Islomiy atamalar lug'ati: Birgalikda to'ldiramiz  ( 33401 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Laylo  17 Oktyabr 2007, 05:55:22

Valiylik

"œOgoh bo‘ling (yaxshi bilingki), albatta Allohning do‘stlari uchun hech bir xavf (qo‘rqinch) yo‘q va ular (aslo) mahzun bo‘lmaslar" (Yunus, 62­oyat).

Qur’oni karimda «valiy» deb sifatlangan zotlar kimlar va qanaqa fazilatlari ularni bu ulug‘ maqomli ta’rifga loyiq qilgan?

Avvalo, «valiy» so‘zining lug‘aviy, istilohiy ma’nolari haqida qisqacha ma’lumot bersak.

Bu so‘z valiya (yaqin bo‘ldi) fe’liga o‘zakdoshdir. Ko‘pligi — avliyo. «Valiyyulloh» — Alloh taoloning do‘sti demakdir.

Tabiiyki, savol tug‘iladi: har bir narsaning belgi, alomati bo‘lganidek, valiylikning ham belgilari bormi? Ha, bor. Bu belgilar zohiriy hamda botiniydir.

Valiylarning birinchi va eng muhim alomati shuki, ular har qanday sharoit va holatlarda shariat talab qilganidek istiqomatda bo‘ladilar. ("Soliha ayollar" kitobidan)

Qayd etilgan


Laylo  17 Oktyabr 2007, 05:56:21

Istiqomat «to‘g‘rilik» demakdir. Istilohda esa barcha ahdlarida, xususan, Alloh taolo va Rasuliga bo‘lgan ahdlarida hamda kundalik yurish­turish, kiyinish, taomlanish kabi barcha dunyoviy va diniy ishlarda shariat me’yorlariga rioya qilib yashashdir.

Istiqomat ahlulloh nazdida shunday yuksak bir darajaki, barcha maqbul maqsad va g‘oyalarning ro‘yobga chiquvi, barcha xayrli ishlarning kamolga yetishuvi unga bog‘liq. Aks holda, irfon ahli aytishicha — Alloh saqlasin — harakatlar bekor, sarflangan barcha kuch­g‘ayratlar foydasiz bo‘ladi.

Istiqomat Yaratganga chiroyli, nuqsonsiz qullik qilish hamda insoniylik, odamiylik sifatlarini o‘zida namoyon etib, mavjudot va maxluqot xizmatida bo‘la olishdir. Hazrati Alisher Navoiy:

«Odamiy ersang, demagil odamiy
Onikim, yo‘q xalq g‘amidin g‘ami»,


deb yozganlarida mana shu ma’noni ham nazarda tutgan bo‘lsalar ajab emas. ("Soliha ayollar" kitobidan)

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Oktyabr 2007, 20:50:50

Ahdi jadid

Yangi ahd. Xristianlarning muqaddas kitoblari ikkinchi qismi.
Injilning Ahdi jadid qismida aytilgan hikoayalar to'g'ridan to'gri insonlar tomonidan yozilgandir. faqatgina inson so'zi bo'lgan bu qismlar cherkov tomonidan odamlarga Allohning so'zi deya tarqatilgan. (Kennet Greg)


Ahdi Misoq

Alloh taolo Odam alayhissalomni yaratganda. qiyomatga qadar butun zurriyotini (naslini) zarralar holida oning belidan chiqarib, "Men sizning Rabbingiz emasmanmi?" deya so'raganda, ularning: "ha, Sen Rabbimizsan!" deya so'z berishlari.
Men rabbimga bergan ahdi misoqni eslayman. (Hazrati Ali)

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2007, 06:49:03

Tavba

"Tavba" so‘zi lug‘atda "qaytmoq" ma’nosini anglatadi. "Tavba qildi" deganda kishining nimadandir qaytishi tushuniladi.

Shar’iy istilohda esa «tavba» dinimiz man etgan narsalardan qaytib, buyurgan amallarni ado etishdir.

Tavbaning avvali va nihoyasi bor. Tavbaning avvali katta va kichik gunohlardan, noo‘rin shubha-gumonlardan, o‘zicha «tavbada sodiqman», deya o‘ylashdan va qalbiga o‘rnashgan qutqulardan tavba qilishdir.

Tavbaning nihoyasi esa, hatto bir zum Allohning zikridan g‘ofil bo‘lsa tavba qilmoqdir.

Komillikka erishganlar e’tiborida kimki bir onlik g‘aflatning gunohligini e’tirof etsa, tavbasi sahih bo‘ladi. Chunki Odam alayhissalom gunohini e’tirof etib, pushaymon bo‘lganini Alloh taolo bizga xabar berdi. Ulamolar: «Gunohni tamoman tark qilish va gunohga boshqa qaytmaslikka jazm etish tavbaning shartlaridandir», deganlar. Tavba bilan bandaning gunohi mag‘firat etiladi.

