Muallif Mavzu: O'zbek udumlari  ( 56492 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: O'zbek udumlari
« Javob #15 : 22 Fevral 2008, 12:25:44 »
Salom va alik.

-   Assalomu alaykum! – qo’lini ko’ksiga qo’yib, ajib tavoze ila salom berdi yosh yigit.
-   Vaalaykum assalom! – alik oldi oppoq soqolli nuroniy chol hassasiga tayanib, bir zum nafas rostlar ekan, so’ng qo’shib qo’ydi: - Mulla bo’ling, umringizdan baraka toping, yaxshi joylardan ato qilsin,bo’tam.
-   Assalomu alaykum, buvijon! – jarangdor, shirin ovozi eshitildi qiz bolaning.
-   Vaalaykum assalom! – jvob qildi sochlari boshiga o’ragan doka ro’moli yanglig’ oppoq buvi, so’ng o’ng qo’li bilan yosh qizning kiftiga qoqib: - Qoqindiq, kimning qizi bo’lasiz? – deb so’radi. Javob olgach: - Ilohi baxtingizni bersin, tagli-taxtli joylarga kelin bo’ling, o’zingizdan ko’payib, uvali-juvali bo’ling, - deya fotihaga qo’l ochdi otinoyi…

Ulug’ bobomiz Ahmad Yassaviy zamonida ham, katta bobokalonimiz Amir Temur davrida ham, hazrat Alisher Navoiyu Husayn Boyqaro va Bobur mirzo zamonlarida ham xudi shunday salomlashilardi.
  Bugun ham bir oz nuqsonlarni hisobga olmaganda shunday manzaralarni uchratib turaasiz. Hamma gap odobning boshi bo’lgan salomning erta, yuz yildan keyin, yana ming yillardan keyin ham xuddi shunday avlodlar tilida jaranglab turishida qolgan. Chunki xalqning umri uning madaniyati, urf-odat, udumlari umrining uzunligi bilan o’lchanadi.
  Odobning boshi salomdan boshlanadi. Siz erta turib, boboyu buvingizga albatta salom berasiz. Ammayu xolangiz, tog’ayu amakingizni ham inchunun. Kichik uka-singillaringiz o’z navbatida Sizga salom berishadi. Bog’chada, maktabda, ko’cha-ko’yda, jamoat harakatida kattalarga u tanish-begona demay, salom berasiz. To’g’ri qilasiz, “Salom – Xudoning qarzi”, deydi keksalar. Salom insoniylikning ham boshi. Hatto Siz yaxshi bilgan ertakda ham yalmog’iz kampirday fe’li buzuq salom bergan qizchaga, “gar saloming bo’lmaganda ikki yamlab, bir yutardim”, deydi. “Salom” kalomi tufayli uni kechiradi.
  Salomlashish – qadimiy odat. Dunyodagi barcha madaniy xalqlar o’zaro insoniy munosabat, muomala va muloqotni salomdan boshlashadi. Har bir xalqning salomlashish bilan bog’liq bo’lgan o’z urf-odatlari bor. Hindlar qo’l kaftlarini birlashtirgancha, peshonalariga tirab, afg’onlar yuzlarini yuzlariga suykagancha kift urishtirib salomlashishsa, inglizlar bosh kiyimini olib, yengil ta’zim qilishadi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: O'zbek udumlari
« Javob #16 : 22 Fevral 2008, 12:26:39 »
  Biz, o’zbeklar, barcha islom dunyosi xalqlari singari bir-birimizni ko’rganimizda “Assalomu alaykum” deya qo’l olishib ko’rishamiz. “Assalomu alaykum” iborasi arabcha “Sizga tinchlik tilayman” degan ma’noni bildiradi. “Vaalaykum assalom” esa “sizga tinchlik tilayman” javob salomi sanaladi.
  Salomlashish odati yosh va marosim bilan bog’liqdir. Masalan, keksa odamlar bir-birlari bilan ikki qo’llab ko’rishishadi. Uzoq vaqt bir-birlarini ko’rmagan qadrdonlar quchoqlashib, so’ng qo’l olishib, hol-ahvol so’rashadilar. Keksalar quchoqlashganda bir-birlari kiftlarini, kurak va yelkalarini silab-siypab, uqalaydilar ham. Bu ayni paytda uzoq yo’l yurib toliqqan yo’lovchi mehmonlarga o’ziga xos xodimilik, tibbiy, jismoniy tarbiya hamdir.
  Madaniyatlilikning birinchi belgisi bo’lgan salomlashish odatida keksa kishi bilan yosh yigit, o’smir, bola ko’rishganda yosh “assalomu alaykum”, deya o’ng qo’lini ko’ksiga yurak ustiga qo’yadi. Keksa kishi “vaalaykum salom” deya ayrim rag’batlantiruvchi olqishlar ham aytishi mumkin (Borakallo, mulla bo’ling, otangizga rahmat, katta yigit bo’ling kabi). Bunday paytda keksa kishi qo’l uzatsagina, yosh borib, ikki qo’llab u kishining qo’lini olishi lozim.
  “Salom” kalomi “savob” so’ziga uyqash. MA’no jihatidan ham bir-biridan uzoq emas. O’zidan kattalarga salom bermoq bizlar uchun ham qarz, ham farz. Salom berishni kanda qilmaydiganlarni odobli, axloqli, salomsizni odobsiz-tarbiyasiz sanab kelishgan qadimdan ota-bobolarimiz. Salom bergan savob oladi, deyishadi. Nima uchun? Chunki salom berish bilan Siz ko’p odamning kayfiyatini ko’tarasiz, hurmatini oshirasiz, chiroyini ochasiz. Alik olganning hayotga muhabbati, insonga ishonchi ortadi, ruhi tetiklashadi. Katta savob ishlar ham mana shu kichik kalomdan boshlanadi.
  Xotin-qizlar odatda salomlashishni yelka qoqishib, ba’zan o’pishib ko’rishish bilan amalga oshirishadi. Keksa ayollar yosh qizlarga: “Qoqindiq, umringdan baraka top”, kabi olqishlar aytib, salomiga alik olishadi. Erkak kishi ayol bilan salomlashganda, er kishi odob saqlagani ma’qul. Ayol qo’l uzatsagina u bilan qo’l olishib, silkitmay, ko’rishish lozim.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: O'zbek udumlari
« Javob #17 : 19 Mart 2008, 09:07:54 »
DASTRUXON. TAOM. FOTIHA

