Muslim as-Samarqandiy. Ustoz va shogird  ( 23455 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


mutaallimah  04 Oktyabr 2007, 10:01:31

Shogird:
- Unga Alloh boshqa narsalardan suyukliroq bo‘lsa, nega gunoh qiladi? Axir bir odam ikkinchi bir odamni yaxshi ko‘rsa, uning buyrug‘idan bosh tortmaydi-ku?!

Ustoz:
- Ha, farzand otani sevadi, ammo shunga qaramasdan unga sarkashlik qilishi mumkin. Mo‘minga Alloh hammadan ham mahbubdir. Agar u Allohga gunoh qilsa, bu shahvatning zohir va g‘olib bo‘lganidandir. Masalan, bir odam sulton huzurida xizmatchi edi. Sulton uni ishdan bo‘shatdi va so‘ngra unga azob berdi, qiynadi. Shunga qaramasdan, u, imkon berilsa, o‘z ishiga qaytaveradi. Ayol ham tug‘ish mashaqqatlariga qaramay, nifosdan forig‘ bo‘lgach, yana farzand tug‘ishni orzu qilaveradi.

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Oktyabr 2007, 10:01:54


Shogird:
- Shahvatning g‘olib kelishi to‘g‘risida ma’lum so‘zni aytdingiz. Juda ko‘p obidlarni shahvat yengan. Odam, alayhissalom va Dovud, alayhissalom, ular jumlasidandirlar. Menga ayting-chi, ustoz, mo‘min gunoh uchun azoblanishini bilgan holda gunoh qiladimi?

Ustoz:
- Mo‘min odam gunoh uchun azoblanishini bilsa, gunoh qilmaydi. Ammo ikki sababga ko‘ra gunoh ishga qo‘l uradi:
Birinchisi, u Allohdan mag‘firat umid qiladi va ikkinchisi, u kasal bo‘lishidan yoki o‘lib qolishidan oldinroq Allohga tavba etishdan umid qiladi.


Qayd etilgan


mutaallimah  04 Oktyabr 2007, 10:02:30


Shogird:
- Kishi azoblanishidan qo‘rqqan narsaga ham qo‘l uradimi?

Ustoz:
- Ha, kishi o‘ziga zarar qiladigan ovqatga, suvga, jangga ham goho qo‘l uradi. Unda dengizga tushganida g‘arq bo‘lmaslikka, jangga kirganida zafar qozonishga umid bo‘lmaganida edi, u hech qachon jangga ham kirmas va dengizga ham tushmagan bo‘lar edi.



Qayd etilgan


mutaallimah  04 Oktyabr 2007, 10:02:52

Shogird:
To‘g‘ri aytdingiz, ustoz. Men buni shaxsan boshimdan o‘tkazganman. Bir kun bir ovqatdan yeganimda qornim og‘rib qoldi. Men uni iste’mol qilganimdan juda afsuslandim va o‘sha ovqatni boshqa hech yemaslikka ahd qildim. Ammo keyinroq uni yana shunday ovqat keltirishganida sabrim chidamadi va uni yedim.
Menga kufr haqida batafsil ma’lumot bering, ustoz. Uning nomi, izohi haqida so‘zlab bering.

Ustoz:
- Kufrning nomi va sharhi bor. Uning sharhi; inkor etish, bo‘yin tovlash va yolg‘onga chaqirishdir. «Kufr» arabcha so‘zdir. Arablar inkorga kufr nomini berganlar. Alloh Qur’oni karimni arab tilida nozil qilgan. Bir misol keltiraman. Bir odamning ikkinchi bir odamda dirhamlari bo‘lsa, qarzini qaytarish muddati kelgach, uni kurganida, qarzga inkor bo‘lib, to‘lamasa, qarz bergan kishi uni «kofaraniy» demay, «motalaniy», ya’ni, u qarzini beradigan vaqtini o‘tkazib yubordi, deydi. Agarda qarzdor qarzini mutlaqo inkor etib, uni rad qilsa, haqdor «motalaniy» demay, «kofaraniy» deydi. Shunga o‘xshash, mo‘min odam biror farz amalni, uni inkor etmagan holda, tark etsa, u gunohkor deyiladi. Agarda u farz amalini mutlaqo inkor etgan holda tark etsa, Allohning farz amalini tark etuvchi kofir, deyiladi.

