Muslim as-Samarqandiy. Ustoz va shogird  ( 23465 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


mutaallimah  06 Oktyabr 2007, 01:57:19

Shogird:
- Ont ichamanki, ustoz, biz boshimizdan kechirganlarni so‘zlab berdingiz. Endi imon va kufrni bilmaslik to‘g‘risida nima deysiz?

Ustoz:
- Odamlar Parvardigorni bilishlari va tasdiq qilishlari bilan mo‘min bo‘ladilar va Uni inkor etish bilan esa kofir bo‘ladilar. Agar ular Allohning ma’bud Zot ekanligiga iqror bo‘lsalar va Uning yakkayu yagona ekanligini va U tomonidan kelgan narsalarni tasdiq qilsalar, imonning yaxshiligini va kufrning yomonligini bilgach, imon va kufrning nomlarini bilmasalar, kofir bo‘lmaydilar. Masalan, bir odamga asal va aloe taqdim qildilar va u ularni totib ko‘rib, asal shirin va aloe achchiq ekanligini bildi, ammo u ularning nomlari nimaligini bilmaydi. Bunday odamni shirin va achchiqni ajrata olmaydigan demaymiz, balki uni asal va aloelarni nomlarini bilmagan, deymiz. Shunga o‘xshash, imonning yaxshiligini va kufrni yomonligini bilgan, ammo ularning nomini bilmagan odamni Allohni bilmas ekan, demaymiz, balki uni imon va kufr so‘zlarining nomini bilmas ekan, deymiz.

Qayd etilgan


mutaallimah  06 Oktyabr 2007, 01:57:35


Shogird:
- Mo‘min azoblansa, unga imoni foyda beradimi? U imonga kelganidan keyin ham, imoni bo‘laturib, azoblanadimi?

Ustoz:
- Sen mendan ilgari so‘ralmagan masalalar haqida so‘ramoqtsasan. Inshaalloh, savolingga javob beraman.
Mo‘min odam imoni bo‘lib, azoblansa, ha, unga imoni foyda beradi. Uning imoni bois undan eng qattiq azob ko‘tariladi. Eng qattiq azobga esa kofir duchor qilinadi. Chunki, kufrdan ko‘ra ham kattaroq gunoh yo‘q. Mazkur mo‘min Allohga kufr qilgani yo‘q, balki Uning ba’zi buyruqlarini bajarmay, gunoh qilgani uchun Alloh uni qilgan gunohiga yarasha azoblaydi. Ammo qilmagan gunohi uchun Alloh uni azoblamaydi. Masalan, bir kishi odam o‘ldirdi, ammo o‘g‘irlik qilmadi. U qotilligi uchungina azoblanadi, o‘g‘irlik uchun emas. Zero, Alloh: «Qilgan qilmishlaringiz uchun jazolanasiz», deb ta’kidlagan. Ma’lumki, bemorning dardi oz bo‘lsa, unga yengil bo‘ladi. Qil-gan qilmishi uchun bu dunyoda azoblansa, u qattiq azobdan ozod etilgandir. Bir tur azob bilan azoblanadiganga ikki tur azob bilan azoblanadigan odamdan ko‘ra yengilroqdir.

Qayd etilgan


mutaallimah  06 Oktyabr 2007, 01:57:58

Shogird:
- Qasamki, bu haqiqatdan ma’lum, ustoz. Ayting-chi, kofirlarning ibodatlari ko‘p va turli bo‘lgan holda, kufrda bir xil bo‘lib qolishlari nimadan?

