Muallif Mavzu: Ahmad Muhammad. Islom hazorasi  ( 53936 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #135 : 30 Sentyabr 2007, 16:21:14 »
    Umaviylar davriga kelib, xalifalarning majlisi adab, hikmat va she’r majlislariga aylandi. Abdulloh ibn Hishom bir kuni Muoviyaning majlisida hozir bo‘ldilar. Muoviya: «Saxovat, jasorat va muruvvat haqida menga kim xabar beradi?» dedi. Abdulloh aytdilar: «Saxovat – so‘ramasdan burun mol va hadyani berish, jasorat oldinda bo‘lishga jur’at va qadam toyganda sabr, muruvvat esa – dinning salohi, holining islohi va qo‘shnining himoyasidir”.

    Bir kun amir Abdulmalik majlis ahliga qarata: «Kim badanidagi a’zolarini alifbo harflari tartibi bilan keltira olsa, o‘ylagan narsasini beraman», dedi. Shunda Suvayd ibn o‘afla: «Men keltira olaman, yo amirul mo‘minin», deganda, «Boshla», javobini oldi. U alifbo harflari bo‘yicha a’zolarini sanay boshladi: «Anf (burun), batn (qorin), tarquva (o‘mrov), sag‘r (og‘iz), jumjuma (bosh, bosh suyagi), xalq (tomoq), xad (yuz), dimog‘ (dimog‘)... Shunda boshqa birov turib: «A’zolarni ikkitadan qilib aytib beraman», dedi. Buni ko‘rgan Suvayd: «Men uchtadan qilib ayta olaman: anf (burun), asnon (tishlar), uzun (quloq)...” deya davom etdi. Abdulmalik uning topqir va hozirjavobligidan hayratga tushdi va mukofotladi.

    Abbosiylar davriga kelib, xalifalar majlisi yanada rivojlandi. Keng, yaxshi jihozlangan yerlarda ko‘pgina olim va adiblar bilan ajib majlislar qurilar, undagi baxs va munozaralar turlicha bo‘lardi. Bundan tashqari o‘yin-kulgu majlislari ham bo‘lardiki, unda adabiy muhit hukmron bo‘lib, she’r va shoirlar to‘g‘risida so‘z borar va mug‘anniylar kuylagan qo‘shiqlarning kalimalari izohlanardi. Bani Abbos xalifalarining ichida majlisi dabdaba va ajoyibotda eng mashhurlari Rashid va Ma’mun edi. Rashid o‘z majlisiga har bir fan va ilmning taniqli olimlarini yig‘ardi. Bu o‘rinda majlislarining oldi bo‘lmish shoirlar: Abu Nuvos, Abul Atohiyya, Da’bal, Muslim ibn Valid, Abbos ibn Ahnaflar, faqihlar: Abu Yusuf, Shofe’iy, Muhammad ibn Hasanlar, tilshunoslar: Abu Ubayda, Asma’iy, Kisoiylar, muarrix Voqidiy, mug‘anniylar Ibrohim Musimiy va o‘g‘li Ishoqlarni eslash yetarli.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #136 : 30 Sentyabr 2007, 16:21:52 »
    Uning majlislarida kechgan adabiy munozaralarga bir misol keltiramiz. Bir kun uning huzurida til va adabiyotning ulug‘ imomlari Sebvayh va Kisoiy yig‘ilib qolishdi. Kisoiy shunday deb qoldi: «Arablar bu jumlani quyidagicha aytishadi: «Men qovoqarining chaqishi asalarinikidan kuchli deb o‘ylardim, vaholanki, u o‘sha (ya’ni, bir xil) ekan». Sebvayh esa, uning noto‘g‘riligini aytib: «Balki, u u ekan», deyiladi», dedi. Ular uzoq tortishishdi va nihoyat kalomiga o‘troq shaharliklar so‘zidan biror narsa aralashmagan «toza» arabga murojaat qilishga kelishishdi. Rashid Kisoiyni juda yaxshi ko‘rar va unga inoyat ko‘rsatardi. Chunki uni xalifalik mansabiga o‘tirmasidan oldin ham bilardi. Shundan so‘ng «toza» bir arabni chaqirib, jumlaning qanday aytilishini so‘rashdi. U jumlani Sebvayhnikidek gapirdi. Rashid unga: «Biz jumlani Kisoiynikidek gapirishingni xohlaymiz», dedi. U esa: «Tilim bunday gapirishga o‘rganmagan», deya javob qildi va nihoyat u ham: «Kim to‘g‘ri gapirgandi?», deb so‘ralsa: «Albatta, Kisoiy-da» deya javob qilishga rozi bo‘ldi. Bu kelishuv katta bir yig‘in ichida sodir bo‘ldi. Sebvayh Kisoiyga tarafkashlik qilinganini tushundi va Bag‘doddan mahzun holda chiqib ketdi. Aytishlaricha, ushbu voqeadan keyin u uzoq yashamadi va ruhiy azobdan vafot etdi.

