Hikmatlar  ( 56679 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:29:20

O‘z vujudingga tafakkur aylagil,
Har ne istarsen, o‘zingdin istagil.

* * *

Xaloyiqqa ko‘rma qilib benavo,
O‘zingga ravo ko‘rmaganni ravo.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:29:33

Odami ersang demagil odami,
Oniki yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.

* * *

Menga ne ishqu, ne oshiq havasdur,
Agar men odam o‘lsam,ushbu basdur.

Alisher Navoiy 

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:29:43

Yuz jafo qilsa manga bir qatla faryod aylamam,
Elga qilsa bir jafo, yuz qatla faryod aylaram.

* * *

Kimki kishi o‘lmakidan shod erur,
Go‘rkanu g‘osilu jallod erur.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:29:53

Bordur inson zotida oncha sharaf, —
Kim yamon axloqni etsa bartaraf.

* * *

Xush durur bog‘u koinot guli,
Barchadin yaxshiroq hayot guli.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:30:01

Bu gulshan ichraki, yo‘qdur baqo guliga sabot,
Ajab saodat erur, chiqsa yaxshilik bila ot.

* * *

So‘zda, Navoiy, ne desang chin degil,
Rost navo nag‘maga tahsin degil.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:30:10

Kimniki inson desang, inson emas —
Shaklida — bir, fe’lda — yakson emas.

* * *

Ko‘p demak birla bo‘lmag‘il nodon,
Ko‘p yemak birla bo‘lmag‘il hayvon.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:30:18

Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki, nishona anga iymon erur.

* * *

Navoiy, chu g‘urbatda sen shod bo‘l!
Vatan yodi ranjidan ozod bo‘l!

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:30:28

Gar oshiq esang, zebu takallufni unut,
Yaxshiyu yamon ishda taxallufni unut.
O‘tgan gar erur yamon — taassufni unut,
Kelgan gar erur yaxshi — tasarrufni unut.

* * *

El qochsa birovdin, el yamoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni.
Fe’l ichra ulus baloyi joni bil oni,
Olam elining yamon-yamoni bil oni.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:30:40

Kamol et kasbkim, olam uyidin,
Sango farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o‘tmak biayni,
Erur hammomdin nopok chiqmoq.

* * *

G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish,
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish.
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa,
Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


Mohinur  17 Iyun 2006, 12:30:50

Onalar oyog‘i ostidadur
Ravzayi jannatu jinon bog‘i,
Ravza bog‘i visolin istar esang,
Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan