Muallif Mavzu: Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya  ( 167512 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #105 : 14 Iyul 2006, 07:28:28 »
Ro’za makruh bo’lgan kunlar

– Qaysi kunlar ro’za tutish makruh bo’ladi?

– Ikki hayit kunlarida, Qurbon hayiti kunidan keyingi uch kungacha, yolg’iz juma kunida va yolg’iz shanba kunida ro’za tutish makruhdir.
– Juma va shanba kuni yolg’iz tutmay, bir kun-ikki kun qo’shib tutsa, masalan, payshanba va juma kuni yoki shanba ila yakshanba kuni nafl ro’za tutsa, makruh bo’ladimi?
– Makruh bo’lmaydi, durust bo’ladi.
– Niyat bilan nafl ro’zaga kirgandan so’ng shu ro’zani buzish durustmi?
– Durust emas, makruhdir.
– Ziyofatga chaqirilgani sababli yoki uyiga mehmon kelgani sababdan nafl ro’zani buzsa bo’ladimi?
– Ziyofat qilgan kishi ko’ngli qolgudek bo’lsa yoki mehmon bo’lgan kishining ko’ngliga og’ir kelgudek bo’lsa, zavoldan, ya’ni oftob og’ishidan ilgari bo’lsa, buzmoq durust bo’ladi. Ammo zavoldan so’ng ro’zani buzish yaxshi emas, buzmagan afzal.
– Bir kishi tutgan nafl ro’zasini buzsa, nima qilishi kerak bo’ladi?
– Buzilgan ro’zasining qazosini tutishi lozim.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #106 : 14 Iyul 2006, 07:28:46 »
Oy ko’rib ro’zaga kirish

– Ramazon oyining boshi qaysi kun bo’ladi?
– Sha’bon oyining yigirma to’qqizinchi, ya’ni oxirgi kuni kechasi hilol, ya’ni yangi tug’ilgan oy ko’rilsa, ertasi ro’za – ramazon boshidir.
– Sha’bon oyining yigirma to’qqizinchisida oy ko’rinmasa, nima bo’ladi?
– Sha’bon oyini o’ttiz qilib, o’ttiz birinchi kuni ramazon boshi, deb hisob qilinadi.
– Fitr hayiti qaysi kun bo’ladi?
– Shavvol oyining birinchi kunida bo’ladi. Ramazon oyining yigirma to’qqizinchi yo o’ttizinchi kunida kechasi shavvol oyi ko’rilsa, ertaga fitr hayiti kunidir.
– O’ttiz kun ro’za tutgandan so’ngra kechqurun shavvol oyi ko’rinmasa, nima bo’ladi?
– Ramazon oyining boshi shubhali hisob qilinmagan bo’lsa, ertasi fitr hayiti kunidir. Agar ramazon boshi shubhali hisob qilingan bo’lsa, o’ttiz bir kun ro’za tutiladi, o’ttiz ikkinchi kuni fitr hayiti bo’ladi.
– Oy ko’rish xususida necha kishining guvohligi lozim?
– Oftob botgan vaqtda bulut bo’lmasa, yangi oyni ko’p kishi ko’rmog’i shart. Bir, ikki, uch kishining so’zi qabul qilinmaydi. Ammo agar tepada bulut bo’lsa, ro’za tutmoq uchun xoh erkak kishi bo’lsin, xoh xotin kishi bo’lsin, bir odil kishining so’zi qabul qilinadi. Ammo ro’zadan chiqish, fitr iydi uchun ikki odil erkak va yo bir odil erkak va ikki odil xotin oyni ko’rib guvohlik bermog’i lozimdir.
– Kimlar odil kishi sanaladi?
– Ulug’ gunohlardan o’zini saqlaguvchi bolig’, oqil va komil musulmon kishilar odil sanaladilar.
– Sha’bonning yigirma to’qqizinchi kuni yangi oy ko’rinmay qolsa, o’ttizinchi kuni qaysi oydan hisob qilinadi?
– Sha’bon bilan ramazon orasidagi kun o’rtoqqa o’xshash bo’ladi. U kun sha’bonning o’ttizinchi kuni bo’lishi ham mumkin, ramazonning birinchi kuni bo’lishi ham mumkin, shu sababdan u shak kuni, deb ataladi.
– Shak kunida nima qilish lozim?
– Har bir kishi kun oqqan vaqtdan ilgarigacha oy ko’rilgani to’g’risida xabar kelib qolishi mumkin, deb ro’zador bo’lib turishi lozim.
– Oy ko’rilgan deb xabar kelsa va sulton qabul qilsa, nima qilinadi?
– Har bir kishi niyat qilib ro’za tutadi.
– Oy ko’rilganning xabari yetmasa, nima qiladi?
– Har kim yeb-ichib yuraveradi, ro’za tutmaydi.
– Shak kunida ro’za tutish durust bo’ladimi?
– Ramazon ro’zasi, deb niyat qilib ro’za tutish durust bo’lmaydi, ammo nafl ro’za tutish durust bo’ladi. Agar shak kuni nafl ro’za niyat qilgandan so’ng ushbu kun ramazondan ekanligi ma’lum bo’lib qolsa, shu tutgan ro’zasi ramazon ro’zasidan hisob qilinaveradi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #107 : 14 Iyul 2006, 07:31:38 »
E’tikof bayoni

