Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan tarixiy shaxslar.  ( 37108 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Muhammad Amin  28 Sentyabr 2007, 19:08:00

Bu haqida qancha ko'p gapirsak ham kkamlik qiladi. Qadimgi tariximizga nazar solsak juda ko'p tarixiy insonlar o'tgan. Ularning har biriga qo'limizdan kelganicha to'xtalib o'tamiz INSHAALLOH!!!

Qayd etilgan


Muhammad Amin  29 Sentyabr 2007, 18:49:24

Jalojiddin Manguberdi jasorati.
     
    O’z dovyurakligi, ustakorligi, makkorligi bilan mashhur bo’lgan Temuchen XII asrning oxirlariga kelib nafaqat mo’g’illarning ko’p sonli urug’-qabilalarini, shu bilan birga ular bilan yonma-yon, qo’shni yashab kelganko’plab turkiy elatlar, chunonchi, jaloirlar, oyratlar, qaritlar, naymanlar, qoraxitoylar, qirg’izlar, uyg’urlar, Qorluqlar va boshqalarni ham birin ketin bo’ysindirib kuchli davlatga asos soldi.Bu davlat harbiylashgan tizimga asoslanganligi bilan ajiralib turadi.  Temuchin oliy hokimiyat muryvvatlarini o’zining o’g’illari va eng yaqin kishilariga topshiradi. Jumladan uning yaqin safdoshlaridan Subitoy, Xubiloy, Jebe, farzandlari: Jo’jixon, Chig’atoy, O’qtoy, To’layxonlar birinchi bo’lib tuman sohiblari bo’lganlar. Shunday qilib Chingizxon xoriliy ellarni zabt etishdan iborat o’z oldiga qo’ygan yovuz, agressiv maqsadlarini tez orada amalga oshirishga imkon yarata bordi. Shu tariqa, XIII asr boshlariga kelib Chingizxon etakchiligida kuchli davlat vyjydga keldi. Endilikda Chingizxon qo’shni davlatlar va xonliklarni bosib olish uchunistelochilik yurishlarini boshlaydi. 1215 yil boshlariga kelib Shimoliy Xitoy poytaxti Pekin ishg’ol etildi. 1217 yilda Xuanxe daryosining simolidagi barcha erlar mo’g’illar tasarrufiga o’tadi.1218 yilga kelib Ettisuv hududining qolgan qismi ham mo’g’ilarga tobe bo’ladi. Endilikda Chingizxonning asosiy bosh maqsadi uning jahonga hukumron bo’lishiga katta to’g’noq bo’lib turgan buyuk Xorazimshohlar qo’shinini tor-mor keltirib, uning erlarini o’z qo’l ostiga kiritish edi. Bu davrda Xorazimshohlar saltanatining ichki ijtimoiy-siyosiy hayoti g’oyatda murakkabm, ziddiyatli kechayotgan edi. U tashqaridan ulug’vor keng hududlarga yoyilgan, qudratli saltanat bo’lib ko’rinsada va uning hukumdori Muhammad Xorazimshoh o’zini  "œIskandariy soniy", "œXudoning erdagi soyasi" deb bilsada, haqiqatdaesa Xorazimshohlar sulolasi ichdan emirilishga, tanazzullikka yuz tutgan edi. Buning ustiga  Xorazimshohning  xalifalik hududlarini qo’lga kiritish da`vosi bilan 1217 yilda Bag’dod sari qo’shin tortish ham xalifalikdagi hukumdorlarni qahru g’zabga keltirgandi. Shunday qilib Chingizxon va Xorazimshohlar o’rtasidagi jang yaqin edi. Chingizxon jang uchun qulay vaziyatni kutayotgan edi. Xuddi shunday qulay vaziyat 1218 yilda sodir b’ldi. Shu yili Chingizxon amri bilan Xorazim davlatiga 500 tuyada sovg’alar, tillo-kumush bisotlar, savdo mollari ortilgan, asosiy tarkibi musulmon savdogarlaridan iborat 450 kishilik karvon yuborildi. Biroq karvon O’trorga kelishi bilanoq, Xorazimshohning maxsus topshirig’ bilan O’tror hokimi uni yo’q qilishga buyruq berdi. Chingizxon uchn endi Movaraunnahrgabostirib kirish fursati etgan edi. Chingizxon qo’shini hujumi xavfi yaqinlashib kelayotganini Xorazimshoh va uning arkoni davlatiham yaxshi bilardi. Shoh mo’yan harbiy tayyorgarliklar ko’rish harakatida bo’ldi, biroq asosiy harbiy strategik masalalarda u o’ta no’noqlik, nodonlik va kaltabinlik qildi. U o’zining sarkarda o’g’li Jaloliddin, Xo’jand hokimi, dovyurak bahodir Temur Malik singari etuk kishilarning harbiy kuchlarini asisiy nuqtalarda to’plab, dushmanga hal qiluvchi zarbalar berish kerakligi to’risidagi, to’g’ri, dono maslahatlarning ahamiyatini tushunmadi, ularga quloq solmadi. Sulton o’z qo’shinlarini turli shaharlarda alohida-alohida joylashtirishdan iborat xato taktikani qo’lladi.Chingizxonning son-sanoqsiz qo’shinlari mamlakatga boatirib kira boshlagach Xorazimshoh o’z tinchini, halovatini ko’zlab, mamlakat taqdirini o’z holiga tashlab, yaqin xeshu aqrabolari bilan janubga tomon siljishi ham xoinlik bo’ldi. Bunday holat tez orada butun mamlakat uchun fojiali oqibatlarga olib keldi, yurt himoyachilari taqdiri, ruhiyatida o’chmas, asoratli iz qoldirdi. Xaqning cog’lom, vatanparvar kuchlari yurt ulug’larining bunday ikkilanishiga, xiyonatiga qaramay , muqaddas ona zaminni ko’krak kerib himoya qilish, bosqinchilarga qarshi qahramonlarcha kurashga tashlandilar.  Bunda Jaloliddin Manguberdi o’zining mardligi va jasurligi bilan tarixda o’chmas iz qoldirdi. U Chingizxonga qarshi juda ko’p bor urushlar olib bordi lekin ko’plab xoinlarning chiqishi natijasida Jaloliddin bu kurashlarda mag’lubiyatga uchradi. Uning jasurligiga hatto Cingixon ham qoil qolgan. Chingizxon bilan jang qilib jangda engilishiga ishongan Jalloliddin onasi, ayolina daryoga otadi va o’zi Amudaryodan oti bilan kechib daryoning nargi qirg’og’iga o’tib oladi va Chingizxoning qo’liga asir tushmaydi. Buni ko’rgan Chingizxon shunday degan ekan. "œBunday mard jasur insonlar bu dunyoga har yuz yilda bir marta keladi. U mardlikning dodini berdi va haqiqiy vatanparvar ekanligini isbotladi".  Shu tariqa Jaloliddin manguberdi Chingizxon qo’lidan qutilib qoladi.