    Ma’munning majlislari esa islomiy hazora tarixidagi eng ajib ilmiy majlislardan bo‘lgan. Zotan, uning o‘zi ustun ulamolardan bo‘lgan. Uning saroyi ilm kishilari, shoir, adib, tabib va faylasuflar ommasi bilan to‘lib-toshgandi. Ma’mun ularni mamlakatining turli tomonlaridan chaqirgan bo‘lib, kelib chiqishlari va millatlaridan qat’iy nazar ularga katta ehtirom ko‘rsatardi. Munoqashalarni ko‘pincha uning o‘zi boshlab, ulamolarni baxsga chorlardi. Agar majlisida faylasuf va ulamolar bo‘lsa, muqaddas kitoblardan oyatlarni dalil qilishni hammalariga nahiy qilardi. Ularga shunday derdi: «Qur’ondan ham, Injildan ham shohid keltirmang, meni sermulozamat, sertakalluf bo‘ladi, deb o‘ylaysiz. Allohga qasamki, ish siz uchun yo siz to‘g‘ringizda ham emas, balki mening arab ekanligim haqiqat va to‘g‘rini e’tirof etishdan to‘sib qo‘yishini yomon ko‘raman, xolos».
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #137 : 30 Sentyabr 2007, 16:22:21 »
    So‘ng u arablarni boshqalarga nisbatan ortiq ko‘rishining boisini shunday izohlaydi: chunki ularda boshda kitob ham, ilm ham bo‘lmagan. Shunga qaramay, ular o‘z fitratlari bilan o‘simliklarni, ulardan qo‘y va tuyaga salohiyatlilarini yaxshi bilishgan. Zamon va uning o‘zgaruvini kuzatishgan. Uni bahor, yoz, kuz va qishga bo‘lishgan. So‘ng ichimliklari osmondan ekanini bilib, ob-havoni kuzatishni va vaqt o‘zgaruvini o‘rganishgan. Osmondagi yulduzlarga qarab, yo‘llarini topganlar. Yana o‘rtalarida munkardan qaytarib, yaxshilikka targ‘ib qiladigan va pastkashlikdan tiyib, go‘zal axloqqa chaqiradigan bir kelishuvga kelganlar. Hatto, ularning chekka yerda, xarob yashaydigan bir kishisi ham yaxshilikni hech qoldirmay maqtar, yomonliklarni hech kamchiliksiz mazammat qilardi. Ularning so‘zlari faqat yaxshilik qilish, qo‘shnining haqqini muhofaza etish, saxovatli bo‘lish va qo‘ying-chi, bor ezgulik haqida bo‘lardi. Bularning barini ular o‘z aqllari bilan topishar, farosat va fitratlari bilan hech bir o‘rganishsiz, odobsiz bilishardi. Balki ularning tabiatlari odobli, aqllari orif edi. Ibn Muqaffa’ ham aytadi: «Shuning uchun ularga «Sizlar eng aqlli millatsiz», dedim. Chunki ularning fitratlari sog‘lom, bo‘y-bastlari mo‘‘tadil, to‘g‘ri fikr va fahmlidirlar».

