Muallif Mavzu: Yoshlik bizni tashlab ketadi  ( 26509 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Yoshlik bizni tashlab ketadi
« : 17 Iyun 2006, 12:17:11 »
YOSHLIK

Kechagidek yodimda bari,
Armonlari qiynab o'tadi.
Qaytib ketgan bahor singari,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.

Kimga yoqib baxt chirog'ini,
Kimga tutib ishq sharobini,
Qalbga solib so'ng firog'ini
Yoshlik bizni tashlab ketadi.

Yuzlaring gul, so'zlaring asal,
Go'zal bo'lgin, bir umr go'zal,
Chiroyingga bitguncha g'azal,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.

Bo'y egilib oqaradi soch,
Yomon hislar yuragimdan qoch
Davr ekan do'stlar ne iloj,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.

Xurshid Rasulov qo'shig'idan
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
« Javob #1 : 17 Iyun 2006, 12:17:36 »
O`tdi yoshlik zavq bilan, gohi to`polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayri ham tushdim ba'zan qalb bilan, imon bilan,
Lekin seni yo`qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g`aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.

Abdulla Oripov
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
« Javob #2 : 17 Iyun 2006, 12:17:52 »
Bahorda bog' na go'zal,
Qor tushsa tog' na go'zal,
Bu yoshlik chog' na go'zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So'zsiz qarashlaring,holim so'rashlaring.

Omon Matjon
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
« Javob #3 : 17 Iyun 2006, 12:18:06 »
Qayda, qayda qoldingiz, yoshlikdagi orzular,
Va qalbning sokinligi erkalatgan kezlari!
Qani avvalgi otash, ilhom baxsh etgan zavqlar,
Keling, keling, mushtoqman, bahorimning yillari.

Aleksandr Pushkin
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
« Javob #4 : 17 Iyun 2006, 12:18:21 »
YOSHLIK - ZANGOR FASL,KECHDI,SARG'ARDI.

To'kildi u. Shafqat bilmas bargrezon.
Qora sovuqlarga otib yubordi,
Shamollar poyida sinmoqda xazon.
Yoshlik - zangor fasl.Kechdi. Sarg'ardi.

Harna o'tdi,mendan o'tdi,omon bo'l,
Qancha faryod qilmay qaytarib bo'lmas.
Har qalay oldinda bordir so'nggi yo'l,
Toki yetguningcha xotirot o'lmas,
Harna o'tdi,mendan o'tdi,omon bo'l.

Vido tabassumli olam,yoshligim,
Ko'zlarimda qolgan jolam,yoshligim,
Ko'klarga etmagan nolam, yoshligim,
Suvga cho'kib ketgan bolam, yoshligim,
Vido tabassumli olam, yoshligim.

Rauf Parfi
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
« Javob #5 : 17 Iyun 2006, 12:18:32 »
YOSHLIK

Yuragingda, sening qo'lingda
Toza chechak kabi o'ynadim,
Yoshligim, men sening yo'lingda
Sevintirdim. Seni qiynadim.

Nahot xafa kunlaring o'tgan,
O'zing berdingmi beboshlikni?
Lekin meni otmading o'tga,
Naqadar yaxshisan, yoshligim!

Bir dard bo'lib, bir sevinch bo'lib.
Va bir donishmand bo'lib goh,
Ko'zlaringa qarab yurgin deb,
Etganing bor yoshligim, ogoh.

Faqat sen uchgil nafasimdan,
Sendan bahra topsin bu olam.
Aytilmagan so'zlarim sendan,
Qilinmagan zahmatlarim ham.

Men bilan bo'l doimo birga,
Ayri tutma meni, yoshligim.
Toza saqlay butun umrga,
Butun umrim, qora qoshligim.

Yuragingda, sening qo'lingda
Toza chechak kabi o'ynadim.
Yoshligim, men sening yo'lingda,
Sevintirdim. Seni qiynadim.

Rauf Parfi
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
« Javob #6 : 17 Iyun 2006, 12:18:52 »
YODINGDAMU YOSHLIGIMIZ

Yodingdamu yoshligimiz,
Beqaror beboshligimiz,
To‘ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz.

Qo‘l teksa titrab qo‘ling,
Balog‘at to‘sgach yo‘ling,
Aylanmay so‘zga tiling
Qayrilma qoshligimiz.

Ilk bora yorni quchib,
Lablardan labbol ichib,
Bu olamdan voz kechib
Bo‘salar taloshligimiz.