Inson paydo bo’lib, taom iste’mol qila boshlabdiki, dastruxon bor. Dastruxon aziz, muqaddas, rizq-ro’z manbai va ramzi sifatida ko’zga surtilgan. Dasturxon odobi, taom yemak qoida-qonunlari ham xalqimizda azaldan mavjud. Uyingizda bo’lsin, mehmonda bo’lsin, kuniga uch-to’rt bor dastruxon yoziladi. Unga non-choy, qand-qurs, ho’l va quruq meva qo’yiladi. Dasturxonlar ham joyi, odami, mavsumi, ma’rakasi, xonasiga qarab, katta-kichik, rang-barang, odmi-ohorli bo’lishi mumkin. Dasturxon – taomi bilan ulug’
  Dasturxon ustiga odatda, birinchi non qo’yiladi. O’zbeklar tandir nonni ko’proq iste’mol qilishadi, u dastruxonga juft qo;yiladi (Farg’ona vodiysida non toq qo’yiladi, 3,5,7,9 ta singari). Bir choynakda qo’sh piyola bilan choy damlanadi. Quruq mevayu asal, murabbolar – dastruxon ziynati. Nonushta, tushlik, kechki ovqatga qarab, dastruxon o’ziga xos bezatiladi, to’ldiriladi. Dastruxon odobi ham qadimiy bo’lib, kishidan muayyan an’analarni yaxshi bilishni talab qiladi. Dastruxon yozilganda nonni, taomni, barcha yeguliklarni iste’nol qilishni birinchi bo’lib keksa kishi, bobo, buvi, amma-xola boshlab beradi. Kichik oilada esa ota-ona. Bungacha albatta qo’llar yuvilgan, sochiqlarga artilgan, toza-ozoda bo’lishi shart. O’zbeklar O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlari ko’pchilik xalqlari singari suyuq ovqatlari qoshiqda, quyuqlarni esa qo’lda tanovul qilishadi. Shuning uchun ham musulmonchilikda juda ko’p qo’l yuviladi.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: O'zbek udumlari
« Javob #18 : 19 Mart 2008, 09:08:45 »
Taomga tanovulga kirishishdan oldin albatta, “Bismillohir rahmonir rahiym” deyilishi shart. Umuman o’zbekchilik-musulmonchilikda hech bir ish bismillosiz boshlanmaydi. Ovqatga qo’l urish ham ulug’ yoshlilarning sha’ni. Shundan so’ng o’rta yoshli, kichik yoshlilar ovqat iste’moliga kirishadilar.
  Oilada dasturxonga, taomga qarashni ota boshlab beradi. Undan so’ng bolalar ovqatga qo’l uradilar. O’zbeklar juma va dushanba oqshomlari, ya’ni payshanba va yakshanba kunlari kechqurun albatta osh, palov damlashadi. Bu kunni “chopon qoziqqa ilinadigan kun” ham deyishadi. Bu kuni oilaning ulug’laridan biri tahorat olib, xonadonning o’tgan ajdodlari, marhumlar xotirasiga duoyu fotiha o’qishadi. Bilganlari “Qur’on” suralaridan xatmi qur’on tushirishadi. Bilmaganlar “Fotiha” va “Ixlos” surasini uch bor takrorlab, fotiha o’qishadi. Ana shundan keyingina ovqat-palovga qo’l uriladi. Bu ikki oqshom o’tkir ichimliklar, sharob, may iste’mol qilinmaydi. Ovqat yeyish odobi ham rasamadi bilan, takaluf ko’rsatib, to’kmay-sochmay, yaxshi chaynab, hazm qilinadi. Xushbo’y choy ustidan nur ustiga a’lo nur bo’ladi.
  O’zbekning ovqat ustidagi sertakallufligi, “oling-oling”i, “dastruxonga qarang”i, “Olib o’tiring”i, “qani-qani”si el orasida mashhur. Shunday mutoyiba borki, osh ustida bir-biriga kaft yozib, “qani,qani” deb turgan o’zbek do’stiga hayron bo’lgan qozoq birodar: namuncha “qani”laysan, mana, ko’z o’ngingda, bug’i chiqib turibdiku, deb o’zbek do’stining qo’lini oshga tekkizib qo’ygan ekan. Bu hazil, albatta. “Osh egasi bilan shirin” aqidasiga amal qilgan millatdoshlarimiz dastruxon odobini yaxshi tushunganliklari uchun ham taom iltifotini qilib, ovqat mahtal bo’lmasin, deya mehmon-mezbon uni shirin qilib baham ko’rishgan.
  Taom iste’mol qilib bo’lingach, oilaboshi albatta fotihaga qo’l ochadi. Taom yemakning yakuni bo’lgan bu odatda yeyilgan taomni ekkan-tikkan, yetkazgan, yegan-ichgan kishilar olqanadi, yetkazganiga shukr qilinadi. Qizig’i shundaki, barcha marosimlarda arab-fors tillarida o’qiladigan duoyu fotihalar ovqatdan keyingi, dastruxon usti fotihasida sof turkcha-o’zbekcha o’qiladi.
  Fotiha namunasi:

