Muallif Mavzu: Ahmad Muhammad. Islom hazorasi  ( 54419 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #90 : 30 Sentyabr 2007, 12:36:40 »
   Ushbu madrasalarning yana bir yorqin misoli «Al-Azhar» jomesidir. U maydoniga dars xalqalari barpo qilingan masjid bo‘lib, turli tomondan talabalarning ravoq deb nomlangan yotoqxonalari o‘rab turardi. Ularda turli shaharlardan kelgan talabalar yonma-yon yashashardi. Masalan, shomliklar ravoqi, mag‘ribliklar ravoqi, turklar ravoqi, sudanliklar ravoqi va hokazolar bo‘lgan. «Al-Azhar» talabalari hozirgi kungacha tolibi ilmlar uchun ajratib qo‘yilgan vaqflar foydasi hisobidan bepul ta’lim olish bilan birga oylik stipendiyaga ega bo‘ladilar.

   Madrasalar haqida so‘z borar ekan, mudarrislar va ularning holatlari hamda maoshlari haqida to‘xtalish ham maqsadga muvofiq. Madrasalarning raislari ulamolarning eng yaxshilari va eng mashhurlaridan bo‘lardi. Masalan, Imom An-Navaviy, Ibn as-Saloh, Abu Shoma, Taqiyyuddin as-Sabkiy, Imoduddin ibn Kasir va boshqalar Damashqdagi «Dorul-hadis» madrasasida dars berishgan. Imom Al-o‘azzoliy, Ash-Sheroziy, Imomul-Haramayn, Ash-Shoshiy, Al-Xatib at-Tabriziy, Al-Qazviniy, Al-Feruzobodiy va boshqalar Bag‘doddagi «Nizomiyya» madrasasida dars berishgan va hokazo.

   Islomning ilk davrlarida mudarrislar ta’lim uchun haq olishmagan. Zamon o‘tib, hazora kengayganidan va madrasalar bino qilinib, ularga vaqf belgilangandan keyingina ulardagi mudarrislarga oylik maoshlar belgilandi. Shu o‘rinda Movarounnahr ulamolari tomonidan sodir bo‘lgan ajoyib bir voqeani zikr qilib o‘tmoqchimiz: Nizomulmulk turli shaharlardagi mashhur madrasalarini bino qilgan paytda ularda dars beradigan mudarrislarga maosh tayin qildi. Ulamolar bu ishni qoralab to‘plandilar hamda ilm va uning barakasi ketganini aytib, ilm uchun motam tutdilar. Ushbu marosimda shunday so‘zlar aytildi: «Ilm bilan uning sharafli ekani uchun va u bilan kamol topishni maqsad qilgan oliyhimmat va qalbi toza kishilar shug‘ullanardi. Agar ilmga haq tayinlansa, endi unga tuban va tanballar yaqinlashadi. Bu esa ilmning xorlanishi va zaiflashishiga sabab bo‘ladi».
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #91 : 30 Sentyabr 2007, 12:37:08 »
   Lekin bu mulohaza hayot rivoji va hazora zaruriyati oldida sobit qolmadi va mudarrislarga shahar, madrasa va vaqflarga qarab turli xil maoshlar tayinlandi. Lekin har qanday holda ham maosh mudarris bemalol hayot kechirishi uchun yetarli miqdorda bo‘ldi. Bundan tashqari mudarrisga boshqa ehtiyojlari uchun ham maoshlar belgilangandi. Masalan, Sulton Salohiddin tomonidan «Salohiyya» madrasasida ta’lim berish uchun tayinlangan shayx Najmiddin al-Xabushoniy dars bergani uchun har oyga qirq dinor, madrasa vaqfini boshqarib turgani uchun o‘n dinor maosh va kuniga oltmish misriy qadoq non va ikki idish Nil suvi olardi. «Al-Azhar» shayxlarining oylik maoshlari ichida darsga minib keladigan xachirlarining sarfiyoti uchun ham mablag‘ bor edi. «Al-Azhar» vaqflari ichida shayx xachirining xarajatlari uchun xos vaqf bor edi. Keyingi yillarda shayxning ana shu vaqfdan xachiri nomiga oladigan oylik maosh yuz junayhga yetib qolgandi. Oxirida uni ham oylik maoshga qo‘shib beriladigan bo‘ldi.