    Ilmiy majlislar to‘g‘risida gapirganda, kitob do‘konlarining ham bu boradagi ahamiyatini unutmaslik kerak. Chunki ularda ham ilm haqida, har kim o‘zi mutaxassis bo‘lgan sohasida ulamolarning go‘zal suhbatli majlislari bo‘lardi. Kitob sotuvchilarning ko‘pchiligi odatda ziyoli adiblar edi. Ular o‘z kasblaridan ilmiy ehtiyojlarini qondirishda foydalanishardi. Masalan, «Al-fihrist»ning muallifi Ibn Nadim, «Mo‘‘jamul-udabo» va «Mo‘‘jamul-buldon»ning muallifi Yoqutlar kitob sotuvchi bo‘lishgan. «Al-ag‘oniy»ning muallifi Abul Faraj Isfahoniy va mashhur tilshunos adib Abu Nasr Zujjoj ko‘pincha kitobdorlarning do‘konida uchrashishardi va u yerda to‘plangan shoirlar bilan she’r va adabiyot haqida suhbatlashishardi.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #138 : 30 Sentyabr 2007, 16:23:27 »
    Hayotga haqli har bir millat hamma narsadan oldin ozuqasini ilmdan topadi. Islom millati boshqa millatlarga hayot bag‘ishlab turgan vaqtlarda ilmga ega bo‘lish va uni yoyib, tarqatish yo‘lidan borgan. Uning xalifadan tortib olimu tojirgacha bo‘lgan farzandlari ilm qurollari, kitoblari va madrasalarini ko‘paytirishda musobaqalashishgan. Ularning suhbatlari faqat ilmni ziyoda qilish, zehnni ochish va aqlni charxlash yo‘lida bo‘lgan. Hatto, o‘yin-kulgu, kayfu-safo majlislarida ham, agar ulamo va udabo bo‘lsa, biror masalani yechish, mavhumotni kashf qilish yoki xatoni to‘g‘rilash uchun fursat boy berilmagan.

    Yana bu o‘rinda fuqaho, muhaddis va voizlarning majlislari haqida gapirmadik. Bunday majlislar har bir shahar va qishloqda keng urf bo‘lgandi. Gapning qisqasi, hazorasi gullab-yashnagan davrlarda Islom olami ilm nuri bilan to‘lib-toshgandiki, bu nur butun uylarni, masjidlarni, madrasalarni, yig‘in-majlislarni va do‘konlarni qamrab olgandi. Bu to‘g‘rida ulug‘ olim Gustav Lubon haq gapni aytgandi: «Arablarning (musulmonlarni nazarda tutmoqda) ilmga muhabbati juda kuchli edi. Ular juda oz muddatda futuhotlarini tugatganlaridan keyin hazorada yuqori darajaga erishgandilar. Hatto ular unda adabiyot va ilm-fan kamolga yetgan va cho‘qqiga chiqqan hazorani bunyod eta oldilar».
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #139 : 30 Sentyabr 2007, 16:24:41 »
    Agar to‘rtinchi hijriy yoki o‘ninchi milodiy asrdagi   Islom olami va g‘arb olami shaharlariga tezkor nazar tashlab chiqilsa, bu ikki olam o‘rtasidagi katta farqni ko‘rib hayratga tushadi kishi. Hayot, quvvat va hazora bilan to‘lib-toshgan Islom olami bilan hayot, ilm va hazoraning izi yo‘q g‘arb olamida ko‘rilganlar dahshatga soladi.
 