Ustoz:
Kofirning kufri bir, ibodatlari ko‘p va turli bo‘lishi Yeru osmon ahllarining imonlari bir, ammo ularning farz amallari ko‘p va turli-tuman bo‘lganidandir. Masalan, farishtalarga farz bo‘lgan narsalar bizga buyurilgan farzlardan ko‘ra boshqacharoq. Shuningdek, bizdan ilgari o‘tgan Bani Odamlarga farz bo‘lgan amallar bizga farz bo‘lgan amallardan farq qiladi. Ammo farishtalarning va oldingilarning va bizlarning imonlarimiz bir xildir, barchamiz yolg‘iz va yagona Allohga imon keltirganmiz, tanho Unga bandachilik qilganmiz va U tomonidan kelgan barcha narsalarni tasdiq etganmiz. Shunga o‘xshash kofirlarning ham kufri va inkori bir xil. Ammo ularning sifatlari ko‘p va turlicha. Masalan: yahudiyga kimga sig‘inasan, desang, u, Allohga, deb javob beradi. Alloh haqida so‘rasang: U Uzayrning otasi va inson qiyofasida, deydi. Kim shu fikrda bo‘lsa, Alloh taologa imon keltirgan bo‘lmaydi. Agar nasroniydan: kimga sig‘inasan, deb so‘rasang, u, Allohga sig‘inaman, deydi. Undan Alloh taolo haqida so‘rasang: U Isoning jasadida, Maryamning qornida, narsaga yashiringan va uni qamragan, unga singgan, deydi. Bunday savolni majusiyga bersang, u ham: Allohga sig‘inaman, deydi. Undan Alloh haqida so‘rasang, Uning sherigi, bolasi va xotini bor, deb javob qiladi. Bunday e’tiqoddagi odam, albatta, mo‘min emas. Bu odamlarning barchasining Allohni tanimasligi va Uni inkor etishi bir xil. Ammo ularning ibodatlari va tavsiflari ko‘p va turlichadir.
Ularni quyidagi uch nafar odamga qiyoslash mumkin. Ulardan biri: — Menda dunyoda o‘xshashi yo‘q marvarid bor, — dedi va qora uzum donini chiqarib qo‘ydi va uning marvarid ekanligini isbot qilish uchun ont ham ichdi va odamlar bilan bahslasha boshladi. Ulardan ikkinchisi: Menda bahosi eng yuqori bo‘lgan marvarid bor, dedi-da yonidan behini chiqarib qo‘ydi va birinchi odam kabi harakat qildi. Navbat uchinchi odamga keldi va u: Menda dunyoda yakkayu yagona bo‘lgan marvarid bor, - deb, bir parcha quritilgan loyni o‘rtaga qo‘ydi va u ham chiqargan narsasi marvarid ekanligiga ont ichdi va odamlar bilan shu xususda bahsu munozara qildi.
Ushbu misoldan mazkur uch nafar odamning marvaridni bilmaslikda va tanimaslikda bir xil nodonliklari namoyon bo‘ldi. Ularning birortasi ham umuman marvarid nima ekanligini bilmaydi. Ularning sifatlari ko‘p va turli-tuman. Bu sening ular sifatlagan «ma’budlariga» sig‘inmasliging bilan bilinadi. Chunki ular «ma’budlarini» ikkita, uchta deydilar va sifatlaganlariga sig‘inadilar. Sen esa ma’budingni bitta deysan va bittaga sig‘inasan. Demak, sening ma’buding ularnikidan boshqa va ularning «ma’budlari» senikidan boshqadir. Shuning uchun Alloh taolo: «(Ey, Muhammad,) ayting: «Ey kofirlar! Men sizlar ibodat qilayotgan narsaga ibodat qilmasman. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar»» (Kofirun, 1—3, mazmuni), degan.


Qayd etilgan


mutaallimah  06 Oktyabr 2007, 01:58:14

Shogird:
— Siz tavsif qilganingizni bilib oldim. Alloh Rabbimiz deya turib, Allohni bilmaydiganlar, Uni tanimaydiganlar qaerdan paydo bo‘ladi, ustoz?

Ustoz:
— Ularning «Rabbimiz Allohdir», deyishlarini bilaman. Ular shunday desalar ham, Allohni bilmaydilar. Chunki, Alloh shunday deb xabar bergan: «Qasamki, agar ulardan: «Osmonlar va Yerni kim yaratgan?» - - deb so‘rasangiz, albatta, «Alloh», — derlar. Siz «Allohga hamd!»— deng. Yo‘q, ularning aksariyati (haqiqatni) bilmaslar» (Luqmon, 25, mazmuni). Bu oyatdan ko‘rinib turibdiki, «Alloh — Rabbimiz» deydiganlarning ko‘pchiligi uni bilmasdan, tushunmasdan aytadilar. Ular onasidan ko‘r tug‘ilib, tun va kun, sariq va qizil to‘g‘risida bilmay gapirayotgan bolaga o‘xshaydi. Xuddi shunday kofirlar ham Alloh taolo nomini mo‘minlardan eshitib, Uni bilmay, eshitganlarini gapiraveradi. Bu xususda Alloh: «Ilohingiz yagona iloxdir. Bas, oxiratga imon keltirmaydiganlarning dillari (Uning yagona ekanligini) inkor qilur va ular mutakabbirdirlar» (Nahl, 22, mazmuni), degan.


Qayd etilgan


mutaallimah  06 Oktyabr 2007, 01:58:31

Shogird:
- To‘g‘ri vasf qildingiz, ustoz. Siz o‘zingiz Payg‘ambarimiz alayhissalomni Alloh orqali taniganmisiz yoki Allohni Payg‘ambarimiz orqali taniganmisiz? Agarda siz u zotni Alloh orqali taniganman, desangiz, bu qanday bo‘ladi? Axir Allohga bizni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) da’vat qiladilar-ku?!

