Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.  ( 22205 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Amin  07 Noyabr 2007, 10:12:25

Asl ismi Nizomiddin Mir Alisher. U Hirotda tug‘ilib, shu yerda umrining asosiy qismini o‘tkazgan. Navoiyning otasi G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r zavqi va iste’dodi erta uyg‘ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» asarini yod olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofini qozongan.

Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.

Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga oʻtirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480—1500 yillar mobaynida oʻz mablagʻlari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yoʻlovchilar toʻxtab oʻtish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 koʻprik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga «muqarrabi hazrati sultoniy» («sulton hazratlarining eng yaqin kishisi») degan unvonni beradi. Unga koʻra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

Alisher Navoiy tarjimai holi oʻz davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.

Oʻzbek olimlari O. Sharafiddinov, V.Mahmud, Oybek, Ya. Gʻulomov, I.Sulton. A.Zohidov, V.Abdullaev, A.Qayumov, S.Gʻanieva v.b. Navoiyning hayot yoʻli haqida asarlar yaratishgan.


   Lirik merosi
Navoiy ijodi ixlosmandlari uning sheʼrlarini yigʻib, «Ilk devon» (1464-65) tuzgan edilar, soʻngra «Badoyiul-bidoya» («Go`zallikning boshlanishi»), «Navodirun-nihoya» («Nodirliklar nihoyasi») nomli devonlar (1470-yillar) tartib berilgan. Lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq «Xazoyinul-maoniy» nomli toʻrt devon (1491—1498)ga jamlangan. Navoiy sheʼriyatining mavzular doirasi keng, janrlar koʻlami (16) xilma-xil. Gʻazallari «oshiqona, orifona, rindona» (Shayxzoda) sifatlar bilan oʻrganiladi. Gʻazallarida insoniy muhabbat, ilohiy ishq bilan uygʻun holda ulugʻlanib, «majoz - haqiqat ko`prigi» aqidasiga amal qilingan. Alisher Navoiy sheʼriyatidagi zohiriy maʼno yangiliklari bilan birga botiniy sifatlarni ham oʻrgangandagina ularni idrok etishga erishish mumkin.

«Nazmul-javohir» (1485) Hazrat Alining «Nasrul-laoliy» asarining turkiy nazmga solingani boʻlib, 266 ruboiydan iborat bu asarda axloqiy-taʼlimiy qarashlar oʻz aksini topgan.

OʻR FA ShIda (3-fond) Navoiyga mansub 24 asarning 254 qoʻlyozmasi saqlanadi, undan koʻpchiligi devonlarning nusxalari. Navoiy devonlari prof. H.Sulaymon tomonidan yigʻilib, tasnif etilgan. «Ilk devon» Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shedrin kutubxonasida (inv.564) saqlanadi. «Navodirun-nihoya» OʻR FA ShI (inv.1995) dagi nusxalari nihoyatda nodir boʻlib, ular Navoiy davrida Hirotda Sulton Ali Mashhadiy (1487), Abdujamil kotib (1487-88) tomonidan koʻchirilgan.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Noyabr 2007, 10:23:02

 Atoyi Mumtoz sheʼriyatda gʻazal janrining taraqqiyotiga hissa qoʻshgan shoir. Balx shahrida yashagan, yassaviylik tariqati shayxlaridan Ismoil otaning oʻgʻli. Mirzo Ulugʻbek saroyga bir qancha shoir va olimlarni taklif etganda, ular orasida Atoyi ham bor edi.

Bizgacha birgina devoni maʼlum, unda shoirning 260 gʻazali jamlangan, u Rossiya FA Sankt-Peterburg boʻlimida saqlanadi (inv.22 V-2456).

Atoyi xalq sheʼriyatida gʻazal janri yetakchilik qiladi, ularning aksariyati tasavvufiy ruhda. Til va uslub jihatidan xalq ijodiga yaqin boʻlib, xalq iboralari, taʼbirlari, maqollariga boyligi bilan ajralib turadi. Bu omillar shoir gʻazallarining xalqchilligini taʼminlagan.

   Nashr qilingan asarlari
Oʻzbek adabiyoti namunalari (tuz. prof.Fitrat). — T.: 1928;
Otoyi. Gʻazallar (nashrga tayyorl. E.Rustamov). — T.: 1958;
Atoyi. Gʻazallar. Kitobda : Hayot vasfi. — T.: 1988.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Noyabr 2007, 10:23:28

Sakkokiy 15 asr sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida mashhur. Movaraunnahrda tugʻilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulugʻbek saroyida oʻtkazgan.

Sakkokiyning gʻazal va qasidalardan iborat devoni yetib kelgan. Adabiyot tarixida qasida janrining asoschilaridan biri sifatida iz qoldirgan. Sakkokiy 11 qasida (5 tasi Ulugʻbekka, Xalil Sulton, Xoja Muhammad Porso, Arslon Xoja Tarxonlar v.b.) yozgan va zamonasining ulugʻ shaxslarini madh etgan.

Sakkokiy gʻazallarining oʻziga xosligi samimiy va ohangdorligida. Shoir gʻazallarining asosiy qahramoni oshiq, magʻshuqa va raqib timsollari.





  Nashr qilingan asarlari
Sakkokiy. Gʻazallar. — T.: 1966;
Sakkokiy. Gʻazallar, qasida. Kitobda: Hayot vasfi. — T.: 1988

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Noyabr 2007, 10:23:55

Gadoiy Oʻzbek mumtoz sheʼriyatining taniqli namoyandasi, 1403-04 yillarda tugʻilganligi taxmin qilinadi. Temuriylar xonadonining vakillaridan biri.

Shoir merosidan birgina devon saqlangan boʻlib, umumiy hajmi 2974 misradir. Qoʻlyozma Parij Milliy kutubxonasi (inv.981)da saqlanadi. Devon taxminan 15 asrning oxiri — 16 asrning boshlarida koʻchirilgan (Lutfiy devoni bilan bir muqovada), uning tarkibida 230 gʻazal, bir tugallanmagan qasida, mustahzod va 5 qitʼa bor.





 Nashr qilingan asarlari
Gadoiy. Sheʼrlar (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva). — T.: 1965;
Gadoiy. Devon (nashrga tayyorl. E.Ahmadxoʻjaev). — T.: 1973;

Qayd etilgan