    Pofes va Romboning umumiy tarixida quyidagilar keltiriladi: «Anglosaksoniya Angliyasi yettinchi milodiy asrdan o‘ninchi asrgacha boshqa mamlakatlar bilan aloqasi yo‘q kambag‘al davlat edi. Uning manzarasi qo‘rqinchli, ko‘rimsiz bo‘lib, uylari sayqallanmagan (ishlov berilmagan) toshlardan ko‘tarilib, loy bilan mustahkamlanardi. Uylarning tirqishlari tor bo‘lib, yaxshi yopilmasdi. Otxona va og‘ilxonalarda tuynuk yo‘qligidan mamlakatning yagona daromad manbai bo‘lgan chorva mollari va ot-ulovlar takror-takror turli kasallik va vabolardan qirilardi. Odamlar ham joy va amniyat borasida hayvonlardan qolishmasdi. Masalan, qabila boshlig‘i o‘z kulbasida oilasi, xizmatkorlari va ularga aloqador kishilar bilan birga yashardi. Barchalari o‘rtasida o‘choq bo‘lgan katta xonada o‘ltirishar, shiftdagi mo‘ri yaxshi ochilmaganidan xonani tutun bosib ketardi. Hammalari bir xontaxtada ovqatlanishar, xo‘jayin va uning yaqinlari dasturxonning bir tomonida o‘tirishardi. U paytlarda vilkani bilishmasdi, qadahlar ushlashga noqulay edi. Dasturxondagilar qadahning tagini yo qo‘llari bilan ushlab turishar yoki uni bir ko‘tarishda bo‘shatishardi. Kechqurun xo‘jayin ovqatga to‘yib, sharobga bo‘kib olgandan keyin o‘z xonasiga chiqib ketardi. So‘ng xontaxta va taxtasupalar ko‘tarilar va ushbu xonada yig‘ilganlar yerda skameykalarda cho‘zilishardi. Ular yotayotganda qurol-yarog‘larini boshlariga qo‘yib olishardi. Chunki o‘g‘rilar shu qadar jur’atli bo‘lib qolishgandiki, odamlar to‘satdan ashyolarini oldirib qo‘ymaslik uchun doimo hushyor turishlari lozim edi.

    Mana shu zamonlarda Ovro‘pa quyuq o‘rmonlar bilan qoplangandi. Dehqonchilik borasida ancha orqada qolib ketilgandi. Shaharlar atrofidagi ko‘pgina botqoqlardan yomon hidlar tarqardi. Parij va Londondagi uylar yog‘och hamda poxol va qamish aralashtirilgan loydan qurilardi. Ularda tashqariga ochiladigan derazalar va isitiladigan xonalar bo‘lmasdi. Ular uy jihozi nima ekanini bilishmasdi. Yerga to‘shaladigan poxoldan bo‘lak jihozlari ham yo‘q edi. Tozalik va pokizalik ham ularga yot edi. Hayvonlarning ichak-chavoqlari va oshxona chiqindilarini uylarining oldiga tashlashardi. Ulardan esa juda badbo‘y hidlar taralardi. Erkaklar, ayollar va bolalardan iborat katta bir oila ham bitta xonada yotardi. Bu xonada ko‘pincha ular bilan birga uy hayvonlari ham panoh topishardi. Kishilarning to‘shaklari poxol qoplama ustidan qilingan jun kigiz bo‘lardi. Ko‘chalarda na o‘zan, na saroy va na chiroqlar bo‘lardi».
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #140 : 30 Sentyabr 2007, 16:25:39 »
    G‘arb o‘rta asrlardan to o‘n birinchi asrgacha xuddi shunday holda bo‘lgan. Buni ularning tarixchilari e’tirof qilishadi. Bu ko‘rinishni unutib qo‘ymasdan oldin tezda Sharqqa, uning Qurtuba, o‘arnota, Ishbiliyya, Bag‘dod va Damashq kabi poytaxt va shaharlariga yuz buraylik. Hozir Ovro‘paga qo‘shni bo‘lgan Andalus shaharlariga sayr qilib, sayohatimizni Qurtubadan boshlaylik. Undagi hamma narsaga emas, faqat tashqi ko‘rinishigagina nazar tashlash kifoya.