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Noyabr 2007, 10:07:12

Mahmud ibn Husayn ibn Muhammad al-Qoshgʻariy, qomusiy olim, fiqh va hadis ilmining bilimdoni. Qoshgʻarda tugʻilgan (sanasi nomaʼlum), qoraxoniylar davlatining poytaxti Bolasogʻunda yashagan. «Devonu lugʻotit-turk» asari (1068) bilan turkshunoslik faniga asos solgan. «Devon»da tilga olingan «Javohirun-nahvi fi lugʻatit-turki» («Turkiy tillarning nahv qoidalari») asari bizgacha etib kelmagan.

Izohli lugʻat tarzida tuzilgan asar muqaddimasida turk tilining grammatikasi (arab tilida) ilmiy asosda yoritilgan. Asarda 9-10 asrlarda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan qabilalar tarixi, madaniyati, mavqei va odatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bor. Jumladan, oʻgʻuzlar, qarluqlar kabi yirik qabilalar tarixi alohida yoritilgan.

«Devonu lugʻotit-turk» adabiy manba sifatida turk qavmlari tomonidan yaratilgan qoʻshiq, maqol, matal va hikmatli soʻzlarni ham jamlagan, u parchalar qadimgi turkiy adabiyotda lirik va epik janrning rivojidan dalolat beradi. Keltirilgan adabiy parchalar mehnat, yor tavsifi, qahramonlik, ezgulikka daʼvat, vatanparvarlik mavzularida, ayrimlari xalq ogʻzidan yozib olingan. Devonda ayrim shoirlarning nomlari (mas. Choʻchu) uchraydi.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Noyabr 2007, 10:07:48

Ushbu adabiyotlardan olindi
[tahrir] Ilmiy adabiyot
Devonu lugʻotit turk. Indeks-lugʻat. Gʻ. Abdurahmonov, S. Mutallibov tahriri ostida. — T.: Fan, 1967; A. Qayumov. Qadimiyat obidalari. — Toshkent, 1971;
I.V. Stebleva. Stixotvornie formi XI veka. — M.: 1971.





Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Noyabr 2007, 10:08:29

Yusuf Xos Hojib (Bolasogʻuniy) Ilk turk dostonnavisi Bolasogʻunda tugʻilgan, qoraxoniylar saroyida xizmat qilgan. Hijriy 462 (m.1069-70)da yozib tugallangan «Qutadgʻu bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari qoraxoniylar davlatining mustahkam qaror topishiga xizmat qilgan nizomnomadir. Uch nusxasi (Vena, Qohira va Namangan) mavjud. Nisbatan toʻligʻi Namangan nusxasi boʻlib, 1923 yili Fitrat tomonidan qoʻlga kiritilgan, u OʻR FA ShI da saqlanadi. 6329 baytdan iborat, masnaviy (yaʼni aruzning «mutaqoribi musammani mahzuf») vaznida yozilgan

Davlat va jamiyat qurilishi masalalari, komil inson va ilm-maʼrifat targʻiboti asardagi toʻrt ramziy qahramon Kuntugʻdi (adolat), Oytoʻldi (baxt), Oʻgdulmish (aql) va Oʻzgʻurmish (qanoat) timsollari orqali ifoda qilingan.

Jahon turkologiyasida asarga ilk turk didaktik dostoni sifatida yondashish mavjud (Iosif Fon Xammer, V. Radlov, A. Kononov, I. Stebleva). Martin Xartman, A.Vamberi, F.Koʻprulu, Zaki V.Toʻgʻon, Rashid Rahmati Arat v.b. tomonidan nashr va tarjima qilingan. Oʻzbekistonda asarning toʻla matni izoh va hozirgi tilga tarjimasi bilan nashr etilgan. Fitrat, Q.Karimov, Gʻ.Abdurahmonov, B.Toʻxliev v.b. olim tadqiq etgan.


 Nashr qilingan manbalar
Qutadgʻu bilig (Nashrga tayyorl. Q. Karimov). -T.: 1971.
Qutadgʻu bilig (nasriy bayon muallifi B.Toʻxliev). — T.: 1990.



Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Noyabr 2007, 10:09:03

Adib Ahmad Yugnakiy (XII — XIII asrlar) Adib Ahmad binni Mahmud Yugnakiy, yirik adib, hadisshunos va taʼlimiy didaktik adabiyot namoyandasi.

Fargʻona vodiysining Yugʻnoq qishlogʻida tugʻilgan, «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqat sovgʻalari») asari Fargʻona hukmdori Dod Sipohsolor bekka bagʻishlangan.

Navoiyning taʼriflashicha, tugʻma koʻr boʻlgan. Asarning arab va uygʻur yozuvidagi qoʻlyozma nusxalari (XV asrda koʻchirilgan) Istanbulda saqlanadi. Asar 14 bobni tashkil qilgan Qurʼon va Hadis hikmatlarining badiiy sharhidir.

Taʼlimiy doston janriga mansub bu asarda ijtimoiy, siyosiy masalalar bayon qilingan, bilim foydasi va til odobi kabi axloqiy muammolar talqini berilgan. Adib Ahmad yashagan davri va joyi haqida adabiyotshunoslikda turli qarashlar mavjud. Asarining toʻla matni (izoh va nasriy bayon) eʼlon qilingan, rus olimlari S.Malov, E.Bertels, N.Baskakov, I.Stebleva; turk olimlari F.Koʻprulu, N.Osimbek, R.R.Arat, T.Takin va oʻzbek olimlari Fitrat, Q.Mahmudov, I.Haqqulov, M.Imomnazarov, H.Boltaboevning tadqiqot va maqolalari bor.


  Nashr qilingan manbalar
Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq. Kitobda: Q. Mahmudov. Ahmad Yugnakiy va uning «Hibatul-haqoyiq» asari toʻgʻrisida. — T.: 1972;
Ahmad Yugnakiy. Hibatul-haqoyiq (nashrga tayyorl. Q. Mahmudov) -T.: 1972

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Noyabr 2007, 10:09:58

Sayfi Saroyi (1321—1396) Oʻzbek mumtoz adabiyotining isteʼdodli vakillaridan biri. Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. Oltin Oʻrda davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot etgan.

Bizgacha shoirning adabiy merosidan bir necha gʻazallari, qasida, qitʼa, ruboiylari, «Suhayl va Guldursun» dostoni (1394) hamda Saʼdiy Sheroziyning asarining tarjimasi «Gulistoni bit-turkiy»(1390-91) yetib kelgan. Ayrim asarlari Istanbulda (1926) «Turk adabiyoti namunalari»da berilgan.

«Suhayl va Guldursun» dostoni oʻzbek epik sheʼriyati taraqqiyotida oʻz oʻrniga ega. Doston xalq afsonasi «Guldursun» asosiga qurilsa-da, unda real tarixiy voqealar, yaʼni Amir Temurning Xorazmga yurishi ham aks etgan.