   Dars berish martabasiga shayxlar ushbu maqomga loyiq, deb shahodat bergan kishigina erishardi. Islomning ilk davrlarida bu ish shayx shogirdiga o‘z halqasidan ajrab chiqib, xos halqa tuzishga ruxsat berishi bilan yoki vafotidan keyin halqani boshqarishni buyurish bilan bo‘lardi. Shogird bundan boshqa yo‘l tutsa, tanqidga uchrar va qiyin, murakkab savollar o‘qiga duchor bo‘lardi. Horun ar-Rashid davrida qoziyulquzzot bo‘lgan Abu Yusufning (r.a.) tarixlarida bunday voqea zikr qilinadi: Abu Yusuf shayxlari Abu Hanifa (r.a.) hayotlari chog‘ida kasal bo‘lib qoldilar. Shunda shayxlari ko‘rgani borib, u kishiga: «Men o‘zimdan keyin musulmonlarga seni bosh qilaman», dedilar. Abu Yusuf kasaldan tuzalganlarida shayxlari bergan bu shahodatdan ujbga berilib, ustozlari Abu Hanifadan ajragan holda xos majlis tuzdilar. Shunda Imom Abu Hanifa u kishining oldilariga tafsilot va izoh bilan javob  talab qiladigan beshta nozik masala so‘ragani odam yubordilar. Imom Abu Yusuf ushbu savollarga javob qilishda yanglishdilar va shayxlaridan alohida bo‘lib xato qilganlarini angladilar hamda yana ustozlarining halqasiga qaytdilar. Shunda shayxlari Imom Abu Hanifa u kishiga bunday dedilar: «Yetilmasdan oldin qurib qolding! Kim o‘zini ilm olishdan behojat deb gumon qilsa, o‘z nafsi uchun yig‘lasin!»
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #92 : 30 Sentyabr 2007, 12:37:37 »
   Oldin shunday  bo‘lgandi. Keyinchalik madrasalar paydo bo‘lib, uni bitirganlarga madrasa shayxi tomonidan hozirgi davrdagiga o‘xshash ilmiy shahodatnomalar beriladigan bo‘ldi. Tabiblarga ham xuddi shunday madrasani bitirganligi to‘g‘risidagi shahodatnomani qo‘lga kiritgandan keyingina tabobat bilan shug‘ullanishga ruxsat berilardi.

   Mudarrislarni boshqa kasb egalaridan ajratib turadigan xos belgilari bo‘lardi. Imom Abu Yusufning zamonlarida ularning alomatlari qora salla va yashil rido edi. Fotimiylar davrida esa, yashil salla va rido bo‘lgan. Jubba esa ulamo va mudarrislarga faqat umaviylar davriga kelib urf bo‘lgan. Andalusdagi ulamolarning kiyimlari Mashriq ulamo va mudarrislarinikidan biroz farq qilgan. Ular kiyinishining eng muhim jihati sallaning kichik o‘ralishidir. Ba’zi paytlarda olim salla o‘ramasdi ham. Bir marta mashhur lug‘aviy Imom Abu Ali al-Qoliy Sharqdan Andalusga borgan paytda uning istiqboliga chiqqan Andalus ulamolari hayratdan qotib qolishgan. Chunki Imom boshiga juda katta salla o‘rab olgandi. Hatto, yosh bolalar va esi pastlar masxaralab, orqalaridan tosh otib qolishgan.
   
   G‘arbliklar kiyinishda Andalus mudarrislaridan nusxa ko‘chirishgan. Hozirda Ovro‘pa jomealarida ilmiy libos deya tanilgan kiyimlarning asli andalusiydir.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #93 : 30 Sentyabr 2007, 12:38:05 »
   Muallimlarning ham talabalar uyushmasi, ashroflar uyushmasi va o‘sha davrlarda rivojda bo‘lgan ba’zi kasb va hunar egalarining uyushmalari kabi birlashtirib turuvchi ittifoqlari bo‘lgan. Naqib, ya’ni uyushma boshlig‘ini o‘zlariga mudarrislar saylardilar. Faqat uyushma a’zolari o‘rtasida ixtilof kelib chiqqandagina, bu ishga sulton aralashardi.

   Abu Shoma o‘zlarining «Ar-Ravzatayn» kitoblarida Muqallad Ad-Davla’iydan quyidagini rivoyat qiladilar: «Hofiz al-Murodiy vafot etganlarida, fuqaholar jamoasi ikkiga: arab va kurdlarga bo‘lingandi. Ichimizda mazhabga moyil kishilar shayx Sharofiddin ibn Abu Asrunni chaqirishni xohlagan bo‘lsa, nazar va xilof ilmiga moyil bo‘lganlar Al-Qutub an-Nisoburiyni chaqirmoqchi edilar. Shu sabab bo‘lib, fuqaholar o‘rtasida fitna chiqdi. Sulton Nuriddin bundan xabar topib, fuqaholar jamoasini huzuriga chorladi. Ular kelishganda, Sultondan noib bo‘lib Majiduddin ibn Ad-Doya shunday dedi: «Madrasalarni bino qilishdan biz faqat ilmni yoyish va bid’atni yo‘q qilishni ko‘zlaganmiz. O’rtangizda bo‘lib o‘tgan hodisalar yaxshi ham emas, sizlarga yarashmaydi ham. Mavlomiz (ya’ni, Nuriddin): «Ikki toifaga ham rozimiz va ikki shayxni ham chaqiramiz», dedilar. Shundan so‘ng ikki shayx ham chaqirildi. Shamsiddin o‘zining nomidagi madrasaga bosh bo‘lgan bo‘lsa, Qutbiddinni An-Nafariy madrasasiga rais tayin etildi».