– E’tikof nimadir?
– Niyat va ro’za bilan jamoat masjidida umr kechirmoqdir.
– E’tikof zarur amalmi?
– Har bir erkakka sunnatdir.
– E’tikofning eng ozi necha kun?
– Eng ozi bir kun va ko’prog’i o’n kun.
– Ramazonning qaysi kunlarida e’tikof qilish sunnat?
– Oxirgi o’n kunligida.
– Xotinlar qaerda e’tikof qiladilar?
– Uylarida namoz uchun tayyorlangan joylari bo’lsa, o’sha yerda e’tikof qiladilar. Agar namoz uchun tayyorlangan joylari bo’lmasa, e’tikof qilmaydilar.
– E’tikof qilgan kishi qaerda yeb-ichadi, qaerda uxlaydi?
– Masjidda.
– E’tikof qilayotgan kishining masjiddan chiqishi durust bo’ladimi?
– Tahorat sindirishi va tahorat qilish va juma namozi uchun jome’ masjidiga borish singari uzrli ishlar uchun chiqsa bo’ladi. Boshqa ishlar uchun chiqishi durust emas.
– Uzrsiz, biror dunyoviy ish uchun masjiddan chiqsa, nima bo’ladi?
– Uzrsiz, dunyoviy ish uchun masjiddan chiqib olti soatga qadar vaqt o’tkazsa, e’tikof buziladi. Boshqatdan e’tikof boshlashi lozim bo’ladi.
– E’tikofda o’tirgan kishilar masjidda nima qiladilar?
– Namoz o’qiydilar, tasbeh aytadilar, Qur’on va kitob o’qiydilar, ilm o’rgatadilar va o’rganadilar, duo qiladilar, kitob so’zidan so’zlashadilar, zarur bo’lmasa, dunyo so’zidan so’zlamaydilar, dunyo ishini qilmaydilar.
– E’tikof qilgan kishi xotiniga yaqinlashishi, badanini ushlashi, quchoqlashi va o’pishi durust bo’ladimi?
– Durust bo’lmaydi, e’tikof buziladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #108 : 14 Iyul 2006, 07:36:36 »
Nazr va nafl ro’zalar

– Bir kishi falon ish bo’lsa, falon kunda ro’za tutaman, desa yoki falon kun qadar ro’za tutarman, deb nazr aytsa, u kishiga nima qilish vojib bo’ladi?
– Aytgan nazrini ado qilish vojib.
– Nazr ro’zaga qaysi vaqt niyat qilinadi?
– Falon kunda, deb niyat qilsa ham bo’ladi, kunduz kuni katta choshgohgacha niyat qilinsa bo’ladi, ammo qaysi kuni tutishi tayin qilinmagan bo’lsa, tong otguncha niyat qilib qolish lozimdir. Undan keyin bo’lmaydi.
– Ramazondan boshqa vaqtda ro’za tutish durustmi?
– Ikki hayit kunlaridan va tashriq kunlaridan boshqa kunlarda nafl ro’za tutish durust bo’ladi. Mustahabdir. Xususan, dushanba, payshanba kunlarida, ashur, rajab oyi, barot va arafa kunlarida ham zulhijja va muharram oylarining avvalgi juma kunlarida nafl ro’za tutish ko’p savobli mustahab amallardandir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #109 : 14 Iyul 2006, 07:37:02 »
Zakot
 
