Birinchilar  ( 75075 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 23 B


Robiya  26 May 2010, 16:23:03

 :as:

ILK GRAMPLASTINKALAR

Zar qog‘oz qoplangan g‘o‘lani ko‘z oldingizga keltiring. Ovozni kuchaytiruvchi karnayga ulangan ignaning uchi o‘sha g‘o‘laga tegib turibdi. G‘o‘la sekin aylanyapti.

Ovoz kuchaytiruvchi bu karnayga  gapirilsa, tovush zarbidan igna harakatga keladi va uning uchi zarqog‘ozga dam katta, dam ingichka iz o‘yadi va bu bilan tovush yo‘lchalari hosil bo‘ladi. 1877 yili amerikalik ixtirochi Edison yaratgan tovush yozish va ovoz eshitish apparati — fonograf shu yo‘sinda ishlagan. 1888 yili esa nemis ixtirochisi Berliner fonograf g‘o‘lasi o‘rniga aylanuvchi taglik o‘rnatdi.Shu tariqa gramplastinka kelib chiqdi.

Qayd etilgan


Robiya  26 May 2010, 16:24:20

                               KOVAKDAGI ShIRINLIK

Qadimda asal to‘plash uchun odamlar o‘rmonlarga borishgan. Yovvoyi asalarilar yashaydigan daraxt kovaklarini topib to‘plangan asalni olishgan, uya «xo‘jayin»lari esa bunga qarshilik qilgan. Odamlar daraxtlarga yasama kovaklar ham o‘rnatishgan. Biroq keyinchalik to‘nka va g‘o‘ladan kovak yasab, g‘o‘lalarning o‘zini daraxtlarga osib qo‘yish yengil ko‘chishi ma’lum bo‘lgan. Slavyanlar sun’iy kovaklarni o‘rmon asalarichiligi, mahsulot yig‘uvchilarni asalarichilar deb atashgan. Vaqt o‘tishi bilan ular yasama kovaklarni bir-biriga yaqin qilib joylashtirishgan. Shu tariqa asalarixonalar vujudga kelgan.

Qayd etilgan


Robiya  26 May 2010, 16:25:51

QATIQ IShTIROKIDA BO‘YOQ

O‘tmishda odamlar maxsus bo‘yoq moddasini izlab yurishmagan. Ular g‘or devorida, daraxt va terida nimaiki iz qoldirsa, masalan, bo‘rmi, qorakuyami, loy yoki o‘simlik sharbatimi, duch kelganini bo‘yoq uchun ishlataverganlar. Keyinchalik minerallar, o‘simlik va hayvon organizmidan haqiqiy bo‘yoqlar yaratila boshlangan. Masalan, qadimiy rimliklar purpur(qimmatbaho qizil bo‘yoq)ni dengiz mollyuskalaridan olishgan. Ajdodlarimiz qizil misni qatiqqa solib, idishni ikki hafta issiq joyda saqlashgan va undan «yar» — yarqiroq bo‘yoq hosil bo‘lgan. XIX asrning o‘rtalarida Angliyada sun’iy bo‘yoq tayyorlangan. XX asr boshlarida, ayniqsa, hozirgi davrga kelib sun’iy bo‘yoqning biri-biridan antiqa xillari chiqib ketdi.

Qayd etilgan


Robiya  26 May 2010, 16:26:33

BASKETBOL QAERDA O‘YNALGAN?

Ikki yarim ming yillar muqaddam hindular «pokta-pok» o‘yinini o‘ynashgan. Ya’ni ular kauchuk sharlarini baland joylarga mahkamlangan yog‘och gardishlarga irg‘itib tushirishgan. Sharni qo‘l bilan ushlashga ruxsat berilmagan, u faqat tirsak, tizza va bo‘ksa bilan o‘ynalgan. XVII asrda Rusiyada ham koptokni osma savatga tashlash o‘yini bo‘lgan. Agar bularni «ibtidoiy basketbol» deb atasak, hozir biz bilgan basketbol 1890 yili AQShdagi kollejlardan birida vujudga kelgan va o‘sha yerda inglizcha «korzina» va «to‘p» so‘zlaridan «basketbol» atamasi kelib chiqqan. Ilk basketbol to‘plari hozirgidek ipdan to‘qilgan savatchaga emas, balki shaftoli teriladigan savatlarga tashlangan.


Manba

Qayd etilgan


BelleQizcha  28 May 2010, 07:21:46

-Islomdagi birinchi qora tanli inson Bilol bolib.. u kishi birinchi azoni aytganlar.
-Muhammad s.a.v lamning olimlaridan so'ng, birinchi marta Islom 3 ta oilaga bolinga, Suniylar, Shiyalar, va khadijilllar,(1%ni tashkil etadi)
-Dunyodagi eng va chiroyli payg'ambar-Yusuf s.a.v bo'lib.. kochadan otganlarida, Ayollar *shock* tushib oylar tilsiz qolisharkan..
-Islomdagi eng birinchi sevgi Bu Yusuf s.a.v bilan Zulayho bo'lganlar,
-Islomdagi eng birinchi gapirgan Chaqaloq, Yusuf s.a.vni hayotlarini Saqlab qolgan.
-Islomdagi eng uzun judolik.. bu Yusuf s.a.v bilan va otalari Yaqub s.a.v bo'lgan.
-Islomdagi, oilalaridan azob chekkan payg'ambar bu Yusuf s.a.v bo'lib .. aka-ukalari, U kishi Quduqa tashashgan va otollariga.. Yusuf s.a.vni Bo'ri yep ketdi dib aldashgan.

Qayd etilgan




jasur.best  11 Noyabr 2010, 00:55:09

eng qadimgi muqaddas kitob - "Avesto"

Qayd etilgan


jasur.best  11 Noyabr 2010, 00:56:35

Ilk tazkira muallifi - As-Saolibiy "Yatimat ut dahr"

Qayd etilgan


jasur.best  11 Noyabr 2010, 00:58:16

Ilk g'azal ijodkori - Ro'dakiy "Bo'yi jo'yi Mo'liyon "

Qayd etilgan