Bismillohir rahmonir rahiym.
Shirin obod, manzil obod,
Payg’ambar xudoga salovot,
Ko’p bergin, ko’l bergin,
Keng fe’l, ketmas davlat bergin.
Do’stga zor, dushmanga xor
Nomardga muhtoj qilmagin.
O’t balosi, suv balosi, nohaq
Tuhmatdan o’zing asragin.
Ekkani, tikkani, yeganni-ichganni
Savobini dargohingda qabul qilgin.
Omin, ollohu akbar!
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: O'zbek udumlari
« Javob #19 : 19 Mart 2008, 09:09:38 »
Ovqatdan oldingi qo’l yuvilishini aytdik. Ovqatdan keyingi qo’l yuvdirish udumi o’zgacha. Oshni yeb, yog’ini qosh, mo’ylov, mahsisiga surgandan so’ng “qani, ilohi omin” deya dasturxon savobiga duoyu fotiha qilgan bobo, ota (keksa kishi) va kattalar uchun oilaning dastyor bolalari chopqillab, dastsho'y’va oftobada iliq suv keltiradi. Yelkada sochiq bilan kattaning qo’liga suv quyib, dastsho’yda yuvdiradi. Qo’l kamida uch bora suvda yuvilishi talab qilinadi. Yuvilgan qo’l silkinmaydi, artiladi. Ana undan keyin, dastruxon yig’ishtirilgach, dastruxon usti oilaviy suhbatlari, gangir-gungir gurung davom etadi.
  Shundan keyingina hamma o’z o’rindan, dastruxon atrofidan turadi. Hali ham bu udum to’la tugallangani yo’q. Endi dasturxonni qoqish an’anasi ham bor. Dasturxon qoqish savob sifatida eng yosh ishtirokchiga topshiriladi. Odatda, dasturxon bir chekkaga, hovlining toza, ozoda joyiga qoqiladi. Dastruxondan tushgan non uvog’i, guruch donalari, mayiz-yong’oq ushog’i harom-harish narsaga, joyga tushmasligi, ularni xonadondagi kuchuk, tovuq, mushuk terib yesin uchun shunday qilinadi. Dasturxonni qoqqanda, undagi so’nggi nasibalarni axlatga ag’darish, duch kelgan tomonga sochib yuborish noshukrlik, gunoh sanaladi.
  Qoqilgan dasturxon keltirilib, unga ushatilgan va ushatilmagan nonlar o’rab qo’yiladi. O’zbek xotin-qizlari orasida dasturxon ko’tarib, “ol tovog’im, ber tovog’im”  odati ham azaldan mavjud bo’lib, odatda to’y-ma’raka, charlar, chaqiriq, mehmondorchiliklarda marosimga yarasha dasturxon qilib boriladi. Bu marosimlarda maxsus dasturxonchi xotinlar, kayvoni erkaklar bo’ladigan to’y-ma’raka dasturxoni qoidalarini ana o’shalar boshqarib turadilar.
  Yuqorida aytganimizdek, inson rizqu nasibasi timsoli bo’lgan dasturxon muqaddas sanalganidan uni bosish, yerga tushirish, harom-harishga qo’shish katta gunoh sanaladi. Dasturxon haqida xalq orasida maqol matal, iboralar ko’p. Yaramas, xasis kishilarga nisbatan “tuz ichib, tuzlig’iga tupurgan” deyishadi. Yaxshi, saxiy odamlarga nisbatan “qo’li, dasturxoni ochiq” deb ta’rif beriladi. Dasturxonni ulug’lab “bir kun tuz ichgan joyingga qirq kun salom ber” degan fikr ham qadimdan qolgan.
 

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: O'zbek udumlari
« Javob #20 : 28 Mart 2008, 11:19:40 »
Xalqning bag’ridek issiq.