– Islom dinida farz bo’lgan ulug’ ibodatlarning to’rtinchisi molga zakot berishdir. Bolig’ va oqil musulmon bo’lgan besh toifa kishilarga zakot berish farz qilingan. Zakot berish yosh bolaga, devona kishiga, faqir kishiga farz bo’lmaydi, hatto boy bo’lsalar ham.
– Odamning moli qancha bo’lsa, zakot berish lozim bo’ladi?
– Zakot beriladigan mollarning har qaysisidan nisob miqdorida molga ega bo’lsa, lozim bo’ladi. Bundan tashqari o’sha mol o’zining va oilasining tirikligi uchun zarur mollardan ziyoda bo’lishi va ham o’z qo’lida bo’lishi va ham o’zining sof halol moli bo’lishi kerak.
– Nisob miqdoridan kam bo’lgan moldan zakot beriladimi?
– Berilmaydi. Hovli-er, libos, idish va asboblar hamda olim kishilarning kitobalariga o’xshash o’z hojatidagi mollardan ham zakot lozim bo’lmaydi.
– Qarzdor kishining qo’lidagi molidan ham zakot beriladimi?
– Qarzga yetarli miqdordan berilmaydi, qarzdan ortib qolgan miqdori nisobga yetsa, undan beriladi.
– Masalan, bir kishining o’z hojatidan ziyoda yuz so’m aqchasi bo’lsa va ham bir kishiga beradigan yuz so’m qarzi bo’lsa, shu yuz so’mdan zakot beriladimi?
– Berilmaydi, chunki u o’z moli emas, balki qarz bergan kishining molidir.
– Bir kishining ikki yuz so’m aqchasi bor bo’lsa, yuz so’m qarzi bo’lsa, ushbu ikki yuz so’mdan zakot beriladimi?
– Qarzga tegishli yuz so’mdan bermaydi, ortgan yuz so’m uchun beradi.
– O’z qo’lida bo’lmagan moldan zakot beriladimi?
– O’zining vakili qo’lida bo’lsa yoki bir boshqa kishining qo’lida bo’lsa va unda borligiga hujjati bo’lsa, beradi.
– Bir kishining birovga qarz bergan moli bo’lsa, o’sha molga zakot bermak lozimmi?
– Qarzdor kishi o’sha molning borligiga iqror bo’lsa yoki munkar bo’lsa-da, lekin o’sha molning borligiga hujjati bo’lsa, zakot berishi lozim.
– Yo’qolgan molga zakot beriladimi?
– Berilmaydi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #110 : 14 Iyul 2006, 07:37:29 »
Zakot beriladigan mollar

– Qanday mollarga zakot beriladi?
– Ushbu uch turli moldan zakot beriladi: birinchisi – oltin va kumushdan; ikkinchisi – sotiladigan moldan; uchinchisi – sahroda o’tlaydigan hayvonlardan.
– Ushbu uch turli moldan boshqa o’z hojatidan ortiq bo’lgan mollardan zakot beriladimi?
– Berilmaydi.
– Istiqomat qilinadigan hovliga va hovlida bor bo’lgan mato va asboblarga zakot beriladimi?
– Berilmaydi.
– Ijaraga qo’yiladigan hovli va qo’ralar uchun va yana o’z mulki bo’lgan pichanlik va ekinlik yerlar uchun zakot beriladimi?
– Ushbu hovli va yerlarning o’z baholaridan zakot berilmaydi, ammo ulardan paydo bo’lgan hosil nisobga yetsa, zakot beriladi.
– Oltin-kumushdan qay tarzda zakot beriladi?
– Xoh o’tga solib tanga yasalgan bo’lsa ham, xoh bir asbob qilingan bo’lsa ham, xoh hech bir nima yasalmagan va o’z holicha turgan bo’lsa ham, har qaysisidan zakot beriladi.
– Mis yoki biror narsa qo’shilgan oltin-kumushdan zakot beriladimi?
– Mis qo’shilgan oltin-kumushda oltin va kumush ko’p bo’lsa, zakot beriladi, misi ko’p bo’lsa, berilmaydi.
– Mis aqchadan zakot beriladimi?
– Mis aqcha oltin-kumush aqcha o’rniga badal bo’lib yurgani uchun albatta beriladi.
– Qog’oz aqchaga zakot beriladimi?
– Qog’oz aqcha hech bir vajhdan pul emas, balki xazinaga qarz uchun berilgan kumush yoki oltin aqchaning sanad va hujjatidir. Shu sababdan qag’oz aqchaning o’zginasidan zakot berilmaydi. Lekin shu qog’oz aqchaning ustiga yozilgan so’m miqdoricha xazinada saqlanadigan kumush yoki oltindan beriladi.
– Qaysi mollar sotiladigan mollardir?
– Qanaqa mol bo’lsa ham, sotishga niyat qilingan moldir.
– Zakot beriladigan hayvonlar qaysi hayvonlardir?
– Qo’y, echki, ho’kiz, sigir, tuya, ot singarilar, agar ular olti oydan ziyod sahroda o’tlaydigan bo’lsa, zakot beriladigan hayvonlar qatoriga o’tadi. Xachir, eshak, ohuga o’xshash hayvonlardan zakot berilmaydi.
– Hovlida xizmat uchun yoki suti uchun yoki juni uchun saqlanadigan hayvonlardan ham zakot beriladimi?
– Berilmaydi.
– Dashtda yoki tog’da bo’lgan ekin va pichanga o’xshash va ham asal uchun zakot beriladimi?
– Ularga o’xshash yerdan chiqadigan narsa uchun va ham asal uchun zakot berilmaydi, ushur beriladi. Ushurning bayoni quyiroqda keladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #111 : 14 Iyul 2006, 07:38:38 »
Pul va savdo mollarining nisoblari

