Muallif Mavzu: Muslim as-Samarqandiy. Ustoz va shogird  ( 21612 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

mutaallimah

  • Alloh yagona!!!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 224
  • -oldi: 421
  • Xabarlar: 2122
  • Jins: Ayol
  • Ey nafs isyon qilishdan to'htab o'zingni hisob qil
Shogird:
- Meni juda xushnud etdingiz, ustoz! Endi «viloyat» va «baroat» so‘zlarini izohlab bersangiz. Bu ikki xislat bir odamda jam’ bo‘ladimi?

Ustoz:
- «Viloyat» — yaxshi ishga rozi bo‘lishlik, «baroat» esa yomon ishdan nafratlanish demakdir. Bu ikki xislat bir odamda jam’ bo‘lishi ham va jam’ bo‘lmasligi ham mumkin. U ikkisi jam bo‘ladigan inson yaxshi ishni ham, yomon ishni ham qiladigan mo‘mindir. Sen uning yaxshi ishni qo‘llab, uni qilgani uchun yaxshi ko‘rasan. Uning yomon ishiga qarshilik qilasan va buning uchun uni yomon ko‘rasan. Bu viloyat va baroat bir odamda jam’ bo‘ladimi, degan savolinga javob. Kofirda hech qanday yaxshilik yo‘q. Sen uni yomon ko‘rasan va undan barcha ishda uzoq yurasan. Sen yaxshi ko‘radigan va hech yomon ko‘rmaydigan inson hamma solih ishlarni qiladigan, yomon amallardan o‘zini saqlagan mo‘min kishidir. Sen uning hamma narsasini yoqtirasan, undagi biror narsani yomon ko‘rmaysan.

mutaallimah

  • Alloh yagona!!!
  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 224
  • -oldi: 421
  • Xabarlar: 2122
  • Jins: Ayol
  • Ey nafs isyon qilishdan to'htab o'zingni hisob qil
Shogird:
Muncha ajoyib so‘zlarni aytdingiz, ustoz! Endi menga kufroni ne’mat haqida gapirib bering!

Ustoz:
- Kufroni ne’mat kishining ne’matlar Alloh tomonidan ekanligini inkor etishidir. Ne’matlardan birortasini inkor qilib, ular Alloh tomonidan emas, degan banda Alloh ne’matlarini inkor qilgan bo‘ladi. Zero, Allohni inkor qilgan kimsa, Uning ne’matlarini inkor qiladi. Chunki, Alloh taolo: «(Ular) Allohning ne’matini taniydilar, keyin esa uni inkor etadilar...» (Nahl, 82, mazmuni), degan.
Kofirlar tunni tun, kunni kun deydilar, sihat-salomatlik, boylik va rohatu farog‘atda yashashlari ne’mat ekanligini biladilar, biroq ular mazkur ne’matlarni haqiqiy xojasi Allohga emas, balki o‘zlarining «ma’budlariga» nisbat beradilar. Shuning uchun ham Alloh taolo yuqorida eslatganimizdek, bayon qiladi: «(Ular) Allohning ne’matini taniydilar, keyin esa uni inkor etadilar...». Kofirlar ne’matlarning Eshituvchi, Ko‘ruvchi, o‘xshashi yo‘q, har bir ishga Qodir, yolg‘iz Allohdan ekan-ligini inkor etadilar.
Bular sen so‘raganlaring haqidadir.
Yordam umid qiladiganimiz Allohdir, Allohdan o‘zgaga ehtiyojimiz yo‘q, Ishonchimiz Udir.

Olamlarning Parvardigori Allohga hamd, Xojamiz va sayyidimiz Muhammad alayhissalomga, avlodlariga va barcha sahobalariga Qiyomat kunigacha durud va salomlar bo‘lsin!

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Ustoz va shogird



Muallif: Muslim as-Samarqandiy

Hajmi: 117 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish

Online o'qish
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

 

Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g'ofiliyn

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1065
Ko'rilgan: 430390
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 03:02:24
muallifi AbdulAziz
Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 676
Ko'rilgan: 165720
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 02:44:50
muallifi AbdulAziz
Ustoz va muallimlarimiz haqida she'rlar

Muallif shoirBo'lim She'riyat

Javoblar: 1
Ko'rilgan: 162326
So'nggi javob 05 Noyabr 2007, 10:01:59
muallifi shoir
Muslim board of Uzbekistan Mulla Kirghiz

Muallif Murod_bekBo'lim Xorijiy bo'lim/Foreign board

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 5894
So'nggi javob 17 Dekabr 2007, 22:02:27
muallifi Murod_bek
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

Muallif NaqshbandiyBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 378
Ko'rilgan: 169355
So'nggi javob 13 Iyul 2008, 10:01:08
muallifi AbdulAziz