Birinchilar  ( 90038 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 B


jasur.best  30 Noyabr 2010, 00:38:30

1874-yil Xiva xoni Muhammad Rahimxon Rossiyadan sotib olgan ikkita litografiya mashinasida Turkistonda ilk marotaba kitob chop etdirishni yo'lga qo'ydi

Qayd etilgan


jasur.best  30 Noyabr 2010, 00:40:17

O'zbek tilida yaratilgan ilk sayohatnomalar (yo'l ocherklari) muallifi - Muqumiy

Qayd etilgan


jasur.best  30 Noyabr 2010, 00:41:33

1871-yili Turkistonda o'zbek tilda chop etilgan ilk bosma kitob "Taqvim" deb atalgan. Bu bir talay nasihatlar va maslahatlar kiritilgan kalendar bo'lib, uni Sh.lbrohimov tuzgan.

Qayd etilgan


jasur.best  30 Noyabr 2010, 00:43:21

Dastlabki litografiya 1874-yili Xivada o'zbek matbaachisi Otajon Abdalov tomonidan ochilgan va 1910-yilga qadar faoliyat ko'rsatgan. Ana shu korxonada 40 ta asar nashr etilgan.

Qayd etilgan


jasur.best  30 Noyabr 2010, 00:45:45

1870-yil 28-aprel  — Turkistonda  dastlabki  gazeta — "Turkestanskiye vedomosti" (Turkiston axborotnomasi) chiqa boshladi

Qayd etilgan


jasur.best  30 Noyabr 2010, 00:47:01

1913-yil — Samarqandda ilk havaskorlik teatri tashkil etilishi

Qayd etilgan


jasur.best  30 Noyabr 2010, 00:47:44

1914-yil — Toshkentda ilk teatr tashkil etilishi (Abdulla Avloniy)

Qayd etilgan


jasur.best  30 Noyabr 2010, 00:48:20

1915-yil — Qo'qonda dastlabki teatr tashkil etilishi (Hamza) ».

Qayd etilgan


jasur.best  30 Noyabr 2010, 00:50:26

1873-yil iyun — Turkistonda dastlabki Toshkent-Orenburg xalqaro telegraf aloqasi liniyasi ishlay boshladi

Qayd etilgan


Nurdinboy  11 Dekabr 2010, 18:22:42

O'zbek tilshunosligida birinchilardan bo'lib ANTISEMA atamasini yosh olima (f.f.n) Dildora Abdullayeva olib kirgan. Himoya kecha 10.12.2010 da O'zFAning Til va adabiyot institutida bo'lib o'tdi.

Qayd etilgan