Islomiy atamalar lug'ati: Birgalikda to'ldiramiz  ( 18605 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


AbdulAziz  07 Oktyabr 2007, 07:40:34

Assalomu alaykum!

Shu paytgacha o'zbek tilida to'kis islomiy lug'at chop etilmagan ekan. To'g'ri "Islom ensiklopediyasi" chop etildi, lekin undagi atigi 1000ga yaqin atamalar ensiklopedia uchun yetarli emas. Turkchadagi Islam ensiklodeiasi, arablarning Islom ensiklopedialari oldida o'zbek tilidagi ensiklopedia juda g'arib bo'lib qoladi.
Shuningdek, "Islom ensiklopediyasi"ga juda ko'p istilohlar, atamalar kiritilmagan.

Xalqimizda mana shunday atamalar lug'atiga ehtiyoh bor. Shularni hisobga olgan holda bir taklif bor edi. Asta-asta biz harakat qilsak-chi. Mayli u tez bo'lishi shart emas. Kuniga imkoni bo'lganlar bitta yoki ikkitadan istiloh kiritishsa ham, 1-2 yilda ancha-muncha ma'lumot to'planadi.

Bu birinchidan o'zimizga foyda, bilmaganlarimizni bilib olamiz. Boshqalar ham o'qib undan foydalanardilar va ilmlarini oshirardilar.
Turk tilini biladiganlar uchun DİNİ SÖZLÜK ni tavsiya etaman. Bu yerda 3500 ta diniy, islomiy atamalarning ma'nolari keltirilgan. Arab tilini biladiganlar arab tilidagi kitoblardan (ularning linklarini ham), boshqa tillarni biladiganlar o'sha tillardan istilohlarni tarjima qilib yozsalar juda yaxshi bo'lardi.

Istilohga ta'rif bergan muallif (originaldagi), agar biron kitobdan olingan bo'lsa, shu kitob nomi va muallifi yozilishi maqsadga muvofiqdir.

Allohdan boshlanajak ish uchun madad so'rayman va xayrli bo'kishini tilayman.
Barcha ishtirokchilardan Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Oktyabr 2007, 07:49:56

Bismillahir rohmanir rohiym

Inshaalloh boshladik...

Abodila

Abdullohlar. Payg'ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning ashobi kiromi (do'stlari) orasida fiqh va hadisi sharif ilmlarida shuhrat topgan Abdulloh ismli sahobalar.

Abodila - Abdulloh kalimasining ko'plik shaklidir. payg'ambarimiz sahobalari ichida 300 ga yaqin Abdulloh ismli sahoba borligi rivoyat qilinadi. Bular ichida faqatgina Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Abbos, Abdulloh ibn Zubayr, Abdulloh ibn Amr ibn os raziyallohu anhu ilmdagi yuksak mahoratlari tuafyli Abodila unvoni bilan tanilganlar. Bularni Abodilai-arbaa ham deyiladi.

Abdulloh ibn Mas'udning fiqh ilmidagi kamoloti yuksakligiga qaramay Abodilaga kirmaganliklari sababi, bu atamaning u zot vafotlaridan keyin chiqqanidir. 4 Abodila bilan birgalikda bu zotni ham Abodilaga kirituvchi ulamolar ham bor (Ibni Humom, Ahmad Na'im)   

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Oktyabr 2007, 07:53:47

Abd

1. Yaratganning quli. Banda.
Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi:
(Alloh) bir kecha, O’z bandasi (Muhammad)ni — unga oyat-mo‘‘jizalarimizdan ko‘rsatish uchun (Makkadagi) Masjid-al-haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo‘ygan Masjid-al-Aqsoga sayr qildirgan (barcha aybu nuqsondan) pok Zotdir. Darhaqiqat, U eshitguvchi, ko‘rguvchi zotdir. (Isro surasi, 1-oyat)

Osmonlar va yerdagi bor jonzot (qiyomat kunida) Rahmon (huzuriga) bo‘yinsungan holda kelur. (Maryam surasi, 93-oyat)

2. Qul.
Ustingizga sizni Alloh taoloning kitobi bilan boshqaradigan bir banda bilan valiy tayin etilsa, uni tinglangiz va itoat etingiz. (Hadisi sharif - Muslim)


Abdiyyat

Qullik maqomi. Avliyolikning eng yuksak maqomi, darajasi. har bir ishni Allohdan deb bilib, o'zidan bilmaslik.
Alloh taoloning lutf va ehsoni bilan Abdiyyat darajasini istagan kimsa Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga to'la ma'noda bog'lanmog'i kerak.
Bu yuksak martabaga u payg'ambarga bog'lanish bilan erishadi. Bu Alloh taoloning lutfi bo'lib, uni u o'zi istagan bandasiga ehson qiladi (Imomi Rabboniy).