Alloh taolo shirkni va bandaning bandadagi haqlarini kechirmaydi.

Tavba banda maqomining yuksalish tamalidir. Asossiz bino mavjud bo‘lmaganidek, tavbasi yo‘q kishining hol va maqomi bo‘lmaydi.

Buyuk so‘fiylardan ba’zilari bunday deyishgan: «Kim tavba maqomini mustahkam qursa, Alloh taolo uning amallarini turli nuqsonlardan muhofaza etadi. Tavba zohidlik maqomiga o‘xshaydi. Alloh taolo dunyodan yuz o‘girgan zohidni O’ziga yetishishda to‘siq bo‘layotgan narsalardan himoya qiladi».

Shayx Ibrohim Matbuliy hazratlari tavbada sodiq va sobit bo‘lishga tashviq etadi. Chunki kishining tavbadan og‘ishi, noxush holatlarga yetaklaydi. Tavbadan ozganning imoni sho‘r tuproq va g‘ishtlar bilan qurilgan binoga o‘xshash zaif bo‘ladi.

Alloh taoloning ma’sumi akbar (muhofaza etilgan eng buyuk zot) Hazrati Payg‘ambarga (s.a.v.): «Siz va siz bilan birga tavba qilganlar sizga buyurilgani yanglig‘ sobit bo‘lingiz», (Hud surasi, 112-oyat) degan amrini esla. Alloh taolo Ul zotni (s.a.v.) va ummatidan tavba qilganlarni sobitlikka buyurdi.

(Imom Sha'roniyning "Ibodat va zikr ahliga tavsiyalar" kitobidan)

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2007, 06:07:14

Qalb

«Qalb» lafzi ikki xil ma’no uchun ishlatiladi. Birinchisi - ko‘krak qafasining chap tomoniga joylashtirilgan sanavbar (ignabarg daraxt turi) daraxti shaklidagi bir bo‘lak go‘shtdir, uning ichi bo‘shliq bo‘lib, ana shu bo‘shliqda qora qon bor. U ruhning bulog‘i va ma’danidir. Lekin hozir qalbning shakli va ko‘rinishini sharhlash maqsadida emasmiz. Zero, bu tabiblarga taalluqli masaladir. Diniy-ilmiy maqsadga oid joyi ham yo‘q. Biz shaklini zikr qilgan qalb chorva hayvonlarida ham, o‘liklarda ham mavjuddir. Biz bu kitobda «qalb» lafzini keltirar ekanmiz, unda bu ma’noni nazarda tutmaymiz. Chunki u qadrsiz bir bo‘lak go‘sht, xolos. U mulk va shahodat olamidandir. Zero, odamlardan tashqari chorva hayvonlari ham ko‘rish hissiyoti bilan uni biladi.

Ikkinchi ma’no - Robbimiz bandalariga ato etgan ruhoniy bir narsadirki, uning jismoniy qalbga bog‘liqligi bor. Ana shu ilohiy ne’mat insonning asl mohiyati, haqiqatidir. U insonning idrok qiluvchisi, biluvchisi va tanuvchisidir. Xitob qilinadigan, jazolanadigan, itob qilinadigan va talab qo‘yiladigan ham udir. Uning jismoniy qalb bilan mustahkam aloqasi borki, ko‘p insonlarning ana shu mushtaraklik holatini bilishga aqllari yetmay qoladi. Chunki ruhoniy qalbning jismoniy qalbga bog‘liqligi arazning, ya’ni shakl-ranglarning jismlarga, sifatlarning sifatlanuvchiga, biror asbob ishlatuvchining o‘sha asbobga, bir yerga o‘rnashgan kishining o‘sha o‘ringa bog‘liqligiga o‘xshaydi. Biz bu o‘rinda ikki narsa sababidan mazkur bog‘liqliklarni sharhlashdan tiyilamiz.

Birinchisi - albatta u mukoshafa (kashf etish) ilmlariga tegishlidir. Bizning bu kitobdan ko‘zlaganimiz esa faqat muomala ilmlaridir.

Ikkinchisi esa - qalbning haqiqatini bilishga urinish sir tutilgan ruh ishini oshkor qilishni taqozo etadi. Ruh ishi esa hattoki Rasululloh sollallohu alaihi vasallam u to‘g‘rida gapirmagan mavzulardandir. Shunday ekan, u zotdan boshqa kishilarning bu to‘g‘rida gapirmoqligi joiz emas. Demak, agar bu kitobning qaerida «qalb» lafzi zikr qilinsa, albatta undan yuqoridagi ilohiy ne’mat ma’nosini ko‘zda tutamiz. Maqsadimiz qalbning mohiyat-haqiqatini emas, balki uning sifat-holatlarini bayon etishdir. Zero, muomala ilmi qalbning mohiyat-haqiqatini emas, uning sifat-holatlarini tanishga muhtoj bo‘ladi.