– Oltinning nisobi qancha?
– Yigirma misqol. Ya’ni, yigirma misqol oltini bor kishiga ushbu oltindan zakot bermog’i farz bo’ladi. (1 misqol - 4,68 grammga teng.)
– Yigirma misqol oltindan qancha zakot beriladi?
– Qirqdan biri, ya’ni uch yarim misqoli beriladi.
– Kumushning nisobi qancha?
– Ikki yuz tanga. Ya’ni, yuz qirq misqol kumushi bor kishiga ushbu kumushdan zakot bermog’i farz hisoblanadi.
– Yuz qirq misqol kumushdan qanchasi zakotga beriladi?
– Qirqdan biri, ya’ni uch yarim misqol miqdori beriladi.
– Uch yuz qirq misqol kumush necha so’m bo’ladi?
– Bu zamonda o’ttiz so’m chamasi bo’ladi.
– Bu hisobga qaraganda, o’z hojatidan ziyoda necha so’m aqchasi bor kishiga zakot bermak farz bo’ladi?
– O’z hojatidan ziyoda o’ttiz so’m aqchasi bor kishiga zakot berish farzdir.
– Qo’lida nisobga yetgan aqchasi bo’lib, hovlisi va yeri va boshqa zarur narsalari bo’lmagan, ijarada istiqomat qiladigan kishining zakot berishi farzmi?
– Farz bo’lmasa kerak, ixtiloflidir.
– Sotiladigan mol nisobining miqdori qancha?
– Bahosi yuz qirq misqol kumush bahosi bo’lsa. Chunki sotiladigan mol o’z bahosi miqdoridagi kumush hukmidadir.   
– Bu hisobga qaraganda necha so’mlik sotiladigan mol bo’lsa, zakot berish farzdir?
– O’ttiz so’mlik chamasi bo’lsa, zakot berish farz bo’ladi.
– Nisobga yetgan sotiladigan molidan qanchasi zakot beriladi?
– Oltin-kumushga o’xshash qirq bo’lakdan bir bo’lagi beriladi. Masalan, qirq so’mlik sotiladigan mol bo’lsa, bir so’m zakot beriladi.
– Bir kishining bir oz oltini, bir oz kumushi va bir oz sotiladigan moli bo’lsa-da, lekin alohida-alohida hech biri nisobga yetmasa, u kishiga zakot bermak farz bo’ladimi?
– Mazkur mollarning bahosi bir-biriga qo’shib hisoblanadi, agar jami bahosi kumush nisobiga yetsa, zakot berishi farz bo’ladi, yetmasa, farz bo’lmaydi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #112 : 14 Iyul 2006, 07:39:02 »
Hayvonlarning nisoblari

– Qo’yning nisobi qanchadir?
– Qirqtadir. Ya’ni, qirq qo’yi bor kishiga zakot berish farz bo’ladi. Qirq qo’ydan to bir yuz yigirma qo’ygacha bir qo’y beriladi. Bir yuz yigirma bir qo’ydan to ikki yuz qo’ygacha ikki qo’y beriladi. Ikki yuz bir qo’ydan to uch yuz to’qson qo’ygacha uch qo’y beriladi. To’rt yuz qo’y uchun to’rt qo’y beriladi. Undan so’ng har bir yuz qo’y uchun bir qo’y beriladi.
– Sovliq qo’y bilan echkidan qay tarzda zakot beriladi?
– Sovliq qo’y bilan echki qo’y hukmidadir, qo’y bilan qo’shib hisob qilinadi.
– Sigirning nisobi qancha?
– O’ttiztadir. Ya’ni, o’ttizta sigiri bor kishiga zakot berish farz bo’ladi. O’ttiz sigir uchun bir yasharlik erkak yoki urg’ochi tana beriladi.
– O’ttizdan ziyodasiga nima beriladi?
– Har bir sigir uchun bir yashar tana bahosining qirqdan biri miqdoricha pul beriladi.
– Qirq sigir uchun nima beriladi?
– Ikki yasharlik tana beriladi. Qirqdan ziyodasiga har bir sigir uchun ikki yashar tana bahosining qirqdan biri miqdoricha pul beriladi. Oltmish sigir uchun ikki dona bir yasharlik erkak yo urg’ochi tana beriladi. Yetmish sigir uchun bitta bir yashar va bitta ikki yashar tana beriladi.
– Tuyaning nisobi qancha?
– Beshta. Ya’ni, beshta tuyasi bor kishi zakot berishi farzdir.
– Besh tuya uchun qancha zakot beriladi?
– Besh tuyadan to to’qqiz tuyagacha bir qo’y beriladi. O’n bir tuyadan to o’n to’rt tuyagacha ikki qo’y beriladi. O’n besh tuyadan to o’n to’qqiz tuyagacha uch qo’y beriladi. Yigirma tuyadan to yigirma to’rt tuyagacha to’rt qo’y beriladi. Yigirma besh tuyadan to o’ttiz besh tuyagacha bir yasharlik bir tuya beriladi.   
– Otning nisobi qancha?
– Ikki donadir. Lekin ikkovi va yoki biri baytal bo’lishi shartdir.
– Otlar uchun zakotga nima beriladi?
– Har otga baho qo’yilib, o’sha bahoning qirqdan biri beriladi. Masalan, qirq so’mlik ot bo’lsa, bir so’m beriladi, yuz so’mlik ot bo’lsa, ikki yarim so’m beriladi.
– Hayvonlarning zakoti uchun berilishi lozim bo’lgan hayvonning o’rniga baholari miqdoricha aqcha berilsa ham durustmi?
– Albatta, durust bo’ladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #113 : 14 Iyul 2006, 07:40:25 »
Nisobiga yil to’lmoq bayoni

