Yoshlik bizni tashlab ketadi  ( 27536 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:17:11

YOSHLIK

Kechagidek yodimda bari,
Armonlari qiynab o'tadi.
Qaytib ketgan bahor singari,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.

Kimga yoqib baxt chirog'ini,
Kimga tutib ishq sharobini,
Qalbga solib so'ng firog'ini
Yoshlik bizni tashlab ketadi.

Yuzlaring gul, so'zlaring asal,
Go'zal bo'lgin, bir umr go'zal,
Chiroyingga bitguncha g'azal,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.

Bo'y egilib oqaradi soch,
Yomon hislar yuragimdan qoch
Davr ekan do'stlar ne iloj,
Yoshlik bizni tashlab ketadi.

Xurshid Rasulov qo'shig'idan

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:17:36

O`tdi yoshlik zavq bilan, gohi to`polon bilan,
Gohida yaxshi bilan, gohida yomon bilan,
Ayri ham tushdim ba'zan qalb bilan, imon bilan,
Lekin seni yo`qotdim, birinchi muhabbatim,
Mangu g`aflatda qotdim, birinchi muhabbatim.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:17:52

Bahorda bog' na go'zal,
Qor tushsa tog' na go'zal,
Bu yoshlik chog' na go'zal,
Lekin hech qachon chiqmas yodimdan
So'zsiz qarashlaring,holim so'rashlaring.

Omon Matjon

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:18:06

Qayda, qayda qoldingiz, yoshlikdagi orzular,
Va qalbning sokinligi erkalatgan kezlari!
Qani avvalgi otash, ilhom baxsh etgan zavqlar,
Keling, keling, mushtoqman, bahorimning yillari.

Aleksandr Pushkin

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:18:21

YOSHLIK - ZANGOR FASL,KECHDI,SARG'ARDI.

To'kildi u. Shafqat bilmas bargrezon.
Qora sovuqlarga otib yubordi,
Shamollar poyida sinmoqda xazon.
Yoshlik - zangor fasl.Kechdi. Sarg'ardi.

Harna o'tdi,mendan o'tdi,omon bo'l,
Qancha faryod qilmay qaytarib bo'lmas.
Har qalay oldinda bordir so'nggi yo'l,
Toki yetguningcha xotirot o'lmas,
Harna o'tdi,mendan o'tdi,omon bo'l.

Vido tabassumli olam,yoshligim,
Ko'zlarimda qolgan jolam,yoshligim,
Ko'klarga etmagan nolam, yoshligim,
Suvga cho'kib ketgan bolam, yoshligim,
Vido tabassumli olam, yoshligim.

Rauf Parfi

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:18:32

YOSHLIK

Yuragingda, sening qo'lingda
Toza chechak kabi o'ynadim,
Yoshligim, men sening yo'lingda
Sevintirdim. Seni qiynadim.

Nahot xafa kunlaring o'tgan,
O'zing berdingmi beboshlikni?
Lekin meni otmading o'tga,
Naqadar yaxshisan, yoshligim!

Bir dard bo'lib, bir sevinch bo'lib.
Va bir donishmand bo'lib goh,
Ko'zlaringa qarab yurgin deb,
Etganing bor yoshligim, ogoh.

Faqat sen uchgil nafasimdan,
Sendan bahra topsin bu olam.
Aytilmagan so'zlarim sendan,
Qilinmagan zahmatlarim ham.

Men bilan bo'l doimo birga,
Ayri tutma meni, yoshligim.
Toza saqlay butun umrga,
Butun umrim, qora qoshligim.

Yuragingda, sening qo'lingda
Toza chechak kabi o'ynadim.
Yoshligim, men sening yo'lingda,
Sevintirdim. Seni qiynadim.

Rauf Parfi

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:18:52

YODINGDAMU YOSHLIGIMIZ

Yodingdamu yoshligimiz,
Beqaror beboshligimiz,
To‘ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz.

Qo‘l teksa titrab qo‘ling,
Balog‘at to‘sgach yo‘ling,
Aylanmay so‘zga tiling
Qayrilma qoshligimiz.

Ilk bora yorni quchib,
Lablardan labbol ichib,
Bu olamdan voz kechib
Bo‘salar taloshligimiz.

Daryodek yillar o‘tar,
Yosh ketib pirlik yetar,
Lek ba’zan qo‘msab ketar
Beqaror yoshligimiz.

Bahor bu yozdan nishon,
Yoz kelsa kuzdan nishon,
O‘g‘il-qizda qaytar, ishon
Baxtiyor yoshligimiz.

Yodingdamu yoshligimiz,
Beqaror beboshligimiz,
To‘ymay bu keng olamga
Baxtiyor, shodligimiz.

Sherali Jo'rayev

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:19:17

YOSHLIK QAYTMAYDI

Bahor qaytar, kuz ham qaytar, qaytar turnalar,
Osmon uzra qo'shig'ini aytar turnalar,
Tabiatning har faslida olam turlanar,
Bolalikni sog'inganda ko'ngil tirnalar
Bilib-bilmay sochimizga oqlar oralar,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi.

Baxt qidirma, baxt ulashar soqiymas hech kim,
O'tar shoh ham gadolar ham boqiymas hech kim
Qar gunohing bo'lmasa bil, qoqilmas hech kim
Qayg'ularning olovida yoqilmas hech kim,
Yoshlik chog'in qadrin bilmas, oqilmas hech kim,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi.

Umrimizning o'zi armon, yo'llari armon,
O'tgan kunlar qori armon, do'llari armon,
Tutolmagan sohibjamol qo'llari armon,
Hayotimiz o'ngi armon, so'llari armon,
Yig'lab qolgan ilk sevgimiz yillari armon,
Yoshligimiz qaytmas ekan, yoshlik qaytmaydi.

G'iyos Boytoyev qo'shig'idan

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:19:56

Bolaligim o'g'irlab sekin
Yillar daryo kabi oqdilar.
Kecha do'stlar sochimdagi oq
Tolalarga hayron boqdilar.

Kimdir so'kdi yillar sur'atin,
Kimlar burdi bog'lar tomon yuz.
Men esam-chi,sening siyrating
Ko'zlarimda uyg'otdim ma'yus.

Kunlar xazon kabi sarg'aydi,
Uchib ketdi yaproqlar kabi.
Ul kun qalbga dunyo sig'ardi,
Bugun sig'mas o'zimning dardim.

O, bolalik,mening quvonchim,
Ey,ko'z yoshi tuymagan ochun,
Kecha do'stlar bilan men ichdim,
Sening boqiy qudrating uchun.

Xurshid Davron

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:20:18

Jiyda gulin isladim
Bolalarday entikib,
Bolaligim izladim
Dalalarga ko'z tikib.

Huv, oils-olislarga
Quyoshday singib ketay,
Biroq,o'tga ko'milib
Yig'lagim kelsa, netay?

Yig'lama, deb shivirlab,
Yupata boshlar ajib,
Mittigina boychechak
Titroq qo'llarim ushlab...

Xurshid Davron

Qayd etilgan