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Oktyabr 2007, 07:38:02

Abas

Foydasiz narsa.
Namozdagi abas harakatlar mahruhdir. Namozda kiyimni o'ynash, shimni ko'tarish makruhdir. Qashinish abas amal bo'lmasa-da, bir ruknda 3 marta qashinish namozni buzadi. (Ibni Obidin)

Abas bilan mashg'ul bo'lish insonni lag'v va la'bo (o'yin va ko'ngil ochish)ga yetaklaydi. Ba'zi keraksiz ishlar insonning abas ishlarga moyil bo'lishiga sabab bo'ladi. (Murodi Munzaviy)


Abasa surasi

Qur'oni karimning saksoninchi surasi. Makkai mukarramada nozil bo'lgan. Qirq ikki oyatdan iborat. Birinchi oyatdagi "yuz o'girdi", "iltifot etmadi" ma'nosida kelgan Abasa lafzi suraga ism bo'lgan. Surada Qur'oni karimning Alloh taolo tomonidan bir mav'iza (nasihat, o'git) ekanligi ta'kidlangan, Janobi Haqning qudrat va azamatiga (buyukligiga) dalillar keltirilgan, qiyomat kuning dahshatli vaziyati, u kundagi yaxshi va yomon hollar haqida so'z borgan.

Surada Alloh taolo marhamat qiladi:
U Kunda kishi o‘z og‘a-inisidan ham, onasi va otasidan ham, xotini-yu, bola-chaqasidan ham qochur! (Chunki) ulardan har bir kishi uchun u Kunda o‘ziga yetarli tashvish bo‘lur! U Kunda (mo‘minlarning) yuzlari yorug‘, kulguvchi va xurram bo‘lur. Va u Kunda (kofirlarning) yuzlari ustida chang-g‘ubor bo‘lib, U (yuz)larni qarolik qoplab olur! Ana o‘shalar fisqu-fujur qilguvchi kofirlarning o‘zidir! (Abasa surasi, 34-42-oyatlar)

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Oktyabr 2007, 06:11:18

Ajam
Arab bo'lmagan.
Ey insonlar! Rabbingiz birdir. Otangiz ham birdir, hammangiz hazrat Odamning bolallarisiz. Odam esa tuprodandir. Alloh huzuridagi eng qiymatligingiz taqvosi go'zalingizdir. Arabning ajamdan biron ustunligi yo'qdir. Ustunlik faqatgina taqvo bilandir. (Hadisi sharif - Ibni Hishom)


Adam

1. Yo'qlik. Borlikning aksi.
Koinotning asli adamdir. Olamlardagi har bir narsa bor bo;lishdan avval adamda edilar (Kemahli Fayzulloh)

2. Tasavvuda solikning (tasavvuf yo'lchisi) ma'naviy hol sababi bilan o'zidan kechishi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Oktyabr 2007, 07:43:24

Adolat

Har ishda haqni ko'rmoq va o'rta yo'lni tutmoq. Haqliga haqqini bermak. Haqsizlikdan qochish. Zulmning ziddi. Qonun oldida barobarlik.

Alloh taolo marhamat qiladi:
Ey mo‘minlar, Allohning O’zi uchun haq yo‘lni tutguvchi, adolat bilan shahodat guvohlik berguvchi bo‘lingiz! Biron qavmni yomon ko‘rishingiz sizlarni adolat qilmaslikka tortmasin! Adolat qilingiz! Shu taqvoga yaqinroqdir. Allohdan qo‘rqingiz! Albatta Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. (Moida surasi, 8-oyat)
Albatta, Alloh adolatga, chiroyli amallar qilishga va qavm-qarindoshga yaxshilik qilishga buyurur hamda buzuqlik, yomon ishlar va zo‘ravonliklardan qaytarur. U zot shoyad ibrat-eslatma olarsizlar, deb sizlarga pand-nasihat qilur. (Nahl surasi, 90-oyat)

Haq va adolat bilan bir kun hokimlik qilish, bir yil jihod qilishdan hayrlidir. (Hadisi sharif - Tabaroniy)
Bir soat adolat bilan boshqarish 60 yillik nafl ibodatdan afzaldir. (Hadisi sharif - Islom axloqi).
Adolat - davlatning tamalidir. (Hazrati Umar).