Ustoz:
- Ha, biz Payg‘ambarimiz alayhissalomni Alloh orqali taniymiz. Alloh mo‘minlar qalbiga Payg‘ambarimizni (s.a.v.) bilish va tasdiq qilish tuyg‘usini solmaganida edi, garchi Rasululloh Allohga da’vat qilsalar ham, hech kim u zotning aytayotganlari haq ekanini bilmas edi. Shuning uchun Alloh: «(Ey, Muhammad!) Siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmaysiz, lekin Alloh O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur...» (Qasas, 56, mazmuni), degan.
Allohni tanish Rasululloh (s.a.v.) orqali bo‘lganida, odamlarga Allohni taniganlari uchun Raululloh minnat qilardilar. Lekin Alloh taolo Rasulullohga O’zini tanitgani uchun odamlarga Rasulllohni (s.a.v.) tasdiq qilishni o‘rgatgani uchun minnat qiladi. Shuning uchun bandaning: «Allohni payg‘ambar orqali tanidim», deyishi mumkin emas, balki «banda, har bir yaxshilikni faqat Alloh orqali biladi», deyishi lozim.


Qayd etilgan


mutaallimah  06 Oktyabr 2007, 01:58:49

Shogird:
- Meni juda xushnud etdingiz, ustoz! Endi «viloyat» va «baroat» so‘zlarini izohlab bersangiz. Bu ikki xislat bir odamda jam’ bo‘ladimi?

Ustoz:
- «Viloyat» — yaxshi ishga rozi bo‘lishlik, «baroat» esa yomon ishdan nafratlanish demakdir. Bu ikki xislat bir odamda jam’ bo‘lishi ham va jam’ bo‘lmasligi ham mumkin. U ikkisi jam bo‘ladigan inson yaxshi ishni ham, yomon ishni ham qiladigan mo‘mindir. Sen uning yaxshi ishni qo‘llab, uni qilgani uchun yaxshi ko‘rasan. Uning yomon ishiga qarshilik qilasan va buning uchun uni yomon ko‘rasan. Bu viloyat va baroat bir odamda jam’ bo‘ladimi, degan savolinga javob. Kofirda hech qanday yaxshilik yo‘q. Sen uni yomon ko‘rasan va undan barcha ishda uzoq yurasan. Sen yaxshi ko‘radigan va hech yomon ko‘rmaydigan inson hamma solih ishlarni qiladigan, yomon amallardan o‘zini saqlagan mo‘min kishidir. Sen uning hamma narsasini yoqtirasan, undagi biror narsani yomon ko‘rmaysan.

Qayd etilgan


mutaallimah  06 Oktyabr 2007, 01:59:12

Shogird:
Muncha ajoyib so‘zlarni aytdingiz, ustoz! Endi menga kufroni ne’mat haqida gapirib bering!

Ustoz:
- Kufroni ne’mat kishining ne’matlar Alloh tomonidan ekanligini inkor etishidir. Ne’matlardan birortasini inkor qilib, ular Alloh tomonidan emas, degan banda Alloh ne’matlarini inkor qilgan bo‘ladi. Zero, Allohni inkor qilgan kimsa, Uning ne’matlarini inkor qiladi. Chunki, Alloh taolo: «(Ular) Allohning ne’matini taniydilar, keyin esa uni inkor etadilar...» (Nahl, 82, mazmuni), degan.
Kofirlar tunni tun, kunni kun deydilar, sihat-salomatlik, boylik va rohatu farog‘atda yashashlari ne’mat ekanligini biladilar, biroq ular mazkur ne’matlarni haqiqiy xojasi Allohga emas, balki o‘zlarining «ma’budlariga» nisbat beradilar. Shuning uchun ham Alloh taolo yuqorida eslatganimizdek, bayon qiladi: «(Ular) Allohning ne’matini taniydilar, keyin esa uni inkor etadilar...». Kofirlar ne’matlarning Eshituvchi, Ko‘ruvchi, o‘xshashi yo‘q, har bir ishga Qodir, yolg‘iz Allohdan ekan-ligini inkor etadilar.
Bular sen so‘raganlaring haqidadir.
Yordam umid qiladiganimiz Allohdir, Allohdan o‘zgaga ehtiyojimiz yo‘q, Ishonchimiz Udir.

Olamlarning Parvardigori Allohga hamd, Xojamiz va sayyidimiz Muhammad alayhissalomga, avlodlariga va barcha sahobalariga Qiyomat kunigacha durud va salomlar bo‘lsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Dekabr 2007, 02:38:32

Ustoz va shogird



Muallif: Muslim as-Samarqandiy

Hajmi: 117 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan