Qur'oni karim oyatlari rasmlarda  ( 48311 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Muhammad  17 Iyun 2006, 11:33:31



243. O’limdan (ya’ni vaboga yo‘liqishdan) qochib, o‘z diyorlaridan chiqqan minglarcha kishining holi-xabarini bilmadingizmi? Bas, Alloh ularga «O’linglar!» — dedi. (Va ular o‘ldilar. Ya’ni o‘limning sababi kasallik emas, balki Allohning amridir). So‘ngra ularga hayot ato qildi. Albatta Alloh odamlarga fazlu karam qilguvchidir. Lekin juda ko‘p odamlar shukr qilmaydilar.

Baqara surasi, 243-oyat

Qayd etilgan


Muhammad  17 Iyun 2006, 11:33:56



255. Allohdan o‘zga hech qanday tangri yo‘q. Faqat Uning o‘zi bordir. U tirik va abadiy turguvchidir. Uni na mudroq, na uyqu olmaydi. Samovot va yerdagi bor narsalar Uningdir. Uning huzurida hech kim (birovni) Uning iznisiz oqlay olmaydi. U ularning (barcha odamlarning) oldilaridagi va orqalaridagi bor narsani biladi. Va ular U zotning ilmidan faqat O’zi istagan narsalarnigina biladilar. Uning arshi-kursisi osmonlar va yerdan kengdir. Va uni osmonlar va yerni hifzu himoyatda saqlab turish qiynamaydi. U eng yuksak va buyukdir.

Baqara surasi, 255-oyat

Qayd etilgan


Muhammad  17 Iyun 2006, 11:35:09



257. Alloh mo‘minlarning do‘stidir. Ularni qorong‘u zulmatlardan yorug‘lik — nurga chiqaradi. Kofirlarning do‘stlari esa shaytonlardir. Ular kofirlarni yorug‘lik-nurdan qorong‘u-zulmatlarga chiqaradilar. Ana o‘shalar jahannam egalaridir va unda abadiy qolajaklar.

Baqara surasi, 257-oyat

Qayd etilgan


Muhammad  17 Iyun 2006, 11:35:32



261. Alloh yo‘lida mollarini infoq-ehson qiladigan kishilarning misoli xuddi har bir boshog‘ida yuztadan doni bo‘lgan yettita boshoqni undirib chiqargan bir dona donga o‘xshaydi. (Ya’ni, qilingan bir yaxshilik yetti yuz barobar bo‘lib qaytishiga ishora qilinmoqda.) Alloh istagan kishilariga, bir necha barobar qilib beradi. Alloh (fazlu karami) keng, bilguvchidir.

Baqara surasi, 261-oyat

Qayd etilgan


Muhammad  17 Iyun 2006, 11:35:51



262. Mollarini Alloh yo‘lida sarflab, so‘ngra bergan narsalaricha minnat va ozorni ergashtirmaydigan zotlar uchun Parvardigorlari huzurida ulug‘ ajr bordir. Ular uchun hech qanday xavfu xatar yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar.

Baqara surasi, 262-oyat

Qayd etilgan


Muhammad  17 Iyun 2006, 11:36:08



263. Yaxshi gap va kechirish — ketidan ozor keladigan sadaqadan yaxshiroq. Alloh behojat va haliymdir.

Baqara surasi, 263-oyat

Qayd etilgan


Muhammad  17 Iyun 2006, 11:37:07



271. Agar sadaqalarni oshkora holda bersangiz, juda yaxshi. Va agar maxfiy qilib, faqir-kambag‘allarga bersangiz — bu o‘zingiz uchun yanada yaxshiroqdir. Va qilgan gunohlaringizga kafforat bo‘ladi. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

Baqara surasi, 271-oyat

Qayd etilgan


Muhammad  17 Iyun 2006, 11:38:58



274. Mol-dunyolarini kechayu kunduz, yashirin va oshkora ehson qiladigan zotlar uchun Parvardigorlarining huzurida ulug‘ ajr bor. Ular uchun hech qanday xavfu xatar yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar.

Baqara surasi. 274-oyat

Qayd etilgan


Muhammad  17 Iyun 2006, 11:39:43



276. Alloh sudxo‘rlikning (foydasini) yo‘q qiladi va sadaqalarning (foydasini) ziyoda qiladi. Alloh har qanday (sudxo‘rlikni halol deb biladigan) ko‘rnamakni va (sudxo‘rlik qiladigan) jinoyatchini sevmaydi.

Baqara surasi. 276-oyat

Qayd etilgan


Muhammad  17 Iyun 2006, 11:41:19



277. Albatta iymon keltirgan, yaxshi amallar qilgan va namozni to‘kis ado qilib, zakotni bergan zotlar uchun Parvardigorlari huzurida ajr bor. Ular uchun hech qanday xavf-xatar yo‘q va ular g‘amgin bo‘lmaydilar.

Baqara surasi. 277-oyat

Qayd etilgan