Muallif Mavzu: Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.  ( 21319 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Bu haqida qancha ko'p gapirsak ham kkamlik qiladi. Qadimgi tariximizga nazar solsak juda ko'p tarixiy insonlar o'tgan. Ularning har biriga qo'limizdan kelganicha to'xtalib o'tamiz INSHAALLOH!!!
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.
« Javob #1 : 29 Sentyabr 2007, 18:49:24 »
Jalojiddin Manguberdi jasorati.
     
    O’z dovyurakligi, ustakorligi, makkorligi bilan mashhur bo’lgan Temuchen XII asrning oxirlariga kelib nafaqat mo’g’illarning ko’p sonli urug’-qabilalarini, shu bilan birga ular bilan yonma-yon, qo’shni yashab kelganko’plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloirlar, oyratlar, qaritlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg’izlar, uyg’urlar, Qorluqlar va boshqalarni ham birin ketin bo’ysindirib kuchli davlatga asos soldi.Bu davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan ajiralib turadi.  Temuchin oliy hokimiyat muryvvatlarini o’zining o’g’illari va eng yaqin kishilariga topshiradi. Jumladan uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo’jixon, Chig’atoy, O’qtoy, To’layxonlar birinchi bo’lib tuman sohiblari bo’lganlar. Shunday qilib Chingizxon xoriliy ellarni zabt etishdan iborat o’z oldiga qo’ygan yovuz, agressiv maqsadlarini tez orada amalga oshirishga imkon yarata bordi. Shu tariqa, XIII asr boshlariga kelib Chingizxon etakchiligida kuchli davlat vyjydga keldi. Endilikda Chingizxon qo’shni davlatlar va xonliklarni bosib olish uchunistelochilik yurishlarini boshlaydi. 1215 yil boshlariga kelib Shimoliy Xitoy poytaxti Pekin ishg’ol etildi. 1217 yilda Xuanxe daryosining simolidagi barcha erlar mo’g’illar tasarrufiga o’tadi.1218 yilga kelib Ettisuv hududining qolgan qismi ham mo’g’ilarga tobe bo’ladi. Endilikda Chingizxonning asosiy bosh maqsadi uning jahonga hukumron bo’lishiga katta to’g’noq bo’lib turgan buyuk Xorazimshohlar qo’shinini tor-mor keltirib, uning erlarini o’z qo’l ostiga kiritish edi. Bu davrda Xorazimshohlar saltanatining ichki ijtimoiy-siyosiy hayoti g’oyatda murakkabm, ziddiyatli kechayotgan edi. U tashqaridan ulug’vor keng hududlarga yoyilgan, qudratli saltanat bo’lib ko’rinsada va uning hukumdori Muhammad Xorazimshoh o’zini  “Iskandariy soniy”, “Xudoning erdagi soyasi” deb bilsada, haqiqatdaesa Xorazimshohlar sulolasi ichdan emirilishga, tanazzullikka yuz tutgan edi. Buning ustiga  Xorazimshohning  xalifalik hududlarini qo’lga kiritish da`vosi bilan 1217 yilda Bag’dod sari qo’shin tortish ham xalifalikdagi hukumdorlarni qahru g’zabga keltirgandi. Shunday qilib Chingizxon va Xorazimshohlar o’rtasidagi jang yaqin edi. Chingizxon jang uchun qulay vaziyatni kutayotgan edi. Xuddi shunday qulay vaziyat 1218 yilda sodir b’ldi. Shu yili Chingizxon amri bilan Xorazim davlatiga 500 tuyada sovg’alar, tillo-kumush bisotlar, savdo mollari ortilgan, asosiy tarkibi musulmon savdogarlaridan iborat 450 kishilik karvon yuborildi. Biroq karvon O’trorga kelishi bilanoq, Xorazimshohning maxsus topshirig’ bilan O’tror hokimi uni yo’q qilishga buyruq berdi. Chingizxon uchn endi Movaraunnahrgabostirib kirish fursati etgan edi. Chingizxon qo’shini hujumi xavfi yaqinlashib kelayotganini Xorazimshoh va uning arkoni davlatiham yaxshi bilardi. Shoh mo’yan harbiy tayyorgarliklar ko’rish harakatida bo’ldi, biroq asosiy harbiy strategik masalalarda u o’ta no’noqlik, nodonlik va kaltabinlik qildi. U o’zining sarkarda o’g’li Jaloliddin, Xo’jand hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari etuk kishilarning harbiy kuchlarini asisiy nuqtalarda to’plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar berish kerakligi to’risidagi, to’g’ri, dono maslahatlarning ahamiyatini tushunmadi, ularga quloq solmadi. Sulton o’z qo’shinlarini turli shaharlarda alohida-alohida joylashtirishdan iborat xato taktikani qo’lladi.Chingizxonning son-sanoqsiz qo’shinlari mamlakatga boatirib kira boshlagach Xorazimshoh o’z tinchini, halovatini ko’zlab, mamlakat taqdirini o’z holiga tashlab, yaqin xeshu aqrabolari bilan janubga tomon siljishi ham xoinlik bo’ldi. Bunday holat tez orada butun mamlakat uchun fojiali oqibatlarga olib keldi, yurt himoyachilari taqdiri, ruhiyatida o’chmas, asoratli iz qoldirdi. Xaqning cog’lom, vatanparvar kuchlari yurt ulug’larining bunday ikkilanishiga, xiyonatiga qaramay , muqaddas ona zaminni ko’krak kerib himoya qilish, bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashga tashlandilar.  Bunda Jaloliddin Manguberdi o’zining mardligi va jasurligi bilan tarixda o’chmas iz qoldirdi. U Chingizxonga qarshi juda ko’p bor urushlar olib bordi lekin ko’plab xoinlarning chiqishi natijasida Jaloliddin bu kurashlarda mag’lubiyatga uchradi. Uning jasurligiga hatto Cingixon ham qoil qolgan. Chingizxon bilan jang qilib jangda engilishiga ishongan Jalloliddin onasi, ayolina daryoga otadi va o’zi Amudaryodan oti bilan kechib daryoning nargi qirg’og’iga o’tib oladi va Chingizxoning qo’liga asir tushmaydi. Buni ko’rgan Chingizxon shunday degan ekan. “Bunday mard jasur insonlar bu dunyoga har yuz yilda bir marta keladi. U mardlikning dodini berdi va haqiqiy vatanparvar ekanligini isbotladi”.  Shu tariqa Jaloliddin manguberdi Chingizxon qo’lidan qutilib qoladi.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.
« Javob #2 : 07 Noyabr 2007, 10:07:12 »
Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al-Qoshgʻariy, qomusiy olim, fiqh va hadis ilmining bilimdoni. Qoshgʻarda tugʻilgan (sanasi nomaʼlum), qoraxoniylar davlatining poytaxti Bolasogʻunda yashagan. «Devonu lugʻotit-turk» asari (1068) bilan turkshunoslik faniga asos solgan. «Devon»da tilga olingan «Javohirun-nahvi fi lugʻatit-turki» («Turkiy tillarning nahv qoidalari») asari bizgacha etib kelmagan.