   Shunday madrasalar, xususan, oliy ma’hadlar Islom olami shaharlarining u chetidan bu chetigacha to‘lib ketgandi. Tarix turli shaharlarda madrasalar insho etilishida asosiy rolni musulmon amirlari o‘ynaganliklarini hayratga tushib so‘zlaydi. Masalan, ulardan biri Salohiddin al-Ayyubiy qo‘l ostidagi Misr, Damashq, Musil, Baytul Muqaddas kabi shaharlarning barchasida madrasalar qurdirgan. Yana bir amir Nuriddin ash-Shahid esa bitta Suriyaning o‘zida o‘n to‘rtta ma’had barpo etgan. Ularning oltitasi Damashqda, to‘rttasi Halabda, ikkitasi Hamohda, yana ikkitasi Humsda va bittasi Ba’labakkada bo‘lgan. Buyuk saljuqiy vazir Nizomulmulk Iroq va Xuroson mamlakatlarini madrasalar bilan to‘ldirib yuborgan. Hatto, Iroq bilan Xurosonning har bir shahrida bittadan madrasa qurilgani zikr qilinadi. Madrasalar, hatto, uzoq, chekka yerlarda ham barpo etildi. Masalan, Ibn Amr jazirasida ulkan va go‘zal madrasa qurilgandi. Qaysi bir shaharda ko‘zga ko‘ringan va chuqur ilmli olim bo‘lsa, unga madrasa qurib berilar, vaqf ajratilar va kutubxona taqdim etilardi.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #94 : 30 Sentyabr 2007, 12:39:19 »
   Bag‘doddagi Nizomiyya madrasasi shunday madrasalarning eng muhimi bo‘lib, unda beshinchi va to‘qqizinchi asrlar oralig‘idagi eng mashhur ulamolar dars berishgan. Unda olti ming atrofida talaba ta’lim olardi. Bu madrasa mamlakat ulug‘ kishilarining o‘g‘lidan tortib, eng kambag‘al kosibining farzandigacha bag‘riga olgan bo‘lib, hammalari bepul o‘qishardi. Kambag‘al tolib bundan tashqari o‘zi uchun xoslangan vaqf foydasidan ma’lum miqdor maosh ham olgan.

   Mazkur sulton va amirlar qatori boy va tojirlar ham madrasalar qurish va ularga vaqflar ajratish borasida musobaqalashishardiki, bu hol ushbu madrasalarning bardavomligi va unga talabalarning iqbol etishiga bois bo‘lardi. Juda ko‘pchilik o‘z uylarini madrasa qilib qo‘yishar va undagi kitoblar hamda yondosh binolarni tolibi ilmlarga vaqf etib ajratishgandi. Shu sababdan madrasalar, xususan Mashriqda lol qoladigan darajada ko‘paygandi. Hatto andalusiy sayyoh Ibn Jubayr Mashriqdagi madrasalarning va ular vaqfidagi g‘allaning ko‘pligidan hayratlanib, mag‘ribliklarni Mashriqqa borib ilm olishga da’vat qilgandi. U, jumladan, shunday deydi: «Mashriqning barcha shaharlarida, xususan, Damashqda tolibi ilmlar uchun vaqflar juda ko‘p. Mag‘ribimiz farzandlaridan kimda-kim najot istasa, ushbu mamlakatlarga borsin.  Talabi ilmga yordam beradigan juda ko‘p ishlarni, avvalo maishat xususida xotirjamlikni ulardan topadi».

   Ibn Jubayrning shahodati qimmatli. Chunki u rostgo‘y va omonatdorligi bilan tanilgan sayyoh. Ibn Jubayr madrasa va vaqflarning ko‘pligi xususida bekorga Damashqni xoslagani yo‘q. Haqiqatda ham uzoq tarix mobaynida talabalarni o‘ziga jazb etgan ma’mur Damashqda to‘rt yuzdan ziyod madrasa bor edi. Hatto, g‘arib bir talaba har madrasada bir kechadan tunasa, bemalol bir yilini o‘tkazardi.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #95 : 30 Sentyabr 2007, 12:40:03 »
   Endi madrasalar uchun ajratilgan vaqflarning ko‘pligiga misollar bilan tanishing. Damashqdagi «Nuriyatul-kubro» madrasasiga ajratilgan vaqflar, madrasa eshigiga yozilishicha, quyidagilar: Bug‘doy bozoridagi mavjud barcha hammomlar, Salomat darvozasidan tashqaridagi ikki hammom, ularga qo‘shni hovlilar, Avniyatul-humodagi daraxtzor, vazirning bog‘i, Al-Arzadagi yong‘oqzorning to‘rtdan uch qismi, Al-Jobiya darvozasidan tashqaridagi o‘n bitta do‘kon, ularga sharqdan yondosh bo‘lgan maydon va Doriyodagi to‘qqizta shudgor maydon.