Adolat uch qismdir: 1) Alloh taologa qullik qilish. Bunda sohibining haqqini bajarish bordir. Har bir inson Yaratuvchi oldida burchlidir. 2) Insonlarning haqlariga rioya qilish. 3) Vafot etganlarning haqlarini halol qilish, ya'ni ularning boshqalardan qarzlarini uzish va vasiayatlarini bajarish.


Adolati ijtimoiyya

Ijtimoiy adolat. Hammani ishi, bilimi va qobiliyatidan qat'iy nazar haqini olishi; hech kimning siquvga, zulmga olinmasligi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Oktyabr 2007, 06:17:21

Afuvv (al-Afuvv)

Alloh taoloning go'zal ismlaridan. Avfi ko'p bo'lgan, gunohlarni avf etib amal daftaridan o'chirguvchi.
Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi:
(Ey mo‘minlar), xoh oshkora, xoh yashirincha biron yaxshilik qilsangiz yoki biron yomonlikni afv qilib yuborsangiz (Alloh suygan bandalardan bo‘lursiz). Zero, Alloh qudrat egasi bo‘lgani holda afv qilishda barqaror bo‘lgan zotdir. (Niso surasi, 149-oyat)

Allohim! Meni afv et. Chunki sen Afuvvsan, karim (lutf va ehson sohibi)san. (Hadisi sharif - Tabaroniy).


Afv

1. Alloh taoloning ehsoni ila osiy va gunohkor qullarining qusur va gunohlarini kechishi.
Bir kimsa birodarining bir yaxshilik qilsa, minglab farishtalar u kimsa uchun duo qiladilar. U o'sha ishni bajarish uchun ketarkan, har qadami uchun bir gunohi afv etiladi va o'ziga qiyomatda ne'matlar beriladi. (Hadisi sharif - Ibn Moja).
Alloh taoloning sevikli qullariga, dunyo tashvishlari va balolarining kelishi ularning gunohlari afv etilishiga kafforatdir, sababdir. (Imom Rabboniy)

2. Bir kishining dushmanidan yoki aybdordan itiqom olishga, qarshgilik qilishga kuchi yetgani holda hech narsa qilmasligi, intiqom olmasligi.
Qur'oni karimda Alloh taolo marhamat qiladi:
(Ey Muhammad), marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring! (A'rof surasi, 199-oyat).

O'zidan uzoqlashganlarga yaqinlashish, zulm qilganlarni afv etish, o'zini mahrum qilganlarga ehson (yaxshilik) qilish - go'zal xulqli bo'lmadir. (Hadisi sharif - Barika).
Alloh taolo afv etganlarni aziz qilar. Alloh rizosi uchun afv etganni Alloh darajsini oshirar. (Hadisi sharif - Barika).
Muso alayhissalom: "Yo, Rabbiy! Qullaringning eng qiymatlisi kimdir?" deganda, kuchi yetgani qadar afv etganidir deyildi. (Hadisi sharif - Bayhaqiy)
Qiyomat kuni haq sohibi haqini afv etmasa, bir dank (yarim gram kumush) haq uchun jamoat bilan o'qilgan 700 namoz savobi olinib, haq sohibiga beriladi. (Ibni Obidin)

Qayd etilgan


Laylo  15 Oktyabr 2007, 05:54:24

Ixlos

"Ixlos" kalimasi arab tilidagi "axlasa" fe’lining masdari (ish-harakat nomi) bo‘lib, lug‘atda "biron kishiga nisbatan samimiy, xolis, sodiq bo‘lish", degan ma’noni ifodalaydi. Shariat istilohida esa u "Alloh Taologa nisbatan xolis, sodiq bo‘lish, barcha amallarni xolis Uning O’zi uchun qilish" ma’nosini anglatadi.

