Yoshlik bizni tashlab ketadi  ( 38928 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:20:45

BOLALIK

Bolalikning ko'chalari ko'zdan o'tar,
Umr - karvon to'xtamaydi, mangu ketar,
Yuragimga zangor sog'inch tig'day botar,
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

Maysa gilam, yalangoyoq chopar edim,
Ko'k dalada ko'kka qarab yotar edim,
Yalpizlarning bo'ylaridan o'par edim,
Yalpizginam sen ham meni sog'ingmi?

Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

Bolalikning ko'chalari tor emasdi,
G'am-tashvishga murg'ak qalbim zor emasdi,
Yulduzjonim o'kinchlarga zor emasdi,
Ay sho'xligim sen ham meni sog'indingmi?

Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

Endi o'sha osmon to'la ko'zlar qani?
Qirda qolgan yalangoyoq izlar qani?
Qo'l ushlashib yugurishgan qizlar qani?
Dugonajon sen ham meni sog'indingmi?

Zoru hayron tentirayman toshlar aro,
Ko'zlarimda qalqib turgan yoshlar aro,
Senga yetib borolmayman tushlar aro,
Marg'lon, ayt sen ham meni sog'indingmi?

Sog'indingmi? Sog'indingmi?
Bolaligim sen ham meni sog'indingmi?

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:21:20

BOLALIK

Bolalik.
O‘rtog‘im kapalak, sabo.
Quvalash o‘ynardik namozshomgacha.
Yo‘limga chiroqlar yoqqancha samo,
Meni chorlar edi
tonggacha...

Saharlar mast edim, asov o‘ylarim,
Osmonu falakda qanot yoysalar.
Jimgina o‘tlagan qo‘ylarim...
Billur sirg‘a taqqan maysalar...

Esimda
zilol suv qo‘shiq aytganda,
Ko‘zni yumgancha bosh chayqagan yalpiz.
Ko‘cha supurgani chiqqanda,
Hech ishi unmagan qo‘shni qiz.

Rayhon to‘la hovli.
Paxsa devorlar.
Va qo‘shni tomonga bo‘ylagan daraxt.
Bog‘ ichra taralgan alyorlar,
Devorni buzamiz degan buyuk ahd.

Keyin...
Keyin birdan ko‘kka tutashdi yo‘lim,
Qo‘shni tomonlarda bo‘ldi yor-yorlar.
Esga tushsa hamon buzilar ko‘nglim,
Hamon buzilmagan eski devorlar.

1998 y.

Abdulaziz Muborak

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:21:43

Afsuski yigitlik mavsumi bitdi,
Ko'klam o'tib ketdi, qish kelib yetdi,
Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi
Bilmadim, qachonlar keldi-yu ketdi.

Umar Xayyom

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:22:02

BOLALIK HAQIDA SHE'R

Hali unutganimcha yo'q
daraxtlarning tilini,
qushlar bilan lug'atsiz so'zlasha olaman -
Hali unutganimcha yo'q.
Haliyam ishonaman va qayg'uraman
yulduz uchsa tungi osmondan.
Maysalarni majaqlamayman -
maysalar daraxtga aylanishiga
ishonchimni yo'qotmabman hali.
Hamon qo'rqaman -
bolalikda qo'shnimizning itidan,
ertak kitoblarim tugab qolishidan qo'rqardim.
Bugun esa onamning oppoq
sochlariga boqib qo'rqaman...

Xurshid Davron

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:22:31

BOLALIK

Bir shahrim bor edi mening, do'stlarim,
Shahrimning bor edi tiniq osmoni.
Tiniq osmonida qoldi ko'zlarim,
Ko'zlarimda qoldi mayus armonim.

Do'stlarim,bir shahrim bor edi mening,
Shahrimning chang edi ko'cha-ko'ylari.
Ko'cha - ko'ylarida o'shal shahrimning
Qaytmas bir faslning qoldi bo'ylari.

Do'stlarim, bor edi mening bir shahrim,
Bir parcha o'tlog'i bor edi-yashil.
Bir parcha o'tlog'i ichra bir davrim,
Yashil davrim qoldi, do'stlarim, axir!

