Birinchilar  ( 89994 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 23 B


Muzayyana  03 May 2008, 13:22:41

Ilk iymon kalimalarini keltirgan zot-- mo'minlar onasi, Payg'ambarimiz (s.a.v.) jufti xalollari Xadicha( Allox ulardan rozi bo'sin).

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 May 2008, 03:00:35

Islomning ilk da'vatchisi nomini olgan sahoba - Mus'ab ibn Umayr.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 May 2008, 03:03:02

Islomning eng avvalgi chavandozi nomini olgan sahoba - Miqdod ibn Amr

Qayd etilgan


Musannif Adham  24 May 2008, 07:51:17

Birinchi bo'lib Andalusiya fathiga qo'mondonlik qilgan Islom sarkardasi Toriq ibn Ziyod. U 710 yilda Afrika shimoli-g'arbidan Pireney yarim oroliga musulmonlarni olib o'tgan. Ular kechib o'tgan 14 km li bo'g'oz keyinchalik Toriqning nomi bilan Gibraltar deb nomlangan.

Qayd etilgan


Musannif Adham  24 May 2008, 08:14:06

Birinchi marta musulmonlar va Xitoy qo'shinlari o'rtasidagi jang 751 yili Talas vodiysida bo'lgan. Abu Muslim qo'mondonlik qilgan musulmonlar qo'shini Xitoyliklar ustidan g'alaba qozonib, O'rta Osiyoda Islomning barqaror bo'lib qolishiga sababchi bo'lishgan.

Qayd etilgan


Musannif Adham  24 May 2008, 08:29:59

Birinchi bor "Xodimul Haromaynish-Sharofayn" unvonini olgan kishi Usmonli Sulton Salim Yavuzdir. U 1517 yili Makka va Madina, umuman butun Hijoz ustidan hukmronlik o'rnatgandan so'ng Masjid ul-Haromdagi xutbada imom tomonidan shu unvon bilan atalgan.

Qayd etilgan


Musannif Adham  30 May 2008, 07:19:30

Birinchi Islom oliygohi - Al-Azhar ga 975 yilda asos solingan. 

Qayd etilgan


Muzayyana  05 Iyun 2008, 13:18:48

Islom yo'lida birinchi bo'lib shaxidlik sharbatini ichish baxtiga muyassar bo'lgan zot( ayol) Yasir oilasidan bo'lgan Sumayya edi.

Qayd etilgan


Muzayyana  05 Iyun 2008, 13:54:44

Iymon kalimlari birinchi bo'lib Masjidi Xaramda musofir Abu Zarr tomonidan oshkora, baralla aytilgan.

Qayd etilgan


Muzayyana  05 Iyun 2008, 13:57:53

Birinchi bo'lib Qur'on o'rgatuvchilar safidan o'rin egallagan shaxs Xabbob bo'lgan.

Qayd etilgan