Imom G'azzoliy

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2007, 06:09:02

Ruh

«Ruh» lafzi ham ikki xil ma’noda keladi. Birinchisi - u ko‘zga ko‘rinmas bir jism, uning manbai jismoniy qalbning, ya’ni yurakning bo‘shlig‘idir. Bas, u yerdan uruvchi tomirlar orqali badanning boshqa a’zolariga tarqaladi. Badanda ruhning yurishi, undan a’zolarga hayot, sezish, ko‘rish, eshitish va hidlash kabi hayot nurlarining oqib chiqishi go‘yo uyning burchaklarida aylantirilayotgan chiroqdan taralayotgan nurga o‘xshaydi. Chunki chiroq uyning qaysi burchagiga bormasa, faqat o‘sha yer yorishadi. Hayot bir devorda hosil bo‘lgan nurga o‘xshaydi. Ruh esa go‘yo chiroqqa o‘xshaydi. Ruhning ichkarida yurishi uyning atrofida bir harakatlantiruvchining qo‘zg‘ashi bilan harakatlanishiga o‘xshaydi. Tabiblar ham «ruh» lafzini tilga olishganida unda shu ma’noni nazarda tutishadi. U bir ko‘zga ko‘rinmas bug‘ki, uni qalbning harorati pishiradi, deyishadi. Buni sharhlash bizning vazifamiz emas, zero bu badanlarni muolaja qiladigan tabiblarning maqsadlaridir. Ammo bu qalblarni olamlarning Robbi yaqinligiga yetaklashga qadar davolovchi din tabiblarining maqsadlaridir, bas, bu ruhni sharhlashga aslo taalluqli emas.

Ikkinchi ma’no - u insondagi biluvchi va idrok qiluvchi bir ilohiy ne’matdir. Bu haqda qalb ma’nolarining ikkinchisini sharhlaganimizda aytib o‘tdik. U Alloh taoloning quyidagi oyati bilan iroda qilgan narsasidir:

«Ayting: «Ruh yolg‘iz Parvardigorim biladigan ishlardandir» (Al-Isro surasi, 85-oyat).

Va u Robboniy ajoyib bir ishdir, aksar aql va fahmlar uning haqiqatiga yetishda ojiz qoladi.

Imom G'azzoliy

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2007, 06:11:51

Nafs

«Nafs» lafzi ham bir necha ma’nolar o‘rtasida mushtarakdir. Ulardan ikki ma’no bahsimiz mavzuiga taalluqlidir. Birinchisi shuki, nafs, deganda insondagi g‘azab va shahvat quvvatini jamlovchi ma’no iroda qilinadi. Kelgusida buning batafsil sharhi keladi. Bu tasavvuf ahllariga g‘olib bo‘lgan ma’no bo‘lib, ular fikricha, nafs insondagi qoralangan sifatlarni jamlovchi asldir, ya’ni negizdir. Ular aytadilar: «Nafsga qarshi kurashish va mudom uni sindirishdan boshqa chora yo‘q». Payg‘ambar alayhissalomning mana bu so‘zlari ham bunga ishoradir: «Ichingdagi nafsing dushmaningning eng yomonidir» (Bayhaqiy rivoyati, sanadida mavzu’chilardan Muhammad ibn Abdurahmon bor).

Ikkinchi ma’no - nafs yuqorida zikr etilganidek, bir ilohiy ne’matdir. Inson nafsi uning o‘zidir. Lekin u holatining turlanishiga qarab har xil sifatlanadi. Agar nafs Haq amriga bo‘ysungan holda shahvoniy hurujlarni yengishga qodir bo‘lsa, u nafsi mutmainna, ya’ni xotirjam-sokin nafs, deb nomlanadi. Alloh taolo aytadi:

«Ey xotirjam-sokin jon, sen rozi bo‘lgan va rozi bo‘lingan holda Parvardigoring (huzuriga)ga qayt!» (Val-fajr surasi, 27-28-oyatlar.)

Endi nafsni avvalgi ma’nosi bilan oladigan bo‘lsak, uning Allohga qaytishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki u Allohdan uzoq va shaytonning jamoasidandir. Agar nafsning sokinligi tom bo‘lmay, shahvoniy nafsga bir qarshi chiqib va bir yoqlab ikkilanuvchi bo‘lsa, u malomatgo‘y nafs, deb nomlanadi. Chunki banda Mavlosiga ibodat qilishda qosirlikka yo‘l qo‘yganida nafsi uni malomat etadi. Alloh taolo aytadi:

«Va Men malomatgo‘y nafsga qasam ichurmanki...» (Qiyomat surasi, 2-oyat).

