Munofiq kim?
Hadis: "œMunofiqning alomati uchtadir: GAPIRGANDA YOLG’ON GAPIRADI, va’dasida turmaydi, omonatga hiyonat qiladi".
Sharhi: Yolg’on gapirish buzuqlik ekani ma’lum. Yolg’onchilikni kishilar ko’pincha yosh vaqtlaridan o’rganadilar va bu odat asta-sekin ularning fe’liga aylanib ketadi. Natijada foydasi bo’lsin — bo’lmasin, yolg’ondan lazzat topadigan bo’lib qoladilar.
Rasululloh sallallohu alayhi vassallamdan so’raldi:
"œMo’min kishi qo’rqoq bo’lishi mumkinmi?"
"œHa, mumkin", deb javob qildilar.
"œMo’min kishi baxil bo’lishi mumkinmi?"
"œHa, bo’lishi mumkin", deb javob berdilar.
"œMO’MIN KISHI YO’LG’ON GAPIRISHI MUMKINMI?"
"œYO’Q, MUMKIN EMAS!" deb javob qildilar.
Demak, qo’rqoqlik, baxillik hususiyatlari mo’minda ham bo’lishi mumkin ekan, ammo YOLG’ONCHILIK MO’MINGA G’IRT TESKARI ILLAT ekan. Bu hadisda zikr etilgan va’dadan murod yaxshi ishga va’da bermoqdir. Ammo buzuq va shariatda man’ etilgan ishga va’da berilsa-yu, shu va’dada turilmasa, munofiqlik alomati emas, balki chin musulmonlik alomatidir. Islom hukmiga binoan, yomon niyatlarni amalga oshirmaslik, buzuq va’dalarga vafo qilmaslik zarurdir. Ammo bu uch alomat topilgan odamni shoshilib "œmunofiq" atashdan ehtiyot bo’lmoq lozim, chunki bir narsani alomati bor joyda o’sha narsani o’zi har doim uchrayvermaydi. Hadisdan ko’zda tutilgan maqsad — shu uch turli illatdan iloji boricha saqlanish haqida nasihatdir.
Munofiqlik, Qur’on va hadis ta’rifiga ko’ra, TIL bilan DILNING yoki ich bilan sirtning o’zaro hilof (zid) kelib qolishidir. KO’NGILDAGI O’YNING HILOFINI IZHOR QILUVCHI KISHI MUNOFIQDIR. Agar zohirda musulmon bo’lib, ko’ngilda ishonmasa, bu kishi Qur’oni Karimda holi ta’rif etilgan munofiqlardandir. "œMunofiq kim?" deb so’ralsa, "œISLOM DINIGA BIR ESHIKDAN KIRIB, IKKINCHI ESHIKDAN CHIQIB KETUVCHI" deb javob berilsa ham, to’g’ri bo’ladi.
MUSULMONLAR ORASIDA HAM GAPIRGANDA YO YOZGANDA YOLG’ON ISHLATADIGANLAR, VA’DASIDA TURMAYDIGANLAR VA OMONATGA HIYONAT QILADIGANLAR BOR, ALBATTA. O’ZLARI QANDAY O’YLASALAR O’YLASINLAR, NIMA BAHONA KELTIRSALAR KELTIRSINLAR BARIBIR ISHLARI MUNOFIQLIK ALOMATI BO’LIB QOLAVERADI. AGAR O’ZLARI YAXSHI ODAM BO’LSALAR-U, BU ODATLARINI PAYQASALAR, DAVOSI SHUKI, BUNDAY ALOMATLARDAN TEZDA UZOQLASHISHLARI KERAKDIR.
"œJavome’ul kalim" dan
"œMusulmonlar taqvim kitobi" III chorak
1999 yil (1420 h.y.)