   Damashqdagi madrasa va masjidlar vaqflarining ko‘pligiga quyidagi misol yetarlidir. 676 hijriy yilda vafot etgan Imom an-Navaviy hayotlarining oxirigacha Damashq mevalaridan yemaganlar. Chunki undagi aksar vaqf maydon va bog‘-rog‘lar zolimlar tomonidan tortib, o‘zlashtirib olingandi.

   Movarounnahr o‘lkasida ham madrasalar nihoyatda ko‘p bo‘lgan, Ular asosan diyorning qadimiy mashhur shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva, Marv, Qo‘qon kabi shaharlariga joylashgan. O’sha paytlarda 150 ming aholi yashagan Samarqandda 250 masjid va 40 madrasa bo‘lgan. Buxoroda esa 200 ming aholiga 400 masjid va 30 madrasa to‘g‘ri kelgan. Madrasalarni boshqarish, o‘qitish jarayoni va xo‘jalik ishlariga shayxulislom va qozilar rahbarlik qilishgan. Har bir madrasada xo‘jalik ishlarini yurituvchi alohida mutavalli bo‘lgan. U vaqf yerlardan kelgan daromadlarni, ushr, sadaqa va ehsonlarni madrasa ehtiyojlariga taqsimlab sarflagan.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #96 : 30 Sentyabr 2007, 12:40:41 »
   Madrasalar xonlik va amirliklardagi davlat idoralari, boshqaruv mahkamalari, qoziyot, diniy muassasalar uchun turli xodimlar, maktab-madrasalar uchun muallim-mudarrislar, ijtimoiy-siyosiy tuzum va uning mafkurasiga xizmat qiluvchi mutaxassislarni tayyorlab bergan. Talabalar imtihon yoki tanlov asosida o‘qishga qabul qilingan. Mudarrislar ham imtihon qilingach, xon yoki beklar tomonidan tayinlangan. Mudarrislar darsdan bo‘sh paytlarida qozilik, muftiylik kabi davlat ishlari bilan ham shug‘ullanib turishgan. Bitiruvchilar olgan bilimiga yoki imtihon natijalariga qarab, mudarris, masjid imomi yoki qozi, muftiy, a’lam, mirzo sifatida davlat mahkamalariga yuborilgan.

   Madrasalarda uxroviy (diniy) bilimlar berishga asosiy e’tibor qaratilgan. Barcha mashg‘ulotlar Qur’oni karim va Sunnati nabaviyya asosida olib borilgan, arab tilining sarf va nahvi (grammatika va sintaksis) mukammal o‘rgatilgan. Fiqh va aqoid asosiy darslardan bo‘lgan.

   O’quv yurtlarida mantiq, falsafa, jug‘rofiya, aljabr va handasa, ilmi nujum kabi dunyoviy ilmlardan ham saboq berilgan. Talabalar yurt tarixini mustaqil o‘rganishgan. Fizika, tabiiyot, kimyo fanlari o‘qitilmagan, ammo o‘quvchilarga bulardan mustaqil tahsil olish taqiqlanmagan.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #97 : 30 Sentyabr 2007, 12:41:19 »
   Islom o‘lkalaridagi madrasalar maqsadiga ko‘ra turlicha bo‘lgan. Qur’oni karim tafsiri, hifzi va qiroatini o‘rgatadigan madrasalar alohida bo‘lgan. Hadisga xos madrasalar bo‘lgan. Ularning eng ko‘pi fiqh uchun xos bo‘lgan madrasalardir. Har bir mazhab fiqhi uchun alohida madrasa, yana tib uchun madrasa, yana yetimlar o‘qiydigan alohida madrasalar qurilgan. O’ninchi hijriy asr ulamolaridan An-Na’imiy «Ad-Doris fi tarix al-Madoris» kitoblarida Damashqdagi madrasalar va ularning vaqflari nomini zikr qiladilar. U kishining xabarlariga ko‘ra, Damashqning o‘zida Qur’oni karim o‘rgatadigan yettita madrasa, hadisni ta’lim beradigan o‘n oltita madrasa, Qur’on va hadisni barobar o‘qitadigan uchta madrasa, shofe’iy fiqhi uchun oltmish uchta madrasa, hanafiy fiqhi uchun ellik ikkita madrasa, molikiy fiqhiga to‘rtta va hanbaliy fiqhi uchun o‘n bitta madrasa bo‘lgan. Bulardan boshqa tibbiyot madrasalari, rabotlar, mehmonxonlar, hujralar va jomelar bo‘lgan. Bularga qo‘shimcha o‘laroq, ayni ana shu asrlarda g‘arbliklar orasida keng tarqalgan jaholat va omilikni zikr qilsak, Islom ummati avji kuchaygan paytda qanday buyuklikka yetganini bilamiz. Hazora ijtimoiy muassasalar va ilmiy ma’hadlar tarixida qanday ham ajoyibotlarni ko‘rsatgan! Ilmni nashr qilishda, ommaning hazorasini ko‘tarishda va boshqa millat farzandlariga ham bu yo‘lni yengillatishda Islomning qanday ham ulkan xizmatlari bo‘lgan!