    Umaviy Abdurrahmon Uchinchi zamonida Qurtuba musulmon Andalusning poytaxti bo‘lgandi. Tunlari ko‘chalar chiroqlar bilan yoritilar, yo‘lovchi o‘nlab mil (o‘n olti kilometr) yursa ham, ushbu yorug‘lik tugamasdi. Shaharning ko‘chalariga tosh yotqizilgan, axlatlari beto‘xtov tozalab turilardi. Atrofi quyuq bog‘-rog‘lar bilan o‘ralganidan, shaharga kelayotgan odam unga yetguncha bir necha soat bog‘-bo‘stonlardan o‘tardi. Shahar aholisi bir million edi. (Vaholanki, o‘sha paytda Ovro‘paning eng katta shahrida ham yigirma besh mingdan ortiq aholi yashamasdi). Hammomlarining soni to‘qqiz yuzta, uylarining soni 283000 (ikki yuz sakson uch ming), qasrlari sakson mingta va masjidlari olti yuzta edi. Shaharning aylanasi sakkiz farsax (ya’ni, o‘ttiz ming metr) bo‘lgan. O’qish-yozishni hamma bilgan. Uning sharqiy tomonida bir yuz yetmishta ayol ko‘fiy xat bilan mushaf yozardi. Saksonta madrasa bo‘lib, unda kambag‘allar bepul o‘qishgan. Ellikta shifoxona bemorlarga tekinga xizmat ko‘rsatgan. Markaziy masjid esa, haligacha san’at va bunyodkorlikning o‘lmas namunasi, deya tan olinadi. Mezanasining uzunligi qirq gaz bo‘lib, chiroyli qubbasi naqshinkor yog‘och tirgakka o‘rnatilgan. Masjid turli marmarlardan shaxmat taxtasi shaklida yasalgan bir ming to‘qson uchta ustun ustiga qurilgan. Unda uzunasiga o‘n to‘qqizta, eniga esa o‘ttiz sakkizta sahna mavjud edi. Kechasi masjid to‘rt ming yetti yuzta chiroq bilan yoritilardi. Bu chiroqlarga yiliga yigirma to‘rt ming qadoq moy sarflangan. Uning janubiy tomonida bronza bilan ziynatlab, juda go‘zal yasalgan o‘n to‘qqizta eshikni ko‘rish mumkin. Faqat o‘rtadagi bitta eshik tilla bilan bezalgan. Sharqiy va g‘arbiy tomonlarida ham xuddi shunga o‘xshash to‘qqizta eshik mavjud. Mehrobini ta’riflashga esa, frantsuz tarixchisining so‘zini keltirish kifoya: «Bashar ko‘zi tushgan eng go‘zal narsa udir. Unikidek bezak va hashamatni va na eski va na yangi asarlarda ko‘rish mumkin».
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #141 : 30 Sentyabr 2007, 16:26:59 »
    Qurtubada yana san’ati va ajoyibotlari bilan tarixda abadiy qolgan Az-Zahro qasri bor. Uni turk tarixchisi Ziyo Poshsho shunday ta’riflaydi: «U zamonasining shunday ajoyiboti ediki, Alloh borliqni yaratganidan beri biror binokorning xayoliga unday binoni qurish kelmagan, aql yaralgandan beri biror muhandisning kallasiga unikidek chizma chizish kelmagan». Uning qubbasi 4316 ta bir xil naqsh solingan turli marmar ustunlar ustida edi. Yeriga esa, turfa rang marmar bo‘laklari juda go‘zal shaklda yotqizilgandi. Devorlari tilla rang lojuvard lavhlar bilan bezalgandi. Zallarida musaffo suvli buloqlar bo‘lib, oq marmardan turli shakllarda qurilgan hovuzlarda xalifaning zalidagi hovuzga kelguncha bir ko‘rinib, bir ko‘rinmay oqardi. Ushbu hovuzning o‘rtasida boshiga marvarid ilingan tilla g‘oz o‘rnatilgandi. Uning suvida minglarcha tur baliqlar bo‘lib, ularning ko‘pligi shu darajada ediki, hovuzga bir kunda o‘n ikki ming bo‘lak non tashlanardi».