Izohli lugʻat tarzida tuzilgan asar muqaddimasida turk tilining grammatikasi (arab tilida) ilmiy asosda yoritilgan. Asarda 9-10 asrlarda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan qabilalar tarixi, madaniyati, mavqei va odatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Jumladan, oʻgʻuzlar, qarluqlar kabi yirik qabilalar tarixi alohida yoritilgan.

«Devonu lugʻotit-turk» adabiy manba sifatida turk qavmlari tomonidan yaratilgan qoʻshiq, maqol, matal va hikmatli soʻzlarni ham jamlagan, u parchalar qadimgi turkiy adabiyotda lirik va epik janrning rivojidan dalolat beradi. Keltirilgan adabiy parchalar mehnat, yor tavsifi, qahramonlik, ezgulikka daʼvat, vatanparvarlik mavzularida, ayrimlari xalq ogʻzidan yozib olingan. Devonda ayrim shoirlarning nomlari (mas. Choʻchu) uchraydi.

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.
« Javob #3 : 07 Noyabr 2007, 10:07:48 »
Ushbu adabiyotlardan olindi
[tahrir] Ilmiy adabiyot
Devonu lugʻotit turk. Indeks-lugʻat. Gʻ. Abdurahmonov, S. Mutallibov tahriri ostida. — T.: Fan, 1967; A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. — Toshkent, 1971;
I.V. Stebleva. Stixotvornie formi XI veka. — M.: 1971.




Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.
« Javob #4 : 07 Noyabr 2007, 10:08:29 »
Yusuf Xos Hojib (Bolasogʻuniy) Ilk turk dostonnavisi Bolasogʻunda tugʻilgan, qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan. Hijriy 462 (m.1069-70)da yozib tugallangan «Qutadgʻu bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 1923 yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u OʻR FA ShI da saqlanadi. 6329 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning «mutaqoribi musammani mahzuf») vaznida yozilgan

Davlat va jamiyat qurilishi masalalari, komil inson va ilm-maʼrifat targʻiboti asardagi toʻrt ramziy qahramon Kuntugʻdi (adolat), Oytoʻldi (baxt), Oʻgdulmish (aql) va Oʻzgʻurmish (qanoat) timsollari orqali ifoda qilingan.

Jahon turkologiyasida asarga ilk turk didaktik dostoni sifatida yondashish mavjud (Iosif Fon Xammer, V. Radlov, A. Kononov, I. Stebleva). Martin Xartman, A.Vamberi, F.Koʻprulu, Zaki V.Toʻgʻon, Rashid Rahmati Arat v.b. tomonidan nashr va tarjima qilingan. Oʻzbekistonda asarning toʻla matni izoh va hozirgi tilga tarjimasi bilan nashr etilgan. Fitrat, Q.Karimov, Gʻ.Abdurahmonov, B.Toʻxliev v.b. olim tadqiq etgan.


 Nashr qilingan manbalar
Qutadgʻu bilig (Nashrga tayyorl. Q. Karimov). -T.: 1971.
Qutadgʻu bilig (nasriy bayon muallifi B.Toʻxliev). — T.: 1990.


Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.
« Javob #5 : 07 Noyabr 2007, 10:09:03 »
Adib Ahmad Yugnakiy (XII — XIII asrlar) Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy, yirik adib, hadisshunos va taʼlimiy didaktik adabiyot namoyandasi.

Fargʻona vodiysining Yugʻnoq qishlogʻida tugʻilgan, «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqat sovgʻalari») asari Fargʻona hukmdori Dod Sipohsolor bekka bagʻishlangan.

Navoiyning taʼriflashicha, tugʻma koʻr boʻlgan. Asarning arab va uygʻur yozuvidagi qoʻlyozma nusxalari (XV asrda koʻchirilgan) Istanbulda saqlanadi. Asar 14 bobni tashkil qilgan Qurʼon va Hadis hikmatlarining badiiy sharhidir.

Taʼlimiy doston janriga mansub bu asarda ijtimoiy, siyosiy masalalar bayon qilingan, bilim foydasi va til odobi kabi axloqiy muammolar talqini berilgan. Adib Ahmad yashagan davri va joyi haqida adabiyotshunoslikda turli qarashlar mavjud. Asarining toʻla matni (izoh va nasriy bayon) eʼlon qilingan, rus olimlari S.Malov, E.Bertels, N.Baskakov, I.Stebleva; turk olimlari F.Koʻprulu, N.Osimbek, R.R.Arat, T.Takin va oʻzbek olimlari Fitrat, Q.Mahmudov, I.Haqqulov, M.Imomnazarov, H.Boltaboevning tadqiqot va maqolalari bor.


  Nashr qilingan manbalar
Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq. Kitobda: Q. Mahmudov. Ahmad Yugnakiy va uning «Hibatul-haqoyiq» asari toʻgʻrisida. — T.: 1972;
Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq (nashrga tayyorl. Q. Mahmudov) -T.: 1972
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.
« Javob #6 : 07 Noyabr 2007, 10:09:58 »
Sayfi Saroyi (1321—1396) Oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. Oltin Oʻrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot etgan.

