Taomga tanovulga kirishishdan oldin albatta, "œBismillohir rahmonir rahiym" deyilishi shart. Umuman o’zbekchilik-musulmonchilikda hech bir ish bismillosiz boshlanmaydi. Ovqatga qo’l urish ham ulug’ yoshlilarning sha’ni. Shundan so’ng o’rta yoshli, kichik yoshlilar ovqat iste’moliga kirishadilar.
Oilada dasturxonga, taomga qarashni ota boshlab beradi. Undan so’ng bolalar ovqatga qo’l uradilar. O’zbeklar juma va dushanba oqshomlari, ya’ni payshanba va yakshanba kunlari kechqurun albatta osh, palov damlashadi. Bu kunni "œchopon qoziqqa ilinadigan kun" ham deyishadi. Bu kuni oilaning ulug’laridan biri tahorat olib, xonadonning o’tgan ajdodlari, marhumlar xotirasiga duoyu fotiha o’qishadi. Bilganlari "œQur’on" suralaridan xatmi qur’on tushirishadi. Bilmaganlar "œFotiha" va "œIxlos" surasini uch bor takrorlab, fotiha o’qishadi. Ana shundan keyingina ovqat-palovga qo’l uriladi. Bu ikki oqshom o’tkir ichimliklar, sharob, may iste’mol qilinmaydi. Ovqat yeyish odobi ham rasamadi bilan, takaluf ko’rsatib, to’kmay-sochmay, yaxshi chaynab, hazm qilinadi. Xushbo’y choy ustidan nur ustiga a’lo nur bo’ladi.
O’zbekning ovqat ustidagi sertakallufligi, "œoling-oling"i, "œdastruxonga qarang"i, "œOlib o’tiring"i, "œqani-qani"si el orasida mashhur. Shunday mutoyiba borki, osh ustida bir-biriga kaft yozib, "œqani,qani" deb turgan o’zbek do’stiga hayron bo’lgan qozoq birodar: namuncha "œqani"laysan, mana, ko’z o’ngingda, bug’i chiqib turibdiku, deb o’zbek do’stining qo’lini oshga tekkizib qo’ygan ekan. Bu hazil, albatta. "œOsh egasi bilan shirin" aqidasiga amal qilgan millatdoshlarimiz dastruxon odobini yaxshi tushunganliklari uchun ham taom iltifotini qilib, ovqat mahtal bo’lmasin, deya mehmon-mezbon uni shirin qilib baham ko’rishgan.
Taom iste’mol qilib bo’lingach, oilaboshi albatta fotihaga qo’l ochadi. Taom yemakning yakuni bo’lgan bu odatda yeyilgan taomni ekkan-tikkan, yetkazgan, yegan-ichgan kishilar olqanadi, yetkazganiga shukr qilinadi. Qizig’i shundaki, barcha marosimlarda arab-fors tillarida o’qiladigan duoyu fotihalar ovqatdan keyingi, dastruxon usti fotihasida sof turkcha-o’zbekcha o’qiladi.
Fotiha namunasi:
Bismillohir rahmonir rahiym.
Shirin obod, manzil obod,
Payg’ambar xudoga salovot,
Ko’p bergin, ko’l bergin,
Keng fe’l, ketmas davlat bergin.
Do’stga zor, dushmanga xor
Nomardga muhtoj qilmagin.
O’t balosi, suv balosi, nohaq
Tuhmatdan o’zing asragin.
Ekkani, tikkani, yeganni-ichganni
Savobini dargohingda qabul qilgin.
Omin, ollohu akbar!