Assalomu alaykum!
Mana,yangi mavzumizni Bismilloh deb boshlab oldik.Bir qancha fikrlar ham bildirildi.Ibtido qanchalik go'zal bo'lsa,uning davomi ham shunday davom etar ekan.Demak,navbatdagi udumimiz haqida gaplashsak...
Ismu sharif
Dunyodagi barcha jonli-jonsiz narsalarning,hatto oniy voqea-hodisalarning ham o’z nomi,ismi,atamasi bor.Ismlarda har bir narsaning ,voqea-hodisalarning ahamiyatli tomonlari aks etadi.Xalq orasida odam bolasi o’z xulq-atvori,fe’li va shu jumladan,ismi bilan tug’iladi,degan gap bor.Ota-onalarning ximati o’z farzandlariga munosib nomni topib qo’yishdan iboratdir.
Qadimgi ota-bobolarimiz boshqa odatlar qatori ism qo’yish odatini ham tark etmaganlar.Ism tug’ilgan bolaning qaysi urug’dan,qanday sulolaning nechanchi avlodi ekanligi,uning tavallud topgan vaqti,joyi,salomatligining ahvoli,bola tanasidagi alohida belgilar va boshqa omillarga qarab,kitob ko’rib qo’yilgan.Albatta o’g’il bolalarga atalgan ismlar qizaloqlarnikidan farq qilgan.Ism qo’yish odatda qishloq,mahalla-guzarning keksa,o’qimishli,donishmand kishilari imtiyozida bo’lgan.Ba’zan muayyan oilaning eng keksa yoshli oqsoqoli,buvisi zimmasida qolgan.Ayrim hollarda chaqaloqlarning quloqlariga azon aytib,ular qulog’ini ochadigan so’fi,mullalar ixtiyorida bo’lgan.Bolaga ism qo’yish g’opyatda jiddiy,ma’suliyatli udum sanalib,bu ism bo’lajak fuqaroning kelajak taqdiri-a’moli,hayot yo’liga ta’sir qiladi,deb tushunilgan.
Ayonki hozirgi vaqtda ko’pchilik o’tmishda o’tgan buyuklarning,shohlarning ismlarini qo’ishni yoqtirishadi.Biroq,aqidalarga ko’ra bunday ismlarni bolaning ko’tara olishi yoki olmasligiga ham qarab qo’yish kerak.Xalqda bular yuki og’ir ismlar deyiladi.
Baribir,ism qo’yishda muvofiqlik,mutanosiblik bo’lgani tuzuk.Aytaylik,Temur yoxud Ulug’bek,Jahongir,Muhammad deb ism qo’yilsa-yu, bola ulg’ayganda bu ismlarga munosib bo’lmay,harom-harish,yomon ishlarni qilib yursa, albatta,bunday nomlarning obro’yini tokadi.
Avvalo ismlar mavridi bilan Xudoyi payg’ambarlarning nomlari asosida Rasul,Akbar,G’ani,Muhammad singari atalgan.Bu bilan farzand olloh Taoloning marhamatidan dunyoga keldi,umri uzun bo’lsin,Xudo yorlaqasin degan niyat qilingan.Xudoyberdi,Olloberdi,Tangriberdi singari ismlar aksariyat paytlarda qizlar orasida tug’ilgan yagona o’g’il bolaga, tilab olingan farzandlarga qo’yilgan.Bola tug’ilgan fasli,vaqt va marosim davriga qarab: Bahor,Navro’z,To’ychi,Bayram singari nomlar bilan atalgan.
Ism qo’yish odatida o’g’il-qizga ota-onaning,aka-opalarining ismi ham muayyan o’rin tutadi.Keyingi nomlar shu ismlarga uyqash tarzda qo’yiladi.Masalan, Naim,Karim,Salim,Mahmud,Mas’ud,Maqsud singari
Bola tug’ruqxonada tavallud toparkan,otadan yetti kun orasida farzandi uchun guvohnoma keltirish talab qilinadi.Guvohnoma yozilayotganda "œIsmingizni ma’nosi nima?" kitobida jo bo’lgan turkiy xalqlar va o’zbek millatiga mansub ismlar ro’yxatidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Ko’pgina shahar va qishloqlarimizda esa bu yangi rasmga ko’p ham rioya qilinavermaydi.Hozir shaharda bo’lsin,qishloqda bo’lsin, o’z davriga qarab,ba’zi bir ismlar nihoyatda ko’payib ba’zilari esa mutlaqo tanqislashib,yo’qolib ketayotir.
Hozirgi kunda bolaga ism qo’yish muayyan an’analar,tarixning murakkab sinovlaridan o’tgan udum-odatlarga rioya qilmay,shunchaki urf ketidan quvish tufayli yosh ota-onalar biror kitob qahramoni,kino yulduzi,atoqli shaxs,tarixiy zotlar ismlarini o’z farzandlariga o’rni bo’lsa-bo’lmasa qo’yib oqibatda ularni noqulay ahvolga solib qo’ymoqdalar.Eskiyu yangi bo’lishidan qat’iy nazar,o’ziga munosib nom qo’yilmagan bola kelajakda ota-onasi,bobo-buvisidan domongir bo’ladi.Bunga haqqi bor ham albatta.Ba’zan bu norozilik o’z nomini o’zgartirish bilan tugaydi.
Kishilar o’rtasidagi muomalada ismlarning to’g’ri talaffuz etilishi muhim ahamiyatga ega.Bir-birlarini ko’nglidan yaqin olib,ardoqlivchi odamlar ismlarining yoniga "œjon" qo’shimchasini aytib chaqirishadiki,bu ikki o’rtadagi munosabatlarda iliqlik tug’diradi.
E’tibor bo’lsangiz, qariyalar, "œhoy", "œhey" deya bir-birini chaqirishayotgan bolalarga,albatta tanbeh berishadi.Shuningdek,ismlarning yarmini aytib,yarmini qoldirib aytish,ruschaga aylantirib chaqirish katta madaniyatsizlik hisoblanadi.Gulchehra,Gulnora,Gulandom singari xilma-xil chiroyli ismlarning faqat "œGulya" nomi ostida jamlanishi kechirilmas holdir.
Er-xotinlar bir-birining nomini aytib chaqirishmaydi.Juda zaruriyat tug’ilganda,ular bir-birlarini katta farzandlarining nomi bilan atashadi.Bu hol sharqona nafis munosabatning bir belgisidir.Ammo, fozirda bu nafosatga darz ketyapti.
O’zbekchilikda tarbiya o’g’il-qizga nom berish,ism qo’yishdan boshlanadi.Ota-onaning burchi bolasiga munosib ism qo’yib,qo’lini halollab,boshini ikkita qilishdan iboratdir.Shuning uchun xalqimizda "œota bolish oson — otalik qilish qiyin" degan naql bor.Murakkab hayot yo’lida to’g’ri ism olgan o’g’il-qiz ota-onaning,avlodning munosib davomchilari bo’lib,bu yo’lda kattalarga yordam berishlari talab qilinadi.
Yuqorida,diqqat qilib o'qisangiz,hozirda dolzarb bo'lgan uch muammo haqida fikr ketdi:
1. Ism qo'yish
2. Oilada ota-ona,farzand bilan muloqot
3. Ko'cha-ko'y,mahallada do'st,birodarlarni ismi bilan chaqirish muammolari.
Ular haqida fikrlaringizni kutamiz.