Kogon(1935 yilgacha Yangi Buxoro deb atalgan) — Buxoro viloyatidagi shahar(1929 yildan).Temir yo’l tuguni.
O’tgan asrlarda Kogon o’rnida shu nomad qishloq va yirik somon bozori bo’lgan.Shahar nomining kelib chiqishi ham shu somon bozori bilan bog’liq degan taxminlar mavjud.Shundan kelib chiqib "œKohkon"(koh - somon), ya’ni somon koni atamasi haqiqatga yaqinroqKeyinchalik bu nom o’zgarib Kogonga aylangan bo’lishi mumkin.
Kogonda tarixiy-me’moriy yodgorliklardan Shohmasjid,Shohinajib,Yangihayot qishlog’idagi Sayyid Amir Kulol,Qasri Orifon qishlog’idagi Bahoudin Naqshband me’moriy majmuasi,Buxoro amiri Abdulahadxonning 1894-1903 yillarda Yevropa va Sharq uslublarini uyg’unlashtirib qurdirgan hashamatli saroyi saqlangan.(Ma'lumotlar O'zbekiston miliy ensiklopediyasidan olingan)