  Nashr qilingan asarlari
Sayfi Saroyi. Sheʼrlar, Guliston. — T.: 1968;
Sayfi Saroyi. Gulistoni bit turkiy. Kitobda: 14 asr Xorazm yodnomalari. — T.: Fan, 1973;
Sayfi Saroyi. Suhayl va Guldursun. Kitobda: Uch bulbul gulshani. — T.: Gʻafur gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 19

Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Noyabr 2007, 10:10:38

Lutfiy (1366—1465) 15 asr oʻzbek sheʼriyati takomilida oʻziga xos oʻringa ega, katta isteʼdod sohibi, «Malikul-kalom» (Navoiy), tuyuq janrining ustasi.

Shoir Hirot yaqinidagi Dehikanor qishlogʻida tugʻilgan, oʻsha joyga dafn qilingan. Shoir hayotiga oid lavhalar Navoiyning «Majolisun-nafois», «Holoti Sayid Hasan Ardasher», «Nasoyimul-muhabbat», Xondamirning «Makorimul-axloq» kabi asarlarida bor.

Lutfiydan katta adabiy meros qolgan. Manbalarda shoirning 20 dan ortiq asar yozgani aytiladi, biroq bizgacha birgina devoni maʼlum (Turkiyaning Koʻniyo shahrida saqlanadi). Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»(1437) asarini Shohruh Mirzoning taklifi bilan sheʼriy tarjima qilgan.

Shoir ijodi bilan Fitrat, E.Rustamov, E.Fozilov, S.Erkinov, Yo.Is'hoqov, E.Ahmadhoʻjaev v.b. shugʻullanganlar.





   Nashr qilingan asarlari
Lutfiy. Devon. — T.: 1965.
Lutfiy. Sensan sevarim. — T.: 1987.



Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Noyabr 2007, 10:11:04

Xorazmiy Isteʼdodli shoir, temuriylar davri adabiyotining yirik namoyandasi. Xorazmiy — shoirning adabiy taxallusi, ismi va hayoti voqealari maʼlum emas. Birgina asari «Muhabbatnoma» (1353) Sirdaryo boʻylarida yozilgan va Oltin Oʻrda hukmdorlaridan Muhammad Xoʻjabek (Oltin Oʻrda xoni Jonibekning oʻgʻli)ga bagʻishlangan.

«Muhabbatnoma» oshiqning oʻz maʼshuqasiga yozgan sheʼriy maktublari shaklida tuzilgan. Asar 11 nomadan iborat boʻlib, sakkiz nomasi oʻzbek tilida, uchtasi (4, 8,11) fors tilida yozilgan. Asarning ikki — arab va uygʻur yozuvidagi nusxalari mavjud. Ular Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi.

Asar tarkibida gʻazal, masnaviy, qitʼa, munojot, fard va boshqa janrlar ham uchraydi. «Muhabbatnoma»ning 1508 y. koʻchirilgan arab yozuvidagi nusxasi qayta nashr etilgan, uning asosida ilmiy tadqiqot ishlari (A.Samoylovich, S.Qosimov, A.Sherbak) olib borilgan.


 Nashr qilingan manba
Sherbak A.M. Oguzname, Muhabbatname. — L.: 1959.
Xorazmiy. Muhabbatnoma. Kitobda: Muborak maktublar. — T.: 1987.



Qayd etilgan


Muhammad Amin  07 Noyabr 2007, 10:11:35

Husayniy (Husayn Boyqaro)(1438—1506) Taniqli shoir va davlat arbobi. Hirot yaqinida tugʻilgan. 1469 yildan umrining oxirigacha Xuroson podshohi. Uning hukmdorligi yillarida iqtisodiy va madaniy hayot yaxshilangan. Navoiyning maktabdosh doʻsti va homiysi.

Badiiy ijod bilan shugʻullanib, gʻazalnavis shoir sifatida adabiyot tarixida iz qoldirgan. Boburning xabariga koʻra, devonidagi gʻazallari aksariyat bir vaznda (ramali musammani maqsur) yozilgan. Gʻazallarida dunyoviy muhabbatni kuylagan, betakror satrlar yaratgan.

 «Risola» nomli nasriy asarida Navoiy ijodiga keng va ob’yektiv baho bergan. Husayniy asarlari OʻR FA ShI jamgʻarmasida saqlanadi.

Shoir ijodi bilan E.Rustamov, S.Gʻanieva, E.Ahmadxoʻjaev, A.Erkinov v.b. shugʻullanganlar.


  Nashr qilingan asarlari
Husayn Boyqaro. Devon, risola. (nashrga tayyorl. S.Gʻanieva) — T.: 1968;
Shoh va shoir: Husayniy (nashrga tayyorl. A.Erkinov). — T.: 1993;



Qayd etilgan