– Zakot bir yilda necha marta beriladi?
– Yilda bir marta beriladi.
– Bir faqir kishining qo’liga nisob miqdoricha mol kirsa, u moldan qachon zakot berishi farz bo’ladi?
– Bir yil to’lgandan so’ngra zakot farz bo’ladi. Keyin shu moli kam bo’lib qolmasa, har yili zakot berib turadi.
– Zakot farz bo’lgandan so’ng bermasdan qo’lida saqlash durustmi?
– Durust emas, farz bo’lgandan keyin zakot berish kerak, paysalga solsa, gunohkor bo’ladi, lekin ba’zi ulamolar aytganlarki, paysalga solib orttirgan gunohlari zakot bergandan so’ng ko’tariladi.
– Bir kishining yil avvalida ham, yil oxirida ham nisob miqdoricha moli bo’lsa, lekin yil o’rtasida kamayib turgan bo’lsa, u kishining zakot berishi farz bo’ladimi?
– Albatta, farz bo’ladi. Chunki yilning oxiri mo’’tabardir.
– Bir kishining yil avvalida bir nisob moli bo’lsa, yil to’lguncha shu mol ustiga mol qo’shilib, miqdori bir necha nisobga yetsa, bu kishining necha nisobdan zakot berishi farz bo’ladi?– Yil oxirida mol necha nisobga to’lgan bo’lsa, o’shancha nisobga zakot berishi farz bo’ladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #114 : 14 Iyul 2006, 07:40:45 »
Zakot niyati
   
– Biror kishiga sadaqa deb bir oz aqcha yoki bir oz mol berilsa, bergan vaqtida zakotga deb niyat qilinmasa, shu sadaqani zakotga hisob qilinsa, durust bo’ladimi?
– Durust bo’lmaydi, chunki sadaqa zakot hisobiga o’tishi uchun u beriladigan vaqtda yoki atab ayirib qo’yilgan vaqtda zakotga niyat qilinish shartdir. Zakot deb niyat qilinmasdan berilgan sadaqa zakotdan hisob qilinmaydi.
– Zakot deb beriladigan mol nechuk jins va nechuk zotdan bo’lmog’i lozim?
– Sof oltin yoki kumush aqcha yoki sotib olinadigan boshqa mol bo’lmog’i lozim.
– Qog’oz aqchani zakot deb berilsa, zakotga hisob qilinadimi?
– Shubhalidir, chunki qog’oz aqcha haqiqiy aqcha emasdir, balki qarz qog’ozi va qarz hujjatidir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #115 : 14 Iyul 2006, 07:41:15 »
Zakot beriladigan kishilar
 
– Zakotni qanday kishilarga bermoq durustdir?
– Nisobga yetgudek moli bo’lmagan faqir va miskin kishilarga, moli o’z qo’lida bo’lmagan musofir kishiga va baytul mol uchun zakot yig’moqchi bo’lgan kishiga berish durust bo’ladi.
– Qay tariqa beriladi?
– Baytul molga tayin qilingan kishidan boshqaga o’z qo’llariga mol qilib, mulk qilib topshirish lozim.
– Sadaqalarni yig’ishga tayinlangan zakot omili bo’lgan kishiga zakotni topshirayotganda zakot uchun yig’ilgan moldan ma’lum bir qismi xizmat haqqi, deb bersa, durust bo’ladimi?
– Ha, zakot yig’uvchi boy kishi bo’lsa ham, unga zakot molidan bir miqdor berish shariatda durust sanaladi.
– Faqirlarga taom qilib bersa, osh qilib yedirsa, zakotdan hisob qilinadimi?
– Zakotdan hisob qilinmaydi, chunki osh qilib oshatish butun topshirib mulkidan chiqarib berish emasdir. Agar oshni butunlay o’z qo’llariga berib yuborsa, zakot hisoblanaveradi.
– Zakotni xayriya jamiyatiga bersa, zakot hisobiga o’tadimi?
– To’ppa-to’g’ri xayriya jamiyatiga bersa, hisob bo’lmaydi, xayriya jamiyati xazinadorini fuqaroga topshirish uchun vakil qilib bersa, xazinador u aqchani xayriya jamiyati aqchasiga aralashtirmasdan boshqa saqlab, fuqaroga tamlik qilib bersa, albatta, zakotdan hisoblanadi.
– Zakotga degan aqcha ila maktab, madrasa, masjid bino qilish yoki ko’prik qurish va yoki yo’l tuzatish, mayyit dafn qilish va shunga o’xshash ishlarni qilish durust bo’ladimi, zakot hisob qilinadimi?
– Hisob qilinmaydi.
– Kishining gardanida bo’lgan olinadigan pul yoki molni zakotga hisob qilish durust bo’ladimi?
– Durust bo’lmaydi.
– Kishidagi olinadigan aqchasi zakot o’rniga hisob qilmakni xohlagan kishiga nima qilish lozim?
– Qarzdor kishiga qarz miqdoricha zakotdan berish kerak, shunda u aqcha qarzdorning aqchasi bo’ladi, keyin u qarzdor qarzini ado qiladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #116 : 14 Iyul 2006, 07:44:08 »
Zakot berib bo’lmaydigan kishilar

– Qanday kishilarga zakot berib bo’lmaydi?
– O’zining ota-onasiga, bobo va buvisiga, o’zidan tug’ilgan bolalariga, bolalarining bolalariga, er xotiniga va xotin eriga, nisob qadar moli bo’lgan boy kishiga va boy kishining sag’ir bolalariga zakot berish durust emas.
– Zakotni kimlarga berish yaxshiroq?
– O’zining faqir qarindoshlariga, ilm toliblariga, kasb qilolmaydigan ulamolarga, faqir, beva xotinlarga, kasbdan ojiz bo’lgan haqiqiy faqir kishilarga berish yaxshiroqdir.
– Boy kishiga berilgan sadaqa zakot hisob qilinadimi?
– Zakot hisob qilinmaydi, nafl sadaqa ham bo’lmaydi, balki tuhfa va hadya hukmida bo’ladi, davlati bo’la turib zakot olgan kishi zo’r gunohkor bo’ladi.
– Bir kishi zakot farz bo’lib ado qilolmasdan vafot etib ketsa, qolgan molidan zakotni chiqarish lozim bo’ladimi?
– Zakotni chiqaringlar, deb vasiyat qilmagan bo’lsa, zakot chiqarish lozim emas, ammo zakot chiqaringlar, deb vasiyat qilgan bo’lsa, qolgan molining uch bo’lagining bir bo’lagidan zakot chiqariladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #117 : 14 Iyul 2006, 07:44:23 »
Ushur

– Ushurning ma’nosi nima?
– Molning o’n bo’lagidan bir bo’lagi, demakdir.
– Qanaqa molning ushurini berish vojib bo’ladi?
– Yomg’ir suvi va jilg’a suvi bilan o’sgan g’allalar, mevalar va bedalar ushurini hamda shu yerda hosil bo’lgan asalning ushurini berish farz bo’ladi.
– G’alla qancha bo’lsa, ushurini bermak lozim bo’ladi?
– Xoh oz bo’lsin va xoh ko’p bo’lsin, qancha bo’lsa ham, ushurini berish lozim. Ushurda zakotga tayin qilingan nisob yo’q.
– Qanday kishilar g’allalaridan ushur bermoqlari lozim bo’ladi?
– Boymi, faqirmi, balog’atga yetganmi, yetmaganmi – hamma ushur berishi lozim. Zakotga o’xshash ushurga boylik, balog’atga yetishlik shart qilib qo’yilmagan.
– Hosil bo’lgan g’allaning qanchasiga ushur beriladi?
– Qancha hosil bo’lsa, shunchasiga ushur beriladi, xarajatlari ham chegirilmaydi.
– O’tin va qamishga o’xshash narsalardan ham ushur beriladimi?
– Berilmaydi.
– Yomg’ir yog’maydigan yerlarda asbob bilan suv tashib o’stirilgan ekinlarga to’la ushur beriladimi?
– To’la ushur berilmaydi, balki ushurning qismi beriladi, ya’ni yigirma bo’lagidan bir bo’lagi beriladi.
– Ushur kimlarga beriladi?
– Faqirlarga beriladi, boshqa o’rinlarga berilmaydi.
– Ijaraga olingan yerda o’sgan ekinlarga ushurni kim beradi? Yer egasimi yo ijaraga olib ekin ekkan kishimi?
– Yerni ijaraga olib ekin qilgan kishi beradi. Ba’zi ulamolar yer egasi beradi, deganlar.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #118 : 14 Iyul 2006, 07:44:40 »
Fitr sadaqasi