Cho'kib ketayotgan menmasmidim u,
Kim olib chiqardi meni daryodan?
Bir daryom bor edi,do'stlar,qanu u?
Do'stlar, men topmadim uni dunyodan.

Mening bir daraxtim bor edi, do'stlar,
Xazonlar qoplabdi tegralarini.
Ko'zyoshga qorishib yetilgan so'zlar
Do'stlar, u daraxtning mevalarimi?.

Sirojiddin Sayyid

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:22:55

BOLALIKKA

Kulgulari sharqiragan shaloladay,
Iforlari gulu rayhon, tog‘ loladay,
Erka tili buncha shirin,bir holvaday —
Bolalikka qaytgim keldi bir zumgina.

Birni buzib, mingni qurar goh bunyodkor,
Qadamini «toy-toy» bosgan ehtiyotkor,
Bir qarasang, sho‘xu ba’zan itoatkor —
Bolalikka qaytgim keldi bir zumgina.

Kapalakday quvnab, bog‘u tog‘lar chopar,
Dunyoda bor yangilikni o‘ylab topar.
Tolbargaklar taqib, loydan kulcha yopar,
Bolalikka qaytgim keldi bir zumgina.

Faqat o‘ynar, o‘zga bilan ishi bo‘lmas,
Bir xilqatki, g‘iybat nima — hushi bo‘lmas,
Kattalardek bir-biriga «mushti» bo‘lmas,
Bolalikka qaytgim keldi bir zumgina.

Turli yumush yo «mish-mish» horitganda,
Yuragimni bir g‘alamis og‘ritganda,
Yig‘lamoqdan ko‘ngilginam or etganda,
Bolalikka qaytgim keldi bir zumgina.

Gulchehra SHAHOBIDDIN qizi

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:23:15

Qani yana qaytib kelsa 18 yoshim,
Qani yana muhabbatdan aylansa boshim.
Sen ham yana kelarmiding, ayt qalamqoshim,
Qaytib kelarmisan yana yoshligim mening.

Qayd etilgan


Fatima  11 Oktyabr 2007, 12:07:46

        O`n yettining ostonasida

Bolalikdan ayrildim, kuydim
Goho ajib hislarni tuydim
Muhabbatga ilk qadam qo`ydim
O`n yettining ostonasida

Sho`xliklar-u to`polonlardan
O`yinqaroq, erkaliklardan
Hammasidan birdek kechdim men
O`n yettining ostonasida

Goh yig`layman, goho kulaman
Ba`zan xato qilib qo`yaman
So`ng uyalib ko`z yosh to`kaman
O`n yettining ostonasida

Shirin-shirin xayollar surdim
Ishq o`tida o`rtandim, kuydim
Sizni dildan, yurakdan suydim
O`n yettining ostonasida

Goh baridan to`yib ketaman
Bolaligim o`ylab ketarman
Qani edi ortga qaytsam men
O`n yettining ostonasidan

Osmondayin musaffo o`ylar
Pok niyatlar, oydin orzular
Umrim porloq nurga to`lsin deb
Hayot yo`lim baxtga to`lsin deb
O`y suraman, shodon yuraman
O`n yettining ostonasida




Qayd etilgan


JaviK  12 Oktyabr 2007, 00:06:24

bolaligim o`tgan o`sha qishloq. momomning o`sha oq ro`molida sigir sog`ayotgani, menga esa tovuqlarga suv ber! deb ogohlantirishlarini sog`ondim. Eh bolalik chog`larim qaytib kelsa edi, jon-jon deb o`sh vaqtga qaytar edim.
                                                                (hikoyadan parcha)




Aziz do`stlar! Sizlarni hech qachon bolalarcha beg`uborlik tark etmasin.

Qayd etilgan


lolo  20 Oktyabr 2007, 14:57:44

Chumchuq jo'horini yeb ketti
Ertaga kelaman deb ketti
Po'yez yo'lga borganda
Mana kelaman deb ketti

Qayd etilgan