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Oktyabr 2007, 10:04:08

Shogird:
- To‘g‘ri aytdingiz, ustoz. Kishi inkor etganligi sababli munkir, tasdiq qilsa, musaddiq, yomonlik qilsa, yomon, yaxshilik qilsa, yaxshi deyilishi ma’lum. Endi tavhidni bayon etib, men: «Muhammad alayhissalomni inkor qilaman», degan kishi haqida ayting.

Ustoz:
- Biz bunday odamni kofir va Allohni taniyman, degan gapida yolg‘onchi deymiz. Ularning Muhammad alayhissalomni inkor etishi Allohni inkor etishiga dalildir. Allohni inkor etgan shaxs Muhammad alayhissalomni inkor etadi. Nasroniylar Allohning yagonaligini inkor qilganidan, «Alloh uchtaning uchinchisi», deb gumon qiladilar. Ular Alloh bechora, xasis, Uzayr Uning bolasi, Uning shakli odam bolasiga o‘xshaydi, deb gumon qiladilar. Otashparastlar va Oyu Quyoshga sig‘inuvchilar ham ular kabidirlar. Alloh: «...Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor qilurlar» (Ankabut, 47, mazmuni), «Bas, Rabbingiz haqqi, ular o‘rtalarida chiqqan nizolarga Sizni hakam qilmagunlaricha va so‘ngra chiqargan hukmingizdan dillarida tanglik sezmay, to‘la taslim bo‘lmagunlaricha, zinhor imon keltirmagaylar» (Niso, 66, mazmuni), degan.
Biz, «Allohni taniyman, ammo Muhammad alayhis-salomni inkor qilaman», degan bandaning ushbu so‘zini, uning Allohni inkor etishligiga dalil qilamiz. Uning gapi, ikki qafiz (ogirlik o‘lchovi, bir qafiz taxminan o‘n sakkiz kiloga teng) yukni ham ko‘tara olmaydigan odamning yigirma qafizni Ko‘tara olaman, deganidek gap. Biz bilamizki, ikki qafiz ko‘tara olmaydigan banda, yigirma qafiz yukni mutlaqo ko‘tara olmasligi oydek ravshan.
Agarda bir odam, Alloh haqligini bilaman, ammo inson yaratilganligiga men iqror emasman, desa, biz bilamizki, u o‘z gumonida yolg‘onchidir. Agarda u Allohni taniganida edi, Allohdan o‘zga narsalar maxluqligini bilardi. Xuddi shuningdek, bir odam oldida bir xil masofada chiroq va gulxan bo‘lsa va u, men chiroqni ko‘ryapman, ammo gulxanni ko‘rmayapman desa, biz uning yolg‘onchiligini bilamiz. Chunki kichkinagina chiroqni ko‘rgan odam katta gulxanni juda yaxshi ko‘radi.

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Oktyabr 2007, 10:04:36

Shogird:
- Javoblaringiz meni o‘ta xushnud qildi. Ayting-chi, ustoz, bir odam Payg‘ambarimiz alayhissalomga, «men sizning Allohning elchisi ekaningizni bilaman va shunga qaramay, sizni qatl qilishni xohlayman», desa nima bo‘ladi?