 â€œO’t, olov”, “alanga”, “gulxan”, “cho’g’” kabi atamalar bilan bag’ringizga issiq yugurtiradigan unsur ayni paytda dahshat, balo, ofat, kulfat ramzi sifatida ham talqin qilingan. Xususan, xalqda, o’t balosi, suv balosi, nohaq tuhmatingdan o’zing asrasin, degan ko’kka, tangri-taologa munojot, fotiha yakuni hamon o’zbek udumlarining ming yillik hamrohi sifatida yashab kelmoqda.
  O’t-olov bilan bog’liq odatlar nihoyatda ko’p. Men ulardan eng asosiy, ayni paytda unutilib ketgan turini eslatib o’tishni istardim: ajdodlar qabila-qabila bo’lib yashash davrlarida bir qabila boshqarilishi, turmush kechirilishining og’irlashishi, jon sonining ko’payib ketishi sabablariga ko’ra ikkiga, uch-to’rttaga bo’linishga majbur bo’lgan. Bu bo’linish ajralish, yakkalanish emas, aksincha, avlodning ko’payishi, qabila urug’ining soni va salmog’i oshishi sifatida eng ulug’ ijtimoiy boylik hisoblangan.
  Mana shunday paytda ajdodlar ajralib, mustaqillashib chiqayotgan yangi avlodga bugungidek mebel-u televizor, muzlatgichu palos gilamlar emas, ilonning tilidekkina olov hadya etishgan, xolos. Bu sovg’a yangi hayot, yangi qabila va katta oila ramzi bo’lib qolgan. O’z o’t-oloviga ega bo’lgan yangi avlod endi mustaqil qabila sifatida o’z kunini o’zi ko’rgan. Ota-ona qabilasi bosh hadyasi – o’t bir umr o’chmagan.
  Ana shu kunlardan buyon bizning xalqimizda yangi oila dunyoga kelganda, “qozon-o’chog’ini ajratib berdik” degan yoqimli jumla yuradi. O’ylashimcha, turkiy tildagi olovga nisbatan berilgan o’t atamasining bosh ma’nolaridan biri harakat nomi “o’t”, “o’tish” mazmunini tashib, o’tning cho’g’dek taftini insoniyat beshigi – oilaga ko’chirib, bozga mangu meros qoldirgan. Bu o’rinda o’t, olov, o’tin tushunchalari shundan kelib chiqib, mustaqillikka o’tish ifodasini tashigan.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: O'zbek udumlari
« Javob #21 : 28 Mart 2008, 11:20:24 »
  O’rta Osiyoning ko’p xalqlarida bo’lgani singari biz o’zbeklarda ham o’t-olov bilan bog’liq urf-odat, udum, maishiy turmush an’analari juda ko’p. Insoniyat olovni kashf qilib, yangi taraqqiyot pog’onasiga qadam qo’ydi. U shu tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqdi. Islomdan oldingi davrlarda vujudga kelgan Zaratushtra, Avesto davrida olov ulug’ kuch, ilohiy manba sifatida ilohiylashtirilganligi bejiz emas.
  O’t-olov bilan bog’liq qadimiy odatlardan biri tancha-sandal qurish va undan foydalanish odatidir. Tiramohqora kuzda yozloqlardan qishloqlarga ko’chgan ajdodlarimiz hovlida qator o’rin olgan: qora uy, ayvon, yemakxona, sandalxona, mehmonxona kabi bo’lmalarda qish kunlarida o’t-olovdan bahramand bo’lganlar. Bola-baqra tayyorlashgan. Tanchaning joyi to’rtburchak holda o’yilgan. O’yilgan joyning o’rtasidan cho’g’ solish uchun aylana shaklda yana kavlashgan, so’ngra tuproq ko’chaverib bezor qilmasligi uchun somonli loy bilan suvalgan.Tancha o’rnining naq tepasida shiftda xuddi shu shakl va kenglikka mos tuynuk ochilgan. Yoqilgan olov tutuni shu tuynukdan tashqariga chiqib ketgan. Qora uyda tutab ancha-muncha ovora qilgan. Shuning uchun ham bu ish maxsus qora uyda bajarilgan, shunday bo’lsa-da, bu borada evi yo’q kishi yo bolalarga atab “isinmadim olovingga, ko’r bo’ldim tutuningga” degan maqol ishlatilgan.
  Tashqarida qor-yomg’ir yog’ib turganda, qattiq shamol esayotganda, toza lov – cho’g’ tayyorlab beradigan maxsus xonaga “qora uy” deyilgan. O’t yoqilaverganidan uy devorlari qopqora bo’lgan. Qora uy xonadon va qo’ni-qo’shni bola-chaqalarining sevimli joyi hisoblangan. Ayni paytda, qora uyda qumg’on qaynatib, mayiz-yong’oq, olma-o’rik qoqi tanovul qilib, bolalar o’z ijodlari bilan ham band bo’lganlar. Qo’shiqlar, she’rlar ertaklar aytilgan. Bolalar folklorining bir qismi mana shunday qora uylardagi gulxan atrofida yaratilgan.
  Sandal uyda odatda keksalar, bemorlar, yosh bolali onalar o’rin olishgan. Qora uyda tayyorlangan bozillab turgan cho’g’lar xokandozda sandal uyga keltirilib, tanchaga solingan. Tancha yuqorida aytganimiz to’rt burchak shaklda o’yilgan yer bo’lsa, sandal tancha ustiga qo’yilgan chorsi, to’rt tomoni teng, hatto bo’yi va eni ham deyarli teng bo’lgan kursidan iborat bo’lib, uning oyoqlaridan to’rt enlik yuqorida maxsus “tuyoqlar”ni birlashtiruvchi yog’och poyalar o’rnatilgan. Bu poyalar ham sandalni mustahkam, but saqlashga qaratilgan, ham asosiy vazifasi tanchaga uzatilgan oyoqni qo’yadiganm maxsus joy sanalgan. Sandal usti sandal ko’rpa bilan yopilgan. Ko’rpali sandal (sandali ham deyiladi) go’dak bola uchun ayniqsa, qo’l kelgan. Beshikdan bo’shatib, ishton-ko’ylakchalari kiydirilgan go’dak xoh qiz, xoh o’g’il bo’lsin, sandalga keltirilib, tik tutib turilgan. Sandal bolaga “oyoqqa kirgizish” vazifasini ham o’tagan. Bola qiqirlab kulib talpinarkan, beixtiyor sandalning u tomonidan bu tomoniga atak-chechak qilib yurgan. Shu tariqa yiqilsa-surinsa beshikast, beozor, yumshoq sandal yonida bola ilk bor oyoqqa kirgan.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: O'zbek udumlari
« Javob #22 : 28 Mart 2008, 11:21:10 »
Odatda sandal uyning kiraverishdagi o’ng burchagida o’rnatilgan. Bunda ham olov olib kirish masofasi yaqinligi, ham yong’in xavfsizligi, ham devorlarga yostiqlar vositasida suyanib o’tirish maqsadlari ko’zda tutilgan. Sandal ustidagi ko’rpa to’rt tomon-yerga to’shalgan ko’rpachalar ustiga tushib turgan. Har kim sandal atrofida o’z o’rnini bilib o’tirgan. Keksalar to’rda, o’rta yoshlilar ikki yonda, bolalar quyi, ostona yaqinidan joy olishgan. Eshik oldida xizmatga shay turishgan. Sandal ustida dasturxon yozilgan. Sandal hangomalari bilan bog’liq turfa xil mutoyiba, hikoyatu rivoyatlar borki, ularning o’zi bir kitob bo’lgulik.
  Sandal uyda ko’pincha cho’qqa tashlab, isiriq tutatilgan. Bu turli yuqumli kasal-bemorliklardan asrashning yaxshi vositasi bo’lgan. “Isiriqdan jin qochar, mushtdan jinni” degan maqol ham bor.
  Sandal nafaqat isinish, sovuqdan saqlanish, balki tarbiya o’chog’i ham hisoblangan. Keksalar qadimiy hikoyatu rivoyatlar aytganlar, yaxshi insoniy munosabatlar ibrat qilib ko’rsatilgan.
  Ocharchilik va urush yillarining og’ir kunlarida xalqimizning joniga oro kirib, yorug’ kunlardan umidvor etgan ham sandladir. Uning ustiga mayiz, turshak to’kishib, jun titishmi, paxta chigitlashmi, ko’rak chuvishmi ishqilib, qandaydir yumushla mashg’ul bo’lishgan.
  Tarixiy taraqqiyotimiz davomida hayotimizda nimaiki muhim rol o’ynagan bo’lsa, uni eslab, qayd qila borish burchimizdir. Tog’li tumanlarda tancha hozirgi vaqtda ham qahraton qish  faslida odamlarimiz joniga oro kirmoqda. Kishining irodasi, qiyofasi bevosita u o’sgan sharoit bilan belgilanishi sir emas. Xalqimiz yuragining taftli, bag’rining kengligi bir tomondan saxiy quyoshimizdan bo’lsa, ikkinchi tomondan o’z atrofiga ko’p odamlarni jamlay oladigan tayanchlarimizdan bo’lsa
ajаbmas!

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Chustiy

  • Super Member
  • ******
  • Rahmat
  • -aytdi: 1743
  • -oldi: 4001
  • Xabarlar: 2433
  • Jins: Erkak
  • "Namoz mo'minning me'rojidir"
    • www.hilol.com
Re: O'zbek udumlari
« Javob #23 : 01 Aprel 2008, 02:25:35 »
Robiya ming bor uzr lekin bu mavzuni davom ettirmaganiz maqul deb o'yliman. Hozirgi kunimizdagi ko'plab masiyatlar sababchisi ham aynan o'sha udumdir. Misol u/n kishi vafot etsa udum deb qarz havola qilib blsa ham, uzi ijarada istiqomat qilsa ham turli tadbirlarni tkazib uzini ham zgalarni ham tashvishga qyadi.
 Olovga bogliq udum esa zardo'shiyladan qolgan udum hisoblar, zardo'shiylar esa olovga siginganliklari hech kimga sir emas, shuningdek rta Osiyo halqlari zardo'shiy bulganlgi kupchilikka ma'lum.

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: O'zbek udumlari
« Javob #24 : 02 Aprel 2008, 08:57:11 »
Chustiy haqiqatda gaplariz to'g'ri. O't bilan bog'liq udumlar haqiqatda otashparastlikni eslatarkan. Endi bunday udumlar haqida ehtiyot bo'laman. Mulohazangiz uchun tashakkur!
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: O'zbek udumlari
« Javob #25 : 08 Aprel 2008, 19:31:09 »
                                                         Mehmondorchilik.

Mehmondorchilik, ya’;ni mehmon kutish va kuzatish odati dunyodagi aksariyat xalqlarga xos xususiyatdir. O’zbek xalqi bu jo’mard odatni juda qadim zamonlardan ixtiyor qilgan. Shuning uchun madaniyatimizning ko’hna manbalarida mehmondorchilik insonning, oilaning, qabila va xalqning odamiylik, saxovat, madaniy va ma’naviy aloqasi – muloqoti mezoni sifatida juda katta qadr bilan tilga olingan. O’zbeklar, “mehmonxonang tor bo’lsa ham mehru diling keng bo’lsin”, deyishadi.
   Sharq xalqlari orasida mashxur bo’lgan Hotami Toy hikoyati Navoiy bobongiz asarlari orqali sizga ham tanish albatta. Ularda mehmonga eng so’ngi luqmasigcha saxiylik bilan tutqazgan oila va qabila sha’nini saqlab qolgan ajoyib inson haqida hikoya qilinadi. Xalqimiz eski zamonlardayoq “mehmon- otangdan ulug’”degan naqlga ko’ra eshikdan kelgan odamni xurmat-ehtirom bilan kutib olib, izzatini joyiga qo’yib, kuzatib qo’yishgan.
  Qadimiy odatlarimizdan bo’lgan mehmondorchilikning ko’pgina o’ziga xos xususiyatlari bor. Avvalo, qadimdan Sharqda maxsus musofirxonalar, karvonsaroylar mavjud bo’lgan. Bu joylarda o’zga mamlakat va shaharlardan kelgan sayyohlar, savdo va tijorat ahllari, elchiyu choparlar vaqtinchalik pana topishgan.
  O’ziga to’q, to’kin turmush kechirishgan ota-bobolarimiz o’z hovlilaridan tashqarida, bir-biridan ancha olislikdagi qishloqlarni tutashtirib turuvchi yo’l bo’ylarida rabotlar qurishgan. Bu rabotlardagi hovuz bo’ylariga tollar ekishgan. Otda, eshakda yoinki yayov yo’lga chiqqanlar ana shu rabotlarda nafaslarini rostlab, hordiq chiqarishib, yana o’z yo’llarida davom etganlar.
  Eng muhimi, bulardan tashqari, o’zbek xalqining o’ziga yetar xonadonlarida, deyarli har bir hovlida maxsus mehmonxonalar bo’lgan. Ko’proq bunday mehmonxonalar ichkari-tashqari hovlining tashqarisida, ko’chadan kiraverishda joylashgan ko’ndalang uydan iborat bo’lgan. Bunday uylar kamida 9, bo’lmasa 11 bolorli, keng va katta xonalardan iborat bo’lgan. Mehmonxona maxsus jihozlangan bo’lib, unda mehmonlar uchun barcha sharoitlar taxt qilib qo’yilgan.
  Mehmon kelganda, u oila, bola-chaqasi bilan, otda-eshakda bo’lishi mumkin, oilaning barcha a’zolari “mehmon otangdan ulug’” deb xush tavoze’, ko’ngli ochiqlik bilan kutib olishgan. Oqshom esa qishloqning (mahalla-guzar) o’ziga yetar kishilari mehmon sharafiga bu xonadonga taklif etilgan. Mehmondorchilik anjumanida yaqin-atrofning ulamoyu fuzalolari, baxshiyu shoirlari albatta taklif qilingan. Bu oqshom mehmon kutish bahonasida dunyo voqealaridan, siyosatdan, savdo-sotiqdan, adabiyot-san’atdan hammani qiziqtirgan odob doirasidagi bahsu gurunglar olib borilgan.
  Baxshi shoirlardan she’ru dostonlar tinglangan. Jangnoma kitoblar, roviylar ibratli hikoyatlar o'’iganlar. Hunarmandchilik, dehqonchilik, bog’bonlik sirlari, yangi mavsumga tayyorgarlik maslahatlari haqida gap borgan.
  Biz o’zbeklarda, umuman, musulmonchilikda mehmon hatto g’arazli maqsadda, yurtga, qabila yo oilaga yomon niyat, dushmanlik maqsadi bilan kelgan bo’lsa ham, mezbon buni sezsa-da, yaxshi bilsa-da, mehmondorchilik odatiga shak keltirilmagan. Albatta, mehmon sharafiga to’kin dasturxon  bezatilgan. Chunki bu nafaqat o’sha oila, balki qabila, qishloq, millatning sha’ni sanalgan. “Mehmon oz o’tirar, ko’p ko’rar”, deb uy-xonadonni tartirblashitirb, toza farishtali qilib qo’yilgan.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: O'zbek udumlari
« Javob #26 : 12 May 2008, 14:18:53 »
… Odamga libos.

  Madaniyatlilikning asosiy belgilaridan biri bu kiyinish odatidir. Kimning qanday kiyinganligiga qarab uning did-farosati, moddiy va ma’naviy darajasini hatto kasbini aniqlab olish mumkin.
  Insoniyat ongida boshqalardan istihola qilish, uyalish, andisha tushunchalari paydo bo’lgandan boshlab ular kiyinishni odat qilishgan.
  Kiyinishni ilk bor zaif jins – ayollar boshlaganlar. Shuning uchun ham xotin-qizlar tabiatida kiyinish, bezanish, taqinish tushunchalari turmushning asosiy ko’rinishlari qatorida turadi. Shu sabab xalqimizda, onagni otangga bepardoz ko’rsatma, degan gap bor. Kiyinish madaniyati jins, yosh fasl, millat, urf-odatlar, kasb-kor, zamon va taraqqiyotning muayyan bosqichi, darajasi bilan bog’liqdir. Bolalar, qizlar, yoshlar, o’rta yoshlilalar, keksa odamlarning kiyinish madaniyati mazmuni va shakli shamoyili jihatidan bir-biridan ajralib turadi.
  Kiyim odamni issiq-sovuqdan saqlaydi. Kishi tanasi, ruhiga ijobiy ta’sir qiladi. Salomatlikni barqarorlashtirib turadi. Bizning o’zbek xalqimiz kiyinish madaniyati nuqtai nazaridan ham dunyoodagi xalqlarning oldingi saflarida turadi. Bir necha ming yillar ilgari ota-bobolarimiz egniga yaktak-lozim, oyoqqa kovush-mahsi, etik, boshga shabpo’sh, do’ppi, telpak, ustga chopon, to’n kiyib, belga belbog’, qars boylashgan.
  Momo-oyilarimiz ham qimmatbaho, nafis uzun ko’ylak-lozim, kovush-mahsi, kamzul, to’n kiyishgan. Jun , ipak, tovar, chit-satin ro’mollar o’rashgan. Sochpopuk, kulota, po’pak, tillaqosh, zebigardon, turli-tuman uzuk-xalqa, tanga-tillolardan iborat taqinchoqlar ham kiyimlar datsasiga yanada ko’rk va jilo bergan.
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: O'zbek udumlari
« Javob #27 : 12 May 2008, 14:23:37 »
  Kiyinish har bir xalqning qadim zamonlardan buyon yashab kelayotgan mintaqasi, shart-sharoiti, turmush tarzi, udum, urf-odatlari, tabiati bilan ham chambarchas bog’liq bo’lgan. Masalan, serquyosh o’lkalarda yashovchi xalqlarda qadim zamonlardan beri oq matodan kiyim kiyinishni odat qilishgan. Chunki oq mato quyosh nurlarini bir qadar qaytarib, kishilarni issiq ta’siridan saqlagan.
  Aksincha, iqlimi sovuq o’lka va yurtlar xalqlari esa odatda qora matodan kiyim kiyishga odatlanishgan. Chunki bu kiyim sal bo’lsa-da chiroy ko’rsagan quyosh nurlarini o’ziga singdirib, kiyim egasining tanini yayratgan.
Dunyodagi barcha xalqlar bir-biriga hududiy, madaniy-maishiy, iqtisodiy jihatdan qanchalik yaqinlashganlariga qarab, ularning kiyinish madaniyatidagi jihatlar ham bir-biriga ko’chgan. Bu bir mamlakatning ikkinchi davlat tomonidan bosib olinishi, katta xalqqa kichik xalqlarning ixtiyoriy ravishda qo’shilishi kabi omillar bilan bog’lanib ketadi. O’rta Osiyodagi ko’pgina xalqlar singari o’zbek xalqining kiyinish madaniyatida ham asosiy, o’zbek odat va rasmlaridan tashqari, Eron, grek-makedon, arab, mo’g’ul xalqlari kiyinish alomatlari uchraydi. Chunki tarixdan Siz bu xalqlar lashkarlari O’rta Osiyo yerlariga bostirib kirib, bir necha muddat bu yerlarda yashab qolishganini yaxshi bilasiz.
  Aksincha, Yaqin Sharq, Sibir, Kavkazorti, Hindiston, Afg’oniston va Yevropaning bir qism xalqlarida O’rta Osiyo, xususan, bizning qadimiy xalqimiz kiyinish madaniyati belgilarini uchratishingiz mumkin. Bu Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur va Bobur Mirzo, Shayboniyxon kabi ajdodlarimizning bu mamlakatlarga lashkar tortib yurishlaridan qolgan meroslardir.
  Hozirgi davrda umuman katta kishilar ham rangi-tusi, katta-kichikligi demasa, odatda, bir xil kiyim-bosh: ko’ylak, kostyum-shim, tufli-botinka, plashch-palto, shlyapa yoki shapka kiyishadi. Bu kiyimlar dastasi umuman Yevropa madaniyatiga doir, xususan qadimiy ingliz xalqi milliy kiyim-bosh hosilasidir. Taraqqiyotning so’nggi asriga kelib, dunyoda eng faol ishlatiladigan til bu – ingliz tili bo’lganidek, kiyinish borasidagi eng qulay va ko’pchilikbop kiyinish udumi ham ingliz kiyimi: kostyum-shim, plashch-palto va hokazo kiyimlar bo’lib qoladi.
  Umuman, bugungi kunda roman-german xalqlari kiyinish madaniyati deyarli butun jahon xalqlari tanasi va ruhiga egalik qilmoqda. Biroq har bir xalq, jumladan, ko’p millatli xalqlarimiz tarkibiga kiruvchi har bir millat o’z kiyinish an;analari, madaniyati, insonning tashqi ko’rinishi bilan bog’liq urf-odatlarini u yoki bu darajada saqlab qoldi va bundan buyon ham asrab-avaylab saqlashi tabiiy.
  Obrazli qilib aytganda, umumiy gulzorda gul ko’p, chaman ko’p, lemin har bir gulning o’z rangi, hidi, hayot tarzi va ifori bor. Millatlar va kiyimlar ham xuddi shunday. Ular rang-barangligi bilan kamalakdek tovlanib, ko’ngillarni quvontirishi lozim.
  Siz kavkazlikni papax va kamzulisiz, ukraini guldor ko’ylagisiz, tojikni gilam do’ppi va belbog’da osilgan pichoqsiz tasavvur qilolmaganingizdek, o’zbekning ola do’ppi va choponisiz ko’z o’ngingizga keltira olmaysiz. Bular xalqlarimizning tashqi ko’rinishi – kiyinish borasidagi o’ziga xos milliy xususiyatlaridir.
  Kiyim kishining nafaqat tashqi qiyofasini, balki ichki ma’naviy dunyosi, qaysi millatning farzandi, qaysi zamonning qanday saviyali odami ekanligini ham ko’rsatib turadi.

«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: O'zbek udumlari
« Javob #28 : 02 Iyun 2008, 20:55:32 »
                                          "YOR-YOR” aytilganda...

Xalqona topqirlik, quvnoqlik va bo‘y qizlarga xos bo‘lgan uyatchanlik ila aytiladigan “Yor-yor” go‘zal udumlarimizdan biri hisoblanadi. Taomilga ko‘ra, to‘y kuni kelin dugonalar tomonidan jo‘rovoz bo‘lib kuylanadigan bu qadimiy marosim qachon paydo bo‘lgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ammo shunisi aniqki, bu an’ana xalqimiz o‘tmishi singari qadimiy va qadrlidir. 
Ma’lumki, xalqona qo‘shiqlar badihago‘ylik tarzida — turmush, sharoit va mahalliy an’analardan kelib chiqqan holda kuylanadi. Qizlarning shirin orzu-istaklari va armonlari tarannum etiladigan yor-yorlar, o‘ziga xos va rang-barang uslubda o‘zbekona fe’l-atvorni ham namoyon etadi.
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yor-yor aytish an’anasining o‘ziga xos shakli mavjud. Marosim boshida dugonalar kelinni bezatilgan uyga olib kirishadi va davra qurib, o‘lanni boshlaydilar:
Shoyi ko‘rpa yig‘ilgan — to‘y seniki, yor-yor,
Qo‘lida tillo qamchi, yor seniki, yor-yor.
Ey yoronlar, yoronlar, vaqt g‘animat, yor-yor,
Qizni olib keldik biz, jon g‘animat, yor-yor.
Bu o‘rinda nihoyatda topqirlik bilan ishlatilgan tashbeh — “tillo qamchi qo‘lida” iborasi satrlar qatidagi mazmunni chuqurroq anglashimizga yordam beradi. Darhaqiqat, oila mas’uliyatini tillo qamchiga mengzash bu satrlarda juda o‘rinli bo‘lgan. Mas’uliyatning asosiy qismi esa erning zimmasida bo‘lishi tabiiydir.
Dugonalar tomonidan boshlangan o‘lanni kelinning opasi davom ettiradi. Marosimni kelinning onasi yakunlab beradi. Mantiqan olib qaralganda ham shunday bo‘lishi kerakday, ya’ni avvalo kelinchakka, so‘ngra davrada o‘tirgan bugun-erta oila qurish arafasida turgan qizlarga qarata pand-nasihat, o‘git bo‘lgulik gaplar ko‘pni ko‘rgan, hayot mashaqqatlarida toblangan kishi tomonidan aytilsa, ta’sirli bo‘ladi. Onalar esa bunday vaziyatda nima demoqlikni juda yaxshi biladilar:
Hovlimizning to‘rida bir tup anjir, yor-yor,
Bir tup anjir tagida tillo zanjir, yor-yor,
Tillo zanjir olmanglar, uzilmasin, yor-yor,
Ro‘zg‘origa baxt tilang, buzilmasin, yor-yor.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bu go‘zal marosimning Xatirchi varianti folklorshunoslar uchun ko‘p jihatdan yangilik. Negaki, bu marosimning dugonalar tomonidan boshlanib, onalar yakunlab berishi an’anasi boshqa joylarda takrorlanishi ehtimol. Eng asosiysi, marosim shu tarzda o‘tkazilganda, “Yor-yor” ning ma’naviy-estetik ta’siri yuqori bo‘ladi.   
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

Robiya

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 770
  • -oldi: 2058
  • Xabarlar: 7635
  • Jins: Ayol
  • Tilim ila dilimni bir qil, Ilohim
    • Haqiqiy o'zbekona forum
Re: O'zbek udumlari
« Javob #29 : 21 Iyun 2008, 00:38:03 »
O'zbek dasturxoniga marhamat 10:07:55 


Deylik, ko‘z o‘ngimizda bezatilgan dasturxon. Aqlu zakovat mahsuli — non, shirinlik, meva-chevayu ichimliklar, quyuq-suyuq taomlarning kishi tanasini quvvatlantirish, sog‘lomlantirish, turli xiltlardan poklash va tozalash xususiyati borligi ayni haqiqatdir.