   Imom Ibn Kasir o‘zlarining «Al-Bidoya van-Nihoya» kitoblarida olti yuz o‘ttiz birinchi hijriy yil hodisalarini shunday yozadilar: «Shu yili Bag‘doddagi «Al-Mustansiriya» madrasasining qurilishi nihoyasiga yetdi. Bundan oldin uningdek madrasa bino qilinmagan. Unda to‘rttala mazhabni kuzatdim: har bir toifadan oltmish ikkita faqih va to‘rtta yordamchi bor. Har bir mazhabga mudarris, hadis shayxi, ikki qori va o‘n some’ mavjud. Yana tabobat shayxi va musulmonlardan tib ilmi bilan shug‘ullanuvchi o‘n kishi hamda yetimlar uchun maktab ham bor. Hamma uchun non, go‘sht, holva va yetarli miqdorda nafaqa tayin etilgan. Kutubxonani ko‘zdan kechirdim. Kitoblarining ko‘pligi, nusxalarining go‘zalligi va vaqf etilgan kitoblarning sifatliligi jihatidan ular kabisini ko‘rmaganman».
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #98 : 30 Sentyabr 2007, 15:32:16 »
   Islom hazorasi barpo bo‘lgan asoslardan biri – jism ehtiyojlari bilan ruh ehtiyojlarining jamlaganligi hamda insonning saodati va ruhi ravshanlashishi uchun jismga inoyatni zaruriy talablardan, deb e’tibor qilganligidir. Mana shu hazora asoschisi Rasululloh (s.a.v.)dan: «Albatta senda jasadingning ham haqqi bordir», degan so‘zlari naql qilingan.

   Mulohaza qilib ko‘rilsa, Islom ibodatlarini bajo keltirishning o‘zi tabobat ilmining maqsadlaridan biri bo‘lgan sog‘liqni saqlash uchun o‘ta muhimdir. Chunki namoz, ro‘za, haj va bu ibodatlar talab qiladigan shartlar, ruknlar va amallar, hammasi jismning sihatini, faolligini va quvvatini muhofaza etadi. Bunga yana Islomning kasallik va uning yoyilishiga qarshi kurashini va unga barham beruvchi muolajani istashga targ‘ib qilishini qo‘shsak, tabobat maydonida hazora binosi qanday mustahkam asoslarga qurilganini, uning shifoxonalar va tibbiy ma’hadlar barpo etishidan olam qanchalar istifoda etganini va u chiqargan tabiblarning ilmga, xususan, tabobatga qilgan himmatlaridan insoniyat hanuzgacha faxrlanayotganini ko‘ramiz. (Tabib Ali ibn Abbos tabobatga shunday ta’rif beradi: «U – sog‘lomlarga sog‘liqni saqlashni va kasallarga uni qaytarishni o‘rganadigan ilmdir».)

   Arablar tibbiy maskanlarni birinchi bor oltinchi milodiy asrning o‘rtalarida Kisro qurdirgan Jundisobur tibbiy madrasasidan tanishdi. Bu madrasani Horis ibn Kilda kabi ba’zi arab tabiblari ham bitirib chiqqan. U Payg‘ambarning (s.a.v.) zamonlarida yashagan bo‘lib, Rasululloh agar sahobalarining kasali qaytalanaversa, unga borib davolanishni maslahat berardilar.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #99 : 30 Sentyabr 2007, 15:33:01 »
   Valid ibn Abdulmalik zamonida Islomdagi ilk shifoxona barpo qilindi. U shifoxona faqat moxovlar uchun maxsus edi. Ularga tabiblar va moyanalar tayinlandi hamda bemorlar chiqib ketmasliklari uchun hibs qilib qo‘yishga amr etildi. Ulardan tashqari ko‘rlarga ham maosh belgilangandi. Keyin birin-ketin shifoxonalar qurila boshlandi. Ular «bemoriston», ya’ni kasalxona nomi bilan tanilgandi.