Agar nafs e’tiroz bildirmasa va shahvoniy narsalarga bo‘ysunib, shaytonning vasvasalariga itoat qilsa, u nafsi ammora, ya’ni yomonlikka buyuruvchi nafs, deb nomlanadi. Alloh taolo Qur’oni karimda Yusuf alayhissalom tillaridan yoki Azizning ayoli tilidan xabar berib aytadi:

«Men nafsimni oqlamayman. Chunki nafs - agar Parvardigorimning O’zi rahm qilmasa, albatta yomonlikka buyurguvchidir» (Yusuf surasi, 53-oyat).

Yomonlikka buyuruvchi nafs, deganda avvalgi ma’nodagi nafs, deb tushunilishi joiz bo‘ladi. Demak, birinchi ma’nodagi nafs qattiq yomonlangan va ikkinchi ma’nodagi nafs esa maqtalgandir. Chunki ikkinchisi insonning nafsi, ya’ni insonning o‘zidir va Alloh taoloni hamda U yaratgan narsalarni tanib-biluvchi insonning haqiqatidir.

Imom G'azzoliy

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2007, 06:14:24

Aql

«Aql» lafzi ham har xil ma’nolarda keladi. Ulardan bizning mavzuimizga taalluqlisi ikkitadir. Birinchisi - aql, deganda ishlarning haqiqatini-mohiyatini bilish ma’nosi anglashiladi. U o‘rni qalb bo‘lgan ilm sifatidan iboratdir.

Ikkinchisi - bunda aqldan ilmlarni idrok etuvchi, deb murod qilinadi va shu ma’noda yuritiladi. Demak, u ilohiy ne’mat bo‘lgan qalbning o‘zidir. Shu narsa ayonki, har bir biluvchining nafsida bir mustaqil vujud bor. U nafsiga tushgan asl narsadir. Ilm esa - u yerda turuvchi bir sifat. Shunday sifatki, u sifatlanuvchining o‘zi emas, undan bo‘lak narsa. Aqldan, deganda goho olim (biluvchi) sifati iroda qilinsa, goho undan idrok etish o‘rnini iroda qilib, ya’ni idrok qiluvchi, deb yuritiladi. U Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam so‘zlaridan iroda qilingan narsadir. U zot aytadilar: «Alloh taolo eng avval yaratgan narsa aqldir» («Ilm kitobi»da kelgan).

Albatta ilm moddiydir, avval yaratilgan narsa bo‘lmog‘ini tasavvur etilmaydi. Balki undan oldin yoki u bilan birga ilmning o‘rni yaratilgan bo‘lmog‘i lozimdir. Chunki bu holda unga xitob qilish mumkin bo‘lmaydi. Xabarda kelishicha, Alloh taolo unga, ya’ni aqlga «Kel», dedi. U keldi, «Ket», dedi, u esa ketdi (hadisdan).

Imom G'azzoliy

Qayd etilgan


Laylo  23 Oktyabr 2007, 07:49:28

Farz - bajarishlik qat’iy talab bilan sobit bo‘lgan, uni yumshatadigan biror dalil kelmagan amalga farz, deyiladi. Farz o‘z o‘rnida ikkiga bo‘linadi:
a) shart;
v) rukn.

Amalning tashqarisidagi farziga shart, deyiladi. Bunga namozning tashqarisidagi oltita shart misol bo‘la oladi.
Amalning ichidagi farzlar rukn, deyiladi. Bunga namozning ichidagi farzlar misol bo‘ladi.

Farz amalini bajargan odam yuksak savobga doxil bo‘ladi. Qilmagan odam esa qattiq gunohkor bo‘lib, ikki dunyo azobiga loyiq bo‘ladi. Farzning hukmini inkor qilguvchilar kofir bo‘ladi.

Qayd etilgan


Laylo  23 Oktyabr 2007, 07:49:51

Vojib - bajarishlik qat’iy talab bilan sobit bo‘lmagan, balki uni yumshatish uchun biror dalil kelgan amalga vojib, deyiladi. Misol uchun vitr namozini o‘qishlik vojib amal hisoblanadi.

Payg‘ambarimiz ( s.a.v.) vitr namozini o‘qishni buyurganlar, bu buyruq farzga dalolat qilishi kerak edi. Lekin uning farzligini vojibga tushirib qo‘yadigan dalil hadisning ohod suratda sobit bo‘lishligidir.

Vojib amalni bajargan kishi savobga ega bo‘lib, uni bajarmagan esa gunohkor bo‘ladi. Vojib amalni inkor qilgan kishi esa qattiq gunohkor bo‘ladi.

Qayd etilgan