    Az-Zahroda «Qasrul-xilafa» deb nomlangan bino bo‘lib, uning shifti va devorlari tilladan va turli ranglarda tovlanadigan marmarlardan qurilgandi. Uning o‘rtasida simob to‘ldirilgan ulkan hovuz bor edi. Binoning har tomonida sakkizta eshik bo‘lib, ular tilla qadalgan abnus daraxtidan yasalgandi. Quyosh ushbu eshiklardan kirib, nurini bino o‘rtasi va devorlariga taratardi. Bundan ko‘zni qamashtiradigan yorug‘lik hosil bo‘lardi. Xalifa Nosir agar ahli majlisidan birovni qo‘rqitmoqchi bo‘lsa, xizmatkorlardan biriga imo qilib qo‘yar, u o‘sha simobni qimirlatardi. Shunda binoda chaqmoqning nuridek yorug‘lik paydo bo‘lar, bundan qalbga vahima tushar, hatto majlisdagilar simob harakatda ekan, binoni uchib ketayotgandek xayol qilib sarosimaga tushishardi. Qasrni quyuq daraxtzorlar va keng maydonlar o‘rab turardi. Bundan tashqari ushbu ajoyib binoni baland devorlar ihota etgandi. Unda uch yuzta harbiy minora bo‘lgandi.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #142 : 30 Sentyabr 2007, 16:27:36 »
    Az-Zahro xalifaning saroyini, amirlar saroyini va haramni o‘z ichiga olardi. Shuningdek, unda podshoh o‘tiradigan katta zal bo‘lib, u ulkan maydondagi xos yerga joylashgandi. Qubbasining tomi tilla va kumushdan ishlangan bo‘lib, qozi Munzir ibn Sa’id Qurtuba jomesidagi katta bir yig‘inda xalifaning bu ishini tanqid qilgani uchun uni buzib, g‘ishtdan qayta tiklashgandi. Yana Az-Zahroda sanoat va asbobsozlik korxonalari ham mavjud edi. Qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi, ziynat uchun taqinchoqlar yasovchi, me’morchilik va boshqa sanoat korxonalari shular jumlasidandir.

    Az-Zahroni qurish uchun to‘rt yil vaqt ketdi. Bir kunda yerga yotqizilganidan tashqari olti ming dona xarsang toshga ishlov berildi. Har kuni o‘n mingdan ziyod ishchi va bir ming to‘rt yuz ulov mehnat qildi. 275 tonna ohak va gips tashildi. Az-Zahro jomesining qurilishida mingta eng usta hunarmand; jumladan, 300 binokor, 200 duradgor va turli hunar egalari ishlashdi. Uning binosi misli ko‘rilmagan sur’atda, qirq sakkiz kun ichida bitdi.