Ustoz:
- Bu kamsituvchilarda bo‘ladigan muammo. Bunday bo‘lishi ehtimoldan yiroq. U chindan ham Payg‘ambarimiz alayhissalomning Allohning elchisi ekanliklarini bilsa, u zotni qatl etishni, o‘limlarini va ularga ozor yetishini ham hech istamaydi. Bu bir odamning boshqasiga: «sen menga hamma odamlardan ko‘ra ham suyuklisan, ammo men seni o‘z qo‘lim bilan o‘ldirib, go‘shtingni yeyishni istayman», deganiga o‘xshab ketadi.
Allohning yagonaligini tasdiq qilgan va Muhammad alayhissalomga imon keltirganlardan birortasi Rasulullohni besavod kambag‘al bo‘lganlar, deyishda u zotni ayblash yo kamsitishni xayollariga keltirmaydi. Kim Allohni va Muhammad alayhissalom Uning paygambari ekanliklarini bilsa, aslo u zot sha’nini kamsitadigan gapni aytmaydi. Alloh taolo Payg‘ambarimizning martabalarini ulutlab, marhamat qiladi: «Kimda-kim Payg‘ambarga itoat etsa, demak, u Allohga itoat etibdi...» (Niso, 80, mazmuni). Zero, Alloh Payg‘ambarimizni insonlaru jinlarning barchasiga yo‘lboshchi va farzlariga omonatdor qilgan. Alloh taolo: «...Payg‘ambar sizlarga keltirgan narsani olinglar, u sizlarni qaytargan narsadan qaytinglar va Alloqdan qo‘rqinglar!..» (Xashr, 7, mazmuni), deb marhamat qiladi.

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Oktyabr 2007, 10:04:55

Shogird:
— Subhanalloh! Alloh Qiyomat kunida sizning yo‘lingizni munavvar aylasin. Bir odam: «Allohni taniyman, lekin Uning bolasi bor bo‘lishini istayman», desa qanday bo‘ladi?

Ustoz:
- Hayhot va yana hayhot. Alloh boladan munazzahdir. Bu va yuqorida bergan savoling va ularga o‘xshash savollar kamsituvchilarda bo‘ladigan muammolardir. O’lik odam tush ko‘radi, deb qanday ayta olasan. Allohning yagonaligiga ishongan kishi o‘lik odamni tush ko‘radi, demaganidek, Allohning bolasi bor, deyishni ham istamaydi.


Qayd etilgan


mutaallimah  04 Oktyabr 2007, 10:05:12

Shogird:
- Qasam ichamanki, yuqoridagi savollar, siz aytganingizdek, kamsituvchilarda bo‘ladigan muammolar. Juda bema’ni gaplar. Ayting-chi, bugungi nifoq avvalgi nifoq kabimi? Bugungi kufr avvalgi kufrdekmi? Nifoq qadimda qanday bo‘lgan?

Ustoz:
- Ha, bugungi nifoq va bugungi kufr avvalgilaridek. Bugungi Islom ham avvalgi Islomdir. Senga avvalgi nifoq to‘g‘risida aytib beray.
Avvalgi nifoq inkor etish, til bilangina iqror va tasdiq qilish, qalbda yolg‘on deyish bo‘lgan va bugungi nifoq ham shunday. Alloh Qur’oni karimda munofiqlarni shunday tavsif qilgan: «(Ey, Muhammad,) munofiqlar huzuringizga kelib: "Guvohlik beramizki, Siz, albatta, Allohning payg‘ambaridirsiz", — derlar...» (Munofiqun, 1, mazmuni). Alloh munofiqlarning mazkur guvohliklari yolg‘on ekanligini ta’kidlab: «Siz Uning payg‘ambari ekanligingizni Alloh albatta bilur va Alloh munofiqlarning haqiqatan yolg‘onchi ekanliklariga ham guvohlik berur» (mazkur oyatning davomi), deb marhamat qiladi. Ularni yolg‘onchi deyish, aytganlari yolg‘onligidan emas, balki tillari bilan aytganlari dillaridagi tasdiqlariga muvofiq bo‘lmaganidandir. Baqara surasida Alloh munofiqlarning asl basharalari to‘g‘risida shunday degan: «Imon keltirgan kishilarga duch kelib qolganlarida: «Biz ham imon keltirdik», — deydilar. O’z shaytonlari (boshliqlari) bilan xoli qolganlarida esa: «Biz, albatta, sizlar bilan birgamiz, faqat biz (mo‘minlarni) mazax qiluvchilarmiz, xolos», — deydilar» (Baqara, 14, mazmuni).