Daryodek yillar o‘tar,
Yosh ketib pirlik yetar,
Lek ba’zan qo‘msab ketar
Beqaror yoshligimiz.

Bahor bu yozdan nishon,
Yoz kelsa kuzdan nishon,
O‘g‘il-qizda qaytar, ishon
Baxtiyor yoshligimiz.

Yodingdamu yoshligimiz,
Beqaror beboshligimiz,
To‘ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz.

Sherali Jo'rayev
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
« Javob #7 : 17 Iyun 2006, 12:19:17 »
YOSHLIK QAYTMAYDI

Bahor qaytar, kuz ham qaytar, qaytar turnalar,
Osmon uzra qo'shig'ini aytar turnalar,
Tabiatning har faslida olam turlanar,
Bolalikni sog'inganda ko'ngil tirnalar
Bilib-bilmay sochimizga oqlar oralar,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi.

Baxt qidirma, baxt ulashar soqiymas hech kim,
O'tar shoh ham gadolar ham boqiymas hech kim
Qar gunohing bo'lmasa bil, qoqilmas hech kim
Qayg'ularning olovida yoqilmas hech kim,
Yoshlik chog'in qadrin bilmas, oqilmas hech kim,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi.

Umrimizning o'zi armon, yo'llari armon,
O'tgan kunlar qori armon, do'llari armon,
Tutolmagan sohibjamol qo'llari armon,
Hayotimiz o'ngi armon, so'llari armon,
Yig'lab qolgan ilk sevgimiz yillari armon,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi.

G'iyos Boytoyev qo'shig'idan
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
« Javob #8 : 17 Iyun 2006, 12:19:56 »
Bolaligim o'g'irlab sekin
Yillar daryo kabi oqdilar.
Kecha do'stlar sochimdagi oq
Tolalarga hayron boqdilar.

Kimdir so'kdi yillar sur'atin,
Kimlar burdi bog'lar tomon yuz.
Men esam-chi,sening siyrating
Ko'zlarimda uyg'otdim ma'yus.

Kunlar xazon kabi sarg'aydi,
Uchib ketdi yaproqlar kabi.
Ul kun qalbga dunyo sig'ardi,
Bugun sig'mas o'zimning dardim.

O, bolalik,mening quvonchim,
Ey,ko'z yoshi tuymagan ochun,
Kecha do'stlar bilan men ichdim,
Sening boqiy qudrating uchun.

Xurshid Davron
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
« Javob #9 : 17 Iyun 2006, 12:20:18 »
Jiyda gulin isladim
Bolalarday entikib,
Bolaligim izladim
Dalalarga ko'z tikib.

Huv, oils-olislarga
Quyoshday singib ketay,
Biroq,o'tga ko'milib
Yig'lagim kelsa, netay?

Yig'lama, deb shivirlab,
Yupata boshlar ajib,
Mittigina boychechak
Titroq qo'llarim ushlab...

Xurshid Davron
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
« Javob #10 : 17 Iyun 2006, 12:20:45 »
BOLALIK

Bolalikning ko'chalari ko'zdan o'tar,
Umr - karvon to'xtamaydi, mangu ketar,
Yuragimga zangor sog'inch tig'day botar,
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

Maysa gilam, yalangoyoq chopar edim,
Ko'k dalada ko'kka qarab yotar edim,
Yalpizlarning bo'ylaridan o'par edim,
Yalpizginam sen ham meni sog'ingmi?

Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

Bolalikning ko'chalari tor emasdi,
G'am-tashvishga murg'ak qalbim zor emasdi,
Yulduzjonim o'kinchlarga zor emasdi,
Ay sho'xligim sen ham meni sog'indingmi?

Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

Endi o'sha osmon to'la ko'zlar qani?
Qirda qolgan yalangoyoq izlar qani?
Qo'l ushlashib yugurishgan qizlar qani?
Dugonajon sen ham meni sog'indingmi?

Zoru hayron tentirayman toshlar aro,
Ko'zlarimda qalqib turgan yoshlar aro,
Senga yetib borolmayman tushlar aro,
Marg'lon, ayt sen ham meni sog'indingmi?

Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
« Javob #11 : 17 Iyun 2006, 12:21:20 »
BOLALIK

Bolalik.
O‘rtog‘im kapalak, sabo.
Quvalash o‘ynardik namozshomgacha.
Yo‘limga chiroqlar yoqqancha samo,
Meni chorlar edi
tonggacha...