    Mana shu ulkan qasrda xalifa Mustansir 351 hijriy yilda masihiy Ispaniya qiroli Ardun ibn Azfo‘nshni qabul qildi. Qirol Az-Zahroga kirganda, uning hashamati, azamati, xizmatchilari, qo‘shini va aslahalarini ko‘rib hayronu lol qoldi. Uning hayrati xalifa Mustansirning majlisiga kelganda, uning atrofidagi mamlakat ulug‘larini, ashroflarni, zabardast ulamo va xatiblarni, ulug‘ sarkardalarni ko‘rganda yanada ziyoda bo‘ldi. Ispan qiroli xalifa Mustansirga yaqinlashgan paytda boshidan tojini yechib, boshyalang holda xalifaning oldiga kelishga iznni kutib qo‘l qovushtirib qoldi. Xalifaning oldiga yetib borgach, uning qo‘lini o‘pishga intildi.  Xalifa qo‘lini unga uzatdi. So‘ng qirol ortiga tavoze’ bilan orqasini qilib qaytdi va o‘ziga tayyorlangan joyga borib o‘tirdi. Xalifa uni qutlab: «Xush kelibsiz, marhabo, siz to‘g‘ringizda bizning fikrimiz va husni qabulimiz siz kutgandan ortiqroqdir», dedi. Xalifaning ushbu qutlovini tarjima qilib berishgach, qirolning chehrasi ochildi va joyidan tushib, gilamni o‘pdi-da, boshini ko‘tarib shunday dedi: «Men xo‘jam amirul-mo‘mininning qullariman. U zotning fazllariga barcha umidvor, obro‘lariga tilakdoshdir. Ul zot meni fazl-marhamatlariga musharraf ayladilar, xizmatlariga noil etdilar. Men huzuri shariflariga sodiq niyat, xolis xayrixohlik-la keldim». Xalifa ham unga javoban shunday dedi: «Siz ham bizning huzurimizda xayrixohlikka haqli kishidirsiz. Sizga qilgan hadyalarimiz va millatdoshlaringiz ichida faqat sizni hurmatlashimiz, sizga havas keltiradi, bizga moyilligingiz fazilatini va saltanatimiz soyasida himoyada ekaningizni anglatadi».
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #143 : 30 Sentyabr 2007, 16:29:17 »
    Qurtubani qo‘yib, o‘arnotaga nazar qilinadigan bo‘lsa, Hamro qasridagi bunyodkorlik va imoratsozlikning buyuk namunasidan lol qolinadi. Al-Hamro unga qaraganlarni hayratga soluvchi ajoyib dalil edi. Bu qasr o‘arnota shahriga tutashgan tog‘ etagiga qurilgan. Qancha zamonlar o‘tgan bo‘lsa ham, hanuzgacha u sayyohlarning diqqatini o‘ziga tortadi va olamning go‘zal maskanlaridan sanaladi. Unda Al-asvad, Al-uxtayn, Al-adl va As-safro nomli bir necha zallar bo‘lgan. Bu qisqa so‘zlar bilan Al-Hamroning vasfini o‘rniga qo‘yolmaymiz. Shuning uchun bu o‘rinda farang shoiri Viktor Gyugoning Al-Hamroni kuylab aytgan so‘zi bilan kifoyalanamiz:

                                     O, Al-Hamro! o, Al-Hamro,
                                     Go‘zallikda tengi yo‘q, tanho.
                                     Xayollarni qoldirguvchi lol,
                                     Farishtalar bezagan ma’vo.


                                     Sensan uyg‘unlikning timsoli,
                                     Gul-bezaklarga ko‘milgan qasr.
                                     O’xshashi yo‘q malak misoli,
                                     Sharafga burkanding bir necha asr.
                                     Kumushsimon nurlari Oyning –
                                     Jilva qilganida ravoqlaringda.
                                     Bag‘ringda yangraydi ajoyib kuying,
                                     Aql sehrlanar ohanglaringdan.

    Andalusiyaning boshqa shaharlari, ularning azamati va taraqqiyoti haqida so‘zlaydigan bo‘lsak, so‘z tugamaydi. Masalan, Ishbiliyyaning o‘zida ipak ishlab chiqaradigan olti ming dona dastgoh bo‘lgan. Shaharning hamma tomoni zaytun daraxti bilan o‘ralgani uchun unda yog‘ chiqaradigan yuz ming juvozxona ishlab turgan. Umuman, Andalusiya shaharlari ma’mur bo‘lgan. Shaharlarning har biri Ovro‘pa bajonidil qabul qiladigan sanoatning bir turi bilan mashg‘ul bo‘lgan. Ularda qurol-yarog‘, po‘lat quyish sanoati yaxshi rivojlangan. Ovro‘paliklar ushbu sanoat mollarini har tomondan kelib xarid qilishardi.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #144 : 30 Sentyabr 2007, 16:30:39 »
                                                                 * * *
    Mana, muhtaram kitobxon, Islom hazorasi haqida sizga ma’lum qilmoqchi bo‘lgan gaplarimiz shu yerda nihoyasiga yetdi. Maqsadimiz – boshqa millatlar hazorasini yomonotliq qilib, Islom hazorasini ko‘klarga ko‘tarish emas. Balki ayrim noxolis tarixchilar, din muxoliflarining Islom dinini yangi zamon talablariga javob bermaydigan qoloq, ilm-ma’rifat, fan-texnikaga to‘sqinlik qiluvchi, insoniyat taraqqiyotidan orqada qolayotgan din, deb ko‘rsatishga urinishlarining asosi puch, g‘arazli ekanini ko‘rsatib qo‘yish, xolos. Ushbu kitobni o‘qib, undan Alloh taolo bizlarga ato etgan oxirgi Haq din – Islomning buyuk hazorasi haqida biroz ma’lumotga ega bo‘lsangiz, tushkun kayfiyatingizdan qutilsangiz, musanniflar niyatlariga yetgan bo‘lur edilar. Alloh taolo barchalarimizni O’zining Haq yo‘liga, hidoyat tariqiga yo‘llayversin, qalblarimizni Islom nuri bilan, musulmon ekanimizdan faxrlanish tuyg‘ulari bilan munavvar etsin. Omin, yo Robbal-olamiyn!