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Oktyabr 2007, 10:05:36

Shogird:
Qasamki, gaplaringiz to‘g‘ri, ustoz! Ayting-chi, Alloh odamlarni nega mo‘minlar va kofirlar, deb atadi va biz ularni nega muminlar va kofirlar deymiz?

Ustoz:
- Alloh ularning qalblaridagi e’tiqodlari uchun mo‘minlar va kofirlar deydi. Biz esa ularning tillari bilan iqror va tasdiq qilishlariga, yolg‘on va soxta so‘zlariga, kiyimlariga va ibodatlariga qarab ularni mo‘min yoki kofir, deymiz. Masalan, bizga notanish xalqning masjidlarida qiblaga qarab namoz o‘qiyotganiga shohid bo‘lsak, ularni mo‘minlar deb aytamiz va ularga salom beramiz. Ammo ular masihiylar yo yahudiylar bo‘lishlari ehtimoldan xoli emas. Payg‘ambarimiz alayhissalom davrlarida musulmonlar munofiqlarni ham ularning tashqi va zohiran iqror bo‘lganlariga qarab, ular qalblaridagi yolg‘on uchun Alloh e’tiborida kofir bo‘lsalar ham, mo‘minlar deb atayverganlar. Shuning uchun biz Alloh e’tiborida kofir bo‘lganlarni ham yuzaki ko‘rinishlariga qarab mo‘minlar, boshqalarni esa qiyofasiga qarab, kofirlarning kiyim-boshini kiyib olgan bo‘lsa, qalbida Allohni iqror va tasdiq qilib, namoz o‘qib yurishini bilmaganimiz uchun Alloh nazdida mo‘min bo‘lsa-da, kofir deymiz. Alloh bizni buning uchun jazolamaydi. Chunki Alloh bizga qalb ilmini va uning sir-asrorlarini bilishni yuklamagan. Bizga Alloh odamlarni mo‘minlar, deb atashni, ularni sevishni, ularning zohiriy nojo‘ya amallari uchungina ulardan nafratlanishni buyurgan. Alloh siru asrorlardan xabardor va ularni biluvchi zotdir. Alloh kiroman kotibiyn farishtalariga ham odamlarning zohiriy amallarini yozib borishga amr qilgan. Ularga ham qalb sari yo‘l yo‘q. Zero, qalb ishidan faqat Alloh xabardor, agar vahiy etilsa Paygambarlar ham vahiy orqali ularga xabar berilgan narsanigina biladi, xolos. Qalb ilmini vahiy etilmasdan bilishni da’vo qilgan banda, Allohning ilmini bilishni da’vo qilgan bo‘ladi. Allohga xos bo‘lgan qalb ilmi va shunga o‘xshash ilmni bilaman, deb da’vo qilgan banda katta gunoh qilgan bo‘ladi va u kofir va do‘zaxiy bo‘lishga mahkumdir.

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Oktyabr 2007, 10:06:12

Shogird:
- Juda yaxshi gaplarni aytdingiz, ustoz! Endi ayting-chi, «irjo»ning asli va uning sharhi qanday bo‘ladi, kim ishini «ta’xir», ya’ni «irjo’» qiladi?

