof qilayotgan kishining masjiddan chiqishi durust bo’ladimi?
— Tahorat sindirishi va tahorat qilish va juma namozi uchun jome’ masjidiga borish singari uzrli ishlar uchun chiqsa bo’ladi. Boshqa ishlar uchun chiqishi durust emas.
Uzrsiz, biror dunyoviy ish uchun masjiddan chiqsa, nima bo’ladi?
— Uzrsiz, dunyoviy ish uchun masjiddan chiqib olti soatga qadar vaqt o’tkazsa, e’tikof buziladi. Boshqatdan e’tikof boshlashi lozim bo’ladi.
E’tikofda o’tirgan kishilar masjidda nima qiladilar?
— Namoz o’qiydilar, tasbeh aytadilar, Qur’on va kitob o’qiydilar, ilm o’rgatadilar va o’rganadilar, duo qiladilar, kitob so’zidan so’zlashadilar, zarur bo’lmasa, dunyo so’zidan so’zlamaydilar, dunyo ishini qilmaydilar.
E’tikof qilgan kishi xotiniga yaqinlashishi, badanini ushlashi, quchoqlashi va o’pishi durust bo’ladimi?
— Durust bo’lmaydi, e’tikof buziladi.

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:36:36

Nazr va nafl ro’zalar

— Bir kishi falon ish bo’lsa, falon kunda ro’za tutaman, desa yoki falon kun qadar ro’za tutarman, deb nazr aytsa, u kishiga nima qilish vojib bo’ladi?
— Aytgan nazrini ado qilish vojib.
— Nazr ro’zaga qaysi vaqt niyat qilinadi?
— Falon kunda, deb niyat qilsa ham bo’ladi, kunduz kuni katta choshgohgacha niyat qilinsa bo’ladi, ammo qaysi kuni tutishi tayin qilinmagan bo’lsa, tong otguncha niyat qilib qolish lozimdir. Undan keyin bo’lmaydi.
— Ramazondan boshqa vaqtda ro’za tutish durustmi?
— Ikki hayit kunlaridan va tashriq kunlaridan boshqa kunlarda nafl ro’za tutish durust bo’ladi. Mustahabdir. Xususan, dushanba, payshanba kunlarida, ashur, rajab oyi, barot va arafa kunlarida ham zulhijja va muharram oylarining avvalgi juma kunlarida nafl ro’za tutish ko’p savobli mustahab amallardandir.

Qayd etilgan


Doniyor  14 Iyul 2006, 07:37:02

Zakot
 
— Islom dinida farz bo’lgan ulug’ ibodatlarning to’rtinchisi molga zakot berishdir. Bolig’ va oqil musulmon bo’lgan besh toifa kishilarga zakot berish farz qilingan. Zakot berish yosh bolaga, devona kishiga, faqir kishiga farz bo’lmaydi, hatto boy bo’lsalar ham.
— Odamning moli qancha bo’lsa, zakot berish lozim bo’ladi?
— Zakot beriladigan mollarning har qaysisidan nisob miqdorida molga ega bo’lsa, lozim bo’ladi. Bundan tashqari o’sha mol o’zining va oilasining tirikligi uchun zarur mollardan ziyoda bo’lishi va ham o’z qo’lida bo’lishi va ham o’zining sof halol moli bo’lishi kerak.
— Nisob miqdoridan kam bo’lgan moldan zakot beriladimi?
— Berilmaydi. Hovli-er, libos, idish va asboblar hamda olim kishilarning kitobalariga o’xshash o’z hojatidagi mollardan ham zakot lozim bo’lmaydi.
— Qarzdor kishining qo’lidagi molidan ham zakot beriladimi?
— Qarzga yetarli miqdordan berilmaydi, qarzdan ortib qolgan miqdori nisobga yetsa, undan beriladi.
— Masalan, bir kishining o’z hojatidan ziyoda yuz so’m aqchasi bo’lsa va ham bir kishiga beradigan yuz so’m qarzi bo’lsa, shu yuz so’mdan zakot beriladimi?
— Berilmaydi, chunki u o’z moli emas, balki qarz bergan kishining molidir.
— Bir kishining ikki yuz so’m aqchasi bor bo’lsa, yuz so’m qarzi bo’lsa, ushbu ikki yuz so’mdan zakot beriladimi?
— Qarzga tegishli yuz so’mdan bermaydi, ortgan yuz so’m uchun beradi.
— O’z qo’lida bo’lmagan moldan zakot beriladimi?
— O’zining vakili qo’lida bo’lsa yoki bir boshqa kishining qo’lida bo’lsa va unda borligiga hujjati bo’lsa, beradi.
— Bir kishining birovga qarz bergan moli bo’lsa, o’sha molga zakot bermak lozimmi?
— Qarzdor kishi o’sha molning borligiga iqror bo’lsa yoki munkar bo’lsa-da, lekin o’sha molning borligiga hujjati bo’lsa, zakot berishi lozim.
— Yo’qolgan molga zakot beriladimi?
— Berilmaydi.

Qayd etilgan