   Shifoxonalar ikki xil: ko‘chma va doimiy bo‘lardi. Ko‘chma shifoxonalarni birinchi bor Islom Rasululloh (s.a.v.) hayot ekanliklaridayoq urfga kiritgandi. Handaq g‘azotida yaradorlar uchun chodir tikilgandi. Sa’d ibn Muoz tirsaklaridan yaralangan edilar, Rasululloh (s.a.v.): «Uni ko‘chma chodirga olib boringlar, toinki yaqindan ko‘rib turaman», dedilar. Bu – Islomdagi ko‘chib yuradigan birinchi harbiy shifoxona edi. Keyinchalik undan xalifa va podshohlar keng foydalanadigan bo‘lishdi. Hatto, ko‘chma shifoxonalar kasal muhtoj bo‘ladigan hamma narsa: dori-darmon, ichimlik va taomlar, kiyim-kechak, tabib va dorixonalar bilan ham jihozlanadigan bo‘ldi. Bunday shifoxonalar doimiy xastaxonasi bo‘lmagan yerlarda bir qishloqdan ikkinchi qishloqqa ko‘chib yurardi. Vazir Iyso ibn Ali al-Jarroh Bag‘dod va boshqa shaharlar shifoxonalarining boshlig‘i Sinon ibn Sobitga shunday deb yozadi: «Qishloq ahli haqida o‘ylab ko‘rdim. Odatda, bu yerlar kasaldan holi emas. Qishloqlarda tabiblar bo‘lmagani uchun bemorlar muolajasi haqida hech kim qayg‘urmaydi. Shuning uchun qishloqlarni aylanishga dori-darmon va ichimliklar bilan jihozlangan tabiblarni jo‘natishga harakat qiling. Ular ham bir hududda hojat talab etganicha tursinlar va u yerdagilarning muolajasini qilsinlar. Shundan keyin boshqa joylarga ko‘chsinlar». Sulton Mahmud as-Saljuqiy davrida ba’zi ko‘chma shifoxonalar shu darajada kattalashib ketdiki, ularning jihozi qirqtalab tuyaga yuklanardi.

   Doimiy shifoxonalarga kelsak, ular poytaxt va shaharlarni to‘ldiradigan darajada ko‘p edi. Islom olamidagi kichkina shahar ham bir necha shifoxonaga ega edi. Masalan, Qurtubaning o‘zida ellikta shifoxona bor edi.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #100 : 30 Sentyabr 2007, 15:33:55 »
   Shifoxonalarning turi ko‘p bo‘lgan. Masalan, qo‘shin uchun alohida shifoxonalar bo‘lib, ularda maxsus tabiblar xizmat qilishardi. Yana mahbuslarning ham xos shifoxonalari bo‘lgan. Ularni har kuni tabiblar aylanib chiqishar va kasallarini lozim dori-darmonlar bilan muolaja etishardi. Vazir Ali ibn Iso ibn Jarroh Sinon ibn Sobitga yozgan xatida quyidagi jumlalar bor: «Mahbuslar haqida ham o‘ylab ko‘rdim. Adadlari ko‘p bo‘lgani va joylarining yomonligi uchun oralarida kasallari yo‘q emas. Shuning uchun ularning huzurlariga har kuni kiradigan, dori va ichimliklar beradigan tabiblar tayinlash kerak. Bu tabiblar hamma qamoqxonalarni aylanib, bemorlarni davolashlari lozim».

   Shuningdek, «Tez yordam» nuqtalari bo‘lib, ular jomelar va omma to‘planadigan joylarda bino qilingandi. Al-Maqriziyning aytishicha, Ibn Tulun o‘zining mashhur jomeasini qurganda, uning oxiriga dorixona ham qurgan. U yerda hamma ichimlik va dorilar topilar, xizmatkorlar shay edi. Yana juma kunlari tabib kelib, namozxonlardan xastalikka chalinganlarini muolaja qilardi.

   Yana umumiy shifoxonalar ham bo‘lib, ular eshigini hamma uchun ochib qo‘ygandi. Faqat bir-biridan alohida ikki qism: erkaklar va ayollar bo‘limiga ajratilgandi. Har bo‘limda bir necha zal bo‘lib, har birida kasallikning alohida turi ko‘rilardi. Masalan, ichki kasalliklarga alohida, ko‘zga, jarohatga, singan-chiqqanga, aqliy kasalliklarga alohida xonalar ajratilgandi. Yana ichki kasalliklar bo‘limi ham bir necha xonalarga bo‘lingandi. Masalan, isitma-bezgakka bir xona, ichburug‘ga bir xona va hokazo. Har bir qismning tabiblari va boshlig‘i bo‘lardi. Masalan, ichki kasalliklar boshlig‘i, jarrohlar boshlig‘i, ko‘z kasalliklari boshlig‘i kabi. Hamma bo‘limning «so’ur» deb nomlangan umumiy boshlig‘i bo‘lardi. Bu shifoxona tabiblari raisining laqabidir.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #101 : 30 Sentyabr 2007, 15:34:42 »
   Tabiblar shifoxonada navbat bilan ishlardilar. Har bir tabibga muayyan vaqt tayinlangan bo‘lib, tabib ana shu vaqtda kasallarni ko‘radigan xonasida hozir turishi kerak edi. Har bir kasalxonada erkak va ayollardan farroshlar, hamshira va yordamchilar bo‘lardi. Ularga yetarli miqdorda maosh belgilangandi. Yana hamma shifoxonalarda «sharobxona» deb nomlangan dorixonalar bo‘lardi. Ularda turli ichimliklar, nafis ma’junlar, totli murabbolar, xilma-xil dori-darmonlar, boshqa yerda topilmaydigan qimmat atirlar mavjud edi. Yana ularda jarrohlik asboblari, shisha idishlar, sut mahsulotlari va faqat podshohlarning xazinalaridan topiladigan boshqa narsalar ham bo‘lardi.