Ustoz:
- Irjo asli farishtalar tomonidan sodir bo‘lgan. Ularga Alloh ashyolarni ko‘rsatib: «Agar rostgo‘y bo‘lsangiz, ana u narsalarni nomlari bilan Menga aytib beringiz!» (Ba-tsara, 31, mazmuni) deb marhamat qilganida, ular asossiz gapirib, xato qilishdan qo‘rqib, to‘xtab qoladilar. Va birozdan so‘ng: «Zoti poking haqqi, bizda O’zing bildirganingdan o‘zga ilm yo‘qdir. Albatta, Sen ilm va hikmat egasidirsan» deb javob qiladilar. Bilmagan narsasi to‘g‘risida so‘ralgan odam, o‘ylamasdan gapirib, adashsa, xatokor bo‘lib, to‘g‘ri topsa, asossiz gapirganidan tahsinga sazovor bo‘lmaganidek, farishtalar behuda gapirmadilar. Shuning uchun Alloh Payg‘ambarimizga: «(Ey inson), o‘zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma!», ya’ni aniq bilmagan narsanshi so‘zlama, «Chunki quloq, ko‘z, til — bularning barchasi to‘g‘risida (har bir inson) mas’ul bo‘lur (javob berur)» (Al-Isro, 36, mazmuni) deb marhamat etadi.
Alloh payg‘ambariga bilmagan narsasi to‘g‘risida taxmin bilan so‘zlashga, birovga adovat qilishga, tuhmat qilishga mutlaqo ruxsat bermagan. Afsuski, odamlar bir-birlariga nimalar qilmaydilar, bilmasdan, gumon bilan o‘zgalarni ayblaydilar!
Agar sendan, sen bilmagan halol yo harom haqida so‘rash-sa, «Allohu a’lam bihi», ya’ni, uni Alloh bilguvchiroq-dir, desang tiyilgan bo‘lasan. Va yana huzuringga uch kishi kelib, sen bilmagan va tajriba va qiyosda bilmagan hadis haqida so‘rashsa, uni bilishni Allohga havola etsang, vuquf qilgan bo‘lasan.
«Irjo’»ning sharhi: Tasavvur qilgin, sen bir tinch va xotirjam qabila ichida eding. Ularni shu holatda tark etding. Keyinchalik eshitib qoldingki, ular ikki toifaga bo‘linishib, bir-birlari bilan urushib ketibdilar.
Bu noxush xabarni eshitib, sen yana ularning oldiga bording. Ko‘rdingki, ular eski holatdagidek bir-birlari bilan inoqlikda yashayotgan ekanlar. Lekin urush natijasida qurbonlar berilganiga shohid bo‘lding. Bu to‘g‘risida ikki tomondan ham so‘rab-surishtirding. Ikki tomon ham o‘zlariga zulm qilinganini ta’kidladilar. Ularning qaysi biri haq, qaysi biri nohaq ekanligini isbotlash uchun esa birorta ham guvoh yo‘q. Ular bir-birlari bilan xusumatda bo‘lganlari sababli, ularning bir-birlariga nisbatan bergan guvohliklari ayblash uchun asos bo‘la olmaydi. Shu vaziyatda sen u ikki tomonning birortasini jabrlangan va boshqasini zulmkor, demay turishing lozim. Ammo ularning ikkalasi ham haq emasligini bilishing kerak. Chunki bir-birini o‘ldirganligi bois ularning ikkalasi ham xato qilgan yoki biri haq va ikkinchisi nohaq bo‘lishi mumkin. Shunda jinoyat qilgan tomonni do‘zaxiy yo jannatiy, demay turishing «irjo’» deyiladi.
Barcha odamlar, bizning fikrimizcha, uch darajaga bo‘linadilar:
Birinchi daraja - Payg‘ambarlar jannatiydirlar va payg‘ambarlar jannatiy deganlar ham jannatiy;
Ikkinchi daraja - mushriklar, ularni do‘zaxiy deb shahodat berasan;
Uchinchi toifa - muvahdidlar. Ularni Jannat ahli yo Do‘zax axli deyishdan tiyilasan.
Lekin biz ularga yaxshilikni umid qilamiz, oqibati yomon bo‘lishidan ham qo‘rqamiz. Ular haqida Alloh taolo-ning: «...Yaxshi ishni boshqa — yomoniga aralashtirib yuborganlar. Alloh ularning tavbalarini shoyad qabul qilsa...» (Tavba, 102, mazmuni), deb marhamat qilganini aytamiz.
Biz ular uchun yaxshilikni umid qilamiz. Zero, Alloh istagan bandasining shirkdan bo‘lak gunohini kechiradi, gunohlari va xatolari sababli ularning oqibatidan qo‘rqamiz.

Qayd etilgan