Bizgacha shoirning adabiy merosidan bir necha gʻazallari, qasida, qitʼa, ruboiylari, «Suhayl va Guldursun» dostoni (1394) hamda Saʼdiy Sheroziyning asarining tarjimasi «Gulistoni bit-turkiy»(1390-91) yetib kelgan. Ayrim asarlari Istanbulda (1926) «Turk adabiyoti namunalari»da berilgan.

«Suhayl va Guldursun» dostoni oʻzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida oʻz oʻrniga ega. Doston xalq afsonasi «Guldursun» asosiga qurilsa-da, unda real tarixiy voqealar, yaʼni Amir Temurning Xorazmga yurishi ham aks etgan.





  Nashr qilingan asarlari
Sayfi Saroyi. Sheʼrlar, Guliston. — T.: 1968;
Sayfi Saroyi. Gulistoni bit turkiy. Kitobda: 14 asr Xorazm yodnomalari. — T.: Fan, 1973;
Sayfi Saroyi. Suhayl va Guldursun. Kitobda: Uch bulbul gulshani. — T.: Gʻafur gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 19
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.
« Javob #7 : 07 Noyabr 2007, 10:10:38 »
Lutfiy (1366—1465) 15 asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod sohibi, «Malikul-kalom» (Navoiy), tuyuq janrining ustasi.

Shoir Hirot yaqinidagi Dehikanor qishlogʻida tugʻilgan, oʻsha joyga dafn qilingan. Shoir hayotiga oid lavhalar Navoiyning «Majolisun-nafois», «Holoti Sayid Hasan Ardasher», «Nasoyimul-muhabbat», Xondamirning «Makorimul-axloq» kabi asarlarida bor.

Lutfiydan katta adabiy meros qolgan. Manbalarda shoirning 20 dan ortiq asar yozgani aytiladi, biroq bizgacha birgina devoni maʼlum (Turkiyaning Koʻniyo shahrida saqlanadi). Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»(1437) asarini Shohruh Mirzoning taklifi bilan sheʼriy tarjima qilgan.

Shoir ijodi bilan Fitrat, E.Rustamov, E.Fozilov, S.Erkinov, Yo.Is'hoqov, E.Ahmadhoʻjaev v.b. shugʻullanganlar.





   Nashr qilingan asarlari
Lutfiy. Devon. — T.: 1965.
Lutfiy. Sensan sevarim. — T.: 1987.


Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.
« Javob #8 : 07 Noyabr 2007, 10:11:04 »
Xorazmiy Isteʼdodli shoir, temuriylar davri adabiyotining yirik namoyandasi. Xorazmiy — shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari maʼlum emas. Birgina asari «Muhabbatnoma» (1353) Sirdaryo boʻylarida yozilgan va Oltin Oʻrda hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabek (Oltin Oʻrda xoni Jonibekning oʻgʻli)ga bagʻishlangan.

«Muhabbatnoma» oshiqning oʻz maʼshuqasiga yozgan sheʼriy maktublari shaklida tuzilgan. Asar 11 nomadan iborat boʻlib, sakkiz nomasi oʻzbek tilida, uchtasi (4, 8,11) fors tilida yozilgan. Asarning ikki — arab va uygʻur yozuvidagi nusxalari mavjud. Ular Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi.

Asar tarkibida gʻazal, masnaviy, qitʼa, munojot, fard va boshqa janrlar ham uchraydi. «Muhabbatnoma»ning 1508 y. koʻchirilgan arab yozuvidagi nusxasi qayta nashr etilgan, uning asosida ilmiy tadqiqot ishlari (A.Samoylovich, S.Qosimov, A.Sherbak) olib borilgan.


 Nashr qilingan manba
Sherbak A.M. Oguzname, Muhabbatname. — L.: 1959.
Xorazmiy. Muhabbatnoma. Kitobda: Muborak maktublar. — T.: 1987.


Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.
« Javob #9 : 07 Noyabr 2007, 10:11:35 »
Husayniy (Husayn Boyqaro)(1438—1506) Taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469 yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiysi.

Badiiy ijod bilan shugʻullanib, gʻazalnavis shoir sifatida adabiyot tarixida iz qoldirgan. Boburning xabariga koʻra, devonidagi gʻazallari aksariyat bir vaznda (ramali musammani maqsur) yozilgan. Gʻazallarida dunyoviy muhabbatni kuylagan, betakror satrlar yaratgan.

 «Risola» nomli nasriy asarida Navoiy ijodiga keng va ob’yektiv baho bergan. Husayniy asarlari OʻR FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi.

Shoir ijodi bilan E.Rustamov, S.Gʻanieva, E.Ahmadxoʻjaev, A.Erkinov v.b. shugʻullanganlar.


  Nashr qilingan asarlari
Husayn Boyqaro. Devon, risola. (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva) — T.: 1968;
Shoh va shoir: Husayniy (nashrga tayyorl. A.Erkinov). — T.: 1993;


Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.
« Javob #10 : 07 Noyabr 2007, 10:12:25 »
Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug‘ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o‘tkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg‘ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan.

Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.

Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.

Oʻzbek olimlari O. Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Ya. Gʻulomov, I.Sulton. A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.Gʻanieva v.b. Navoiyning hayot yoʻli haqida asarlar yaratishgan.


   Lirik merosi
Navoiy ijodi ixlosmandlari uning sheʼrlarini yigʻib, «Ilk devon» (1464-65) tuzgan edilar, soʻngra «Badoyiul-bidoya» («Go`zallikning boshlanishi»), «Navodirun-nihoya» («Nodirliklar nihoyasi») nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli toʻrt devon (1491—1498)ga jamlangan. Navoiy sheʼriyatining mavzular doirasi keng, janrlar koʻlami (16) xilma-xil. Gʻazallari «oshiqona, orifona, rindona» (Shayxzoda) sifatlar bilan oʻrganiladi. Gʻazallarida insoniy muhabbat, ilohiy ishq bilan uygʻun holda ulugʻlanib, «majoz - haqiqat ko`prigi» aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy sheʼriyatidagi zohiriy maʼno yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham oʻrgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin.

«Nazmul-javohir» (1485) Hazrat Alining «Nasrul-laoliy» asarining turkiy nazmga solingani boʻlib, 266 ruboiydan iborat bu asarda axloqiy-taʼlimiy qarashlar oʻz aksini topgan.

OʻR FA ShIda (3-fond) Navoiyga mansub 24 asarning 254 qoʻlyozmasi saqlanadi, undan koʻpchiligi devonlarning nusxalari. Navoiy devonlari prof. H.Sulaymon tomonidan yigʻilib, tasnif etilgan. «Ilk devon» Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin kutubxonasida (inv.564) saqlanadi. «Navodirun-nihoya» OʻR FA ShI (inv.1995) dagi nusxalari nihoyatda nodir boʻlib, ular Navoiy davrida Hirotda Sulton Ali Mashhadiy (1487), Abdujamil kotib (1487-88) tomonidan koʻchirilgan.

Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.
« Javob #11 : 07 Noyabr 2007, 10:23:02 »
 Atoyi Mumtoz sheʼriyatda gʻazal janrining taraqqiyotiga hissa qoʻshgan shoir. Balx shahrida yashagan, yassaviylik tariqati shayxlaridan Ismoil otaning oʻgʻli. Mirzo Ulugʻbek saroyga bir qancha shoir va olimlarni taklif etganda, ular orasida Atoyi ham bor edi.

Bizgacha birgina devoni maʼlum, unda shoirning 260 gʻazali jamlangan, u Rossiya FA Sankt-Peterburg boʻlimida saqlanadi (inv.22 V-2456).

Atoyi xalq sheʼriyatida gʻazal janri yetakchilik qiladi, ularning aksariyati tasavvufiy ruhda. Til va uslub jihatidan xalq ijodiga yaqin boʻlib, xalq iboralari, taʼbirlari, maqollariga boyligi bilan ajralib turadi. Bu omillar shoir gʻazallarining xalqchilligini taʼminlagan.