   Shifoxonalarning o‘zida tibbiy ma’hadlar (institutlar) joylashgandi. Har bir shifoxonada muhozaralar qilish uchun katta ayvon bo‘lar, unda katta tabib (bosh vrach) bilan birga tabib va talabalar dars o‘tkazishardi. Yonlarida turli asbob va kitoblar bo‘lardi. Kasallarni tekshirib, muolajalarini qilib bo‘lgandan keyin shogirdlar muallimlarining huzuriga kelib, ustoz va shogird o‘rtasida tibbiy mubohasa va munoqashalar boshlanardi. Kitoblar o‘qilardi. Ko‘pincha talabalarga amaliy dars kasallarning huzurida o‘tkazilardi. Hozirgi kunda shifoxonalar yonida joylashgan tibbiyot kulliyalarida shunga o‘xshash holat bo‘lyapti. Damashqdagi Bemoristoni-Nuriyda ta’lim olgan Ibn Abu Usayba’a shunday deydi: «Hakim Muhazzabiddin va hakim Imron Bemoristondagi kasallar muolajasidan forig‘ bo‘lishguncha birga bo‘ldim. Shundan keyin shayx Roziyyuddin ar-Rahbiy bilan  o‘tiraman va kasallarga qanday tashxis qo‘yishini, kasallarning umumiy holatini tavsiflashini va ularga yozadigan muolaja usullarini ko‘raman hamda u bilan kasallar va ularni davolash usullari haqida mubohasa etaman».

   Tabibning o‘z holicha muolaja etishiga ruxsat berilmasdi. Bungacha u mamlakatning katta tabiblari oldida imtihondan o‘tadi, shahodatnoma olishni ko‘zlagan fani bo‘yicha risola taqdim etadi (bu risolada o‘zi yozgan asar yoki katta tib olimlari yozgan narsalarga sharh va izohlar bo‘lishi kerak). Va bular to‘g‘risida imtihon bo‘lib, fanga taalluqli hamma narsa so‘raladi. Ularga yaxshi javob bersagina, katta tabiblar tomonidan tabobat bilan shug‘ullanishga ruxsat beriladi.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #102 : 30 Sentyabr 2007, 15:35:18 »
   931 milodiy (319 hijriy) yilda Xalifa Muqtadir zamonida ayrim tabiblarning xatosi tufayli bir odam vafot etadi. Shunda xalifa Bag‘dodning hamma tabiblarini qaytadan imtihon qilishga buyruq beradi. Ularni Bag‘dodning bosh tabibi Sinon ibn Sobit imtihon qiladi. Bag‘dodning o‘zida imtihon qilingan tabiblarning soni sakkiz yuz oltmish to‘rttaga yetadi. Bunga imtihon qilinmagan mashhur tabiblar, xalifa, vuzaro va umaroning tabiblari kirmaydi.

   Shuni aytishni ham unutmaslik kerakki, hamma shifoxonalarda tibbiyotga oid va tabib hamda talabalarga kerakli boshqa kitoblar bilan to‘la kutubxonalar mavjud edi. Aytishlaricha, Ibn Tulunning Qohiradagi shifoxonasi kutubxonasida turli ilmlarga oid yuz ming jilddan ziyoda kitob bo‘lgan.

   Shifoxonalardagi tartibotga keladigan bo‘lsak, davolanish hamma uchun bepul edi. Bu borada boy va faqir, uzoq va yaqin, aqlli va beaqlning farqi bo‘lmagan. Xasta kelganda, avval u tashqi zalda tekshiruvdan o‘tadi. Agar kasallik yengil bo‘lsa, unga resept yozib berilgan va dorilar shifoxonaga qarashli dorixona tomonidan bepul berilgan.
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #103 : 30 Sentyabr 2007, 15:36:35 »
    Agar kasalning holati shifoxonada yotishni taqozo qilsa, uning ismi kasalxona daftariga qayd etilgan. So‘ng xasta hammomga kirgan, uning kiyimlari yechib olinib, alohida joyga qo‘yilgan va unga kasalxonaning maxsus kiyimi berilgan. Keyin kasallar yotgan xonaga yotqizilgan va unga yaxshi jihozlangan karavot ajratilgan. Kasalxonaga yotqizilgandan keyin tabib tayinlagan dori-darmonlar va kerakli miqdorda sihatiga muvofiq oziq-ovqatlar berilgan. Bemorlar ozuqasi qo‘y, mol, tovuq va turli qushlar go‘shtidan tayyorlangan. Kasalning tuzalish alomati etib, bir daf’ada bitta non va bitta butun tovuqni to‘liq yeyishi belgilangan. Agar muolaja nihoyasiga yetgan bo‘lsa, yangi kiyimlar va ishlashga qodir bo‘lguncha yetadigan miqdorda mablag‘ berilgan.
   
