O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari  ( 326483 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 54 B


Muhammad Amin  26 Noyabr 2007, 10:19:02

Xudoyor akaga
Raqib bilganlarim qo'rqoq, deb aytsa,
Do'stim dushman undan behroq, deb aytsa,
G'ururi osmonmas, tuproq, deb aytsa,
Ko'zim, yoshlaringni yurakka yashir.

Bevafo atasa ortimdan sanam,
Bebosh deb qarg'asa, tuqqanim onam,
Aybsiz ayblovlardan titrama, tanam,
Tanam, titrog'ingni yurakka yashir.

Lekin vijdon meni inkor etgan kun,
Iymon, e'tiqodni inkor etgan kun,
Ruhim, soqiy bo'lib ajal mayin sun,
Azasiz, ko'zyoshsiz tuproqqa topshir.


I.Hamro

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Noyabr 2007, 10:20:11

Davralarning to'ri seniki
Davralarning to'ri seniki,
Senga intiq parqu bolishlar.
Senikidir shuhrat, shon, boylik,
Faqat yuragingda qarg'alar qishlar.

Menikidir so'kishu, to'qmoq,
Senga tekkan barcha olqishlar.
Faqat menga nasib etgandir,
Dunyodagi eng shirin tushlar.


I.Hamro

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Noyabr 2007, 10:20:46

Tushlaringga kirib boraman
Bir kun tushlaringga kirib boraman,
Bermagan bo'lsangda sen bunga izn.
Biri birisidan shirin uxlaydi,
Bir yonda o'g'ling-u, bir yonda qizing.

Ortga qaytmoqlikka imkon-iloj yo'q,
Muhabbat degani... zanglagan qilich.
Senga ataganim, asraganimni,
Ikki dilbandingning qarog'idan ich!


I.Hamro

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Noyabr 2007, 10:21:19

Menga oson tutma, sevgilim
Menga oson tutma, sevgilim,
Hijron sira bo'lmadi sirdosh.
Kunlar mag'rur yashadim, biroq -
Tunlar Armon bo'ldi yostiqdosh.

"Kel", demoqqa aylanmas tilim,
Garchi dilim xuni biyrondir.
Ko'rsam...
Qaramasam...
Qarg'ama! -
Yurak yo'llaringda giryondir.


I.Hamro

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Noyabr 2007, 10:22:07

Chiroyli o'lim haqida
Ruhlar mozoridan o'tayotgandim,
Qulog'imga bir ingroq indi.
Soqiy yuragimning qonkosasiga,
To'ldirib hayratning mayini sundi.

Qayrildim,
Qaradim,
Jon talash yotgan,
Ruhning o'limini tomosho qildim.
O, qanday chiroyli o'larkan ular.

I.Hamro

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Noyabr 2007, 10:22:34

Men muhabbat atagan tuyg'u
Men muhabbat atagan tuyg'u,
Bozorlarda sotilmaydi, yor.
U sen kutgan oniy bo'samas,
Sho'rlik boshga erta yoqqan qor.

Men muhabbat atagan tuyg'u,
Ko'rgazmada turmas osilib.
U ko'kdagi ilohiy kuchdir,
Yurib bo'lmas ko'krakka ilib.

Men muhabbat atagan tuyg'u,
Tan olmaydi shuhratni-shonni.
Har lahzada kechmog'im mumkin,
Agar inkor etsa vijdonni.

Men muhabbat atagan tuyg'u,
Yangi qorga ilk bor tushgan iz.
Qo'y, parivash endi foydasiz,
Bo'lolmading men izlagan qiz...


I.Hamro

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Noyabr 2007, 10:23:05

Sen haqda
Sen haqda yozmoqchi bo'lganimda,
Qog'ozga quyula boshlaydi.
Yo'q. Jo'shqin she'r emas.
Nuqtalar.
(Nuqtalarki, hatto yulduzlardan ko'p.)

Men... Nuqtalar.
Seni... Yana shu ahvol.
Kel,
Yaxshisi, o'sha So'zni,
O'zing yozaqol!


I.Hamro

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Noyabr 2007, 10:23:39

Kumush - bu tush
Kumush - bu tush,
Otabek - o'trik.
Marg'ilonda o'tmagan ular.
Qodiriy yo'q.
"Do'stlari" tirik,
O'z xalqini "sotmagan" ular.

Ular yaqin, ular xalqqa do'st.
Xiyonatni bilmagan ular.
O'tmish - bu tun.
O'tgan yangi kun -
Yo'qlar, do'stni sotmagan ular...

Bir sir ayon,
Mehrobdan chayon,
Chiqib chaqdi elning yuragin.
Birda marddan,
Birda nomarddan,
Qodiriyning ruhin so'radim.

Tarix - yolg'on.
Tarix - riyokor.
Ra'no - bu tush.
Anvar bo'lmagan.
Bo'lsa qani?!
Tarix - jim, soqov.
Chayonlari hali o'lmagan...


I.Hamro

Qayd etilgan


Muhammad Amin  26 Noyabr 2007, 10:24:06

Bir kuni tark etsam...
Bir kun men tark etsam fanoni,
Qon yig'lab kuzatsa tog'-toshlar.
Mayli, sen chiqmagin uzatib,
Tilayver,
... O'zingga,
... Bardoshlar.

Bir kun men qaytadan tirilsam,
Xush-xandon kulsalar tog'-toshlar.
Endi sen qarshi ham olmasdan,
Tilayver,
... O'zingga,
... Bardoshlar.


Islom Hamro

Qayd etilgan


Muhammad Amin  03 Dekabr 2007, 18:02:51

Uyg'onish...

Huvillagan dunyo, huvillagan qalb,
Na quvonch, na rayhon, na g'am, na yalpiz...
Qip-qizil qumlarni kechdim yuz yillab,
O'zim bilan o'zim yashadim yolg'iz.

Bir kuni oy bilan tillasha turib,
His qildim yuragim og'irligini.
Ko'klam sellaridek qonim gupurib,
Angladim yashashim zarurligini.

Osmonni quchoqlab yotganim tunda,
Muhabbat, oy kabi kirding yodimga...
Bulutlar oqqushga aylandi zumda,
Yulduzlar to'ppillab tushdi yonimga.

Yelkamda yelkanday qanot barq urdi,
Bir go'zal qush bo'ldim ertakdagiday.
Yovvoyi shodlik-la azot hayqirdim,
Titradi koinot etaklari-da.

Titradi koinot etaklarin-da,
Kirpidek g'ujanak bo'lgan olamlar.
Quyosh tig'in charxlab yelkalarida,
Qip-qizil qum kechib yurgan odamlar...

Yumshoq shamollarni qo'zg'atib uchdim,
Qahkashon - shiddatim qoldirgan oq iz...
Sening olamingga boryapman, kutgin,
Osmonni quchoqlab yotgan g'amgin qiz...

Iqbol Mirzo

Qayd etilgan