Noz-ne’matlarning nimadan, qanday qilib tayyorlanishi haqida fikrlash lozim bo‘lsa, bu manzaraning davomini pazandalik san’atiga ulash o‘rinlidir. San’atning bu turiga ehtiyoj kishilar turmush tarzidan kelib chiqib shakllangan. Har qaysi millatning, har qaysi elatning yegulik, ichkiligini o‘zida mujassam etgan pazandalik san’ati bor. Buning vujudga kelishini esa ko‘p hollarda o‘tmish bilan, ajdodlar turmush tarzi bilan ham bog‘laydilar. O‘zbek xalqi oshxonasi o‘zining boy va qadimiy an’analariga egaligi bois, o‘zga millat vakillarini qiziqtirayotgani ham bugungi kun voqeligi bo‘lib qoldi.
... 2001 yilning bahor kunlaridan birida Toshkentga xizmat safari bilan kelgan xorijlik mehmonlarning nasibasi o‘zbek xonadonlaridan biridagi to‘yga qo‘shilgan edi. Nahorga ikki-uch kishilik qilib suzilgan lagandagi oshni ko‘rib, yevropaliklar ajablanishdi. Taomga turli ziravorlardan tashqari, qazi-qarta, bir parcha dumba yog‘, go‘sht solingan. Likopchalarda achchiq-chuchuk ham uzatildi. Och qoringa kaloriyasi bu qadar boy taomni tanovvul qilish mehmonlarga erish tuyuldi. Boz ustiga, ovqatning hammaga tekin tarqatilayotgani ularni yanada hayratga soldi. Mehmonlarni to‘yxonaga boshlab kelgan mezbon saxiylik va tavozedan taajjublanayotgan xorijliklarga bu o‘zbek xalqining qadimiy taomili ekanligini, yog‘lik osh tarkibidagi kaloriyasi yuqori elementlarni parchalashga yordam beruvchi ziravorlar borligini, achchiq-chuchuk bilan iste’mol qilinganda esa taom yanada yaxshi hazm bo‘lishini ayt­gach, bu ularga ma’qul tushdi. Oshning ketidan esa uni hazm qilishga yordam beruvchi choynak-choynak ko‘k choy uzatildi.

40 yillik urinish

Milliy pazandalik san’atining qadimiy an’analarini, sir-asrorlarini har qaysi hudud misolida o‘rgangan, retseptlarni to‘plagan va uni kitob holiga keltirgan mar­hum tadqiqotchi Karim Mahmudovning xizmatlarini shu o‘rinda e’tirof etib o‘tmoqchimiz. O‘zbekiston hududida yashagan va hozirda istiqomat qilib kelayotgan aholi pazandalikda o‘ziga xos maktab yaratganini ko‘ra bilgan Karim Mahmudov bugungi avlodga ma’lum bo‘lmagan taom turlarini ham o‘rgandi va retsepti bilan «O‘zbek milliy taomlari», «Mehmonnoma», «Mehmon kutish san’ati» kitoblariga joyladi. Muxlislar javonidan o‘rin olgan bu kitoblarda muallif 40 yildan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekistonning uzoq-yaqin tuman va qishloqlariga shaxsiy ekspeditsiya uyushtirganini, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan qadimiy taom turlarini keksalardan so‘rab-surishtirganini bayon etar ekan, ularni retsepti bilan havola etadi.

Har bir uy bekasi pazanda bo'lsin

Mazali taomning ta’mi og‘izda qoladi. U xoh suyuq, xoh quyuq bo‘lsin, ichidagi masalliqlar — yog‘, go‘sht, sabzavot, dukkakli o‘simliklardan loviya, no‘xat, mosh, perlovka yoki guruch pishirilgan holatda iste’mol qilinganda, kishi tanasining turli mikroelement­lar — yog‘, oqsil, uglerod va vitaminlarga bo‘lgan ehtiyojini qoplaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashiga qaraganda...
 
«...Shoyadki, yoqtirmagan narsangiz siz uchun yaxshi bo'lsa. Va shoyadki, yoqtirgan narsangiz siz uchun yomon bo'lsa. Alloh biladir, siz bilmassiz» («Baqara», 216)

 

Online o'zbek kino va kliplari

Muallif AbdulAzizBo'lim Kino olami

Javoblar: 18
Ko'rilgan: 21605
So'nggi javob 20 Dekabr 2008, 02:04:39
muallifi ORIF
O'zbek adabiyotining eng sara asarlari

Muallif AbdulAzizBo'lim Madaniyat

Javoblar: 19
Ko'rilgan: 24414
So'nggi javob 06 Avgust 2008, 11:06:15
muallifi The_Alchemist
O'zbek qiziqchiligi

Muallif _Otabek_Bo'lim Madaniyat

Javoblar: 49
Ko'rilgan: 30188
So'nggi javob 09 Iyul 2011, 05:51:29
muallifi Lu`lu`
Sobir Mirvaliyev. O'zbek adiblari

Muallif AbdusalomBo'lim Adabiyotshunoslik

Javoblar: 124
Ko'rilgan: 95189
So'nggi javob 24 Avgust 2008, 03:46:37
muallifi AbdulAziz
O'zbek sheriyati va xazinalari

Muallif KumushbibiBo'lim She'riyat

Javoblar: 53
Ko'rilgan: 32147
So'nggi javob 21 Iyun 2010, 07:45:35
muallifi shirin_a