    Shifoxonaning xonalari pokiza bo‘lgan, suvlar oqib turgan. Zallari juda go‘zal mebellar bilan jihozlangan. Hamma shifoxonaning tozalikni nazorat qilib turuvchi taftishchilari va moliyaviy ahvolini tekshirib turuvchi nazoratchilari bo‘lgan. Ko‘pincha xalifa yoki amirning o‘zi kasallar ahvoli va ularga qilinayotgan muomaladan xabardor bo‘lib turgan.

    Yuqorida zikr qilingan holatlar Islom olamida bino etilgan hamma shifoxonalarda – xoh u Mag‘rib, xoh Mashriqda bo‘lsin, Bag‘dod, Damashq, Qohira, Quddus, Makka, Madina, Marokash, Andalusda bo‘lsin – bir xil edi. Bu o‘rinda ana shu asrlardagi Islom poytaxtlaridan to‘rtta shahardagi to‘rt shifoxona haqida so‘zlash bilan cheklanamiz:
Never say "never"

AbdurRohman

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1728
  • -oldi: 854
  • Xabarlar: 4316
  • Jins: Erkak
  • Laa ilaha illa Allah
Re: ISLOM HAZORASI. Ahmad Muhammad
« Javob #104 : 30 Sentyabr 2007, 15:37:28 »
    Birinchisi – Bag‘doddagi Azudiy shifoxonasi. Uni Azud-davla ibn Buvayh 371 hijriy yilda qurdirgan. Uni qurishdan oldin mashhur tabib Ar-Roziy tunda Bag‘dodning to‘rt tomoniga to‘rt bo‘lak go‘sht osib qo‘yadilar. Ertalab go‘sht qaysi makonda yaxshi hidli saqlangan bo‘lsa, o‘sha joyda juda katta mablag‘ evaziga shifoxona quriladi. U yerda ishlashga yigirma to‘rt tabib tayin etilib, ularga kerakli bo‘lgan ilmiy kutubxona, dorixona, oshxona va ombor beriladi. 449 hijriy yilda xalifa al-Qoim Biamrillah ushbu shifoxonani yangiladi va topilishi qiyin bo‘lgan ichkilik va dori-darmonlarni jamladi. Kasallar uchun jihozlar, ko‘rpa-to‘shaklar, xushbo‘y atirlar, vaqf suvlari taqdim etdi. Xizmatchi, tabib va farroshlar yolladi. Ushbu shifoxonaning eshikbon va qo‘riqchilari ham bor edi. Yana unda hammom bo‘lib, uning atrofini turli meva va sabzavotlarni o‘z ichiga olgan bog‘ o‘ragandi. Suvdagi kemalar zaif va kambag‘allarni tashirdi. Tabiblar ertayu kech bemorlarga navbat bilan qarardilar.

    Ikkinchisi – Damashqdagi An-Nuriy al-Kabiyr shifoxonasi. Uni odil podshoh, sulton Nuriddin ash-Shahid 549 hijriy/1154 milodiy yilda g‘arb podshohlarining biridan fidya sifatida olgan molga qurdirgandi. Uning binosi butun mamlakat bo‘ylab qurilgan shifoxonalar ichida eng go‘zali bo‘lgandi. Sulton uni faqat kambag‘al va miskinlarga, deb shart qo‘ygandi. Boylarga esa faqat davolamaslikning iloji bo‘lmay qolgandagina ruxsat berilardi. Undagi suyuq va quyuq dorilarning hammasi bepul edi. 580 hijriy yilda unga kirgan sayyoh Ibn Jubayr shifoxona tabiblarining kasallarga bo‘lgan e’tiborini, hollaridan yaxshi xabardorligini va ularga kerakli dori va ozuqalarni tayyorlashlarini ijobiy tavsiflaydi. Yana u yerda ruhiy xastalar uchun alohida bo‘lim bo‘lib, unda jinnilar bog‘lab qo‘yilishiga qaramay, e’tibor bilan muolaja qilinar va yaxshi ovqatlantirilardi.
Never say "never"

 

Ahmad Muhammad. Haq hamisha g'olib (Umar ul-Foruq)

Muallif Munira xonimBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 42754
So'nggi javob 12 Iyul 2008, 09:09:21
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Ota-ona rizosi

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 54
Ko'rilgan: 31834
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 01:07:13
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad. Rasululloh (s.a.v.) qaytarganlar

Muallif MuslimaxonBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 72
Ko'rilgan: 31389
So'nggi javob 02 Dekabr 2007, 02:30:54
muallifi AbdulAziz
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor

Muallif AbdulAzizBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 7148
So'nggi javob 14 Iyul 2008, 01:52:07
muallifi AbdulAziz
Ahmad Muhammad Tursun. Qaynona va kelin

Muallif MuslimаBo'lim Axloq-odobga oid kitoblar

Javoblar: 38
Ko'rilgan: 45464
So'nggi javob 16 Yanvar 2012, 15:46:23
muallifi AbdulAziz