Darhaqiqat, ixlos Islom dinining asl mohiyatidirki, har bir yaxshi amal uning ustiga barpo qilinadi. Odam alayhissalomdan tortib, to Qiyomatgacha keladigan barcha odamzot so‘z va amalda ixlos qilishga buyurilgandir. Kim ixlosni mahkam ushlasa - najot topadi. Kim uni zoe qilsa - halokatga yuz tutadi. Zero, amalning qabul bo‘lish yoki bo‘lmasligi, unga mukofot yoki jazo berilishi o‘sha amalda ixlosning mavjud yoki mavjud emasligi e’tibori bilan bo‘ladi.

Alloh Taolo bizdan avval o‘tgan qavmlarni ham ixlosga buyurganini eslatib, shunday dedi:

"...Holbuki ular faqat yagona Allohga, U zot uchun dinni xolis tutgan va to‘g‘ri yo‘ldan og‘magan hollarida ibodat qilishga va namozni barpo qilishga hamda zakotni ado etishga buyurilgan edilar". ("Bayyina" surasi, 5-oyat).

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Oktyabr 2007, 19:09:36

Axbor

Xabarlar. Xabarning ko'plik shakli.
1. Bir qavm, qabila, shaxs, o'lka, shahar yoki bir hodisa haqida naql etilgan axborotlar.
2. Alloh taoloning Qur'oni karimda tarixda bo'lgan, kelajakda va oxiratda bo'ladigan ishlarga doir bildirgan narsalari.
Axbor, Alloh taoloning bildirishi bilan tushuniladi. Aql va tajriba bilan tushunilmaydi. Axborda o'zgarish bo'lmaydi. (Toshko'pruzoda)


Ahd

So'z berish.
Alloh taolo Qur'oni karimda marhamat qiladi:
Yetimning moliga to u balog‘at yoshiga yetgunicha yaqinlashganlar, magar eng chiroyli yo‘sinda (unga biron ziyon yetkazmasdan yaqinlashinglar — tasarruf qilinglar). Ahdga vafo qilinglar. Zero, ahd-paymon (Qiyomat kuni) mas’ul bo‘linadigan ishdir. (Isro surasi, 34-oyat)

Kimsani so'kmakdan, bergan so'zingizni bajarmaslikdan va ahdni buzmakdan saqlaninglar (Imom Birgiviy).

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Oktyabr 2007, 17:45:52

Ahdga vafo

So'zda turish, ahdda sodiq qolish.
Bergan so'zida durmagan zolim, xoin kimsa uchun qiyomat kuni bir bayroq tikiladi va "Diqqat eting, bu bayroq falonchi o'g'li falonchining vafosizlik alomatidir" deya ko'rsatiladi. (Hadisi sharif - Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy)
Ahdga vafosizlik avj olgan millatda jinoyat ko'p bo'ladi. (Hadisi sharif - Musnadi Abu Ya'lo, Bayhaqiy, Al-Mustadrak)


Ahdi atik

Eski ahd. Xristianlarga ko'ra Muso alayhissalomga tushirilgan kitob. Bu nomli ilk marta xristianlar ishlatishgan. Xristianlarning kitobi muqaddas deyilgan kitoblari Ahdi atik bilan Ahdi jadiddan maydonga kelganidan ular ham Ahdi atiqni muqaddas sanaydilar. Yahudiylar Ahdi atiqni Tanah deb ataydilar. Bugun mavjud bo'lgan Ahdi atik Hazrati Musodan bir necha sr so'ngra yozilgan.

"Bolalarga Kitobi muqaddasni o'qitishda diqqatli bo'ling. Chunki Kitobi Muqaddasda ga'yri axloqiy, faxsh hikoyalari mavjuddir. Bularni o'qigan bolalarda oilaviy munosabatlar haqida yomon fikrlar paydo bo'ladi. Chunonchi Ahdi atik qismida bo'lgan bundan faxsh munosabatlarni Kitobi muqaddasdan chiqarib, so'ngra bolalarga o'qitinglar". (Plain Truth)

Bugun xristianlarning qo'llarida bo'lgan injillarda garchi o'zgartirilgan bo'lsa-da, Iso alayhissalomdan so'ngra bir payg'ambar kelishi haqida yozilgandir. (Rahmatulloh Afandi)

Qayd etilgan