– Fitr sadaqasi qanaqa sadaqadir?
– Ramazon oyidan keyin fitr hayiti kunida beriladigan sadaqadir.
– Fitr sadaqasi berish qanday kishilarga vojib?
– Shariatda boy deb hisob qilinadigan kishilarga vojib bo’ladi.
– Qancha moli bo’lgan kishilar shariatda boy hisoblanadi?
– O’z hojatidan ortiq kumush nisob miqdoricha (ya’ni, o’ttiz so’m va undan ziyoda) moli bo’lgan kishi boy hisob qilinadi.
– Shuncha moli bo’lgan kishi sadaqa olsa bo’ladimi?
– Durust bo’lmaydi, haromdir. Unday kishiga berilgan zakot, ushur, fitr sadaqasi, fidya va boshqa sadaqalar hech qaysisi sadaqadan hisob qilinmaydi.
– O’z hojatidan ziyoda o’ttiz so’m miqdoricha moli bo’lmagan kishiga fitr sadaqasi berish vojib bo’ladimi?
– Vojib bo’lmaydi, lekin agar bersa, savobsiz qolmaydi.
– Faqir kishilarga ham fitr sadaqasi berish vojib, deyish durustmi?
– Durust emas. Sadaqa berish vojib, degan kishi zo’r gunohkor bo’ladi. Go’yo shariatga xiyonat qilgan hisoblanadi.
– Fitr sadaqasini bir kishi faqat o’zi uchungina beradimi yoki o’ziga qarashli boshqa kishilar uchun ham berishi vojibmi?
– O’zi uchun ham va yosh bolalari uchun ham berishi vojibdir.
– Xotini uchun, katta yoshdagi bolalari uchun, mollik sabiy yosh bolalari uchun fitr sadaqasini berish vojib bo’ladimi?
– Vojib bo’lmaydi. Agar boy bo’lsalar, ularning o’z gardanlariga vojib bo’ladi.
– Agar bir kishi xotini, katta yoshdagi bolalari va mollik sabiy yosh bolalari, xizmatkorlari uchun fitr sadaqasini o’zi bersa, durust bo’ladimi?
– Albatta, durust bo’ladi.
– Fitr sadaqasini qaysi vaqtda berish vojib bo’ladi?
– Ramazon o’tgandan so’ng, hayit kuni tong otgach, berish vojib bo’ladi.
– Qaysi vaqtda bersa, savobliroq bo’ladi?
– Fitr hayiti kuni hayit namozi o’qilmasdan ilgari berish savobliroqdir.
– Agar bir kishi fitr sadaqasini hayit namozini o’qiguncha ado qilolmasa, u kishi nima qiladi?
– Hayit namozini o’qigandan so’ng beradi, bermasdan qoldirmaydi.
– Hayit kuni bo’lguncha ramazon ichida fitr sadaqasini berib qo’yish durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi.
– Fitr sadaqasi qanday kishilarga beriladi?
– Zakot beriladigan faqir kishilarga.
– Har bir kishi uchun fitr sadaqasining miqdori qancha?
– Har bir kishi yarim so’ bug’doy yoki bir so’ arpa yoki yarim so’ xurmo yoki bir so’ mayiz berishi vojib bo’ladi.
– «So’» qanchaga teng keladigan o’lchovdir?
– Sakkiz yuz yigirma sakkiz misqol, ya’ni sakkiz qadoq miqdoricha bug’doy sig’adigan o’lchovdir.
– Yarim so’ bug’doy necha misqol bo’ladi?
– Uch yuz oltmish to’rt misqol bo’ladi.
– Bug’doy, arpa, xurmo, mayiz o’rniga baholari barobar aqcha bersa bo’ladimi?
– Bo’ladi. Hatto, faqirlarga foydaliroq bo’ladi.
– Bir necha kishi fitr sadaqasini to’plab birdan bersa, durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi, lekin shunday bo’lsa ham, har kishi sadaqasini o’z nomiga atab bergani afzaldir.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

Doniyor

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 32
  • Xabarlar: 6091
  • Jins: Erkak
  • Doni
Re: IBODATI ISLOMIYA. Ahmad Hodiy Maqsudiy
« Javob #119 : 14 Iyul 2006, 07:44:57 »
Fidya