   Nashr qilingan asarlari
Oʻzbek adabiyoti namunalari (tuz. prof.Fitrat). — T.: 1928;
Otoyi. Gʻazallar (nashrga tayyorl. E.Rustamov). — T.: 1958;
Atoyi. Gʻazallar. Kitobda : Hayot vasfi. — T.: 1988.
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.
« Javob #12 : 07 Noyabr 2007, 10:23:28 »
Sakkokiy 15 asr sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida mashhur. Movaraunnahrda tugʻilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulugʻbek saroyida oʻtkazgan.

Sakkokiyning gʻazal va qasidalardan iborat devoni yetib kelgan. Adabiyot tarixida qasida janrining asoschilaridan biri sifatida iz qoldirgan. Sakkokiy 11 qasida (5 tasi Ulugʻbekka, Xalil Sulton, Xoja Muhammad Porso, Arslon Xoja Tarxonlar v.b.) yozgan va zamonasining ulugʻ shaxslarini madh etgan.

Sakkokiy gʻazallarining oʻziga xosligi samimiy va ohangdorligida. Shoir gʻazallarining asosiy qahramoni oshiq, magʻshuqa va raqib timsollari.





  Nashr qilingan asarlari
Sakkokiy. Gʻazallar. — T.: 1966;
Sakkokiy. Gʻazallar, qasida. Kitobda: Hayot vasfi. — T.: 1988
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

Muhammad Amin

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 462
  • -oldi: 835
  • Xabarlar: 3473
  • Jins: Erkak
  • Duoga qo'l oching...
Re: Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.
« Javob #13 : 07 Noyabr 2007, 10:23:55 »
Gadoiy Oʻzbek mumtoz sheʼriyatining taniqli namoyandasi, 1403-04 yillarda tugʻilganligi taxmin qilinadi. Temuriylar xonadonining vakillaridan biri.

Shoir merosidan birgina devon saqlangan boʻlib, umumiy hajmi 2974 misradir. Qoʻlyozma Parij Milliy kutubxonasi (inv.981)da saqlanadi. Devon taxminan 15 asrning oxiri — 16 asrning boshlarida koʻchirilgan (Lutfiy devoni bilan bir muqovada), uning tarkibida 230 gʻazal, bir tugallanmagan qasida, mustahzod va 5 qitʼa bor.





 Nashr qilingan asarlari
Gadoiy. Sheʼrlar (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva). — T.: 1965;
Gadoiy. Devon (nashrga tayyorl. E.Ahmadxoʻjaev). — T.: 1973;
Bir qo`lda Qur’onu bittasida jom,
Ba’zida halolmiz, ba’zida harom,
Feruza gumbazli osmon ostida
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.


                          Umar Hayyom

 

Mashhur tarixiy shaxslar haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 7
Ko'rilgan: 20960
So'nggi javob 26 Oktyabr 2007, 15:14:57
muallifi shoir
BAYHAQIYNING JASORATI (Tarixiy romandan parcha). Maqsud QORIYEV

Muallif shoirBo'lim O'zbek adabiyoti

Javoblar: 4
Ko'rilgan: 5080
So'nggi javob 02 Avgust 2007, 18:52:08
muallifi shoir
Tarixiy va me'moriy obidalar

Muallif FoniyBo'lim Qashqadaryo viloyati

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 27558
So'nggi javob 27 Oktyabr 2009, 23:24:40
muallifi Abdul_Malik
Tarixiy kitoblar

Muallif AbdulAzizBo'lim Boshqa kitoblar

Javoblar: 25
Ko'rilgan: 19496
So'nggi javob 26 Noyabr 2010, 16:08:17
muallifi JeeS
Ilmiy-tarixiy, adabiy maqolalar, esselar

Muallif AbdulAzizBo'lim Boshqa kitoblar

Javoblar: 22
Ko'rilgan: 14313
So'nggi javob 21 Dekabr 2010, 10:36:37
muallifi AbdulAziz