   
« So'nggi tahrir: 30 Sentyabr 2007, 16:32:28 muallifi B-Boy »
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #145 : 30 Sentyabr 2007, 16:31:42 »
    1.   Qur’oni karim, o‘zbekcha izohli tarjima (muallifi Alouddin Mansur) Toshkent, “Cho‘lpon”, 1992 yil.
    2.   Mustafo Husniy as-Siba’iy. “Hazoramiz ajoyibotlaridan” (5-nashr), Bayrut, 1987 yil.
    3.   Imom al-Buxoriy “Al-jome’ as-sahih”, Toshkent, Qomuslar bosh nashriyoti, 1991-1996 yillar.
    4.   Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Imon”. Toshkent, “Kamalak”, 1992 yil.
    5.   â€œBuyuk siymolar, allomalar” (1-kitob), Toshkent, “Xalq merosi”, 1995 yil.
    6.   Mahmud As’ad Jo‘shon. “Islom, tasavvuf va axloq”. Toshkent, “Istiqlol”, 2000 yil.
    7.   Ibrohim Rafiq. “Tarix shuuri”, (4-nashr), Izmir, 1997 yil.
    8.   Salmon Oltoy. “Islom dini va kashfiyotlar”, Istanbul, 1993 yil.
    9.   Horun Yahyo. “Islom terrorni la’natlaydi”, Toshkent, “Movarounnahr”, 2003 yil.
    10.   â€œSamarqand tarixi” (1-tom), Toshkent, “Fan”, 1971 yil.
    11.   â€œIstoriya Uzbekistana v dokumentax”, Tashkent, «Fan», 1988god.
    12.   Chingiz Aytmatov, Muxtor Shoxonov. “Cho‘qqida qolgan ovchining ohi-zori”, Toshkent, “Sharq”, 1998 yil.
    13.   Adam Mets. “Musulmanskiy Renessans”. Moskva, “Nauka”, 1973 god.
    14.   A.A. Ignatenko. “V poiskax schastya”, Moskva, “MÑ‹sl`”, 1989 god.
Never say "never"

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #146 : 02 Dekabr 2007, 01:12:44 »
Islom hazorasi



Muallif: Ahmad Muhammad

Hajmi: 333 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish

Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar ul-Foruq)

Muallif Munira xonimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 42314
So'nggi javob 12 Iyul 2008, 09:09:21
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 31560
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:07:13
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Rasululloh (s.a.v.) qaytarganlar

Muallif MuslimaxonBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 72
Ko'rilgan: 31050
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:30:54
muallifi AbdulAziz
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 7082
So'nggi javob 14 Iyul 2008, 01:52:07
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad Tursun. Qaynona va kelin

Muallif MuslimаBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 38
Ko'rilgan: 45042
So'nggi javob 16 Yanvar 2012, 15:46:23
muallifi AbdulAziz