– Fidya qanaqa sadaqa?
– Mayyitning, ya’ni o’lgan kishining o’qilmay qolgan namozlari va tutilmay qolgan ro’zalari uchun sadaqadir.
– Har bir qazo qilingan ro’za uchun qancha fidya beriladi?
– Har kun uchun bir fitr sadaqasi miqdoricha beriladi, ya’ni uch yuz oltmish to’rt misqol qadar bug’doy yoki yetti yuz yigirma sakkiz misqol qadar arpa beriladi.
– Har bir o’qilmagan namoz uchun qancha fidya beriladi?
– Besh vaqt namozning har biri uchun ham, vitr namozi uchun ham fitr sadaqasi miqdoricha beriladi.
– Umri ichida ba’zi namozi va ba’zi ro’zasi qazoga qolgan kishi vafot qilishidan xavflangan zamonda nima qilsa, vojib bo’ladi?
– Qolgan namoz-ro’zalari uchun vorislariga vasiyat etmog’i vojibdir.
– Kishi shu tariqa vasiyat qilib vafot etgach, vorislar qancha miqdor fidya berishlari kerak?
– Mayyitdan qolgan molning uch bo’lagining bir bo’lagidan berishi lozim bo’ladi.
– Qolgan molning uchdan biri fidyasiga yetmaydigan bo’lsa, nima qiladi?
– Uchdan biri qancha bo’lsa, o’shancha beriladi, yetmagan miqdori berilmaydi. Agar vorislari uchdan biridan ziyoda qilib bersalar, savobli bo’ladi. Bir mayyit fidya beringlar, deb vasiyat qilmasdan vafot qilsa, uning uchun vorislari qolgan molidan fidya bersalar, g’oyatda savobli bo’ladi.
– Bir mayyitning hech bir moli qolmasa, u mayyit uchun boshqa kishi o’z molidan fidya bersa,  durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi.
– Mayyitning qazoga qolgan ro’za va namozlari miqdori ma’lum bo’lmasa, nima qilinadi?
– Taxmin qilib beriladi. Balog’atga yetgan zamondan hisob qilib, vafot qilgan zamonigacha har bir namozi va ro’zasi uchun fidya beriladi. Tutilgan ro’za va o’qilgan namozlari uchun ham bersa, zarari yo’qdir, chunki har bir qilingan amalning maqbul bo’lmog’i ma’lum emasdir. Hattoki, hech bir ro’za va namozi qazoga qolmagan kishi ham butun umrida ro’za va namozlari uchun fidya bersa, foydadan holi emasdir.
– Fidyaning tariqasi qanday?
– Er kishi bo’lsa, o’n ikki yoshini, xotin kishi bo’lsa, to’qqiz yoshini chiqarib hisoblanadi. Keyin mayyitning boqiy qolgan umri uchun faqirga fidya beriladi.
-­ Fidya qay miqdorda beriladi?
– Agar o’sha mayyitning qolgan molining uchdan biri fidyaga kifoya qilgudek bo’lsa, hammasi birdan faqirga beriladi.
– Bir yillik ro’za va namozning fidyasi qancha miqdor bug’doy bo’ladi?
– Ikki yuz o’ttiz olti pud va yigirma yarim qadoq bug’doy bo’ladi.
– Ushbu bug’doy va arpa o’rniga bahosi qadar aqcha bersa, durust bo’ladimi?
– Durust bo’ladi.
– Sadaqasi qanaqa kishilarga beriladi?
– Zakot beriladigan faqir kishilarga beriladi.
Alloh go'zal, U yaratgan mavjudotlar ham go'zal. U go'zallikni yoqtiradi. Shunday ekan, komil inson hatti-harakati ham go'zal bo'lishi, go'zallikka go'zallik bilan javob berishi lozim.

 

Ahmad Hodiy Maqsudiy. Ibodati Islomiya (eski o'zbek yozuvida)

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 8540
So'nggi javob 04 Fevral 2010, 14:25:15
muallifi AbdulAziz
Ahmad Hodiy Maqsudiy. Muallimi soniy

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 41
Ko'rilgan: 24682
So'nggi javob 04 Fevral 2010, 14:12:05
muallifi AbdulAziz
Xoja Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (yangi topilgan namunalar)

Muallif shoirBo'lim O'zbek mumtoz adabiyoti

Javoblar: 73
Ko'rilgan: 54688
So'nggi javob 21 Iyul 2008, 08:31:14
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar ul-Foruq)

Muallif Munira xonimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 43219
So'nggi javob 12 Iyul 2008, 09:09:21
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 32162
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:07:13
muallifi AbdulAziz