Fosiq
Ilohiy amrlarga itoatdan ayrilib, osiy bo’lgan mo’min va yo kofir ma’nosida kalom va fiqh atamasi.
Lug’atda "œxurmo va unga o’xshash narsalar uchun qobig’ini yirtib chiqmak; belgilangan bir chegarani oshib o’tmak" ma’nosini bildiruvchi "œfisq" va yo "œfusuq" o’zagidan tarqalgan bir sifat bo’lmish "œfosiq" so’ziga turli mazhablarga mansub olimlar turlicha ta’rif berishgan. Shu bilan birga, atama sifatida "œhaqdan Adashgan, Allohning amrlariga itoatdan chiqqan osiy mo’min va yo kofir" deya tanitilsa bo’ladi.
"œFosiq" kalimasi johiliyat davrida qo’llanilmagani anglashiladi. Qur’oni Karimda o’zak holiday yeti, tuslangan fe’l sifatida o’n va "œfosiq" shaklida esa (ikkitasi birlikda, boshqalari ko’plikda) o’ttiz yeti joyda keladi. Ba’zi oyatlarda yahudiylar, xristianlar, mushriklar va munofiqlar haqida so’z borarkan, ko’plarining foziq ekanlari bildiriladi (mas.: Baqara, 99; Oli Imron, 110; Moida, 47, 59; Tavba, 67); boshqa ayrim oyatlarda esa, fisq va fusuq mo’minlarga nisbatan ham ishlatiladi (Baqara, 197, 282; Nur, 4). Oyatlarda ma’lum kishilarga ko’ra, Alloh fosiqlardan rozi bo’lmaydi, moliy ehsonlarini qabul etmaydi va o’zlarini hidoyatga erishtirmaydi. Ularni dunyoda jazolagani kabi, oxiratda ham jahannamga tashlaydi.
"œIslom" qomusidan (12-jild, 202-bet)
Musulmonlar taqvimi 1999 yil II chorak