Islom faqat muqarrar bo‘lib qolgan va himoyalanish uchun bo‘ladigan urushlarnigina tan oladi va ayrim hollarda ularni odamlarga qilinayotgan haqsizlik va azob-uqubatlarni tuzatishga qaratilgan ezgu majburiyat sifatida baholaydi. (Ammo) Qur’on ta’lim beradiki, hattoki, adolatli urush ham qat’iy had - chegaralar hisobga olingan holda, iloji boricha, insonparvarlik yo‘li bilan olib borilishi kerak. Muhammad (s.a.v.) faqatgina Makka mushriklari bilangina emas, balki mahalliy yahudiy qabilalari, shuningdek, yahudiylar bilan til biriktirib, unga hujum qilishni rejalashtirgan Suriyadagi nasroniy qabilalar bilan ham urushishga majbur bo‘lgandi. Ammo bu holat uning qalbida dushmanlariga nisbatan nafrat tug‘dirmadi, uni "œAhli kitoblar" (nasroniy va yahudiylarni) la’natlashga olib kelmadi. Uning musulmonlari o‘z hayotlarini jismonan himoya qilishga majbur bo‘lishdi, lekin ular o‘z dushmanlarining diniga qarshi muqaddas urushga kirganlari yo‘q. Muhammad (s.a.v.) musulmon qo‘shinlariga boshliq sifatida o‘zining ozod qilingan quli Zaydni nasroniylarga qarshi urushga jo‘natayotganda, unga Alloh yo‘lida mardona jang qilishni, ammo insonparvarlikni unutmaslikni buyurgan. Ular diniy xizmatchilarni, rohib va rohibalarni bezovta qilishmasdi, urushda qatnashmayotgan, notavon odamlar, ayollar, yosh bolalar, keksalarni nishonga olmas, ularga zarar yetkazmasdi. Ular tinch fuqarolarni, aholini o‘ldirishmagan, bino va uy-joylardan hech birini vayron qilishmagan...»
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin musulmonlarga bosh bo‘lib qolgan "œxulofai roshidin" (to‘g‘ri yo‘ldagi xalifalar) ham ozod qilingan o‘lkalarda mahalliy aholi va yangi ko‘chib kelganlar uchun tinch va xavfsiz xolda ahil-totuv yashash imkoniyatini yaratib berishgan. Xalifalarning birinchisi — Abu Bakr Siddiq (r.a.) Suriyaga harbiy yurishga ketayotib, o‘z qo‘shinlariga Qur’oni karimning haqiqat da’vatiga yorqin misol bo‘lgan quyidagi buyruqni bergandilar:
"œEy insonlar, men sizlarga chin dildan amal qilishingiz lozim bo‘lgan o‘n qoidani ma’lum qilaman. Ularni aslo esdan chiqarmang va to‘g‘ri yo‘ldan adashmang. Bolalarni, ayollarni va keksa kishilarni o‘ldirmang. Xurmo daraxtlariga o‘t qo‘ymang va daraxtlarni kesmang. Tuyalarni, podalarni va boshqa (hayvonlar) to‘dasini o‘ldirmang. Siz o‘zga ishlar, oxirat dunyosiga xizmat qilish bilan mashg‘ul odamlarni uchratasiz. Shunda ularni o‘z holiga qo‘ying. Sizga turli noz- ne’matlarni tuhfa qilib kelgan odamlarni uchratasiz, ulardan yeng, ammo Alloh nomini esga olishni unutmang".