Saharlar mast edim, asov o‘ylarim,
Osmonu falakda qanot yoysalar.
Jimgina o‘tlagan qo‘ylarim...
Billur sirg‘a taqqan maysalar...

Esimda
zilol suv qo‘shiq aytganda,
Ko‘zni yumgancha bosh chayqagan yalpiz.
Ko‘cha supurgani chiqqanda,
Hech ishi unmagan qo‘shni qiz.

Rayhon to‘la hovli.
Paxsa devorlar.
Va qo‘shni tomonga bo‘ylagan daraxt.
Bog‘ ichra taralgan alyorlar,
Devorni buzamiz degan buyuk ahd.

Keyin...
Keyin birdan ko‘kka tutashdi yo‘lim,
Qo‘shni tomonlarda bo‘ldi yor-yorlar.
Esga tushsa hamon buzilar ko‘nglim,
Hamon buzilmagan eski devorlar.

1998 y.

Abdulaziz Muborak
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
« Javob #12 : 17 Iyun 2006, 12:21:43 »
Afsuski yigitlik mavsumi bitdi,
Ko'klam o'tib ketdi, qish kelib yetdi,
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi
Bilmadim, qachonlar keldi-yu ketdi.

Umar Xayyom
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
« Javob #13 : 17 Iyun 2006, 12:22:02 »
BOLALIK HAQIDA SHE'R

Hali unutganimcha yo'q
daraxtlarning tilini,
qushlar bilan lug'atsiz so'zlasha olaman -
Hali unutganimcha yo'q.
Haliyam ishonaman va qayg'uraman
yulduz uchsa tungi osmondan.
Maysalarni majaqlamayman -
maysalar daraxtga aylanishiga
ishonchimni yo'qotmabman hali.
Hamon qo'rqaman -
bolalikda qo'shnimizning itidan,
ertak kitoblarim tugab qolishidan qo'rqardim.
Bugun esa onamning oppoq
sochlariga boqib qo'rqaman...

Xurshid Davron
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

Mohinur

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 0
  • -oldi: 31
  • Xabarlar: 588
  • Mohinur al-Buxoriy
Re: Yoshlik bizni tashlab ketadi
« Javob #14 : 17 Iyun 2006, 12:22:31 »
BOLALIK

Bir shahrim bor edi mening, do'stlarim,
Shahrimning bor edi tiniq osmoni.
Tiniq osmonida qoldi ko'zlarim,
Ko'zlarimda qoldi mayus armonim.

Do'stlarim,bir shahrim bor edi mening,
Shahrimning chang edi ko'cha-ko'ylari.
Ko'cha - ko'ylarida o'shal shahrimning
Qaytmas bir faslning qoldi bo'ylari.

Do'stlarim, bor edi mening bir shahrim,
Bir parcha o'tlog'i bor edi-yashil.
Bir parcha o'tlog'i ichra bir davrim,
Yashil davrim qoldi, do'stlarim, axir!

Cho'kib ketayotgan menmasmidim u,
Kim olib chiqardi meni daryodan?
Bir daryom bor edi,do'stlar,qanu u?
Do'stlar, men topmadim uni dunyodan.

Mening bir daraxtim bor edi, do'stlar,
Xazonlar qoplabdi tegralarini.
Ko'zyoshga qorishib yetilgan so'zlar
Do'stlar, u daraxtning mevalarimi?.

Sirojiddin Sayyid
Eng katta xato odam o`zini hamma narsada benuqson deb bilishidir.
Karleyl

 

Bizni kechiring (hikoya). Yuriy Bondarev

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon adabiyoti

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 2697
So'nggi javob 05 Sentyabr 2006, 00:54:15
muallifi AbdulAziz
Talabalar olg'a. Bizni vatan kutmoqda

Muallif Sirojiddin YuldashevBo'lim Andijon viloyati

Javoblar: 13
Ko'rilgan: 9653
So'nggi javob 06 Oktyabr 2010, 13:53:05
muallifi Munirabonu
(KECHIR BIZNI RAMAZON)

Muallif ЖАМШИДЖОНBo'lim Umumiy

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 4371
So'nggi javob 17 Avgust 2009, 19:04:52
muallifi ЖАМШИДЖОН
Haynrih Hayne. Yoshlik iztiroblari

Muallif AbdulAzizBo'lim Jahon she'riyati

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 11954
So'nggi javob 08 Oktyabr 2011, 13:08:28
muallifi Ziyolee