O'zbek shoirlarining ajoyib sherlari  ( 326385 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 49 50 51 52 53 54 B


Muhammad Sanjar  28 Dekabr 2011, 22:43:21

AGAR

Tuhmatdan yiqilsa
birorta do'stim,
men-chi xilvatlarda berkinib yotsam.
Bu ham yetmaganday ancha vaqt o'tib,
poklikdan so'ylasam,
xotira sotsam.
Yo'q, bo'lmas,
yashardim boshimni egib,
kezardim umrbod yurtma-yurt oshib.
Odamzot ko'ziga qarolmasdim tik,
ko'ksimga osilgan bo'lardi boshim.
Yo'q, yo'q, yo'q...
Albatta birga bo'lardim
tamug' malaylari ishga tushgan choq.
Do'stim-la yonma-yon turib o'lardim,
ehtimol, o'lardim undan oldinroq.

(Shavkat Rahmon)

Qayd etilgan